⛽️ “O‘zbekneftgaz” AJ shoxobchalarida AI-92 benzin 7500 so‘mdan sotilmoqda.
UNG Petro bu Navro‘z bayrami munosabati bilan vaqtinchalik "bahoriy chegirma" ekanini ma’lum qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov lavozimidan ozod etildi.
U 2022-yil 30-aprel kuni mazkur lavozimga tayinlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli «Yoshlik» konini o‘zlashtirish loyiha ofisi rahbari, 2019-2020 yillarda esa “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi bo‘lgan.
Bunga qadar “O‘zbekneftgaz” AJni boshqargan Mehriddin Abdullayev esa eski ish joyiga qaytdi va Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoniga ko‘ra:
✅ 2023-yil 1-apreldan boshlab:
➖ halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodim) oila a’zolariga biryo‘la beriladigan nafaqa marhumning oxirgi egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 baravari miqdorida;
➖ davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi doirasida harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lganda to‘lanadigan sug‘urta summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (60 mln so'm) miqdorida belgilandi.
✅ 2023-yil 1-iyundan boshlab:
➖ halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodim) farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ta’lim olishi ta’minlanadi;
➖ ota-onalariga yiliga ikki marta temir yo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi;
➖ oila a’zolariga tegishli tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam olish huquqi saqlab qolinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat hokimi etib tayinlandi
2022-yil dekabr oyidan Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Ulug‘bek Qosimov davlat rahbari ishtirokida o‘tayotgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu lavozimga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiyani yangilashga oid qonunni Senat ma'qullashi qoldi. Shundan keyin 3 kun ichida qonun matni e'lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiyaviy sud:
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi.
👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi «Oskar» mukofoti o‘z egalariga topshirildi
Gʻoliblar:
➖ Eng yaxshi animatsion film: «Pinokkio Gilermo del Toro»;
➖ Eng yaxshi operatorlik ishi: «Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz»;
➖ Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: «Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz»;
➖ Eng yaxshi kostyumlar: «Qora pantera: abadiy Vakanda»;
➖ Eng yaxshi grim va turmaklar: «Kit»;
➖ Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: «Irlandcha xayrlashuv»;
➖ Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: «Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot»;
➖ Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: «Fillarni qarg‘ovchilar»;
➖ Eng yaxshi xorijiy film: «Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz» (Germaniya);
➖ Eng yaxshi hujjatli film: «Navalniy»;
➖ Eng yaxshi vizual effektlar: «Avatar: suv yo‘li»;
➖ Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu «RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda» (Hindiston);
➖ Eng yaxshi musiqa: «Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz»;
➖ Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert («Hammasi har joyda va birdan»);
➖ Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yeo («Hammasi har joyda va birdan»);
➖ Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer («Kit»)
➖ Eng yaxshi film: «Hammasi har joyda va birdan»;
➖ ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jeymi Li Kyortis («Hammasi har joyda va birdan»);
➖ ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan («Hammasi har joyda va birdan»).
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
Telegramdagi kanal va guruhlarda firibgarlarning navbatdagi aldov xabari aylanib yuribdi.
Unda "5 daqiqa ichida 50 mln so‘mgacha kreditni 0% bilan 36 oy muddatga rasmiylashtirish mumkin"ligi aytiladi,
Bunga aslo ishonmang. Bu xabarda yozilganidek, hech qanaqa 0% lik kredit yo’q!
⚠️ Yana bir bor eslatamiz!
Iltimos, internetda duch kelgan tekin narsaga ishonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovg‘a, tekin aksiya, foizsiz kredit va h.k. Bularning deyarli barchasi yolg‘on. Shubhali manzillarga hatto qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda yuk poyezdining vagonlari relsdan chiqib ketdi
Hodisa bugun 11-mart kuni Toshkent shahridagi Hamza stansiyasida sodir bo‘lgan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🎞 Abdulla Oripov hayotiga bag'ishlangan badiiy film jurnalistlar va soha mutaxassislari uchun namoyish etildi.
Film ijodkorlariga ko‘ra yaqin kunlarda taqdimoti kutilayotgan kinoasar orqali tomoshabin shoir haqidagi bilmaganlarini bilib oladi.
Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan ishlangan film Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi tomonidan Muzaffarxon Erkinov rejissyorligida suratga olingan.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Toshkent shahrini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga doir Prezident qarori qabul qilindi
✅ Unga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar:
➖ “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari (100 MVt);
➖ “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” (Xitoy) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari (100 MVt) ishga tushirilishi belgilandi.
Manba: O‘zA
👉 @xushnudbek 👈
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov UNESCOning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha xalqaro mukofoti sohibi boʻldi.
Mukofotni topshirish marosimi Ekvatorial Gvineyaning Jibloxo shahrida boʻlib oʻtgan. Mukofot miqdori — 350 ming dollarni tashkil qilib, bu summa toʻrt gʻolib orasida teng boʻlinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Shuxrat Xudaykulov “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining tijorat va turizm bo’yicha o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Kompaniyani boshqarish shu paytga qadar transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuklatilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Boshlang‘ich 25% to‘lov bilan kvartira xarid qiling va qolganini foizsiz muddatli to‘lov bilan amalga oshiring.
Uylarning maydoni: 51m²dan (1 xona) 113 m²gacha (4 xona)
Bo‘lib to‘lash muddati: 12—36 oy
Xonadonlar: ta’mirsiz
Xonalar: bo‘lingan
Shift balandligi: 3,30 metr
Uy devorlari g‘ishtdan
2024-yil 3-choragida orzungizdagi uyga ko‘chib o‘ting.
📍Manzil
+998 55-500-60-06
@ZaminQurilish
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumaniReklama
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi “Termiz” dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining batalon taktik o‘quvini kuzatdi.
👉 @xushnudbek 👈
Ertaga, 14-mart kuni soat 15.00 da Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda Konstitutsiyaviy qonun va referendum o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈
🟢// PDP University'da kuzgi qabul uchun kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda!
Xalqaro darajadagi IT mutaxassis bo‘lish uchun chet elda o‘qish shart emas! PDP University — Buyuk Britaniya xalqaro diplomini taqdim etuvchi O‘zbekistondagi to‘laqonli IT universitet!
📃 Universitet Sizga qator imkoniyatlarni taqdim etadi:
- O‘zbekistonda turib xalqaro universitet talabasi bo‘lish
- Kontraktni oyma-oy bo‘lib to‘lash
- O‘zbek + ingliz tilida ta’lim (2+2)
- IT'ning TOP yo‘nalishlari
- IT'ga parallel chuqurlashtirilgan ingliz tili
- Professional mentorlardan saboq
- StartUp loyihalar yaratish
- Brend kompaniyalarda amaliyot o‘tash va ishlash
📌 17-mart PDP University'da kuzgi qabul uchun kirish imitihonlari o‘tkaziladi!
Imtihon fanlari: Matematika va Mantiq
☀️ Jazirama yozni kutmay, hoziroq kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘ting!
Ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/3JAhzUj
☎️ 78-777-77-47 | Ta'lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev:
“Katta-katta davlatlar aytyapti: O‘zbekiston, sen kim tomondasan? Neytral bo‘lib yurishing bo‘ldi endi. Yo u tomonga o‘t, yo bu tomonga.
O’zbekiston aholisi 36 mln bo’ldi, yaqinda 40 mln bo’ladi. Katta davlatga aylanadi. Markaziy Osiyoda O’zbekiston bizga kerak. Kim tomondasizlar?
Bunga mening javobim bitta: millatim, xalqim tomondaman, Buyuk O’zbekiston manfaati uchun o’lishga ham tayyorman, deb javob beraman”.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov:
Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, boshqa hamma qonunlar va O‘zbekistonning xalqaro hujjatlariga to‘liq mos keladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, soat 11:00da Qonunchilik palatasi qarorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning ochiq sud majlisi boshlanadi.
Sud majlisi:
-“O‘zbekiston 24”teleradiokanal;
-“O‘zbekiston” teleradiokanali;
-“Uzreport” telekanali va uning feysbukdagi sahifasi;
- uzmtrk">O'zMTRK'ning YouTube’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Davlat fuqarolik xizmatchisining xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tasdiqlagan nizomga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin.
✅ Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:
➖ milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
➖ sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
➖ sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
➖ davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
➖ manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.
✅ Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.
✅ Sovg‘aning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.
❗️Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) dan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.
Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), shuningdek kanselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.
❌ O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️❗️OʻZBEKISTON JAHON CHEMPIONATIDA!
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida Avstraliyani mag’lub etib, Osiyo kubogining yarim finaliga yoʻl oldi va JAHON CHEMPIONATIga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Barakalla, yigitlar! Ota-onangiz va ustozlaringizga ming rahmat!
👉 @xushnudbek 👈
Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
Odatda pul orttirish, pul yigʻish biz uchun muammodek. Koʻpchiligimiz kredit va qarz bosimi ostida yashaymiz, topgan pulini bukmekerlarga yoki boshqa foydasiz narsalarga sarflayotganlar ham koʻp. Oramizda daromadidan qatʼi nazar «qurbim yetmaydi» deya orzularini ortga suraveradiganlar bor. Hatto daromadi koʻpaysa-da, pul orttirolmaydiganlar, hayoti yaxshilanmaydiganlar juda koʻp. Muammo moliyaviy savodxonlikda, pulini boshqarishni bilmaslikdadir.
“Asaxiy Books” moliyaviy savodxonlik, pulga nisbatan munosabat qanday boʻlishi kerakligi haqida kitob chop etdi. Bu boy boʻlish haqidagi navbatdagi motivatsion kitob emas, aksincha daromadlaringizni, shaxsiy va oilaviy iqtisodni boshqarishda qarashlaringizni oʻzgartiradigan hayot hikoyasidir. Kitobda qiyin formulalar yoʻq, barchasi bir qizning hayoti orqali qiziqarli hikoya tarzida sodda va tushunarli bayon qilingan. Kitobni oʻqish, amal qilish va natijasiga guvoh boʻlish kerak xolos.
Bu kitobni qancha tez oʻqisangiz, farzandingizga oʻqitsangiz va amalda qoʻllasangiz shuncha foydali boʻladi.
Kitob oʻqish uchun eng yaxshi vaqt esa — hozir.
Kitobni xarid qilish: asaxiy.uz/u/63dcb1917d410
Buyurtmalar O'zbekiston bo'ylab yetkazib beriladi.Kitob reklamasi
MIB direktori o‘zgardi
Prezidentning tegishli Farmoniga asosan Muzaffar Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bugunga qadar MIB direktori lavozimida Xasan Kabirdjanov ishlab kelayotgandi.
👉 @xushnudbek 👈
✅ Shuningdek, joriy yilda:
➖ Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari quriladi;
➖ Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning o‘tkazish quvvati 179 MVAga oshiriladi;
➖ eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bekzod Abduqayumovich Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Endi noutbuklarga kafolatlangan sovg’alar beramiz! 🎁
💻 Elmakon do’konlaridan noutbuk xarid qiling va
- Elmakon rasmiy ryukzak
- Sichqoncha
SOVG’Aga oling! 🎉
Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
☎️ Batafsil ma’lumot 71 203 12 03Reklama
⚡️ 11-mart kuni o'tkazilishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 18-mart sanasiga ko'chirildi.
👉 @xushnudbek 👈