HONOR X9c — har qanday sinovlarga tayyor smartfon!
Bu smartfon bilan shikastlanishlardan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi: mustahkam korpus zarbalarga qarshi himoya qiladi, har qanday ob-havoda chidamli — yomg‘ir yoki chang, farqi yo‘q! Qirilishlarga qarshi himoyaga ham ega.
108 MP kamera lahzalarni ajoyib detallar bilan tasvirlaydi, AI o'chirish esa keraksiz obyektlarni tezda olib tashlab, suratlaringizni mukammallashtiradi.
HONOR X9c — bu nafaqat smartfon, balki sifat, himoya va ajoyib suratlar uchun to’g’ri yechim!
Smartfonni texnika do‘konlaridan yoki brend saytidan xarid qiling va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
2025-yilgi Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari Toshkentda o‘tkazilmaydi.
Osiyo Olimpiya kengashining bugungi qarori bilan, mazkur musobaqa mezbonligi O‘zbekistondan Bahraynga olib berildi. Ushbu qaror sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sovrin jamg‘armasi 45 mln so‘m bo‘lgan tanlov e'lon qildi
Tanlov energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar boʻyicha o‘tkaziladi.
❓Tanlovda kimlar qatnasha oladi?
🔹sohadagi amaliyotchi mutaxassislar;
🔹barcha OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining xodimlari (Akademiya xodimlari bundan mustasno);
🔹tadqiqotchilar va talabalar.
💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin: 20 mln soʻm;
🥈2-oʻrin: 15 mln soʻm;
🥉3-oʻrin: 10 mln soʻm.
Tanlov shartlari:
➖ tanlov mavzusi doirasida hajmi 3-5 betdan oshmagan ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan takliflar tayyorlash;
➖amaliyotdagi muammo va huquqbuzarliklarni misollar yordamida tahlil qilish;
➖huquqbuzarliklar shakllari va koʻrinishlarini bayon qilish hamda ularning oldini olish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
➖takliflarni tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslanish.
📩 Tahlil va takliflarni 10-dekabrga qadar Akademiyaning n.azizov@proacademy.uz elektron pochtasiga (Word yoki PDF formatda) yuborish talab etiladi.
⏳Ishtirokchilarning takliflari Akademiya tomonidan baholanadi va natijalar 10 ish kuni ichida eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar bermoqda.
Bitim qachondan kuchga kirishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun “Zakovat”ning qishki mavsumiga start beriladi.
Soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi qishki mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.
‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!
Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.
📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.
✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Buxoro viloyatining 3 ta tumani va bitta shahrida hokim almashdi
➖ Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Kogon shahar hokimi edi;
➖ Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qorovulbozor tumani hokimi edi;
➖ Mirshakar Toʻraboyev Kogon shahri hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari edi;
➖ Oʻtkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot-tahlil guruhi rahbari edi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a'zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Bu haqda Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma'lum qildi.
Shu tariqa O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi bo‘yicha 22 ta davlat bilan muzokaralar yakunlandi.
Shu oyning boshida AQSh ham mamlakatimizning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)ning vakolatlari kengaytirildi
Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririga koʻra, ombudsman lavozimi uchun yosh chegarasi 25 yoshdan 30 yoshga oshirildi.
Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq ombudsman lavozimiga saylanishi mumkin emasligi belgilab qoʻyildi.
Bundan tashqari, yangi tahrirdagi qonunda ombudsmanning taʼsir choralari hamda vakolatlari ham kengaytirilgan.
Jumladan:
➖ ombudsman endilikda taʼsir choralari sifatida ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnomadan foydalanishi mumkin (bungacha u shikoyatni qabul qilishi, muammo holati bilan tanishishi, shikoyat asosida tergov boshlashi hamda buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan xulosa chiqarishi mumkin edi);
➖ombudsman, uning oʻrinbosari va mintaqaviy vakillari har qanday vaqtda, hech qanday toʻsiqlarsiz va ogohlantirishsiz mahkumlar saqlanadigan joylarga tashrif buyurishi mumkin;
➖ombudsman huzurida qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo turlarining oldini olish maqsadida jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi;
➖ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridagi ombudsman qutilari orqali murojaat yoʻllashlari mumkinligi belgilandi.
Qonun 15-noyabr kuni eʼlon qilindi va shu kundan kuchga kirdi.
👉@xushnudbek👈
🇦🇺 Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlandi
Ushbu qaror so‘nggi paytlarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida onlayn zo‘ravonlik sababli o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paygani ortidan qabul qilingan.
Qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishiga yo‘l qo‘yib beruvchi texnologik kompaniyalarni katta miqdorda jarimaga (32,5 mln AQSh dollarigacha) tortishni nazarda tutadi.
Hozircha bunday kompaniyalar ro‘yxati keltirilmagan, biroq ushbu tartib asosan bolalarning X, Snapchat, TikTok, Facebook va Instagram'dan foydalanishiga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Ravshanbek Alimov Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi edi.
👉@xushnudbek👈
✈Janubiy Koreyaning ikki aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
2025-yildan boshlab Janubiy Koreyaning “Jeju Air” hamda “T’way Air” aviakompaniyalari Inchxon—Toshkent yo‘nalishida haftasiga 4 marta parvozlarni amalga oshiradi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda Janubiy Koreyaning faqatgian Asiana Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga aviareyslarni yo‘lga qo‘ygan. Korean Air esa shu yilning mart oyidan Toshkentga parvozlarni to‘xtatgan edi.
👉@xushnudbek👈
Bugun Samarqand shahrida Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.
👉 @xushnudbek 👈
Bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar soniga cheklov o‘rnatilishi mumkin
Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev ma'lum qildi.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda fuqarolar bitta pasportga ochishi mumkin bo‘lgan bank kartalari soni qonuniy jihatdan tartibga solinmagani sababli ayrim mijozlar yuzlab kartalarga egalik qiladi.
Bunday kartalardan esa keyinchalik firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirishda foydalanayotgani aytildi.
Markaziy bank bu borada maqbul yechim topish uchun ushbu masalani tahlil qilishni rejalashtirmoqda.
👉@xushnudbek👈
SILK ROAD RETAIL da HAPPY FRIDAY!
Faqatgina 28-noyabrdan 10-dekabrgacha AVVA, D'S DAMAT, DAMAT TWEEN, DERIMOD, PENTI, U.S. Polo Assn., ADL, GREYDER, INSTREET, REEBOK, MADAME COCO, B&G Store, Panco do‘konlaridagi barcha mahsulotlarga -50% gacha chegirma amal qiladi.
Mashhur turk brend do‘konlarida zamonaviy buyumlarni -50% gacha chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun sifatli kiyim va aksessuarlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang.
To‘liq ma’lumot uchun:
https://telegra.ph/Happy-FRIDAY-with-Silk-Road-Retail-11-27-3Reklama
❄ 1-dekabr kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
"O‘zgidromet"ning ma'lum qilishicha, hafta oxiriga borib respublikaning aksar aholisi mavsum uchun birinchi qor hodisasining guvohi bo‘lishi mumkin.
1-dekabrdan 2-dekabrga o‘tar kechasi havo harorati 0 daraja va undan pasayishi prognoz qilinmoqda.
👉@xushnudbek👈
O‘zbekiston Yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligidan o‘zi voz kechgan
Osiyo Olimpiya kengashining xabar berishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 2025-yil sentyabrda bo‘lib o‘tadigan musobaqa mezbonligidan voz kechishi haqida xat yo‘llagan. Bunga Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmasligi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng, mazkur tadbir mezbonligi Bahraynga olib berilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Tuman va shaharlarda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyalari tayinlandi
Prezidentning 2024-yil 10-iyundagi farmoniga asosan, 21-28-noyabr kunlari Sudayalar oliy kengashi tomonidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri tumanlarida tergov sudyalari tayinlandi. Sudyalar ro‘yxati bu yerda.
Yangi tayinlangan tergov sudyalari 2025-yil 1-yanvardan vazifalariga kirishadi. Unga qadar ular hozirgi lavozimlarida faoliyatlarini davom ettiradi.
👉 @xushnudbek 👈
❓9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?
✅ Qisqa javob: ha, dam olish kuni.
📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.
Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.
Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 1-dekabr kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to’ldi.
Qaraqalpaq tiline mámleketlik til biyliginiń berilgen kúni múbárek bolsın, áziz tuwısqan xalqım, qaraqalpaqlar!
👉 @xushnudbek 👈
Mobiuz mobil operatori 10 yillik yubileyini nishonlamoqda!
Mobiuz 10 yildan beri millionlab odamlarni birlashtirib, oila a'zolari, do‘stlari va hamkasblariga yaqin bo‘lishga yordam bermoqda.
Shu vaqt ichida kompaniya nafaqat aloqa operatori, balki 7,8 million abonent uchun ishonchli do‘stga aylandi:
- O‘zbekistondagi aholi yashaydigan hududlarning 98% dan ortiq qismini qamrab olgan, hatto eng chekka hududlarda ham aloqani ta’minlaydi.
- 5G, eSIM, VoLTE, VoWiFi va boshqa ko‘plab innovatsiyalarni joriy etmoqda.
- Yoshlar va sportni, jumladan, "Olympic Mobiuz" futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Reklama
Читать полностью…
❗️Bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
Unga ko‘ra, “Omad Plyus” MCHJga qarashli “Star Med Centr” xususiy klinikasida otolaringolog hamda anesteziolog-reanimatolog bo‘lib ishlagan ikki shaxs Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan aybli, deb topildi.
Ayblanuvchilarning har biriga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, ular 2 yil tibbiyot sohasida tegishliligi boʻyicha otolaringolog va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
Biznesni rivojlantirish bankida hisob raqamini bepul oching va o‘zingizga qulay tariflarni tanlang:
• Start — yangi tadbirkorlar uchun;
• Standard — kichik biznesga mos;
• Prime — qulaylikni qadrlaydiganlar uchun;
• VIP — yirik mijozlar uchun.
Barchasida internet va mobil banking BEPUL.
* tarif narxini 3-12 oy oldin to‘lash orqali 41% gacha chegirmaga ega bo‘ling.
📲 1254 yoki havola orqali ma’lumot oling.
Reklama
Toshkent ko’chalarida obodonlashtirish xodimlarining kiyimini kiyib, tilanchilik qilayotgan ayollar paydo bo’libdi. Qo’lida supurgi ham bor.
Lekin ular aslida tizimda ishlamasligi ma’lum bo’lgan. Menimcha, ular yurtdoshlarimizning rahmini keltirish uchun shunday kiyim kiyib olishgan. Chunki shunchaki tilanchilik qiladiganlarga “tilanchilikdan ko’ra, ishlasangiz bo’lmaydimi?” deya e’tiroz qilishadi. Agar ular obodonlashtirish kiyimida bo’lishsa, tilanchilikni kasbga aylantirib olgan inson qiyofasida ko’rinmaydi va ko’proq odam ehson berishi mumkin.
Ammo ularning bu ishidan haqiqiy obodonlashtirish xodimlari xafa bo’lmoqda.
“Iltimos, xizmat kiyimlarimizni kiyib, bizni isnodga qo’ymanglar, biz halol mehnat qilamiz, tilanchilik qilmaymiz”, — deyishmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🎙 Kotib AI - audio va videolarni (o‘zbek, rus, ingliz tillarda) avtomatik transkripsiya qilish uchun sizning aqlli yordamchingiz.
Juda uzun suhbat, ma’ruza, podkast yoki vebinarlarni tomosha qilishdan vaqtni tejang — shunchaki faylni yuklang va Kotib AI uni tezda matnga aylantiradi.
📌Asosiy xususiyatlar:
• Audio yoki video avtomatik transkripsiya
• Muhim epizodlarni ajratib olish
• Matn asosida qisqa maqolalar yaratish
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Jon Morrison. Tungi odam
Izoh: Bolalik bizga nafaqat umrimizning eng goʻzal xotiralarini taqdim etadi, balki bu hayotimizdagi eng oddiy haqiqatlarni anglash fursati hamdir. Hikoya qahramoni ham bola koʻngli, shuuri bilan topganlarini oʻquvchi bilan boʻlishadi.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/jon-morrison-tungi-odam" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/jon-morrison-tungi-odam
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/t0XkGxN6px0
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
🎁 Yangi yil sovg‘alarini noyabrning oʻzida olishni istaysizmi?
Ucell mobil ilovasining yangi – 1.21-versiyasida hisobingizga 5000 so‘m sovg‘a va 30 kunga 100 GB internet-trafik olishga ulguring. Sovg‘ani olish tartibi:
✅ Yangi, avval Ucell mobil ilovasida ishlatilmagan bank kartasini qo‘shish (bog‘lash);
✅ Ucell abonent raqamining hisobini istalgan miqdorga to‘ldirish.
Yangi bog‘langan bank kartasidan balansi istalgan miqdorga to‘ldiriladigan abonent raqami aloqa xizmatlariga haq to‘lash uchun 5000 so‘m hamda 30 kunga 100 GB internet-trafik oladi.
Ilovani yuklab olishReklama
Erkinjon Oqbutayevich Turdimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi;
Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
👉@xushnudbek👈
Savdoni rivojlantirish AJ faoliyatining natijalari e'lon qilindi
Xabaringiz bor, Prezidentning tegishli qarori bilan Savdoni rivojlantirish AJ tashkil etilib, boshqaruv Savdo-sanoat palatasiga topshirilgandi.
Kompaniya tomonidan 2024-yilda 798 ta (2023-yilning mos davrida 1340 ta) eksport qiluvchi korxonalarga 311,4 mlrd soʻm (2023-yilning mos davrida 409,5 mlrd soʻm) miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatilgan.
📈Tahlillarlarga ko'ra, kompaniya tomonidan 2023-yilda sarflangan har 1 dollarga nisbatan oʻrtacha 5,6 dollar eksport amalga oshirilgan boʻlsa, 2024-yilda ushbu koʻrsatkich 7,4 dollarni (32 foizga oʻsgan) tashkil qilgan.
👉@xushnudbek👈
♟ Shaxmat toji uchun Jahon chempionatining 3-tur bahsida oq donalarda o’ynagan da’vogar 🇮🇳Gukesh Dommaraju g’alaba qozondi va hisobni tenglashtirdi. Amaldagi chempion 🇨🇳Ding Lijen seytnotga tushib qoldi hamda vaqti tugab qolgani sababli unga mag’lubiyat yozildi. Lekin taxtadagi vaziyati ham og’ir edi, vaqti tugamagan taqdirda ham qutqarib qolish imkonsiz edi.
Bugun tanaffus, 4-tur bahsi ertaga bo’lib o’tadi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇲🇪Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi
Elchi Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Oybek Shaxavdinov avvalroq O‘zbekistonning 🇸🇮Sloveniya, 🇭🇷Xorvatiya hamda 🇭🇺Vengriyadagi elchisi etib tayinlangan edi.
👉@xushnudbek👈