AQSh Prezidenti Jozef Bayden Navro‘z bayrami munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-20 jamoasi a’zolariga Gentra avtomobillari (jami 33 ta) topshirilmoqda.
Manba: O’zA
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi xokkey bo’yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo va Okeaniya chempionatida 🥇oltin medalni qo’lga kiritibdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ish beruvchilar va xodimlarga eslatma!
Bugundan boshlab barcha xodimlar 4 kun dam oladi. Ayrim ish beruvchilar bunday kunlarda ham xodimlarini ishlatishga harakat qilishadi.
Shunday paytda ish beruvchi va xodimlar bilib qo‘yishi kerak bo‘lgan tartib-qoidalar bor.
Mehnat kodeksining 130-moddasiga ko‘ra:
❌ dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi.
⚠️ Alohida hollardagina jamoa shartnomasida (agar u tuzilmagan bo‘lsa kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib) belgilangan asoslar bo‘yicha, buyruq (farmoyish) asosida dam olish kunlarida ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.
Grafik-navbatchilik shaklida ishlaydiganlarda tartib sal boshqacharoq.
Kodeksning 157-moddasiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun:
💵 kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi;
🛌 yoki xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) beriladi.
✅ Bayram kunidagi ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.
🛑 Quyidagilarning roziligisiz dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish mumkin emas:
— homilador ayollar;
— 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
— 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor ayollar.
👉 @xushnudbek 👈
Muqaddas Ramazon oyida Umra ziyoratini 16,6 mln so‘mdan boshlab amalga oshiring.
«Standart» to‘plami bo‘yicha qulay sharoitlarda Makka va Madinada 14 kun.
✈️21.03.2023-04.04.2023
✈️23.03.2023-06.04.2023
Toshkent-Jidda-Toshkent
Uzbekistan Airways orqali
🔥 Boeing-787 Dreamliner
Madina (3 kecha) — Nusuk al Hijra 3* ( An-Nabaviy masjidigacha - 150 m).
Makka (11 kecha) — Mawaddah al Naseem 3* (al-Haram masjidigacha - 2 km).
✅ Bir kishi uchun narx: 16,6 mln so‘mdan boshlab (to‘rt kishilik joylashuv).
Narxga quyidagilar kiradi:
- malakali ellikboshi;
- Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish;
- transfer;
- mehmonxonalarda yashash;
- kuniga 2 mahal ovqatlanish;
- tibbiy sug‘urta;
- viza;
- sovg‘aga brend mahsulot.
✔️ Biz bilan bog‘laning:
+998712112222
📞Javohir +998908308002
📞Rushana +998908308003
📞Aziz +998908308001
📞Gulmira +998999368788
📞Sardor +998908308004Reklama
🇺🇿 Otabek Boymurodov — U-20 Osiyo kubogining "Eng yaxshi darvozaboni"
👉 @xushnudbek 👈
🏆 G'alaba!
O'yin 1:0 hisobida O'zbekiston jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.
🇺🇿 O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi g'olibi!
Barakalla yigitlar! Rahmat sizlarga!
Hamma vatandoshlarimizni chempionlik bilan tabriklayman.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ Gol videosi.
Futbolchilar, terma jamoa vakillari hamda minglab muxlislar quvonchi.
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!
➖ Ertaga barcha fanlardan Respublika miqyosida 32-diagnostik imtihon bo'lib o'tadi.
➖ Onlayn imtihon Davlat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasida 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.
❗️Ishtirok etish bepul!
👉 Imtihonda ishtirok etish
✅ Imtihon orqali:
— Davlat standartidagi savollar;
— Barcha fanlardan blok test;
— Asosiy fan + majburiy fanni tanlash;
— Test yakunida maxsus sertifikat;
— To'g'ri javoblar tahlili kabi imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
✅ Fanlar va yo'nalishlarni tanlash
❗️Eng muhimi, imtihon yakunlangandan keyin natijalar hamda javoblar platformada umumiy mandat shaklida e'lon qilinadi. Shuningdek, abituriyentlar qaysi oliygohga kirishi mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlarga ham ega bo'lishadi.
📚 Imtihon Registon o‘quv markazi tomonidan Oliygoh.uz platformasida tashkil etilgan bo'lib, testlar kuchli tajribaga ega mutaxassislar tomonidan tuzilgan.
👨💻 Testda ishtirok etishTa'lim reklamasi
📹 20 ming gektar maydonni egallaydigan va 1 million aholi uchun mo‘ljallangan "Yangi Toshkent" qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida video namoyish etildi.
Manba: O'zA
👉 @xushnudbek 👈
Davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
"Yangi Toshkent" loyihasi doirasida:
➖ 20 ming gektarda 1 mln aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi;
➖ birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.
✅ Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.
✅ Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Bugundan “Tashabbusli byudjet” loyihasining birinchi mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi.
Ushbu mavsumda fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirishga respublika bo‘yicha qariyb 1,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Yevropa ligasi chorak finaliga qur’a tashlandi
Juftliklar quyidagicha:
Manchester Yunayted — Sevilya
Yuventus — Sporting
Feyenoord — Roma;
Bayer — Union
Chorak finalning dastlabki bahslari 13-aprel, javob o‘yinlari esa 20-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
Ramazon oyida O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Qur’oni Karim xatmi bir maromda bir xil o‘qiladi va xatmning yakuni esa Qadr kechasida bo‘ladi. Bu haqda Muftiy Nuriddin domla hazratlari ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
✈️ Aviachiptalarni chegirmali narxda xarid qilishga shoshiling!
❗️Faqat bugun, 2023-yil 20-mart kuni "Centrum Air" aviakompaniyasida Toshkent-Termiz-Toshkent yo'nalishi uchun chiptalarni 266 000 so‘mdan, Toshkent-Farg’ona-Toshkent yo'nalishi uchun chiptalarni esa 206 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
* Aksiyadagi aviachiptalar soni cheklangan va faqat bir kun amal qiladi.
Aviachiptalarni xarid qilish bo'yicha shahar aviakassalariga va aviakompaniyaning Call-markaziga murojaat qiling:
📞: +99855-518-88-88Reklama
Asaxiy internet do'konidan bayramga bayramona sovg'a.
Navro’z munosabati bilan Asaxiy.uzdagi barcha, to’g’ri o’qidingiz, barcha kitoblarga 21%lik chegirma e’lon qilindi.
Bemalol o’zingiz va yaqinlaringiz uchun ajoyib kitoblar sotib oling, hadyalar bilan do’stlarni xursand qiling, mehribonlik uylariga va maktablarga ham kitoblar sovg’a qiling.
Buyurtmalaringiz butun O'zbekiston bo'ylab yetkaziladi.
Chegirmadagi narxlar bilan tanishish:
asaxiy.uz/u/64158c58f0c0bKitob reklamasi
Prezident finalni qanday tomosha qildi? Kechagi uchrashuvdan hayajonli lahzalar.
👉 @xushnudbek 👈
Mana, biznikilar ham g’alabani onalari bilan nishonlashadi.
O’shanda marokashlik onalarga juda havas qilgandim. Bugun o’zbek onalari ham xuddi ular kabi baxtli. Farzandlari g’alabasi uchun.
Shunday farzandlar tarbiyalaganingiz uchun ming rahmat sizlarga.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿 Abbosbek Fayzullayev — U-20 Osiyo kubogining "Eng yaxshi futbolchisi"
👉 @xushnudbek 👈
🥇🇺🇿 O’ZBEKISTON — CHEMPION!!!💪🎊🎉
Prezident Shavkat Mirziyoyev nafaqat yigitlarimizga kubokni topshirdi, balki jamoa bilan birga ko’tardi ham😆🏆
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ Goool!
Uchrashuvda hisob ochildi.
71-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan gol urdi.
🇺🇿 O'zbekiston 1:0 🇮🇶 Iroq
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvini kuzatish uchun stadionga tashrif buyurdi
👉 @xushnudbek 👈
🏫 Bitiruvchilar o'zlari o'qigan maktabga yangi bino qurib berishdi
Farg'ona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi 39-maktabning sobiq oʻquvchilari shu maktab uchun 220 oʻrinli yangi oʻquv binosini qurib, foydalanishga topshirishdi.
Ushbu xayrli ishga 3 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangani aytiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
⛔️ 🚘 Bugun poytaxtning ayrim koʻchalari vaqtincha yopiladi
Navroʻz umumxalq bayramiga atab Otliq kavaleriya paradi oʻtkazilishi munosabati bilan 17:00 dan 18:00 gacha quyidagi koʻchalar avtomobillar harakati uchun qisman yopiladi:
➖ “Oʻzbekiston mehmonxonasi” avtoturargohidan Maxtumquli koʻchasi boʻylab Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻligacha va ushbu aylanma yoʻl;
➖ Amir Temur xiyobonidan Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab Alisher Navoiy koʻchasi bilan kesishmasigacha;
➖ Amir Temur shoh koʻchasi va Alisher Navoiy koʻchasi kesishmasidan “Hyatt Regency” mehmonxonasi avtoturargohigacha.
👉 @xushnudbek 👈
Elmakondan sovg'ali xaridni amalga oshiring!
Artel yoki Shivaki brendidan 2.000.000 so'm va undan ortiq miqdorda xarid qiling va kafolatlangan sovg'alardan birining egasi bo'ling!
🎁 Sovg'alar 👉🏻 Elektron choynak ART-KE -106 yoki Mikser SHIVAKI SH-HM-220
Aksiya 18-22-martgacha amal qiladi ❗️
*Sovg'alar soni cheklangan
Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
☎️ Batafsil ma’lumot 71 203 12 03Reklama
❗️Agar xodim o’zi rozi bo’lmasa, hashar munosabati bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas
Ertaga, 18-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi ma’lum. Odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolganmiz. Ya’ni hech kim xodimlardan so‘rab ham o‘tirmaydi, shunchaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik ish haqini o‘tkazadi, tamom.
Ko‘pchilik xodimlar esa buni sezmaydi ham.
Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, hashar munosabati ish haqidan ushlab qolinishi mutlaqo ixtiyoriydir.
Chunki, Mehnat kodeksining 164-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan.
Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashganu, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish noqonuniy!
✅ Hashar - bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida chetda turmang.
Ammo 1 kunlik ish haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni halol ishlab topgansiz, o‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi.
👉 @xushnudbek 👈
Endilikda fuqarolar tomonidan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga arizalar (shikoyatlar) berilgan taqdirda, davlat bojini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
Bugun Prezident bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.
👉 @xushnudbek 👈