Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u IIV Tezkor-qidiruv departamentida boshqarma boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Paxta-g‘allaga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari ishchilari daromad solig‘idan ozod etiladi
Prezidentning tegishli qarori bilan 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bir vaqtning o‘zida qaytarib berish tartibi joriy etildi.
❗️ Buning uchun:
➖ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanishi;
➖ har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari (ayni paytda 920 ming so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi;
➖ paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksining 57-moddasi (Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari sifatida e’tirof etilgan bo‘lishi) talablariga javob berishi shart.
👉 @xushnudbek 👈
Aliyev Shuhrat Hasanovich Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Buxoro viloyat IIB boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi filiali – Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida!
Filial ochilishi joriy yilning 18-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Yangi ochilgan ushbu do‘konda 7000 xildan ortiq mahsulotlar, muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyati, chegirmali aksiyalar va boshqa qulayliklardan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining navbatdagi filiali 25-fevral kuni Yuqori Chirchiqda o‘z ish faoliyatini boshlaydi. Bu kuni faqatgina ushbu filialda barcha mahsulotlarga 20%gacha chegirmalar amal qiladi.
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, G‘azalkent shaharchasi, Turkiston ko’chasi, 193-uy (sobiq univermag binosi)
📍Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Mustaqillik ko‘chasi, Havas do‘koni ro‘parasida
📞 Batafsil: +998735152222
@ishonchReklama
🇺🇿 Oʻzbekiston harbiy-sanoat mahsulotlari ilk bor BAAdagi “IDEX-2023” koʻrgazmasida namoyish qilinmoqda
🇦🇪 Abu-Dabidagi (BAA) ADNEC Milliy koʻrgazmalar markazida 65 mamlakatning 1350 ta yetakchi kompaniyasi oʻz mahsulotlarini namoyish etmoqda.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida birinchi marta Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “VPK AKSUM” mahalliy harbiy-sanoat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “AKSUM MAX S ” va “AKSUM MAX DS” yengil zirhli avtomashinalari namunalari omma eʼtiboriga havola qilinyapti.
📌 IDEX – qurol va xavfsizlik texnologiyalarining eng nufuzli xalqaro koʻrgazmalaridan biri boʻlib, har 2 yilda bir marta BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon homiyligida, hukumat va mamlakat qurolli kuchlari koʻmagida oʻtkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Rahmonov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ O’zbekistonda 4 ballik zilzila kuzatildi
Bugun Toshkent vaqti bilan 05:37da Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda. Uning O'zbekistonda sezilish kuchi:
➖ Farg'onada 4 ball;
➖ Andijonda 4 ball;
➖ Namanganda 4 ball;
➖ Sirdaryoda 3-4 ball;
➖ Toshkent shahrida 3-4 ball;
➖ Jizzaxda 3-4 ball;
➖ Surxondaryoda 3 ball;
➖ Samarqandda 3 ball;
➖ Qashqadaryoda 3 ball;
➖ Navoiyda 3 ball;
➖ Buxoroda 3 ballni tashkil etdi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
👉 @xushnudbek 👈
Avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish va davlat raqami olish uchun haligacha “GAI”ga borish kerakligi tanqid qilindi
Shavkat Mirziyoyev raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.
Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, “O‘zstandart”da 29 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmagani qayd etildi.
Misol uchun, ishga yoki o‘qishga kirish, haydovchilik guvohnomasini olishda kerak bo‘ladigan “086-shakl” tibbiy ma’lumotnomani olish uchun odamlar har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur.
Yerlarni xususiylashtirish uchun murojaat onlayn beriladi. Ammo kommunal sohadagi ma’lumotlar raqamlashmagani bois, keyingi bosqichlar baribir “qo‘lda” qilinmoqda.
Yoki, yiliga 300 mingdan ziyod xaridor yangi mashina sotib oladi. Lekin, ro‘yxatdan o‘tish va davlat raqami olish uchun haligacha yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga borish zarur.
Prezident qolgan vazirliklarda ham raqamlashtirish bo‘yicha hali xalqimizni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini ta’kidladi.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekiston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi.
Bunga qadar teatrga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Aleksandr Bekchanov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida qishki qabul davom etmoqda
🎓 Universitetning bakalavr va magistratura bosqichiga 9 ta yoʻnalish boʻyicha – kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida hujjatlar qabul qilinmoqda.
⚡️ Til sertifikati talab qilinmaydi.
💰 Shartnoma miqdorlari: /channel/AIFU2022/13
1 yillik toʻlov-kontraktni 4️⃣ ga boʻlib toʻlashingiz ham mumkin.
💻 Onlayn hujjat topshirish: https://uess.uz/Admission
📞 +99895 150 22 22
📞 +99899 150 22 28
📍Toshkent tumani, Toshkent halqa yoʻli koʻchasi
Litsenziya № 055982, 28.12.2022y.
👉 Batafsil
Veb-sayt | Telegram | Instagram | AIFU_offical">Youtube | FacebookTa’lim reklamasi
Turkiyada zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 ming 310 nafardan oshdi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisining oliy darajadagi muzokaralari yakuni bo‘yicha bir qator sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni qabul qildi.
Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Misrga qilgan 2 kunlik rasmiy tashrifi yakunlandi.
👉 @xushnudbek 👈
7 ta viloyat hokimligi Toshkent shahrida mehmonxona quradi
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov Namangan, Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand hamda Farg‘ona viloyati hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer maydoni ajratish haqidagi qarorlarni imzoladi.
Qarorlarga ko‘ra, har bir hokimlikka doimiy foydalanishga Mirzo Ulug‘bek tumanining Chingeldi mahallasi hududidan, aholi punktlari yerlaridan 0,32 gektardan yer maydoni ajratilgan.
P.S.: hokimliklar qachon maktab qurishni boshlarkin? Mehmonxona qurish tadbirkorlarning ishi emasmi?
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Qohiradagi "Al-Ittihodiya" saroyida tantanali kutib olindi.
Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan tor doiradagi muzokaralar, undan so’ng esa ikki davlat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.
👉 @xushnudbek 👈
Smartfon xarid qilmoqchimisiz? Uzum ilovasi vivo Y22 va Y35 smartfonlarini aksiyali narxda taklif etmoqda
21-fevraldan 7-martga qadar vivo Y22 narxi 6% chegirma bilan - 1 999 000 so‘mni, Y35 narxi esa 10% chegirma bilan - 2 379 000 so‘mni tashkil etadi.
Viloyatlarga yetkazib berish, shuningdek, uzumnasiya yordamida foizsiz muddatli to‘lov evaziga xarid qilish imkoniyati mavjud.
Muddatli to‘lov haqida batafsil
Buyurtmani rasmiylashtirganda barcha turdagi to‘lov turlari: naqd, naqdsiz va Uzum Pay'dan foydalanish mumkin.
Uzum orqali xaridlar - qulay, ishonchli va hamyonbop.Reklama
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken keyingi hafta O‘zbekistonga keladi.
Tashrif doirasida u O‘zbekiston rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, Blinken Qozog‘istonda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari muloqot formati — C5+1 formatidagi uchrashuvida qatnashadi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahri markazidagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIda 2022/2023-yili qabuli yakunlanmoqda!
Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari: 31 ta
✅ Universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo'lib, diplomi butun O'zbekiston bo'ylab tan olinadi!
✅ Sirtqi ta’lim: yiliga 12,8 mln so‘mdan.
✅ Qo'shimcha qulayliklar:
➖ Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3 kursga)
➖ 2-mutaxassislikda o'qish imkoni
(Litsenziya №049194, 18.11.2022 y.)
📲 Onlayn hujjat topshirish
📝 Oson ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!
Call Center:
☎️ +998330300005
☎️ +998333500005
☎️ +998917896005
☎️ +998880097751
☎️ +998917894005
📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE
Instagram | Telegram | Sayt | Ta'lim reklamasi
❓Nahotki yo‘llarimizni odambashara qilish qudratiga ega emasmiz?
"Tashabbusli budjet" jarayoni 2023-yil 1-mavsum doirasida openbudget.uz portali orqali bugungacha 44 mingdan oshiq loyiha kiritilgan.
Agar masalalar kesimiga qaraydigan bo‘lsak, yo‘llarni taʼmirlash masalasida eng ko‘p tashabbus qoldirilyapti. Har 4 tadan 1 tasi. Hududlar kesimida esa Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Andijon aynan yo‘llarning nosozligi masalasidagi loyihalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
"Tashabbusli byudjet"ning avvalgi mavsumlarida ham yo‘llarni taʼmirlash yo‘nalishi doim birinchi o‘rinda bo‘lgan. Shu sababli keyinchalik xuddi "Tashabbusli byudjet"ga o‘xshagan kichikroq masshtabdagi "Mening yo‘lim" degan alohida tizim yaratilgandi.
Nega unaqa? Chunki O‘zbekistonda yo‘lsozlik eng og‘riqli va muammoli sohalardan biri.
O‘g‘rilik va korrupsiya katta, natijada yo‘llar qo‘ldan o‘tar, egasiga yetar qilib, sifatsiz quriladi. Hukumat vaziyatni yaxshilash uchun doim nimalardir qilganday bo‘ladi, lekin jiddiy ijobiy o‘zgarish sezilayotgani yo‘q.
Ayniqsa, bugungi kunda anomal qish va sovuqdan keyin yo‘llarimiz xuddi urushdan keyingi holatga o‘xshab qolgan. Nima boshqa davlatlarda qor yog‘maydimi? Boshqa davlatlarda qish bo‘lmaydimi?
Har bahorda shu bo‘lar takror deganlaridek, har qishdan keyin yo‘llarni albatta taʼmirlash kerak bo‘ladi. Nahotki quruvchilar atigi bittagina qishga chidamli yo‘l qura olmasa?
Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, yo'l sohasidagi korrupsiyaning alomatlarini ilma-teshik ko'chalarga qarab, bilib olsa bo'ladi.
Butun aholi har kuni tanasida bevosita his qiladigan bu masalaga panja ortidan qaramaslik kerak, bu yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Yo'llar aholining kayfiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qiladi. Xalqning cho‘ntagiga iqtisodiy zarari haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Nimadir qilish kerak, xullas.
Nahotki qudratimiz yo‘llarimizni odambashara qilishga yetmaydi? Nahotki?
👉 @xushnudbek 👈
🚘 Oʻzbekistonda har ming kishiga 95 ta avtomobil toʻgʻri kelmoqda
📊 Statistika agentligi maʼlumotlariga qaraganda, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtomobillar soni 3,4 milliontani tashkil etgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan yengil mashinalar har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 95 ta toʻgʻri kelgan.
👉 @xushnudbek 👈
Qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi mutaxassisga aylanib, o‘z biznesingizni boshlamoqchimisiz?
Unda vaqtni boy bermay, Fermerlar maktabining 10-mavsum o‘quv kurslarida qatnashing!
Fermerlar maktabida quyidagi yo‘nalishlarda o‘qishingiz mumkin:
✅Chorvachilik;
✅Parrandachilik;
✅Sabzavot va polizchilik;
✅Issiqxona xo‘jaligi;
✅Uzumchilik;
✅Bog‘dorchilik
✅Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun:
Telegram-bot: @fermerlar_maktabi_bot
Sayt: fermermaktab.uz
Telefon:
+998955008010
+998955008001
1216
Web-site| Telegram | Instagram | Facebook | YouTubeTa’lim reklamasi
Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Bungacha u Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Avvalroq, Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.
👉 @xushnudbek 👈
1-apreldan boshlab IT ta’lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:
✅ o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi;
✅ IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
UZTELECOMdan qulay shartlarda UZ zonasidagi domenlar va xosting xizmati
UZ zonasidagi domen narxi – 25 000 soʻm
Veb-xosting xizmatlarini ulang va quyidagilarga ega boʻling:
✅ Plesk boshqaruv paneli;
✅ Cheksiz trafik;
✅ Subdomenlar va muqobil domen nomlari;
✅ SSL-sertifikat;
✅ DDoSdan himoya;
✅ Zaxira nusxalarini saqlash;
✅ Antivirus tekshiruvi.
Batafsil ma’lumot uchunReklama
Xorijda muvaffaqiyatga erishgan hamyurtlarimiz, ularning bosib o‘tgan yo‘li, o‘zbek yoshlariga o‘rnak bo‘ladigan faoliyati haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonlik” filmining uchinchi epizodi premyerasi tez orada bo‘lib o‘tarkan.
Uzbekistan‘s club jamoasi taqdim etgan tizerdan ma‘lum bo‘lishicha, uchinchi epizodda Yevropada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘zbek ayoli, jahonning eng yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri – Shell‘da IT-arxitektor sifatida ishlayotgan Madina Berdiyeva ва Strasburg filarmonik orkestrining musiqiy ва badiiy rahbari Aziz Shohakimov qahramon bo‘lishar ekan. Kutamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Ⓜ️ Toshkent shahri Yashnobod tumanidan oʻtuvchi yerusti metro yoʻnalishi estakadasi ostidagi hududda 1200 oʻrinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan oʻtuvchi yerusti metro yoʻnalishi hududida 1500 oʻrinli yettita avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.
“Shuningdek, 2023-yil davomida metro yoʻnalishlariga beshinchi vagon sifatida 10 ta harakat tarkiblariga qoʻshimcha vagon qoʻshilishi, shuningdek, 14 ta toʻrt vagonli zamonaviy turdagi yangi harakat tarkiblari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Natijada harakatlanish jadvalida koʻrsatilgan intervallarini qisqartirishga erishiladi”, – deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Namangandagi "University of Business and science" universitetida 2022-2023-yil uchun qabul yakunlanmoqda!
Hoziroq telefon qilib, talaba bo’lishingiz mumkun.
Kunduzgi, sirtqi va magistratura
✅ Universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo'lib, diplomi butun O'zbekiston bo'ylab tan olinadi!
Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud (bakalavr va magistratura).
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni mavjud.
💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m;
Magistratura – 20 mln so'm
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)
☎️ Qabulga hujjat topshirish uchun:
+998884791916
+998974791916
+998900331731
+998887031916
+998900111526
+998900170291
+998970381916
+998978021916
📍Toshkentdagi qabul komissiya manzili: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.Ta'lim reklamasi
Jurnalist Shuhrat Shokirjonov yozmoqda:
“Aytishlaricha, bu mehmonxonalar 2025-yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari qatnashchilari uchun quriladi.
Agar shunday bo‘lsa, bu mehmonxonalar sport tadbiridan so‘ng biryo‘la oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yotoqxonalar qilinishi va qurilishi ham hozirdan shunga moslashtirib loyihalashtirilishi kerak. Qaysi viloyat qurayotgan bo‘lsa — kelgusida o‘sha viloyatdan poytaxtga borib o‘qiyotgan talabalar uchun.
Shunda bir o‘q bilan ikki quyon urilardi”.
👉 @xushnudbek 👈
Osiyo Xalqaro Universitetida qishki qabul yakunlanmoqda
Bakalavr yo’nalishlari:
- Boshlangʻich taʼlim
- Maktabgacha taʼlim
- Pedagogika va psixologiya
- Iqtisodiyot
- Moliya
- Tarix
- Jismoniy madaniyat
- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
- Konchilik ishi
- Ingliz tili va adabiyoti.
Tibbiyotda qabul yakunlandi.
Magistraturada o’qish uchun:
- Pedagogika va psixologiya
- Iqtisodiyot
- Boshlang’ich ta’lim
Bakalavr yo’nalishlarining ta’lim turlari: Kunduzgi va sirtqi
☎️ Batafsil ma'lumot uchun: +998553050009
Ro’yxatdan o’tish uchun:
Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi, 74. (Mo’ljal: Avtovokzal)Ta’lim reklamasi
O‘zbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi
Bugun, 21-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.
Insonparvarlik yordami yuki (qariyb 50 tonna) ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, yoping’ich va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Prezident qarori bilan:
➖ Umid Madaminov va Ahadbek Haydarov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimilariga;
➖ Bahrom Sharipov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
➖ Ibrohim Ergashev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori lavozimiga;
➖ Husniddin Karimov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimiga;
➖ Abrol Vaxabov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈