xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

❗️ Referendum o‘tkazish haqidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning ochiq sud majlisi shu yil 13-mart kuni bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⛔️ 🚘 11-12-mart kunlari poytaxtning ayrim koʻchalari vaqtincha yopiladi

Navroʻz bayramiga bagʻishlangan ommaviy yugurish musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkentning ayrim koʻchalari avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Jumladan, 11-mart soat 10:00 dan 12-mart soat 16:00 gacha:

➖ Afrosiyob koʻchasi – Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

12-mart soat 06:00 dan 14:00 gacha:

➖ Afrosiyob koʻchasi – Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Sharof Rashidov koʻchasi – Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Islom Karimov koʻchasi – Sharof Rashidov koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Afrosiyob koʻchasi – Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Shahrisabz koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Shahrisabz koʻchasi – Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Amir Temur shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Oybek koʻchasi – Shahrisabz koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Nukus koʻchasi – Oybek koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;
➖ Abdulla Qodiriy koʻchasi – Istiqbol koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Abay koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi etib saylandi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga ushbu oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Referendum 30-aprel - yakshanba kuni bo'lib o'tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xususiy maktablarda 46 mingga yaqin o‘quvchi o‘qimoqda

Mamlakatda jami 194 ta nodavlat umumta’lim tashkilot (xususiy maktab)lari faoliyat yuritmoqda (2022/23-o‘quv yili boshiga ko‘ra). Ulardagi jami o‘quvchi soni 45 927 nafarga yetgan.

❗️ Yillar kesimida xususiy maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:

— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar;
— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar;
— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar;
— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar;
— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 45 927 nafarni tashkil etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Deputatlar Konstitutsiya loyihasi moddalar bo'yicha ko‘rib chiqishmoqda.

Ayrim moddalarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tufayli majlis ishi ertagacha tanaffus e’lon qildi.

Majlis 10-mart kuni soat 10:00da o‘z ishini davom ettiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

«Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani» — Jahongir Shirinov.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi:

Yangilanayotgan Konstitusiya loyihasida Senatni ixchamlashtirish, Senatorlar sonini amaldagi 100 nafardan 65 nafarga qisqartirish taklif etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgan, Asosiy qonunning 65 foiz matni yangilangan.

Konstitutsiyani yangi tahrirda bayon etish uchun barcha asoslar yetarli. Shuning uchun loyihani "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni" deb atash taklif etilmoqda - Jahongir Shirinov.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-maydan boshlab fuqarolardan davlat xizmatlari va kommunal to’lovlar uchun vositachilik haqi (komissiya) olinmaydi

Prezident qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab jadval (rasm)da keltirilgan, benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qat’i nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ⓜ️ Toshkent metropolitenining "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishi 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yil 11-martdan 18-martgacha vaqtincha yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatmaydi.

🏗 Bu Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari bilan bog'liq.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rossiyalik jurnalist Toshkentda vafot etdi

Shu yil 8-mart kuni Aleksandr Nechayev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi kvartirasida jonsiz holda topilgan.

O‘lim sababini aniqlash uchun o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, 36 yoshli rossiyalik jurnalistning o‘limi "surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi"dan kelib chiqqan.

Tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#imlo

Ushbu so‘zda ham ko‘pchilik og‘zaki so‘zlashuvdagi talaffuzga asoslanib, fidoiy yozadi (118 ming nafar ovoz beruvchilarning 63%i xato qilgan).

Lekin o‘zbek tilining imlo qoidalariga ko‘ra, aslida fidoyi yoziladi.

Bilib qo‘ygan yaxshi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni.

Baxtimizga onalarimiz, opa-singillarimiz, jufti halollarimiz, qizaloqlarimiz, buvijonlarimiz, amma-xolalarimiz sog’-salomat bo’lishsin, ilohim. Ularni faqat yilda bir marta bayramda emas, har kuni qadrlashimiz, e’zozlashimiz kerak aslida.

Bayramingiz muborak, aziz ayollar!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

✅ Bunda quyidagicha bo‘ladi:
18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga 11-mart barcha xodimlar uchun ish kuni

Prezident farmoniga muvofiq 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 11-mart — shanba dam olish kuni 20-mart — dushanbaga ko‘chirilgan.

Shu sababli ertaga, 11-mart - shanba barcha xodimlar uchun (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarga odatdagi) ish kuni hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣 Sanoqli xonadonlar uchun maxsus bahoriy aksiya

🌸 "Orzular" hamda "Ocean" loyihalarining barcha qavatida joylashgan maxsus xonadonlarni qulay shartlar asosida 36 oylik muddatli to'lovga xarid qilib oilangizga bahoriy kayfiyatni taqdim eting.

Shartlari:
— 30% boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish xolos.

Shoshiling, 36 oylik muddatli to‘lov aksiyasi 31-martga qadar amal qiladi.

Bot orqali bog‘lanish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

☎️ 712007400
☎️ 555017400

Telegram | Instagram | Sayt | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Konstitusiyaning yangi tahriri to‘g‘risidagi qonun 132 ta ovoz bilan qabul qilindi

📝 Referendum byulletenida:

“Siz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?” deb yoziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan Yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Jonli efirni quyidagi havola orqali kuzatish mumkin:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=umOIxJ7ZR9c


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2️⃣1️⃣ raqami endi nafaqat Navro'z bayrami haqida

Faqat 1️⃣0️⃣-2️⃣1️⃣-mart kunlari Ark Buloq xalqaro savdo markazida o'z biznesingizni qulay to'lov shartlari bilan boshlashingiz mumkin.

2️⃣1️⃣% — CHEGIRMA
2️⃣1️⃣% — BOSHLANG'ICH TO'LOV
2️⃣1️⃣ oygacha MUDDATLI TO'LOV

Maydonlar o'lchami har bir yo'nalish uchun har xil:

💠 Do'konlar uchun: 18 m² — 130 m²
💠 Mehmonxona uchun: 35 m² — 50 m²
💠 Ofis uchun: 31.8 m² — 50 m²

Batafsil
⤵️
📲 @arkbuloq1 ☎️ +998956068888
📱@arkbuloq 🌐 www.arkbuloq.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Maktablarda III chorakning soʼnggi kuni 18-mart - shanbaga to'g'ri keladi

Bahorgi ta'til 7 kalendar kun davom etadi.

Farmonga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-martdan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

IV chorak 27-mart - dushanba kunidan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi:

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlashi, shuningdek, OAV faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mustahkamlab qo'yiladi - Jahongir Shirinov.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jahongir Shirinov:

“Konstitutsiyada shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlmasligi belgilanmoqda.

Ushbu qoida zarracha aybi yoʻq shaxsga nisbatan aybdor sifatida qarash kabi sarqitlardan holi etishga qaratilgan”.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qonunchilik palatasining Yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi masala ko‘rib chiqiladi.

Jonli efirni bu yerda kuzatish mumkin:

👉 https://www.youtube.com/watch?v=cSEi0qqwOEc


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Bugun deputatlar referendum o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o’tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yalpi majlisi bugun soat 15:00dan boshlab “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” teleradiokanallari, "UzReport" telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, YouTube'dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Konstruktor" tarifi bu yanada ko'proq internet imkoniyatlari, yanada ko'proq chegirmalar! Telegram, WhatsApp va Viber messenjerlari uchun internet-paketlarni ulang.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xizmatchilari ko‘proq qaysi kasalliklarga chalinishi ma’lum qilindi

Jami 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari (mahalliy hokimliklar xodimlari) 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o'tkazilgan.

Xulosalarga ko‘ra, hokimlik xodimlarida:

➖ ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit);
➖ yurak qon tomir (arterial gipertoniya);
➖ asab tizimi (osteoxondroz);
➖ ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔥 CHEKSIZ TRAFIKKA NIMA YETSIN!

«Doimiy» yangi tariflar tizimiga ulaning va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ling:
✅ Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, hatto YouTubedan ham cheksiz foydalanish;
✅ O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar.

Shuningdek:
✅ Hisobda mablag' qolmasa ham aloqa xizmatlari ishlaydi;
✅ Tarif bo‘yicha ishlatilmagan MB hamda SMSlar «kuymaydi» va navbatdagi oyga o‘tkazib beriladi.

Tarifga o‘tish👉 *120#

Cheksiz trafik va qulay shartlarga ega tariflar imkoniyatini birinchilar qatorida sinab ko‘ring!

Batafsil: www.ucell.uz/b
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Osiyo kubogi. Oʻzbekiston U20 terma jamoasi chorak finalga yoʻl oldi!

Bugun futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi U20 turnirining 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi va 7 ochko bilan, guruhda 1-oʻrinni egallab chorak finalga yoʻl oldi.

Endi yoshlarimiz 11-mart kuni chorak finalda Avstraliya U20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bahorgi qabul jarayonlari davom etmoqda!

📚 Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti tegishli litsenziya asosida o'z faoliyatini boshlagan.
(Litsenziya №056369.)

📌 Siz ushbu institutda quyidagi yo'nalishlardan birini tanlab kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarida o'qishingiz mumkin:
- Xalqaro munosabatlar
- Iqtisodiyot
- Menejment
- Pedagogika va psixologiya
- Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz, ingliz, arab va rus tillari filologiyasi)

E'tiborli jihati shundaki, bahorgi mavsum uchun qabul qilingan sirtqi ta'lim shakli talabalari joriy yil oktyabr oyidan 2-kurs talabasi sifatida o'qishni davom ettirishlari mumkin bo'ladi.

Institutga qabul imtihonlari onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin:

Bahorgi qabulga hujjat topshirish uchun havola: http://bit.ly/3ZnrxxE

Administrator bilan bog'lanish
☎️ 78 113-13-73

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…
Subscribe to a channel