xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

⚡️ Ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi

Prezident imzolagan qonunga ko'ra huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab:

15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki
30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

❗️Qonun 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

18-aprel, seshanba (27-kun)
Iftorlik vaqti: 19:08 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:

«Bir kishi aksa urib, «Alhamdulillah», desa, farishta «Robbil olamin», deydi. Banda ham «Robbil olamin», desa, farishta «Alloh senga rahm qilsin», deydi».

📖 Sharh: Demak, aksa urib, «Alhamdulillah», degan kishiga faqat atrofda eshitib turgan kishilar emas, balki ko‘zimizga ko‘rinmaydigan, biroq doim yonimizda bo‘ladigan farishtalar ham javob berishga shay turishar ekan. Aksa urib, Alloh taologa hamd aytmagan kishi bundan mahrum bo‘lib qolishi tayin.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent amaliy fanlar universitetining yangi binosi 🤩

Hurmatli talaba va abituriyentlar, Toshkent amaliy fanlar universitetining yangi o'quv binosi ochilgani haqida xabar berishdan mamnunmiz.

Yangi kampusda zamonaviy jihozlar va qiziqarli adabiyotlarga boy bo’lgan kutubxona mavjud. Interyer dizayn esa universitetimiz uslubida yaratilgan🎓

📍Yangi kampus manzili: Yangi Sergeli ko'chasi, 58-uy.

👉 Bizni kuzatib boring: @utasuz
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

«Bunyodkor» - «Nasaf» o‘yinidan keyin jamoalar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 6-turi doirasida kechgan “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan keyin jamoa vakillari o‘rtasida janjal yuzaga keldi.

“Bunyodkor” futbolchilari o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol urganidan keyin golni qarshilik muxlislar yoniga borib nishonladi va shundan keyin futbolchilar o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi.

Hakam hushtagi chalinganidan keyin ham tortishuv davom etdi. Ma’lum vaqtdan so’ng futbolchilar tinchlandi.

“Bunyodkor” sardori Davron Ergashevning emotsional hayqiriqlari maydonni tark etayotgan “Nasaf” vakillariga yoqmadi va o‘rtada yana janjal boshlandi. Tribunalar ostida ham ikki jamoa vakillari uzoq vaqtgacha bir-birini haqoratlagan holda janjallashishda davom etdi.

Vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari aralashishiga to'g'ri keldi.

Eslatib o’tamiz, ushbu bahs 1:1 hisobida yakunlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Usmanov Bobur Masudovich 17-apreldagi Prezident qaroriga asosan tashqi ishlar vaziri o’rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda ishlab kelgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

18-aprel, seshanba (27-kun)
Saharlik vaqti: 04:15
Iftorlik vaqti: 19:08 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ko‘zi ojiz kishini yo‘ldan adashtirganni Alloh la’natlasin», dedilar».

📖 Sharh: Ko‘zi ojiz kishiga bunday behurmatlik, taqdirning taqozosi bilan shu ahvolga tushgan kishiga yomonlik qilish Alloh taoloning la’natiga sazovor ish ekan.

Shuning uchun nafaqat ko‘zi ojiz kishiga, balki har qanday muhtoj va ojiz kishilarga faqat yaxshilik qilish, imkon bo‘lsa, yordam berish lozim ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

17-aprel, dushanba (26-kun)
Iftorlik vaqti: 19:07 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Muhammad ibn Hanafiyyadan rivoyat qilinadi:

«Alloh taolo kishiga bir kenglik yoki chiqish yo‘li bermaguncha o‘zi bilan yashashi kerak bo‘lgan kishiga yaxshilik bilan muomala qilmagan odamni hakim deb bo‘lmaydi».

📖 Sharh: Doim birga yashaydigan, xohlaysizmi, xohlamaysizmi, birga bo‘ladigan kishi bilan yaxshi muomala qilish kerak ekan. Aks holda o‘zimizga qiyin bo‘ladi. O‘sha kishida yomonlik bo‘lsa ham. Yomon muomala qilinsa, o‘rtada janjal, nizo kelib chiqadi, oqibat yomonlik bilan tugaydi. Yomonligiga qaramay, yaxshilik qilinaversa, bir kun kelib, Alloh taolo buning ajrini albatta beradi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinkada otashin aprel

Korzinka do'konlari tomon shoshiling va "365 kun" shakarini super narxda xarid qilishga ulgurib qoling!

Mevalar hademay pishib yetiladi va sharbatlar mavsumi boshlanib qoladi. Shakar juda kerak bo'lishini inobatga olsak, Korzinkaning bu aksiyasi ayni damda dolzarb ham.

Super narxlar 2023-yil 26-aprelgacha amal qiladi.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Mening yo‘lim" loyihasiga start berildi

Bunda fuqarolar openbudget.uz — “Ochiq budjet” axborot portali orqali o‘zlari yashaydigan hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha loyihalarni kiritishlari va ularga ovoz to‘plashlari mumkin bo‘ladi.

Taklif kiritish jarayoni joriy yil 27-aprelga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

❗️ "Mening yo‘lim" loyihasining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridan farqi 1 yilda bir marotaba o‘tkazilishidadir.

Batafsil


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yolg’onchi rost gapirdi

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Said Ahmad. Bir siqim xandon pista (hajviya)

Izoh: Bugun o‘zbek adabiyotiga murojaat qildik. Aziz Nesinning hajviy hikoyalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan edi. Bizda ham ana shunday so‘zga usta adiblarimiz ko‘p aslida. Bunga misol qilib Said Ahmadni keltirish mumkin. Yaxshi eslayman, bolaligimda Said Ahmadning "Xandon pista" nomli hikoyalar to‘plamini sevib, bir necha marta o‘qigandim. Muqovasi yashilmidiyey, vallohu a’lam. Sizlarga ham bugun ana shunday hikoyalaridan birini o‘qish (eshitish) uchun tavsiya qilaman.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/bir-siqim-xandon-pista" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/bir-siqim-xandon-pista

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/RIu5yll0GAk

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

16-aprel, yakshanba (25-kun)
Iftorlik vaqti: 19:05 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hanzala ibn Hizyamdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kishining o‘zi yaxshi ko‘rgan ismlari va yaxshi ko‘rgan kunyalari bilan chaqirilishi yoqar edi».

📖 Sharh: Demak, bir kishini xunuk ism bilan, o‘ziga yoqmaydigan laqab bilan chaqirish joiz emas ekan. Qaysi ismini, qaysi kunyasini yaxshi ko‘rsa, o‘sha ismi, o‘sha kunyasi bilan chaqirish kerak ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu narsani yoqtirganlar.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uy savdosini B-Tower-2022'ga ishoning!

Ko‘ngildagi uy-joyni topish muammo bo‘lganda ko‘p yillik tajribaga ega B-Tower-2022 brendi kompaniyasi sizga yordam beradi.

Kompaniya uy sotish va sotib olish, ijaraga uy topish va topshirish kabi xizmatlarni taklif etadi. Didingiz va hamyoningizga mosini B-Tower-2022'dan so‘rang!

Vaqt va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun:

☎️ +998935560000
📲 Kanalga a’zo bo‘lish
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

15-aprel, shanba (24-kun)
Iftorlik vaqti: 19:04 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Solih hadiy, chiroyli ko‘rinish va tejamkor bo‘lish nabiylikning yetmish juzidan bir juzdir», dedilar».

📖 Sharh: Solihlik hay’ati – go‘zal ko‘rinish, ya’ni ahli solihlarning ko‘rinishidir. Iqtisod – gap-so‘z, xatti-harakat va barcha ishlarda tejamkor bo‘lish. Albatta, bu kabi fazilatlar husni xulqdandir. Bu sifatlar nabiylik sifatlaridan bir juzdir.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinkada narxlar qulamoqda!

Korzinkada barra mol goʻshti, tovuq goʻshti, xurmo, banan va boshqa koʻplab mahsulotlarga unumli narxlar amal qilmoqda!

Sevimli mahsulotlaringizni yangi, pasaytirilgan narxlarda xarid qilishga ulguring!

- Tovuq lahmi — kilosi 38 990 soʻm;
- Mol toʻsh goʻshti — kilosi 59 990 soʻm;
- Banan — kilosi 21 490 soʻm;
- “Zahedi Dates” xurmolari — kilosi 23 990 soʻm.

Unumli narxga ega barcha mahsulotlar bilan katalogga oʻtib tanishing.

Narxlar 2023-yil 13-apreldan 30-aprelgacha amal qiladi.

Tovarlar xaridiga Korzinka mobil ilovasidagi bank kartangiz yordamida toʻlash orqali 3,3%gacha oshirilgan keshbek egasiga aylanishingiz mumkin.

App
| Telegram | Facebook | Insta | Web
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

19-aprel, chorshanba (28-kun)
Saharlik vaqti: 04:13
Iftorlik vaqti: 19:09 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimni esnoq tutsa, iloji boricha uni yutsin», dedilar».

📖 Sharh: Demak, esnash yaxshi narsa emas ekan. Bu haqda avval kelgan hadisi shariflardan kerakli ma’lumotlar olganmiz. Imkoni boricha esnamaslikka harakat qilishimiz kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hamkasblarini kaltaklagan o‘qituvchi hibsga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilari kaltaklangani aytilayotgan videolar tarqaldi.

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 2023-yil 14-aprel kuni soat 12:00 larda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-sonli maktabning direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan bugun Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

"Tergov harakatlari davom etmoqda", deyiladi bayonotda.

ℹ️ Maʼlumot uchun:

Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Abituriyentlarga rо‘yxatdan о‘tishda 3 tagacha akademik litseyning mos yо‘nalishini tanlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin

Bu haqdagi qaror loyihasi muhokamaga qo’yildi. Unga koʻra:

➖ abituriyentlarga rо‘yxatdan о‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bо‘lgan bittadan mos yо‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

➖ abituriyent о‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi;

➖ fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va umumta’lim fanlarini о‘zlashtirish sertifikatiga ega bо‘lganlar uchun imtiyozlar qо‘llanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Avant" brendi ostidagi izobazalt mahsuloti haqida eshitganmisiz?

Mahsulotning afzalliklari talaygina:
- yuqori sifatli avtomatlashtirilgan liniyada ishlab chiqariladi;
- 50 yillik kafolat;
- xaridorlar mahsulotni o'zlari istagan hajmda buyurtma qilishlari mumkin.

Ushbu sifatli mahsulotni faqatgina bizning zavoddan olishni tavsiya etamiz.

📞Murojaat uchun telefon:
+99895 606 33 33

Telegram | Instagram |Avantgroup.uz | YouTube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siriyn matonati

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🌙Bugun Qadr kechasida yurtimiz bo‘ylab 1500 dan ziyod masjidda xatmi Qurʼon va duolar o‘qildi.

Alloh millionlab yurtdoshlarimiz qilgan duolarni dargohida qabul qilsin, Xatmi Qurʼon hurmatidan gunohlarimizni mag‘firat qilib, ota-onalarimizni O’zi suygan bandalari qatoridan qilsin. Yurtimizga tinchlik bersin, baraka yog‘dirsin.

Ramazon oyi davomida barcha masjidlarda xatmi Qurʼon tushirgan qorilarimizdan, ularning ota-onalaridan Alloh rozi bo‘lsin, ilmiga ilm qo‘shsin, jannatiy insonlardan qilsin.

O‘zbekistonda birinchi marta barcha masjidlarda tarovih namozlarida Qur‘oni Karim xatmi bir maromda bir xil o‘qildi va xatmning yakuni esa bugun - Qadr kechasida bo‘ldi. Ilohim, bu kabi xayrli va quvonarli yangiliklar bardavom bo‘lsin. Omiyn.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyoda birinchi o’ringa chiqdi

Oʻzbek tilidagi maqolalar soni 233 mingdan oshib, butunjahon Vikipediyalar tarmog'ida 45-oʻringa koʻtarildi. Shu bilan birga, qozoqcha Vikipediyani ortda qoldirib, Markaziy Osiyodagi vikipediyalar ichida birinchi oʻringa chiqdi.

Ayni kunlarda Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “WikiOromgoh” loyihasining navbatdagi 3-bosqichi bo'lib o'tmoqda. Unda saralangan volontyor yoshlarga Vikipediyada maqolalar yaratish, tahrirlash, faktchek qilish va boshqa ko'nikmalar o'rgatilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Ramazon hayitida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ushbu savol ko’pchilikni qiziqtirayotgan bo’lsa kerak.

Bunda 2 xil variant bor:

1️⃣ Birinchisi.
Agar Ramazon oyi odatdagidek 30 kun davom etsa va Ramazon Hayiti kutilganidek 22-aprel, shanba kuniga to’g’ri kelsa, unda barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bunda:

22-aprel, shanba — Hayit bayrami;
23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
24-aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun ko‘chirilgan (29-aprel shanbadan) dam olish kuni bo’ladi.

(asos: 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Prezident farmoni / manba).

2️⃣ Ikkinchisi. Agar yangi oy vaqtliroq ko’rinib, Ramazon oyi 29 kun davom etsa, unda Ramazon Hayiti 21-aprel, Juma kuniga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda dam olish kunlarida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin. O’zgarish qanday bo’lishi hozircha noma’lum, bunda ham 2 xil variant bor:

a) dushanbadagi dam olish kunlarini to’liq bekor qilib, shunchaki shanba kunini 6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish deb e’lon qilishadi. Natijada Juma, shanba va yakshanba 3 kun dam olish kuni bo’ladi;

b) dushanbadagi dam olish kunlarini saqlagan holda shanba kunida 6 kunliklar uchun yana bitta qo’shimcha dam olish kuni berishadi. Natijada Juma, shanba, yakshanba va dushanba 4 kun dam olish kuni bo’ladi.

Demak, barchasi Ramazon Hayiti kuniga bog’liq. Buning uchun esa Musulmonlar idorasining fatvosini kutishimiz kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇹🇷 Turkiyaning Karabuk Davlat universiteti 2023-2024-o'quv yili uchun qabul eʼlon qildi

Xalqaro taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajadagi bilimlarni egallab, oʻz kasbingizning ustasi boʻlmoqchimisiz? Unda Karabuk universitetiga marhamat.

📚 FAKULTETLAR:
➖ Biznes boshqaruv;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Kompyuter muhandisligi;
➖ Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi;
➖ Energiya tizimlari muhandisligi;
➖ Mashinasozlik va avto injiniring;
➖ Temiryoʻl sohalari;
➖ Arxitektura;
➖ Gastronomiya va pazandachilik;
➖ Oliy hamshiralik va akusherlik ishi;
➖ Oʻqituvchilik;
➖ Islomshunoslik;
➖ Kino, televideniye, radio;
➖ Jurnalistika.

✅ Xalqaro diplom;
✅ Universitet hududidagi qulay va arzon yotoqxona;
✅ Hamyonbop kontrakt;
✅ Xalqaro muhit.

❗️ “Perevod”, sirtqi va onlayn taʼlim mavjud emas. Taʼlim turk va ingliz tilida olib boriladi.

☎️ Maʼlumot uchun: +998933996060 | +998933836660

Telegram: @Karabuk123 va @Asiatour_1
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

17-aprel, dushanba (26-kun)
Saharlik vaqti: 04:17
Iftorlik vaqti: 19:07 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«She’r ham kalom kabidir. Uning yaxshisi kalomning yaxshisi kabi, yomoni kalomning yomoni kabi», dedilar».

📖 Sharh: Demak, insonning so‘zi yaxshi-yomondan iborat bo‘lganidek, she’ri ham yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin. Shoir yaxshi, shirinsuxan inson bo‘lsa, yaxshi she’rlar bitadi, axloqsiz, beodob bo‘lsa, o‘zi kabi beodob, ahmoqona she’rlar yozishi mumkin.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shaxmat toji uchun kurash qizg’in pallaga kirdi

Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida Jahon chemopionligi uchun navbatdagi bahs bo’lib o’tmoqda. Amaldagi shaxmat toji egasi 🇳🇴Magnus Karlsen (2853) o’z xohishi bilan ushbu bahsda ishtirok etishdan bosh tortgandan so’ng, nomzodlar turniri g’olibi rossiyalik grossmeyster 🇷🇺 Yan Nepomnyashiy (2795) turnirda 2-o’rinni olgan xitoylik 🇨🇳Ding Liren (2788) bilan bahs olib boradigan bo’lgan edi.

Hozirgacha 6 ta partiya bo’lib o’tdi. Hisob — 3:3. Jangovor durang hamda mutloq tenglik. Har bir shaxmatchi hisobida 2 ta g’alaba, 2 ta durang va 2 ta mag’lubiyat bor.

Bugungi 6-turda oq donalarda o’ynagan “xitoylik terminator” juda chiroyli g’alabaga erishdi va hisobni tenglashtirdi (44-yurishdan keyingi vaziyat yuqoridagi suratda).

Eslatib o’tamiz, Jahon chempionligi uchun bahs jami 14 ta partiyadan iborat bo’ladi. Kim birinchi 7,5 ochko to’plasa, o’sha shaxmatchi Magnus Karlsenning 10 yillik hukmronligidan keyingi yangi Jahon chempioniga aylanadi. Agar 14 ta partiyada durang qayd etilsa, unda qo’shimcha tay-brek bahslari o’tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ⓜ️ 19-aprel kuni Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Shu kuni poyezdlar harakati Do‘stlik-2 — 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

16-aprel, yakshanba (25-kun)
Saharlik vaqti: 04:19
Iftorlik vaqti: 19:05 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Vahbdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Anbiyolarning ismlarini qo‘yinglar. Alloh azza va jallaga eng mahbub ismlar Abdulloh va Abdurrahmondir. Eng sodiq ismlar Horis va Hammamdir. Eng qabih ismlar Harb va Murradir», dedilar».

📖 Sharh: Farzandlarga ism qo‘yishda anbiyo alayhimussalomning ismlarini qo‘ygan afzal ekan.

Abdulloh va Abdurrahmon ismlari Alloh taologa eng mahbub, ya’ni sevimli ismlar ekan.

Horis ismida «kasb», «hosil jamlash», Hammam ismida «o‘ta himmatli» ma’nolari borligi uchun, bular eng sodiq ismlar deb atalgan ekan.
Ushbu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arablarda qo‘yish odat bo‘lgan ba’zi noqulay ismlarni ham bayon qilib o‘tganlar. Misol uchun, Harb – «urush» va Murra – «achchiq» degan ismlar. Demak, bunday yomon ma’noli ismlarni qo‘ymaslik kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xohish bor, imkoniyat yo’q-da😂

Noming o’chsin, monopoliya.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023 y.) qabul qilindi 

✅ Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15 apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

🔹 milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni bu yerda.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel