vasilbro | Unsorted

Telegram-канал vasilbro - I got a bad idea🚬

1662

Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Kitoblar haqida: @shisha_bino Film linklari: @yashikodam

Subscribe to a channel

I got a bad idea🚬

Senda doim uchta yo’l bo’ladi, Karl:

Rasvo filmni tanlab, oqshomni ham rasvo qilish.

Yaxshi film tanlab, oqshomni maroqli qilish.

Men aytganimni ko’rib, keyp qilish.

Biror nima tavsiya qilmaganimga ham ko’p zamonlar bo’libdi. Demak, Yerlik insonni (The man from earth) ko’rvorishlik joyi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bratim ritsar bo'libdi, shuningdek Charlz yangani ham quruq qaytarmagan. Oqlayman va duo qilaman.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Tig’iz vaqtda, kichik taqriz. (Ko’cha sovuq, ilhom esa kutmaydi)

Yana o’n yil o’tib, U o’z rekordini qariyb ikki barobarga yangilaydi. Bu gapim ostiga qalin chiziqlar torting (la’nati - mark my wordni o’zbekchaga jimjimador kelishtirmoqchi bo’ldim)

(blya, ko’cha rostan sovuq)

Film inson qo’rquvi va umidini bir vaqtda, bir ritmda ko’rsatolgani bilan qadrli.

Uni nima o’lmas qiladi ? Ehtiyoj, albatta. Nolan yaratgan asarning hissiy ta’siri insoniyatning davomiy ehtiyojlarini qondirib kelyapti. Jaydarisiga aytganda, ko’tarilgan muammo hali o’z javobini topmagan. Agar bu sodir bo’lsa, film o’z qiymatini yo’qotadi.

(shapka kiyib yuring)

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bir mayizni qirqqa bo’lib ye degan bobokalonlar. Faqat o’zim siqilaveramanmi

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Uchayotganingda anglaysan, onang derazadan qarab turgan bo’ladi…

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Madinadan chopib keldim🌚

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

So’rovnoma

Emojilar online muloqotni qanchalik buzadi yoki aksincha qanchalik foydali ?

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Jasur bro shu mavzu doirasida video ishlagan ekan.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Garri Potter seriali

Severusning roliga asosiy nomzod - Paape Essedu.

Halicha nomzod, rasman tasdiqlangani yo’q.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Uzuklar hukmdori yoki Hobbit trilogiyasida rol ijro etganimda😁

Lensa AI yordamida yaratildi

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#8

Anchadan beri qonun yozmabman.

Ota Karl – diktator. Ushbu kanalda uning qudrati cheksizdir. Istalganini blok qilish huquqiga ega, hech kimning o’rni kafolatlanmag’ay.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Xuddi shu ma’lumotni rus tilidagisini, qandaydir ko’rsatuvda bir boshlovchi gapirib bergandi, bizga endi kirib kelibdi.

Asl voqea qanday bo’lgan ?

Hov o’sha, 2020 yil butun dunyo Covid bilan olishib yurgan zamonlar World News Daily Report o’z saytiga yuqoridagi videodagi ma’lumotlar aks etgan maqolani joylashtiradi. Bu shunchaki satirik xabar edi.

Saytning shiori: Faktlarning ahamiyati yo’q. Jin ursin seni, Karl.

Tak, qanchadir muddatdan so’ng, Alyosha bu xabarni o’qib, Sanyaga aytib beradi. Sanya o’zidan qo’shib-chatib, Vanyaga aytadi. Shu tariqa o’zimizni G’ishmiddingacha yetib keladi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Insoniyat tarixidagi eng mistik va ramziy meva qaysi ?

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Qizim so’raydi:

- Dada, onam bilan qanday tanishgansizlar ?

Men:

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Gladiator II uchun taqriz.

Xo’sh, Dyunani yo’lida yana qaysi qoldi ?

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Ursula❤️‍🩹

Noto’g’ri vaqtdagi, to’g’ri inson.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Yaponcha dublyaj - keyp

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Mana nega orzularing amalga oshmaydi…

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Winter is coming here

Bularni boshqa Madinadan chopdim

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Oramizda sharobxo’rlar borligi sir emas. Tez-tez “bazmi jamshid” qilib turishinglar ham ravshan. Ammo, bu faqat bo’kib ichish degani emas-da. Shu haqida to’rt qator…

Shoh Jamshid, fors xalqining afsonaviy qahramoni. Forslar uni nafaqat qudratli hukmdor, balki san'at va madaniyat sohasida ramziy shaxs sifatida ulug’lashadi. Shoh haqida afsonalar bisyor, vaqt o‘tgan sari yanada boyib, “bazmi jamshid” va “sharob kashfiyoti” kabi Ota Karlni qiziqtiradigan temalar bilan boyigan.

Afsonalarga ko‘ra, Jamshidning uzumzorlari tillarda doston bo’lgan. Bu oliy nav uzumlar esa yillab saqlanishi uchun xumlarda yig’ilgan. Kunlardan bir kun, xumlarning biridagi uzum suvi achib, g‘alati hid tarata boshlaydi. Saroydagilar buni zahar deb qaror qilishadi. Ammo, taqdiridan norozi malikalardan biri, o’z joniga qasd qilish niyatida, achigan ichimlikni tatib ko‘radi. Malikani fojiali poyon emas, g‘aroyib taskin va yengillik chulg’ab oladi. Yuzlariga tabassum yoyilib, yuragi sokin tortgan parivash bu zaharning yoqimli kuchga ega ekanligini anglaydi. Bu voqea Shoh Jamshidning qulog’iga yetib borib, uning o’zi ham ichimlikdan tatib ko’radi. Hayratda qolgan shoh achigan uzum suvini yangi ichimlik sifatida o‘z marosimlariga kiritadi va shu tariqa sharob Jamshid ziyofatlarining ajralmas qismiga aylanadi. Biroq, tarixiy dalillar bu hikoyaga boshqacha yondashadi. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, sharob ishlab chiqarish qadimiy Mesopotamiya va Misr madaniyatlarida Jamshid davridan ancha oldin boshlangan. Fors afsonalarida bu ichimlikning Jamshidga tegishli qilib ko‘rsatilishi, xalqning o‘z qahramonini idealizatsiya qilishidan boshqa narsa emas. Hatto, Jamshidning haqiqatda mavjud bo’lganligining o’zi bahsli masala.

Tarixchilar Jamshidning obrazi bir necha qadimiy shohlarning siymosidan yig‘ilgan deb hisoblashadi. Fors adabiyotida u tinchlik va farovonlik timsoli, afsonaviy hukmdor sifatida tasvirlanadi. Masalan, “Shohnoma”da uning hukmronligi ilm-fan va san‘at gullab-yashnagan davr sifatida eslanadi. Lekin bu tasvirlarda tarixiy dalillarga asoslangan hujjatlar yo‘q. Jamshidni madaniy va diniy ramz desak nuqtaga urgan bo’lamiz. Xususan, Avestoda Jamshid asosiy figuralardan biri.

Endi o‘sha mashhur bazmi jamshidga qaytsak. Hozirda bu ibora biror kattaroq ziyofatni ifodalash uchun aytiladi. Lekin, fors afsonalarida bu shunchaki ziyofat emas, aksincha san‘at va madaniyat tantanasi sifatida zikr etilgan. Ushbu kechalarda sharob qadahlari xandon otar, she‘rlar oqib kelar, musiqa esa qalblarni chirmab olardi. Jamshid uyushtirgan bu bazmlari fors she‘riyatida ko’p bor tilga olinib, baxtiyorlikning cho‘qqisi sifatida tasvirlanadi.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Krampus

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Tanishlar bilan oshdamiz, taom kelguncha issiq choydan simirib, uyoq-buyoqdan gaplashgan bo’ldik. Choyni biroz achchiq deb topdim, odatda bu borada injiqman. Qarshimdagi sherigim qayta-qayta simiryotgandi, yonimdagi esa bir qultum yutdi-yu, yuzi bo’zarib:

- Nima balo, zang suvmi bu, deb shakar aralashtirgan bo’ldi.

Osh ham keldi, yeyayabman-u, miyamda majlis: birimiz choyni ajoyib ta’mga ega deb topdik, birimiz achchiq hisobladik, birimiz ichib bo’lmaydigan darajada ekanligidan nolidik. Demak choy ta’mining aniq ta’rifi mavjud emas, u har bir ichuvchining dunyo qarashida, didida va ayni ehtiyojida shakllanuvchi tushuncha xolos.

Filmlarni ham shunday qabul qilsak to’g’ri bo’lar, ya’ni hammaga bir xil ekranda, bir xil voqealar ketma-ketligi bilan namoyon bo‘ladigan – obyektiv asar. Go’zallik shundaki, tomoshabinlarning ongida bu obyektiv voqealar subyektivlashadi. Har bir inson o‘z hayotiy tajribasi, hissiyoti, va dunyoqarashi bilan uni turlicha qabul qiladi.

Masalan, Nodir aka Qudrat Uzuklaridan ta’sirlanganliklarini yozadilar, meni esa serialni yerga uraman, Jasur aka o’rtacha baholaydi. Nuraliga esa – farqi yo’q. Bu yerda oddiy haqiqat yotadi: film na yaxshi, na yomon: u shunchaki inson ongida ma’no topadigan bir hodisa deymizmi, mexanizm deymizmi, xullas tushundingiz. Ko'p o'ylavordim, oshga qaray.

P.s: film so’zini kitobga almashtirib o’qisangiz ham bo’ladi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#binnarsa

Kollejdagi so’nggi semestrim – kampus ichida piyoda ketayotib, notanish barzangi bilan to‘qnashib qoldim. Bir qarashda mayda kelishmovchilik - u mashinasi bilan o’tmoqchi bo’lgan yo’ldan kesib o’tgandim. Bari tez sodir bo’ldi, asabiylashgan haydovchi meni urdi. Og‘irligi o’ziyam 325 funt (147 kg) bo‘lgan yigitdan zarba qabul qildim, tabiiyki, hushimni yo‘qotdim. Voqea shu tariqa yakunlandi.

Vaqtlar o’tib, go‘zal bir qizni uchratdim. Qalbimda olov yondi. Bir necha oy davomida uning orqasidan sarson quvib, ko’nglini olishga harakat qildim. O‘sha kezlar u bilan munosabat o’rnatmoqchi bo’lgan yigitlar ko’p edi, ammo, u meni tanladi. Ikki yil o‘tib, biz turmush qurdik, bir yildan so’ng qizim dunyoga keldi.

Mo’may daromadli ish, ajoyib rafiqa, xullas farovon hayot kechirardim. Qizimiz ikki yoshga to‘lganda, ayolim o‘g‘limizni dunyoga keltirdi. O‘g‘lim hayotimning eng katta quvonchi edi. Har kuni ertalab ishga ketishdan oldin uning xonasiga kirar, yuziga mehr bilan qarab, bir dunyo orzular qilardim…

…ishdan qaytib, divanimga o’rnashdim, qarshimdagi chiroqqa termulib qoldim. G’alati, chiroq xuddi teskarisiga aylanib ketgandek. Unga qarab turibman-u, biroq nimadir noto‘g‘ri, tushunmayapman – sirli. Ko‘zlarimni undan uzolmadim. Tun bo‘yi chiroqqa termulib chiqdim. Ertalabga kelib, ishga borishga kuchim yetmadi. Ovqat yeyishni ham tashlab qo‘ydim. Dastlab, faqat hojatxonaga chiqish uchun divandan turardim. Oradan uch kun o‘tgach, bu odatimni ham unutdim.

Ayolim xavotirga tushib qoldi, yordamga bir kimsani yetaklab keldi, biroq foydasiz. Bu vaqtga kelib,butunlay boshqaruvni yo’qotgandim. Xotinim bolalarni onasining uyiga olib ketdi… miyamda nimadir yondi, haqiqatni anglagandim: chiroq haqiqiy emas, uy ham, xotinim, bolalarim – hech biri haqiqiy emas. Oxirgi o‘n yillik hayotim xayolotdan boshqa narsa emas…

…chiroq kattalasha boshladi. Ko‘rinishi tobora g‘alati bo‘lib, butun dunyoni egallab oldi. Atrof faqat qizil rangdan iborat, turli ovozlarni, qichqiriqlarni eshitdim, so’ngra og‘riqni his qila boshladim. Ko‘zlarimni ochganimda, yerda yotardim. Atrofimni begona odamlar o’rab olgan, kimdir vahimada, kimdir menga shunchaki qarab turardi. Politsiyachi kelib, meni qo‘ltiqlab ko‘tardi, sudrab borib, mashinasining orqa o‘rindig‘iga uloqtirdi - aftidan tez yordamni kutishni xohlamagan ko‘rinadi. Kasalxonaga olib bordi. Shifokorlar turli tahlillar qilishdi. Ayon bo’ldiki, o’sha barzangining zarbasidan so’ng 10-15 soniyaga xushimni yo’qotganman, miyam esa bu vaqt oralig’ida men uchun butun bir reallikni yaratgan.

Keyingi uch yillik hayotim zulmat ichida o‘tdi. Xotinimni va bolalarimni yo‘qotganimni anglash og’ir, ammo ular hech qachon mavjud bo‘lmaganini o’ylash yanada og‘irroq edi. Har kecha yig‘lab uxlar, tushlarimda ularni yana ko‘rishni istardim, lekin bu hech qachon sodir bo’lmadi. Ba’zan o‘g‘limni ko‘z qirichim bilan sezaman, u har doim 5 yoshda bo‘ladi. Menga nimadir deydi, lekin ovozini eshita olmayman.

P.s: shu sabab chiroqni o’chirib uxlanglar

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Madinadan ilhomlandim

Biri retro, biri Stiven Kingning “Tuman” asari asosida ishlangan shu nomli filmning atmosferasi - ko’rmagan bo’lsangiz tavsiya qilaman.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

"Яхши йигит синдроми" — ўзини бошқалар учун доимо мукаммал, меҳрибон ва ёрдам беришга тайёр кўрсатишга ҳаракат қиладиган одамларнинг психологик ҳолати. Ушбу синдромни бошдан кечирган шахслар кўпинча ҳис-туйғуларини инкор этиб, бошқаларнинг эҳтиёжларига кўпроқ эътибор қаратади.

Видео орқали, бу синдромнинг сабабларини, шахсий ҳаётга ва ижтимоий муносабатларга қандай таъсир қилишини, шунингдек, шахсий чегараларни белгилашнинг аҳамиятини тушуниб олиш мумкин.

Яхши йигит бўлиш интилиши, кўпинча ички келишмовчиликлар ва руҳий оғриқларга олиб келади, бу эса узоқ муддатда салбий оқибатларга олиб чиқиши мумкин.

Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://youtu.be/uqY6qmiyqL8?si=itT1srKquxluX3xP

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

31 dekabr yaqinlashavergani sari oq soqolli, mayda-chuyda sovg'alar berib yuradigan amakining mavzusi yana ko’tarilishni boshlaydi. Mavsumiy “g’alayonchalar”. Shu xususida ozroq qoralama qilib ketmoqchiman.

Santa Klaus

Tarixan Santani Avliyo Nikolay bilan bog’lashsada, bolalikdan film-u, multfilmlarda ko’rib katta bo’lgan Santamiz XX asrning o’ttizinchi yillarida Coca-Cola tomonidan yaratilgan obraz xolos. Ilgarilari Santaning hamma tomonidan qabul qilingan umumbashariy ko’rinishi mavjud bo’lmagan. Ya’ni qizil yorqin libos, oq soqol va katta qorinli amakining tarixi 100 yildan ham oshmaydi. Santani to’g’ridan-to’g’ri din bilan bog’lash ham noto’g’ri, u yuzlab yillar davomida falklorlar va turli madaniyatlarning rivoyatlari natijasida shakllangan qahramon xolos. Masalan bizda ham din bilan bog'lanmagan, biroq ko'p tilga olinadigan bittasi bor - Alpomish. Hatto, aslida mavjud bo'lmagan kimsa sharafiga Alpomish nishoni ta'sis etilgan.

Qor bobo

Qor bobo va Santa Klaus ikki xil odam. Ha, Karl sen ko’rgan, bug’ular ulangan chanani boshqarib ketayotgan qariya Qor bobo emas. Sovetlar diniy va turli kapitalistik g’oyalardan xoli bayram yaratishadi - bu Yangi yil kuni edi. Katoliklar 25 dekabr Iso (a.s)ning tug’ulgan kuni (рождество) nishonlashsa, Sovetlar o’zlari uchun alohida bayram joriy qilishadi. Bayramga esa yangi qahramon kerak, vualya – Qor bobo. Bu ham XX asrning o’ttizinchi yillariga to’g’ri keladi. Ha, yana bir narsa Santaning kiyimi qizil bo’lsa, Qor boboniki ko’k rangda.

Shuni aytmoqchimanki, Qor bobo va Santani din bilan bog’lamang. 31-dekabr esa diniy bayram emas, bundan ming yil avval ham bo’lmagan. O’zbekiston ham islomiy davlat emas, aksincha asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi sekulyar davlat. Bu degani davlat boshqaruv markazida din emas, qonun turadi.

Bitta hint berib ketaman. Turli videolar chiqishni boshlaydiku, Santa aslida yovuz ruh, iblis bo’lgan qabilidagi – Krampus haqida o’zingiz izlanib, o’qib ko’ring.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bugun kuzning so’nggi kuni - Qish kelayotir.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Mozaika Quiz natijalari. Top-3

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#premyera

Netflix "Yolg‘izlikning yuz yili" serialining birinchi qismi treylerini namoyish etdi

Gabriel Garsia Markesning romanini bir faslga sig‘dirib bo‘lmaydi. Strimingda ham shunday qaror qabul qilindi. Birinchi qism 11-dekabrda chiqadi.

@boredpandablog

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#18+

Oiran: yoxud Syogundan so’ng kurtizanlar haqida yozmasam bo’lmas


Tasavvurga erk beraylik: 18-asrning Yaponiyasida yashayapsan. Aytaylik, mavqesi baland samurayning erka o’g’lisan. Kezi kelganda, ishrat istab, Tokioning mashhur Yoshivara kvartaliga borib turasan, chunki nozikkina ko’ngling senga shunchaki xizmat ko‘rsatadigan ayolni emas, yuqoriroq kimnidir xohlaydi - Oiran.

Oiranlar oddiygina “salom-alik” yoki “qani, gooo” deyishmaydi. Ularning oldida “imtihon” topshirishga to’g’ri keladi. Ha, ular intellekting, odobing va qanchalik madaniyatli ekanligingni baholashadi. Ayonki, nafaqat cho‘ntak baquvvatligi, balki miyang ichida nima borligi ham ahamiyatga ega.

Mahorat

Oiranlarni madaniy fenomen deb atashsa “ya v hayraneee” deb yurma. Ular shamisen chalishni bilishardi - bu jin urgur musiqiy asbob bilan ko‘pchilikning yuragini eritib yuborish oson. She’r o‘qishmi ? Muammo emas ! Raqsga tushish, qo‘shiq kuylash yoki falsafiy bahslar ? Nega endi - yo’q.

Tushunarli qilib aytganda, ular sen bilan gaplashayotganda Navoiy qahramonlariday she’rbozlik qila turib, o‘rtada Aristotel falsafasini muhokama qilib yuborishlari mumkin bo’lgan. Buni o‘ziga xos “Yaponcha TED Talk” desa ham bo’ladi.

Tashqi ko‘rinish

Oiranlarni boshqa ayollardan farqlash oson. Kiyimlari murakkab va noodatiy bo‘lib, sochlariga g‘aroyib uslubdagi zargarlik buyumlari kiydirilgan bo’ladi. Bu ko’rinish nafaqat ular haqida, balki Yaponiyaning san’ati va urf-odatlari haqida ham hikoya qilgan.

Shu yerda qiziq bir fakt bor: oiranlarning kimono bog‘lamlari an’anaviy orqa tomondan emas, old tomondan bo’lgan, bu esa “Men odatiy ayol emasman” ishorasini bergan.

Oiranlar va oddiy fohishalar o‘rtasidagi farq

Oddiy fohishalar haqida ko‘p gapirishga hojat yo’q. Ular tezkor xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Holbuki, oiranlar o‘z mijozlari bilan ko‘p vaqtni birga o‘tkazishar, mijozlari bilan suhbatlashishda intelektual va madaniy jihatdan qiziqarli bo‘lishlari talab etilardi.

Oiran xizmatiga ega bo‘lish ham unchalik oson bo’lmagan. Birinchidan, ular mijozni qabul qilish uchun vaqt ajratishi kerak, istalgan vaqtda borib bo’lmaydi. Ikkinchidan, ularning o‘zgacha marosimlarida ishtirok etish shart: sharafli yurish, suhbatlar, qabul marosimlari va hokazo. “Yakun” esa juda qimmatga tushardi, shuning uchun ham ular oddiy xalqning orzusi bo‘lib kelgan.

Madaniyatning o‘chmas ramzi

Bugungi kunda oiranlar yo‘q, ammo ularning o‘rnini geishalar egallagan. Shuni tushunish kerakki, oiranlar Yaponiya madaniyatida alohida o‘rin tutadi. Ular san’at, madaniyat hamda go‘zallikni uyg‘unlashtirgan va jamiyatning yuqori tabaqasi uchun maxsus belgi bo‘lgan.

@vasilbro

Читать полностью…
Subscribe to a channel