xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Bugun, 2023-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:

• Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

9-aprel, yakshanba (18-kun)
Saharlik vaqti: 04:32
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdurrahmon ibn Shibldan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim:
«Ulovdagi piyodaga salom bersin, piyoda o‘tirganga salom bersin, ozchilik ko‘pchilikka salom bersin. Kim salomga alik olsa, o‘ziga foyda. Kim alik olmasa, unga hech narsa yo‘q».

📖 Sharh: Bu hadisi sharifda odob bo‘yicha kim kimga avval salom berishi haqida so‘z ketmoqda. Demak, markab (ulov)ga minib olgan odam piyoda ketayotgan odamga salom berishi kerak ekan. Tik yurib ketayotgan odam o‘tirgan odamga salom bermog‘i lozim. Ozchilik ko‘pchilikka salom bermog‘i kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

8-aprel, shanba (17-kun)
Iftorlik vaqti: 18:57 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz zinhor birovni joyidan turg‘izib, uning o‘rniga o‘tirmasin. Lekin joy beringlar, sig‘ishinglar», dedilar».

📖 Sharh: Bu hadis ham Islom madaniyatining majlis odoblariga oid namunalaridan bir lavhadir.

Albatta, oldin kelib o‘tirgan odam o‘z joyiga haqli bo‘ladi. Uni turg‘izib, o‘rniga o‘tirib olish ko‘nglini g‘ash qilishi mumkin. Bunday qilishning o‘rniga, davrani kengroq olib, yangi kelgan odamga yangi joy hosil qilgan afzaldir.

Bu hadisga ilm majlislarida, masjidda va to‘yga o‘xshash marosimlarda ommaviy holatlarda amal qilinadi.
Ammo ruxsat berilmagan, kishilarga ozor berishi mumkin bo‘lgan, majnun, esipast yoki sarimsoqpiyoz yegan shaxslarni majlisdan chiqarib yuborish mumkin.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📱 Yanada ko‘p imkoniyatlar – smartfoningizda!

Ucell yangi mobil ilovani ishga tushirdi. Endi siz quyidagi xizmatlarni mustaqil boshqara olasiz:

- mobil hisobingiz balansini kuzatib borish;
- tarif bo‘yicha limitlarni tekshirish;
- abonent raqami bo‘yicha tafsilotlarni olish;
- qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish / o‘chirish;
- tarif rejasini almashtirish;
- mamlakatdagi barcha mobil operatorlar abonentlari hisoblarini komissiyasiz to‘ldirish;
- kommunal xizmatlar haqini to‘lash;
- mamlakat bo‘ylab kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish.

Ilovani yuklab olish: ucell.uz/wv
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Tashabbusli byudjet” g’oliblari g’alabani qanday nishonlashdi?

Salyutdan kortejgacha, raqsdan nutqgacha. Xalqning xursandchiligini ko’ring.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi “Xalq hech narsaga tayyormas”, degan gaplar naqadar safsata ekanligini yilda 2 marta isbotlayapti. Xalq hammasiga tayyor, faqat unga ishonish va imkon berish kerak xolos.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

7-aprel, juma (16-kun)
Iftorlik vaqti: 18:56 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z tushgan bo‘lsa, izn yo‘q», dedilar».

📖 Sharh: Chunki bu ko‘z o‘zi muomala qilishni, ichkarisiga kirishni istab turgan hovli egalari haqqiga xiyonat qildi. Ularning ruxsati va iznisiz qarab, o‘zi ko‘rishi mumkin bo‘lmagan narsalarni ko‘rdi. Shuning uchun bu ishni qilgan odamga izn bermagan afzal. U ichkariga kirib olib, avvalgidan ham katta xiyonat qilishi mumkin.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Kun fotosi

O’tgan mavsumda “Tashabbusli byudjet”da g’olib bo’lgan mahalla aholisi yotqizilgan asfaltning sifatini tekshirib, keyin qabul qilmoqda (Toshkent viloyati).

Mana buni jamoatchilik nazorati deydilar! Xalq nazorat qilishni boshlasa, o’g’ri va korrupsionerlarning ini ming tanga bo’lib ketadi!

P/S: shu paytgacha davlat dasturi doirasida qilingan qurilish ishlari bilan hech kimning ishi bo’lmas edi, muttaham o’g’rilar istagancha davlat byudjetini o’marishgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ “Tashabbusli byudjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi.

📝 To'liq ro'yxat

Loyihaning birinchi mavsumida 33 ming 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berildi.

Yakunda 1 ming 666 ta loyiha g‘olib deb topildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ovoz berish yakunlangach, har doimgidek joylarda bayramlar boshlanib ketdi :)

Ushbu video Shahrixon tumanida olingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

JANNAT SIZGA MUBORAK!

7-qism.
Jannat yo’li

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Tashabbusli byudjet” bo’yicha ovoz berish jarayonlari 7-aprel soat 10:00 da yakunlanadi.

Negadir internetda 6-aprel 23:59 da tugaydi degan gaplar yuribdi. Lekin unaqa emas. Hali yana ovoz berish uchun roppa-rosa 10 soat vaqt bor.

Ovoz berilmagan 3 ta telefon raqamim bor. Malibu’ga almashaman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zA ishga taklif qiladi

Hech kimga sir emas, istalgan soha va tashkilot rivoji malakali kadrlar qo‘lida. Kadrlar barcha narsani hal qiladi. Ammo yaxshi kadr anqoning urug‘iday gap.

Ayniqsa jurnalistika sohasida kreativ fikrlaydigan, zamonaviy media trendlarni o‘zlashtirgan, yangilik qilishdan qo‘rqmaydigan, eskicha va shablon fikrlashdan xoli kadrlarni topish, ochig‘i, oson emas.

Xullas, O‘zA ommaviy eʼlon orqali o‘zi uchun kadrlar zaxirasini shakllantirmoqchi.

❓Bizga kimlar kerak?

Jurnalist-muxbirlar, fotomuxbirlar, tarjimonlar, rejissyorlar, dizaynerlar, montajchilar, operatorlar, SMM mutaxassislar, AKT mutaxassislari va h.k.

💼 Jumladan, quyidagi rahbariy lavozimlar uchun ham tajribali nomzodlar kerak:

— Siyosat va yangiliklar tahririyati bosh muharriri;
— Hududiy axborot tahririyati bosh muharriri;
— Xalqaro axborot tahririyati bosh muharriri (xorijiy til bilish talabi mavjud);
— Fotoaxborot tahririyati bosh muharriri;
— Veb resurslar bilan ishlash tahririyati bosh muharriri;
— Tarjima tahririyati bosh muharriri;
— Media markaz boshlig‘i;
— AKT boshqarmasi boshlig‘i;
— O‘zA ilm-fan jurnali bo‘limi boshlig‘i.

❓Ish haqi qancha?

Umuman olganda, ochig‘ini aytish kerak, O‘zAda oylik ish haqi unchalik yuqori emas. O‘rtacha 3 mln so‘m. Ammo bu miqdor lavozimga va ish unumiga qarab o‘zgaradi.

Masalan, haqiqatda o‘ta zo‘r materiallar tayyorlaydigan kreativ xodimlar yoki rahbar-menejerlar uchun yuqori KPI ko‘rsatkichiga qarab, qo‘shimcha ustama va gonorarlar hisobiga 15 mln so‘mgacha oylik ish haqi qilib berishimiz mumkin.

❓Ish tartibi qanday?

Nomzodlar bilan kelishgan holda turli tartibda ishga qabul qilishimiz mumkin. Masalan, to‘liq yoki yarim stavkada, o‘rindoshlik asosida yoxud fuqarolik huquqiy shartnoma orqali onlayn/masofadan turib ishlash tartibida.

Nomzodlar qayerga murojaat qilishlari kerak?

O‘zAda ishlash niyati bo‘lganlar quyidagi anketani to‘ldirishlarini so‘raymiz:

📝 https://forms.gle/TQVct7XWZG7UmAUQ7

❗️Eslatma: anketa yuborilgan barcha nomzodlarni ishga olish majburiyatimiz yo‘q. Sababi biz hozirda kadrlar zaxirasi shakllantirmoqchimiz, ko‘rsatilgan ko‘plab lavozimlar aslida vakant joyi emas. Ammo biz uchun maʼqul nomzodlar bo‘lsa, ularni ko‘p cho‘zib o‘tirmasdan, albatta ishga taklif etamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Qarshi innovatsion ta’lim universitetiga hech bir imtihonlarsiz talaba bo‘lishingiz, o‘qishingizni O‘zbekiston yoki chet ellardagi oliy o‘quv yurtlaridan hech bir qiyinchiliksiz, ortiqcha to‘lovlarsiz ko‘chirib kelishingiz mumkin!

📌 Ta'lim yo'nalishlari va kontrakt narxlari to'g'risida:
/channel/QITU_uz/630

Imkoniyatdan unumli foydalaning.

📍Manzil (lokatsiya): Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Oydin mahallasi, Alisher Navoiy ko'chasi, 72/12-uy

Murojaat uchun:
📞 901131166
📞 901231166

🧑‍💻 Aloqa uchun bot (eng koʻp beriladigan savollarga javoblar):
@qitu_uz_aloqa_bot

(Litsenziya №044000, 19.10.2022y.)

Sayt | Telegram | Instagram | qitu_uz">YouTube
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

6-aprel, payshanba (15-kun)
Iftorlik vaqti: 18:55 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Barodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Salomni tarqating, salomat bo‘lasiz», dedilar».

📖 Sharh: Salomda «salomatlik» ma’nosi bor. Shuning uchun mo‘min-musulmonlar bir-birlarini ko‘rganda doimo salom berib yursalar, tinchlik, salomatlik bo‘lar ekan.

Islomning tinchlik, salomatlik, birodarlik dini ekanligi mana shu salomlashishda ham namoyon bo‘ladi. Mo‘min-musulmonlar bunga qat’iy amal qilishlari, o‘zi oddiy bir narsa bo‘lib ko‘ringan bu amalning buyuk bir ahamiyatga molik ekanligini unutmasliklari lozim.

Salomlashgan odamlar orasida muhabbat hosil bo‘ladi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Vazirlar Mahkamasining 3-apreldagi 140-sonli qaroriga binoan, Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgarish kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda, Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

60 km/soat tezlikdan oshirganlar (+5) tegishli tartibda jarimaga tortiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi

Ta'lim shakllari: kunduzgi va sirtqi.

Yo'nalishlar:

💻 Axborot texnologiyalari:
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Kompyuter injiniringi
• Dasturiy injiniring

🤝 Biznes texnologiyalari:
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Yurispudensiya (Biznes huquqi)

💡 Ta'lim texnologiyalari:
• Psixologiya
• Texnologik ta'lim
• Boshlang'ich ta'lim

🌐 Til texnologiyalari:
• Xorijiy til va adabiyoti
• O'zbek tili va adabiyoti
• Ijtimoiy ish

📄 Litsenziya 062346-son (08.02.2023), batafsil bu yerda.

👉 Obuna bo'ling va qabulni o'tkazib yubormang: @ttu_uz
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov 74 yoshida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentga Xitoyda ishlab chiqilgan 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi.

Ma'lumot uchun, Prezidentning tegishli qaroriga (PQ–59-son, 16.02.2023-y.) muvofiq Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar olib kelinadi.

Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobus xarid qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Lekin men eng mazza qilgan video mana bu bo’ldi. Beg’ubor bolaligim esimga tushib ketdi.

20 yil oldin shu bolajonlardan qaysidir biri men edim. Balki eng changitib o’ynayotgani va eng baland qichqirayotgani bo’lsam kerak 😂

P/S: Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kallamozor qishlog'idagi 52-maktab sport zal qurish tashabbusi bilan g’olib bo’ldi, shu sabab maktabda bayram.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uzbekistan‘s club platformasi ishga tushganiga ikki kun bo‘lmasdan rezident bo‘lish istagida 100dan ortiq arizalar kelib tushdi

Loyiha jamoasining ma'lum qilishicha, shu vaqtdan boshlab ushbu platformadagi maxsus anketani to‘ldirish orqali Shimoliy Amerika, Yevropa, Fors Ko‘rfazi, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalaridan jami 100dan ortiq nomzodlar klub rezidenti bo‘lish istagini bildirganlar.

Ularning deyarli uchdan biri dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan yoki izlanishlar olib borayotgan yoshlarga to‘g‘ri keladi.

Rezident bo‘lish istagidagi o‘zbekistonliklar safida Mercedes Benz, Hewlett Packard (HP), Bank of America, New York Times, Amazon, Meta, InterContinental Hotels Group, Allianz hamda "katta to‘rtlik" deb guruhlanadigan yirik global auditorlik kompaniyalarda ishlaydiganlar ham bor.

Agar siz ham xorijda muvaffaqiyat qozongan o‘zbekistonlik bo‘lsangiz, unda Uzbekistan‘s club sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, rezident bo’lishingiz mumkin.

Saytga havola: https://uzbekistans.club/


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

9 000 000 dan ortiq roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar: Payme 7 yoshda!

Payme butun faoliyati davomida oʻz foydalanuvchilariga turli hayotiy muammolarni tez, xavfsiz va barqaror hal qilishda yordam berib keladi.

“Foydalanuvchilarimiz – bizning eng yaxshi sovgʻamiz. Biz bilan boʻlganingiz uchun rahmat!”

Payme. Hayotiy yechimlar.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev ishtirok etayotgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Prezident Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Maxmudaliyev nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Akmal Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Paxtaobod tumanidagi 21-IDUM qo'shimcha bino olish uchun “Tashabbusli byudjet”da 1-o'rinni olibdi. Buyog’i bayram :)


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ovoz berish tugashiga 1 soat qoldi.

1 soatdan so’ng “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yilgi 1-mavsum g’oliblari ma’lum bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

7-aprel, juma (16-kun)
Saharlik vaqti: 04:36
Iftorlik vaqti: 18:56 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Jobirdan rivoyat qilinadi:

«Kishi o‘z farzandining oldiga kirishda ham, onasining oldiga kirishda ham, – onasi qarib, kampir bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, – izn so‘raydi. Xuddi shuningdek, aka-ukasining, opa-singlisining va otasining oldiga kirishda ham izn so‘raydi».

📖 Sharh: Bu rivoyatdan bir uyda yashaydigan eng yaqin mahramlarning oldiga kirish uchun ham izn so‘rash shartligini tushunib olamiz.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Dino Buzzati. Ko‘chki (hikoya)

Izoh:
Ushbu hikoya olamshumul yangilik va mashhurlik ilinjida yo’lga chiqqan jurnalistning kichik sarguzashti haqida.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/dino-buzzati-kuchki" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/dino-buzzati-kuchki

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/_e9j1FdPCA8

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi Xorazmdagi mehribonlik uyi ishi bilan bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqdi.

Kassatsiya instansiyasi Xorazm viloyat prokuraturasining protestini qanoatlantirib, ishni yangitdan appellyasiya instansiya sudida ko‘rishni belgiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorijiy tillarni bepul o’rgatish maqsadida boshlangan “Ibrat farzandlari” loyihasi YouTube’da 200 mingdan oshiq obunachi to’plabdi. Hozirda loyiha doirasida 12 ta chet tili hamda xorijliklar uchun o’zbek tili videokurslari mavjud.

🇬🇧 Ingliz tilini “0”dan o‘rganish;
🇷🇺 Rus tilini “0”dan o‘rganish;
🇹🇷 Turk tilini “0”dan o‘rganish;
🇩🇪 Nemis tilini “0”dan o‘rganish;
🇰🇷 Koreys tilini “0”dan o‘rganish;
🇨🇳 Xitoy tilini “0”dan o‘rganish;
🇪🇦 Ispan tilini “0”dan o‘rganish;
🇯🇵 Yapon tilini “0”dan o‘rganish;
🇸🇦 Arab tilini “0”dan o‘rganish;
🇮🇳 Hind tilini “0”dan o‘rganish;
🇫🇷 Fransuz tilini “0”dan o‘rganish;
🇮🇹 Italyan tilini “0”dan o‘rganish;
🇺🇿 O‘zbek tilini “0”dan o‘rganish.

Kimgadir kerak bo’lsa, topish oson bo’lishi uchun tillarga havola qoldirdim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Foizsiz / 4x to’lov endi barcha Elmakon do’konlarida!

Ko’plab texnikalarni 3 OYGA/FOIZSIZ xarid qilishga shoshiling 🤩
Kiramiz, tanlaymiz va xarid qilamiz - tez va oson! ⚡️

Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
☎️ Batafsil ma’lumot 71 203 12 03
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha Prezident raisligida “Yangi O‘zbekiston” massivlarida uy-joy qurilishiga doir ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari, Markaziy bankning viloyat bo‘linmalari rahbarlariga hayfsan e’lon qilindi va vaziyatni o‘zgartirish uchun bir oy muhlat berildi.

2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel