xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

17-aprel, dushanba kuni, jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summalarining birinchi yarmini (50%) to‘lashning oxirgi kuni. Aslida Soliq kodeksi bo‘yicha oxirgi kun bugun, 15-aprel edi, lekin dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani uchun ko‘chirildi.

Qonunga ko‘ra, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovlari 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.

Sizga qancha soliq hisoblanganini Soliq mobil ilovasidan ko‘rib olishingiz mumkin. Shuningdek, bir qancha elektron to‘lov tizimlarida ham JSHSHIR raqamingizni kiritgan holda soliq bo‘yicha holatingizni ko‘rish va onlayn to‘lov qilish imkoniyati bor (JSHSHIRni qanday bilsa bo‘ladi?)

Kechiktirilgan kun uchun penya yozadi.

Soliq mobil ilovasida ota-ona uchun soliqlarni to‘lash imkoniyati ham bor.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi

2023/2024-o'quv yili kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha yo'nalishlar:

💻 Axborot texnologiyalari:
• Dasturiy injiniring
• Kompyuter injiniringi
• Axborot tizimlari va texnologiyalar

🤝 Biznes texnologiyalari:
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Yurisprudensiya (Biznes huquqi)

💡 Ta'lim texnologiyalari:
• Psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Texnologik ta'lim

🌐 Til texnologiyalari:
• Ijtimoiy ish
• O'zbek tili va adabiyoti
• Xorijiy til va adabiyoti

📄 Litsenziya 062346-son (08.02.2023), batafsil bu yerda.

👉 Rasmiy sahifamiz: @ttu_uz
📲 Savollar uchun: @ttualoqabot
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

15-aprel, shanba (24-kun)
Saharlik vaqti: 04:21
Iftorlik vaqti: 19:04 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biringiz orzu qiladigan bo‘lsa, nimani orzu qilayotganiga nazar solsin! Chunki u o‘ziga nima berilishini bilmaydi», dedilar».

📖 Sharh: Yaxshilik dini bo‘lgan Islomda faqat yaxshi narsalarni orzu qilish kerakligi targ‘ib qilinmoqda. Orzu bir narsaning kelajakda o‘ziga yetishini yaxshi ko‘rishdir. Ana o‘sha narsa ham faqat yaxshilik bo‘lishi lozim ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Taxtiqoracha” dovonida “ISUZU” pastlikka quladi

Yuk avtomobilining halokatiga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Natijada yong‘in chiqqan va transport vositasi butunlay yonib ketgan.

Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi mashinadan sakrab tushib qolishga ulgurgan, bu jarayonda ular tan jarohatlari olishgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#chegirma

Toʻplam kitoblarni chegirma narxda xarid qiling

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
hazratlarining qalamlariga mansub “Kifoya”, “Odoblar xazinasi” hamda “Xislatli hikmatlar sharhi” toʻplamlarini Ramazon chegirmasidan foydalanib, sotib oling.

1. “Kifoya” toʻplami (3 jild) 224 000 - 202 000 soʻm

2. “Odoblar xazinasi” toʻplami (4 jild) 180 000 - 162 000 soʻm

3. “Xislatli hikmatlar sharhi” toʻplami (5 jild) 243 000 - 219 000 soʻm

☎️ +998712175999
📨 @hilol_reception
📍 Manzillarimiz

@
hilolnashr
Kitob reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nima uchun Toshkent amaliy fanlar universitetini tanlash kerak?

Oʻzbekistonda xususiy taʼlim yaxshi rivojlanib boryapti. Bugun davlat OTMlariga oʻqishga kira olmagan abituriyent avvalgidek yoki bekorchi bo'lishi, yoki qoʻshni mamlakatlarda 1 yil oʻqib, soʻng "perevod" qilish haqida oʻylashi shart emas. Yoshlarning yurtimizdagi nodavlat universitetlariga qiziqishlari anchagina ortmoqda.

OTMT loyihasi doirasida Toshkent amaliy fanlar universitetida boʻldik. U yerda yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun zarur boʻlgan imkoniyatlar, dars jarayonlari bilan tanishdik hamda universitet rektori bilan suhbat qurdik.

Universitet haqidagi videoni mana bu yerdan koʻrishingiz mumkin:
📲 https://youtu.be/BsXSLv0cL4o


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shilqimlik uchun javobgarlik belgilandi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks shahvoniy shilqimlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi 41-1-modda bilan to‘ldirildi.

Shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish BHMning 2 baravari (600 ming so‘m)dan 5 baravari (1,5 mln so‘m)gacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

XULOSA: shahvoniy va intim “gap otishlar” yoki shunday maqsaddagi teginishlar uchun endi ma’muriy jazo qo’llanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ishdan olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — UzA.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

14-aprel, juma (23-kun)
Saharlik vaqti: 04:23
Iftorlik vaqti: 19:03 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ziyofat uch kun. Undan keyingisi sadaqadir», dedilar».

📖 Sharh: Demak, mehmon kelsa, uni ziyofat qilishning haqqi uch kun ekan, bundan keyingi ziyofatni yegan mehmon sadaqa yegan hisobida bo‘lar ekan. Mezbon uch kundan keyin biror narsa bermasa ham, malomat qilinmaydi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️16 yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

Prezident imzolagan qonunda jinsiy zo’ravonliklarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi. Ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun jazolar keskin oshirildi.

Amaldagi qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan uning roziligi asosida jinsiy aloqaga kirishgan ayblanuvchilar tergov jarayonida jabrlanuvchining yoshini bilmaganligini bahona qilib, javobgarlikdan ozod bo‘lib qolish imkoniyatiga ega edi. Yangi qonunda bunday shaxslar uchun javobgarlik muqarrarligi ta’minlanib, ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganligidan qat’iy nazar oddiy holda 5 yilgacha, og’irlashtiruvchi holatlarda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi.

❗️BU MUHIM: e’tibor bering, bu yerda 16 yoshga to’lmagan shaxsning xohishiga qarshi uning nomusiga tegish haqida gap ketmayapti. Bunday qilmishning jazosi yanada og’irroq (10 yildan 15 yilgacha).

Yuqorida o’zi xohlab jinsiy aloqaga kirishish haqida gap ketyapti. Ya’ni 16 yoshga to’lmagan shaxs o’zi xohlab jinsiy aloqada bo’lsa ham, u bilan jinsiy aloqaga kirishgan shaxs jinoyatchi hisoblanadi va bunda holatiga qarab 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

XULOSA: 16 yoshga to’lmagan qiz yoki yigit bilan jinsiy aloqa qilgan shaxslar har qanaqasiga ham jinoyat sodir etgan, deb hisoblanadi. Agar 16 yoshga to’lmagan shaxsning o’zi xohlagan bo’lsa, unda 10 yilgacha, agar xohlamagan bo’lsayu, uning nomusiga tegilgan bo’lsa, unda 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

13-aprel, payshanba (22-kun)
Iftorlik vaqti: 19:02 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Albatta, hayo bilan iymon bir-biriga qo‘shilgan. Biri ko‘tarilsa, ikkinchisi ham ko‘tariladi».

📖 Sharh: Demak, hayosi ko‘tarilgan kishining iymoni, iymoni ko‘tarilgan kishining esa hayosi ko‘tariladi. Shuning uchun hayo iymonning bir bo‘lagi, deyiladi. Iymoni bor odamgina hayoli bo‘lishi mumkin ekan. Binobarin, hayoga qattiq e’tibor berish, uning iymonning alomatlaridan biri ekanligini zinhor unutmaslik kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muvaffaqiyat nimadan boshlanadi? 🔥

Yorqin karyera — yaxshi ta'lim natijasidir. Yaxshi ta'lim olish uchun universitet tanlovida adashmaslik kerak. Toshkent amaliy fanlar universitetini tanlang va orzuingizdagi kasb sari qadam qo'ying!🎓

Bizni kuzatib boring: @utasuz
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Magistratura hamda doktoranturada talab etiladigan til bilish sertifikatlariga oid muhim ma’lumot

Avval xabar berganimizdek, 2023-yil 23-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan til bilish sertifikatlari ro’yxati qayta tasdiqlangan edi.

Yangi ro’yxatda 3 ta sertifikat olib tashlandi, bular:

🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER).

Shu sababli mazkur sertifikatni olgan talabalar tomonidan “endi biz nima qilamiz, kuyib qolaveramizmi, nega vaqtliroq aytishmadi”, degan mazmunda ko’plab e’tirozlar bildirildi. Menga ham bu borada juda ko’p yozishdi.

RASMIY MA’LUMOT:

Yangi ro’yxat tasdiqlangunga qadar (2023-yil 23-mart) olingan hamda amal qilish muddati tugamagan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 2023/2024-oʻquv yili qabulida inobatga olinadi.

Shu sababli mazkur sertifikatga ega talabalar xavotir olmasa ham bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSH Moliya vazirligi bugun Rossiyaga aloqador bizneslar va insonlar uchun yangi sanksiyalar ro’yxatini e’lon qildi.

Bugungi ro’yxatda Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasiga aloqador Akkermann Cement CA va u egalik qiladigan “Ohangaronsement” AJ, shuningdek Usmonovga aloqadorligi aytilgan “Windfel properties limited” kompaniyasi va uning O’zbekistondagi vakolatxonasiga nisbatan sanksiya joriy qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahridagi Amiti universitetida 2023-2024-oʻquv yili uchun qabul boshlandi!

Hujjatlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilinadi.

Xalqaro umumtaʼlim bosqichida:
➖ International Foundation Studiyes;

Bakalavriat bosqichida:
➖ Axborot texnologiyalari;
➖ Kompyuter muhandisligi;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Turizm boshqaruvi;
➖ Biznes boshqaruv.

Birinchi kirish imtihoni 27-aprel kuni boʻlib oʻtadi. Abituriyentlar ichki matematika va ingliz tilidan imtihon topshirishadi (IELTS sertifikati talab etilmaydi).

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998 (71) 207 90 06
🌐 www.amity.uz

Telegram | Instagram | Facebook | AmityUniversityTashkent">YouTube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qamchiqda DAF rusumli yuk avtomobili yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa urilib yonib ketdi

Hodisa 15-aprel tunggi soat 02:48 larda dovonning "Qo‘shminor" MFY hududidan o‘tgan qismida, haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida sodir bo‘lgan.

Kelib chiqqan yong‘in natijasida avtomashina va uning yukxonasi to‘liq yonib ketgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar berdi FVV.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jannatdagi qo’shni

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 21:50 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi 2023-yilning Bahorgi mavsumida to’rtinchi o‘yinni o‘tkazadi.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham bo’lib o’tadi.

⚡️Tomoshabinlar uchun super yangilik!

Endi “Zakovat”ga savol yo‘llab katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin. Sizni oddiy o‘yinlarda 1 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha, mavsum finalida 50 mln so‘mgacha mukofot kutmoqda.

‼️ Agar savolingiz yil finalida eng zo‘r savol deb topilsa, unda 1️⃣0️⃣0️⃣ mln so‘m (!!!) pul mukofoti beriladi🤩💰

📨Savol yuborish shartlari bu yerda.

Eslatma: “Agrobank” teletomoshabinlar homiysi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ esa bilimdonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

👍 Ko‘proq kitob o‘qing, qiziqarli savollar tuzing va millionerga aylaning! “Zakovat”ni ko‘rishni esa kanda qilmang!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

14-aprel, juma (23-kun)
Iftorlik vaqti: 19:03 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Mujohiddan rivoyat qilinadi:

«Bir kishi birodarining orqasidan uzoq tikilishi va burilib ketganda orqasidan nazarini ergashtirib qarab qolishi makruh. Shuningdek, «Qayerdan kelding, qayerga borasan?» deb so‘rashi ham makruh».

📖 Sharh: Agar bir kishi boshqasining ortidan uzoq tikilib nazar solib tursa, ketayotgan kishining ko‘ngliga har xil xayollar kelishi mumkin.

Agar birovdan qayerdan kelayotgani yoki qayerga ketayotgani so‘ralsa, so‘ralgan odam qayerdan kelgani yoki qayerga ketayotganini aytishni istamasligi mumkin. So‘ralsa, yo o‘zi istamagan narsani aytib, sirini ochishi, yoki yolg‘on gapirishi kerak bo‘lib qoladi. Aytishni istasa, so‘ralmasa ham o‘zi aytadi.

Bu hadis ham yuksak odob qoidalaridan saboqdir.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun qanday jazo bor?

Bu tasodifmi yoki yo‘qmi bilmadimu, lekin 3 kun oldin (11-aprel) imzolangan va eʼlon qilingan qonun asosida Jinoyat kodeksiga yangi modda qo‘shilgan edi.

Yangi qo‘shilgan 141-3-moddaga binoan, shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

❓Bunga nimalar kiradi?

Shaxs tanasining va (yoki) jinsiy aʼzolarining yalang‘och holdagi foto- va (yoki) videotasvirini o‘z ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qo‘rqitish ushbu jinoyat tarkibini tashkil etadi.

❓Qanday jazo bor?

Mazkur qilmish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan (120 mln so‘m) 600 baravarigacha (180 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

❓Nimalar og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi?

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi.

❓Og‘irlashtiruvchi holatga qanday jazo beriladi?

Bunda 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yana qaytaraman, ushbu modda 3 kun oldin Jinoyat kodeksiga kiritildi. Ilgari bunday qilmish uchun konkret jinoiy javobgarlik belgilanmagan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Andijon viloyati hokimligi bayonoti: "insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi ma’lumotlar tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborildi.

Hozirda qonunga xilof bunday ma’lumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda", — deyiladi bayonotda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Talaba bo'lish imkoniyatlarini oshiruvchi platforma ishga tushirildi!

MenTalaba.uz platformasi maktab o'quvchilariga birgina saytning o'zida O'zbekistondagi o'nlab oliygohlarga hujjat topshirish imkonini beradi.

Buning uchun:
1️⃣ MenTalaba.uz saytidan ro'yxatdan o'tasiz
2️⃣ Shaxsiy profilni to'ldirasiz
3️⃣ Tahsil olmoqchi bo'lgan oliygohlarga ariza topshirasiz

👉 MenTalaba.uz - platformasidan hoziroq ro'yxatdan o'ting va muddatidan avval o'nlab oliygohlar talabasi bo'ling!

Yangiliklardan xabardor bo'lish va sovg'alar yutib olish uchun telegram sahifamizni kuzatib boring.

🌐 Mentalaba.uz | Telegram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jannat rayhonlari

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Sergey Dovlatov. Bobom (“Biznikilar” toʻplamidan)

Izoh:
O’tkir satiralari bilan tanilgan Sergey Dovlatov (1941-1990) sovet davridagi ta’qiblar natijasida AQShda qo’nim topgan eng mashhur yozuvchilardan biri. Uning asarlarini shunday tasvirlashadi: "Sergey Dovlatovning tarjimai holiga qiziqqan kitobxon uning asarlarini o’qib ko’rsa kifoya. Kitobiylikdan, an’anaviy qonun-qoidalardan birmuncha
yiroq, hayot haqiqatini bo’yamay-bejamay aks ettirgan bu asarlarni muallif umrining badiiy solnomasi deyish mumkin".

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/sergey-dovlatov-bobom" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/sergey-dovlatov-bobom

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/_pAalWnsOnU

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



🔘 @xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari soliqqa tortilmaydi — Soliq qo'mitasi

Soliq kodeksi 378-moddasiga binoan, jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Shunga ko‘ra, jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalari soliqqa tortilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar orasida advokatura uchun alohida bob qo‘shish taklif etilmoqda (24-bob, 141-142-moddalar).

Jumladan, advokat, uning shaʼni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi, degan band ham mavjud.

Rolikni ko‘ring ))


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TAKLIF: har qanday yangi normativ-huquqiy hujjat u rasman e’lon qilingandan keyingina kuchga kiradi. Ya’ni imzolangan, ammo hech qayerda e’lon qilinmagan qonun yoki qarordagi biror talabni bajarmagani uchun insonlar javobgar bo’lishi mumkin emas, sababi ular bunaqa hujjat qabul qilinganini bilmagan edi, deb baholanadi.

Jumladan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasida quyidagi qoidalar belgilangan:

“Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir”.


Xorijiy til sertifikatlarini tasdiqlashga oid vazir buyrug’i garchi normativ-huquqiy hujjat sifatida ro’yxatga olinmagan bo’lsa-da (aslida bu hujjat ham umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘zgartiruvchi mazmunga ega, shu sababli NHH deb qabul qilish mumkin edi), lekin umumiy mantiqdan kelib chiqilsa, toki ushbu buyruq e’lon qilinmagunga qadar abituriyentlar bunaqa o’zgarish bo’lganidan bexabar edi.

Mazkur buyruq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanalida 31-mart kuni soat 18:18 da e’lon qilindi.

Shu sababli qonunchilik talabi bo’yicha, 31-martga qadar (shu kuni ham) olingan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari ham magistratura va doktoranturaga kirish uchun qabul qilinishi kerak. Shunda ijtimoiy adolatdan bo’lar edi.

Vazirlik mas’ullari va huquqshunoslari ushbu masalani o’rganib chiqib, tegishli xulosa berishadi, degan umiddaman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Talabalarga 2-kursdan sertifikat asosida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berish taklif etilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.

Loyihada aytilishicha, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi.

Talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Qaysi yo’nalishlarda va qaysi kursdan sertifikat berilishi 2 oy ichida alohida tasdiqlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tashvishli raqamlar

So‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar hamda xotin-qizlarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda.

Xususan, 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilishda aybli deb topilganlar soni:
➖ 2019-yilda 99 nafar;
➖ 2020-yilda 153 nafar;
➖ 2021-yilda 216 nafar;
➖ 2022-yilda 238 nafarni tashkil etgan.

14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishish jinoyatini sodir etganlar soni esa:
➖ 2019-yilda 52 nafar;
➖ 2020-yilda 35 nafar;
➖ 2021-yilda 57 nafar;
➖ 2022-yilda 73 nafarni tashkil etgan.

❗️ Internetda bolalar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi saytlar 2013-yildan 2017-yilga qadar 7 baravar oshgan.

✅ Bunday noxush holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida aholi orasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarni esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida xotin-qizlar va bolalarning huquqlari kafolatlarini kuchaytiruvchi yangi qonun imzolandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

13-aprel, payshanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 04:25
Iftorlik vaqti: 19:02 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning eng yomoni – ikkiyuzlamachisidir. Birovlarga bir yuzi bilan, boshqalarga bir yuzi bilan keladi», dedilar».

📖 Sharh: Ikki tomonga ham yoqishga harakat qiladi. Har tarafni ko‘rganda, yuzini o‘zgartiradi. Bir joyda gapirgan gapining teskarisini boshqa joyda bemalol gapirishi mumkin. Bir joyda maqtagan narsasini boshqa joyda yomonlashi mumkin. Maqsadi, faqat birovlarga yaxshi ko‘rinish bo‘ladi. Biroq bunday odam bandaning roziligini topaman deb, Alloh taoloning roziligidan yuz o‘girgan bo‘ladi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel