xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyada yana zilzilalar davom etmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 15:24 da 7,7 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Bu telekanallardan birining jonli efiriga ham tushib qolibdi.

Shuningdek, mamlakatning bir nechta hudida 5-6 magnitudali yer silkinishlari ham bo‘lib turibdi. Ayrim binolar ayni zilzila paytida emas, balki olgan talafotlari natijasida keyinroq qulab tushmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-43, 03.02.2023-y) muvofiq:

➖ tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 1-martdan 1-iyulga qadar foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

➖Soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatildi. Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlariga jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi 1-aprelgacha to‘xtatildi.

➖Tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

➖Davlat mulkidan foydalanish yuzasidan 2022-yildan buyon amalda bo‘lgan ijara shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlari miqdori 2023-yil 1-aprelga qadar o‘zgarishsiz qoladi.

➖Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 1-aprelga qadar davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi to‘xtatib turiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyada vayronkor zilzila yuz berdi

7,8 magnitudali
zilzila mamlakat janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatining Pazarjik tumanida mahalliy vaqt bilan soat 04:17da yuz bergan.

Qahramanmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida ko'plab uylar qulagan. Zilzila kuchi Suriya, Iroq va Livanda ham sezilgan.

Hozircha halok bo‘lganlar soni 70 dan ortiq deyilmoqda. Lekin qurbonlar bo’yicha aniq ma’lumotlar hozircha yo’q, chunki juda ko’plab vayron bo’lgan binolar ostida qolganlarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

Turk birodarlarimizga Allohdan sabr tilaymiz va hamdardmiz, talafot kamroq bo’lsin, deb duodamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkmaniston O‘zbekistonga suyultirilgan gazni bepul yetkazib beradi

Bu haqda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov 3-fevral kuni tegishli farmoyishni imzolagan.

Xabarda do‘stlik va birodarlik ramzi sifatida berilayotgan gazning aniq miqdori haqida ma’lumot keltirilmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tuzildi

Prezident farmoniga asosan tuzilgan komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:

➖ maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;

➖ O‘zbekiston Qurolli kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

➖ davlat mudofaa buyurtmasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash va boshqalar.

Davlat komissiyasi raisi Prezident, Oliy Bosh qo’mondon Shavkat Mirziyoyev.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi tashkil etiladi.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida esa xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadigan O'ztextreyd davlat unitar korxonasi tuziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Namangandagi "University of Business and science" (UBS)da 2022-2023 yil uchun qabul davom etmoqda!

Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud:

➖ Buxgalteriya hisobi va moliya;
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖ Boshlang'ich ta'lim;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Maktabgacha ta'lim;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Filologiya va tillarni o'qitish;
➖ Tarix;
➖ O'zbek tili va adabiyoti;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Menejment;
➖ Turizm.

Magistratura:
➖ Ingliz tili
➖ Iqtsodiyot
➖ Pedagogika va psixologiya.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.

💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m
;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)

Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.

☎️ 900331731 | Onlayn murojaat
☎️ 900170291 | Onlayn murojaat
☎️ 974791916 | Onlayn murojaat
☎️ 900111526 | Onlayn murojaat
☎️ 978021916 | Onlayn murojaat
☎️ +998887031916 | Onlayn murojaat
☎️ +998884791916 | Onlayn murojaat
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Davlatobod tumanidagi kutubxonada yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda bir qator loyihalar haqida davlat rahbariga ma’lumot berildi.

Jumladan, qisqa fursatda mashhurlikka erishgan va YouTube’da 111 ming obunachi to’plagan xorijiy tillarni bepul o’rgatuvchi “ibratfarzandlari">Ibrat farzandlari” loyihasi, yoki dunyodagi eng yirik ochiq Vikipediya ensiklopediyasining o’zbek versiyasini kuchaytirish bo’yicha qilinayotgan amaliy ishlar to’g’risida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bir qator takliflar ham bildirildi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyev vodiy viloyatlariga uch kunlik safarini yakunlab, Toshkent shahriga qaytib keldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent gumanitar fanlar universiteti yangi o‘quv yili uchun qabul e‘lon qildi

To‘rtko‘l tumanida joylashgan oliygohda kunduzgi, kechki hamda sirtqi taʼlim shakllari mavjud.

Taʼlim yo‘nalishlari:
➖ Boshlang‘ich taʼlim
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
➖ Buxgalteriya hisobi va audit
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

❗️ Universitet ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun 50 ta grant ajratadi.

Shuningdek, boshqa oliy ta’lim maskanlarining 2-bosqich talabalari ham o‘qishlarini Toshkent gumanitar fanlar universitetiga ko‘chirish (perevod) bo'yicha ariza topshirishlari mumkin.

📍Manzil
: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, Guliston MFY, Beruniy berk ko‘chasi, 14-b uy

☎️ Murojaat uchun:
+998 978958888
+998 978968888

✅Universitet diplomi respublika bo'yicha tan olinadi.
Litsenziya: №056556, 30.12.2022-y.
Telegram | Instagram | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

OSIYO XALQARO UNIVERSITETI QISHKI QABULI:
➖Boshlangʻich taʼlim;
➖Maktabgacha taʼlim;
➖Pedagogika va psixologiya;
➖Iqtisodiyot;
➖Moliya;
➖Tarix;
➖Jismoniy madaniyat;
➖Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari;
➖Konchilik ishi;
➖Ingliz tili va adabiyoti.

Tibbiyotning:
➖Davolash ishi;
➖Stomatologiya;
➖Farmatsevtika;

Magistraturada o’qish uchun:
➖Pedagogika va psixologiya;
➖Iqtisodiyot;
➖Boshlang’ich ta’lim.

Kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari mavjud.
☎️ Batafsil ma'lumot uchun: +998553050009

Ro’yxatdan o’tish uchun:
Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi, 74. (Mo’ljal: Avtovokzal)
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bir hafta ichida metan «zapravka»larga kunlik berilayotgan gaz miqdori 1 mln kub metrdan 5 mlnga oshiriladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan bo‘layotgan uchrashuvda maʼlum qildi.

Jumladan, sanoat va xizmat ko‘rsatishni tiklash uchun, respublika bo‘yicha:

✅ kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi;

bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Milliarder fermer opa bilan suhbat

Suratdagi opamiz Rishton tumanidagi “Agronom Aliyev” fermer xo‘jaligi rahbari Aliyeva Nodira Ibroximovna. Bugun shu fermer opamiz bilan biroz suhbatlashdik.

Nodira opa 10 yil oldin — 2013-yili fermerlikni boshlagan ekanlar. O’zlari bunga qadar fermerlikdan uzoq bo’lganlar, “Kamolot” va “Kamalak” tashkilotlarida ishlaganlar.

“Ammo qaynotam va turmush o’rtog’im agronom-olim bo’lganlari uchun, ularga suyanib ish boshlaganman. Hoziram qishloq xo’jaligini yaxshi bilaman deb maqtana olmayman, yaxshiyam meni qo’llab turadigan yaqinlarim bor”, - deydilar Nodira opa.

Hozirda fermer xo’jaligida 93,3 gektar yer bor, asosan paxta va g’alla yetishtiriladi. Yaqindan boshlab biroz chorvachilik ham yo’lga qo’yilgan, kelgusida asalarichilik va parrandachilikni ham boshlamoqchilar.

2013-yili ilk marta shu ishni boshlaganlarida 60 gektar yerdan 7 mln so’m foyda bilan chiqqan ekanlar. “Sir bo’lmasa, o’tgan yili qancha daromad qildingiz?” - deb so’radim.

“Milliondan milliardga chiqdik, Allohga shukr”, - deb kuldilar.

2022-yili paxtadan 1,3 mlrd so’m, g’alladan 550 mln so’m daromad qilibdilar.

G’alladan 85 sentner hosil olganlar. Shunda davlat rejasini ham, klaster bilan tuzilgan fyuchers shartnomasini ham bajarganlar, 13 tonna bug’doyni birjada sotganlar va bundan tashqari yana 40 tonna bug’doy o’zlariga qolgan.

Suhbatimiz davomida yana ko’p qiziq fikrlarni aytgandilar, lekin ular bitta postga sig’maydi afsuski.

Nodira opa bilan suhbatlashib, “Sendan harakat, mendan barakat” deb bejiz aytilmaganiga yana bir bor ishondim.

Yaxshi niyat bilan harakat qilayotgan hamma fermer va dehqonlarimizning hosiliga Alloh baraka bersin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston aholisi 100 yil ichida 30 million kishiga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 mln 24 ming 946 nafarni tashkil etgan.

📌 Yillar kesimida mamlakatimiz doimiy aholisi soni:

➖ 1920-yil — 4,4 mln kishi

➖ 1930-yil — 4,9 mln kishi

➖ 1940-yil — 6,6 mln kishi

➖ 1950-yil — 6,2 mln kishi

➖ 1960-yil — 8,4 mln kishi

➖ 1970 yil — 11,8 mln kishi

➖ 1980-yil — 15,8 mln kishi

➖ 1990-yil — 20,2 mln kishi

➖ 2000-yil — 24,5 mln kishi

➖ 2010-yil – 28 mln kishi

➖ 2020-yil — 33,9 mln kishi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA QISHKI QABUL BOSHLANDI

Hurmatli abituriyentlar hamda xorijiy va yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish (perevod) istagida bo‘lgan talabalar! Sizlarga Iqtisodiyot va pedagogika universitetiga qishki qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz!

📝 Siz quyidagi 10 ta yo‘nalishlardan biriga ariza topshirishingiz mumkin:

Boshlang’ich ta’lim
➖ Maktabgacha ta’lim
➖ Jismoniy madaniyat
➖ Tarix
➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
➖ Xorijiy til va adabiyoti (rus tili)
➖ Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoq va sohalar bo‘yicha)
➖ Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo‘yicha)
➖ Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Ta'lim kunduzgi hamda sirtqi shakllarda olib boriladi.

Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

(Litsenziya №054809, 16.08.2022 y.)

👩‍💻 Siz universitetning rasmiy sahifasi orqali onlayn ariza topshirishingiz ham mumkin ipu-edu.uz

📍 Manzilimiz: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Ravoq MFY I.Karimov ko'chasi 13-uy.

📞 Batafsil ma'lumot uchun: 75 223 6060

Telegram | Instagram | Web sahifa
Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xonadonlar maxsus aksiya narxida

Shoshiling! 28-fevralga qadar 2 xonali xonadonlarni 100% toʻlovda 493 500 000 soʻmdan boshlab xarid qilishga ulgurib qoling.

⚠️ Eslatma, xonadonlar soni cheklangan!

Bot orqali bog‘lanish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

☎️ 712007400
☎️ 555017400

Telegram | Instagram | Sayt | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhini yuboradi

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natiladi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada zilzila qurbonlari soni 900 nafardan oshgan, 5 yarim mingga yaqin kishi turli darajada jarohat olgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi

Davlatimiz rahbari Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida qishki qabul davom etmoqda

Universitet talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif qiladi:

🎓Bakalavr (kunduzgi/sirtqi):
• Tarix
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• O'zbek tili va adabiyoti
• (B.A.) Koreys tili
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Turizm
• Matematika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya
• Bank ishi va auditi
• Xalqaro munosabatlar
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Geodeziya, kartografiya va kadastr
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Arxitektura
• Jismoniy madaniyat

👨🏻‍🎓Magistratura:
▪️Iqtisodiyot
▪️Xorijiy til va adabiyoti
▪️Pedagogika va psixologiya

(Litsenziya №056223, 29.12.2022 y.)

☑️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin.

👉Kontakt narxlari

👉Universitet haqida batafsil ma’lumot

☎️ Murojaat uchun:
+998781132999

📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html

📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 tiftuniversity">Youtube
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uzum marketpleysi vivo Y35 smartfoni o'ynaladigan aksiya o'tkazmoqda.

2-fevraldan 5-fevralga qadar Siz ushbu smartfonni 13% chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Smartfonning chegirmadagi narxi — 2 299 000 so'm.

To'lovni amalga oshirishning turli usullari mavjud: pul o'tkazma, naqd hamda Uzum Pay orqali to'lovlar. Shuningdek, bo'lib to'lash imkoni ham bor.

Batafsil ma'lumot uchun: http://bit.ly/3HIKSTE
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nukus voqealarida ayblangan yana 39 kishi ustidan sud jarayonlari boshlanadi

2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarda ayblangan shaxslar ustidan navbatdagi sud jarayonlari shu yil 6-fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida boshlanadi.

Mazkur ish doirasida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqiladi.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 104 (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 166 (Talonchilik), 244 (Ommaviy tartibsizliklar), 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 247-modda (O‘qotar qurol, o‘q-dorilarni yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) larida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Magistratura javoblari qachon chiqadi?

Ko’pchilik magistratura uchun qishki qabulning javoblari qachon chiqishi haqida so’rayotgan edi. Bu bo’yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan aniqlik kiritdim.

Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda deyarli barcha javoblar tayyorlangan, kelgusi haftada Davlat qabul komissiyasining bayoni chiqishi kutilmoqda.

Demak, kelasi haftada magistraturaga topshirgan abituriyentlar o’z natijalarini bilib olishlari mumkin bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Ayni vaqtda elektron shahodatnoma berish platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.

Bu qanday qulayliklar yaratadi?

➖ bitiruvchilar endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi;

➖ oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

❗️Elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zahotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Namangan viloyati uchun joriy yilda “Ochiq byudjet” doirasida 600 milliard so‘m ajratiladi.

Shuningdek, viloyatda infratuzilmani yaxshilashga (yo‘l, energiya tizimi va h.k.) bu yil 1,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shuningdek, qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion so‘mlik moliyalashtirish shu haftadan ochiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi?

“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Jumladan:

➖ 2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;

➖ 29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;

➖ quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;

➖ nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;

➖ 27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);

➖ davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;

➖ ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashamoqda

Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normurodovaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligi bilan respublikada 45 mingdan ortiq shaxs yashab kelmoqda. Bu tuzalmas dardga chalingan bemorlar umri oxirigacha virusga qarshi dori preparatlarini qabul qilib yurishi zarur.

Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi uchun 120 mlrd so‘m va 54 mln dollar ajratilgan.

***

Shaxsiy tavsiya: shu mavzuda “Subyektiv” jamoasi zo’r video tayyorlagan edi. Ko’rishni qattiq tavsiya qilaman.

OIV va OITS farqini ko’pchilik bilmaydi. Yoki OIVga chalingan insonlarga jamiyatda munosabat noto’g’ri. Xuddiki ularni dunyodagi eng axloqsiz va rasvo insondek qarashadi, kimdadir OIV aniqlangani ma’lum bo’lsa, xalq orasida pichir-pichirlar boshlanadi, xuddi moxovga chalingan insondek ularni ajratishga harakat qilishadi. Bularning barchasi — NO-TO’G’-RI!!!

Yaxshisi filmni ko’ring, o’zingiz tushunib olasiz:

📲 https://youtu.be/5j4msVDECkM


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumaniga tashrif buyurib, “Global textile infinity” klasterining to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi hamda vodiy viloyatlarida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Quvasoy shahridagi “Art soft ceramics” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ogoh bo‘ling, soxta "SES xodimlari"

Poytaxtning Mirobod tumanida noma’lum ayollar o‘zlarini "SES xodimi" deb tanishtirib, dori sotib yurgani aniqlangan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati holat yuzasidan munosabat bildirib, aholini bu kabi soxta "SES xodimlari"dan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, bu fuqarolar firibgarlik yo‘li bilan, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan turli hasharotlarga qarshi dorilarni sotmoqda.

"Shunday fuqarolarga duch kelsangiz, ulardan xizmat guvohnomasi va qayerda ishlashini so‘rashni unutmang. Shuningdek, xizmatning 78-888-01-01 (050) va 71-248-12-43 Ishonch telefoni raqamlari yoki Toshkent shahar IIBga zudlik bilan xabar bering", deyiladi xabarda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin. Bu esa qishda vodiyni gaz bilan ta’minlashga katta yordam beradi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni Andijon shahrida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

«Afsuski o‘z vaqtida So‘xdagi yerosti gaz saqlash inshooti ayrim sabablar bilan yopib qo‘yilgan edi. Qirg‘izistondagi davlat tashrifi chog‘ida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirg‘izistonga borib, texnik tomonlarini kelishib keladi», — dedi Prezident.

Shuningdek, O‘zA muxbiri mazkur masala yuzasidan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovdan intervyu oldi.

«Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 mlrd kub metr atrofida. Shundan 1,3 mlrd kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu degani qish mavsumida vodiyni har kuni 13 mln kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyatimiz bo‘ladi.

Mazkur inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg‘iziston hududida joylashgan, kompressorlar esa O‘zbekiston hududida. Shu sababli inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi. Eng avvalo ishchi guruh barcha texnik va iqtisodiy tomonlarini batafsil o‘rganib chiqadi. Chunki inshootdan ancha yillardan buyon foydalanilmagan, hozirgi holatini yaxshilab o‘rganib chiqishimiz kerak. Shundan so‘ng shartlar kelishib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida bo‘lar, lekin hozircha biror fikr aytishga erta», — dedi energetika vaziri.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel