wikistipendiya | Unsorted

Telegram-канал wikistipendiya - WikiStipendiya

4567

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali. Rasmiy bot: @WikiStipendiya_marafoni_bot

Subscribe to a channel

WikiStipendiya

4-qism
Maqsadimiz
Vikipediyani faqat sifatli kontent bilan boyitish.

5-qism grand final shartlari haqida bo‘ladi.
💪

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

2-qism. Ahvolimiz

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Grand finalni kutyapsizmi?

“Grand finalga tayyorlaning!”


Grand final qoidalari qanday bo‘lishi mumkin? Qaysi jamoa yutishini taxmin qilmoqdasiz? Izohlarga taxminingizni yozib keting — fikringiz muhim! ✍️

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

1-dekabr – qoraqalpoq tili kuni!

1989-yil 1-dekabrda qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu muhim sana bilan barcha qoraqalpoq doʻstlarimizni samimiy qutlaymiz!

“WikiStipendiya” loyihasi davomida qoraqalpoq yoshlari bilan birdamlikda ishladik. Kelgusida qoraqalpoqcha Vikipediyani rivojlantirishni maqsad qilganmiz.

#Tilimizuchun

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

G‘oliblar ro‘yxati

Tashqi turizm bo‘yicha:

1. Umid Baqoyev - 39 ball
2. Malika Bobonazarova - 37,6 ball
3. Mirfayzbek Abdullayev - 34,20 ball

Ichki turizm bo‘yicha:
1. Oqsaqol - 34,25 ball
2. Saidakbar Baxtiboyev - 35,00 ball
3. MD.Wikie - 23,25 ball

Shu bilan WikiNations minimarafoni yakunlandi. O‘z hissasini qo‘shgan hammaga rahmat.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

“Edfix grantlari” minimarafoni yakunlanmoqda!

🎯 Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz uchun faqat 1 kun qoldi!

16-oktabrda start olgan va 210 million so‘mlik “Edfix grantlari” oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu minimarafon ertaga, 16-noyabr kuni yakunlanadi (fountainda yopilish vaqti ko’rsatilgan)

📌 Marafon shartlarini eslatamiz:
• Har bir ishtirokchi O‘zbekcha Vikipediyada kamida 200 so‘zdan iborat sifatli (istalgan mavzuda) maqola yozishi kerak.
• Maqola kamida 2 ta nufuzli manbaga asoslangan bo‘lishi lozim.
• Boshqa tildagi Vikipediyalarda mavjud, ammo O‘zbekcha Vikipediyada yo‘q maqolalarni yaratish ham mumkin.

🏆 G‘oliblarga:
• Zamonaviy kasblar bo‘yicha 6 oylik bepul o‘quv kurslari uchun “Edfix grantlari” sertifikati beriladi.

Shoshiling, marafon ertaga tugaydi! Imkoniyatni boy bermang!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @EdWiki_bot

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

O‘zbekistonlik ikki karra jahon chempioni - Afruza

Tarix yozding — Afruza🎊


Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatida hamyurtimiz Afruza Hamdamova 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi! U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang).

15 yoshida bunday yutuqqa erishgan Afruza O‘zbekistondagi birinchi ayol shaxmat bo‘yicha jahon chempioni sifatida tarixga kirdi va hozirda ikki karra jahon chempioni hisoblanadi.

Afruza haqidagi batafsil ma’lumotni o‘zbekcha Vikipediyadan o‘qishingiz mumkin.

Bizning faxrimiz!

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

“Viki yodgorliklarni sevadi” (Wiki Loves Monuments) xalqaro fotosurat tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi.

“Wiki Loves Monuments 2024” fotosurat tanlovida O‘zbekiston bo‘yicha 97 ishtirokchi tomonidan 4,096 ta fotosurat yuklandi.
Suratlarni shu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

Natijalar esa tez orada ushbu manzilda e’lon qilinadi.

☺️ Omborxonamizni go’zal suratlar bilan boyitgan hammaga rahmat.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Shartlar qiziqmi?

Izohlarda yozib qoldiring!

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

🦉Hali uxlamaganlar bormi?

WikiNations uchun ochilgan Fountainlar yopilishiga atigi 3 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Читать полностью…

WikiStipendiya

WikiNations oyligi: Ozarbayjonga sayohat yutib olish uchun so‘nggi imkoniyat!

Bugun WikiNations oyligi uchun maqola topshirishning oxirgi kuni. Maqolalar 25-oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi, shundan keyin fountain yopiladi.

G‘oliblar Ozarbayjonga 1 haftalik bepul sayohat uchun 3 ta tur paketga ega bo‘ladilar. Shuningdek, yana 3 nafar faol ishtirokchi Samarqand, Buxoro va Xivaga ichki turizm paketlarini qo‘lga kiritadi.

Maqola yuborish uchun fursat oz qoldi — Ozarbayjonda ko‘rishguncha! 🇦🇿

P/S: Sayohat noyabr oyiga rejalashtirilgan. Qizil pasportlaringiz tayyormi? ✈️

#WikiNations #bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

🇦🇿 Ozarbayjonga kim sayohat qiladi?

Hurmatli kuzatuvchilar!
📝 WikiNations uchun maqola topshirishning oxirgi muddati 25-oktyabr ekanligini eslatib o‘tamiz.

🔎 Faqatgina O‘zbekistonga oid 1 dona maqola qabul qilinadi. Shuning uchun, nizom bilan yana bir martta tanishib chiqishni maslahat beramiz.

Ro‘yxatdan o‘tish va yozgan maqolangizni joylash uchun fountainlarni ham shu botdan olishni unutmang: @WikiNations_bot

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik:

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan vatanparvar o‘g‘il-qizlarimizning salohiyati yordamida “Vikipediya” xalqaro internet ensiklopediyasidagi o‘zbekcha ma’lumotlar hajmi keskin ko‘payib, davlat tilida e’lon qilinayotgan maqolalar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi mamlakatga aylangani e’tiborlidir.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti

Bu yutuq Vikipediya sifatiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan jamiki faollarimiz — administratorlar, vikifaollar, tahrirchilar, har bir tilimiz jonkuyarlariga tegishli. Barchaga bayram muborak boʻlsin!

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

"Viki yodgorliklarni sevadi" tanlovi esingizdami?

O‘zbekcha Vikipediya administratori Jamshid Nurkuldan rasmlar yuklash bo‘yicha video-qo'llanma ushbu jarayonni osonroq tushunishga yordam beradi.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

“Edfix grantlari” minimarafoni


❤️❤️❤️❤️❤️ - 20 ga yaqin zamonaviy kasblarni o’z ichiga olgan onlayn bilimlar makoni.


210 million so‘mlik “Edfix grantlari” oyligi minimarafoni WikiStipendiya va Edfix.uz bilan hamkorlikda — zamonaviy kasblarni o‘rganishga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan loyiha.

G‘oliblarga zamonaviy kasblar bo‘yicha 6 oylik bepul o‘quv kurslari uchun “Edfix grantlari” maxsus g‘oliblik sertifikati beriladi.

Marafon shartlari:
— Har bir ishtirokchi o‘zbekcha Vikipediyada kamida 200 so‘zdan iborat sifatli maqola yozishi kerak;
— Maqola kamida 2 ta nufuzli manbaga asoslangan bo‘lishi lozim;
— Boshqa tildagi Vikipediyalarda mavjud, ammo o‘zbekcha Vikipediyada yo‘q maqolalarni ham yaratish mumkin;
— Individual tarzda ishtirok etiladi.


Marafon 16-oktabrdan 16-noyabrgacha davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @EdWiki_bot

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

3-qism. Grand final oromgohi bo‘ladimi?

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Demak…
Grand final shartlarini Nodir Ataev e’lon qiladi.

Videoning birinchi qismida administratorimiz loyiha haqida gapirganlar.

Ikkinchi qismi ham chiqsinmi? Qaysi jamoalar grand finalga chiqa olar ekan. 🤔

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Oʻzbekistonlik oddiy qishloq ayoli dunyoning “100 ayoli” roʻyxatida

Dunyo miqyosida tan olingan “100 ayol” roʻyxatiga Oʻzbekistonlik qishloq ayoli Dilorom Yoʻldosheva ham kiritildi. Bu roʻyxat har yili turli sohalarda katta ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlayotgan va jamiyatga ulkan hissa qoʻshayotgan ayollarni taqdirlash uchun tuziladi.

Dilorom Yoʻldosheva haqida batafsil maʼlumotni oʻzbekcha Vikipediyadan oʻqishingiz mumkin: Dilorom Yoʻldosheva.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

WikiStipendiya paramarafoni tugashiga atigi 10 soat qoldi!

O‘z bilimlaringizni baham ko‘rish va g‘oliblar safidan joy olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Har bir tahriringiz mukofotga yaqinlashtiradi!

Eslatma: Yozgan maqolalaringizni ushbu fountainga joylashni unutmang: Fountain paramarafon

Tayyorlaning, vaqtni boy bermang – har bir soniya muhim!

P/S: Paramarafon ishtirokchilari @WikiStipendiya_marafoni_bot ga yozib, bizga aloqaga chiqishingizni so‘raymiz!

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Xo‘-o‘-o‘sh do‘stlar!

🇦🇿 Ozarbayjonga kimlar boradi?

WikiNations natijalarini kutyapsizmi? 👀

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

🏆 Marraga oz qolmoqda! 🏆

Grand Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar uchun e’lon!

O‘z jamoangizni @WikiGrand_bot orqali ro‘yxatdan o‘tkazish hamda jamoa tarkibida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, tarkibni yangilash uchun eng so‘nggi muddat:
🗓 15-noyabr, 23:59

Diqqat! 16-noyabr, 00:01 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yopiladi. Shu sababli, belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tmagan jamoalarning ishlari administratorlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

👍 Uchta turdan saralangan jamoalar finalda!

Sizlar 15-noyabrgacha 3-mavsumdagi maqolalaringizdagi AT alomatlarini to‘g‘rilash ishlarini yakunlashingiz kerak bo‘ladi.

Shuningdek, finalga chiqqan jamoalar sardorlari, @WikiGrand_bot orqali jamoaning so‘nggi tarkibini ro‘yxatdan o‘tkazishni unutmang. Grand finalga faqat sifatli maqolalar bilan o’tishingiz mumkin. Hammangizga omad!

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

📢 Final shartlari

Final bosqichi 1-noyabrdan 15-noyabrgacha davom etadi. Ushbu bosqichga uch turdan saralangan jamoalar qatnashadi:

1. Finalga yo’llanma olgan jamoa a’zosi transfer qilingan bo‘lsa (masalan, yana oromgohga borish vajidan boshqa jamoaga o‘tgan bo‘lsa), jamoaga qayta olmaydi. Biroq, boshqa ishtirokchini olib, jamoa tarkibini to‘ldirishingiz mumkin — jamoa sardorlari ro‘yxatdan qayta o‘ting.
2. Jamoa a’zolari 3-mavsum davomida yaratilgan maqolalaridagi AT (avtomat tarjima) belgilarini to‘liq tahrir qilib, maqolalar sifatini oshirishi zarur.
3. Yakunda hakam adminlar jamoalarning tuzatish, tahrir ishlarini baholaydi va eng yaxshi 10 ta jamoani grand finalga o‘tkazadi.

Grand finalga chiqqan jamoalar 1-2-3-o‘rinlar uchun kurash olib boradi! Yuqori sifatli maqolalar yaratib, haqiqiy g‘oliblikka yetishish barchaga nasib etsin!

📌 Eslatma: Jamoa sardorlari jamoaning oxirgi tarkibini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart. Ushbu tarkib o‘zgarmaydi va boshqa transferlar amalga oshirilmaydi: @WikiGrand_bot

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

WikiStipendiya uchinchi tur natijalari

Bu gal odatdagidek 10 ta emas, balki faqat 8 ta jamoa tanlab olindi. Bu turda qatnashgan barcha jamoalarning munozara sahifalariga hakam administratorlarimiz tomonidan natijalar bo‘yicha izoh berildi.

G
olib jamoalarni tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ham barchaga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Eslatib o‘tamiz, grand final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasidagi bahs 1-noyabrda boshlanadi. Shartlar qiziqmi? Izohlarda yozib qoldiring.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Maqolangizni yuborish uchun quyidagi havolalardan birini tanlang:

Читать полностью…

WikiStipendiya

❤️ Edfix grantlari: bepul zamonaviy kurslar!

Xabaringiz bor, “Edfix grantlari” e’lon qilgan edik. Xo’sh, Edfix platformasida qanaqa kurslar mavjudligini bilmoqchimisiz? Yuqoridagi karusel postimizdan o’qib oling.

Bepul kurslarga ega bo’lish shartlari oddiy
:
bir dona sifatli maqola yozing (mavzu cheklanmagan),
yuting va
istalgan kursni tanlab, bepul ta’lim oling.


Aytgancha, platformadagi 20 ga yaqin kurs mavjud, batafsil bu yerda.

Bu postni zamonaviy kasblarga qiziqadiganlarga yuborishni unutmang.⬇️

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

Hali hammasi yo‘qotilmadi...

Tilimiz uchun “WikiStipendiya” jamoasi tomonidan tayyorlangan ijtimoiy rolik.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

⚡️O'zbek tili shunchaki vosita emas, haqiqiy manba tiliga aylanishida mehnat qilayotgan barchaga tashakkur.

Tilimiz uchun katta loyihalar amalga oshirayotgan @wikistipendiya @mutolaaxona @ibratfarzandlari @ustozai @uzchesss va juda ko'plab boshqa ijodkorlarga ham ta'zim bajo keltiraman.

Sizda o'zbek tilini, ona tilimizni rivojlantirish uchun qanday loyihalar bor?

Читать полностью…

WikiStipendiya

WikiStipendiya III tur yakunlandi finalchilar yaqin orada e’lon qilinadi! 🛑

WikiStipendiya jamoaviy marafonining III turi yakuniga yetdi. Ushbu turda 41 ta jamoa ishtirok etdi va ulardan 10 tasi grand finalga yo‘l oladi. Tez orada finalga chiqqan jamoalar ro‘yxatini e’lon qilamiz.

Grand finalda har bir turdan 10 ta jamoa, jami 30 ta jamoa bellashadi. Avvalgi ikki turdan saralangan jamoalar ro‘yxati bilan tanishing:
I tur.
II tur.
III tur ✍️

Hammaga omad Siz eng zor jamoasiz.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

WikiStipendiya

20 ga yaqin zamonaviy kasblar va Vikipediya qayerda birlashadi?

Do‘stlar, sizlarga qaynoq yangiligimiz bor!

EdFix va WikiStipendiya o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu hamkorlik yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Hamkorlik ishtirokchilarga nima bera olishi mumkin deb o‘ylaysiz? 💬

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel