Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Isajon Sulton. Otamga nimadir bo‘ldi… (hikoya)
Izoh: Ushbu hikoya musofirlikda yashab, ishlash uchun uzoq yurtlarga ketgan otalar va ularni sog’inuvchi bolalar dardi haqida.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/isajon-sulton-otamga-nimadir-buldi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/isajon-sulton-otamga-nimadir-buldi
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/z9mSUMrF78s
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Kun qahramoni: qayiqdagi qutqaruvchi.
Eslatib o’taman, bu voqealar O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo’lyapti.
👉 @xushnudbek 👈
Openbudget tilanchilikmi? 10 ta savolga javob
https://youtu.be/1tVwLFx1nCU
Quyida mundarijani keltiraman, kimga qaysi joyi qiziq bo'lsa, qaysi savolga javob olmoqchi bo’lsa, o'sha yerdan boshlab ko'rishi mumkin.
01:15 Tashabbusli byudjet o‘zi nima?
08:54 Davlat o‘z majburiyatini xalqqa tashlab qo‘ydi. Bu to‘g‘rimi?
11:28 Ovozlar sotib olinishiga qarshi nima qilsa bo‘ladi?
15:57 Sim-kartalar sotib, olib sunʼiy ovoz ko‘paytirishni qanday cheklash mumkin?
18:00 O‘qituvchi va shifokorlar majburlanishiga nima deysiz?
21:26 Maktab va shifoxonalarni chiqarib tashlash kerakmi?
25:47 Aholisi kam bo‘lgan hududlar nima qilishi kerak?
29:36 Quruvchilar pul tikib, yutvolib, keyin soqqa qilayotgani rostmi?
34:05 Izzatbek Musayev bilan suhbat
41:15 Elmurod Ermatov bilan suhbat
47:00 Openbudget tilanchilikmi?
50:09 "Tashabbusli byudjet"ni butunlay yopish kerakmi?
54:28 Xulosa. Siz qaysi toifadansiz?
👉 @xushnudbek 👈
«Centrum Air» bilan orzularni ro’yobga chiqarish osonlashdi!
“Centrum Air” Jidda shahriga qulay parvoz imkoniyatini taqdim etadi.
Ushbu muqaddas Ramazon oyida siz «Centrum Air» bilan ezgu orzularingizni amalga oshirishingiz mumkin
*Jiddaga reyslar Toshkent va Namangandan amalga oshiriladi.
Aviachipta sotib olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling:
📞 +998908271020
📞+998903231020Reklama
Soxta achinishlarga boy bayonotlar
Irina Matvienkoning yozishicha, joriy yil fevral oyining boshida u Senat majlisida Xorazmdagi mana shu voqealar haqida hammaga gapirib bergan (sud hukmi 2022-yil 6-sentabrda chiqqan). O'sha majlisda senatorlar, Oliy sud, Adliya vazirligi va boshqa ko‘plab tashkilotlar vakillari bo'lgan va bundan xabar topgan. Lekin hech narsa bo'lmagan. Birorta tashkilot bu haqida jiddiy o'ylab ham ko'rmagan. Xuddi "ertalab quyosh chiqdi" degan oddiy xabarni eshitganday, majlisdan chiqiboq barchasini unutib yuborishgan.
Oliy Sud ham, Bosh prokuratura ham, Bolalar ombudsmani ham oradan shuncha oy o'tgan bo'lishiga qaramasdan bu haqida sukut saqlashgan. Balki o'zlaricha "mundir hurmati"ni saqlagan holda davlat amaldorlarining bu sharmandachiligini yashirishgandir, kim bilsin. Adliya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa tizimi sharmanda bo'lmasligi uchun, bu xabarni berkitishdan manfaatdor bo'lgan.
Va kecha Irina Matvienko ushbu voqealar haqida batafsil ma'lumot e'lon qilgach hamda buning natijasida ijtimoiy tarmoqlar portlagach, birdaniga hamma tashkilot "tilga kirib qoldi".
Senat ham, Oliy Sud ham, Adliya va FVV ham, Bolalar Ombudsmani ham birdaniga o'zidan sipo yasab olib, ushbu voqeadan chuqur qayg'uda ekanligi, ishni nazoratga olishgani haqida birin-ketin bayonotlar berishdi.
Bularning barchasi soxta achinishlarga boy bayonotlar. Xuddiki o'zini hech narsadan xabari yo'qday tutib, do'ppi tor kelib qolganidan noiloj berilgan bayonotlar. Agar ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qahr va g'azab sochmaganda edi, ushbu tashkilotlar ikki dunyoda ham bu voqeaga e'tibor qaratib o'tirmasdi.
Yoki agar ular rostdan bugungi kungacha bu voqeadan bexabar bo'lgan bo'lishsa, unda bu yanada yomon. Demak, ular bir tiyinlik tayinli ish qilishmayapti, o'z vazifasini tayinli bajarishmayapti degani. Vaholanki tizim ichida turib, bu voqeadan bexabar qolib ketish uchun ko'zi ko'r, qulog'i kar bo'lish kerak.
👉 @xushnudbek 👈
🤬Bu xunrezlik, shunchaki dahshat!
Xorazmda oilaviy mehribonlik uyi rahbari o‘z vasiyligidagi 3 nafar qizni tanlab olib, 10 oy davomida (2021-yil may – 2022-yil fevral) moddiy rag‘bat evaziga turli erkaklar (jumladan davlat amaldorlari) bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan. Norasida qizlar 15, 16, 17 yosh. Bolalar kaltaklangan, ruhan tazyiqqa uchragan.
Bu qabihlikka qo‘l urgan oilaviy mehribonlik uyi rahbari, viloyat adliya boshqarmasi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Oilaviy bolalar mehribonlik uyi mudirasiga 5 (besh) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tuman boshqarma boshlig‘iga 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu vaqt davomida ularga 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish taqiqlanadi. Qolgan payti bemalol ozodlikda yuraverishadi.
❗️Shaxsan men buni adolatsiz hukm deb hisoblayman!
Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatchilar orasida boshqa amaldorlar ham bo‘lgani, ular suvdan quruq chiqqani aytilmoqda.
Adliya vazirligi munosabat bildirib, hududiy boshqarma rahbarining harakatlarini qoraladi va jinoiy harakat haqida ma’lum bo‘lgan vaqtidayoq u lavozimidan ozod etilganini, sudning ishiga esa aralasha olmasligini ma’lum qildi.
Prezident Administrasiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov pedofillarga nisbatan kimyoviy kastrasiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikga o‘zgartirish kiritish vaqti kelgani haqida yozdi.
Bu kabi amaliyot Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSh kabi davlatlarda borligini eslatdi.
👉 @xushnudbek 👈
Sun’iy intellekt orqali "Boburnoma" asarining illyustratsiyasi yaratilmoqda
Bir guruh faollar Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sun’iy intellekt yordamida tasvirlash loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Loyiha doirasida suratlar @boburnama Telegram kanalida izohlari bilan berib borilmoqda.
Loyiha uchun bejizga “Boburnoma” asari tanlanmagan, chunki unda shaharlar, odamlar batafsil tasvirlangan va o‘sha davr muhitini bera olgan. Bu esa sun’iy intellekt tomonidan suratlarni yaratishni qulaylashtiradi.
👉 @xushnudbek 👈
JANNAT SIZGA MUBORAK!
4-qism. Ufqni to’ldirgan ummat
Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari
Manba
👉 @xushnudbek 👈
Birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 21:50 da “Milliy” telekanalida Nodira Turg‘unova jamoasi 2023-yilning Bahorgi mavsumida ikkinchi o‘yinni o‘tkazadi.
Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham boshlandi. Savollarni ushbu kanalda birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.
⚡️Tomoshabinlar uchun super yangilik!
Endi “Zakovat”ga savol yo‘llab katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin. Sizni oddiy o‘yinlarda 1 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha, mavsum finalida 50 mln so‘mgacha mukofot kutmoqda.
‼️ Agar savolingiz yil finalida eng zo‘r savol deb topilsa, unda 1️⃣0️⃣0️⃣ mln so‘m (!!!) pul mukofoti beriladi🤩💰
📨Savol yuborish shartlari bu yerda.
Eslatma: “Agrobank” teletomoshabinlar homiysi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ esa bilimdonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
👍 Ko‘proq kitob o‘qing, qiziqarli savollar tuzing va millionerga aylaning! “Zakovat”ni ko‘rishni esa kanda qilmang!
👉 @xushnudbek 👈
31-mart, juma (9-kun)
Iftorlik vaqti: 18:48 (Toshkent vaqti)
#hadis #ramazon
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hayo biron narsada boʻlsa, albatta uni ziynatlaydi. Behayolik biron narsada boʻlsa, albatta uni sharmanda qiladi”, dedilar».
📖 Sharh: Hayo hamma narsani ziynatlar ekan, kimda hayo boʻlsa, hayo uning ziynati ekan. Behayolik esa buning teskarisi. U kimda boʻlsa, oʻz egasini sharmandayu sharmisor qiladi. Shuning uchun har bir moʻmin-musulmon oʻzini hayo bilan ziynatlab yurishi, zinhor behayolikning yaqiniga yoʻlamasligi, undan hazar qilishi lozim ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
Mavzuni davom ettirib: avtomonopoliya, bolalar xavfsizligi va sabablar bilan kurashish haqida
🚗 Monopoliya haqida
Avtomonopoliyani bekor qilish haqida ko‘p va xo‘b yozganmiz. Lekin shu choqqacha bu borada birorta jiddiy o‘zgarish bo‘lmadi. Import bojlari yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.
To‘g‘ri, kimlardir aytishi mumkin, mana, bozorga yangi brendlar kiryapti, taklif ko‘payapti deb. Ammo Kurbanoff taʼkidlaganidek, bu takliflar faqat qimmat mashinalar uchun xolos. Xalqchil, cho‘ntakbop mashinalar O‘zbekistonda umuman yo‘q desak ham bo‘ladi.
Avtomonopoliyaning zarari va uni tezroq bekor qilish haqida salkam 20 daqiqalik video ham qilgandik (ko‘rish: https://youtu.be/wGieHL9Pv0Q).
👶🏻 Bolalar xavfsizligi haqida
Monopoliya nafaqat iqtisodiy zarar keltiryapti (“Avto 60 oy” 57 mlrd, kechagi guruh 12 mlrd so’m va yana o’nlab shunaqa misollar), balki ijtimoiylashib ham ketdi. Masalan, Nikita Makarenko ko‘chalarimizda bolalar xavfsiz yura olmasligi, yo‘l transport hodisalari natijasida ko‘plab bolalar vafot etayotgani haqida kuyunib yozmoqda. Shundan kelib chiqib, boshqa narsa esimga tushdi.
Yaqinda bir yangilik qizg‘in muhokama bo‘ldi. Yaʼni endilikda mashina orqa o‘rindig‘idagi yosh bolalar ham bir kishi hisobiga o‘tadi, endi 3 kishi tizzasiga 3 nafar bolani o‘tirg‘izib olib yurishi qoidabuzarlik bo‘ladi. Bu ko‘pchilikka yoqmadi, albatta.
Aslida ushbu qoidaning hech qanaqa noto‘g‘ri joyi yo‘q. Butun dunyo tajribasidan kelib chiqib, bolalar xavfsizligi uchun qilinishi zarur bo‘lgan choralardan biri. Bolalar salomatligi va hayotini qadrlaydigan istalgan rivojlangan davlatda shunaqa.
Xorijda nafaqat yosh bola 1 kishi hisobiga o‘tadi, hattoki bolani maxsus avtokreslosiz olib yurish ham taqiqlanadi. Endi bizda bu darajada majburiyat qo‘yishga hali biroz erta, chunki bu cho‘ntakka yaxshigina zarba bo‘ladi. Undan ko‘ra, asta-sekin xalqqa foydasini tushuntirib borish kerak.
Har yili yo‘llarimizda minglab insonlar, shu jumladan yuzlab bolalar halok bo‘ladi. Yo‘llarimizning har qarichidan qon isi keladi. Ammo nima uchun bolalar xavfsizligiga oid bu qoida bunchalar keskin tanqid qilindi?
☝️Sabablar haqida
Xalqni tushunmaslikda, yangiliklarni qabul qilmaslikda ayblash oson. Ammo bu oqibat xolos. Ildiz sabablariga qarash kerak.
Ushbu qoidaga eʼtiroz bildiruvchilar asosan 2 ta argument aytishdi: birinchisi — o‘zbek bolajon xalq, oilada o‘rtacha farzandlar soni bizda ko‘proq. "Suyunchi" filmida aytilganidek, bizdaka serfarzand oilalar balki yana Afrikada bordir.
Ikkinchi va ENG ASOSIYSI — oilaviy, ko‘p o‘rindiqli mashinalar uchun bozorda deyarli hech qanaqa taklif yo‘q (Damasdan boshqa, lekin unga ham dahshat navbat). Bor takliflar ham xalqning cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmaydi, lyuks klassdagi qimmat mashinalar. Shu sababli ham bunday qarorlarni, garchi u to‘g‘ri bo‘lsa ham, jamoatchilik qabul qilolmaydi.
Bu monopoliya zarari haqida mingdan bir misol xolos.
❓Xullas, yo‘g‘on ichakday ko‘p cho‘zmasdan, gapning indallosini ayta qolay: avtomonopoliyani bekor qilish vaqti kelmadimikin?
👉 @xushnudbek 👈
2 haftada mashina olib beraman, deb 248 kishidan 12 mlrd so‘m olib, aldab ketishibdi.
4 nafar firibgarga sud hukmi o‘qilgan, 3 nafar erkak o‘rtacha 9 yil atrofida ozodlikdan mahrum qilingan, 1 nafar ayolga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi berilgan.
Jabrlanuvchilar esa pullarini qaytarib olishiga ko‘zi yetmagan shekilli, natijada sudda to‘polon bo‘libdi, firibgarlar ham qilar ishni qilib qo‘yib, rosa tomosha ko‘rsatishibdi.
Ha, to‘g‘ri, firibgarlarga qarshi jiddiy kurashish kerak. Ularga qatʼiy jazo tayinlash shart. Ammo shunday firibgarlikka sharoit yaratganlarchi?
Biz hozir sabablarga emas, faqat oqibatlarga qarshi kurashyapmiz xolos. Avtomobil sohasidagi monopoliya bekor bo‘lmas ekan, xalq hali yana ko‘p bora milliardlab pullariga kuyib qolaveradi...
👉 @xushnudbek 👈
Vazir jamgʻarmasi hisobidan 9 oy davomida (2023-yil aprel-dekabr oylari) har oylik ustama oladigan maktab o’qituvchilari ro'yxati e’lon qilindi.
Har oylik ustama mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (5 mln so‘m)ga teng.
Sinovlarda 5 mingdan ortiq o’qituvchilar qatnashgan.
👉 @xushnudbek 👈
Nukus shahridagi mahallalardan birida Shavkat Mirziyoyev sumalak pishirishda qatnashdi.
👉 @xushnudbek 👈
“Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan Toshkent botanika bogʻida “Qushlarni asraylik” respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.
Ishtirokchilar 5-10, 11-17, 18-30 yosh boʻyicha uch guruhga boʻlindi. Hakamlar ishtirokchilarning qushxona ishlab chiqarishdagi ijodiy gʻoyalariga alohida eʼtibor qaratishdi. Gʻoliblar diplom, pul mukofoti va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Tanlov doirasida Tabiat resurslari vaziri va ishtirokchilar tomonidan koʻchatlar ekildi.
👉 @xushnudbek 👈
2-aprel, yakshanba (11-kun)
Iftorlik vaqti: 18:50 (Toshkent vaqti)
#hadis #ramazon
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yuz marta tahlil (“Laa ilaaha illalloh”), yuz marta tasbeh (“Subhanalloh”) va yuz marta takbir (“Allohu akbar”) aytsa, unga oʻnta qul ozod qilgandan va yettita tuya soʻyib, sadaqa qilgandan yaxshi boʻladi», dedilar».
📖 Sharh: Demak, zikr bilan savob olish nihoyatda oson ekan. Yuz marta “Laa ilaaha illalloh”ni, yuz marta “Subhanalloh”ni, yuz marta “Allohu akbar”ni aytishga hech qancha vaqt ketmaydi. Biz oʻzimiz dangasamiz xolos.
Bir kitobda “Kim oʻn sekundda Qurʼonning uchdan birini oʻqiganlik savobini olishni istasa, men oʻrgatib qoʻyaman”, deyilgan ekan.
Unda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ixlos surasini oʻqisa, Qurʼonning uchdan birini oʻqiganning savobini oladi”, deganlar.
Ixlos surasi esa oʻn sekund ichida oʻqib boʻlinar ekan. Xuddi shuningdek, ushbu hadisda aytilgan mazkur kalimalarni yuz martadan aytishga ham juda kam vaqt ketadi. Ortiqcha kuch-qudrat yoki zehn-zakovat ham talab qilmaydi.
Biroq buning savobi dunyocha ekan – oʻnta qul ozod qilganning, yettita tuya soʻyib, sadaqa qilganning savobi berilar ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
«Lox»ga aylanmang!
Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda.
Bu qanday bo‘ladi?
1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan, deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;
2️⃣ Buning uchun o’sha guruh va botlarga odam qo’shishni so’raydi. Ya’ni siz nechtadir do’stingizni o’sha guruhga qo’shsangiz, sizga arzon narsa sotishadi, yo’qsa sotib ololmaysiz deyishadi.
3️⃣ Pul o’lsin-a, pul o’lsin. Siz hovliqqancha kontaktingizdagi barcha do’stlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 o’sha guruhlarga qo’shib chiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qo’shish befarosatlik);
4️⃣ Keyin esa qachon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va shimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berishmaydi. Ammo siz do’stlaringizni o’sha noinsoflar guruhiga qo’shganingiz qoladi xolos.
5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelishi mumkin.
❌ O’sha linkni zinhor bosa ko’rmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirishadi, yoki plastikdagi pullaringizni yechib olishadi.
Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni "lox" qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.
👉 @xushnudbek 👈
2-aprel, yakshanba (11-kun)
Saharlik vaqti: 04:45
Iftorlik vaqti: 18:50 (Toshkent vaqti)
#hadis #ramazon
Amr ibn Maymun Azdiydan rivoyat qilinadi:
«Umar qiladigan duosida: “Allohim! Meni abrorlar bilan oʻldirgin. Meni yomonlar bilan qoldirmagin. Meni yaxshilarga qoʻshgin”, der edi».
📖 Sharh: Demak, Alloh taolodan doimo yaxshilar bilan birga boʻlishni va hatto birga vafot qilishni, yomonlardan uzoq boʻlishni soʻrash, iltijo bilan duo qilish kerak ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
1-aprel, shanba (10-kun)
Iftorlik vaqti: 18:49 (Toshkent vaqti)
#hadis #ramazon
Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ijobat qilinishi eng tez boʻlgan duo gʻoyibning gʻoyibga qilgan duosidir”, dedilar».
📖 Sharh: Bir-birini koʻrmay turib, birodarining haqqiga gʻoyibdan qilingan duo duolar ichida eng tez ijobat boʻladigani ekan. Shuning uchun hammamiz bir-birimizning haqqimizga gʻoyibdan duo qilib turishimiz kerak ekan. Bu juda lozim va lobud narsadir, chunki duo moʻminlarning silohi, qurolidir.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
🎓“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi birinchi stipendiya tanlovini eʼlon qildi
Tanlov 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 o‘rin, magistratura uchun 275 o‘rin, doktorantura uchun 150 o‘ringa stipendiyalar ajratiladi.
❗️Hujjatlar 2023-yil 1-apreldan 1-mayga qadar onlayn qabul qilinadi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi.
Batafsil: eyuf.uz/site/view?id=890
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent amaliy fanlar universiteti o'zaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Estoniya amaliy fanlar tadbirkorlik universiteti bilan memorandum imzoladi.
Uchrashuvda universitet rasmiylari bilan birgalikda Estoniya elchisi ham ishtirok etdi.
Hamkorlik sohalari ikki universitet orasidagi ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot munosabatlarini rivojlantirish maqsadidagi dasturni o'z ichiga oladi.
(Litsenziya № 029914, 14.06.2022y.)
Veb-sayt | Telegram | InstagramTa’lim reklamasi
1-aprel, shanba (10-kun)
Saharlik vaqti: 04:47
Iftorlik vaqti: 18:49 (Toshkent vaqti)
#hadis #ramazon
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Allohga tavba qilinglar. Chunki men har kuni U Zotga yuz marta tavba qilaman”, deganlarini eshitdim».
📖 Sharh: Demak, tavbani tez-tez takrorlab turish, koʻp aytish kerak ekan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈
❗️Magistratura hamda doktoranturada talab etiladigan til bilish sertifikatlari ro‘yxati yangilandi.
Ushbu o’zgarishlar joriy yildan boshlab amal qiladi.
❓Nima o’zgarishlar bor?
Yangi ro’yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan o’zgarish bo’ldi.
❌ Olib tashlandi:
🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill
🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)
🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)
✅ Qo’shildi:
🇬🇧 Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus
👉 @xushnudbek 👈
🤷♂️"Tashabbusli byudjet bizga kerakmas, uni yo‘qotish kerak" deyayotganlar, buning oqibatini tushunmayapti.
"Tashabbusli byudjet yopilsin" degan gapning maʼnosi faqat bitta:
❗️“Byudjet pullarini, yaʼni xalqning pulini qayerga ishlatishni xalqqa ishonib bo‘lmaydi, byudjetni taqsimlashni avvalgidek to‘liq hokimlar, vazirlar va boshqa amaldorlarga ishonib topshirish kerak. Xalqqa bunaqa vakolat berilishiga qarshiman, odamlar eplolmaydi yaxshisi bizni taqdirimizni jonajon amaldorlarimizning o‘zi hal qilsin”, degani.
Ha, Sizlar aynan shunaqa deb qichqiryapsizlar.
😠 Chunki Siz endigina xalqqa vakolat berilganda, uni yo‘qotishni xohlayapsiz. Xalqni yana o‘sha korrupsiyaga botgan tizimning qo‘liga topshirmoqchisiz. Tanish-bilishchilik va poraxo‘rlik urchigan tizim natijasida 30 yilda asfalt bo‘lmagan ko‘chalar "Tashabbusli byudjet" orqali obod bo‘lganini ko‘ra olmayapsiz. 30 yilda harobga aylangan maktablar "Tashabbusli byudjet" orqali odambashara bo‘lganini ko‘ra olmayapsiz.
😳 Boshqacha aytganda siz xalqqa emas, amaldorlarga do‘st ekansiz. Byudjetni noto‘g‘ri taqsimlaydigan hokimlar tarafdori bo‘lib, o‘z pulini o‘zi hal qilayotgan xalqqa qarshi ekansiz.
Shuni tushunib, bilib qilyapsizlarmi yoki bilmasdan shunaqa deyapsizlarmi, menga qorong‘u.
❓Lekin tarafingizni aniqlashtirib oling: xalq tomonmisiz yoki amaldorlar?
💬 P/S: Qahramon Aslanovning Twitter’dagi fikri: “Agar Openbudjet otmen bo‘lsa, u haqda salbiy fikr bildirganlar, "yaxshiroq bo‘lishini xohlayman xolos" deb tanqid qilayotganlar, takomillashtirish kerak deb kamchiliklarini ko‘rsatayotganlar,umuman hatto mem yo kulgili video qilib tarqatayotganlaram o‘z vijdonlari oldida javob berishlari kerak”.
P/S: Kecha "Tashabbusli byudjet" haqida 1 soatlik podkast yozgandim, yuqoridagi video shundan parcha. To‘lig‘ini tez orada eʼlon qilishga harakat qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Tekin pishloq haqida
(ushbu postni 3 yil oldin yozgan ekanman, afsuski haliyam aktualligi yo‘qolmagan)
«AVTO 60 OY» MCHJ haqidagi xabarni o‘qib, bir nechta xulosalar chiqarish mumkin:
1️⃣ Birinchidan, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalasi huquqiy madaniyatni oshirish bilan teng ahamiyatli. Sababi odamlar eng oddiy, elementar moliyaviy qoidalarni bilishmaydi, qayerda “arzon” yoxud hattoki “tekin” so‘zlarini ko‘rsa, o‘sha yerga o‘zini uradi.
Ahmadboy masalasida minglab insonlar milliardlab pullariga kuyib qolganini ko‘ra bilib tursa ham, dars bo‘lmaydi.
Avval tuyaqush, mana endi, avtokredit masalasi. «AVTO 60 OY» firmasi odamlardan 57 mlrd so‘m yig‘ib olgan. Bu 6 mln dollar bo‘ladi. 6 mln dollar, Karl! Mana shu xabarlarni o‘qib ham, odamlar «foizsiz kredit» deb reklama qiladigan boshqa firmalarga ishonaveradi.
2️⃣ Ikkinchidan, xalqning “oson boyib ketish”ga ishtiyoqmand bo‘lishi uning topish daromadlari pastligi, qiyinroq yo‘ldan bo‘lsa ham boyish imkoniyatining deyarli mavjud emasligi bilan bog‘liq. Ular osmondan 100 mln so‘m topishga ishtiyoqmand bo‘ladi, chunki oddiy xalq vakili boshqacha yo‘l bilan O‘zbekistonda 100 mln so‘m topa olishiga ko‘zi yetmaydi, bunaqa imkoniyati ham yo‘q.
3️⃣ Uchinchidan, xalqning yoppasiga arzon shartlardagi avtokreditga o‘zini urishi mamlakatdagi avtosanoatning monopoliyasi bilan ham chambarchas bog‘liq. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda mashina olib beraman, deb aldaydiganlar deyarli uchramaydi, sababi bunga sharoit yaratib beruvchi sunʼiy omillar yo‘q.
Ammo bizda xalq uchun boshqa muqobil, qulay variant yo‘q. O‘zi avtosalonlardan olay desa, mashinalar qimmat, kreditlar stavkasi baland, bozorda arzon tanlov yo‘q, bo‘lib to‘lash bo‘yicha takliflar mavjud emas. Agar monopoliya davom etaversa, hech qachon bunaqa takliflar bo‘lmaydi ham.
Xalq esa navbatdagi firibgarlarga millionlab dollarini qo‘sh-qo‘llab olib boradi. Aldanaveradi, aldanaveradi...
Bizning monopollar esa «Biz monopoliyaga qarshimiz» deb bayonotlar beraverishadi...
👉 @xushnudbek 👈
❤Cheksiz Telegram va sevimli ijtimoiy tarmoqlar!
Endi, atigi 50 000 so‘m evaziga “Doimiy 50” tarifiga ulanishda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
♾ Telegram, WhatsApp, Instagram va Facebookdan cheksiz foydalanish;
♾ O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar;
🌐 20 GB internet-trafik.
Bundan tashqari, GBlar “kuymaydi” va navbatdagi oyga o‘tkazib beriladi.
Cheksiz trafik va qulay shartlarga ega tariflar imkoniyatini birinchilar qatorida sinab ko‘ring!
Tarifga o‘tish: 👉 *120#
Batafsil: www.ucell.uz/bReklama
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Rahimov Jo‘rabek Rahimovich Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Boshqacha aytganda undan “v.b.” yorlig‘i olib tashlandi.
👉 @xushnudbek 👈
JANNAT SIZGA MUBORAK!
3-qism. Allohning jamoli.
Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari
Manba
👉 @xushnudbek 👈