❗️Rossiyadan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan navbatdagi talabalar ro‘yxati
Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiyaning 8 ta (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududidagi OTMlardan o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).
💾 Ro‘yxatni yuklab olish
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan OTMning o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
❗️Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️AI-80 avtobenzin uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati yil oxiriga qadar uzaytirildi
Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilingan.
2022-yil 10-dekabrdagi qarorga ko‘ra, aslida AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llashning amal qilish muddati ertaga, 2023-yil 1-mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.
Isteʼmolchilarning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
❗️Avvalroq 1-martdan “nol stavka” muddati tugashi sababli benzin narxlari oshishi kutilayotgani xabar qilingandi. Endi imtiyoz muddati yil oxirigacha uzaytirilgani sababli benzin narxlarida o’zgarish bo’lmasa kerak (yana ham birja savdolariga bog’liq).
👉 @xushnudbek 👈
FIFA “The best-2022” sovrini:
➖ Marchin Oleksi (Polsha) — eng chiroyli gol uchun beriladigan "Pushkash" sovrini g'olibi (1-video);
➖ Luka Lochoshvili (Gruziya) — raqib futbolchisining hayotini saqlab qolishdagi jonbozligi uchun "Feyr pley" sovrini sohibi (2-video);
➖ FIFA talqinida yilning ramziy terma jamoasi (3-surat).
👉 @xushnudbek 👈
Lionel Messi FIFAning “The Best” sovrinida 2022-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ovoz berish yakunlariga ko’ra, 2-o’rinda Kilian Mbappe, 3-o’rinda Karim Benzema qayd etilgan.
Shuningdek:
Lionel Skaloni (Argentina) — "Yilning eng yaxshi murabbiyi";
Emiliano Martines (Argentina) — "Yilning eng yaxshi darvozaboni";
Aleksiya Putelyas (Ispaniya) — ayollar o'rtasida "Yilning eng yaxshi futbolchisi";
Pele — futbol rivojiga qo’shgan hissasi uchun maxsus sovrin.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️O‘zbekistonda 1-martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llanishi muddati tugaydi. Shu kundan boshlab ushbu yoqilg‘i narxining oshishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" uzbekneftegaz_ung_uz/lw37Su48XMs">xabar berdi.
Bunda, narxlar o‘zgarishi hisobiga “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan shakllanadi.
👉 @xushnudbek 👈
"University of Business and Science"da qishki qabul yakunlanmoqda
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'z hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin:
Bakalavr yo'nalishlari:
➖Buxgalteriya hisobi va moliya
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari
➖Boshlang'ich ta'lim
➖Iqtisodiyot
➖Maktabgacha ta'lim
➖Pedagogika va psixologiya
➖Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➖Tarix
➖O'zbek tili va adabiyoti
➖Soliqlar va soliqqa tortish
➖Moliya va moliyaviy texnologiyalar
➖Bank ishi va auditi
➖ Menejment
➖Turizm
Magistratura mutaxassisliklari:
🔹Xorijiy til va adabiyoti
🔹Iqtisodiyot
🔹Pedagogika va psixologiya
♻️ Shuningdek, xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan o'qishingizni ko‘chirishingiz mumkin.
🖊Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi va UBS diplomi O‘zbekiston bo‘ylab tan olinadi.
(Litsenziya №056221, 29.12.2022-y.)
🗺Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY Beshkapa koʻchasi, 111-uy
☎️ Telefon: +998781132626 +998907894242
📩 Onlayn murojaat: @ubs_admin @ubsuzbekistan_bot
UBSning rasmiy sahifalari:
📨 Telegram |🌐Instagram | 🖥 WebsiteTa’lim reklamasi
Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum bo’ldi.
👉 @xushnudbek 👈
Payme Mahalla platformasida texnomart ko‘magida yangi missiya ishga tushirildi.
Bu galgi vazifa Namangan viloyatidagi 3 ming 924 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olayotgan maktablarni kompyuter bilan ta’minlashdan iborat. Ishtirok etish uchun sodiqlik dasturining to‘plangan ballarini Payme ilovasida baham ko‘rish kifoya.
Batafsil: havolaIjtimoiy reklama
Yaxshi odamlar
Davronbek Tojialiyev o’zining Telegram kanalida hayotidagi yaxshi insonlar haqidagi xotiralari bilan bo’lishdi. Sizlarga ham ilindim:
“Hozirgi turgan ijara-kvartiramda qariyb 12 yildan beri yashayman. Hamid Olimjon va Pushkin metrolariga yaqin, Oqqo‘rg‘on masjidi yonida. Yaxshi joylar. Kvartira egasi ham “dom”dan 100 metr naridagi mahalla boshida, hovlida turadi.
Dastlab kvartiraga kelganimda biroz injiqroq ko‘ringan kampir (uyning egasi) hisob-kitobni yaxshi yuritar edi. Oy boshlanishi bilanoq, qo‘ng‘iroq qilib ijara pulini eslatardi. Uy haqini doim dollarda (150$) qabul qilib olar va temir daftariga yozib qo‘yardi. Kampir 80 dan oshgan bo‘lsa ham hujjat ishlariga ham pishiq, qanday muammo yuz bersa hal qilishga doim ko‘maklashardi. “Vaqtinchalik propiska” degan tartiblar qiyinlashgan paytida ham ancha-muncha hujjatlarni o‘zi va men bilan birga yugurgan, og‘irimni yengil qilgan edi. O‘tgan 7-8 yil davomida narx-navo necha marta oshdi, lekin kampir ijara narxini oshirmadi.
Ba’zida chol-kampirning oldiga ba’zi yumushlar bilan chiqsam, olib qolishar, birga taomlanardik. Ota o‘zi va yaqinlarining tarixi haqida gurung berardi. “Davronbek, tez-tez chiqib turing, mana shunaqa gaplashib o‘tiraylik” derdi.
Kunlarning birida kampir vafot etdi. Ota yolg‘izlanib qoldi. Endi hisob-kitobni otaxonning Koreyadan qaytgan o‘g‘li bilan amalga oshiradigan bo‘ldim. Bir kuni kampirning o‘g‘li gap orasida aytib qoldi: “Adamga opalarim kvartira narxini oshiraylik, hozir hech kim 150$ ga ijaraga qo‘ymaydi, deb rosa gapirishdi. Adam yo‘q deb turib oldilar. Davronbek yaxshi bola. Shuncha payt onalaring shu pulga gaplashdimi, endi uni oshirmayman, dedilar”.
Bir yildan keyin otaxon ham boqiy dunyoga rixlat qildi. Men esa hali ham ijaraga 150$ to‘lardim. Ota vafotidan keyin narxni ko‘tarish masalasi yana ko‘tarilibdi. Bu safar o‘g‘il ko‘nmabdi. O‘tgan yili rossiyaliklar kelib ijara narxlari ikki baravar ko‘tarilgandan keyin o‘zim 50$ qo‘shib beradigan bo‘ldim. U ming istihola bilan rozi bo‘ldi.
Bular menga yetti yot begona, lekin Alloh menga uchratgan yaxshi odamlardan. Hozirgi davrda aynan pul borasida bunaqa yaxshilik qiluvchilar yaqinlar orasida ham topilishi qiyin.
* * *
Talabalikning ilk yili. Uydan deyarli pul olmayman. 0,25 stavka gazetada ishlayman. Ijarada turaman. Stipendiya va oylik zo‘rg‘a yetadi. Hali boshqa gazetalardan ham gonorar olib, o‘ziga to‘q talaba bo‘lmagan paytlarim.
Bir kuni o‘zimiz tarafdan bo‘lgan, bizga uzoq qarindoshchiligi bor bir talabaning dadasi kelib qoldi. Meni ham ko‘rib qolib, gaplashib qoldik. Suhbat oxirida menga g‘amxo‘rlik qilmoqchi bo‘ldi-da, qanday qilib pul berishga xijolat bo‘lib, qo‘yarda-qo‘ymay, “sochingiz o‘sib ketibdi-ku, yengillatib olarsiz” deya cho‘ntagimga pul solib qo‘ydi. Uyga borganda sanab ko‘rsam, 10 ta soch oldirishga yetadigan pul tashlab ketgan ekan.
Rahmatli ajoyib inson ekan-da. Pulni shundoq berib qo‘ysa ham bo‘lardi. Lekin meni o‘ylagan ekan. Hamiyatiga tegmasmikan degan ekan. Soch esa bahona ekan”.
Post tugadi.
Davomi Davronbek akaning Telegram kanalida.
👉 @xushnudbek 👈
Ulgurib qoling!
Elmakonda maishiy texnikalarni 30% gacha CHEGIRMA bilan xarid qiling!
Suratlarni tomosha qiling va eski-yangi narxlarni taqqoslang!
❗️Aksiya 15-28-fevralgacha amal qiladi
Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
📍Bizning 👉🏻manzillarimiz
☎️ Batafsil ma’lumot 71 203 12 03Reklama
Britaniyalik olim, Chikago universiteti professori, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi Jeyms Robinson Toshkentga kelayotgan ekan. U bilan uchrashuv o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda iqtisodchi Behzod Hoshimov ma’lum qildi.
Uchrashuv 17-mart, soat 17:00da Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasi (Trilliant) asosiy zalida bo‘lib o‘tadi (sinxron tarjima ta’minlanadi).
🎫 Uchrashuvga chiptalarni onlayn sotib olish mumkin: https://iticket.uz/ru/events/trainings/james-robinson-first-time-in-uzbekistan/25232
Olimlar, talabalar, moliya va iqtisodiyot, ishbilarmon doiralar vakillari, ijtimoiy fikr yetakchilari – ilm-fan, taraqqiyotga befarq bo‘lmagan o‘zbek kitobxonlari jam bo‘ladigan uchrashuvga siz ham keling.
👉 @xushnudbek 👈
"Yopiq davlat bo‘lib, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlamaganimiz uchun xalqni ovozini eshitmadik.
Ko‘pchilik menga ommaviy axborot vositalarini "yopishni" taklif qilmoqda, lekin men buni hech qachon qilmayman" — Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Jizzaxda yer silkinishi qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:12 da Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumanida zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila kuchi viloyatning Bahmal, Sharof Rashidov tumanlari hamda Jizzax shahrida 2-3 ball atrofida kuzatilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident Qarshidagi supermarketlardan biriga kirib, xaridorlar bilan suhbatlashdi.
👉 @xushnudbek 👈
IT kelajak sohasi ekanligiga hech kimda shubha yo’q.
Shunday ekan, IT va biznes sohalarida oliy ma'lumotga ega bo'lish, kelajak uchun eng yaxshi investitsiylardan biri.
Barcha 11-sinf o’quvchilari, abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga:
O’zbekistonda Britaniya ta’lim standartlari bo’yicha o’z faoliyatini olib borayotgan IDU (Xalqaro Raqamli Universiteti) 2023/2024 – o’quv yili uchun qabulni ochiq deb e’lon qildi.
IDU o’z talabalariga:
— yuqori talabga ega IT va biznes yo‘nalishlari;
— Britaniya standartlari asosida oliy taʼlim;
— Faol talabalik hayoti, master-klasslar, ko‘ngilochar tadbirlarni taklif etmoqda.
Universitet kirish imtihoni 11-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, imtihonda ishtirok etganlar 90% gacha grant yutishlari ham mumkin.
(Litsenziya №038673, 13.09.2022y.)
Imtihon, yo’nalishlar va qolgan batafsil maʼlumot uchun 👉shu yerga bosingTa'lim reklamasi
Huquqshunoslik fanidan namunaviy test savollari e’lon qilindi
Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab barcha davlat OTMlarida (hozircha harbiy OTMlardan tashqari) “Yurisprudensiya” yo’nalishi bo’yicha kirish test sinovlari fani o’zgaradi. Avval mutaxassislik blokida tarix va chet tili fanidan savollar berilgan bo’lsa, joriy yildan boshlab huquqshunoslik va chet tilidan savollar tushadi.
O’zbekiston tarixida birinchi marta kirish imtihonlarida huquqshunoslik fanidan test olinayotgani uchun ko’pchilik savollar qanday bo’lishi haqida tasavvurga ega emas edi.
Bilimlarni baholash agentligi (sobiq DTM) huquqshunoslik faniga oid namunaviy test savollarni e’lon qildi.
“Yurisprudensiya” yo’nalishiga topshirmoqchi bo’layotgan abituriyentlar uchun foydali bo’ladi degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Chery - O'zbekiston bozorida o’z o’rnini egallayotgan avtomobil brendi.
O'tgan yilning oktyabr oyida Xitoyning Chery avtomobil brendi O’zbekistonda avtomobillar sotishni boshladi. Krossoverlar toifasidan uchta model taqdim etildi: Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max. Mazkur avtomobillarning o'ziga xos boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlari, bu ergonomik boshqaruv tizimi, xavfsizlik, qulaylik, yangi texnologiyalarning qo‘llanishi.
Bugungi kunda 6 ta rasmiy dilerlik markazlari faoliyat yuritmoqda. Chery Sergeli va Chery Rohat – Toshkent shahrida joylashgan dilerlik markazlari. Shuningdek, Chery Andijon, Chery Farg‘ona, Chery Namangan, Chery Samarqand markazlari ham ishlamoqda. 2023-yilning oxiriga kelib, Respublikaning barcha viloyatlarida dilerlik markazlari ochilishi kutilmoqda.
Chery avtomobil brendining O'zbekiston hududidagi rasmiy distribyutori modellar qatorini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
2023-yilda zamonaviy va kuchli Arrizo 6 Pro shahar sedanini, shuningdek, Chery brendi avto ixlosmandlarini befarq qoldirmaydigan Tiggo 8 Pro Hybrid asosidagi gibrid avtomobil yetkazilishi kutilmoqda.
Chery sahifalariga obuna bo'ling:
Cheryauto.uz | Instagram | Facebook | Telegram
Qo'ng'iroq markazi
☎️ 71-276-55-55Reklama
Murodxon Ahmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Fargʻona viloyati prokurori oʻrinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Ipakchilik va tutchilik fakulteti tashkil etildi
Prezident qarori (PQ–73-son, 24.02.2023 y.) bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.
2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli OTMlarning "Ipakchilik va tutchilik" va "Ipakchilik" ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ushbu fakultetga o‘tkaziladi.
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli OTMlarda qabul to‘xtatiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ta’lim olish muddatiga mos ravishda davom ettiradi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘quv markazlarida IT sohasini o‘rganish uchun ham taʼlim krediti beriladi
Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, taʼlim krediti:
— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so‘m) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Bolalar haqini yeyishdan ham uyalmaydigan noinsoflar haqida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga beriladigan bepul nonushta tizimi qanday ishlayotganini Kegeyli tumanidagi 1, 8, 19 va 55-sonli maktablar misolida o‘rganibdi. O‘rganish natijalari o‘ta qoniqarsiz bo‘lgan, bir qancha qo‘pol xato-kamchiliklar aniqlangan.
Jumladan, berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatsiz va kam miqdorda, shuningdek, ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan hamda issiq choy berish uchun tegishli uskunalar ham yo‘q.
Eng achinarlisi chirigan olmalar va bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli taqiqlangan mahsulotlar ham berilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yildan boshlab sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga davlat byudjeti hisobidan bepul nonushta berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi. Kelgusida ushbu tizimni respublikadagi barcha maktablarda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, unga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi.
Maktubda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari hamda hamkorlik masalalari to‘g‘risida so‘z boradi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish hududi qurilmoqda
Rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon oʻrniga quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari munosabati bilan terminal oldidagi toʻsiqdan yashil hududgacha boʻlgan hudud banner bilan oʻrab qoʻyilgan. Yoʻlovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari oʻrtasida) amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi 15 million kishidan oshdi
O‘tgan yili O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi soni 15 mln 71 ming kishini tashkil etdi, bu 2021-yilga nisbatan 90,6 ming nafarga ko‘p.
📌 Mehnat resurslari soni viloyatlar bo‘yicha:
➖ Samarqand – 2,16 mln
➖ Farg‘ona – 2,09 mln
➖ Toshkent shahri - 1,91 mln
➖ Qashqadaryo-1,81 mln
➖ Andijon – 1,77 mln
➖ Toshkent viloyati – 1,61 mln
➖ Namangan – 1,59 mln
➖ Surxondaryo-1,46 mln
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,07 mln
➖ Buxoro-1,07 mln
➖ Xorazm – 1,05 mln
➖ Jizzax – 791,1 ming
➖ Navoiy – 570,2 ming
➖ Sirdaryo - 487,2 ming kishi
👉 @xushnudbek 👈
Namangandagi "University of Business and science" universitetida 2022-2023-yil uchun qabul yakunlanmoqda!
Hoziroq telefon qilib, talaba bo’lishingiz mumkun.
Kunduzgi, sirtqi va magistratura
✅ Universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo'lib, diplomi butun O'zbekiston bo'ylab tan olinadi!
Universitetda 14 ta yo’nalish mavjud (bakalavr va magistratura).
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish imkoni bor.
💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 9 mln so‘m;
Kechki — 12 mln so’m;
Kunduzgi — 15 mln so’m;
Magistratura – 20 mln so'm.
(Litsenziya №056221, 29.12.2022y.)
☎️ Qabulga hujjat topshirish uchun:
+998884791916
+998974791916
+998900331731
+998887031916
+998900111526
+998900170291
+998970381916
+998978021916
📍Toshkentdagi qabul komissiya manzili: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasi, 120-uy.Ta'lim reklamasi
Turkiyada zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan oʻzbekistonlik qutqaruvchilar Istanbul xalqaro aeroportida qarsaklar ostida Oʻzbekistonga kuzatildi.
Ular o'tirgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo'nadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Poytaxt jamoat transporti tariflari o'zgaradi
Toshkent shahrida jamoat transportida vaqtga biriktirilgan differensial tarif rejalari joriy etilishi (2023-yil 1-maydan) kutilmoqda. Bunda:
➖ bir martalik to‘lov, agar naqd bo‘lsa, 2000 so‘m, elektron to‘lovda esa 1800 so‘m bo‘lishi rejalashtirilmoqda;
➖ bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;
➖ ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;
➖ avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.
❗️Jamoat transportidan kunlik faol foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar (6 ming so‘m) joriy etiladi.
Bundan tashqari 5, 10, 15, 20 kunlik hamda 1 oylik qisqa muddatli tariflar (avtobus, avtobus+metro) joriy etilishi ko'zda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈
🇦🇪 Dubayga uzoq vaqtdan beri sayohat qilishni rejalashtirmoqdamisiz? UZTELECOM rouming xizmati bilan sayohatingiz yanada qulay va unutilmas boʻladi.
🤔 150 ming soʻm evaziga 7 kunlik yangi rouming-paketi:
🔵 BAA ichida hamda O‘zbekistonga kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 50 daqiqa;
🔵 2000 MB mobil internet-trafikdan iborat.
✅ O‘zbekistondan chiqib ketishdan oldin xalqaro rouming xizmatlarini *188# USSD soʻrovi yoki MyUZTELECOM ilovasi orqali faollashtirishni unutmang.
BatafsilReklama
Qarshi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida - tushlik vaqti. Shavkat Mirziyoyev bilim yurt oshxonasida ofitser va kursantlar bilan tushlik ustida suhbatlashdi.
👉 @xushnudbek 👈