xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Kecha “Zakovat Quiz” intellektual musobaqasida jamoalar soni bo’yicha rekord yangilandi. Unda bir paytda jami 73 ta jamoa bellashdi, bu 700 nafarga yaqin bilimdonlar degani.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

6-aprel, payshanba (15-kun)
Saharlik vaqti: 04:38
Iftorlik vaqti: 18:55 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdullohdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uch kishi bo‘lsa, uchinchini qo‘yib ikkitasi pichirlashmaydi», dedilar».

📖 Sharh: Uchinchi kishidan yashirib, unga eshittirmaslik maqsadida gapirilgan gapdan o‘sha kishining ko‘ngliga ozor yetadi. Shayton vasvasa qilib, uning xayoliga turli fikrlarni soladi. Natijada mo‘min kishiga ozor yetadi. Mo‘minga ozor berish esa haromdir.
Islom madaniyatining majlislar, o‘zaro muomala odobiga oid ushbu namunalarini har birimiz yaxshi o‘rganib olishimiz, bilmaganlarga o‘rgatishimiz lozim.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

5-aprel, chorshanba (14-kun)
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga Jabroil qoʻshni xususida tavsiya beraverganidan uni merosxoʻr qilib qoʻyarmikan, deb oʻylab qoldim”, dedilar».

📖 Sharh: Demak, Jabroil alayhissalom qoʻshniga yaxshilik, muruvvat qilish toʻgʻrisida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shu qadar qattiq taʼkidlagan ekanlarki, u zot gap shunday tarzda davom etadigan boʻlsa, merosingni ham qoʻshning oladi, deb qolarmikan, deb oʻylagan ekanlar.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tavsiya qilib turishlari;
2. Baʼzi tavsiyalar koʻp boʻlgani;
3. Qoʻshnining haqqi nihoyatda moʻtabar ekani.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇹🇷 Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning sovg’asini 🇦🇿 Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qabul qilib olibdi. Aliyev mashinaning ikkinchi nusxasiga egalik qiladi.

Eslatib o’tamiz, Turkiyada ishlab chiqarilayotgan ilk milliy avtomobil –  Togg elektrokarining yana bir nusxasi 🇺🇿 Shavkat Mirziyoyevga ham sovg’a qilinishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro IMC Krems fakultetiga qabul boshlandi!

Endilikda siz 2 ta universitet talabasi bo'lish imkoniyatga egasiz!

Universitetning afzallik tomonlari:
➖ Work & Travel;
➖ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➖ TDIU va IMC universitetlarining xalqaro diplomlari;
➖ Xalqaro ish tajribasi;
➖ 40-60% xorijlik o‘qituvchilar;
➖ Grant o‘rinlari.

Yo'nalishlar:
✅ Xalqaro biznesni boshqarish
✅ Turizm va dam olish menejmenti.


🗓 Hujjatlar 28-aprelgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

✍️ Kirish imtihonlari 29-aprel soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

👉Hujjat topshirish uchun havola

Til sertifikatidan B2 va undan yuqori natijaga ega bo'lgan abituriyentlar kirish imtihonlarining 1-bosqichidan ozod etiladi.

🏛 Universitet haqida ko'p uchraydigan savollarga javoblar bu yerda keltirilgan.

☎️ Murojaat uchun:
+998909691011 | Qabul bo'limi 1
+998909950110 | Qabul bo'limi 2
+998909990989 | Qabul bo'limi 3
+998900169099 I Qabul bo'limi 4

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Islom Karimov 49
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

JANNAT SIZGA MUBORAK!

6-qism.
Najotning uch yo’li

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bu yurtda zerikib qolmaydi odam.

Qo‘qon pedagogika instituti talabalar turar joyida qizlarning xonasiga yashirin kamera o‘rnatishibdi.

Bu yashirin kamerani Talabalar turar joyi komendanti boshchiligidagi ustalar o’rnatgan. Qizlarga esa Wi-Fi yaxshi ishlamayotgani uchun kuchaytiradigan qurilma qo’yyapmiz deb yolg’on gapirishgan.

Bu voqeani eshitgan qizlarning uydagilari shubhalanishgan va xona burchagiga o’rnatilgan o’sha matohni ochib ko’rishni aytishgan. Qizlar ochib ko’rsa — bu yashirin kamera ekan!

Unga 128 Gb “fleshka” ham o’rnatilgan. “Fleshka” ichida esa qizlarning yalang’och bo’lib, kiyim almashtirayotgan videolari ham yozilib qolingan tasvirlar bor ekan. Ushbu yashirin kamera nafaqat yozib oladi, balki Wi-Fi orqali masofadan tasvirlarni uzatib ham turgan, deyishibdi mutaxassislar.

Qizlar bu haqda prorektor va rektorga arz qilib, o‘zlari baloga qolib ketay deyishgan.

«Rektor bizni eshitib, «yashirin kamera ekanini qayoqdan bilaqoldinglar?» dedi. Biz uni ochib mutaxassisga ko‘rsatganimizni aytdik. «Xonalaringga o‘rnatib ketilgan institutning mulkini ochib ko‘rishga nima haqlaring bor? Balki o‘zlaring o‘rnatgandirsizlar», deb o‘shqirdi rektor bizga», – deyishdi qizlar.

Qizlar 102 ga shikoyat qilishgan, Prezident portaliga ariza yozishgan. Ish o’rganilayotgan ekan.

Shu uyatsizlar bizning yosh avlodga dars berib, bo’lajak pedagoglarni tarbiyalab yurishibdi, afsuski. Bu kuningdan har balo bo’lganing yaxshimasmi, sharmandalar?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

4-aprel, seshanba (13-kun)
Iftorlik vaqti: 18:53 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Bir aʼrobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
“Sizlar yosh bolalaringizni oʻpasizlarmi? Biz oʻpmaymiz”, dedi.

Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh qalbingdan rahmatni sugʻurib olgan boʻlsa, men nima ham qila olar edim”, dedilar».

📖 Sharh: Demak, jajji bolalarni oʻpish kishining qalbida rahmat borligining alomati ekan. Aksincha, yosh bolalarni oʻpmaslik qalbda rahmatning yoʻqligi alomati ekan.

Bola boqish ishi mashaqqatli ekani hamda bola doimo mehrga va rahm-shafqatga muhtoj boʻlgani uchun ham Islomda bolaga rahmli boʻlish katta savobli ish darajasiga koʻtarilgan. Har bir ota-ona bu ulkan haqiqatni zinhor unutmasligi darkor.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Yosh bolalarni oʻpish fazilat ekani;
2. Yosh bolalarni oʻpish rahmdillik belgisi ekani;
3. Baʼzi odamlarning qalbidan Alloh taolo rahmatni sugʻurib olishi;
4. Bolalarni oʻpmaslik yaxshi emasligi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Erdo‘g‘an Mirziyoyevga elektrokar sovg‘a qilmoqchi

Kecha, 3-aprel kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada ishlab chiqarilayotgan ilk milliy avtomobil –  Togg elektrokarining birinchi sohibiga aylandi. U mashinani qabul qilib olish jarayonida, yaqin kunlarda ushbu mashinadan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham sovg’a qilmoqchi ekanligini aytgan. Erdo’g’anning ta’kidlashicha, ayni kunlarda uchrashuv vaqti kelishilmoqda.

Shuningdek, qizil rangli Togg elektrokari allaqachon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga yuborilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashladi

Aniqlanishicha, 3-aprel kuni soat 19:20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi ko‘p qavatli uyida yashab kelgan 27 yoshli ayol ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizini qasddan o‘ldirish maqsadida, 9-qavatdan birin ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ngra o‘zi ham oynadan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- (qasddan odam o‘ldirish) va 103-modda (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) lari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhuma ayol Toshkent viloyati Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktyabr oyida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli farzandlari bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga istiqomat qilib kelgan. Ushbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

4-aprel, seshanba (13-kun)
Saharlik vaqti: 04:42
Iftorlik vaqti: 18:53 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Sahl ibn Muʼoz otasidan rivoyat qiladi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, unga Tubo boʻlsin, Alloh azza va jalla uning umrini ziyoda qilsin”, dedilar».

📖 Sharh: Bu hadisi sharifda ota-onasiga yaxshilik qilgan farzandlarga katta mukofot va barakotlar vaʼda qilinmoqda.

Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, unga Tubo boʻlar ekan. Tubo jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik maʼnolarini anglatadi. Shularning hammasi vaʼda qilinmoqda desak, yana ham maʼqul boʻladi.

“Umrini ziyoda qilsin” deganda, umrini barakali qilish maʼnosi tushuniladi. Belgilangan umrini yashaydi, lekin Alloh taolo uning umrini barakali qilib qoʻyadi.

Baʼzi ulamolar: “Alloh taoloning Oʻziga oson, belgilangan umrni uzaytirsa ham Oʻzining ishi, bunga birov aralasha olmaydi. Allohning irodasini hech kim qaytara olmaydi, xohlasa, shunday boʻlaveradi”, deyishadi.

Demak, kim umrim barakali, uzun boʻlsin desa, ota-onasiga yaxshilik qilishi kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorazmdagi pedofillar ishi yuzasidan Oliy sud bayonoti

Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimini A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tushdi.

Ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida joriy yilning 6-aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣 Toshkent texnologiyalar universiteti abituriyentlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi

Ilg'or ta’lim texnologiyalari va Toshkent shahrida joylashgan zamonaviy o'quv binosi — barchasi ushbu universitetda!

Toshkent texnologiyalar universiteti maqsadi — qiyin vazifalarni yecha oladigan va mehnat bozoriga tez moslashadigan mutaxassislarni tayyorlashdir.

👉 Yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring: @ttu_uz
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorazm ishi va adolatsiz hukm: pedofil amaldorlarga nega yengil jazo berilgan?

📹 https://youtu.be/R8XzzkqoEDk

Mazkur videoda Xorazm viloyatidagi oilaviy mehribonlik uyida istiqomat qiluvchi 3 nafar qiz o‘zgalar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani mavzusi atrofida suhbatlashamiz.

Asosiy aytmoqchi bo‘lgan fikrimni yana qaytaraman: bu ishda adolatsiz hukm chiqarilgan, bu aniq. Yaʼni yengil jazo tayinlangan.

Ammo hukm NOQONUNIY ham bo‘lishi mumkin. Sababi mazkur ish holatlari, masalan qizlarni och qoldirib hamda o‘zini yoki ukasini kaltaklab jinsiy aloqa qilishga majburlash faktlari mazkur holatni bemalol Jinoyat kodeksining 118-moddasi - Nomusga tegish jinoyati bilan kvalifikatsiya qilish mumkinligini anglatadi. Bo‘lganda ham og‘irlashtiruvchi qismi bilan qayta malakalash kerak. Shunda aybdorlar uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash mumkin bo‘ladi.

Bosh prokuratura bayonotida "yengil jazo tayinlangani" uchun kassatsiya shikoyati kiritilgani haqida gap ketgan. Demak, Bosh prokuratura ushbu moddalarga rozi, faqat shu modda doirasida og‘irroq jazo so‘rayapti. Ammo bu yuzaki xulosa. Puxta o‘rganmasdan, shoshma-shosharlik bilan nomiga qilingan ish, deb hisoblayman. Yoki bayonotdagi "boshqa holatlar" degan atamada qayta malakalash haqida gap ketganmikin. Ehtimoli kam.

Mazkur ish doirasida albatta yangi ochilgan holatlar yuzasidan mutlaqo boshidan qayta tergov o‘tkazilishi kerak. Bosh prokuraturaning malakali tergovchilari ishni o‘z qo‘llariga olishlari shart. Hududiylarga ishonch yo‘q chunki.

Yoki manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun, ishni Davlat xavfsizlik xizmatiga o‘tkazish kerak. Chunki o‘ylab qaralsa, Bosh prokuratura jinoyat ishi noto‘g‘ri malakalangan deb xulosa berishi, bu birlamchi bo‘g‘inda prokuratura tergovi noto‘g‘ri o‘tganini anglatadi. Buni esa o‘z-o‘zidan Bosh prokuraturaning o‘zi ham xohlamaydi. Bunaqa rezonansli ishda kim ham o‘z tizimi xato qilganini tan olar edi.

Xullas, ushbu jinoyat ishida “o‘yin” bo‘lgani aniq. Tanish-bilishchilik, korrupsiya hidi anqib turibdi.

Masʼul huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faqat bir-biridan chiroyli bayonotlar bermasdan, aniq amaliy ishga o‘tishlari va jinoyat ishini qaytadan tergov qilishlari shart va zarur.

Qolgan gaplarni esa videoda tushuntirishga harakat qilganman.
📹 https://youtu.be/R8XzzkqoEDk


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

3-aprel, dushanba (12-kun)
Saharlik vaqti: 04:43
Iftorlik vaqti: 18:52 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga oʻn marta salavot aytadi va oʻnta xatosini oʻchiradi”, dedilar».

📖 Sharh: Avvalgi hadisda salavot aytgan kishining darajasi oʻn baravar koʻtarilishi aytilgan edi. Bu hadisda oʻnta gunohi kechirilishi ham aytilmoqda.

Bularning hammasi Robbul olaminning ulugʻ marhamatidir. Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini eshitganimizda, oʻzimiz zikr qilganimizda, kitoblarda oʻqiganimizda, namozlardan forigʻ boʻlganimizda, duolarimizning oxirida – doimiy ravishda salavot aytib yurishimiz kerak.

Mana shu vaʼdalardan umidvor boʻlib, tasavvuf ahlining koʻpchiligi salavotni oʻzlariga vird, vazifa qilib ham olganlar. Bu nihoyatda yaxshi amaldir.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muvaffaqiyatli karyera nimadan boshlanadi? 🔥

Sifatli ta'lim olib, yaxshi joyda ishlash uchun munosib universitet tanlashingiz kerak. Toshkent amaliy fanlar universiteti bilan orzuingizdagi kasb sari qadam qo'ying! 🎓

Kelajagingni birga quramiz!
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qizlar xonasiga yashirin kamera qo’yishda ishtirok etgan prorektor va yana 3 kishi ishdan haydaldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, Qoʻqon davlat pedagogika institutida bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan 4 nafar masʼul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etildi va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Shu oʻrinda, voqea ishtirokchisi boʻlgan qizlarning tazyiqsiz taʼlim olishlari kafolatlanadi, deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Macro Education'dan Ramazon tuhfasi!

📌 Malakali oʻqituvchilarga ega taʼlim maskani abituriyentlar va bilimga ishtiyoqmand yoshlarni matematika hamda ingliz tili darslariga qabul qilmoqda.

❗️ Shuningdek, Macro Education ingliz tili boʻyicha 2 oylik intensiv IELTS kurslarida tahsil olishni taklif qiladi.

Bundan tashqari, ilm dargohi oʻqish istagida boʻlganlarga ajoyib tuhfa hozirladi.
🕋 Muborak Ramazon oyida oʻquvchi sifatida roʻyxatdan oʻtganlar orasidan bir nafar baxtli inson Umra safariga bir kishilik yoʻllanmani yutib olishi mumkin!

Shoshiling! Balki gʻolib aynan SIZ boʻlarsiz!

📞 Murojaat uchun: +998971220108

💬 Admin bilan aloqa: @Macro_adminstrator

Telegram | Instagram |

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jaxongir Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu vaqtga qadar u Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

Agentlikning avvalgi rahbari Afzal Irmatov jinoyat ishi tergovi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani ma'lum bo'lgandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siyosiy dasturlari bilan tanilgan telejurnalist, uzoq yillar MTRKda ishlagan Sohibjon Alijonov 55 yoshida yurak xurujidan hayotdan ko‘z yumibdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un. Samimiy va kamtar inson edilar, yaqinlariga sabr tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

5-aprel, chorshanba (14-kun)
Saharlik vaqti: 04:40
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga rahm qilmaydigan kishiga Alloh rahm qilmaydi”, dedilar».

📖 Sharh: Kim odamlarga rahm qilmasa, Alloh taolo ham unga rahm qilmaydi. Bu gap ota-onalarga ham, bolalarga ham taalluqlidir. Shuning uchun musulmonlar doimo bir-birlariga, xususan, oila aʼzolariga nihoyatda rahmdil boʻlishlari kerak.

Musulmon ota-ona va bolalar bir-birlariga rahm-shafqat koʻrsatish orqali Alloh taoloning rahmatiga sazovor boʻladilar. Agar ish teskarisiga aylanib qolsa, Alloh taoloning rahmatidan ayrilib qoladilar.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Furqat Siddiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida faoliyatini boshladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinka #InsonQadriUchun tashabbusi doirasida siz uchun turli tovarlarga supernarxlar bilan katalog tayyorladi

231 dan ortiq eng kerakli tovarlar bilan ushbu havola orqali o‘tib, tanishib olishingiz mumkin: InsonQadriUchun.

Korzinka Ramazon oyida siz va yaqinlaringizga xotirjamlik va halovat, ishlaringizda esa baraka tilaydi!

#InsonQadriUchun

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘z karyerangizni boshlamoqchimisiz?

Toshkent shahridagi Amiti universitetida bo‘lib o‘tadigan bosh ish o‘rinlari yarmarkasi “Job Fair 2023” siz uchun ajoyib imkoniyat!

Ushbu qiziqarli tadbir mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilar, xususan, UZCARD, CocaCola, Samsung, TBC Bank, UzTelecom, British Council, IT-Park, Huawei, Epam, Deloitte, va boshqa kompaniyalarni birlashtiradi va turli sohalarda keng ko‘lamli ish imkoniyatlarini taklif qiladi.

👉🏼 Ishga qabul qiluvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish, savollar berish va hatto rezyumeni topshirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblarni planshet, telefon kabi qimmatbaho sovrinlar kutmoqda 🎁

*Shuningdek, Amity universitetida 2023-2024-yillar uchun qabul boshlangan.
www.amity.uz

📍Manzil: Toshkent shahridagi Amiti universiteti
🗓 O‘tkazilish kuni: 11-aprel
🕐 O‘tkazilish vaqti: 13.00-17.00
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

JANNAT SIZGA MUBORAK!

5-qism.
Najot kaliti

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Tutukon neo” dorisi sotuvdan qaytarib olinmoqda

Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasining “Tutukon neo” ichish uchun eritma 250 ml (flakonlarda) dori preparati “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.

Oʻzbekistonda ham ushbu dori sotuvdan qaytarib olinmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

3-aprel, dushanba (12-kun)
Iftorlik vaqti: 18:52 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Biringiz gunoh aralashtirmay yoki silai rahmni uzmay duo qilgan boʻlsa yoxud shoshilmasa, ijobat boʻladi. «Duo qildim, menga ijobat boʻlishini koʻrmayapman”, deydi va duoni tark qiladi», dedilar».

📖 Sharh: Banda «Duo qildim-u, menimcha, qabul boʻlmasa kerak», demasin. Noumid boʻlmasdan, duoda bardavom boʻlish kerak. Duo qilinaversa, inshaalloh, qabul boʻladi.

Ushbu hadislardan duoning shartlarini oʻrganib olyapmiz:

1. Duoga gunoh aralashmasligi kerak ekan. Shuning uchun duo qilishdan oldin tavba qilib turib, keyin duo qilish lozim.

2. Qarindoshlik aloqalarini uzgan holatda ham duo qabul boʻlmas ekan. Oʻzimiz Alloh taoloning amriga zid ish qilib turib, yana Undan biror narsa soʻrab duo qilishimiz hech bir aqlga, mantiqqa toʻgʻri kelmaydi.

3. Shuningdek, duoda noumid boʻlmaslik va uning ijobatiga shoshilmaslik ham kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

31-mart kuni chaqirilgan majlis tafsilotlaridan xabardor manbaning KunUz muxbiriga aytishicha, Koson hokimi Asrol Boyqorayev yig‘ilish ishtirokchilari – qishloq xo‘jaligi xodimlari, miroblarga hozir ish payti ekani, ro‘zani 60 yoshdan keyin tutish kerakligi haqida aytib baqirgan.

«Ro‘zadorlarga birin-ketin suv ichirilarkan, boshqalar ham o‘z xohishi bilan suv ichishni boshlagan. Hokimdan shu qadar qo‘rqishadiki, boshqa ro‘zadorlar ham ro‘za emasmiz, deya suv icha boshlashdi. Birorta gapiradigan bo‘lmadi. Chunki hamma hokimdan qo‘rqadi. Bu hokim – sher. Necha yildan beri qimirlamayapti», – deydi manba.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi esa hokimning bu ishi uchun Bosh prokuraturaga murojaat qilgan. Prokuratura o'rganishni boshlagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛒 Korzinka Biznes — yuridik shaxslar uchun yangi va katta ulgurji do‘kon xizmatingizda!

— yuqori talabga ega 3500dan ortiq mahsulotlar;
— butun assortiment uchun arzon narxlar;
— xaridlarning qulay minimal hajmi;
— keng avtoturargoh;
— xaridlarni avtomobilgacha tashishda yordam;
— hujjatlarni shaffof rasmiylashtirish tizimi va naqdsiz to‘lov.

💼 Yuridik shaxslar uchun arzon narxlarda ulgurji xaridlar!
🤝 Korzinka Biznes — manfaatli hamkorlik!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📍Manzil: Sergeli “Oʻzgarish” oʻtkazish yoʻli
🛒Moʻljal: Home Spot savdo majmuasi
📞Telefon:
+998 78 777 1414
+998 93 123 1414

biznes.korzinka.uz | Instagram | Facebook
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorazmdagi bolalar uyining uch nafar jabrlangan qizlari himoyaga olingan, ularning xavfsizligi ta’minlangan. Bu haqda Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

«Ularning xavfsizligi, ruhiy va jismoniy tiklanishi hozirda ustuvor masala. Shu bilan bir vaqtda bu kabi vaziyatlarda harakat qilish va, eng asosiysi, ularning oldini olish tizimini yaratish ustida ishlashimiz kerak. Qonunlarni qat’iylashtirish va zo‘ravonlikka mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi. Barcha darajalarda», — deyiladi xabarda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel