uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

71285

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

❗️ BUGUN CHEGIRMANING SO'NGGI KUNI!

🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! BIZDA APTIS ESOL BO'YICHA NAVBATDAGI KURS!

Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun! + kurs tugagandan keyin ham test + materiallar berib boriladi.
👩🏻‍🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz 👩🏻‍🏫 Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 10-IYUL, PAYSHANBA
Qabul so'nggi kuni: 9-IYUL, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 MING SO'M. (bir martalik tolov)

Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.

Nima uchun Aptis?

Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:

Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
Dars taqsimotida ustunlik

☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!

Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da

BUGUN 5-IYUL, soat 23:00 gacha murojaat qilib, o'z joyini band qilganlar uchun 2️⃣2️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 taqdim etiladi.

⚠️ Agar sizda birdan to'lov qilish imkoni bo'lmasa, eng kamida 20 ming so'm to'lab o'z chegirmali joyingizni band qilib qo'yishingiz mumkin! Qolgan to'lovni kurs boshlangunga qadar to'lasangiz bo'ladi.
🏃🏻‍♀️‍➡️ Ustozlar shoshilamiz! Chegirma tugagandan keyin narxlar o'z holiga qaytadi!

Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.

👉 @aptis_info

Читать полностью…

School English Teachers

Baraka topgurlar! Shaxsiy ma'lumotlar hammaga oshkor qilinadigan arzon yoki qiymatsiz ma'lumot emas!
Sizlar sertifikatingizni shundayligicha gruppalarga tashlab qo'yyapsiz, ertaga hakkerlar, firibgarlar o'sha ma'lumotlardan o'zizga qarshi foydalanishi mumkin.
Oddiy toifa sertifikatida ham
ISM, FAMILIYA, OTASINING ISMI
JSHSHIR
ISH JOYI
Amaldagi toifa
JSHSHIR ni ichida esa tug'ilgan kun, oy, yil ma'lumotlari mavjud.
Shuncha ma'lumotni begona shaxslarga taqdim etyapsiz.

Firibgarlar bu ma'lumotlarni olib sizga Telegramizga quyidagicha xabar yuborishi mumkin:
Hurmatli fuqaro, Falonchiyeva, Pistonchi, Falonchi qizi (12.08.1987da tug'ilgan, JShShiR raqami)
Sizni MIBdan qarzingiz borligi sababli, ishingiz sudga oshirildi. Ushbu faylda batafsil tanishishingiz mumkin. (MIB ijro hujjati.apk)

Tabiiyki siz ma'lumotlariz to'g'riligini ko'rib, vahimaga tushib jo'natilgan faylni ochasiz. Hakkerlar telefonizga dostupni qo'lga kiritadi. Keyin kartangizga oyligiz tushganda yechib olishadi.
Sizga bitta keng tarqalgan usulini aytdim xolos. Boshqa shaxsiy ma'lumotlarizdan foydalanishni yuzlab usuli bor. Shuning uchun shaxsiy ma'lumotlarizni ehtiyot qiling! Juda birovga maqtangingiz kelsa, kerakli joylarini yopib yuklang.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan ma'lum muddatga ozod qilinadi:

➡️ homilador ayollar, homiladorlik yoki tug'ish ta'tilida bo'lgan ayollar, ular ta'tilda bo'lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

➡️ pedagogik faoliyat bilan shug'ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to'lgunga qadar);

➡️ uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

➡️ uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o'qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so'ng olti oy davomida.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 2 fevraldagi 87-son qarori
Manba

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

Читать полностью…

School English Teachers

0️⃣0️⃣0️⃣ Innovative Centre tomonidan 2025-yil avgust oyida o'tkaziladigan TKT imtihoni kunlari!!!

📌 TKT (Teaching Knowledge Test) - bu ingliz tilini o'qitishning muayyan yo'nalishlari bo'yicha bilimingizni sinovdan o'tkazadigan modulli imtihondir. TKT Ta’limga kommunikativ yondashishga asoslangan ta’lim usullari haqidagi bilimlarni tekshiradi.

✔️ Imtihon kunlari:

➡️ 03.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 03.07.2025
➡️ 10.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 10.07.2025
➡️ 24.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 24.07.2025

📌  Imtihon narxi: 850,000 so'm (1-iyuldan) @forcefr orqali 830 ming so'm bo'ladi

📍 Manzil:  Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi 95A (Innovative Centre)

💬 Ro'yhatdan o'tish uchun: @forcefr ga murojaat qiling

@tkt_info

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Xususiy oliygohlar uchun oid bir qator talablar belgilab berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA.

📄 Qaror bilan, nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari sifatida quyidagilar belgilandi:

🔹 tashkil etilayotgan oliy ta'lim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;

🔹 nodavlat oliy ta'lim tashkilotining dastlabki ustav fondi (ustav kapitali) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiriladi (keyinchalik talabalar sonining ko‘payib borishiga mutanosib ravishda ustav fondi oshirib boriladi);

🔹 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;

🔹 tashkil etilayotgan OTMning bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bino universitetning o‘z mulki bo‘lishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin;

🔹 OTM tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur ta’lim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

🗓 Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

❗️Qaror kuchga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar o‘z faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ingliz tili darsliklari o'zgaradimi?

Har yili yangi o'quv yili arafasida ko'pchilikda bu yil darslik almashmasmikan degan savol bo'ladi. Bunga sabab, oldingi tartibda har yili qaysidir sinflar darsligi almashib turishi oddiy holat edi. Lekin 2022-yilda Xalq ta'limi vazirligi USAID homiyligida Cambdridge nashriyotining Guess what va Prepare darsliklarini qo'lga kiritdi. Hamma sinf 1dan 11-gacha ushbu kitoblardan o'tiladigan bo'ldi. Hozirda qaysidir sinfni o'zini almashtirish, butun boshli o'quv dasturiga ta'sir qiladi. Darsliklarni butunlay almashtirishga esa hojat yo'q deb o'ylayman. Faqatgina tayanch o'quv rejada dars soatlar kamayib yoki ko'payib turishi mumkin lekin bu darslikka ta'sir qilmaydi.
Yaqin yillar ichida ham darslikni yangilash reja qilinmayapti. Yoki bu bo'yicha hech qanday rasmiy xabar yo'q!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejasi

🔖 O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida"gi 121-sonli buyrug'i imzolandi.

🗂Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja BUYRUG'I va unga ILOVALAR bilan USHBU faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

🗓 Tasdiqlangan vaqti: 2025 yil 10 aprel.

❗️ Chet tilida asosiy o'zgarish:
7-sinflar ham huddi 5-6-sinflar kabi haftasiga 4 soatlik bo'lgan. Oldin 3 soat edi.
Ularning hisobi 10-sinfdan olingan. Ya'ni oldin 10-sinf 3 soat edi. Hozirda 10-sinf 2 soatga qisqargan.
Qolgan sinflar avvalgi holicha qolgan.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️2025-yil 1-avgustdan pеdagoglar quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladilar

O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida»gi 02.06.2025 yildagi PF-91-son farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-avgustdan byudjеt tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi.

Farmonga muvofiq pеdagoglar 1-avgustdan quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladilar:

🔹Maktab dirеktori:
• 5 mln 166 ming 485 so'm (400 o'quvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 so'm (401-880 o'quvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
• 6 mln 187 ming 933 so'm (1600dan ortiq);

🔹Dirеktor o'rinbosarlari: (MMIBDO', O'TIBDO')   
• 4 mln 825 ming 345 so'm (400 o'quvchigacha);
• 5 mln 166 ming 485 so'm (401-880 o'quvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 so'm  (881 -1600 o'quvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 so'm (1600dan ortiq);

🔹Dirеktorning xo'jalik ishlari bo'yicha o'rinbosari:
• 1 mln 957 ming 858 so'm (400 o'quvchigacha);
• 2 mln 233 ming 302 so'm (401-880 o'quvchigacha);
• 2 mln 322 ming 127 so'm (881 -1600 o'quvchigacha);
• 2 mln 515 ming 091 so'm (1600dan ortiq);

🔹Psixologlar:
• Oliy ma'lumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 so'm;
• Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 so'm;
• Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 so'm;
• Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 so'm;

🔹O'qituvchilar:
• O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchi – 3 mln 468 ming 585 so'm;
• Oliy ma'lumotli o'qituvchi – 3 mln 729 ming 906 so'm;
• Ikkinchi toifali o'qituvchi – 4 mln 175 ming 834 so'm;
• Birinchi toifali o'qituvchi – 4 mln 653 ming 151 so'm;
• Oliy toifali o'qituvchi – 5 mln 142 ming 053 so'm;

🔹Kadrlar bo'yicha mеnеjеr:
1 mln 758 ming 372 so'm

🔹Kutubxona mudiri:
• O'rta maxsus ma'lumotli – 2 mln 349 ming 447 so'm;
• Oliy ma'lumotli – 2 mln 563 ming 442 so'm;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

IELTS sabab kechikayotgan abituriyentlar

◾️ O'zbekistonda IELTS savollari tarqalib ketganiga oid xabarlar tarqaldi. Unga ko'ra, ba'zi savollar oldindan bilingan holda, yodlab kirgan nomzodlar "Listening", "Reading" sectionlaridan yuqori ball olishgan. Shu sabab javoblar jiddiy tekshirilib, natijalar e'lon qilinishi kechikdi.

7-iyunda paper-based imtihon topshirgan nomzodlarning javobi 24-iyunda, amaldagi muddatlardan ancha kech e'lon qilindi. Sal qolsa, abituriyentlar qabul muddatiga ulgurishmasdi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bugundan magistraturaga qabul boshlanishi kerak, hozircha tizim ochilmadi

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Magistratura uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

1. Bakalavr diplomi
2. Chet tilini bilish sertifikati

Tizim ochilsa qo‘shimcha xabar beriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

August oylaridagi TKT imtihoni sanalari va ularning registratsiyasi uchun so’nggi muddatlari ro’yxati

🍏Andijon -  3,10,24-august
🍏Buxoro -  3,10,24-august
🍏Farg’ona -   3,10,24-august
🍏Qo'qon- 3,10,24-august
🍏Namangan -  3,10,24-august
🍏Navoiy - 3,10,24-august
🍏Nukus -  3,10,24-august
🍏Qarshi -  3,10,24-august
🍏Samarqand - 3,10,24-august
🍏Termiz - 3,10,24-august
🍏Toshkent -3,10,24-august
🍏Urganch -   3,10,24-august
🍏Jizzax- 3-august
🍏Gulistan-10-august


Deadline
🗓20-Iyul uchun 18-Iyun
🍏3-avgust uchun 2-iyul
🍏10-avgust uchun 9-iyul
🍏24-avgust uchun 23-iyul

Erkin royxatdan o'tish uchun 👉 https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza

🩷🩷🩷Ro'yxatdan chegirma o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Samarqand Innovative Centrga ro'yxatdan o'tish Narxi @forcefr bilan 780 Ming so'm!

TKT da ayni vaqtda qaysi darajadasiz tekshirib ko'ring? MOCK

August IYUL oyidagi TKT imtihonlarida qatnashmoqchi bo'lsangiz Kursimizga qo'shilib biz bn birga tayyorgarlik ko'ring
@tkt_info

Читать полностью…

School English Teachers

Bu raqamlar kimgadir kulguli tuyulyapti lekin hozirgi pedagog kadrlar uchun jiddiy signal deb qabul qilish kerak.
Keling birozgina tahlil qilib ko'ramiz.
Oldingi yillarda oliy ta'limga faqat davlat OTMlari orqali hujjat topshirish mumkin edi.
Deylik bir fakultetga 50ta talaba qabul qilinsa, 4000ta abituriyent hujjat topshirar edi. 8tadan bittasi qabul qilinar edi. Qolgan 3500 tasi omadini sinash uchun keyingi yilni kutishga to'g'ri kelar edi. Keyingi yilda esa 5000ta abituriyent hujjat topshirar edi. 10tadan bittasi qabul qilinar edi. Qolgan 4500tasi yana keyingi yilni kutar edi. Shu sabab o'qishga kirish qiyin, o'qishga kirganlarni esa oshig'i olchi edi.
Endichi? Endi xususiy universitetlar ochilib o'sha 4500tadan qanchadir qismi xususiyga topshiryapti. Bilasizki ko'p xususiy universitetlarga kirish unchalik ham qiyin ish emas. Shu sabab davlat OTM ga hujjat topshirayotgan abituriyentlar soni yildan yilga kamayib boryapti. Xattoki davlat OTM lari ham reklama va marketing qilib abituriyent jalb qilishga o'tishga to'g'ri kelib qolyapti. Pedagoglarga jiddiy signal deganim, biror pedagogik institut yoki universitet ochilsa eng birinchi navbatda ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi tashkil qilishga harakat qilishadi. Chunki eng talabgir soha bo'lib qoldi.
Bu narsa yaqin 2-3 yilda o'z ta'sirini berishni boshlaydi. Siz haliham B2 ni muammosini qilib yurgan paytingizda aynan shu sohada, kadrlar ko'payadi. Ma'lum yillardan keyin keragidan ortadi. Siz hozir 30 soat dars berayotgan bo'lsangiz, 20 soatga tushadi. Borib borib 15-18 soat dars olish ham katta yutuq bo'lib qoladi. Boshqa fanlarni ko'ring 12 soat darsga, do'ppisini osmonga otib ishlab yuradiganlari bor.
Aytmoqchiman, o'z ustingizda ishlang! Zamon oldingiday emas. Oldin bitirib ishga joylashib olsangiz bo'ldi edi. Hozir faqat kuchlilar qoladigan davr kelyapti. O'z sohasini mutaxassisi bo'lmaganlar chetga chiqib qoladi. Butun dunyoda kechayotgan jarayon. Buni hozir anglab yetmasangiz, ertaga kech bo'ladi!
Ko'pchilik aytishi mumkin rizqni Alloh beradi deb. To'g'ri lekin bandasi ham harakat qilib qo'yish kerak. Sendan harakat, mendan barokat degan. Qarmoqni suvga tashlamasangiz, ming duo qilganiz bilan osmondan baliq yog'maydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Davlat maktabida tijoriy ta’lim bo‘lmasligi kerak – pulli sinflarning oqibatlari haqida suhbat

To‘liq soliq to‘lovchilarning puli hisobiga moliyalashtiriladigan davlat maktablarida pulli sinflar tashkil etilayotgani yangilik bo‘lmay qoldi. Kun.uz bu amaliyotning yaxshi va yomon tomonlarini ekspertlar bilan tahlil qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, davlat maktablarida sinflarning pulli qilinishi resurslarning noteng taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, adolat prinsipini buzib, tabaqalashuvni oshiradi, bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro konfliktlarni keltirib chiqaradi. Bepul maktab ichidagi pulli sinflarning foyda va zararlari haqidagi suhbatni tomosha qiling.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Telegram kanallarda bir guruh chet tili o'qituvchilarini Prezident, Bosh vazir, Ta'lim vaziri yana bir qancha tashkilotlarga B2 sertifikat talabi bo'yicha murojaati (noroziligi) tarqayapti.

To'g'risi oxirigacha o'qishga yuragim dosh bermadi. Ko'ngil aynib ketay dedi, murojaatning shu darajada sayoz, yosh bolalarcha asoslar bilan yozilganidan. Bir ikkita umumiy guruhlarda ko'rdim. Ota-onalar, boshqa soha vakillari kulib tashlashyapti.

Mana bu joyiga e'tibor bering. 4 yil bakalavr, 2 yil magistratura o'qishibdida lekin B2 sertifikat ololmagan! Kulaymi shu joyiga, yoki yig'laymi?
Qaysi mantiqqa to'g'ri keladi bu? Oliy ta'limni bitirib, magistraturani bitirib oddiy B2 ololmaslik? 4-sinf o'quvchisi olyapti! Uyat-e!

Iltimos murojaat qilsangiz chet tili o'qituvchilari nomidan deb bunday sayoz murojaatlarni yo'llamang!
Boshqa odamlarni oldida boshqa chet tili o'qituvchilarni o'brosini to'kmang!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

0️⃣0️⃣0️⃣ Innovative Centre tomonidan 2025-yil avgust oyida o'tkaziladigan TKT imtihoni kunlari!!!

📌 TKT (Teaching Knowledge Test) - bu ingliz tilini o'qitishning muayyan yo'nalishlari bo'yicha bilimingizni sinovdan o'tkazadigan modulli imtihondir. TKT Ta’limga kommunikativ yondashishga asoslangan ta’lim usullari haqidagi bilimlarni tekshiradi.

✔️ Imtihon kunlari:

➡️ 03.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 03.07.2025
➡️ 10.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 10.07.2025
➡️ 24.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 24.07.2025


📌  Imtihon narxi: 780,000 so'm @forcefr bilan (30-iyungacha)

📍 Manzil:  Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi 95A (Innovative Centre)

💬 Ro'yhatdan o'tish uchun: @forcefr ga murojaat qiling

📌  Imtihon narxi 1-iyuldan 850,000 so'm bo'ladi. Ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling

Edu-action TKT imtihonlarga ro'yxatdan o'tish uchun Link
https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza

Ro'yxatdan chegirma bn o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling

@tkt_info

Читать полностью…

School English Teachers

Aptis sertifikati qachon tasdiqlanadi?

Tasdiqlanadimi o'zi, tasdiqlanmasa nima bo'ladi, qanday imtiyozlar beriladi kabi savollar juda ham ko'p berilyapti.
Bu kabi Aptis bo'yicha barcha savollarga 👉 USHBU VIDEO da javob berishga harakat qilganmiz.
Shunday bo'lsa ham videoni ko'rgani eringanlar uchun post shaklida tushuntiramiz. Xullas, loyihaning muhokamasi tugash sanasiga qarab ko'pchilik 3-iyulda tasdiqlanadi deb o'ylashyapti.
Aslida unday emas. 3-iyul sanasida muhokama yakunlanadi xolos. Qaror tasdiqlanguncha yana bir qancha jarayonlardan o'tish kerak.
Qaror tasdiqlanish taxminiy sanasi 29-30-IYUL sanalariga to'g'ri keladi.
Tasdiqlanarmikan, nima bo'larkin? qanday bo'larkin? nechi foiz ehtimoli bor ekan? degan savollarga ham batafsil videoda javob berilgan.
Tasdiqlansa qachon imtihon qo'yilar ekan, qayerda bo'lar ekan imtihon degan savolga ham videoda javob berilgan.

Aptis bo'yicha boshqa ma'lumotlar:
⭐️ Aptis ESOL qanday imtihon?
⭐️ Aptis sertifikat qanday imtiyozlar taqdim etishi rejalashtirilgan?
⭐️ Aptis ESOL imtihoni qanday qismlardan iborat?
⭐️ Aptis ESOL sertifikati namunasi
⭐️ Aptis MOCK testlari

👉 @aptis_info

Читать полностью…

School English Teachers

Toifa sertifikatlari shaxsiy kabinetda asta-sekin ko'rinish boshlandi

Agar siz ham bahorgi attestatsiyaga qatnashib kerakli natijani qo'lga kiritgan bo'lsangiz, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali o'z toifa sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin.
Hozirda hamma sertifikatlar chiqmagan. Agar sizda kabinetingizda ko'rinmagan bo'lsa, xabar olib turasiz tez orada ko'rinadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Endi attestatsiyadan o‘ta olmayotgan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.

📢Endilikda, (oliy ma’lumotli bo‘lmagan yoki mutaxassis lavozimidagi) pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmasa, pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ikki marta jalb etiladi.

Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.

🔑 Shuningdek, attestatsiyadan o‘ta olmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar etib belgilandi.

💬 Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Chat GPT Plus endi juda ham qulay narxda!

Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Dostup olish uchun @webadmin24 ga yozing.
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.

Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
Pro versiyasi uchun ham dostup bor! 55$ /oyiga

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

BUGUN CHEGIRMANING SO'NGGI KUNI!

🔥 TOIFA UP! - Biz keyingi guruhni shakllantiryapmiz!

Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorantura talabasi 👩🏻‍🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!

Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?

Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik

Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar

Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati

Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar

Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli

Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩‍🎓 PhD talabasi olib boradi

Toifa UP kursimiz 📆 7-IYUL, DUSHANBA kunidan start oladi.
Davomiyligi: 3 oy

Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN

GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA

mavzularini qamrab oladi.

Pedagogika qismi bo'yicha ham test va manbalar beriladi!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 390 ming so'm (bir martalik to'lov)

3-IYUL soat 23:00 gacha murojaat qilib o'z joyini band qilganlar uchun 2️⃣0️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 taqdim etiladi.

Kursga yozilish uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 6-IYUL, 23:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ 8 yoshli o'quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatga ega bo'ldi

Bilimni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan ingliz tili bo'yicha milliy sertifikat imtihonining yosh bo'yicha mutlaq rekord Kozim Baxtiyraovga tegishli. U atigi 8 yoshida B2 sertifikatga ega bo'lgan.

Sertifikatning haqiqiyligini shaxsan o'zim tekshirdim. Bazadan chiqib keldi. QR kodlari ham haqiqiy. Hech qanday shubhaga o'rin yo'q.
Bu ukamizni ushbu sensatsion yutug' bilan tabriklaymiz. Kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Shuni yodlashgayam kallada ozgina bo'lsa ham bilim kerak. O'sha tayyor javoblarni ham mehnat bilan harakat bilan yodlashsa kerak. Hech narsani bilmasa shuniyam yodlay olmaydi. Shunchalik eplashibdiyam. Shuniyam ko'rolmalaring endi 😡 degan komentlar kelmadiya negadir? 😂
Birdan hammada dunyoqarash yaxshi tomonga o'zgarib ketmagandir? Hech bo'lmasa bir-ikkita bo'lsa ham shunaqa fikr bildirib turilar... 😁
Bo'mapti... Zerikarli bo'lar ekan...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

IELTS sertifikatini hali olishga ulgurmadingizmi?

Endilikda, IELTS 6 bal sertifikati bilan birga CEFR B2 sertifikati ham qabul qilinadi!
Siz UDEA'da Buyuk Britaniyaning TOP-13 talikka kiruvchi Coventry Universiteti dasturlarida to‘liq 4 yillik grant asosida o‘qish imkoniyatiga egasiz.
Kirish talablari: B2 darajasi, umumiy ball — kamida 55, writing qismi — kamida 51.

Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📍 Hozir ro‘yxatdan o‘ting

Batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning:
📞 +998 78 888 08 00
📧 info@udea.uz
📍 Boshliq ko‘chasi 3, Toshkent

Читать полностью…

School English Teachers

📣 ONLINE WEBINAR: 1-IYUL – KUZGI ATTESTATSIYA UCHUN MAXSUS TAYYORLOV

🎯 Mavzu:
2025-yil kuzgi attestatsiya imtihonida tushadigan test mavzulari
✅ foydali manbalar
✅namuna testlar va tahliliy yondashuvlar

📆 Sana: 1-iyul (Seshanba)
🕒 Vaqti: 20:00
👥 Kimlar uchun: Ingliz tili fani o‘qituvchilari
@AttestatsiyaINFO Kanalida, Tajribali ustoz Zulhumor Samatova bilan


📚 @AttestatsiyaINFO -Toifa sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

📢 2025 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra Oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarning barchasiga joriy yilning 30 iyunidagi tegishli buyruq bilan "Pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida sertifikat"lar rasmiylashtirilgan.

Mazkur sertifikatlar tez kunlarda har bir pedagogning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.

Yangi toifalar bo‘yicha haq to‘lash sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.


📚 @AttestatsiyaINFO -Toifa sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

Amerikalik ayol o'zbek tilida ravon gapiryapti. Qoyil qolmay iloj yo'q. Juda to'g'ri aytdi, mehnat bilan har narsa keladi! 👍

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Davlat OTMlariga topshirayotgan abituriyentlar "choʻg'i" kamayyapti

◾️ Bu yil OTMga 732 411 nafar abituriyent ro'yxatdan o'tdi. Qabulning 1-bosqichi kecha, 25-iyunda tugadi.

2024-yilda ham abituriyentlar soni 1 mlnga yetmagandi. Jami 894 279 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Undan avvalgi yillarda esa:

2023-yilda 1 mln 18 ming abituriyent;
2022-yilda – 1 214 232 nafar;
2021-yilda – 948 ming nafar;
2020-yilda – 1 484 085 nafar;
2019-yilda – 1 066 925 nafar;
2018-yilda – 675 049 nafar;
2017-yilda – 729 950 nafar;
2016-yilda – 663 304 nafar abituriyent OTMga hujjat topshirgan.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📹 IELTS Speaking test band score 5.5 (CEFR B2) with feedback

IELTS 5.5 ya'ni B2 darajadagi namunaviy imtihon.
Aytmoqchimanki, B2 darajasi unchalik murakkab emas. Ba'zilar o'ylaydigandek juda qo'rqinchli ham emas. 1-2 oy shug'ullanib, yo'nalish olib bemalol qo'lga kiritish mumkin.
Bu darajaga chiqish uchun 4 yil Bakalavr, 2 yil magistratura o'qish shart emas.
0 dan boshlab 3-4 tagina kitobni tugatib shu darajaga erishsa bo'ladi.
Hozir zamon rivojlanib, YouTube, ChatGPT degan yordamchilar chiqqan zamonda, kursga pul sarflash ham shart emas.
Hammasi harakatda qolgan xolos deb o'ylayman. Imkoniyat va manbalar keragidan ortiq. Kuniga atigi yarim soat vaqt ajratib qunt qila olgan odam, B1 dan B2 ga 2-3 oyda, A2 dan B2 ga 4-5 oyda bemalol chiqa oladi deb o'ylayman!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Umrbodlik sertifikat umrbod ISHDA qolish huquqini beradimi?

Savol: Menda TKT sertifikati bor. 2022-yil may oyida qo'lga kiritib, 3 yil davomida ustama olib keldim. Sertifikatim ustamasi tugadi. Endi ishga kirish yoki qolish uchun o'taveradimi? U sertifikatdan shunday maqsadlarda umrbod foydalansam bo'ladimi?

Javob: Oldingi postlarda ham bu bo'yicha tushuncha bergan edim. Til sertifikatlari 2 yil muddatga beriladi, chunki inson til qobiliyatida 2 yilda o'zgarish bo'ladi. Agar umuman shug'ullanmay qo'yilsa, C1 darajada biladigan odam 2 yildan keyin B2 yoki B1 ga tushib ketishi mumkin. Shu sabab test markazlari biz bergan sertifikat hozirda talabgorni C1 ekanligini tasdiqlaydi, va ikki yil davomida amal qiladi. Ikki yildan keyin biz javob bermaymiz qay darajada ekanligiga deb beriladi. TKT/TESOL/TEFL sertifikatlari til bilish darajasini o'lchaydigan sertifikat sirasiga kirmaydi. Ya'ni bular til sertifikati emas. Shuning uchun muddat qo'yilmaydi bularga. Muddatsiz degani umrbod amal qiladi degani emas. PF-134 da, sertifikatlar amal qilish muddati davomida, muddati ko'rsatilmagan bo'lsa 3 yildan oshmagan holatda ustama to'lanadi deb belgilab qo'yilgan. Ta'lim vazirliklarining sertifikatlar ro'yxati bo'yicha 3515-sonli qarori (29.05.2024) da ham amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qo‘llaniladi deb belgilab qo'yilgan.
Shu sabab juda ko'pchilik murojaat qiladi, ustama olib bo'lganman. Ishda qolishga o'tadimi, sertifikatim umrbodlikku! yoki bo'lmasam 2022-yil olib 2023-yilda dekretga chiqib ketganman, 2025-yilda qaytdim. Foydalanmagan 2 yilim uchun ustama to'lab beriladimi deb murojaat qilishadi.
Bu savolga ham 3515-sonli qo'shma qaror asos bo'la oladi. Ya'ni sertifikatizni qanaqa turi bo'lishini ahamiyati yo'q. Muddati belgilanmagan bo'lsa, olingan kundan boshlab 3 yil amal qiladi. Undan keyin bizda boshqa hech qanday imtiyoz bermaydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanishi mumkin

Oʻtgan yili OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkazilgandi, bu yil ham sanalar oʻzgarishsiz qolishi mumkin, dedi Bilim va malakalarni baholash agentligidan Jamshid Odilov Kun.uz ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, test sinovlari uchun binolar roʻyxati shakllantirilgan. Yakuniy qarorlar ariza topshirish yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel