"Bu vandalizm"
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorligi buzib tashlangani haqida ma’lumot berdi.
"Afg‘onistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qayg‘u bilan qabul qildik. Ushbu masala yuzasidan Afg‘oniston hukumati vakillari bilan bog‘landik.
Ularning ta’kidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik do‘stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati natijasi bo‘lib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi", - deb yozadi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
Afg‘oniston hukumati vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish choralarini ko‘rishini ma’lum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi boshlandi. Davlatimiz rahbari dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
"Bugun Buxoroga ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin", — dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈
Korzinka do‘konlarida mol go‘shtini chegirmali narxda xarid qilishga ulguring!
▫️Qovurg‘a go‘shti — kilosi 64 990 so‘mdan;
▫️To‘sh go‘shti — kilosi 59 990 so‘mdan;
▫️Biqin go‘shti — kilosi 73 990 so‘mdan;
▫️Bo‘yin go‘shti — kilosi 74 990 so‘mdan.
📌 Narxlar 28-fevral oxirigacha amal qiladi.
App | Telegram | Facebook | Insta | WebReklama
❗️ Oʻzbekiston va Qozog’iston o’zaro mahkumlarni almashish bo’yicha kelishuvga erishgan
Mazkur hujjatni imzolash boʻyicha muzokaralar bir necha yil davomida Toshkent va Ostona tomonidan olib borilgandi.
Shartnoma shartlariga koʻra, mahkumlarni alishish uchun birinchi navbatda mahkumning roziligi kerak. Shaxs oʻz mamlakatida jazoni oʻtash niyati haqida ariza berishi lozim.
Maʼlumotlarga qaraganda, hozirda Qozogʻistonda 486 nafar oʻzbekistonlik qamoqda saqlanmoqda, Oʻzbekistonda esa 20 nafar qozogʻistonlik mahkum bor.
Qasim-Joʻmart Toʻqayev Oʻzbekiston bilan mahkumlarni alishish shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan. Ikkala davlat ham ushbu shartnomani ratifikatsiya qilib, Parlamenti tasdiqlagach, shartnoma almashilgan vaqtdan kuchdan kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
✨
Farovon hayot uchun qulay taklif
“Orzular” loyihasidagi 2 xonali xonadonlar uchun 164 500 000 so‘mdan boshlangan dastlabki to‘lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qiling.
⚠️ Shoshiling, xonadonlar soni cheklangan!
Bot orqali bog‘lanish
Qo‘shimcha maʼlumot uchun:
☎️ 712007400
☎️ 555017400
Telegram | Instagram | Sayt | Reklama
“16-fevral voqealari”ga 24 yil bo’ldi
O‘sha kunni yaxshi eslayman, 5-sinfda o‘qirdim. Televizorda «Shaytanat» seriali bo‘layotgandi (o‘zi u paytlar 1-2 ta kanal bo‘lardi xolos). Birdan serialni o‘rtasidan uzishgan. Va ekranda diktor paydo bo‘lib, Toshkentda bir nechta joyda portlash bo‘lgani, lekin vahima qilishga asos yo‘qligi, hammasi nazoratga olinganini aytgan. Va yana serial kelgan joyidan davom etgan (Elchin bilan Zelixonning qamoqxonadagi suhbati epizodi edi, adashmasam).
To‘g‘ri, portlash asoratlarini to‘liq tushunadigan aqlim bo‘lmasa ham, juda bir g‘alati bo‘lib ketganman. Yuraklar duk-duk urib, xavotirga tushib qolganman.
Yodingizda bo‘lsa, o‘shandan keyin 1-2 oy faqat shu mavzu kun tartibida bo‘lgan. TVda kimlar qidiruvga berilganiyu, kimlar qo‘lga olingani haqida ma’lumotlar berib borilgandi. Jinoyatchilarni qidirish va ushlash jarayonlari odamlar orasida qo‘shib-chatilib, afsonalarga aylanib ketgan. Maktabda, ko‘cha-kuyda bolalar bilan yig‘ilib qolsak ham, faqat shu haqida gaplashardik, hamma bir-biridan ko‘proq ma’lumot biladiganday qilib ko‘rsatishga urinar, jangari kinolarda ko‘rgan sahnalarimizni xuddi hayotda bo‘lganday gapirib berishga harakat qilardi. Lekin shu payt hech kim bir-biriga e’tiroz qilmas, "bu yolg‘onku, bunaqa bo‘lmaganku" demasdi. Bolalik davri ajoyibda.
Lekin so‘nggi yillarda bu voqealar haqida juda kam eslayapmiz, deyarli yodimizdan ham chiqib ketdi. Bir hisobdan bunday mudhish voqealarga boshqa hech qachon duch kelmaylik, boshqa tomondan o‘sha kuni halok bo‘lgan yurtdoshlarimizni xotirlab qo‘yishga odatlansak yomon bo‘lmasdi.
Mayli, har ne bo‘lsada, yurtimizda tinchlik bo‘lsin. Bunaqa terroristik aktlar boshqa qaytarilmasligini chin dildan istaymiz va duodamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Nima deb o’ylaysizlar, RAYONOlarni tezroq tugatsak, maktablarimiz ahmoqona topshiriqlardan qutilib, sal yengil nafas olarmidi yoki keyinchalik hokimliklar maktab direktorlariga to’g’ridan-to’g’ri ahmoqona topshiriqlarni berishda davom etadimi?
“Tashabbusli byudjet”da o’z ovozingizni istagan loyihaga bering! O’qituvchimisiz? Istasangiz maktabingiz uchun foydali loyihaga ovoz bering, istasangiz mahallangizdagi loyihani tanlang. Istasangiz umuman hech narsaga ovoz bermang. Istasangiz, fidoyilik ko’rsatib (majburlikdan emas), maktab yoki mahallangiz loyihasi uchun ovoz to’plashda qatnashing, istasangiz umuman bu jarayonlarga aralashmang.
Maktablarga quyosh panellari o’rnatish yomon fikr emas, ayniqsa hozirgi qish maktablardagi ahvol naqadar achinarli ekanligini ko’rsatdi. Ammo buni ma’muriy buyruqbozlik, do’q-po’pisa, byurokratiya orqali qilmaslik kerak. Iltimos, odamlarni o’ziga qo’yib beringlar, baraka topgurlar.
👉 @xushnudbek 👈
2 ta kompaniya bayonoti:
1) “O‘zbekistondagi barcha gaz va neft konlari davlat mulki bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. "Sanoat energetika guruhi" esa tegishli litsenziyalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi”.
2) 2017-yildan 2022-yilgacha dastur doirasida ERIELL kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirilgan pudrat ishlarining umumiy hajmi qariyb 2,3 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Davlat xaridlari doirasida kompaniyada boshqa shartnomalar mavjud emas.
👉 @xushnudbek 👈
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini quradi
Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha CEEC ENERGY CHINA kompaniyasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.
Quyosh fotoelektr stansiyalarining ilk quvvatlari shu yil yakuniga qadar (2024-yilda to‘liq) ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Natijada yiliga 5,2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Humans superappning barcha yangi foydalanuvchilariga 100 000 soʻm keshbek
Nima qilish kerak? Buning uchun Humans mijoziga aylanish va ulanishdan keyingi dastlabki 90 kun ichida ikkita oddiy shartni bajarish zarur:
1️⃣ Humans aloqa xizmatlariga 100 000 so'm sarflang - daqiqalar va gigabaytlar uchun sarflangan har qanday xarajatlar hisobga olinadi
2️⃣ Humans ilovasi orqali istalgan Uzcard yoki Humo kartalariga 100 000 so‘m miqdorida bir martalik o‘tkazmani amalga oshiring.
100 000 keshbek olish uchun qaysi shaharda ulanishni amalga oshirish kerak? Toshkent va Toshkent viloyatida.
Savollaringiz qoldimi? Havola orqali o'ting va aksiya bo'yicha batafsil yo'riqnoma bilan tanishing.Reklama
Turkiyada zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 ming 410 nafardan oshdi.
👉 @xushnudbek 👈
Ravil Abduqodirov bosh vazirning maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.
Abdurashid Djurabayev bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u prezident maslahatchisi o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli natijalari tasdiqlandi.
Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalar haqida mavzu ochilgan ekan, qisqagina munosabat bildirib ketay:
O’sha kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir yig‘ilishda ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirgani aytilgandi.
Mening shaxsiy fikrimcha, bu umuman ta’limni tushunmaydigan insonning gapi. Bunaqa yondoshuv:
Birinchidan, nodavlat oliy ta’lim rivojiga keskin salbiy ta’sir qiladi;
Ikkinchidan, ishga joylashishda shundoq ham ko’zbo’yamachilik va quruq statistika uchun qilinadigan soxtakorlikni yanada kuchaytirib yuboradi;
Uchinchidan, nodavlat ta’limga litsenziya berish va olishda shundoq ham hozir mavjud bo’lgan korrupsiyaviy holatlarni battar ko’paytiradi va h.k.
Bu qisqa fikrlarim, keyinroq bir qo’lim tegsa, batafsilroq yozaman bu haqda. Balki video yoki ovozli chat qilarmiz.
Xullas, ta’lim kottakonlari sohaga oid bunaqa bayonotlar berishda sal ehtiyotkor bo’lishi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIga 2022/2023-yil qabuli davom etadi!
Kunduzgi va sirtqi
Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va informatika
— Ona tili va adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari
— Xorijiy til va adabiyoti
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va audit
— Bank ishi va auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr
✅ Sirtqi ta’lim: 12,8 mln so‘mdan.
Qo'shimcha qulayliklar:
👉 Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
👉 2-mutaxassislikda o'qish imkoni!
📲 Onlayn hujjat topshirish
Oson ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!
Call Center:
☎️ +998330300005
☎️ +998333500005
☎️ +998900534005
☎️ +998910124005
☎️ +998917894005
☎️ +998917893005
☎️ +998917896005
📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE
Instagram | Telegram | Sayt | Ta’lim reklamasi
Yuridik universiteti hamda boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo'nalishiga o'qishga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar diqqatiga!
🇺🇿 2023/24-o'quv yilidan boshlab yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha universitetlarga kirish imtihonlarida huquq fanlaridan imtihon o'tkazilishi belgilangan.
😀 Shu sababli huquqiy fanlar bo'yicha tayyorlov kurslariga qabul boshlandi.
Mashg‘ulotlar sizga qulay bo'lgan onlayn va oflayn shaklida yurisprudensiya sohasida dars beradigan pedagog va malakali huquqshunoslar tomonidan olib boriladi.
❗️ Oflayn ta‘lim shaklidagi mashg‘ulotlarga Toshkent shahridan, onlayn mashg‘ulotlarga o'z hududingizdan qatnashishingiz mumkin.
💻 Onlayn kurs — 199 000 so'm;
💼 Oflayn kurs — 399 000 so'm.
💠Shuningdek, kurs davomida qo'shimcha o'quv mashg'ulotlari va DTM standartlari asosidagi haftalik, oylik test sinovlari ham tashkil etiladi.
Hoziroq bog'laning va kurslarga yoziling!
Biz bilan bog'lanish uchun:
📞 970370311 | Onlayn murojaat
📞 331067175 | Onlayn murojaat
📞 999370433 | Onlayn murojaat
📞 981257392 | Onlayn murojaat
😀Telegram 📸Instagram 💬Facebook | Ta’lim reklamasi
Turkiyada zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 38 ming 44 nafarga yetdi.
👉 @xushnudbek 👈
O’zbekistonda mahkumlarga ham ish staji hisoblanadigan bo‘ldi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
❗️ Buning asosiy sharti ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lishi kerak.
Bunga qadar Qonunning 37-moddasida (Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari) mahkumlar bajargan ishlar pensiyani hisoblash vaqtida ish stajiga qo‘shilishiga oid norma mavjud emasdi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Magistraturaning qishki qabulida kontraktga o‘qishga kirgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab beriladimi?
✅ JAVOB: Ha, to‘lab beriladi.
Huquqiy asoslari:
1) Prezidentning 2022 yil 7 martdagi PF-87-son farmoni;
2) Hukumatning 2022 yil 15 avgustdagi 447-son qarori.
Bunga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
⛔️ Tatbiq etilmaydi:
— tegishli tartibda ariza bermaganlarga;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
— nodavlat OTMlarning magistraturalariga.
👉 @xushnudbek 👈
❓Nahotki ikkita kompaniyaga 35 mlrd dollar “tutqazib” qo‘yilgan? Bu rostmi?
Kuni kecha energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev bilan bo‘lgan uchrashuvda go‘yoki 5 yilda “ERIELL” va "Enter Engineering" kompaniyalariga 35 mlrd dollar davlat mablag‘lari “tutqazilgani”ga oid xabarlarga izoh so‘radik. Bu har holda katta mablag‘, hazilakam summa emas.
Shuningdek, ushbu savolimizga “O‘zbekneftgaz” saytida yozma ko‘rinishda ham munosabat uzbekneftegaz_ung_uz/eYDdWuOTSH_">bildirildi. Unda har bir loyiha kesimida batafsil raqamlar eʼlon qilindi. uzbekneftegaz_ung_uz/eYDdWuOTSH_">O‘qish uchun havola.
Rasmiylar bergan javobning qisqacha indallosi quyidagicha:
Yakunda daʼvo qilingan 35 mlrd dollardan 17,6 mlrd qoldi. Shundan 10,1 mlrd dollari esa to‘liq investor tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar. Bu 6 ta loyihalarga davlat mablag’lari ketmagan va davlat kafolati ostida qarz ham olinmagan.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent gumanitar fanlar universitetida 2022-2023-yil uchun qabul davom etmoqda!
To‘rtko‘l tumanida joylashgan oliygohda kunduzgi, kechki hamda sirtqi taʼlim shakllari mavjud:
➖ Boshlang‘ich taʼlim
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
➖ Buxgalteriya hisobi va audit
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
❗️Xorijda o‘qiyotgan 1-2-bosqich, O‘zbekistondagi OTMlarning 2-bosqich talabalari o‘qishni ko‘chirish (perevod) imkoniga ega.
💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 12 mln so‘m
Kechki — 15 mln so’m
Kunduzgi — 16 mln so’m
📍Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, Guliston MFY, Beruniy berk ko‘chasi, 146-uy
Ro’yxatdan o’tish uchun👇🏻
https://forms.amocrm.ru/rlmvctd
📞 Murojaat uchun: +998788886666
Litsenziya: №056556, 30.12.2022-y.
Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi
Qor ko‘chkisi xavfi tufayli Qamchiq dovoni avtotransport vositalari uchun soat 22:40 da vaqtincha yopildi.
👉 @xushnudbek 👈
Endi Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslariga mas’ul o‘rinbosari bo‘ladi
Prezident qarori bilan Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Bosh prokuror o‘rinbosari:
➖ O‘zenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam ko‘rsatadi;
➖ Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, qaror bilan tegishli tashkilotlarga elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
👉 @xushnudbek 👈
Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Prezident farmoniga asosan, Jurabayev Abdurashid Abduvoxidovich Bosh vazir kotibiyati rahbari etib tayinlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan:
Nusratbek Davrankulovich Toychiyev Bosh vazir kotibiyati rahbarining birinchi o‘rinbosari;
Davron Narimovich Kalandarov Bosh vazir kotibiyati rahbarining o‘rinbosari;
Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov Bosh vazir kotibiyati rahbarining o‘rinbosari;
Mansurbek Bazorboyevich Jumaniyazov Bosh vazir o‘rinbosari A.J.Ramatovning kotibiyati mudiri;
Izzat Raxmatullayevich Tangriyev Bosh vazir o‘rinbosari D.A.Kuchkarovning kotibiyati mudiri;
Jamshid Abdusalamovich Abdusalamov Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Xodjayevning kotibiyati mudiri;
Nodir Muxtorovich Dusmatov Bosh vazir o‘rinbosari Z.B.Maxkamovaning kotibiyati mudiri lavozimlariga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Namangandagi "University of Business and science" (UBS)da 2022-2023-yil uchun qabul davom etmoqda!
Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud:
➖ Buxgalteriya hisobi va moliya;
➖ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖ Boshlang'ich ta'lim;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Maktabgacha ta'lim;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Filologiya va tillarni o'qitish;
➖ Tarix;
➖ O'zbek tili va adabiyoti;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Menejment;
➖ Turizm.
Magistratura:
➖ Ingliz tili
➖ Iqtisodiyot
➖ Pedagogika va psixologiya.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.
💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)
Qabul komissiya manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.
☎️ 978021916 | Onlayn murojaat
☎️ 887031916 | Onlayn murojaat
☎️ 884791916 | Onlayn murojaat
☎️ 900331731 | Onlayn murojaat
☎️ 900170291 | Onlayn murojaat
☎️ 974791916 | Onlayn murojaat
☎️ 900111526 | Onlayn murojaatTa'lim reklamasi
⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi
Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:
➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (boshqacha aytganda 1-kurslar);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga kirgan 1-bosqich o’quvchilari uchun ham muddat 15-martga uzaytirildi.
❗️Yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini OTM rektorlarining o’zi mustaqil belgilaydi.
👉 @xushnudbek 👈
📢 Telegramda virus tarqamoqda!
Yosh bolasi borlarga 2 mln so‘mdan pul berilyapti yoki 50 mln so‘mgacha hujjatsiz 0% kredit berilyapti, o‘zim oldim, degan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.
❗️Aslida bu firibgarlar tuzog‘i bo‘lib, pul olaman deb plastik kartangiz raqamini kiritsangiz, aksincha sizning pulingizni yechib olib qo‘yishadi.
Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi manzilga kirsangiz, Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib ketmoqda. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hammaga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz. Profilni o‘chirishdan boshqa chora qolmaydi.
⚠️Iltimos, internetda duch kelgan tekin narsaga ishonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovg‘a, tekin aksiya, tekin kredit va h.k. Bularning deyarli barchasi yolg‘on. Shubhali manzillarga hatto qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalar soni 1 mlndan oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million nafardan oshgan.
Shundan:
🧑🎓Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar;
👩🏻🎓Talaba qizlar – 495,6 ming nafar.
🗓 2021-yilning 1-yanvar holatiga xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈
🚇 Metropolitenning “Yerusti halqa yoʼli” yo‘nalishida poyezdlar harakati 2023-yil 18-fevral (shanba) kuni bir kun davomida to’xtatiladi.
Bunga metro temir yo‘llarida bajarilayotgan qurilish ishlari sababligi aytiladi.
Yo’nalish 19-fevraldan doimiy jadval asosida o’z harakatini davom ettiradi.
👉 @xushnudbek 👈