YChL chorak finaliga qurʼa tashlandi
Quyidagi jamoalar 1/4 finalda o'zaro kuch sinashadi:
Manchester Siti — Bavariya
Real Madrid — Chelsi
Inter — Benfika
Milan — Napoli
Chorak finalning dastlabki bahslari 11–12-aprel, javob o‘yinlari esa 18–19-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
💾 YUKLAB OLISH (PDF)
👉 @xushnudbek 👈
❗️15 kundan kamroq vaqt qoldi
2010-yilgacha olingan eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish muddati shu yil 31-mart kuni tugaydi.
1-apreldan boshlab (agar muddat yana uzaytirilmasa) bunday haydovchilik guvohnomalari o‘tmaydi va haydovchi jarimaga tortilishi mumkin. Jarimasi (MJtKning 135-moddasi birinchi qismi) 300 ming so‘m bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 18-20- va 22-mart (dam olish) kunlari ham, soat 9:00dan kechgi soat 18:00 gacha DXM hamda IIBB YHXB bo‘limlarida eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.
👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, mana buning javobini aytish esimdan chiqibdi.
Birinchi marotaba imloga oid testimizda ko‘pchilik (63%) to‘g‘ri javob beribdi. Yoki rostdan ko‘pchilik fojia so‘zi qanaqa yozilishini yaxshi biladi, yoki tavakkal qilishgan :)
Har qanaqasiga ham savodxonlik masalasidagi ijobiy natija doim meni xursand qiladi. O‘zbek tilida bexato yozishni o‘rganishimiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Markaziy saylov komissiyasining referendumni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha majlisi boshlandi.
📺 Jonli efirni tomosha qilish
👉 @xushnudbek 👈
⚽️🇺🇿 OʻZBEKISTON FINALDA!
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida 🇰🇷 Janubiy Koreyani mag’lub etib, Osiyo kubogining finaliga yoʻl oldi.
Barakalla, yigitlar! Qoyil!
Ayniqsa, darvozabonimiz Otabek Boymurodov penaltilar seriyasida naq 3 ta zarbani qaytarib, haqiqiy qahramonga aylandi.
Endi yigitlarimiz finalda 🇮🇶Iroq bilan kuch sinashadi. Final 18-mart, shanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Navro‘z bayramida qaysi sanalar dam olish kunlari bo'ladi?
✅ Navro‘z bayrami munosabati bilan:
➖ 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun;
➖ 6 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
✅ Bunda quyidagicha bo‘ladi:
➖ 18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
➖ 19-mart, yakshanba —
dam olish kuni;
➖ 20-mart, dushanba — dam olish kuni;
➖ 21-mart, seshanba — dam olish kuni;
➖ 22-mart, chorshanba — dam olish kuni.
❗️23-mart, payshanba — barcha uchun ISH KUNI.
Batafsil bu yerda tushuntirganman.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bolalar uchun davlatdan 2 mln so’mdan pul berilmayapti, shunaqa xabar kelsa, darrov hovliqmanglar. Hatto eng yaqin tanishingiz yuborgan bo’lsa ham. Hech narsani bosmang, hech qanaqa havolaga kirib ko’rmang.
Batafsil bu yerda tushuntirganman.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.
Qonun loyihasi "Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida ham berilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Senatorlar Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qoʻyishni maʼqulladi.
Qonun matni 3 kun ichida eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiyaviy sud qaroriga ko‘ra:
➖ Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqida”gi qarori Konstitutsiyaga muvofiq deb topildi;
➖ Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar mavjud emas, shuningdek, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini referendumga qo‘yish Konstitutsiyaga muvofiq deb hisoblandi;
➖ Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini qabul qilish va referendumni tayinlash tartibiga rioya etilgan deb topildi.
Qarorning to'liq matni
👉 @xushnudbek 👈
🔝 Xalqaro ta'lim yiliga atigi 11 500 000 so'mdan!
Toshkent shahridagi Adju universiteti 2023/24-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlanganini e’lon qiladi!
🗓 Qabul 15-mart kuni ochiladi.
✅ Adju universitetining afzalliklari:
➖ Xalqaro darajadagi diplom
➖ Koreyada o’qish imkoniyati
➖ Koreya ta'lim dasturi
➖ Ish bilan ta'minlash kafolati
➖ Yiliga 11 500 000 so'mdan maqbul shartnoma miqdori va grantlar
✅ Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
➖ Arxitektura
➖ Qurilish muhandisligi
➖ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
➖ Koreys tili va filologiyasi (kunduzgi va kechki)
O’rta ta’lim maktab va akdemik litseylar bitiruvchilariga ta’lim muassasasini bitirmasdan turib Universitetga kirish imtihonlarga qatnashib, o’z bilimlarini sinab ko’rish imkoniyati beriladi.
✅ Imtihon 7-may kuni Koreya Respublikasining Adju universiteti vakillari ishtirokida bo’lib o’tadi.
📝 Ariza to‘ldirish uchun:
➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport / ID);
➖ Ta'lim haqidagi hujjat (shahodatnoma yoki diplom);
➖ 3,5 x 4,5 foto;
➖ IELTS 5.0+ yoki uning ekvivalenti (agar mavjud bo'lsa)
talab etiladi.
📝 Hujjatlarni quyidagi usullar oraqli topshirishingiz mumkin:
➖ admission.ajou.uz saytida onlayn shaklda
➖ universitet kampusida oflayn shaklda.
☎️ Batafsil ma’lumotlar uchun:
+998 71 208 69 69
+998 71 207 65 27
+998 71 207 65 29
+998 71 207 65 66
+998 71 207 65 25
+998 93 311 65 25
+998 93 312 65 25
🕊 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 Web-site | Ta'lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev Boysun-Denov yo‘nalishidagi yo‘llar sifati bo‘yicha odamlardan tushayotgan e’tirozlarni inobatga olib, Surxondaryo yo‘llarida o‘zi avtomobil haydab ko‘rishga qaror qildi.
👉 @xushnudbek 👈
#befarqemasman
Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev o’z tajribasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlaridagi o’zgarishlar haqida so’zlab berdi.
“Loqaydlik dunyodagi eng kuchli zilzila va bo’rondan ham yomonroq, befarq bo’lmang” deydi u.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Sayyid Rahmatulloh Termiziy domla Тoshkent shahridagi «Minor» masjidi imom-xatibligiga qaytdi.
Shu yil yanvar oyi boshida Rahmatulloh domla salomatligi sabab o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda «Minor» masjidi imom-xatibligi vazifasidan ozod etilgandi.
👉 @xushnudbek 👈
"Avant" brendi ostidagi izobazalt mahsuloti haqida eshitganmisiz?
Mahsulotning afzalliklari talaygina:
- yuqori sifatli avtomatlashtirilgan liniyada ishlab chiqariladi;
- 50 yillik kafolat;
- xaridorlar mahsulotni o'zlari istagan hajmda buyurtma qilishlari mumkin.
Asosiysi ushbu sifatli mahsulotni faqatgina bizning zavoddan olishni tavsiya etamiz.
📞Murojaat uchun telefon:
+99895 606 33 33
Telegram | Instagram |Avantgroup.uz | YouTube | Reklama
⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foizga tushirdi.
Bunga qadar yillik 15 foiz edi.
👉 @xushnudbek 👈
#befarqemasman
“Zakovat” intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdulllayev “Zakovat” klubi aʼzolari, bilimdonlar va bilimga beeʼtibor bo‘lmagan insonlarga murojaat bilan chiqib, ularni referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
"Chunki men kelajagimga befarq emasman" deyiladi murojaatda.
📚 Ipak yoʻli innovatsiyalar universitetida oʻquv jarayonlariga start berilmoqda!
Universitetning afzal tomonlari — Oʻzbekiston boʻylab tan olinadigan diplom, 2-kurs oxiridan ishlash imkoniyati.
Mazkur oliy taʼlim muassasasida quyidagi yoʻnalishlar mavjud:
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Boshlangʻich taʼlim.
❗️Universitetda 2 va 3-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2023-yil 27-martdan boshlanadi.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998994802441
+998994902441
+998997602441
+998997902441
Telegram | Sayt | Instagram | iyiuuz">YouTubeTa’lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqara shahriga yetib keldi.
👉 @xushnudbek 👈
Internetdan daromad topishni o’rganish endi oson va arzon!
📣 Space Academy ning Onlayn SMM Bootcamp kursiga 1-aprelgacha ro'yxatdan o'ting va o'qish uchun 35% chegirmaga ega bo'ling. Ya'ni 3 oylik kurs uchun 2 000 000 so'm emas, 1 300 000 so'm to'lashingiz kifoya!
📌 Kurs davomida:
— Strategiya tuzish;
— Professional SMM;
— Mobilografiya;
— Target bilimlari o'rgatiladi.
🚀 O'qish davomida yuqori ball to'plagan talabalarni ish bilan ta'minlaymiz!
🔥 Hamyonbop narxda daromadli kasbni o'zlashitirish uchun formani to'ldiring 👇
👉 Ustiga bosing: https://bit.ly/3FnMHUqTa’lim reklamasi
⚡️ 2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda tegishli Prezident qarori qabul qilindi.
Bunda, Toshkent metropolitenining mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.
👉 @xushnudbek 👈
IT Park University'da hujjatlarni qabul qilish boshlandi!
🤩 3 yil ichida IT sohasi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’ling. Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.
❗️Barchani 17-mart soat 16:00 da «Qanday qilib IT Park University talabasi bo'lish mumkin?» nomli vebinarimizga taklif etamiz.
✅ Universitet haqida batafsil ma’lumot
🤖 @itpu_bot
☎️ +998(55) 503-99-99Ta'lim reklamasi
❗️Diqqat, Telegramda “virus” tarqaldi!
Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing.
Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:
✅ Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:
➖ So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;
➖ Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;
➖ Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.
✅ Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.
✅ Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.
‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:
duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.
👉 @xushnudbek 👈
YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklovni olib tashlash muhokama qilindi
Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov hamda Administratsiya Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi, shuningdek, koʻplab blogerlarning YouTube monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olindi.
👉 @xushnudbek 👈
Senatning navbatdagi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqiladi.
Yalpi majlis Senatning YouTube'dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.
📺 Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
https://www.youtube.com/watch?v=Wbwh7vuXmQY
👉 @xushnudbek 👈
Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi
U tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
👉 @xushnudbek 👈
🚆 Toshkentdan Samarqand va Qarshi yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdlari qoʻyiladi
17-martdan 23-martgacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida qoʻshimcha 6 ta reys (“Afrosiyob” elektropoyezdi) harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
➖ 767-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19
➖ 768-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48
Shuningdek, 20-21-mart kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha 2 ta reys (“Afrosiyob” elektropoyezdi) harakati yoʻlga qoʻyiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
➖ 780-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi
Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21
➖ 779-sonli “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi
Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
👉 @xushnudbek 👈