Toshkentda Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar maxsus vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda
Birinchi marta o'tkazilayotgan tadbirda Oʻzbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etyapti.
Uchrashuvda Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlikni oʻrnatish boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligi, shuningdek, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Toshkent shahridagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIda 2022/2023-yil qabuli yakunlanmoqda!
Kunduzgi hamda sirtqi ta'lim
Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va informatika
— Ona tili va adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari
— Xorijiy til va adabiyoti
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va audit
— Bank ishi va auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr
✅ Sirtqi ta’lim: Yiliga 12,8 mln so‘mdan.
Qo'shimcha qulayliklar:
👉 Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3-kursga)
👉 2-mutaxassislikda o'qish imkoni.
(Litsenziya №049194, 18.11.2022 y.)
📲 Onlayn hujjat topshirish
Oson ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!
☎️ Call-center:
+998900331731 | Onlayn murojaat
+998917896005 | Onlayn murojaat
+998900462989 | Onlayn murojaat
+998880097751 | Onlayn murojaat
+998880097723 | Onlayn murojaat
📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE
Instagram | Telegram | Sayt | Ta'lim reklamasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlari faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishing:
👉 https://president.uz/uz/lists/view/6003
👉 @xushnudbek 👈
Biznesda to‘g‘ri savol qo‘ya bilish va unga samarali javob izlash juda muhim. Qanday qilib noldan kompaniya yaratish, muvaffaqiyatga erishish mumkin? Startaplar nima va ular qanday sharoitlarda paydo bo‘ladi? Sotish san’atini qanday o‘zlashtirish kerak? Nima uchun tadbirkorning global fikrlashi muhim?
“Asaxiy Books” o‘zbek tilida yangi chop etgan «Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday ko‘rish mumkin?» kitobida mashhur tadbirkor Piter Til mana shu savollarga javob qidiradi. Piter Til PayPal to‘lov tizimi asoschisi, Facebook’ning ilk investori, Space X va bir nechta loyihalarga birinchilardan bo‘lib investitsiya kiritgan innovator tadbirkor. U mashhur Stenford universitetida ma’ruza o‘qishga taklif qilinadi va u yerda o‘z tajribalari asosida dars o‘ta boshlaydi. Bu Stenford talabalari orasida katta qiziqish uyg‘otadi va keyinchalik darsni kitob qilib yozish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Kitob chiqqanda biznes olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Kitobda Facebook, Microsoft, eBay, Twitter, Linkedin va boshqa ko‘plab kompaniyalar misolida, Paypal’dagi ulkan tajriba asosida tahliliy va asosli ma’lumot berilgan.
Kitob tadbirkorlarga, menejerlarga, marketologlarga, IT mutaxassislariga, startap asos solmoqchi bo‘lganlarga, iqtisodiyot, soliq, davlat boshqaruvi, bank va moliya sohasida o‘quvchi talabalarga tavsiya etiladi.
Narxi: 75 000 So‘m
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/63f8931f17be5Kitob reklamasi
Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytib keldi.
Ular 24 kun davomida zilzilalardan jabr ko‘rgan turk xalqiga tibbiy yordam ko‘rsatishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Metroda endi Mobiuz mobil operatori aloqasi ishlamoqda.
Kompaniya abonentlari poytaxt metropolitenining 31 ta yerosti bekatlarida mobil internet va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin. Internetga ulanish 4G LTE/3G tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Aloqadan foydalanish uchun abonentlar qandaydir qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirishlari talab etilmaydi. Tarmoq signali avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.
Mobiuz o‘z tarmoqlari qamrovini kengaytirishga va texnik rivojlanishga katta eʼtibor qaratmoqda. Joriy yilning ikkinchi yarmida Mobiuzga Huawei kompaniyasining umumiy qiymati 23 million dollarlik uskunalari yetkazib beriladi. Kompaniya, shuningdek, Huawei va ZTE bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha memorandumlarni ham imzoladi.Reklama
MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 27 yoshda vafot etdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, u burnini operatsiya qilishi kerak bo’lgan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan.
Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiʼun.
Farhod bilan garchi hayotda uchrashish va suhbatlashish nasib qilmagan bo‘lsa-da, lekin g‘oyibona uning ijodini juda hurmat qilardim. Farhod quruq xayp ortidan quvmadi, bachkana hazillarsiz ham mashhur bo‘lish mumkinligini isbotladi. Uning videolarida intellekt bor edi. Xalqning dardu tashvishi, jamiyat muammolarini aqlli sarkazm bilan ko‘rsatardi. Shu sababli ham ko‘pchilik uni yaxshi ko‘rardi, hurmat qilardi.
Yaqinlariga, ayniqsa onasiga chin dildan hamdardman. Alloh chiroyli sabr bersin.
👉 @xushnudbek 👈
G‘alaba!
Bugun futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi U20 turnirining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Iroq ustidan 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Guruh bahsining 3-turidagi bahs 7-mart kuni Indoneziyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
🇮🇶 Iroq 0:1 Oʻzbekiston 🇺🇿
⚽️Gol: Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 17'.
🟥Chetlatish: Shahzodbek Rahmatullayev 44'.
UPD: O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining "muddatidan oldin chorak finalga chiqdik" degan xabari noto'g'ri ekan, uzr. Hali nazariy jihatdan guruhdan chiqish uchun boshqa jamoalarda ham imkoniyat bor ekan.
👉 @xushnudbek 👈
Xon Saroy music loyihasini qo‘llab-quvvatlang!
Afsuski ko’pchilik san’at deganda, fonogrammada qo‘shiq aytish tushunadigan bo‘lib qolgan. Lekin tan olish kerak, jonli ijro baribir boshqacha qadrlanadi.
O‘zbekistonda qanchadan-qancha kashf qilinmagan iste’dod egalari bor. Xonsaroy music - jonli ijroga yo‘naltirilgan O‘zbekistondagi yirik loyiha bo‘lib, aynan mana shunday iste’dod egalarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Loyiha orqali yoshlarda o‘ziga ishonch, tinimsiz harakat qilish va yangilik yaratishga motivatsiya uyg‘otish maqsad qilingan.
Tanlovning birinchi bosqichida respublikamizning barcha viloyatlaridan jami 2000 nafar ishtirokchi qatnashdi, ular orasidan saralangan eng kuchli 30 nafar ishtirokchi esa ikkinchi bosqichda o‘zaro kuch sinashadi. Yakshanba kuni soat 20:30da MY5 telekanalida qizg‘in shou guvohiga aylanishingiz mumkin.
Loyiha va uning ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlang!
📲Telegram | Xon_Saroy_Music/videos">YouTube| InstagramReklama
#imlo
Ko‘pchilik og‘zaki so‘zlashuvda “kulgU” deya talaffuz qilishga o‘rgangani sababli, yozuvda ham shunday yozilsa kerak, deb o‘ylashadi. Aslida o‘zbek tilining imlo qoidalariga ko‘ra, “kulgi” yoziladi.
Ushbu so‘zga sifat yasovchi -li qo‘shimchasi qo‘shilganda ham, harf o‘zgarmaydi. Yaʼni “kulgili” bo‘ladi, “kulguli” emas.
Bilib qo‘ygan zarar qilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
15-martdan 18-martgacha Toshkentda ilk bor Franchising Week Uzbekistan franchayzing haftaligi boʻlib oʻtadi.
️◾️ 7 ta mamlakatdan 100 dan ortiq franchayzing tarmoqlari ishtirok etmoqda;
◾️ 3000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar kutilmoqda;
◾️ 30 dan ortiq
franchayzing bozorining xalqaro ekspertlari.
Franchayzing haftaligi rejasi:
📌 15-mart - Franchayzi Akademiyasi
Tadbir bepul, tashrif buyurish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
📌 16-mart - FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN xalqaro ko'rgazmasi. Tadbir INTERNATIONAL mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Chet el va mahalliy franshizalar haqida shaxsan bilib oling yoki o'z tarmog'ingiz haqida gapirib bering!
📌 17-18-mart - Franchayzerlar Akademiyasi
Rossiya, Qozogʻiston, Qirg'iziston, Turkiya va Belarus davlatlaridan kelgan franchayzing mutaxassislari bilan chempion franshizasini yarating!
Ma'lumot uchun:
+998 99 200 82 72
+998 78 113 03 90
@uzfranchiseassociationReklama
❓GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati bekor qilindimi?
So’nggi kunlarda informatika o’qituvchilari tomonidan Google for Education sertifikati bo’yicha ustama pullari to‘lash to’xtatilgani haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, to‘lovlar to‘xtatilmagan, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan informatika fani o‘qituvchilariga ustamalar mazkur sertifikat olingan davrdan boshlab belgilangan tartibda to‘lab beriladi.
Ushbu sertifikat uchun to‘lovlar faqat Informatika fani o‘qituvchilariga tatbiq etilib, GOOGLE FOR EDUCATION sertifikati uchun boshqa fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarga ustama to‘lanmasligi bo‘yicha qonuniy ko‘rsatma berilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Universitetda ta'lim olishning foydali jihatlaridan yana biri bu — yangi do'stlar bilan tanishish.
Bizning talabalarimiz ham yangi do'stlar orttirib, kelajakdagi maqsadlari tomon birgalikda harakat qilishadi.
🏛 Toshkent amaliy fanlar universiteti — muvaffaqiyatingni birga quramiz.
(Litsenziya № 029914, 14.06.2022y.)Ta'lim reklamasi
🇺🇿🇺🇸 Senatorlar O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodini ma’qulladi.
U bugungacha tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekistonning AQShdagi amaldagi elchisi Javlon Vahobovning muddati yakunlangan va aytishlaricha, u tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari bo’lishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Yangi guruhlarga qabul boshlandi
BEGINNERʻdan to IELTS guruhlariga taklif qilib qolamiz.
🤩 Afzalliklari:
✅ 2 soat dars (minimum)
✅ sinovdan oʻtgan oʻqitish tizimi
✅ haftada 3 marta dars
✅ yakshanba kunlari 10 soatlik qoʻshimcha darslar
✅ malakali oʻqituvchilar
✅ academic support (qoʻshimcha shugʻullanish uchun 2 nafar yordamchi oʻqituvchi)
✅ oylik “progress check” test sinovi
✅ narx (400,000 — 450,000 soʻm)
❗️Shoshiling, joylar cheklangan.
📱@ray_administration
☎️ 994782500
☎️ 946177212
📍 Manzilimiz: Chilonzor-S, Choʻpon ota koʻchasi, 6-B uy
Moʻljal: Ⓜ️ Mirzo Ulugʻbek metrosi
Telegram | InstagramTa’lim reklamasi
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!
Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 8-mart — Xotin-qizlar kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 7-mart kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
Ma’lumot uchun, bu bayram arafasida qo‘shimcha dam olish kunlari ko‘zda tutilmagan. 9-mart — payshanba hamma uchun ish kuni hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.
Bir necha oy davom etgan o‘rganishlar natijasida Bosh qomusga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining yakuniy tahriri tayyorlandi.
Mazkur qonun loyihasini referendumga qo‘yishdan avval deputatlar Konstitutsiyaning 83-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusiga ega sub’yektlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.
Shuningdek, mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaviy sud tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va xulosa berilishi qayd etildi.
Maslahatlashuvlar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
10-martdan Toshkent shahrida isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilda poytaxtning isitish mavsumi 1-aprelda yakunlangandi.
👉 @xushnudbek 👈
11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
Hukumat farmoyishiga (91-F, 04.03.2023 y.) asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Soliq mobil ilovasi orqali qariyb 2,1 mln foydalanuvchiga jami 890,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlab berilgan.
20 mingdan ortiq foydalanuvchi shubhali xaridorlar ro'yxatiga tushgan.
❗️Keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar shubhali xaridorlar deb topiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Farhod Mannapovning vafotiga oid holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Farhod Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
❗️Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 116-moddasi to‘rtinchi qismi "a" bandiga ko'ra shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
👉 @xushnudbek 👈
1Fit ilovasi haqida eshitdingizmi?
Bir dona abonementni sotib olib, xohlagan sport turingizga qatnashingiz mumkin.
Hali “yuragi jiz etadigan” mashg’ulot turini topolmaganlar uchun ayni muddao: boks, yoga, ot minishni o’rganish, suzish, krossfit, raqs va boshqa 30 dan ortiq turdagi mashg’ulotlarga bitta abonement bilan qatnay olasiz. Xohlasangiz, har kuni har xil mashg’ulotlarga qatnashingiz mumkin. Joy ham muhim emas - o’zingizga yaqin va qulay joylashgan zalga boraverasiz.
8-mart munosabati bilan, 4 900 000 so’m turadigan yillik abonementni, 3 400 000 so’mga taklif qilyapmiz.
Ayoliga, opa-singlisiga Xalqaro xotin-qizlar kuniga sovg’a izlab yurganlar bo’lsa, marhamat — salomatlik sovg’a qiling.
Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi.
Ilovani yuklab olish uchun: https://app.adjust.com/7ou2kyi_gjdn5wpReklama
General-mayor Shuhratjon Sobirov Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshligʻi etib tayinlandi.
U 2020-2023-yillarda ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosiga 2021-yildan buyon polkovnik Gʻanijon Alimuhammedov rahbarlik qilib kelayotgandi.
👉 @xushnudbek 👈
🛑 Ertaga Toshkentda ayrim markaziy koʻchalar transport harakati uchun yopiladi
“Xavfsiz hayot uchun” aksiyasi doirasida marafonlar oʻtkazilishi munosabati bilan soat 06:00 dan 11:00 gacha quyida keltirilgan koʻchalar avtotransport harakati uchun cheklanadi:
➖ Islom Karimov va Furqat koʻchalari chorrahasidan Sharof Rashidov koʻchasigacha;
➖ Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab Sharof Rashidov va Afrosiyob koʻchalari chorrahasigacha;
➖ Sharof Rashidov va Afrosiyob koʻchalari chorrahasidan Afrosiyob koʻchasi boʻylab Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasigacha;
➖ Afrosiyob va Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasidan Furqat va Beshyogʻoch koʻchalari chorrahasigacha;
➖ Beshyogʻoch va Furqat koʻchalari kesishgan chorrahasidan Furqat koʻchasi boʻylab, Islom Karimov va Furqat koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
➖ 4-mart kuni soat 18:00 dan 05-mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob koʻchasi: Islom Karimov va Afrosiyob koʻchalari chorrahasidan Beshyogʻoch koʻchasigacha.
👉 @xushnudbek 👈
🚆 “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishiga qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi
9, 16, 23, 30-mart kunlari yo‘lga qo‘yilgan ushbu poyezdlar qatnovi amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi:
Toshkent 07:55 — Andijon 13:56
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi:
Andijon 15:55 — Toshkent 21:45
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jo‘mart To‘qayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
👉 @xushnudbek 👈
Xotin-qizlar o‘rtasida yirik “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi. Bugun turnirning hududiy saralash bosqichi respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi.
Turnirda jami 400 dan ortiq jamoa qatnashdi. Ishtirokchilar orasida turli kasb egalari, olimlar, talaba va o‘quvchi qizlar, uy bekalari, umuman kasbidan qatʼi nazar, barcha soha vakilalari mavjud.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 42 ta jamoa o‘rtasida 13-mart kuni final o‘yini bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
Samarqandda dastavval Yevropaga, soʻngra Meksika orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish uchun 40 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 12 ming AQSh dollari olgan shaxs ushlandi.
U avval ham bir necha shaxsni AQShga noqonuniy yuborgani aytilmoqda.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Elektr, gaz va suvga tijoriy maqsadda noqonuniy ulanish oʻgʻrilik jinoyati deb baholanishi haqida qonun ma’qullandi
Senatning 37-yalpi majlisida ma’qullangan qonunga ko’ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud ularni hisobga olish asboblari va plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, ushbu qilmishlarni kommunal xizmati tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari bilan til biriktirib, sodir etilgan jinoyat holatlari endilikda o‘g‘rilik jinoyati deb baholanishi nazarda tutilmoqda.
❓Tijorat maqsadi nima?
Jinoyat kodeksiga “tijorat maqsadi” tushunchasi kiritilib, jismoniy va yuridik shaxslarning muayyan faoliyatida foyda, daromad olish, naf ko‘rishga qaratilgan maqsad ekanligi belgilanmoqda.
❓Kim tergov qiladi?
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi qonun bilan mustahkamlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Chimkent shahrida Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo’mart To’qayevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈