Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Loyihaga ko'ra endi qayta hisob-kitob (pereraschot) bo'lmasligi mumkin
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qaror matniga quyidagicha o'zgartirish kiritilmoqda:
- taʼlim tashkilotining ustama toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan kundan boshlab ustama toʻlanadi;
- sertifikat olingan kun va taʼlim tashkilotining ustama toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan kun oralagʻidagi muddat uchun ustama toʻlanmaydi va ushbu muddat ustama toʻlash davri (uch yil)dan ayirib tashlanadi.
Ya'ni oldin sertifikat ma'lum sabablarga ko'ra kechroq yetib kelgan bo'lsa, olingan sanasidan boshlab qayta hisob-kitob qilinishi mumkin edi. Endilikda maktab buyruq chiqargan kundan boshlab ustama hisoblanishi qarorda belgilab qo'yilmoqda. Masalan siz TKT sertifikatingizga date of award 5-sentyabr yozilgan. Lekin qo'lingizga 10-oktyabrda yetib keldi. Siz 15-oktyabrda maktabga topshirsangiz, buyruq shu sanadan chiqariladigan bo'lsa. sizga 15-oktyabrdan ustama hisoblash boshlanadi. Sentyabr oyi va oktyabr oyining yarmi uchun qayta hisob-kitob qilib berilmaydi.
👉 Loyiha matniga fikr bildirish
☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Kelayotgan o'quv yili uchun B2 sertifikat talabi yana bir yilga surilmagan
O'tgan yili 31-iyul sanasida vazirlik tomonidan 2ta xat chiqarilgan. U xatning asosiy mazmuni Vazirlar Mahkamasining qarori bo'yicha 2024-2025-o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi shart edi. Shuni bir yil ortga surish haqida edi. Birinchi xatda vazirlik sanalarda adashib ketib 2024-2025 o'quv yili o'rniga 2025-2026 o'quv yili deb yuborgan. Va shu kunni o'zida ushbu xatni bekor qilib, qaytadan to'g'risini chiqargan. Tarmoqlarda kimlardir eski xatni tarqatib, hammani hotirjam qilib qo'yyapti.
Avgust kelganda bu xat bekor bo'lganini bilib, ancha murakkab ahvolda qolishingiz mumkin. Shu sabab hotirjamlikka berilmasdan, avgustgacha B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ TKT Band 2 ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladimi?
Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 1-bobida sertifikatlarning muvofiqlik darajalari belgilab berilgan. U yerda 6ta (MMTV ga tegishli 5ta) sertifikatning darajalari ko'rsatib o'tilgan.
Bilamizki TKT (TESOL/TEFL) daraja beruvchi sertifikatlar emas. Ushbu qarorda ham ushbu sertifikatlarning qaysi turi yoki natijasi CEFR shkalasi bo'yicha qaysi darajaga to'g'ri kelishi belgilab berilmagan. Shu sabab TKT Band 2 B2 ga teng deb aytolmaymiz.
Faqatgina 3-bobda tegishli natijadagi sertifikat B2 sertifikat bilan birga ustama uchun tan olinishi belgilab qo'yilgan.
TKT barcha modullardan Band 3 bo'lsachi?
U ham amaldagi qonunchilikka ko'ra ishda qolish talabi uchun asos bo'lmaydi. Faqatgina o'sha qaror amal qilish muddati boshlangunga qadar (29.07.2024) olingan TKT band 3 sertifikatlari bundan mustasno. Asos: 👉/channel/uzteachers/17559
Ishda qolish talabini bajarish uchun alohida eng kamida B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.
👉 Ishga kirish/ishda qolish uchun sertifikatlar
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni savollaridan namunalar e'lon qilindi
📝Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati uchun o'tkaziladigan saralash imtohonida ingliz tili fanidan olinadigan savollardan namunalar.
📖Bunda siz 3 ta darajadagi savol namunalarini ishlashingiz va saralash imtihoniga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
✅ Maktabda o'qishga ariza topshirish 25 iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
“Xalq nazorati“ elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi
Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o'zini oqlagan «Xalq nazorati» elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi
Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o'zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi
Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko'rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.
Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi.
Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo'ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Dolzarb 90 kun" tadbiriga ta'tilga chiqqan pedagoglar jalb qilinmaydi - vazirlik
Joriy yilning 27-may kuni xalqtaliminfo.uz saytida “Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?” nomli maqola e'lon qilgan edi. Keyinroq esa vazirlikka tahririyat tomonidan so’rov xati ham yuborilgan edi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holat yuzasidan xalqtaliminfo.uz so’roviga javoban batafsil tushuntirish berdi.
Unda ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlar uchun faqatgina ta’lim muassasasining binosidan foydalaniladi xolos. Yozgi ta’til vaqtida esa hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmaydi.
Aslida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari ta'tildagi pedagoglar tomonidan emas, mahalladagi yoshlar yetakchilari hamkorligida amalga oshirilishi belgilangan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1219
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi til sertifikatlari ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi?
Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 3-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro
tan olingan sertifikatlar ro'yxati tasdiqlangan.
Unga ko'ra quyidagi sertifikatlarning kamida B2 darajasi ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi:
1️⃣ Milliy sertifikat (Multi-level) - B2
2️⃣ TOEFL iBT - 72-94
3️⃣ IELTS - 5.5 - 6.5
4️⃣ CEQs FCE - 160-179
*5️⃣ TOEFL ITP* - 543 (Listening 55, Written 53, Reading 55, Speaking 58)
☝️ Ushbu bobda TKT, TESOL/TEFL/TESL kabi sertifikatlar ham o'rin olgan, lekin B2 qatori bo'sh qoldirilgan. Sababi ushbu sertifikatlar til bilish darajasini ifodalamaydi va ishga kirish va qolishga o'tmaydi. Ushbu sertifikatlar faqatgina shartli ravishda C1 tenglashtiriladi deyilgan. Sharti yonida yuqoridagi B2 sertifikatlardan biri bo'lishi kerak.
* - Ushbu iimtihon O'zbekistonda o'tkazilmay qo'yilgan.
Aloqador maqolalar:
👉 Ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi?
👉 Ingliz tili fani o‘qituvchilariga qaysi sertifikat necha foiz ustama beradi?
👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️O'quvchilarning ta'til paytidagi xatti-harakatlari uchun 100 foiz ota-onalar javob beradi
➡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023 yil 27 iyun kungi 190-son bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim muassasasi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo'riqnomasini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'iga muvofiq ta'lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta'til paytidagi o'quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
➡️ Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor o'rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo'llanilmaydi.
➡️ SHuni ham unutmaslik kerakki, O'zbekiston Respublikasi "Oila kodeksi"ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas'ul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma'naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g'amxo'rlik qilishlari shart.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Dolzarb 90 kunlik haqida 😁
#joke_time
© Mushtum
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Kanalimizda shu kabi e'lonlar ko'zga tashlanib qolyapti. Bu kabi reklamalarni menga umuman aloqasi yo'q. Bu Telegramning reklama siyosati.
Telegramda kanal egasining roziligisiz 3-tomon reklamalarini joylash ancha oldin boshlangan. Shu sabab shunaqa kreditga oid, yoki kriptovalyuta, turli qimor va tavakkalchilikka oid reklamalar chiqib qolsa e'tibor bermang va bu kanal admini tomonidan deb bilmang.
Kanal hech qachon bunday narsalarni targ'ib qilmaydi!
Telegramning adolatsiz reklama siyosati haqida keyingi postda tushuncha berishga harakat qilaman!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Free Summer Classes for Schoolchildren and Future First-Graders at a Private School in Tashkent!
🎓 For students in grades 1–9:
– Catch up on math, English, and Russian
– No stress, no cramming
– Individual approach with experienced teachers
🧒 For future first-graders:
– Immersive school-like atmosphere
– Development of attention, memory, thinking, and motor skills
– Confident preparation for any school
– Team learning and freedom of expression
📅 Registration open until June 20.
Limited spots available!
📲 Register now
📞 Call us: 78-777-11-10
⚡️ Official Information for Applicants Entering the First Year!
📄 Applicants who were recommended based on the results of the exams held in April and on June 1 can visit the university to receive their admission contract.
📌 Those who were not admitted or have not yet taken the exam can register for the next entrance exam, which will take place on June 28.
🚀 Don’t miss your chance — this could be your first step toward the university of your dreams!
Register now → profiuniversity.uz
📲 +998 78 777 11 11
❗️ BUGUN CHEGIRMA VA QABULNING SO'NGGI KUNI!
⚡️ TOIFA UP! Yozda toifa kurslariga tayyorlanamiz!
Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!
Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimiz orqali siz:
✅ BARCHA TOIFALARGA
✅ 70 FOIZLI USTAMAGA
✅ VAZIR JAMG'ARMASI saralash bosqichi kabi imtihonlarga tayyorlanasiz!
Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!
☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.
👉 DEMO DARSIMIZ
Bizda natijalar so'zlaydi!
Imtihon javoblarini o‘quvchilarga bergan o‘qituvchi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi
Holat Ko‘kdala tumanidagi 35-maktabda sodir bo‘lgandi. Aniqlanishicha, o‘qituvchi davlat imtihoni boshlanishidan oldin javoblar nusxasini chiqarib, imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish uchun bitiruvchilarga tavsiya qilgan; qog‘ozlar kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchi shaxsga sotish uchun berilganini, agar xohlovchilar bo‘lsa xarid qilishi mumkinligini aytgan.
👉 https://kun.uz/60785977
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi
Loyihaga ko'ra, TOEFL ITP sertifikati qaror ro'yxatidan chiqarib tashlangan.
Ro'yxatga Linguaskill va Aptis ESOL for Teachers sertifikatlari qayta qo'shilgan.
Unndan tashqari iTEP Academic Plus sertifikati ham aynan MMTV ga tegishli qismida ro'yxatga q'shilgan.
Cambridge English Assessment sertifikatlari yangi nom bilan Cambridge English Qualifications (CEQs) deb qayta kiritilgan.
Ushbu muhokamada siz ham ishtirok etishingiz, taklif etilgan har bir band bo'yicha o'z fikringizni bildirishingiz mumkin. Yakunda bildirilgan fikrlarga qarab, qaror loyihasi davlat idoralariga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
Muhokama 03.07.2025 sanagacha davom etadi.
👉 Loyiha matni va yangi ro‘yxatni ko‘rish
☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📚 Ingliz tili o'qituvchilari uchun eng kerakli kitoblar to'plami!
Guess what va Prepare ning
✅ Student's book,
✅ Workbook
✅ Teacher's book
kitoblarini eng arzon narxlarda chiqarib, butun O'zbekistyon bo'ylab yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'ydik.
Talabingizga binoan A4, A5 o'lchamlarda chiqarib yetkazib beriladi.
Teacher's book (ichidan Student's book chiqarib yuborilgan)
Guess what, Prepare - 15 ming so'mdan boshlab sinflar kesimida narxlar farqlanadi
Teacher's book (to'liq, ichida SB ham bor) - 30 ming so'mdan boshlab
A4 o'lchamdagi kitoblar A5 dan ikki barobar narxi balandroq bo'ladi.
Barcha kitoblar rangli, sifatli chiqarilgan va yelimlangan yoki steplerlangan holda bo'ladi. Muqovasi silliq qog'oz
🤝 O'quv markazlari va repetitorlarga istalgan kitoblarini chiqarib beramiz!
🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud! (BTS, EMU, Uzpost orqali)
Yetkazib berish to'lovi alohida.
Buyurtma berish uchun 👉 @bsb_admin ga yozing!
Kanalimiz: @bsb_nazorat_ishlari
❓ 70 foizlik ustamani qolga kiritsam toifalar o'rtasidagi farqning 70 foizi to'lanadimi?
Prеzidеnt farmoni (PF-79-son, 26.05.2023) ga ko'ra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini bеrish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkrеditasiyasidan o'tkazish orqali pеdagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sеrtifikatini bеrish amaliyoti yo'lga qo'yilishi belgilangan edi.
Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida kerakli natijani qo'lga kiritgan pedagoglar tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foizlik ustama olishlari belgilangan.
Vazirlik mas'ullariga ko'ra tizim xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazilgan va yangi o'quv yilidan boshlab 70 foizlik ustama to'lanishi boshlanadi.
Ba'zilar toifalar o'rtasidagi farq deb tushunib olib, shunday gap tarqatib yuribdi. Masalan oliy toifa bilan birinchi toifa ish haqi o'rtasida 489 ming so'm farq bor. Shuni 70 foizi 342 ming so'm bo'ladi. Shu to'lanadi deyishyapti.
❗️ Bu mutlaqo assossiz! Masalan, Oliy toifa bo'lsangiz va 1 stavka darsingiz bo'lsa, soliqlarsiz 5 142 053 soʻm ish haqi yoziladi. Shuni 70 foizi ya'ni 3 599 432 so'm qo'shimcha haq olasiz.
Ushbu maqola siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib qo'ying, va tanishlaringizga ulashib qo'ying!
🔥 70 foizlik ustamaga TOIFA UP! kursi orqali tayyorlaning!
📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!
Ta'til puli qachon beriladi?
ASSALOMU ALAYKUM! MEN 01.06 2025 DAN TA'TILGA CHIQQANMAN. TA'TIL PULIMNI KECHIKTIRIB BERILDI VA KAM HISOBLASHGAN. ARIZA BILAN MAKTAB RAXBARIGA MUROJAT QILSAM ARIZAMGA QO'L QO'YMAYAPTILAR. NIMA QILISHIMNI MASLAHAT BERSANGIZ.
YURIST JAVOBI:
Mehnat kodeksining 233-moddasi uchinchi qismida har yilgi mehnat ta'tili vaqti uchun haq to'lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta'til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
❗️SHunga ko'ra ta'til puli ta'tilgan chiqishingizdan oldingi kunda tashlab berlishi kerak.
✅ Bu holatda siz kechiktirilgan har bir kun uchun kompensasiya olishingiz mumkin. Ushbu kodeks 333-moddasiga ko'ra Ish beruvchi ish haqini, ta'til to'lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to'lovlarni va (yoki) xodimga to'lanishi lozim bo'lgan boshqa to'lovlarni to'lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to'lov muddatidan keyingi kundan e'tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o'z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o'sha vaqtda amalda bo'lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda pulli kompensasiya bilan birga to'lashi shart.
💁♂ Bunda xodimga to'lanishi lozim bo'lgan pulli kompensasiyaning miqdori O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o'n foizi miqdorida belgilanadi.
➡️ Ta'til pulini kam hisoblash masalasiga kelsak, biz buxgalter emasmiz, shu sababli bu pullarni hisoblab bera olmaymiz. Biroq quyidagicha tushuntirish berishimiz mumkin:
Qarang! Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta'tilida bo'lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o'rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.
Bunda o'rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o'n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o'n ikki oydan kam ishlagan bo'lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).
☝️SHu qoidaga ko'ra xodimning o'rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo'lsa, uning ta'tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to'lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo'shilgan holda 12ga bo'linadi.
Demak, sizdagi vaziyatda ham jami ishlagan oylaringizdagi ish haqi va boshqa to'lovlar qo'shilib 12ga bo'linadi.
❗️Ushbu masalada siz tuman adliya bo'limiga murojaat qilishingiz lozim.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ "Keyingi o'quv yilida darsliklar ijarasi bepul bo'ladi" – Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, 2025-2026-o'quv yilida ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo'shimcha to'lov undirish rejalashtirilmagan.
Vazirlik bayonotida ma'lum qilinishicha, 2024 yilda maktab o'quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat byudjetidan jami 1,5 trln so'm ajratilgan.
Ushbu mablag'lardan 435,5 mlrd so'mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1 yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo'naltirilgan.
2025 yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so'm mablag'larni to'liq Davlat byudjetidan qoplash ko'zda tutilgan.
"Ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Byudjet loyihasida Kitob jamg'armasi xarajat va daromadlari ko'rsatilmaganiga e'tibor qaratilgan. Qayd etish joizki, Kitob jamg'armasi faoliyati to'xtatilgan va yangi jamg'arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo'yicha ma'lumotlar aks ettirilmagan.
2025 yil uchun Davlat byudjeti doirasida ko'zda tutilgan mablag'lar yangi o'quv yilida o'quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta'minlash bo'yicha ehtiyojni to'liq qoplash imkonini beradi", – deyiladi vazirlik bayonotida.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Endi OTM professor va o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarga 400 foizgacha ustama belgilash mumkin
Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 26.08.2020 dagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi quyidagi band bilan to‘ldirishdi:
“Bunda boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanishi mumkin”.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Toshkent viloyat MMTB ga ko'ra, xorijiy tillar o'qituvchilari uchun ustama va ishga qabul qilishda TOEFL ITP sertifikati olish tavsiya etilmayapti ekan. To'g'ri qaror. Chunki ushbu imtihon o'tgan yili sentyabrdan buyon rasman O'zbekiston hududida o'tkazilmay qo'yilgan edi. Bir-ikki tadbirkorlar boshqa davlat nomidan o'tkazib, ma'lum haq evaziga sertifikat olib berishni yo'lga qo'yib yuborishgan edi. Katta ehtimol bilan yangi ro'yxatda ham ko'rinish bermasa kerak. Avgustni kutamiz...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ TOIFA UP! Yozda toifa kurslariga tayyorlanamiz!
Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!
Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimiz orqali siz:
✅ BARCHA TOIFALARGA
✅ 70 FOIZLI USTAMAGA
✅ VAZIR JAMG'ARMASI saralash bosqichi kabi imtihonlarga tayyorlanasiz!
Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!
☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.
👉 DEMO DARSIMIZ
Bizda natijalar so'zlaydi!
Xullas, nega telegramning reklama siyosatini adolatsiz deb atayapman, buni bir necha sabablari bor.
Kanal egasi qaysi reklamani qo'yib, qaysi birini qo'ymaslikni hal qila olmaydi. Telegram kanal egasi qadriyatlariga tupurgan holda istagan narsasini reklama qilishi mumkin. Reklama beruvchi ham narxni o'zi belgilaydi. Istasa bitta ko'rish uchun 1 so'm, istasa 100 ming so'm.
Reklamadan keladigan pulni telegram 50 foizini kontent egasiga berishini aytadi. Lekin amalda unday emas.
Bir kattaroq kanalimizga oddiy profildan qachon kirilsa reklama ko'rsatadi. Lekin 6 oyni ichida hisobga 1.69$ yozilgan xolos. Bu oyiga 0.3$ degani ham emas. So'mga hisoblaganda 4 ming so'mga ham to'g'ri kelmayapti. Lekin qachon kanalga kirilsa istagancha reklama chiqib kelaveradi.
Eng qiziqarlisi, o'sha reklamani o'chirib qo'yib bo'lmaydi. O'chirish faqatgina kanalni 50-level ga olib chiqilgandagina mumkin. Lekin buncha levelga chiqib olish uchun 500-600 ming $ ketib qolsa kerak. Chunki hozirda kanalni 1-leveldan 2-levelga olib chiqish uchun 600$ lik boost sotib olish kerak ekan. Endi 50-levelga olib chiqishni tasavvur qilib qo'yavering. Bu ham vaqtincha. O'sha 600$ sarflab 2-levelga olib chiqqaniz 3 oy amal qiladi xolos. Keyin yana boostlar kuyib o'z holiga qaytib qoladi. Birgina reklamani o'chirish funksiyasi uchun buncha sarflash, bu judayam ko'p. Yoki hech bo'lmasa, reklama tematikasini tanlashga ruxsat berilishi kerak.
Foydalanuvchilar uchun reklama ko'rmaslikning birgina yo'li, Premium sotib olish. Bu yiliga 30$ atrofida bo'ladi degani.
Yoki reklamalarga e'tibor bermasdan boshqa chorasi yo'q.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️O'quvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yo'qotib qo'ysa yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
“Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o'quv-metodik qo'llanmalardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini to'lashi shart.
O'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to'laydi:
👉 1 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalari uchun — uning to'rt baravari miqdorida.
Umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasidagi darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo'yicha to'lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek o'quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta'lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi o'qish turiga qachon qabul bo'ladi?
— Bakalavr mutaxassisliklariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar)
Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.
Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda har yili 20 iyunga qadar beriladi
✅ Joriy o'quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi:
➡️ Bu esa ta'lim sohasidagi qog'ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam desak bo'ladi.
➡️ Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o'rta ta'lim, umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar elektron tarzda o'zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
➡️ Mazkur tartib o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta'lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.
➡️ Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo'ladi.
☝️Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo'qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o'zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O'qituvchi ham uzr so'ray oladi!
Hech e'tibor berganmisiz, ko'p rahbarlarni audio videolari tarqaydi. Unda so'kingan urushgan, yoqalashgan joylari bo'ladi. Vazifasini suiste'mol qilishadi. Mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaatlari yo'lida foydalanadi. Lekin ishdan bo'shatilmaydi. Yoki uzr so'rab qutulib qo'ya qolishadi. Eng maksimal og'ir jazo hayfsan olish bo'lishi mumkin. Bo'ldi shu bilan qutulib ketishadi.
Yuqoridagi holatda o'qituvchini hech ham oqlamoqchi emasman. Noto'g'ri ish qilgan. Imtihonga tayyorlanishni o'quvchilarning o'ziga qo'yib berishi kerak edi. Lekin arzimagan shu ishi uchun uni ishdan bo'shatish bu juda og'ir jazo deb bilaman. U ham uzr so'rashi, hayfsan olishi, ped kengashda harakatlari muhokama qilinib, ogohlantirilishi mumkin edi. Aybi kompyuter xizmatini reklama qilgani bo'ldi xolos. O'sha 5 ming so'mdan qanchasi unga qolardi? Xo'p, 3 ming so'm sof foyda qoldi deylik, 20ta o'quvchiga sotib, yoki tavsiya qilib 60 ming ishlab oldi deylik. Bu pulga hozir nima beradi?
Birovni so'kib qo'ysangiz ham 5-10 millionga yaqin jarimaga tortilasiz. O'sha ota-onasidan so'kib jarima to'lashi kerak bo'lganlar ham, bitta uzr bilan qutulib ketyapti. Nega endi ustozga kelganda maskimal jazo?
Qachon ustozni qadri bo'ladi bunda?
Ustozlarni bu holga solib, birimiz ikki bo'lmaydi! Avvalo o'sha 5 ming so'mga muhtoj qilmaydigan oylik qilib berishimiz kerak deb o'ylayman...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓Oldingi o'quv yilida yangi ishga kirganlar kasbiy sertifikat olmasa, yangi o'quv yilidan ishlay olmaydilarmi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, kasbiy sertifikat imtihonlariga qatnashmagan yoki o'ta olmagan oʻqituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi.
Unda ham 56 baldan past natija qayd etsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Shuningdek, nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.
Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili YANGI O'QUV YILI boshlangunga qadar tashkil etiladi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿