Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etibdi.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
Baxtiyor aka juda yaxshi inson edi, ochiqko’ngil, samimiy va bag’rikeng. Alloh rahmatiga olgan bo’lsin, yaqinlariga sabr tilayman.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 ming 600 nafardan oshdi.
👉 @xushnudbek 👈
OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
Bakalavr:
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Moliya
🔹 Tarix
🔹 Jismoniy madaniyat
🔹 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
🔹 Konchilik ishi
🔹 Boshlangʻich taʼlim
🔹 Maktabgacha taʼlim
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Ingliz tili va adabiyoti
Magistratura:
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Boshlang’ich ta’lim
🎓 Kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari mavjud.
Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Ushbu diplom O’zbekiston bo’ylab tan olinadi.
☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998553050009
❗️Ro’yxatdan o’tish: www.oxu.uz
🔊Telegram: @oxu_uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi, 74 (Mo’ljal Avtovakzal).Ta’lim reklamasi
Nodavlat OTMlar ogohlantirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov OTMga quyosh panellarini o‘rnatish masalasida yig‘ilish o‘tkazgan.
Yig‘ilishda nodavlat ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati va bitiruvchilarning ishga joylanish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.
"Oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, ayniqsa ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi", - deyiladi vazirlik axborotida.
👉 @xushnudbek 👈
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida qishki qabul davom etmoqda
Universitet talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif qiladi:
🎓Bakalavr (kunduzgi/sirtqi):
• Tarix
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• O'zbek tili va adabiyoti
• (B.A.) Koreys tili
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Turizm
• Matematika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya
• Bank ishi va auditi
• Xalqaro munosabatlar
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Geodeziya, kartografiya va kadastr
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Arxitektura
• Jismoniy madaniyat
👨🏻🎓Magistratura:
▪️Iqtisodiyot
▪️Xorijiy til va adabiyoti
▪️Pedagogika va psixologiya
(Litsenziya №056223, 29.12.2022 y.)
☑️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin.
👉Kontrakt narxlari
👉Universitet haqida batafsil ma’lumot
☎️ Murojaat uchun:
+998781132999
📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 tiftuniversity">YoutubeTa’lim reklamasi
Toshkentda 9 balli zilzilalar bo’lishi mumkin bo’lgan hududlar ro’yxati haqidagi xabarlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi rad qildi.
“Vazirlik tomonidan bu ma’lumot e’lon qilinmagan”, — deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadagi zilziladan omon qolgan yana bir insonni qutqarishdi
Uning ismi Naim Bayasli bo‘lib, u 32 yoshda.
Naim zilzilalardan 102 soat o‘tib, Hatay viloyatidagi bino vayronalari ostidan qutqarib olindi.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar 4 kundan buyon tinimsiz ishlamoqda. Hozirgacha 14 nafar jabrlangan va 70 ga yaqin halok bo‘lganlar vayronalar ostidan olib chiqildi.
Manba: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning tegishli farmoni (PF–21-son, 10.02.2023 y.) bilan 2023-yil 1-maydan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilish majburiy bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoniga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi:
➖ kichik tadbirkorlik sub’yektlari:
✅ yakka tartibdagi tadbirkorlar;
✅ mikrofirmalar – ta’sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
✅ kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta’sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
➖ o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
➖ yirik tadbirkorlik sub’yektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari.
👉 @xushnudbek 👈
IELTS o‘qish uchun yoshlarga 500 ta grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 900 million so‘m!
Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga “Registon IELTS Granti” tanlovini e’lon qiladi. Ushbu grant orqali Respublika bo‘ylab 500 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.
✅ Ushbu tanlovda Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
🏆 Grant g‘oliblari “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus ta’lim granti, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.
👉 Batafsil ma’lumot
📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
▪️ @Registan_grant_botTa'lim reklamasi
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon 13 nafar jarohatlanganlarni va 50 dan ortiq jasadlarni vayronalar ostidan olib chiqdi.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyadagi zilzilada jabrlangan 11 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga evakuatsiya qilindi
Bugun tongda O‘zbekistondan Turkiyaga yuborilgan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga yetkazildi.
Mazkur bortning ortga qaytishida zilzilada jabrlangan O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilindi.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar xarobalar orasidan olib chiqqan jasadlar soni 50 taga yetgan.
👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumiga start berildi.
openbudget.uz sayti orqali 26-fevralga qadar tashabbus qoldirishingiz mumkin bo'ladi. Shundan so'ng 18-martga qadar ishchi guruh tashabbuslarni ko'rib chiqadi. Ovoz berish jarayoni 18-martdan 7-aprelga qadar davom etadi.
Hozirgacha (3 kun ichida) 10 mingdan oshiq tashabbuslar qoldirilgan. Ro'yxati bu yerda.
❗️Tushunmagan joyim: lekin negadir saytda "Tashabbusli byudjet"ning 1-mavsumi uchun 756,5 mlrd so'm ajratilgani yozilgan. Bu juda kam summa. Vaholanki Prezident 2023-yilda "Tashabbusli byudjet" uchun 8 trln so'm ajratilishini e'lon qilgandi. Shunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 1-mavsumga 756 mlrd so'm, 2-mavsumga 7 trln 244 mlrd so'm ajratmoqchimi? G'alatiku. Vazirlik shunga izoh bersa yaxshi bo'lardi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Rossiyadan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati
Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiyaning 8 ta (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududidagi OTMlardan o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).
💾 Ro‘yxatni yuklab olish
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan OTMning o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
❗️Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Endi 11-sinf o‘quvchilari maktabda o‘qib turib IT-universitetning 1-kursini boshlashlari mumkin.
IDU universiteti Britaniya standartlari asosida dunyoning eng talabgir IT-yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxasislar tayyorlaydi va ularga rivojlangan davlatlarda ishlash imkoniyatini yaratib beradi.
IDUga maktabning 11-sinf o‘quvchilari, kollej-litseyning oxirgi bosqich talabalari va kirish imtihonining ingliz tili fanidan 10 balldan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar ham qabul qilinishlari mumkin.
Universitet kirish imtihoni 18-fevral kuni bo‘lib o‘tadi, imtihondan o‘tganlar 1-maydan o'qishni boshlashlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, imtihonda ishtirok etganlar 90% gacha grant yutishlari ham mumkin.
(Litsenziya №038673, 13.09.2022y.)
Batafsil maʼlumot uchun quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
👉Shu yerga bosing Ta'lim reklamasi
Zamonaviy universitet qanday bo’lishi kerak?
Toshkent amaliy fanlar universiteti talaba va o’qituvchilar uchun jonajon makonga aylanishga ulgurdi.
Keng auditoriyalar, adabiyotlarga boy kutubxona, qulay kafe — hamma joy yorqin, zamonaviy va yorug’!
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YoutubeTa’lim reklamasi
❓O‘zbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini 35 yilga Rossiya oligarxlariga topshirganmi?
❌Qisqa javob: Yo‘q, O‘zbekiston energotizimini hech qaysi davlatga topshirib qo‘ymagan.
✅ Kengaytirilgan javob: O‘zbekistondagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar hamda ekspertlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev bilan uchrashdi va bugungi kunda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savollarga izoh so‘rashdi.
Eng asosiy savol, albatta — O‘zbekiston 35 yilga BARCHA gaz va neft konlarini Rossiya oligarxlariga berib qo‘yganiga oid maʼlumot haqida bo‘ldi.
Energetika vazirining taʼkidlashicha, bu mutlaqo noto‘g‘ri va yolg‘on xabar.
Gap faqat Boysun tumanida joylashgan BITTA M-25 koni haqida (O‘zbekistondagi BARCHA konlar emas).
Mahsulot taqsimotiga oid Bitim (SRP) tomonlari:
Bir tomondan (Hukumat) — O‘zbekiston Respublikasi;
Ikkinchi tomondan (Investor) — 3 ta kompaniyadan iborat konsorsium, yaʼni:
1) «Gas Project Development Central Asia AG» (Shveysariya);
2) «Altmax Holding Ltd» (Kipr);
3) “Uzneftegazdobicha” AJ (O‘zbekiston, davlat korxonasi).
Bitim muddati: 35 yil
Bitim sharti:
1) Investorlar hududga bir necha mlrd dollar investitsiya kiritadi, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiradi, konni o‘zlashtiradi, zavod quradi, infratuzilma yaratadi. Bularning hammasi investorlar mablag‘lari evaziga bo‘ladi. Davlat byudjetidan bir tiyin ham pul ishlatilmaydi yoki davlat kafolati ostidagi kreditlar olinmaydi;
2) Kelgusida gaz ishlab chiqarish boshlangach, daromadning (barcha xarajatlar va O‘zbekistonga to‘lanadigan soliqlardan qolgani) 50%i O‘zbekiston Respublikasiga, qolgan 50%i esa investorlarga bo‘linadi.
❓Nega 35 yil?
Shuni 10 yil, 15 yil yoki 20 yil qilsa bo‘lmasmidi, deb so’radik.
Mas’ullarning aytishicha, mazkur kon Surxondaryoning relyefi o‘ta murakkab bo‘lgan Boysun tog‘larida joylashgan. U yerda gaz qazib chiqarishni tashkil qilish uzoq va murakkab jarayon. Masalan, 2017-yilda ishlar boshlangan bo‘lsa, mana oradan salkam 6 yil o‘tgan bo‘lsada, haligacha gaz qazib chiqarish boshlangani yo‘q. Yaʼni bu joyda gaz qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yishning o‘ziga kamida 8 yil, yo‘qsa taxminan 10 yil vaqt ketadi.
Shuningdek, investor kiritgan mablag‘ning qoplanish muddatini ham hisobga olish kerak. Shu sababli bitim 35 yilga tuzilgan.
❓Nega aynan shu kompaniyalar tanlangan?
Bu savolni ham berdik.
Yuqorida aytilganidek, ushbu kon juda noqulay joyda joylashgan. U garchi 1960-yillarda aniqlangan bo‘lsada, lekin sobiq SSSR vaqtida ham konni o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan.
Mustaqillik yillarida konni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘plab xorijiy kompaniyalarga berilgan (BP, Total va hk). Lekin ular rozi bo’lishmagan.
2006-yilda Malayziyaning Petronas kompaniyasi hamda Saudiya Arabistonining Delta Oil kompaniyalari mazkur konni o‘rganishga kirishgan. Biroq, konning murakkab geologik tuzilishi, gaz tarkibida oltingugurt va uglevodorod oksidi miqdori yuqoriligi, iqtisodiy jihatdan past rentabelligi sababli yuqoridagi kompaniyalar 2013-yilda loyihadan o‘z ixtiyorlari bilan chiqishgan.
Shundan so‘ng, kon yana bir necha yil qarovsiz qolgan. 2017-yilga kelib, yuqoridagi investorlarga berilgan.
🔍Ochiqlik haqida
Mas’ullardan shunga oid tegishli hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiqlashni so’radik. Ishonchsizlik bo’lmasligi uchun, hamma o’z ko’zi bilan ko’rishi kerak.
Shuningdek, uchrashuvda bunday bitimlarga oid qonunchilikni yangilash haqida ham gap ketdi. Ya’ni qonunlarga bunday bitimlar albatta Parlament tomonidan tasdiqlanishi, matnlari jamoatchilikka ochiq e’lon qilib borilishi, ishlab turgan konlarni xorijiy yoki xususiy kompaniyalarga berishni taqiqlash haqidagi talablarni qo’shish kerakligi ta’kidlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada zilziladan jabrlanganlarga yordam yig‘ilmoqda
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi zilziladan jabrlanganlarga yordam bermoqchi bo‘lganlardan xayriya mablag‘larini Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqaruv departamenti (AFAD) yordam hisoblariga jo‘natishni so‘ramoqda.
Mablag‘larni “Ziraat Bank Uzbekistan”ning:
🇺🇿 So‘mdagi 20296000500695842033
💵 Dollardagi 20296840200695842033
hisob raqamlariga o‘tkazish mumkin.
MFO: 00395
STIR: 202845659
Qabul qiluvchi:Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
To‘lov maqsadi: Turkiyada zilziladan jabrlangan fuqarolar uchun yordam puli uchun.
O‘zbekistondagi istalgan bankning mobil ilovasi yoki Click, Paynet ilovasi orqali o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, “Ziraat Bank Uzbekistan”ning filiallaridan biriga borib, so’mda yoki AQSH dollarida pul o‘tkazish ham mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇹🇷O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordam ortilgan samolyoti Turkiyaga yetib bordi
Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Insonparvarlik yordami ortilgan samolyot Adana aeroportiga qo‘ngan. Yordam yuklari asosan bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo‘tqasi va tagliklari, shuningdek gigiyena vositalaridan iborat.
Eslatib o‘tamiz, aholidan yig‘ilayotgan mahsulotlar Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi bilan hamkorlikda maxsus shtab tomonidan saralanib, yuborish uchun tayyorlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 ming 617 nafarga yetdi, jarohatlanganlar esa 80 mingdan ko‘proq.
👉 @xushnudbek 👈
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga QISHKI QABUL davom etmoqda
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumot olishga taklif qiladi:
✅ BAKALAVR, kunduzgi ta’lim shakli (ta’lim ingliz tilida):
- Menejment (tarmoqlar va sohalar);
- Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
- Muzeyshunoslik;
- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili);
- Arxeologiya;
- Madaniy meros obyektlarini asrash;
- Logistika (turizm logistikasi);
- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha).
✅ MAGISTRATURA, kunduzgi ta’lim shakli (ta’lim ingliz tilida):
- Logistika (turizm logistikasi);
- Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha);
- Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;
- Menejment (madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish);
- Ijodiy sanoat;
- Arxeologiya.
Roʻyxatdan o'tish: admissions.univ-silkroad.uz
Ro'yaxtga olishning oxirgi kuni 2023-yil 20-fevral.
☎️ Ma’lumot uchun:
+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606Ta'lim reklamasi
Turkiyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 ming nafarga yaqinlashdi, jarohatlanganlar esa 77 mingdan ko‘proq.
👉 @xushnudbek 👈
Buxorodagi Turkiston Yangi lnnovatsiyalar universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda
🎓 Universitetda 8 ta bakalavr yo‘nalishlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin.
⏺ BAKALAVRIAT:
➖ Tarix
➖ Iqtisodiyot
➖ Musiqa ta'limi
➖ Boshlangʻich taʼlim
➖ Maktabgacha taʼlim
➖ Jismoniy madaniyat
➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
➖ O'zbek tili va adabiyoti
⏺ MAGISTRATURA:
➖ Musiqa ta’limi va san’at
➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingiliz tili)
➖ Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
➖ Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
(Litsenziya №059123, 19.01.2023-y.)
💰Kontrakt miqdorlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: /channel/TYIU_BUKHARA/15
Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida olib boriladi.
Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirishingiz mumkin.
✅ Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi va u O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi.
☎️ Murojaat uchun:
+998 91-403-66-32
+998 91 310 10 98
💻 Onlayn hujjat topshirish: http://tyiu.uz/
📍Lokatsiya
📍Manzil: Buxoro shahri, Bog‘dasht MFY, Piridasgir ko‘chasi 10-uy
🌐 Telegram | Ta'lim reklamasi
“Tashabbusli budjet” uchun yo’naltiriladigan mablag’lar haqida ma’lumot
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, 2023-yilgi tuman va shahar budjetlarida tashabbusli budjet uchun jami 2,0 trln so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 1 trln so‘mi 1-mavsumda ajratiladi.
Umuman olganda jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023-yilda budjetdan jami 8 trln so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi mo‘ljallangan. Shundan:
2 trln so‘m – “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;
320 mlrd so‘m – “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;
4 trln so‘m – “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish uchun;
1,7 trln so‘m – mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 30 foizi hisobiga miqdoridagi mablag‘lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi prognoz qilingan.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev qamoqqa olindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda byudjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojo‘ya ta’siri sababli “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.
Xususan, to‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini O‘zbekistonga import qilib, iste’molga chiqarilishiga ruxsat bergan mas’ullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Farmatsevtika agentligi rahbari Sardor Kariyevni 2022-yilning 30-dekabr kuni lavozimidan ozod qilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Termiz yaqinida kuzatilgan yong'in bo‘yicha ma’lumot berildi
Viloyat hokimligining bildirishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda rejali tartibda yoqish ishlari olib borilgan.
Yoqishdan maqsad qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘lgan.
Yoqish tadbiri mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, orolchalardagi yong‘in harakatlari va ko‘lami to‘liq nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutida 2022-2023-yil uchun qishki qabul boshlandi
Ta'lim jarayonlari 1-kursdan boshlanadi, shuningdek, xorijda o'qiydiganlar uchun o'qishni ko'chirish imkoniyati mavjud.
Yo'nalishlar:
➖ Iqtisod (tarmoqlar va sohalar bo'yicha);
➖ Buxgalteriya va audit.
💰Kontrakt 11 mln so'mdan boshlanadi.
▪️Shahar: Toshkent
▪️Ta'lim tili: O'zbek, Rus
▪️Ta'lim shakli: Sirtqi, Kunduzgi
▪️Bakalavr diplomi
▪️O'zbekistonda tan olingan diplom.
Qimmatli vaqtingizni yana bir yilga yo'qotmang, bugunoq talaba bo'ling!
✅ (Litsenziya №043969, 19.10.2022y.)
☎️ 975381916 | Onlayn murojaat
☎️ 971551916 | Onlayn murojaat
☎️ 908154447 | Onlayn murojaat
☎️ 958102428 | Onlayn murojaat
Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, 313-uy.Ta'lim reklamasi
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi.
👉 @xushnudbek 👈
Qor ko‘chkisi xavfi tufayli Qamchiq dovoni avtotransportlar uchun soat 13:30 da vaqtincha yopilgan.
Ayni damlarda FVV rahbarligida vaziyatni tezroq tiklash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈