Iqtisodiyot va moliya vazirligi: 2022-yilda magistraturadagi 12 ming 300 nafar xotin-qizga kontrakt to’lab berilgan
Vazirlik bayonotiga ko’ra, Prezidentning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida 75,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 2022-2023-o‘quv yilida davlat OTMlarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan 12 ming 300 nafar xotin-qizlarning 1-o‘quv yilining yarmi uchun 68,3 mlrd so‘m mablag‘ qaytarish shartisiz qoplab berildi.
❗️O‘z navbatida, magistratura bosqichiga yanvar oyida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summalari davlat budjetidan to‘liq qoplab beriladi.
Ma’lumot uchun: 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun 200,0 mlrd so‘m nazarda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Ⓜ️ “Novza” metro bekatida yana savdo shoxobchalari paydo boʻladi
Prezident qarorida qayd etilishicha, metro bekatlarining faoliyat samaradorligini oshirish uchun savdo shoxobchalarini tashkil qilish belgilab berilgan. Ular sinov tariqasida hozircha faqat „Novza“ bekatining piyodalar oʻtish yoʻlagida tashkil etilmoqda va bekatda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Bekat shaharsozlik normalariga javob berishi va yoʻlovchi oqimining meʼyoridaligi sabab tanlangan. Pandemiya tufayli savdo shoxobchalari faoliyati to’xtatilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyaning janubidagi Hatay viloyatida yana 2 ta kuchli zilzila ro’y bergan. Biri 6,4, ikkinchisi 5,8 magnitudali bo’lgan.
Zilzila natijasida Hatay viloyati elektrdan to’liq uzilib qolgani xabar qilinmoqda.
Yer silkinishi Livan, Suriya, Kipr, Falastin va Isroilda ham sezilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga yetib keldi.
Davlatimiz rahbarini Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev Misr yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Tashrifning asosiy tadbirlari va oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Omonullo Nasritdinxo’jayev moliya vazirining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan, Jamshid Abruyev, Ahadbek Haydarov va Odilbek Isakov moliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimidan ozod qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
Afsuski so‘nggi kunlarda shu kabi murojaatlar ko‘paydi. Magistraturaga qishki qabulda o‘qishga kirgan qizlarga OTMdagilar "hozircha kontraktingizni o‘zingiz to‘lab turing, davlat to‘lab berishi bo‘yicha biror gap yo‘q" deyishayotgan emish.
Qanaqasiga bunaqa gap yo‘q bo‘lishi mumkin, butun boshli Prezident farmoni va Hukumat qarori bor-ku!
Hozirgina aniqlik kiritish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bog‘landim. Ular qishki qabulda magistraturaga kirgan qizlarga kontrakt puli davlat tomonidan to‘liq to‘lab berilishini yana bir bor maʼlum qilishdi. Lekin boshqalar ham bunga ishonishi va OTMdagilar to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun masʼul vazirliklar rasmiy bayonot berib qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi. Yo‘qsa joylardagi o‘zboshimchaliklar to‘xtamaydi.
Hozir qizlarga kontraktini to‘latishadiyu, keyin yana pulini qaytarib berish uchun talabalarning o‘zini byurokratiya bilan qiynab tashlashadi. Shu sababli kech bo‘lmasdan, hozir tezda aniqlik kiritish kerak bunga.
👉 @xushnudbek 👈
Ahmad al-Farg’oniy tomonidan qurilgan Nil miqyosi (Nilometr) haqida ayrim ma’lumotlar.
Milodiy 856-yilda Qohiraga ko‘chib kelgan al-Farg‘oniyga xalifa Mutavakkil 861-yilda Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshoot barpo etishni topshiradi.
Olim Qohira yaqinidagi Fustat shahriga kelib, Nil daryosidagi Ravza orolida Nilometrni quradi.
Nilometr daryo suv sathini katta aniqlikda o‘lchashga imkon bergan. Jahon meteorologiya tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, hatto dengiz va okeanlar)ning sathlari ham shu prinsipda o‘lchanadi.
Agar Nil daryosida suv sathi pasaysa, qohiraliklar qurg‘oqchilik va ocharchilikka tayyorlanganlar. Nil sathining me’yordan yuqori bo‘lishi suv toshqinidan dalolat bergan.
Hozirda Nilometr turistik maskanga aylantirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalarni odobiga ko‘ra 3 guruhga ajratishmoqchi ekan🤦🏻♂️
OTM rektorlariga jinoyatchilikka moyil, yot g‘oyalar ta’siriga tushish arafasidagi va tartib qoidalarga rioya etmaydigan talabalar ro‘yxatini «shoshilinch» tuzish topshirig‘i berilgan.
Ajratib olingan talabalarga vazirlik va oliy ta’lim muassasalarining rahbar-xodimlarini biriktirish, ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar tashkil etib borish topshirig‘i berilgan.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshiriq xatida OTM xodimlariga ijtimoiy tarmoqlardagi maqola va fikrlarga tizim sha’nini himoya qiluvchi izohlar yozdirish haqida ham alohida band bor.
OTMlar topshiriq ijrosini bajarishga allaqachon kirishib ketgan, joylarda talabalar maxsus anketalar to’ldirayotgan ekan.
Xudo xohlasa, ta’limga bunaqa yondashuv ortidan 100 yillardan keyin sifatli oliy ta’limga erishsak kerak. Bu ham o’ta optimistik taxmin. Balki 200 yil ketar, kim bilsin…
👉 @xushnudbek 👈
Bir qator mamlakatlar Toshkentda oʻtadigan boks boʻyicha jahon chempionatini boykot qildi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Rossiya va Belarus terma jamoalariga oʻz bayroqlari ostida jahon chempionatida qatnashishga ruxsat berishi ortidan hozirgacha AQSH, Chexiya, Irlandiya, Shvetsiya va Kanada terma jamoalari Toshkentdagi musobaqada qatnashishdan bosh tortdi.
Buyuk Britaniya boks bo’yicha ayollar o’rtasida Hindistonda o’tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi. Erkaklar o’rtasida Toshkentda o’tadigan chempionatni boykot qilish masalasini esa ko’rib chiqishayotganini ma’lum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent 1-maydan 14-maygacha erkaklar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Hali umid bor. Shu oyning o‘zida magistratura talabasiga aylaning!
UMFT universitetida magistratura bosqichiga qabul davom etmoqda. Qulay imkoniyatni o‘tkazib yubormang.
✔️ Siz shu oy quyidagi yo‘nalishlardan birida magistratura talabasi bo'lishingiz mumkin:
📈 Raqamli iqtisodiyot
💻 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
📡 Telekommunikatsiya injiniringi
📲 Onlayn hujjat topshirish: umft.uz/admit 👈
☎️ Telefon: +998555068888
📩 Murojaat uchun: @umft_support
🌐 Veb-sayt: www.umft.uzTa’lim reklamasi
Ertaga, 19-fevral — yakshanba kuni soat 18:30 da “O‘zbekiston 24” telekanali hamda Prezident matbuot xizmatining Facebook va Youtube'dagi rasmiy sahifalarida "Sivilizatsiyalar merosi: abadiyat karvonlari ortidan" hujjatli filmini tomosha qiling.
Film Parijda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekistonning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan ikkita yirik ekspozitsiya haqida hikoya qiladi. Ulardan biri mashhur Luvrda tashkil etilgan.
Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi boʻldi
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga saylandi.
Bunga qadar Federatsiyas raisi sobiq oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov edi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazilishi munosabati bilan bir qator koʻchalar yopiladi 🛑
“Men gʻolib” ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazilishi tufayli 2023-yilning 19-fevral kuni soat 07:00 dan soat 09:30 gacha:
➖ Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi oldi maydonidan Furqat koʻchasi boʻylab Beshyogʻoch koʻchasi kesishgan joyigacha;
➖ Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan joyigacha;
➖ Islom Karimov koʻchasi boʻylab Amir Temur shoh koʻchasi bilan kesishgan joyigacha;
➖ Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli boʻylab Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan joyigacha,
➖ Islom Karimov koʻchasi boʻylab Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyi oldi maydonigacha boʻlgan koʻchalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar oʻrnatiladi.
“Haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya etamiz va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz”, – deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
"University of Business and Science"da qishki qabul davom etmoqda
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'z hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin:
Bakalavr yo'nalishlari:
➖Buxgalteriya hisobi va moliya
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari
➖Boshlang'ich ta'lim
➖Iqtisodiyot
➖Maktabgacha ta'lim
➖Pedagogika va psixologiya
➖Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➖Tarix
➖O'zbek tili va adabiyoti
➖Soliqlar va soliqqa tortish
➖Moliya va moliyaviy texnologiyalar
➖Bank ishi va auditi
➖ Menejment
➖Turizm
Magistratura mutaxassisliklari:
🔹Xorijiy til va adabiyoti
🔹Iqtisodiyot
🔹Pedagogika va psixologiya
♻️ Shuningdek, xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan o'qishingizni ko‘chirishingiz mumkin.
🖊Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi va UBS diplomi O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi.
(Litsenziya №056221, 29.12.2022-y.)
🗺Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY Beshkapa koʻchasi, 111-uy
☎️ Telefon: +998781132626 +998907894242
📩 Onlayn murojaat: @ubs_admin @ubsuzbekistan_bot
UBSning rasmiy sahifalari:
📨 Telegram |🌐Instagram | 🖥 WebsiteTa’lim reklamasi
Buxoroda elektr taqchilligini bartaraf etish uchun nimalar qilinadi?
Ayni daqiqalarda Buxoro faollari bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev elektr taqchilligini bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilayotgan choralar haqida maʼlumot berdi.
2023-yilda Buxoroda yillik elektr isteʼmoli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo‘lishi kutilmoqda.
Shu sababli:
1) 740 ta korxonada 22 Megavattli va 6 mingta xonadonda 7 Megavattli quyosh panellari o‘rnatiladi (30 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi);
2) 726 ta ijtimoiy soha va davlat idoralari, ko‘p qavatli uylarda 11 Megavattli quyosh panellari o‘rnatiladi (bu 10 million kilovatt soat);
3) reja bo‘yicha elektr tarmoqlarini yangilash hisobiga 50 million kilovatt soat elektr yo‘qotishlar kamaytiriladi;
4) 45 ta yirik sanoat korxonalarida energiya sarfi yuqori bo‘lgan uskunalar almashtiriladi (60 million kilovatt soat iqtisod qilinadi);
5) “Amu-Buxoro” nasos stansiyasida chastotali boshqarish vositalarini yangilash hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat iqtisod qilinadi;
6) huquqni muhofaza qiluvchi organlar elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni qatʼiy nazoratga olib, talon-torojlikka chek qo‘yishi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy bayonot berdi:
Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi
Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.
Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga (lekin hali qonunchilikda qishki qabul uchun muddat belgilanmagan), tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.
P.S.: endi umid qilamizki, OTMlar o’zboshimchalik qilib, magistr qizlarning o’ziga kontrakt to’lattirishmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Zamonaviy universitet qanday bo’lishi kerak?
Ta'lim olish uchun qulaylikni ta'minlaydigan va katta afzalliklarni taqdim etadigan mukammal joyni yaratish g'oyasi bizning universitetimizda amalga oshirildi.
Toshkent amaliy fanlar universiteti talaba va o'qituvchilar uchun jonajon makonga aylandi. Keng auditoriyalar, adabiyotlarga boy kutubxona, qulay kafe — hamma joy yorqin, zamonaviy va yorug'!
(Litsenziya № 029914, 14.06.2022y.)
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YoutubeTa’lim reklamasi
Qohirada bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Misr sivilizatsiya milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
HD format
👉 @xushnudbek 👈
Prezident qarori bilan Nozimjon Xolmurodov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, vazirga quyidagi 5 nafar o’rinbosarlar tayinlandi:
— Olimxon Rustamov;
— Xurram Teshaboyev;
— Oybek Hamroyev;
— Sarvar Hamidov;
— Badriddin Abidov.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan iqtisodiyot va moliya vaziriga quyidagi 6 nafar o‘rinbosar tayinlandi:
- Ilhom Norqulov;
- Erkin Rustamov;
- Adiz Boboyev;
- Anvar Karimov;
- Dilshod Sultanov;
- Gulnora Raximova.
👉 @xushnudbek 👈
AQSH prezidenti Jo Bayden kutilmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi.
Zelinskiy buni tasdiqlab, Baydenning tashrifi ukrain xalqini qo’llab-quvvatlash yo’lida muhim qadam deb baholadi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, Bayden Ukrainaga 500 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratilishini ma’lum qilgan. Reuters xabariga ko’ra, bu paket ichiga HIMARS, tanklarga qarshi tizim va radar, o’q-dorilar kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida qishki qabul yakunlanmoqda!
Universitetimizda siz quyidagi yo'nalishlardan birida ta’lim olishingiz mumkin:
🎓 Bakalavr (sirtqi)
➖ Tarix
➖ Iqtisodiyot
➖ Soliqlar va soliqqa tortish
➖ Matematika
➖ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
➖ Arxitektura
➖ Buxgalteriya hisobi va moliya
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
➖ Bank ishi va auditi
➖ Menejment
➖ Geodeziya, kartografiya va kadastr
➖ Turizm
🎓 Magistratura (kunduzgi)
• Iqtisodiyot
• Xorijiy til va adabiyoti
• Pedagogika va psixologiya
☑️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMdan mos va turdosh yo'nalishlar bo'yicha o'qishni ko‘chirish (perevod) mumkin.
(Litsenziya №056223, 29.12.2022 y.)
👉Kontrakt narxlari
👉Universitet haqida batafsil ma’lumot
☎️ Murojaat uchun:
+998781132999
📥 Onlayn hujjat topshirish: https://tift.uz/admission.html
📍Universitet manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz 2-tor ko'chasi, 6-uy
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 tiftuniversity">YoutubeTa’lim reklamasi
🚌Toshkentga 200 ta 18 metrli avtobus keltiriladi. Kunlik “plan” bekor qilinadi
“Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga koʻra:
➖ shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
➖ tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi;
➖ yoʻlkira haqini kunlik yigʻish reja-topshirigʻini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 300 ta 12 metrli elektrobus;
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobus xarid qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 ming nafardan oshdi.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbek IT startapi Modme $1 250 000 ga baholandi va $100 000 investitsiya jalb qilishga erishdi.
London shahrida joylashgan Sturgeon Capital bilan hamkorlikdagi UzVC fondi, Modme loyihasini $1 250 000 ga baholab, ushbu loyihaning 8% ulushini sotib olish orqali unga $100 000 investitsiya kiritdi.
Modme CRM loyihasi oʻquv markazlarini tizimlashtirish va ularni avtomatlashtirish borasida ayni paytda yurtimizdagi yetakchi loyiha boʻlib, hozirda platforma Oʻzbekiston va Indoneziya bozorida 300 dan ortiq mijozlarga ega.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, avvalroq Modme loyihasiga AmoCRM loyihasi asoschisi Mixail Tokovinin ham investitsiya kiritgan edi. Shundan soʻng, loyiha 2022-yilda 3 barobarga oʻsdi.
Loyiha telegram kanali: @modme_uzReklama
🏘 1-maydan foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlarida quyosh panellari o‘rnatiladi
Prezident qaroriga asosan 2023-yil 1-maydan:
➖ foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinadi;
➖ yangi tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklari hamda sement, g‘isht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi.
🌞2023-yil 1-apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga:
✅ ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini;
✅ qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini;
✅ yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Hurmatli Prezident janoblari!
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ko‘rsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizasiya va isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSH uchun ustuvor ahamiyatga ega.
AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023-yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman.
Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman.
Bu sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda.
Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi.
Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz o‘zaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Hurmat bilan,
Jo Bayden
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda sudya pora bilan ushlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I. B. pora olayotganda ushlangan.
Sudyalar oliy kengashi Bosh prokurorning taqdimnomasini qanoatlantirib, sudyani Jinoyat kodeksi 210-modda 3-qismi tegishli bandlari bilan jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bergan. Shuningdek ushbu sudyaning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
❗️Ma’lumot uchun: JK 210-moddasi uchinchi qismiga ko'ra pora olish juda ko‘p miqdorda yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
👉 @xushnudbek 👈