Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Shu mavzuga aralashmayman deyman. Neytral pozitsiyada yangilikni o'zini berishga harakat qilaman. Yo'q, bo'lmaydi! Baribir aralashmaganimga qo'yishmaydi. Mendan bir-ikki achchiq gap eshitib olmagunlaricha tinchimaydi ba'zilar.
Bir-ikki shu talabdan norozi eng ashshadiylarini kuzatdim. Bir ikki kurslarimizga a'zo bo'lishgan ekan. Eng qizig'i 1-2 yil oldingi kurslarga ham a'zo bo'lgan. Kursga a'zo bo'lib qo'ysam bo'ldi deb o'ylashsa kerak. Shularni kuzatsam, kursda ham o'qish o'rniga telefon yutib oling, pul yutib oling, konkursga qatnashing degan xabarlarni tarqatib yuribdi.
Kechirasizlaru, o'qish o'rniga kursga yozilib olib shunaqa xabarlar tarqatib yursangiz, bilim qayerdan keladi?
Uzr dars qilolmadim vaqtim bo'lmadi ustoz deydida, o'zi 20ta kanalni kommentida sertifikat masalasida jang qilib yurgan bo'ladi.
Siz yonini olib yozmagan har qanday izohizni o'ziga qarshi deb biladi. Menga do'st bo'lmagan har qanday inson dushmanim degan shior bilan ishlaydi.
Men shundaylarga yillardan beri tushuntira olmay charchadim...
Aslida menga qiziq emas bu mavzu, lekin hozir hamma kanallar shu haqida yozyapti. Kimgadir yangilik bo'lar deb birortasini maqolasini shundayligicha beraman. Chunki ichida yaxshi fikrlar bo'ladi.
Aslida, bloger sifatida auditoriya qancha bilimsiz bo'lsa, qancha dangasa bo'lsa bundan men manfaat ko'raman. Chunki kurs qilinsa, pullik xizmat taklif qilinsa, bilimi bor odam, o'zi eplay oladigan odam murojaat qilmaydi.
Lekin shunday bo'lsa ham, bilimlilar ko'paysin deyman. Xalqni farzandi yaxshiroq bilim olsin deyman. Repetitorga puli yetmasa ham, o'qib sertifikat olib, o'qishlarga kira olsin, kelajagini bepul ta'lim bilan ham qura olsin deyman.
Meni pozitsiyam shu. Siznikidan farq qilsa, bu meni muammoyim emas.
To'g'risi bu mavzu, o'zimni ham jonimga tekkan. 10-15ta negativni gapini eshitish menga ham havas emas. Lekin istaysizmi istamaysizmi yarim bir oy shu mavzu bo'ladi, menda bo'lmasa boshqa kanal va guruhlarda bo'ladi. Umuman eshitishni istamasangiz, Telegramdan chiqib ketishizga to'g'ri keladi...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu safar masalaga yanada qat’iy yondashmoqda.
Hududiy boshqarmalar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga ham bu borada rasmiy ko‘rsatmalar berilib, xorijiy til o‘qituvchilari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish hamda ularni ogohlantirish so‘ralmoqda.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1266
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Abet...
Akarachka bilan o'rdak go'shti...
Hali yarim soatdan keyin tayyor bo'ladi... 😁
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Rasman: Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi va 8-avgustgacha davom etadi!
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
❗️ TOIFA UP kursimizga bugun chegirmamizning so'nggi kuni!
🔥 TOIFA UP! - Biz keyingi guruhni shakllantiryapmiz!
Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorantura talabasi 👩🏻🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!
Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?
✅ Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣dan ortiq ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik
✅ Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar
✅ Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati
✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar
✅ Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli
✅ Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩🎓 PhD talabasi olib boradi
Toifa UP kursimiz 📆 4-AVGUST, DUSHANBA kunidan start oladi.
Davomiyligi: 3 oy
Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN
GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA
Bizda natijalar so'zlaydi!
❓Ertaga taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan ("qizil") maktabga ishga kirish uchun murojaat muddati tugaydi
📄 Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
📌Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
🔹 mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan holda direktor nomiga ariza;
🔹doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;
🔹oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.
🔹tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
🔹dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
🔹boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
🔹amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.
❓ Umrbodlik sertifikat umrbod ISHDA qolish huquqini beradimi?
Savol: Menda TKT sertifikati bor. 2022-yil may oyida qo'lga kiritib, 3 yil davomida ustama olib keldim. Sertifikatim ustamasi tugadi. Endi ishga kirish yoki qolish uchun o'taveradimi? U sertifikatdan shunday maqsadlarda UMRBOD foydalansam bo'ladimi? Ahir bu sertifikat umrbodlikku!
Javob: Oldingi postlarda ham bu bo'yicha tushuncha bergan edim. Til sertifikatlari 2 yil muddatga beriladi, chunki inson til qobiliyatida 2 yilda o'zgarish bo'ladi. Agar umuman shug'ullanmay qo'yilsa, C1 darajada biladigan odam 2 yildan keyin B2 yoki B1 ga tushib ketishi mumkin. Shu sabab test markazlari biz bergan sertifikat hozirda talabgorni C1 ekanligini tasdiqlaydi, va ikki yil davomida amal qiladi. Ikki yildan keyin biz javob bermaymiz qay darajada ekanligiga deb beriladi. TKT/TESOL/TEFL sertifikatlari til bilish darajasini o'lchaydigan sertifikat sirasiga kirmaydi. Ya'ni bular til sertifikati emas. Shuning uchun muddat qo'yilmaydi bularga. Muddatsiz degani umrbod amal qiladi degani emas. PF-134 da, sertifikatlar amal qilish muddati davomida, muddati ko'rsatilmagan bo'lsa 3 yildan oshmagan holatda ustama to'lanadi deb belgilab qo'yilgan. Ta'lim vazirliklarining sertifikatlar ro'yxati bo'yicha 3515-sonli qarori (29.05.2024) da ham amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qo‘llaniladi deb belgilab qo'yilgan.
Shu sabab juda ko'pchilik murojaat qiladi, ustama olib bo'lganman. Ishda qolishga o'tadimi, sertifikatim umrbodlikku! yoki bo'lmasam 2022-yil olib 2023-yilda dekretga chiqib ketganman, 2025-yilda qaytdim. Foydalanmagan 2 yilim uchun ustama to'lab beriladimi deb murojaat qilishadi.
Bu savolga ham 3515-sonli qo'shma qaror asos bo'la oladi. Ya'ni sertifikatizni qanaqa turi bo'lishini ahamiyati yo'q. Muddati belgilanmagan bo'lsa, OLINGAN KUNDAN BOSHLAB 3 yil amal qiladi. Ya'ni uni olib foydalanasizmi yoki foydalanmaysizmi ahamiyati yo'q. Imtiyozi olingan sanadan boshlab maksimal 3 yil. Undan keyin bizda hech qanday imtiyoz taqdim etmaydi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Kasbiy sertifikat nima va uni kimlar topshiradi?
Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra,
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etilishi belgilangan.
Kasbiy sertifikatlash jarayoni Vazirlik tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
❓Kimlar jalb etiladi?
➖ 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar,
➖ 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;
Talabgor asosiy ish joyi bo‘yicha kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi.
❓Kimlar jalb etilmaydi?
➖ fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
➖ magistr darajasiga ega mutaxassislar;
➖ toifaga ega pedagog kadrlar;
➖ pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlangan darajada ko‘rsatkichga ega bo‘lgan pedagoglar.
➖ homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
➖ pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);
➖ uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
➖ uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.
❓ Ta'tilga chiqib ketgan o'qituvchini maktab direktori ta'tildan chaqirib olishi mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari uzaytirilgan - 56 kunlik mehnat taʼtili olish huquqiga ega. Mehnat Kodeksiga koʻra, barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlar ham har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega (216-modda). Xodimni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga faqat xodimning yozma roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (232-modda).
Ta'tildan pedagogni majburiy (yoki ixtiyoriy-majburiy) chaqirib olishga va unga qo'shimcha topshiriqlar yuklashga hech kimning haqqi yo'q!
⚠️ Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Magistratura qabuli 30-iyulga qadar davom etadi
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉 Ingliz tili turdosh yo'nalishlar
👉 Tan olinadigan sertifikatlar ro'yxati va yo'nalish bo'yicha daraja talablari
Ariza topshirib berish xizmati uchun @forcefr2 ga yozing.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️7-iyuldan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlandi.
✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
➖ 2025-yil 7-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
❗️Murojaatlarni yuborish 2025-yil 7-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
✔️ Eslatib oʻtamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball to'play olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-o‘qituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Repetitsion TEST 2025
Sizga qulaylik uchun vazirlik taqdim etgan DEMO TESTni o'z platformamizga joyladik.
✅ Sizdan JSHSHIR talab qilinmaydi.
✅ To'g'ri-notog'ri javoblarni aytadi.
✅ Savollarga IZOH taqdim qiladi.
✅ Natijalaringizni avtomatik hisoblab beradi.
Quyida ushbu repetitsion test bilan o’z bilimingizni sinab ko’ring!
1-bosqich pedagogning mutaxassislik fani bo’yicha 35ta, kasbiy standart bo’yicha 5ta testdan iborat bo’lsa, 2-bosqichda pedagogik mahorat bo’yicha 10ta savol o’rin olgan bo’ladi.
Bugun attestatsiya imtihoniga qay darajada tayyorligingizni tekshirib oling! Quyidagi testni ishlab chiqing.
❗️ Yangi o'quv yilida bir yarim stavka dars olgan o'qituvchilarning bir stavkadan ortiq bo'lgan darslari vakant sifatida qayd etilmaydi
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 3-ilovasiga "O'qituvchilarning tarifikasiya ro'yxati asosida o'qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydi", - degan band qo'shilgan.
Ya'ni, umumta'lim muassasalari o'qituvchilariga bir yarim stavkagacha ajratilgan dars soatlari vakant dars soat sifatida tuman (shahar) aholi bandligiga ko'maklashish markazlariga beriladigan har oylik hisobotlarga kiritilmaydi. Shu sababli bir yarim stavka dars olgan o'qituvchilar "Endi darsimni olib qo'yishadi" degan xadikda bo'lmasa ham bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ba'zi narsalar borki, to'g'ri gap bilan tushuntirib bo'lmaydi. Bu holatda yumor, sarkazm orqali yaxshiroq ta'sir qilish mumkin deb o'ylayman.
Masalan oldinlari dasturxonda pichoq tursa, duo qilinmas edi. Duoni kesib ketadi deb. Yoki piyoladagi choyda ko'pik ko'rinsa, pul keladi deb ishonilar edi. Qancha ahli ilmlar ma'ruza qildi, ko'pchilikni shu odatlardan qaytara olmadi. Alloh rozi bo'lsin, Avaz Oxun yumor bilan deyarli yo'qotib yubordi shu narsalarni.
Aytmoqchiman, unchalik ham jiddiy muammo emas to'g'ri, lekin o'zingiz C1 sertifikatini olgan yoki olmoqchi bo'lib tayyorlanib yurgan imtihon nomini umuman boshqacha aytib tursangiz, suhbatdoshda yaxshi taassurot qolmaydi. Ayniqsa hozirgi kunda ingliz tili o'qituvchilari ko'pchilikni diqqat markazida.
Shu sabab qaysidir muammoni yumorga olsam, mendan xafa bo'lmaysiz degan umiddaman!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bir yil oldingi maqola. Qizig'i, o'sha Teshavoylar haliyam yig'lab yurishibdi ekan.
- Nega ahir biz, nega bizni uyimiz buziladi, 4 yil davomida qurgan edik. nega boshqalarni uyi buzilmaydi?
Buzilsa hammaniki teng buzilishi kerak edi.
E'tibor bering, shunaqa deb diydiyo qilayotganlar boshqa kanal guruhlarga ham a'zo bo'lib olishgan. Qaysi birida sertifikat haqida gap ketsa darrov komment yozib, hamma bilan urishib chiqadi. Necha yillardan beri shunday.
Xa vaqting shunchalar arzon ekan, ilmga sarflashni o'rniga 500ta kanalga a'zo bo'lib olib hammasida sertifikat masalasida post yozilsa birma bir urishib yurar ekansan, qanday qilib olasan o'sha oddiy B2 ni? Qaysi ilm bilan olasan o'sha sertifikatni?
Deydigan odam yo'qda. Aslida bunday odamam bor. Lekin bunday Teashavoylarga o'z ustida ishlash o'rniga, gruppalarda boshqalar bilan urishib, hammani aybdor qilib, o'zidan jabrdiyda yasab, hammani rahmini keltirib o'tirish qiziqroq va muhimroq bo'lsa kerakda...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Magistratura kvotalari tasdiqlandi
◾️ Magistratura uchun kunduzgi, kechki va masovafiy ta'lim shakli uchun kvotalar tasdiqlandi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
#tktcourse Today JULY 25 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
💦TKT kurs 25-iyuldan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 400 Ming so'm ✅
❔-400 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?
✍️TKTda barcha 1-2-3 modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi
3 ta modul test tahlili
3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar
🔜Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da
✏️Darslar qay tarzda bo'ladi?
100% Jonli tarzda
✏️Namuna ➡️ Demo lesson
✏️Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks
👩🏫Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va o'zining ajoyib teaching style va ingliz talaffuzi bilan darsda o'quvchini qiziqishini oshiruvchi ustoz C1 sohibasi TKT holder Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna
🍏Kurs qabuli uchun @forcefr
📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz 25-iyuldan boshlanadi
-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?
Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing
Parol ga forcefr deb yozing
❤️❤️❤️ Shu yerda
✔️@tkt_info with IELTS vocabulary
✈️ Edu-action TkT Registration Link on discount with @forcefr
✈️ Innovative TKT Registration Link on discount with @forcefr
Sertifikat talabi bu safar jiddiy tus olyapti
Toshkent viloyati MMTB ga tegishli buyruqqa ko'ra, barcha maktablar joriy yil 19-avgustgacha B2 sertifikatga ega bo'lganlarni ERP platformasiga kiritilishi so'ralgan.
Taxminimcha bunday buyruq barcha viloyatlarga berilgan.
Bundan taxmin qilish mumkinki, vazirlik qaror ijrosini yana bir yilga surmoqchi emas. Yoki bo'lmasam oxirigacha ustozlarni bosimda qoldirib, sertifikatga ega ustozlarni foizini ancha ko'tarib olish niyat qilingan bo'lishi mumkin.
Bunday holatda pessimistlik bilan yondoshgan ma'qulroq.
Yana cho'zadida deb optimist bo'lsangiz, lekin cho'zilmasa juda ham noqulay ahvolda qolishiz mumkin.
Lekin boshqa cho'zmaydi endi deb sertifikatga harakat qilib olib qo'ysangizu, lekin cho'zib qolsa, hech narsa yutkizmaysiz.
Shu sabab vaqt borida tayyorgarlikni qattiq qilib turavering!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
To‘rtinchi ustozlar milliy forumiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq imzolandi
Mazkur buyruqqa asosan:
-joriy yil 7-8-avgust kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida respublika bosqichi;
-13-14-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda;
-19-20-avgust kunlari tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba yigʻilishlari;
-25-29-avgust kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar
tarzida tashkil etilishi belgilangandi
Asos: MMTVning 2025-yil 8-iyuldagi 232-sonli buyrug’i
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Kimda B2 muammo bo'layotgan bo'lsa, yo'lini qilib oberamiz!" deb kichik eksperiment o'tkazib ko'rdim... 😁
Uzteachers guruhimizda bir ukamizni profilidan shunday mazmunda e'lon joyladik. Biznikilar ko'p halol-xaromdan gapiradi, adolatsizlikdan noliydi hech kim bunday "xizmat"ga qiziqmasa kerak, degan o'ylar bilan guruhga xabar qoldirdik. Bittagina e'lon orqasidan 30 daqiqada 20ga yaqin obunachilar qiziqish bildirib yozishdi.
Endi tushunib yetdim nimaga biznikilar ko'p shunaqa firibgarlarga chuv tushib qolishlarini. Astoydil bo'lsa, bir necha guruhlar bilan ishlasa bir kunda 100-200tasini chuv tushirib tashlasa bo'lar ekan. Qoyilmisiz?
Tadbir yakunida adashishga moyil bo'lgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi. Bunday fuqarolar "Soddalar daftari" ga ro'yxatga kirgizildi. Kelgusida bunday xatolarga yo'l qo'ymaslik masalasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida guruhimiz admini tomonidan bunday firibgarlarga ishonishda davom etayotgan fuqarolarimiz manzillariga iliq fikrlar bildirildi. So'ngida "ogoh bo'ling" tadbiri sho'x kuy-qo'shiqlarga ulanib ketdi... 😂
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ BUGUN APTIS ESOL INTENSIV KURSIMIZGA QABULNING SO'NGGI KUNI, ERTADAN DARSLAR BOSHLANADI!
🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! BIZDA TALABLARGA BINOAN NAVBATDAGI KURS!
Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun!
👩🏻🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz 👩🏻🏫 Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 25-IYUL, JUMA
⏳ Qabul so'nggi kuni: 24-IYUL, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 MING SO'M. (bir martalik tolov)
Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.
❓ Nima uchun Aptis?
Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:
✅ Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
✅ Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
✅ Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
✅ B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
✅ B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
✅ Dars taqsimotida ustunlik
☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!
Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da
Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.
👉 @aptis_info
Qayta tayyorlash diplomi bilan magistraturaga hujjat topshirsa bo'ladimi?
Savol: Men o'zim nemis tilini bitirganman. Ingliz tilidan qayta tayyorlovdan o'tib, shu fandan dars berib kelaman. Ushbu hujjat bilan magistraturaga ingliz tili yo'nalishga topshirsam bo'ladimi?
Javob: Qayta tayyorlov guvohnomasi sizga faqatgina Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida asosan kadrlar yetishmasligi sabab, boshqa bir fandan dars berish imkoniyatini beradigan hujjat bo'lib, o'sha mutaxassislik bo'yicha haqiqiy diplomning o'rnini egallamaydi. Oliy ta'lim va boshqa tizimlarda tan olinmaydi. Magistratura qabulida aynan bakalavr diplomingiz ahamiyat kasb etadi va topshirmoqchi bo'lgan yo'nalishingizga turdosh bo'lishi talab etiladi. Shu sababli siz magistratura uchun faqat bakalavr diplomidagi yo'nalishingizga turdosh hisoblangan yo'nalishgagina topshirsangiz bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📊 Nega aynan LINGUA EXAMINATIONS’da TKT topshirish kerak?
✅ Narx — arzonroq: Har modul uchun faqat 850 000 so‘m
✅ Sifat — Cambridge darajasi: Sertifikat butun dunyoda tan olingan
✅ Markaz — Siz tanlagan shahar: Barcha exam centre lar sertifikat bo‘yicha bir xil kuchga ega
📅 24 avgustdagi TKT imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish 24 iyul soat 16:00 da yakunlanadi!
🎁 B2 bilan birga – 50% ustama olish imkoniyati
📲 Hozir ro‘yxatdan o‘ting: 👉 havola ni bosing
📞 Savollar uchun: +998 90 001 06 09
📢 Telegram: @HELPME_LINGUA_EXAMINATIONS
Chat GPT Plus va Telegram Premium endi juda ham qulay narxlarda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
O'zingizning akkauntingizga ChatGPT Plus oberish - 305 ming so'm
✅ Telegram Premium esa:
yillik obuna (o'zini profilidan kirib oberilganda) - 305 ming so'm
1 oylik obuna - 55 ming so'm
Gift sifatida (profilga kirmasdan) taqdim etish:
yillik - 36$
6 oylik - 20$
3 oylik - 15.5$
⭐️ Telegram stars: 13 ming so'mdan 260 ming so'm gacha
Canva Premium (shared account 5tagacha foydalanuvchi) - 85 ming so'm/oyiga
ChatGPT yoki Telegram Premium, Stars olish uchun @webadmin24 ga yozing.
Xizmatlarimiz bo'yicha fikrlar: @webadmin_feedback
☝️ Xizmatlar ishonchli, shaxsiy ma'lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Endi har bir o‘quvchi yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
2025–2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun yangi tizim joriy etilmoqda: ular har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda nafaqat umumiy salomatlik, balki o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari ham baholanadi, bu esa ularning sport turiga qobiliyati aniqlashda yuzaga keladi.
Ushbu yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyuldagi 447-son qarori “O’quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo’nalishtirish hamda sport turlarini ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan tasdiqlandi.
Qanday tartiblar belgilangan:
2025-yil 15-avgustgacha maxsus elektron modul ishga tushiriladi. Bu modul o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik holati asosida sport turlariga yo‘naltirishda foydalaniladi.
Belgilangan muddatgacha har bir o‘quvchi hududdagi markaziy poliklinikalarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2025/2026 o‘quv yili boshidan boshlab, maktab hamshiralari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etiladi. Bu seminarlar o‘quvchilarning aniq ko‘rsatkichlarini olish va ular bilan ishlashni o‘rgatadi.
Har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari bo‘yicha kamida bittadan to‘garak tashkil etilib, sport maktablari murabbiylari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlaydi.
2025-yil 15-sentyabrgacha, eng yaxshi sport ko‘rsatkichlariga ega o‘quvchilar sport maktablariga yo‘naltiriladi.
Og'rimayapti...
Ajoyib rolik ishlashibdi, respect! Shunday oila boshilari omon bo'lsin!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ BUGUN CHEGIRMANING SO'NGGI KUNI!
🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! BIZDA TALABLARGA BINOAN NAVBATDAGI KURS!
Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun!
👩🏻🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz 👩🏻🏫 Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 25-IYUL, JUMA
⏳ Qabul so'nggi kuni: 24-IYUL, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 MING SO'M. (bir martalik tolov)
Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.
❓ Nima uchun Aptis?
Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:
✅ Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
✅ Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
✅ Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
✅ B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
✅ B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
✅ Dars taqsimotida ustunlik
☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!
Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da
🎁 CHEGIRMA kutganlar uchun ushbu kursimizga
2️⃣2️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 taqdim etamiz. Faqat 20-IYUL 23:00 gacha murojaat qilib o'z joyini band qilgan obunachilarimiz uchun.
⚠️ Agar sizda 20-iyulgacha to'lov qilish imkoni bo'lmasa, eng kamida 20 ming so'm to'lab o'z chegirmali joyingizni band qilib qo'yishingiz mumkin! Qolgan to'lovni kurs boshlangunga qadar to'lasangiz bo'ladi.
🏃🏻♀️➡️ Ustozlar shoshilamiz! Chegirma tugagandan keyin narxlar o'z holiga qaytadi!
Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.
👉 @aptis_info
❗️2025 yil uchun TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro'yxati e'lon qilindi
O'zbekistonda 2025 yildan boshlab xalqaro reytinglarda (QS, THE, ARWU) yuqori o'rinlarni egallagan xorijiy oliy ta'lim muassasalarini bitirganlar uchun yangilik
TOP-1000 talikka kirgan OTMlarni bitirgan talabalarning diplomlari sinovsiz to'g'ridan to'g'ri tan olinadi.
Bunday OTMni tamomlagan o'qituvchilar esa dars soatlari taqsimlashda ustunlikka ega bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bir nimaga tushunmayman, sertifikat masalasida ko'pchilik murojaat qilasizkuuu
Nega APTIST deysizlar? Nega TOEFL ITEP deysizlar? Nega AYLS deysizlar?
Sertifikatni nomini bilmay qanday undan B2, C1 olish mumkin? 😁
Qiziqda...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿