xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Tashabbusli budjetga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.

Ulanish uchun:
/channel/xushnudbek?livestream

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

26-mart, yakshanba.
Saharlik vaqti: 04:58
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ikki xislat munofiqda jam boʻlmaydi: goʻzal shakl va dinda faqih boʻlish”, deganlar».

📖 Sharh: Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadisi shariflari xabar shaklida kelsa ham, lekin buyruq maʼnosini ifoda qilmoqda.

U zotning: “Ikki xislat munofiqda jam boʻlmaydi: goʻzal shakl va dinda faqih boʻlish” deganlari “Ey ummatlarim, munofiq boʻlmayin desangiz, goʻzal shaklga ega boʻlishga va dinda faqih boʻlishga urininglar!” deganlaridir.

Demak, ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilib, goʻzal shaklga ega boʻlish va Islom dinida faqih boʻlish uchun harakat qilishimiz kerak. Goʻzal shaklga ega boʻlish tom maʼnoda goʻzal boʻlishdir. Islomda har bir narsa goʻzal boʻlishiga targʻib qilinadi. Shuning uchun biz, musulmonlar tom maʼnoda goʻzal boʻlishga harakat qilmogʻimiz lozim.

Dinda faqih boʻlish – Islom dinini daqiq tushunish esa, ikki dunyo saodatimiz uchun nihoyatda zarurdir. Dinda faqih boʻlish iymon nima-yu kufr nima, Islom nima-yu nifoq nima, savob nima-yu gunoh nima, halol nima-yu harom nima, jannat nima-yu doʻzax nima, jannatga nima bilan erishiladi-yu, doʻzaxga tushishga nima sabab boʻladi kabi va shunga oʻxshash muhim masalalarni toʻliq bilish deganidir.

Biz, musulmonlar munofiq boʻlmaylik, desak, ushbu hadisi sharifda koʻrsatilgan ikki narsani oʻzimizda jam qilishga urinishimiz lozim. Bu bilan esa ikki dunyomiz saodatini taʼminlagan boʻlamiz.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#hadis #ramazon

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Qachonki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq osish va itoat qilish haqida bayʼat qilsak, sizga, toqatlaringiz yetgan narsada”, der edilar».

📖 Sharh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning bu gaplaridan koʻrinib turibdiki, sahobalar tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bayʼat takrorlanib turgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:

“Toqatlaringiz yetgan narsada”, deyishlari Islomning umumiy qoidasiga muvofiq gapdir. Islomda insondan uning toqatidan tashqari narsani talab qilish yoʻq.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Sahobai kiromlarning Rasululloh alayhissalomga qayta-qayta bayʼat qilganliklari. Demak, rahbar bilan unga ergashganlar orasidagi ahdnoma – bayʼat vaqti kelganda yangilanib turishi maqsadga muvofiq ekan.
2. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga quloq osish va itoat qilish haqida ham bayʼat qilinganligi.
3. Islom dinida insonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilish yoʻq ekanligi.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎙️Ertaga Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Bugungi kungacha 10 milliondan oshiq ovozlar berildi. Bu mutloq rekord ko’rsatkich!

Aholining savollariga javob berish va yuzaga kelayotgan muammolarni yechish maqsadida ertaga, 26-mart (yakshanba) kuni soat 15:00 da @xushnudbek Telegram kanalida ovozli chat tashkil qilamiz.

Spikerlar:

-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari;
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

Savollaringizni mana bu post ostida qoldirishingiz mumkin:
/channel/xushnudbekuz/784

Biz ularni mas’ullarga albatta yetkazamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

25-mart, shanba.
Saharlik vaqti: 05:00
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, birortangiz Islomini chiroyli qilsa, uning qilgan har bir yaxshi amali oʻn mislidan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib yoziladi. Qilgan har bir yomon amali esa oʻz mislicha yoziladi”, dedilar».

Boshqa bir rivoyatda:

“Faqat Alloh uni oʻtib kechib yuborsa (yozilmaydi)”, deyilgan.

Ikki Shayx rivoyat qilishgan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida biz ummatlarini muxlis musulmon boʻlishga targʻib qilmoqdalar. Chunki oʻta muxlis musulmon boʻlmay turib, hech kim oʻz Islomini chiroyli qila olmaydi. Oʻtgan hadislarning birida kishi Islomining chiroyli boʻlishi ichdan ham, ustdan ham Islomning hamma talablariga javob bera oladigan boʻlishi bilan amalga oshishini oʻrgangan edik.

Inson oʻz Islomini chiroyli qilganda esa katta va ulkan mukofotga sazovor boʻlar ekan. Bu mukofot esa ikki tomonlama boʻladi:
1. Uning qilgan har bir yaxshi amali oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib yozilar ekan.
2. Uning qilgan har bir yomon amali oʻz mislicha, koʻpaytirilmasdan yozilar yoki Alloh xohlasa, kechirib yuborilar ekan. Bu esa albatta, moʻmin bandaning oliy darajalarga erishishidan dalolat beradi.
Bu hadisi sharifdan olinadigan foydalar ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Faqat Islomimizni chiroyli qilishga urinishimiz qoldi xolos.

"Hadis va hayot" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Ipoteka-bank” va “Coca-cola”dagi davlat ulushi qanchaga sotilgan?

Shavkat Mirziyoyev bugun davlat mulkini xususiylashtirish ishlarining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda aytilishicha, o‘tgan o‘n yilda 1,2 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan bo‘lsa, 2022-yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 11,3 trillion so‘mga yetdi.

Jumladan, “Ipoteka bank” 324 million dollarga va “Coca-cola” kompaniyasidagi davlat ulushi 252 million dollarga sotilgani ham oxirgi yillardagi eng yirik bitimlar bo‘ldi.

Ammo bu boradagi ishlar hamma joyda ham bir maromda ketmayapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda o‘tgan yili savdoga chiqarilgan mulklarning 30 foizi ham sotilmagan.

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi mulklarning xususiylashtirilishi sust.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

24-mart, juma.
Iftorlik vaqti: 18:41 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anasdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Allohga duo qilsangiz, duoda azmu qarorli boʻling. Zinhor birortangiz: «Xohlasang, bergin” demasin, chunki Allohni majburlovchi yoʻq», dedilar».

📖 Sharh: Alloh taolo bandasining soʻrashidan bezor boʻlmaydi. Banda soʻrasa bas. Alloh subhanahu va taolo barcha maxluqotlarning soʻraganlarini toʻplab turib, har biriga soʻraganidan yuz baravar, million baravar ortiq qilib berib yuborsa ham, mulkidan zarracha kamaymaydi.

Shuning uchun koʻp narsa soʻrab yubormadimmi, kabi nooʻrin andisha qilib oʻtirmasdan, azmu qaror bilan soʻrayverish kerak. Duolarim albatta qabul boʻladi, degan ishonch bilan soʻrash lozim.

Bu hadisi sharifda kelgan maʼnoga hayotda juda koʻp marta guvoh boʻlganmiz. Baʼzilar: “Duo qilganimda falon narsani ham soʻrasam boʻlar ekan” qabilidagi gaplarni koʻp gapirishadi. Bunday afsuslar takrorlanmasligi uchun duoda ushbu hadisi sharifga doimo amal qilishimiz lozim boʻladi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2023-yilgi (hijriy 1444-yil) zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Har kuni Beeline Uzbekistan ilovasida – chegirmali paketlar, ijtimoiy tarmoqlar uchun paketlar, terabayt trafigi, promokodlar, routerlar, bonuslar va boshqa maxsus takliflar sizni kutmoqda.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2024-yil 1-yanvarga qadar olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar ro'yxati.

Bunda asosan kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import bojidan ozod etish muddati uzaytirildi

Prezident shu haqdagi farmonni imzoladi.

Aholining asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar:

➖ asosiy iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i va b.) bojxona bojlaridan ozod etiladi;

➖ davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Amaldagi hujjatga ko‘ra oziq-ovqat tovarlarini import qilishda bojxona bojlarining nol stavkalarini qo‘llash 2023-yil 1-iyulga qadar edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida bahorgi qabul yakunlanishiga 1 kun qoldi!

📚 Ushbu institutda siz xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, menejment, pedagogika va psixologiya, tillar filologiyasi yoʻnalishlarida taʼlim olishingiz mumkin.

🎓 Bahorgi mavsum uchun qabul qilingan sirtqi taʼlim shakli talabalari, shu yilning oktabr oyidan 2-kurs talabasi sifatida oʻqishni davom ettirishlari mumkin.

📩 Qabulning so'nggi kuni 25-mart, darslar esa 1-apreldan boshlanadi, hujjatlaringizni quyidagi havola orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Hujjat topshirish uchun havola: bit.ly/3ZnrxxE

Telegram kanal: @isfi_uz
☎️ +998781131373
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari - maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

U shundoq ham 2022-yil 30-dekabrdan buyon maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari edi. Endilikda unga Bog’cha agentligi ham topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qarshi shahrining sobiq hokimiga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2023-yil 10-martdagi hukmi bilan sobiq hokim Jamshid Fozilov Jinoyat kodeksining:
➖ 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi;
➖ 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi;
➖ 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi;
➖ 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi hukm ustidan apellyasiya shikoyati kiritgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎙️Bugun Tashabbusli budjet bo‘yicha ovozli chat tashkil qilinadi

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” loyihasining yangi mavsumida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Aholining savollariga javob berish va yuzaga kelayotgan muammolarni yechish maqsadida bugun, 26-mart (yakshanba) kuni soat 15:00 da @xushnudbek Telegram kanalida ovozli chat tashkil qilamiz.

Spikerlar:

-Anvar Karimov
Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
-Shohruh Ishonqulov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari;
-Azimjon Hasanov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi boʻlim boshligʻi.

Savollaringizni mana bu post ostida qoldirishingiz mumkin:
/channel/xushnudbekuz/784

Biz ularni mas’ullarga albatta yetkazamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Afzal Irmatovga Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uyingizga texnika xarid qilmoqchimisiz?
Elmakondan SUPER TAKLIF! 🔥

Barcha texnikalarni 1 yillik MUDDATLI TO'LOVGA hamyonbop narxlarda 10% CHEGIRMA bilan xarid qiling!
Suratlarni ko'ring va narxlar bilan tanishing! 👆🏻

Aksiya 23-31-martgacha amal qiladi ❗️
Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
☎️
Batafsil ma’lumot:
71 203 12 03
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bugun prezidentning qarori bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda 3 ta yo‘nalishda – aksiya, ko‘chmas mulk va IPO bo‘yicha xususiylashtirish rejalari belgilangan. Unga ko‘ra:

✅ mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi;

✅ mingta ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi;

✅ 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi “xalqchil IPO” orqali sotiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kombinatlari, Metallurgiya kombinati, “O‘ztelekom”, Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi.

Bunda aholiga aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar 5 yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur dastur samarasida joriy yilda 13 trillion so‘m tushum taʼminlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ertaga (shanba) barcha uchun ish kuni.

Sababi haftasiga 5 kun ishlovchilar ayni shu kun (shanba) hisobidan 22-mart (chorshanba) kuni dam olishgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Ulug‘bek Rozuqulov «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi lavozimiga tayinlandi.

U 2018-yildan buyon O‘zbekistonning Indoneziya, Vyetnamdagi elchisi edi.

Ulug'bek Rozuqulov 2015-2017-yillarda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - «O‘zavtosanoat» rahbari sifatida faoliyat yuritgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Asaka tumani sobiq hokimiga sud hukmi o‘qildi

Mansur Alixonovga
nisbatan Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Sud hukmi bilan unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchining shikoyatiga asosan ish Andijon viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, M.Alixonov 2022-yilning sentyabrida yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani hamda faoliyatida boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlangani uchun lavozimidan ozod etilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladigan bo'ldi

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid yangi norma kiritildi.

Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.

Endilikda saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga oid quyidagi masalalar sud tomonidan hal qilinadi:

➖ manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga o‘tkazish;

➖ manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.

Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Saida Mirziyoyeva BMT konferensiyasida nutq so’zladi va Orol dengizi muammolarni ko‘tardi.

U shoir Ibrohim Yusupovning elegiyasidan bir parchani qoraqalpoq tilida o‘qib berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Poytaxtda issiq suv 1 kunga o‘chiriladi

Issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi. Shu sababli 27-martdan 5-aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

Issiq suv uzilishi kutilayotgan sana va manzillar:
👉 batafsil


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

24-mart, juma.
Saharlik vaqti: 05:01
Iftorlik vaqti: 18:41 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh fahsh soʻzlovchini, fahsh soʻzlashga urinuvchini hamda bozorlarda baqir-chaqir qiluvchini sevmaydi», dedilar».

📖 Sharh: Alloh subhanahu va taolo fahsh soʻz aytuvchilarni, fahsh, uyat, sharm-hayosiz ish qiluvchilarni, bozorlarda baqir-chaqir qiluvchilarni sevmaydi, yoqtirmaydi.

Alloh taolo uyat soʻzlarni, sharm-hayosiz soʻzlarni aytishni, ana shunday amallarni qilishni xush koʻrmaydi.
Shuning uchun moʻmin odam fahsh soʻz va amallardan, bozorlarda baqir-chaqir qilishdan oʻzini nihoyatda saqlashi kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

23-mart, payshanba.
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, hijrat uchun bayʼat qilmoqchi boʻldi. U ota-onasini yigʻlagan holda qoldirib kelgan edi. Ul zot:
“Ota-onangning huzurlariga qaytgin, ularni qanday yigʻlatgan boʻlsang, xuddi shunday qilib kuldirgin”, dedilar».

📖 Sharh: Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning roziligini topish, ularni xursand qilishni vaqti kelganda hatto hijratdan ham ustun qoʻygan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ota-onaning haqqini qanday ulugʻlaganlariga bir nazar soling. Oʻzlariga hijrat uchun bayʼat qilgani kelgan muxlis kishiga “Ota-onangning huzuriga borib, ularni kuldir”, demoqdalar.

Baʼzi holatlarda yoshlar diniy amallarga qiziqib, ota-onalarning haqlarini ortga surish holatlariga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Bunday paytlarda ilm sohiblari darhol ularga nasihat qilib, ishni toʻgʻri yoʻlga burishlari kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣 Sanoqli xonadonlar uchun maxsus bahoriy aksiya

🌸 Xon Saroy «Orzular» loyihasining barcha qavatida joylashgan maxsus 1 xonali xonadonlardan birini boshlangʻich toʻlovni amalga oshirib xarid qiling va 36 oy davomida foizsiz 5 mln soʻmdan toʻlab boring.

Shoshiling, aksiya 31-martga qadar amal qiladi.

Bot orqali bog‘lanish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

☎️ 712007400
☎️ 555017400

Telegram | Instagram | Sayt | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Oziq-ovqat yetishtirishni koʻpaytirish uchun 6,2 trln soʻm ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha import bojlaridan imtiyoz berilishi taʼkidlandi.

1-maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qoʻy va parranda goʻshti, tuxum va oʻsimlik yogʻi xarid qilsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytariladi.

✅ Oziq-ovqat yetishtirishni koʻpaytirish uchun shu yilning oʻzida 6,2 trln soʻm yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi. Jumladan:

➖ qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablagʻlari uchun 700 mlrd soʻm ajratiladi;

➖ aholiga berilgan yerlarda koʻchat, urugʻ, oʻgʻit va texnika yetkazib berish uchun jami 500 mlrd soʻm beriladi.

Bundan tashqari, 1-apreldan 130 million dollar mablagʻ tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel