vasilbro | Unsorted

Telegram-канал vasilbro - I got a bad idea🚬

1662

Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Kitoblar haqida: @shisha_bino Film linklari: @yashikodam

Subscribe to a channel

I got a bad idea🚬

Kelsang, choy yo’q. Vino quyib berishim mumkin.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Nima uchun bu qarorga kelganimni bilmayman. Oshxonada turib, qo‘limda bir hovuch spagetti ushlab turganimni eslayman. Suv qaynayapti, bug’ ko‘tarilgan. Biqr-biqr, biqr-biqr yoki pilq-pilq edimi, yodimdan ko’tarilibdi. Yolg‘izlikda tovushlar ham o‘zgacha eshitila boshlarkan, balki kimdir yonimda bo‘lganida, bu tovushga e’tibor ham qilmagan bo‘lardim…

Youtube aylanmoqda: tanish ovoz Murakami, ortidan Spagetti yili dedi. Kimsa haqida eshitganim bor, Lestat bir nimalar deb maqtab yurardi. Biroq, qiziqish uyg’otmagan, o’qib ko’rmaganman. Taom haqida o’nlab qidiruvlar qilganim uchun algoritm sabab bir burchakdan chiqib kelgan, shekilli. Audioni tinglay boshladim. Syujetga ko'ra qahramon yil davomida har kuni spagetti pishiradi. Onasini emsin, har kuni.

Hikoya g’alati bo’lsada, nima uchundir o‘chira olmadim. Qandaydir tushunarli edi. Balki qahramon ham yolg’iz, men ham yolg’izligim, ikkalamiz ham shu jin urgur spagettini pishirayotganimiz uchun bo’lsa kerak. Taom tayyor bo’ldi, likopchaga suzdim, ko’rsatmaga ko’ra ustiga ozroq zaytun moyi tomizdim va albatta sardak. Hikoya ham tugadi. Xayol surib qolgandim, hammada bo’ladiku: biror nuqtaga uzoq qarab qolasan, to’xtashing kerakligini bilasan, ammo to’xtaging kelmaydi – termulib turaverasan. Murakamining hikoya so’ngidagi so’zlari miyamda aylanardi: Tasavvur qilyapsizmi, agar italyanlar falon yilda eksport qilayotgan narsalari aslida yolg‘izlik ekanligini bilganlarida, qanchalik hayron qolishardi ?

Spagetti tugadi, lekin ichimda nimadir qoldi. Nega buni pishirdim, nega bu hikoyani tingladim — javob yo‘q. Faqat yolg‘izlik bor. Boshqa spagetti tayyorlamayman.

P.s: hikoyani Madina Musayeva ovozlashtirgan.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#mem

Faqatgina ikkala kanalda bor odamlar tushunadi.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Balki, bugungi kontent iste’moli vajidan kelib chiqsak, seni o’rtamiyona yozuvchilar qatoriga qo’shishardi, oshna.

Tvitterdagi chiqishlaringni tasavvur qilyapman:

Odam o’z gunohlarini oqlash uchun hamma narsani o’ylab topadi, deb postlar joylarding.

Inson qalbining tubiga kirib, fojiaviy iztiroblarni ochib beradigan asarlaring zamonaviy madaniyatning tezlik va soddalashtirishga bo‘lgan intilishlari bilan mos kelmasdi. Mavjudlikning mazmunini savolga tutib, insonning axloqiy inqirozlarini ko‘tarib chiqqaning nimasi ? Uzoq borsa, Inson qalbi jang maydonidir, degan fikrlaring bugungi arzon marketing bilan qorishib, qandaydir broshyuraga aylangan bo’larmidi, kim bilsin.

Tan olinmagan daho bo’larding. Shunchaki, jamiyatga haqiqatni aytgan g’amgin bir ovoz.

Sen bilan ichgan bo’lardim.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#18+

Anonim - qahramonlarni yaratadi, oshkorlik esa farishtaga aylantiradi.

Har doim anonim tashkil qilsam, keladigan o’y: miyani qiynaydigan mavzularni muhokama qilamiz. Realda nima bo’ladi:

- Do you have a girlfriend ?
- Intim aloqa taklifi.
- Hatto, nudes jo’natilgan vaqtlar bo’ldi.

Albatta, shaxsiyati oshkor bo‘lmasa, har kim, har qanday savolni beraveradi. Hayron qoladigan joyi ham yo‘q, chunki bu odam tabiatiga xos narsa. Lekin, vaziyat kechagiga o’xshab o’zgarsa, holat tamomila boshqacha bo’ladi:

- Sizni juda hurmat qilaman !
- Qandaydir mavzu doirasida maslahat so’rash.
- Saviyali savollar.

To’g’ri, ilgari ham yaxshi savollar bo’lardi (buni qadrlayman). Ammo, qitmirliklar ko’proq. Kecha biror nojo’ya fikr o’qimadim.

Bu kabi holatlar sen bilan ham sodir bo’ladi. Masalan: ishga kech qolding. Boshlig’ingni “nega kechikding” degan savoliga, tirbandlik yoki mazang yo’qligini sabab qilib ko’rsatasan. Biroq, qandaydir platformada xuddi shu savol berilgan va shaxsiyat dahlsizligi ta’minlangan bo’lsa, javobing: uyqudan turolmadim.

Yoki pornografiya ko’rish, ko‘pchilik bu odatini qattiq yashiradi va tan olishdan tortinadi. Agar kimdir seni shunday saytga kirganingni ko‘rib qolsa, birdan o‘zingizni oqlay boshlaysan: tasodifan bosilib ketdi. Lekin anonimlikni kafolatlashganida, ko‘pchilik qanchalik qiziqib kuzatganini aytishdan cho’chimaydi. Bu faqatgina zamonaviy jamiyatga xos bo’lgan illat emas. Masalan antik Rimda gladiator janglari katta qiziqish uyg‘otgan bo’lsada, ko‘pchilik bu qonli tomoshalarni ochiqchasiga qoralagan. Ammo, aynan o’shalar yashirincha janglarga borishdan tiyilmaganlar.

Bularning barchasi onlayn inhibisyon effekti deb ataladigan hodisaga bog‘liq. Oddiy qilib aytganda, shaxsiyat yashirilganida odamning asl tabiati yoki shunga yaqinroq nimadir namoyon bo‘ladi. Lekin, oshkora muloqotda, odam birdan xushmuomalaga aylanadi, qoladi. Bu – o‘zimizni boshqalarga yoqimli ko‘rsatish uchun qiladigan harakatimizdir.

P.s: ha, kim yozayotganligini ko’rib turdim. David, Nodirbek va yana bir qancha shaxslarga alangali salom yo’llayman.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Hammaga rahmat. Juda mazmunli bo’ldi. Yakshanbani shu tariqa kuzatdik. Keyingi hafta yana tashkillaymiz )

Yozib olishni afsuski kechroq boshladim. Ma’zur tutgaysiz.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Joker

Komiks voqealari Batman va Jokerning azaliy kurashi ustiga qurilmagan, aksincha Jokerning shaxsiyatini birinchi pardaga olib chiqadi. Uning hukmronlikka intilish sabablari, psixalogik beqarorligini ochiqlaydi. Nyuans bo’lib qolmasin, Todd Fillipsning antagonisti bilan bog’liqlik yeri yo’q, faqatgina shaxsiyatdagi beqarorligi qisman yaqin. Xullas, qorong’u va tumanli Gotemning ixlosmandlariga tavsiya qilaman.

Bir qiziq epizod ham bor. Xarli Kvinn Jokerga ko’z oynak sovg’a qiladigan sahna. Unga GEY (gay) so’zi tushurilgan edi. Joker buni mamnuniyat bilan qabul qiladi !

Endi tarixga yuzlanamiz. Ilgarilari gey so’zidan shunchaki insonning ruhiy holatini, ayni kayfiyatini izohlash uchun foydalanishgan. Xursand, baxtli, quvnoq degan ijobiy ma’nolarni anglatgan. Ammo, XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab turli ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar natijasida bugungi jinsiy orientatsiyani, ya’ni erkaklarning o‘z jinsiga bo‘lgan romantik qiziqishini ifodalovchi atamaga evriladi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Imperator qartasi (Kaiji)

Ikki kishi uchun mo’ljallangan strategik o’yin.

Qartalar soni - 10 ta

Imperator va to’rtta oddiy xalq – umumiy 5 qarta

Qul va to’rtta oddiy xalq – umumiy 5 qarta

Qoidalar:

O’yin 4 bo’lim o’ynaladi. Har bir bo’lim 3 raunddan iborat. O’yinchilar bir bo’lim imperator tomon, bir bo’lim qul tomon bo’lib o’ynashadi. Shu tariqa 2 marta o’rin almashiniladi.

Qartalar to’qnashuvi:

Imperator va oddiy xalq – imperator g’alaba qiladi

Oddiy xalq va oddiy xalq – durrang

Oddiy xalq va Qul – oddiy xalq g’alaba qiladi

Imperator va Qul – qul g’alaba qiladi. Chunki uning yo’qotadigan narsasi yo’q va yengish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi.

Bo’limlar:

1-raundani doim imperator boshlaydi. 2-round qul. 3-round yana imperator. Raund biror tomonning qo’li baland kelmaguncha davom etadi. Birinchi raund uchun misol:

Dastlab imperator o’z qartasini tanlab stolga qo’yadi, ikkinchi bo’lib qul. So’ngra qartalar ochiladi. Imperator tomon oddiy xalq qartasidan foydalandi deylik, qul tomon esa qul qartasidan. Bunda imperator tomonning qo'li baland keladi - shu tariqa birinchi raund nihoyasiga yetadi. Qartalarni bir vaqtda tanlab, bir vaqtda ochsa ham bo’ladi, ammo bu o’yinning jozibasiga biroz ta’sir qiladi.

O’yin senga nima beradi ?

Bu omadga emas, aniq tahlilga asoslangan o’yin. Siz raqibning qaysi qartani yurishini oldindan tahmin qilishingiz kerak. Har bir kichik detal: tirjayish, ko’zlar, qo’l harakatli, manipulyatsiyon gaplar ahamiyatlidir. To’g’ri shunchaki o’ynab qo’yish ham mumkin, biroq jiddiy kirishilsa anchayin zavqli.

Istalgan odam o’ynasa bo’ladi, maxsus qartalar bo’lishi shart emas:

Sonlardan oddiy xalq. Qirol qartadan imperator, jokerdan qul sifatida foydalansangiz bo’ladi.

P.s: jiddiy yozdimmi, demak yaxshi o’yin. Endi Alice in Borderland seriali 2 mavsum 4-epizod Chishiya ishtirokidagi Valet of hearts o’yinini real hayotga moslashtirmoqchiman.

@vasibro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kaijida hammasiga boshqosh: qariya

Kalmar o’yinida hammasiga boshqosh: qariya

Farqli tomoni animeda shaxsiyat yashirilmagan.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Serialdan farqli ravishda marketing tobida. Squid game II deb yozsangiz, google sizga o’yin taklif qiladi.

Hammasini o’ldirdim

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

TGStatning kanalimiz uchun yil sarhisobi. Menimcha yomon emas.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Asanovning qadimda til o’rganish bilan bog’liq qiyinchiliklar haqidagi posti.

Marg’iloniyning postga raddiyasi: birinchi qism, ikkinchi qism.

Qiziq mavzu

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kanalga yangi qo’shilganlarning ko’pchiligi yo’nalishni tushunmay garang bo’lishadi.

Men kanaldagilarga Karllar deb murojaat qilaman. Qonunlarimiz ham bor.

Kanalda asosan filmlarga taqriz yoziladi (garchi buni taqriz deb bo’lmasada), ba’zan kitoblar va san’at asarlari haqida ham post chiqib qolishi mumkin (shisha bino yopilgani sababli, endi ko’proq ham chiqar). Yoritish uslubi – yumor orqali (doim emas)

Vesteros va O’rta yer muxlisiman. Shu sababli ikki olam haqida memlar, maqolalar bo'lishi tabiiy, har holda qolgan olamlarga nisbatan ko’proq. Yoritish uslubi – yumor orqali (doim emas)

Rasmlarni bo’yash jon-u, dilim. Madina bilan bordi-keldimiz bor.

Ba’zan, ilhom kelib qolsa, Quizlar tashkil qilib turaman.

Tesha tegmagan mavzularda ham postlar chiqib turadi, menimcha kanal shunisi bilan farqli.

Vinoni yoqtiraman. Siz uchun somelelik qilishim mumkin.

Hozircha shular, nimadir yodimdan chiqqan bo’lsa, eslatarsiz.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#binnarsa

Quzg’un va Men

Futbolga aloqadorligimni kanaldagi oldlar juda yaxshi bilishadi. Hayotimning mazmuni. Kitoblar, filmlar, shaxmat – xullas, har biridan ustun. Ilgari, xuv o’sha uzoq o’tmishda professional bo’lganman. Hozirchi ? Ha, o’sha siyqasi chiqqan bahona – jarohat.

Tizzamdan jarohat oldim, davolandim, yana jarohat oldim. Bu takrorlanaverdi. Men kurashdim, kurashaverdim va so’nggi so’z aytildi. Hozir ilgarigi mendan asar ham yo’q, buni Bookbloggerlar va Stand upchilar bilan o’yin tashkil qilganimizda, juda yaxshi angladim. Agar, o’z o’yinimni tashqaridan kuzatganimda:

- Joying zahirada, derdim.

Yo’lovchi quzg’un bilan olishadi. Quzg’un shunchaki metafora – u istalgan shaklda bo’lishi mumkin, sevgi iztirobi, yo’qchilik, tirnog’ing ostiga kirib qolgan tikan, tizzangdagi jarohat. Bu yerda muhimi kurash va azob. Men esa o’ynayverdim, biror mo’jiza kutardim, xuddi yo’lovchi o’sha janobning miltig’ini kutgani kabi. Ammo, biz yashab yurgan dunyoda senga kamdan-kam odamlar qo’l cho’zishadi, cho’zishsa ham kamdan-kam holatda vaqtida cho’zishadi. Sen esa kutasan. Kutaverasan. Lekin bu vaqt davomida quzg‘un cho’qilashda davom etadi.

O‘sha paytda, men tizzamdagi og‘riq bilan yelkamda quzg‘unni ko‘tarib yurganimni tushunmaganman. Har safar maydonga tushganimda, o‘zimni yana avvalgidek bo‘lishga majburlardim. Go‘yoki, har bir yugurishim bilan quzg‘unni quvib yuborishga harakat qilardim. Lekin quzg‘un qayerga borsam, men bilan birga ergashardi. Uni haydashga kuchim yetmagan.

Ahiyri, o‘zimni quzg‘un bilan kurashishga bag‘ishlashdan to’xtatdim. Uning cho‘qishiga ruxsat berishni tanladim. Yo‘lovchi hikoyasida ham o‘sha lahza keladi – quzg‘un zarbasini beradi, ammo oxirida o‘zi ham yo‘q bo‘ladi.

Quzg‘unning o‘limi – bu insonning o‘z azobini qabul qilishi. Hozir men futboldan butkul ketganman, bu yoqimsiz albatta. Lekin bu menga tajriba berdi, kurashishni o‘rgatdi va oxir-oqibat o’zi ham ketdi. Shu tariqa sizlarga filmlar haqida yozib turadigan inson paydo bo’ldi.

Har kimning o’z quzg’uni bor

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Quzg'un

Quzg'un qonli tumshug'i bilan oyog'imni cho'qirdi. Poyabzalim bilan paypog'imni tilka-pora qilib tashlagan, endilikda yalang oyog'imni cho'qilardi. Tumshug'i bilan to'xtovsiz zarbalar berar, keyin boshim uzra bir necha marta charx urib aylanar hamda yana qilmishini davom ettirardi. Bir janob yonimdan o'tarkan, ahvolimga birrov nazar solib, nima uchun tishimni-tishimga qo'yib sabr qilayotganimni so'radi.

- Ojizman, - dedim men. - Quzg'un uchib kelib oyog'imni cho'qilay boshladi, men albatta, uni haydashga urindim, hatto bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'ldim, biroq bu qonxo'rga kuchim yetmadi. Quzg'in yuzimga chang solmoqchi bo'ldi, bundan ko'ra oyog'imni qurbon qilishni afzal bildim. Mana, afsuski oyog'im deyarli qonga botdi.

- Nega bu azobga sabr qilishingiz kerak ? - ajablandi janob. - Bitta o'q bilan bu quzg'unni tinchitsa bo'ladiku !

- Naxotki ?! - savolga savol bilan javob berdim. - Balki uni siz otib tashlarsiz ?

- Bajonidil, - dedi janob. - Faqat uyga borib, miltig'imni olib kelishim kerak. Yana yarim soat sabr qila olasizmi ?

- Bilmadim, - dedim men va qattiq og'riqdan tildan qolgan kabi bir necha soniya toshday qotib qoldim. - Iltimos borib keling. Har holda, chiqmagan jondan umid...

- Yaxshi, - rozi bo'ldi janob, tez borib kelaman...

Quzg'un goh menga, goh janobga tikilar ekan suxbatni hotirjam tingladi. U hammasini tushunganini angladim; u havoga ko'tarildi, biroq yana ham tezroq uchish uchun keskin ortga burildi va nayza uloqtiruvchi kabi tumshug'ini shiddat bilan og'zimga sanchdi. Yuztuban yiqilar ekanman, o'zimni qushday yengil his qildim hamda barcha teranliklar va butun sohilni to'ldirgan qaynoq qonim girdobida cho'kib quzg'un batamom mahv bo'ldi.

©Kafka

Adashmasam, bu allegoriyani 3 marotaba tashlashim. Shunga arziydi. O’qing, tahlil qiling va iching.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Shu haqida maqolaga o’xshash narsa yozgandim. Reaksiyalarga qarab joylash yoki yo’qligini o’ylab ko’raman.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Tang Maohuaning qulagan farishtasi (Fallen angel). Ohirgi paytlarda ko’rgan eng yaxshi kartinam, yangilik ma’nosida albatta. Izohlab turinglar, keyin sharhlab beraman.

Ochiq mikrofon. Hech kimning fikri xato emas.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

…shundayin bir mavzu haqida yozayotgan edimki, bitilgan qatorlardan etim jimirlardi. Shod edim, mana nihoyat anchadan beri izlayotgan uslubimni topdim, derdim, o’zimga o’zim.

Yarim tun, xonamda sokinlik hukmron, fonda klassik musiqa yangramoqda, har bir lahzadan zavqlanayapman. Yozgan sarim, yozgim kelyapti. Ajoyib maqola chiqishiga ishonchim komil…

Biroq, muhitga umuman mos bo’lmagan, yoqimsiz ovoz yangray boshladi. Qarasam telefonim jiringlayapti, soat tungi uchda kim ekan desam, onam:

- alo, tinchlikmi ?
- tur bo’ldi, ishga kech qolasan.

Tush ekan, jin ursin.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Bilasanmi, bir kun seni o‘ldiraman ! Bu seni sevishni to‘xtatganim uchun yoki rashkdan emas, shunchaki… biror sababsiz o‘ldiraman, chunki ba’zan seni butkul yutib yuborishni, borlig‘ingni o‘zlashtirishni orzu qilaman.

Dostoyevskiy. Qimorboz

Kartina 1917 yilda Gallen-Kallela tomonidan chizilgan. Yigit o’z ortidan xanjar urib, bag’ridagi mashuqasini ham halok qiladi.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Be’mani savollar ko’p bo’lgani uchun anonimdan voz kechilgandi. Keling vaziyatga biroz intriga qo’shamiz, aytaylik premium obuna xarid qildim, kim yozganligni ko’ra olaman (balki aldayotgandirman). Tanlov o’zingizda. Shaxsiyatingiz oshkor bo’lish ehtimoli yuqoriligidan qo’rqmay savol yo’llay olasizmi yoki aksincha jur’atingiz yetmaydimi ? Bir o’yin deb qabul qiling !

Savol yo’llash

Ko’nglingiz xotirjam bo’lsin, savollarni kanalga joylamayman.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Demak 21:00 da boshlaymiz. Ochiq mikrafon, istalgan inson she’r o’qishi mumkin. Mendan tashqari albatta😁

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

So’rovnoma

Aksar insonlar o’z fikrlarini absolyut deb hisoblashadi. Shu vajdan qolganlarni o’zlariga bo’ysindirishga, ularni hamfikr qilishga harakat qilishadi. Endi savol.

Agar butun dunyo faqat sizga o’xshagan insonlardan tashkil topgan bo’lsa: mulohazalaridan tortib, kiyinishigacha.

Siz bu dunyoda yashagan bo’larmidingiz ?

Bu jamiyat farovon bo’larmidi ?

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kaijida qariya to’g’ridan-to’g’ri buyruqlar bermaydi, o’rtada odam turadi: boshqaruvchi

Kalmar o’yinida qariya to’g’ridan-to’g’ri buyruqlar bermaydi, o’rtada odam turadi: boshqaruvchi

Farqli tomoni animeda shaxsiyat yashirilmagan.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Kaijida nazoratini ta’minlovchilar: qora kastyum-shim va ko’z oynak. Shaxsni aniqlash qiyin.

Kalmar o’yinida nazoratini ta’minlovchilar: pushti rangli kiyim va niqob. Shaxsni aniqlash imkonsiz.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

To’liq ko’rdim. Long read yozishga arzimaydi, vaqt ham yo’q. Qisqacha:

Syujet tez. Personajlar esda qolmaydi, hissiyot yo’q. Buning ortidan dramatizm kamayib ketgan. Ajablanmasa ham bo’ladi, 2024 kinematografiyada cho’kish yili. Ko’nikdik ham: Gladiator ikki, Joker ikki va hokazo ikkilar.

Birinchi qismga qaramasdan mustaqil baholash kerak kabi ahmoqona shiorlar bilan boshimni qotirmang. Hech biri orginal g’oya taklif qilolmagan.

6/10. Faqat absalyut bo’sh vaqt bo’lganda ko’ring. Serial uchun vaqt ajratmang.

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Asanovning raddiyalarga javobi:

Moturidiy bo’yicha

Ibn Sino bo’yicha

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Sen bilan qayta ko’ramiz, Karla.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

Va’da o‘tmishda zarur edi, lekin uni buzish hozirgi zaruriyatdir.

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#taqrizcha

Maxfiy daraja (Secret level)

Kun tartibidagi birinchi masala:

HBOda nima bor - Taxtlar o’yini
Netflixda nima bor - Juda g’alati ishlar

Aaa, blyat bizda nima bor ? dedi Jeff Bezos. Davay, Qudrat uzuklarini boshlanglar.

Xo’sh, ikkinchi masala:

Faqat, kino ishlayveramizmi ? Nimadir yangilik qilish kerak. Menga Netflixning: Sevgi, O’lim va Robotlari yoqadi. Binnarsa qivorilar shuni.

Tushunganingizdek, Maxfiy darajaning tamal toshini Sevgi, O’lim va Robotlar qo’yib bergan. Balki, Amazon buni tan olmas, olmasa undan nari. Animatsion serialga keladigan bo'lsak - yomon emas, ammo orginallik kam. Ba’zi epizodlar juda-juda jo’n, reytingi R bo’lsada, muhit bir muncha yorqin. Nimadir beroladi, nimagadir o’rgata oladi, lekin yetarli darajada emas. Grafika va vizual yechimlar esa alohida mavzu – muhtasham, faqat shu tomoni bilan maqtana olishi mumkin. Xullas, ko’rsa bo’ladi. 10 dan 6 ga baholayman.

Yoqqan epizod – Keanu Rivz ishtirokidagi, 8 epizodning so’nggi lahzasi (quyidagi rasm)

@vasilbro

Читать полностью…

I got a bad idea🚬

#parcha

Yerlik inson

Men Tavrot qadryatlari o’laroq ulg'ayganman, xotinim Qur’on o’qiydi. Katta o‘g‘lim ateist, kichigi esa sayntolog. Qizim buddizimni o’rganmoqda. Uyimda muqaddas urush uchun yetarli sharoit bor, lekin biz yasha va boshqalarga ham yashashga imkon ber tamoyiliga amal qilamiz.

@vasilbro

Читать полностью…
Subscribe to a channel