uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

71285

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

📚 Ingliz tili o'qituvchilari uchun eng kerakli kitoblar to'plami!

Guess what va Prepare ning

Student's book,
Workbook
Teacher's book

kitoblarini eng arzon narxlarda chiqarib, butun O'zbekistyon bo'ylab yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'ydik.
Talabingizga binoan A4, A5 o'lchamlarda chiqarib yetkazib beriladi.

Teacher's book (ichidan Student's book chiqarib yuborilgan)
Guess what, Prepare - 15 ming so'mdan boshlab sinflar kesimida narxlar farqlanadi
Teacher's book (to'liq, ichida SB ham bor) - 30 ming so'mdan boshlab

A4 o'lchamdagi kitoblar A5 dan ikki barobar narxi balandroq bo'ladi.

Barcha kitoblar rangli, sifatli chiqarilgan va yelimlangan yoki steplerlangan holda bo'ladi. Muqovasi silliq qog'oz

🤝 O'quv markazlari va repetitorlarga istalgan kitoblarini chiqarib beramiz!

🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud! (BTS, EMU, Uzpost orqali)
Yetkazib berish to'lovi alohida.

Buyurtma berish uchun 👉 @bsb_admin ga yozing!

Kanalimiz: @bsb_nazorat_ishlari

Читать полностью…

School English Teachers

Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlardan ozod qilinadi.

Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori (B1, B2, C1) darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga 5 baho beriladi.

1. Milliy sertifikat
2. IELTS-Academic
3. TOEFL IBT
4. Cambridge Assessment English (PET)

Boshqa fanlardan milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga quyidagicha baho qo’yiladi.

A, A+ uchun 5 baho
B, B+ uchun 4 baho
C, C+ uchun 3 baho beriladi.


Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

11-SINF CHET TILI FANIDAN YOZMA IMTIHONLARNI OʻTKAZILISH TARTIBI

🔹 Umumtaʼlim maktablarning 11-sinflari uchun chet tili fanidan yakuniy nazorat imtihoni yozma va og'zaki shaklda o'tkaziladi. Yozma qismida tinglab tushunish, oʻqib tushunish, yozish
Og'zaki qismida nutq koʻnikmasini aniqlash yuzasidan savollar o'rin olgan bo'ladi.

🔸 Imtihon gibrid shaklda tashkil etiladi. Birinchi qism uchun umumiy 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Bunda oʻquvchilarga imtihonni yozma qismi uchun oldindan tanlagan 2 ta variant (7-8variantlar) taklif etiladi. Ogʻzaki imtihon qismida 10 ta variant orasidan oʻquvchi bitta topshiriq tanlab oʻz variantida tushgan savol yuzasidan 10 daqiqa tayyorlanadi va 4 daqiqa gapiradi.

Imtihondan keyin natijalar jamlanib, bayonnoma to'ldiriladi.

👉 IMTIHON SAVOLLARI

👉 LISTENING AUDIOSI

👉 BAYONNOMA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oʻqituvchilarga ommalashtirish sertifikatlari sotilayotganligi toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 17-martdagi tegishli buyrugʻi asosida oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib asosida ilgʻor ish tajribalar (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya) tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va respublika miqyosida ommalashtirilishi belgilangan.

Hozirgi kunda tuman (shahar) va viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan ishlar boʻyicha sertifikatlar toʻliq rasmiylashtirilgan va uni ommalashtirish.uz platformasi orqali bepul yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy-nazorat boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Respublika taʼlim markazi xodimi tomonidan xizmat vazifasini suisteʼmol qilgan holda notoʻgʻri xatti-harakatlar amalga oshirilgan.

Hozirda ushbu holatga chek qoʻyilgan hamda kelgusida mazkur xodimning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hurmatli pedagoglar!


Shu kabi holatlarga duch kelganingizda, vazirlikning Ishonch telefon (71-202-09-09, 1006)lariga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

Eslatma: ommalashtirish sertifikatlari faqat Respublika Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan beriladi hamda ommalashtirish.uz platformasi orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

© A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

11-sinf bitiruvchilariga ingliz tili fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi uchun Vazirlik tomonidan berilgan savol-topshiriqlar
Imtihon savollar kitobidagi 2-3-Variantlar 7-8 deb berilmoqda. Shundan olish tavsiya etiladi.

👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

#Korrupsiya

O‘qituvchilarga ommalashtirish sertifikatlari sotilmoqda, bu ishga vazirlik huzuridagi tashkilotlar ham aloqadormi?


O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada maktab miqyosida ommalashtirilgan ish uchun sertifikat berilmasligi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ammo o'qituvchilarga mazkur sertifikatlar 49 ming so'mdan sotilmoqda.

O'qituvchilarga sotilayotgan sertifikatlar vazirlikka tegishli bo'lgan ommalashtirish.uz platformasida generatsiya qilinib, mazkur sertifikatlarga Respublika ta’lim markazi v.v.b direktori D.Norboyeva hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A.Ismailovning elektron QR-kod shaklidagi muhri tushirilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mazkur holat yuzasidan tezkorlik bilan rasmiy izoh berishi zarur, deb hisoblaymiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1224

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️11-sinflar uchun Tanlov fanlari test variantlari aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 11-sinf bitiruvchilari uchun Tanlov fanlaridan o'tkaziladigan test variantlarini aniqlash bo'yicha qur'a tashlandi

❗️Bunda o'quvchilar 7 - va 8- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo'ldi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallar

👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA

👉 Speaking savollari 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ TOIFA UP! Yozda toifa kurslariga tayyorlanamiz!

Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!
Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimiz orqali siz:

BARCHA TOIFALARGA
70 FOIZLI USTAMAGA
VAZIR JAMG'ARMASI saralash bosqichi kabi imtihonlarga tayyorlanasiz!

Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 390 ming so'm (bir martalik to'lov)
12-IYUNgacha darslarimizga yozilib to'lovni amalga oshirganlar uchun 390 ming so'm 340 MING so'm 🎁

Kursga yozilish uchun
👉 @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 13-IYUN, 19:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - Biz bilan toifaga ancha yaqinsiz!

Читать полностью…

School English Teachers

1-AVGUSTDAN TOIFALAR BO'YICHA PEDAGOG XODIMLAR OYLIGI QANCHANI TASHKIL QILADI?

Xabaringiz bor, Prezident farmoniga ko'ra, 1-avgustdan ish haqlari miqdori 10 foizga oshishi belgilandi. Unga ko'ra, avgust oyidan pedagoglar 1 stavka dars uchun toifalar bo'yicha quyidagicha oylik oladilar:

👉 Oliy toifa5 142 053 soʻm
Qo'lga tegishi: 4 522 477 soʻm

👉 Birinchi toifa 4 653 151 soʻm
Qo'lga tegishi: 4 094 476 soʻm

👉 Ikkinchi toifa4 175 834 soʻm
Qo'lga tegishi: 3 674 734 soʻm

👉 Mutaxassis3 729 906 soʻm
Qo'lga tegishi: 3 282 317 soʻm

☝️ Agar sizda kasaba uyushmasiga a'zolik bo'lsa, qo'lga tegish summasidan 1.12 foiz kasaba uyushmasi badalini ayirib tashlash orqali hisoblanadi. Undan tashqari ushbu summaga turli ustamalar, sinf raxbarlik, daftar tekshirish va boshqa qo'shimcha to'lovlar qo'shilmagan.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Pedagog xodimlarga 56 kalendar kun ta'til beriladi

Ta'til olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim ta'til muddati kelganda uni olishi shart.

Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga ko'ra xodimlar ta'til olish huquqiga ega.

Ushbu kodeks 218 hamda 501-moddalariga muvofiq pedagoglarga uzaytirilgan mehnat ta'tili beriladi.

E'tiborli jihati shundaki, har yilgi mehnat ta'tili o'quvchilarning yozgi ta'tili davrida beriladigan ta'lim tashkilotlarining o'qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta'tili o'quvchilarning yozgi ta'tili davrida to'liq davomiylikda, ular ushbu ta'lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat'i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to'langan holda beriladi (MK 227-m).

Demak, o'qituvchi ishga qachon qabul qilinganidan qat'iy nazar u ta'tilni to'liq oladi. Aytaylik A ismli o'qituvchi oilaviy sharoit taqazosi bilan mart oyida Toshkent viloyatidan Samarqand viloyatiga ko'chib o'tidi. Bunda esa tabiiyki, o'qituvchi Toshkentdagi maktabdan o'z tashabbusi bilan ishdan bo'shadi va Samarqandagi maktabga ishga kirdi. Garchi yozgi ta'tilga qadar o'qituvchi 3 oy ishlagan bo'lsa-da, unga yillik mehnat ta'tillari to'liq ya'ni 56 kalendar kun beriladi.

CHunki Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi 263-son qaroriga asosan o'qituvchi, o'qituvchi-logoped, o'qituvchi-defektologi uchun 56 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta'tili beriladi.

Lekin bunda ta'til puli ishlangan davrga mutanosib ravishda to'lanadi.

Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta'tilida bo'lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o'rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.

Bunda o'rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o'n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o'n ikki oydan kam ishlagan bo'lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).

SHu qoidaga ko'ra xodimning o'rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo'lsa, uning ta'tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to'lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo'shilgan holda 12ga bo'linadi.

❗️Demak, o'qituvchi 12 oydan kam ishlagan bo'lsa, ishgan davridagi ish haqlari yuqoridagi tartibda qo'shiladi va shu ishlangan davrga bo'linadi. YUqoridagi misolga qaytadigan bo'lsak, o'qituvchi ishga kirganiga 3 oy bo'lgan holatda, unga ta'til puli shu davrga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🎓 Magistratura va doktoranturaga qaysi sertifikatlar tan olinadi?

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori (29.05.2024) tasdiqlangan.

Unga ko'ra, quyidagi sertifikatlar ingliz tili yo'nalishi bo'yicha magistratura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlari uchun talab etiladi:

1. Milliy sertifikat - C1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL IBT* - 95-113
4. TOEFL ITP - 620
5. CAE - 180-199
6. iTEP - C1


* Home edition bo'lmagan, rasmiy test markazida qat'iy nazorat ostida topshirilgan bo'lishi talab etiladi

👉 Bakalavr yo'nalishiga imtiyoz beradigan sertifikatlar
👉 Ingliz tili o'qituvchilariga ustama beradigan sertifikatlar
👉 Ishga kirish sertifikatlari

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❓ Qaysi o'qish turiga qachon qabul bo'ladi?

Bakalavr mutaxassisliklariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar)

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Oylikning yarmi kreditga ketmoqda

O'zbekistonliklar kredit yuki ostida.

📊2024 yilda aholining o'rtacha qarz yuki oylik daromadning 34% ni tashkil etdi.

Bankdan kredit olganlarning 40% qismi oylik daromadining yarmidan ko'pini qarz to'loviga sarflamoqda.

Ipoteka krediti borlarda qarz yuki – 65%, avtokredit borlarda esa – 61% ni tashkil etmoqda.

Bu ko'rsatkichlar moliyaviy barqarorlik va aholining qarzga bog'liqlik darajasi oshib borayotganini ko'rsatmoqda.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🔥 Do'konimizdagi eng xaridorgir mahsulotlar Qurbon Hayiti munosabati bilan KATTA CHEGIRMADA!

Monobloklar, noutbuklar, printer, va proyektorlar eng qulay narxlarda!

👮‍♂️ Kompuyuter va printer mahsulotlarimiz 24 OY servis KAFOLATIga ega!

🏃‍➡️ Shoshiling! Chegirmalarimiz 12-IYUN sanasigacha davom etadi!

🛡 Buyurtma berish uchun 🚀 @webadmin24 ga yozing yoki
📞 +998907500985 raqamiga bog'laning.

🚕 O'zbekiston bo'ylab tezkor (1-3 kunda) yetkazib berish xizmati bor.

🔎 Manzilimiz: Namangan viloyati, Norin tumani, Haqqulobod shahar, O'zbekiston ko'chasi. Mo'ljal: Madaniyat saroyi yonida
📍 Lokatsiya

⌨️ @hr_laptops

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ TOIFA UP! Yozda toifa kurslariga tayyorlanamiz!

Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!
Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimiz orqali siz:

BARCHA TOIFALARGA
70 FOIZLI USTAMAGA
VAZIR JAMG'ARMASI saralash bosqichi kabi imtihonlarga tayyorlanasiz!

Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 390 ming so'm (bir martalik to'lov)
12-IYUNgacha darslarimizga yozilib to'lovni amalga oshirganlar uchun 390 ming so'm 340 MING so'm 🎁

Kursga yozilish uchun
👉 @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 13-IYUN, 19:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - Biz bilan toifaga ancha yaqinsiz!

Читать полностью…

School English Teachers

Imtihonning Yozma va og'zaki qismi uchun BAHOLASH MEZONLARI.

Listening va Reading da har bir to'g'ri javobga 2.5 bal beriladi.
10/10 25 points - 5
9/10 22.5 points - 5
8/10 20 points - 4
7/10 17.5 points - 4
6/10 15 points - 3
5/10 12.5 points - 3
4/10 10 points - 2
3/10 7.5 points - 2
2/10 5 points - 1
1/10 2.5 points - 1
0/10 0 points - 1

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

11-sinf bitiruvchilariga ingliz tili fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi BAYONNOMASI

👉 IMTIHON SAVOLLARI

👉 LISTENING AUDIOSI

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bunday chalkashlik afsuski har yili kuzatiladi. O'zlari 2ta variant tanladik deb shov-shuv qilishadida, keyin umuman boshqa variantlarni berishadi.
Boshqa o'zlari istagan variantlarni berishadigan bo'lsa, tasodifiy tanlab olindi degan videolar nega kerak tushunmayman. Aslidaku qaysi birini olishingizni tiyinlik ahamiyati yo'q. U qog'ozlar yig'ib olingandan keyin hech kim ochib o'qimaydi. Lekin shu yuqoridan kelganini olganingiz ma'qulroq. Xato bo'lsayam, boshqa bo'lsayam.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

11-sinf bitiruvchilariga ingliz tili fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi uchun tuzilgan savol-topshiriqlar
7-8-Variantlar

👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA

👉 Speaking savollari 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📢 Official Announcement!

✅ The results of the entrance exam held on June 1 have been published!
👉 You can check your scores in your personal account:
https://profiuniversity.uz/en?ref=utrs

📌 Admitted applicants can visit the university to receive their contract.
Please make sure to bring your ID card (new-style passport).

📅 The nearest exam — June 14
❌ Registration for this date is already closed.

📅 Next exam — June 28
✅ Registration is open — don’t miss your chance to enroll!

👇 Register now:
https://profiuniversity.uz/en?ref=utrs

Читать полностью…

School English Teachers

🆘June 9 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna

💵Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.


💦TKT kurs 9-iyundan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 350 Ming so'm

-350 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?

✍️TKTda barcha modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi
TKT Modul 1 test tahlili 
✍️TKT Modul 2 test tahlili
✍️TKT M3 test tahlili
✍️3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
✍️TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

🔜Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 20:00 da

🪣Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Lesson
Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks

👩‍🏫Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna

🍏Kurs qabuli uchun @forcefr

🍏TKT imtihonlarga ro'yxatdan bepul va chegirmali o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr
🍏Erkin royxatdan o'tish uchun 🖇️ https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza


📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz ertaga boshlanadi

-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?
Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing
Parol ga forcefr deb yozing

Samarqand Innovative Centrga 780 Ming so'm bilan ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling
@tkt_info| Kerakli kitoblar| TKT nima?| @forcefr

Читать полностью…

School English Teachers

BSB olayotgan o'qituvchi 😂
#joke_time

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyul sanasigacha qabul qilinadi

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.

👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA

Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Jahon chempionatiga chiqdik. Bu bizga nima beradi?

16 yilliy tajribaga ega o'zbekistonlik o'qituvchi Sardor Isroilov ayni kunlarda juda dolzarb va kerakli video tayyorlabdi. To'g'ri JCH ning bizga beradigan foydalari ham bor. Lekin bu bizning hayot darajamizga unchalik ham ta'sir qilmaydi. Ishsizlik va boshqa muammolarimizni hal qilib bermaydi. Vaqtincha eyforiya berishi mumkin. Ilm-fanga, ta'limga ko'proq e'tibor qaratishimiz kerak.
Agar ba'zilar aytgandek JCH ga chiqqan davlatlarga turistlar oqimi kuchayganda, Afrikaning Kamerun davlati hozir balkim turistik zonaga aylangan bo'lar edi. Ular 1982-yildan 2022-yilgacha jami 8 marta JCH ga chiqqan. Va 1990-yilda Argentinani mag'lub etib chorak finalgacha yetib borgan. Lekin bu narsa ularning iqtisodiy ahvoliga unchalik ham ta'sir ko'rsatmagan.
Bugungi kunda Xitoyning esa qanchalik taraqqiy etayotganini ko'rib turibmiz. Bularning barchasi sportga emas, ilm-fanga kiritilgan sarmoyaning natijasi ekanligi hech kimga sir bo'lmasa kerak.
JCH yaxshi lekin asosiy e'tiborimiz bunda bo'lishi kerak emas!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Eid al adha Mubarak!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📢 At "Profi University" in Tashkent, seats for the June 14 entrance exam are filling up ahead of schedule!

📅 Registration will close on June 6 at 6:00 PM!

❗️Some programs may close even earlier if their quotas are filled before the registration deadline.

📌 If you haven’t registered yet — act now, before it’s too late!

🔗 Register here: profiuniversity.uz

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ BUGUN DARSLARIMIZGA CHEGIRMADA YOZILISHGA ULGURIB QOLING!

Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!


Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimizda biz sizlarni

BARCHA TOIFALARGA
70 FOIZLI USTAMAGA
VAZIR JAMG'ARMASI kabi imtihonlarga tayyorlaymiz!

Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 390 ming so'm (bir martalik to'lov)
5-IYUNgacha darslarimizga yozilib to'lovni amalga oshirganlar uchun 390 ming so'm 340 ming so'm 🎁

Kursga yozilish uchun
👉 @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 12-IYUN, 23:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Rasman! Ertadan davlat oliygohlariga qabul boshlanadi!

Ertaga, 5-iyun sanasidan, davlat oliygohlariga bakalavr yo'nalishlariga abituriyentlar uchun qabul boshlanadi.

Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 5-iyundan 25-iyun sanasigacha bo‘lib o‘tadi.

🔖ESLATMA: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.

Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📣 Yakuniy imtihon sanasiga oʻzgartirish kiritildi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi tegishli qarori bilan joriy yil 7-iyun — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan:


➡️ 2025-yil 7-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi sanasi 2025-yil 12-iyunga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.

👉 Shu oʻrinda barcha 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari, ota-onalar va maktab jamoalaridan yangilangan imtihon sanasini inobatga olishlarini soʻraymiz.


©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel