vasilbro | Unsorted

Telegram-канал vasilbro - I got a bad idea🚬

1662

Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Kitoblar haqida: @shisha_bino Film linklari: @yashikodam

Subscribe to a channel

I got a bad idea🚬

Kelasi hafta shanba kuni. Soat 20:00

Unutilgan filmlar mavzusida

Reglament bilan qayta tanishib chiqing

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

An’anaga muvofiq barcha Karlalarni 7 mart bilan tabriklayman.

Shunisi aniqki, sizlarsiz dunyo betartib oshxona va yo‘qolgan paypoqlarga to’lib ketardi (hazil albatta)

Barchangizga sevgilar va baxtlar. Muhabbat ila, ota Karl.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Mozaika quiz natijalari:

Ravshan - 19 ochko
Farhod - 13 ochko
Theorist - 12 ochko

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Hamma narsa qishda qoldi: shahar, osmon, sen.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#hadya

The Maidens - Alex Michaelides

Gift from the girl who has no name

and I said: Valar Morghulis

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kechalari xayollar bosishi yomon, ertalab hech narsa o‘zgarmagani bundan ham battar.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kecha Sadriddin bro Shaytonning advokati haqida post qoldirgan edi. Aniqrog’i bugungi kundagi o’rni xususida (o’qib ko’ring qiziq). Men esa bir yilcha ilgari lavozimning o’zi haqida bir nimalar tayyorlab qo’ygandim, bugun joylashning mavridi ekan.

Advocatus Diaboli

1588-yilda Papa Sixt V Muqaddas Marosimlar Kongregatsiyasi (Congregatio Sacrorum Rituum) nomli tashkilotni tuzadi. Bu jamiyat diniy marosimlarni tartibga solish va avliyolikni tasdiqlash jarayonlarini nazorat qilish vazifasini bajarardi. Tashkilot doirasida Shaytonning advokati lavozimi ta'sis etiladi. Uning vazifasi avliyolikka nomzod bo’lgan shaxsga nisbatan qarshi dalillarni keltirish va uning muqaddaslikka bo’lgan da’volarini sinchkovlik bilan tekshirish edi. Bu o’ziga xos sud jarayonida unga qarshi Xudoning Himoyachisi (Advocatus Dei) nomzodning muqaddasligini isbotlash uchun bahs yuritgan. Lavozimning joriy etilishiga asosiy sababi o’sha kezlarda cherkovning obro‘si oldingi asrlardagi kabi “shubhasiz” qabul qilinmayotganida edi. Protestanlar Vatikanning ishonchliligiga shubha bilan qaray boshlashgan, ayrim mahalliy mistiklar esa mustaqil diniy oqimlar yaratishga harakat qilganlar. Shaytonning advokati orqali kanonizatsiya jarayoni tartibga solingan va shu tariqa cherkov o‘z diniy nazoratini saqlab qolishga harakat qilgan.

Umuman olganda Shaytonning advokati lavozimi XIV asrdanoq turli shakllarda mavjud bo‘lib kelgan. O‘sha davrlarda komissarlar guvohlarning ko‘rsatmalarini tekshirib, nomzodning haqiqiy mo‘jiza sodir etganini isbotlash yoki rad etish uchun dalillar izlaganlar. 400 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan lavozim 1983-yilda Papa Ioann Pavel II tomonidan sezilarli darajada zaiflashtirildi. Endilikda avliyo deb tan olinadigan shaxslarga qarshi surishtiruvlar ko’lami ancha susaydi va jarayon tezlashdi. Natijda Ioann Pavel II o‘z davrida eng ko‘p avliyolarni e’lon qilgan papalardan biri bo‘lib tarixga kirdi.

Tanqidchilar, jumladan yozuvchi Kristofer Xitchens, bu lavozimning yo‘q qilinishi cherkovning avliyolik jarayonini obro‘sizlantirishiga sabab bo‘lganini ta’kidlaydi. 2003-yilda Tereza Onaning avliyolikka nomzodligi ko’rib chiqilayotgan paytda rohibaning muqaddasligiga nisabatan shubha bildirgan va bu da’volarni ilmiy nuqtai nazardan rad etgan. Xitchensning aytishicha, avliyolikka da’vogar shaxslarning mo‘jizalari jiddiy tekshiruvlardan o‘tmagan va cherkov buyog’iga an’analarga sodiq qolmay, ommaviy talab asosida qaror qabul qilishga o‘tgan:

Ioann Pavel II avliyolik jarayonini shunchalik tezlashtirdiki, o‘zidan oldingi barcha papalar e’lon qilgan avliyolar sonidan ham ko‘proq avliyolarni yaratdi. Bu jarayon hozir shou-biznes va populizmga aylangan – deydi yozuvchi.

Shu tariqa Shaytonning advokati o’z kuchini yo’qotdi. Garchi rasmiy lavozim mavjud bo‘lsa-da, uning prinsiplari ilmiy tahlil va mantiqiy fikrlash tizimlarida yashab kelmoqda.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kemeronda nima gap ?

Joriy yilning yakunida premyerasi kutilayotgan Avatar: Olov va Kulning kontsept-artlariga ko’zim tushdi. Ikkinchi qismda okean bag‘rida yashovchi Metkayina qabilasini ko’rishga musharraf bo’ldik, uchinchi qismda yana yangi qabilalar - Kul xalqi va Shamol savdogarlari bilan yuzlashamiz.

Avatar II millardlab foyda keltirgan bo’lsada, ijodiy tomonlama muvaffaqiyatsiz sikvel deb hisoblayman. Ha, texnik tarafdan hayratlanarli, ammo loyiha yaxshi ssenariyga muhtoj. Kuzataveraylikchi, balki, qariya lol qoldirar.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#3

Men suygan rejissyor

Eggers filmlarining atmosferasidan lazzatlanadi odam. Go‘yo vaqt o‘z o‘rnidan siljib, o‘tmishning g‘amgin va vahimali bir burchagiga tushib qolgandek bo‘lasan. Dahshat va estetika qorishmasi.

Oldingi sonda - Wes Anderson

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bratim yaxshi yakunga loyiq. Hali quyoshi so’nmagan. Nolan birorta loyihasiga taklif qilsa, qoyillatib beradi )

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Qo’limda qadah. Bugun arzirli sabab bor - xalqaro vino kuni. Lahzalik iliqlikni his qilish, bir zumga bo’lsada hammasi joyida ekanligiga ishonish uchun ko’taraylik.

Vino - vaqtni aldashning eng nafis yo‘li. Uni qulog‘idan yetaklab o‘tmishga sudrash yoki kelajakka umid bilan boqish uchun ichamiz. Har yutimida bir esdalik bor: ba’zida shirin, ba’zida nordon, ba’zida achchiq - xotiralar kabi.

Yo‘qotgan yillarimiz, topa olmagan haqiqatlarimiz va hech qachon aytilmaydigan so‘zlar uchun ham ichaylik.

Chin-chin🥂

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Ozroq fantaziya degandek )

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#2

Men suygan rejissyor

Andersonni kattalar uchun ertak yaratuvchi kimsa sifatida taniyman. Rang-barang, ammo g’amgin uslub egasi.

Oldingi sonda - Jordan Peele

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Что делаешь, любимая?
Люблю!
А вечером?
Люблю ещё сильнее.

А ты, любимый?
Я — тебя гублю
Так искренно, так нежно,
Как умею.

***

Nima qilyapsan, sevgilim?
- Sevayapman !
- Kechqurun-chi?
- Yana-da kuchliroq sevaman.

- Sen-chi, suyukligim?
- Men esa seni halok qilaman,
Shunchalar samimiy, shunchalar mayin,
O’zim bilgancha…

©️ Anna Arkatova

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

14 fevralga o’zimga sovg’a qildim )

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kundalikni ochdim. Shundan qatorlar:

Sen meni tushungandek bo‘lganding.
Men esa o‘sha “dek”ni payqamagandim.

Men seni kutmadim. Sen ham kelmading. Hammasi reja bo‘yicha.

Sen yaxshi odamsan.
Men ham.
Lekin bu yetarli bo‘lmadi.

Ba’zan seni
yomon ko‘rib eslayman.
Ba’zan yaxshi ko‘rib unutaman.

Aytmoqchi edim…
keyin tushundim:
sen eshitishni xohlamaysan,
men esa tushuntirishni.

Kecha kimdir menga jilmaydi.
Balki u buni unutar,
lekin men eslab yuraman.

Bir paytlar yozganlarimni o‘qib ko‘rdim.
Ularni yozgan odam hali ham men ekanimga shubham bor.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Filmlar Karl misolida

Biografik film – Karl tug‘ildi. Karl nimalarnidir uddaladi. Karl haqida film qilishdi.

Tragedik film – Karl yashadi. Karl bir nimalarga intildi. Karl endi muvaffaqiyatga yetay deganda o‘ldi.

Dramatik film – Karl sevdi. Karl xato qildi. Karl hammasini kech tushundi.

Melodrammatik film – Karl sevdi. Karl baxtli edi. Karl baxtini yo‘qotdi.

Ijtimoiy film – Karl yashadi. Karl jamiyat bilan kurashdi. Karl jamiyatni emas, o‘zini o‘zgartirdi.

Siyosiy film – Karl g‘oya bilan keldi. Karl hokimiyatga intildi. Karl g‘oyani yo‘qotdi yoki yo‘q qilindi.

Qahramona filmi – Karl oddiy inson edi. Karl sinovlardan o‘tdi. Karl afsonaga aylandi.

Fentezi film – Karl safarga chiqdi. Karl yovuzlik bilan kurashdi. Karl uyga qaytdi.

Metafizik film – Karl Karl ekaniga shubhalandi. Karl tasodifan boshqa bir Karlni uchratdi. Karl “qani endi men ham shunaqa Karl bo‘lsam” deb o‘yladi.

Psixologik film – Karl hech kimga ishonmadi. Karl o‘ziga ham ishonmadi. Karl to‘g‘ri ish qilganiga ishonch hosil qilganda, film tugadi.

Detektiv film – Karl jinoyat haqida bilib qoldi. Karl haqiqatni topdi. Haqiqat Karlni qanoatlantirmadi.

Utopik film – Karl yashadi. Karl baxtli yashadi. Karl hamma narsa mukammal emasligini tushundi va o’ldi.

Distopik film – Karl yomon yashadi. Karl yaxshi yashayapman deb o’yladi. Karl hammasini tushundi va o’ldi.

Horror film – Karl g‘alati narsaga duch keldi. Karl qochmoqchi bo‘ldi. Karl kechikdi.

Apokaliptik film – Karl yashadi. Karl dunyo tugayotganini tushundi. Karl yashashda davom etdi.

Gangster film – Karl kuchaydi. Karl hammani yo‘q qildi. Karlning ham navbati keldi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Oskar 97

Nega Dyuna olmadi ?

Film Anoradan karrasiga yaxshiroqligi – fakt. Rejissura, dialoglar, aktyorlik mahorati. Kamchiligi orginal g’oya emasligida, agarda 1984 yilgi orginal versiyasi bo’lmaganda Villeneuvening muhtasham olami ham Piter Jeksonning O’rta dunyosi kabi ulug’langan bo’lardi.

Ko’pchilik Edrian Broudi ijrosidagi Brutalistni favorit sifatida talqin etdi, halicha filmning raqamli versiyasi chiqamaganligi bois, bir nima deyolmayman. Ammo, shunisi aniqki, g’oyaviy tomonlama ham, aktyorlik mahorati bilan ham Konklav va Substansiya Anoradan yaxshiroq.

Oskarning baholash mezonlarni halicha to’liq tushunib yetmaganman. Biroq, yillar o’tavergani sayin hayatning shaxsiy did masalasi mezonlarni chetga irqityotganiga amin bo'lib boryapman. Anora yaxshi film, lekin 5 ta nominatsiya, jin ursin seni Karl.

Mayli, eng yaxshi film, eng yaxshi aktrisa va balo battarlarda ozroq jon bordir, lekin Eng yaxshi orginal ssenariyni ham Anora ilib ketishi – это пиздец.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bahor ulug’lashga arzimaydi. Faqat kuzgina mavjud. Faqat kuznigina tan olaman.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Yakshanba - 20:00

Reglament o’zgarmagan.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Zotan odamlar unutilmagay, shunchaki ularni eslashning hojati qolmaydi.

©️Ota Karl

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bilib qo’yish zarar qilmaydi

Sikvel – Pul ishladi, yana ishlaydi tamoyili asosida yaratilgan film. Ya’ni, qahramonimiz birinchi filmda o‘lmasa, demak uni yangi sarguzasht kutyapti.

Misol: Avatar: Suv yo’li

Pandorada hammasi zo’r ketayotgan edi... lekin Kemeron yana milliard ishlashni xohladi.

Prikvel – O‘zi bu gnida qayerdan kelgan ? degan savol sizni tinch qo‘ymasa, demak, prikvelga murojat qilish kerak. Asl filmdan oldin sodir bo‘lgan voqealar haqida hikoya qiladi.

Misol: Hobbit

- Uzuklar hukmdorini yaxshi ko‘rasanmi, oshna ?
- Ha?
- Ajoyib ! Endi, maneqqa o’tirsang, Frodoning bobosi haqida so'zlab beraman.

Spin-off – Asosiy qahramon zo‘r, lekin yonidagi bratishkasining ham hikoyasi yaxshiga o’xshaydi degan g’oyadan tug‘ilgan loyiha. Asosiy hikoyadan ajralib chiqqan, lekin shu olam doirasida rivojlangan mustaqil film yoki serial.

Misol: Better call Saul (Breaking Badning spin-offi)

Daa, Kalning hayoti qiziq, davay advokat haqida ham ishlaymiz.

Midkvel – Asosiy hikoyaning o‘rtasida qayergadir yo‘qolib qolgan syujet bo‘lagini tushuntirishga urinish. Qisqasi pul ishlash.

Misol: Qirol sher 1½

Pumba va Timonning sarguzashtlari Simbaniki bilan parallel kechadi.

Interkvel – Ikkita film orasidagi bo‘shliqni to‘ldirish operatsiyasi. Ya’ni, monov brat kuchayib ketipti, lekin qachon ? degan savolingizga javob.

Misol: Yulduzlar jangi: Klonlar urushi

Ikkinchi va uchinchi epizod oralig‘ida nima bo‘lganini bilmoqchimisiz ? Marhamat, mana 6 faslli serial, onasini emsin.

Reboot – Orginal film eskirdi, yangi avlod uchun fakanshteyn texnologiyalar bilan yana shunday film yaratamiz – deyishning takoy yo‘li. Ammo, asl versiyasi bilan bog’liqligi kam bo’ladi.

Misol: Betmen (2022)

Albatta, Bryuse Ueynning ota-onasi qachon va qanday o‘lgani haqida takror va takror bilishimiz kerak.

Remake – Orginal filmining uyoq buyog’ini pardoz, andoz qilib ayni takrorlash.

Misol: Qirol sher (2019)

O‘sha eski multfilm, shunchaki hayvonlar realroq ko‘rinishda.

Buguncha yetadi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Asardagi eng katta muammo - hissiy zaiflik. Balki, o’z davri uchun yetarlicha ta’sirli bo‘lgandir, ammo bugungi o‘quvchi nigohidan qaralganda: zamon sinovidan o‘tolmagan.

Oddiyroq aytganda: yillar o’tavergani sayin bizdagi hayrat tuyg’usi yanada ko’proq narsa xohlayapti, asar esa bu chanqoqni qondira olmaydi.

Kitobdagi qo’rquv uyg’otishi kerak bo’lgan sahnalar ortiqcha tasvirlar soyasida yo’qolib ketadi. Fatalizimga katta urg’u berilgani ortidan voqealar rivoji juda zerikarli va jo’n tus olgan.

Ammo, e’tirof etilishi kerak bo’lgan jihat ham yo’q emas. Xususan, yapon folklorining an’anaviy ruhiy elementlari o‘z ifodasini topgan. Bu kitobni madaniy va tarixiy nuqtayi nazardan o’lmasligini ta’minlagan.

Xullas, ustidan yillar tuprog’i tortib yuborilgan ajib asar.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#AOT

This is a work of art

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Ohirgi marotaba dekabr oyida film tavsiya qilgan ekanman - uyat. Og’ir ish kunini yaxshi film bilan yakunlashga nima yetsin, a-labbay ?

Xullas, ikki soatlik ruhiy orgazim.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

18-fevral

Xalqaro vino kuni

Anni, amori e bicchieri di vino, nun si contano mai🥂

P.s: bir kun oldin eslatdim. Qadahlar bo’shab qolmasin )

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Fucking dushanba rubrikasi

Dushanba – ishdan ketish kerakdir degan fikr jiddiy va mantiqli tuyuladigan kun.

Dushanba – hayot bizni yana bir bor sinab ko‘rmoqchi ekanini eslatadigan kun va biz, albatta, yana yutqazamiz.

Dushanba – kechasi soat 3 da “hali erta” deganing uchun o’zingni so’kadigan kun.

Dushanba – uxlamay, yana bitta qism deb, butun mavsumni ko‘rganing uchun jazolaydigan kun.

Dushanba – hammasini boshidan boshlash va yangi hayot kechirish kerak degan fikr faqat tushlikka qadar yashaydigan kun.

Barchaga hayrli dushanba. Grinkoni tinglab, siqilish yoddan ko’tarilmasin yana )

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bratim, baribir boshqacha:

Oppengeymerda haqiqiy bombadan foydalandi. Ibtidoda tush holatidagi gravitatsion muhitni yaratdi, hatto shifoxonani portlatishgacha bordi. Endi esa Oddiseyadagi Siklop sahnalari ham Gretsiyadagi Nestor g’orida suratga olinarkan. G’or ichida 6x6 metr o‘lchamdagi mexanik antropomorf qo‘g‘irchoq qurilarmush, onasini emsin.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kim nima o’qiyapti shunday qilib ?

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

​​#mutolaa

Hamma narsa takrorlanadi

Madlen Millerning Kirkasida Skayla ismli maftunkor nimfa bo’lib, chiroyi tillarda doston parivash sifatida tasvirlangan. Ammo, Kirkaning la’nati tufayli badbashara maxluqqa evriladi. Yaqinlari-yu, oshiqlari bu vaziyatda pariga dalda berish o’rniga uni bir manjalaqiga qiyoslab, ustidan mag’zava ag’darishadi va tahqirlashadi. Kirka afsuni o’laroq Skaylaning asl tabiatini ochishni istagan edi, ammo atrofini o’ragan befarq ilohlarning manfur basharalarini ko’radi. Qiziq epizod. Menga Monika Belluchchi gavdalantirgan Malenani eslatdi.

Malena Sitsiliyaning eng go‘zal ayoli, uni hamma orzu qiladi, biroq hech kim himoya qilishni xohlamaydi. Yurish-turishi, nigohi, sukunati xudbinlik va hasad bilan to‘lib-toshgan shaharning ko‘zgusiga aylanadi. Erkaklar uni istashar, ayollar esa nafratlanishadi. Malena hech qanday jinoyat qilmaydi - uning yagona aybi go‘zalligidir. Ohir oqibat shafqatsiz tuhmatlarga uchraydi, omma tomonidan xo‘rlanadi, uriladi, yer bilan bitta qilinadi. Uni avval yuksak ko‘targan, unga intilgan odamlar keyin o‘zlari uni yo‘q qiladilar.

Halicha kitobni tugatmadim, ammo ostiga chizib qo’yadigan qatorlar bisyor.

@vasilbro

Читать полностью…
Subscribe to a channel