Bugun tunda 2 ta uchuvchisiz apparat (dron) Rossiya prezidenti bosh qarorgohi Kremlga hujum qilgani va ular urib tushirilgani aytilmoqda. Bu haqida Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rasmiy Moskva buni Putinga suiqasd va terroristik akt deb baholamoqda.
Bugundan boshlab Moskvada alohida ruxsatsiz dronlar uchirish taqiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bahorning eng katta aksiyalaridan birida ishtirok etib, har kuni 15 million so‘m yutish imkoniyatiga ega bo‘ling. Qo‘shimchasiga, ikkita elektromobildan birini yutib olishingiz mumkin bo‘ladi. Reklama
Imtiyozli transport kartalari olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxati:
➖ 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari, nogironlari hamda ularga hamrohlik qiluvchi shaxs;
➖ Afgʻonistonda va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;
➖ Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
➖ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
➖ Nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar va unga safarlarda hamrohlik qiluvchiga.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekistonda “Elektron retsept” tizimi yoʻlga qoʻyiladi
Germaniyaning “KfW” banki Oʻzbekistonga 12 yil muddatga 45 mln yevro qarz va 5,5 mln yevro grant ajratmoqda. Bu mablagʻ “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi uchun ishlatiladi.
📋 Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2023–2025-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida yana bir qator loyihalar nazarda tutilgan:
➖ Sanatoriylarga yoʻllanma olish, navbatni kuzatish va mavjud boʻsh oʻrinlarni koʻrish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
➖Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyxatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish;
➖Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
➖Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan Berlinga keldi.
👉 @xushnudbek 👈
Berlin shahridagi Jeyms Simon galereyasi va Yangi muzeyida “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” nomli yangi ko‘rgazmaga start beriladi.
Arxeologik topilmalarga bag‘ishlangan va eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandar hukmronligidan to milodiy IV asrdagi Kushonlar hukmronligining oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi ko‘rgazma 2023-yilning 4-mayidan 2024-yilning 14-yanvariga qadar bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchi — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
👉 @xushnudbek 👈
Uy yoki ofisingizni “B-Tower-222” orqali soting!
Bino, ofis va noturar joylarni sotib olish yoki sotish, ijaraga olish yoki topshirishni koʻp yillik tajribaga ega “B-Tower-222” kompaniyasiga ishoning. Kompaniya maʼlumotlar bazasida minglab obyektlar mavjud.
Vaqt va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun:
📲 Kanalga a’zo bo‘lish
☎️ +998995560000Reklama
🇩🇪🇺🇿 Germaniya-Oʻzbekiston biznes forumi oʻtkazildi
O’zbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi doirasida Berlindagi elchixonamizda qoʻshma biznes-forum boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakatning 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, xoldinglari va sanoat korxonalari, banklari, vazirliklari va sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.
ℹ️💶 Qayd etilishicha, 2022-yil yakuniga koʻra ikki tomonlama savdo koʻrsatkichlari 50 foizga koʻpayib, birinchi marta 1 milliard yevrodan oshgan.
2017-yildan beri oʻzlashtirilgan nemis investitsiyalarining umumiy miqdori 11 barobar oʻsgan va bugungi kunda 💶4 milliard yevrodan ortiqni tashkil etmoqda.
Germaniyaning MAN, CLAAS, Knauf, GP Papenburg, Viyessmann, Deutsche Kabel, LEMKEN kabi koʻplab kompaniyalari Oʻzbekistonda allaqachon faol va muvaffaqiyatli biznes yuritib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirmoqda.
Forumda “B2B” muzokaralari hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari kesimidagi aniq misollar va loyihalar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Yakunda ikki davlatning tegishli tashkilotlari o’rtasida bir qancha hamkorlik bitimlari, kelishuvlar va memorandumlar imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Favqulodda vaziyatlar vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi
➖ Zuparov Sanjar Taxirovich favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Shtab boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
➖ Alibayev Xurshid Narkazakovich favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
➖ Muxitdinov Muxtar Yashnarovich favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan.
🔹 Abdijalilov Kamil Xalbayevich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Abduxamidov Akramjon Abduvaxabovich Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi bosh konsultanti lavozimida ishlab kelayotgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
Hujjatlar online va offline qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
Litsenziya 0033-son, 8.09.2021y.
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, mo‘ljal: "Uz Mal-oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Carrefour supermarketi (Sayram Korzinka) |
📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
1-maydan kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning to’liq matni.
Unda 155-moddadan iborat O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri to’liqligicha keltirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Haj safariga turistik firmalar orqali borishda ehtiyot bo’ling
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini tashkil etish to‘g‘risida reklama va e’lonlar ko‘paymoqda.
Din ishlari bo’yicha qo’mitaning ma’lum qilishicha, amaldagi qonunchilikka ko’ra, muqaddas ibodatlarni uyushtirish bevosita Qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan va yurtdoshlarimizni Hajga kuzatish, kutib olish ishlarini tashkil etish, shu jumladan ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda bo‘lishi va u yerdan qaytib kelishlari ushbu tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
🔷 Saudiya Arabistoni qonunchiligiga ko‘ra ham, haj safari dunyo davlatlarining vakolatli tashkilotlari bilan Saudiya Haj va umra vazirligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mazkur kelishuvlar asosida tashkil etilmagan haj ziyoratiga urinish ushbu ulug‘ amalning eng muhim ruknlari bo‘lmish – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilish imkoniyatini bermaydi.
🔴Muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 ming saudiya riyoli (26 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.
“Shu bois, haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi”, - deyiladi Qo’mita xabarida.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugundan, ya’ni 1-maydan Oʻzbekiston hududida:
➖ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 980 ming soʻm;
➖ bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 330 ming soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi. Bazaviy hisoblash miqdori oshganligi munosabati bilan, BHMga bog’langan to’lovlar, jumladan jarimalar, davlat bojlari, yig’imlar ham oshdi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.
1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab ❌ qabul to‘xtatildi.
Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha ✅ qabul to‘xtatilmagan.
2️⃣ Ikkinchidan, PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?
❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.
✅ Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.
Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.
ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori
👉 @xushnudbek 👈
Daraxt va butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun ma’muriy jarima miqdorlari oshirilmoqda. Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Bundan tashqari, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida ushbu huquqbuzarliklarni takror sodir etilgani uchun oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olish choralari belgilanmoqda.
Shuningdek, daraxtlarni kesish, shikastlantirish, yoʻq qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan qurilish loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Germaniya federal prezidenti qarorgohi bo‘lgan Belvyu saroyiga keldi.
Oliy martabali mehmonlarni federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va uning rafiqasi Elke xonim kutib oldi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Imtiyozli transport kartalari berila boshlandi
2023-yil 1-maydan eʼtiboran shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish respublikaning barcha shaharlarida amalga oshirilmoqda.
💳 Imtiyozli transport kartalari havolada keltirilgan shaxslarga beriladi.
Bepul yurish huquqini beruvchi kartani olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona portal orqali murojaat qilish lozim.
👉 @xushnudbek 👈
Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalarini joʻnatishda jozibador rubl-soʻm kursi.
Solidarnost Banki «Welcome card» kartasini rasmiylashtiring va telefon yoki karta raqami bo'yicha barcha «Uzcard» va «HUMO» kartalariga pul o‘tkazmalarini yuboring.
Shuningdek, «Welcome card» — bu:
- AsiaExpress tizimi orqali AQSh dollarida naqd pul o'tkazmalari
- Kartaga qarz olish imkoniyati
- O‘zbek tilidagi mobil ilova va qo‘llab-quvvatlash xizmati
- Patent va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar
«Welcome Card» kartasini Saxarovo KMM yoki bank ofislarida oling.
Batafsil | Reklama
❗️Prezident farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
Norimov Islomiddin Nomoz oʻgʻli Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot-tahlil bosh boshqarmasi axborot taʼminoti boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Ishlanmaydigan bayram kunlari bittaga koʻpayishi mumkin
11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni tegishli qonun bilan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxatiga kiritilishi kutilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyalarda muhokama qilinyapti. Oʻzgarish amalga oshsa, bayram kunlari 10 taga yetadi.
ℹ️ Hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:
➖ 1-yanvar – Yangi yil;
➖ 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
➖ 21-mart – Navroʻz bayrami;
➖ 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
➖ 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
➖ 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
➖ 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
➖ Ramazon hayitining birinchi kuni;
➖ Qurbon hayitining birinchi kuni.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo’nab ketdi.
👉 @xushnudbek 👈
Sud tizimida «yagona darcha» prinsipi joriy etilmoqda
Endilikda sudlar kelib tushgan ariza ularga taalluqli bo‘lmasa, uni qaytarib yubormasdan, ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkazadi.
Masalan, fuqarolik sudiga kiritilgan da’vo arizasi bo‘yicha taalluqlilik qoidalari buzilgan taqdirda, mazkur da’vo arizasi sud tomonidan iqtisodiy yoki ma’muriy sudga yuboriladi.
👉 @xushnudbek 👈
May oyida teatrlar maktab o‘quvchilari uchun bepul bo‘ladi.
Spektakllar tegishli ro‘yxatlar asosida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatrda namoyish etiladi.
Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov prezident Jo Baydenga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Shu yil 30-apreldagi referendumda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi konstitusiyaviy qonuni 1-maydan kuchga kirdi - Markaziy saylov komissiyasi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Bank-moliya akademiyasida magistratura dasturlari boʻyicha qabul jarayonlari davom etmoqda
Mamlakatimizda nisbatan yangi bo’lgan Islom iqtisodiyoti va moliyasi kabi zamonaviy yoʻnalishlarda tahsil olish, shuningdek, grant asosida Yaponiya Moliya vazirligi hamda Turkiya Markaziy bankida malaka oshirish imkoniyatini qoʻlga kiriting.
📚 Talabgorlar quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha hujjat topshirishlari mumkin:
➖ Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha);
➖ Kapital bozori va birja ishi;
➖ Loyiha boshqaruvi (project management);
➖ Davlat moliyaviy nazorati va auditi;
➖ Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;
➖ Bank hisobi, auditi va nazorati;
➖ Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish;
➖ Pensiya fondlarini boshqarish.
Hujjatlar qabul.bfa.uz platformasi orqali onlayn tartibda qabul qilinadi.
Shoshiling, kvotalar soni chegaralangan!
☎️ Telefon: +998 71 237 53 56
💬 Telegram: t.me/bfa_admissionReklama
❗️1-maydan boshlab barcha shaharlarda cheklangan tezlik 70 km/soatga qayta ko’tarilishi haqidagi xabarlar yolg’on.
Bu haqda IIV Yo’l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi 27-son Farmoniga ko‘ra, 1-apreldan boshlab Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilandi.
❗️Ushbu qoida hozir amalda va buni o’zgartirish rejalashtirilmayapti.
👉 @xushnudbek 👈
Referendumning dastlabki natijalari: 84,54% fuqaro ishtirok etdi.
✅ 90,21% “Ha”
❌ 9,35% “Yo’q”
Referendum to’g’risidagi qonunga binoan, O’zbekiston Konstitutsiyasiga taklif etilgan o’zgarishlar O’zbekiston xalqi tomonidan ma’qullandi va qabul qilindi deyish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈