xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Bugun "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonun kuchga kirdi. Ushbu qonun 6-may kuni imzolangan edi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ikki oy ichida o‘tkaziladi.

Qonunchilik palatasi va Senat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi uch oy ichida o‘tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Abituriyentlar va maktab bitiruvchilari uchun ajoyib yangilik!

Endi "Men talaba"da bir marotaba profil shakllantirgan holda 20 dan ortiq nodavlat va xorijiy oliy ta'lim muassasalari va uning filiallariga hujjat topshirishingiz mumkin. Shu tariqa, alohida ariza to‘ldirish bilan bog‘liq qiyinchiliklardan qutulasiz.

Shunchaki mentalaba.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting, shaxsiy profilingizni ishga tushiring va hujjatingizni xususiy OTMga onlayn tartibda yuboring.

Ha aytgancha, mentalaba.uz matematikadan onlayn fan olimpiadasiga ham start bermoqda. Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun platforma kanalini kuzatib boring.

Sayt | Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Jonfig‘on (hikoya)

Izoh:
Tayinli joyda ishlamaydigan, turmush tashvishlarini xotinining gardaniga tashlab qo‘ygan, tag‘in kamiga arzimagan sabablar bilan xotinini rashk qilib, janjal qiladigan Jonfig‘on haqida hikoya.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/abdulla-qahhor-jonfigon" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-jonfigon

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/oYyrM-wmiVw

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun "Tashabbusli byudjet" doirasidagi "Mening yo‘lim" loyihasida ovoz berish yakunlandi. G‘olib bo‘lgan mahallalar bayramni boshlab yuborishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mantiqsiz qonunlar qachondir albatta bekor bo’ladi. Ammo toki u bekor bo’lgunga qadar, minglab, balki millionlab odamlar qiynalgani qoladi xolos. Xuddi propiska rejimi kabi.

Davlat ramzlariga oid qonunchilik ham ana shunaqa mantiqsiz va kulgili taqiqlardan iborat.

Dunyoning ko’plab davlatlarida aholi o’z Vatani bayroqlarini faxr bilan uylariga osib qo’yadi, ko’chalarda turli ramzlarda ifodalab ko’tarib yuradi, sportchilar bayroq bilan bir xil kiyimlarda maydonga chiqadi (masalan, bokschilar bayroq ranglaridagi shortikda), ammo bizning O’zbekistonda yelkasiga “Bitiruvchi” deb yozilgan bayroq ranglaridagi lenta taqqanlik uchun ichki ishlar organlari xodimlari to’xtatib boshini qotiradi, profilaktik suhbat qiladi va oxirida ma’muriy javobgarlikka tortish uchun sudga beradi. Ajoyibmi? Ne-ho-yat-da ajoyib!

Yuqoridagi voqea 5-may kuni Qamashi tumanidagi “Chim” dehqon bozorida hududida bo’libdi.

Qachondir bu mantiqsiz qonun ham o’zgaradi, degan umiddamiz. Vatan bayrog’i xalqniki — hammaniki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Monopoliya qachon bekor bo’ladi?

Qachonki xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligini tushunib yetishganida (O’zbekiston Konstitutsiyasi, 7-modda).

Ungacha biror narsa deyish qiyin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TTU bu — to'g'ri tanlov!

2023/2024-o'quv yili kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha yo'nalishlar:

💻 Axborot texnologiyalari:
• Dasturiy injiniring
• Kompyuter injiniringi
• Axborot tizimlari va texnologiyalar

🤝 Biznes texnologiyalari:
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Yurisprudensiya (Biznes huquqi)

💡 Ta'lim texnologiyalari:
• Psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Texnologik ta'lim

🌐 Til texnologiyalari:
• O'zbek tili va adabiyoti
• Xorijiy til va adabiyoti

Ariza topshirish: ttu.uz
Litsenziya
062346-son (08.02.2023), batafsil bu yerda.

👉 Rasmiy sahifamiz: @ttu_uz
📞 +998 (71) 200-80-40
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Toshkent jamoat transportida yangi tariflar joriy qilinadi

Yangi tarifga koʻra, jamoat transportida qatnash uchun yoʻlkiraning bir martalik narxi 2000 soʻm, plastik kartalar, elektron to’lovlar va transport kartalari orqali toʻlov qiluvchi yoʻlovchilar uchun esa 1 600 soʻmga oʻzgaradi.

Agar yoʻlovchilar oʻz manziliga bir soat ichida bir transport turidan ikkinchi marotaba foydalansa, yoʻlkira uchun 400 soʻm toʻlaydi. Bir soat davomida yoʻlovchining bir transport turdan uchinchi, toʻrtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa bepul boʻladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oʻzbek tilidagi sifatli kontentlar oʻzi koʻp emas, moliya-iqtisod yoʻnalishi haqida-ku, gapirmasa ham boʻlaveradi.

Xursand qilayotgani, oxirgi paytlarda Spot.uz tahririyatining oʻzbek versiyasi rivojlanib bormoqda – tadbirkorlik, taʼlim va texnologiya haqidagi yangilik va maqolalarni birinchilardan boʻlib yetkazib turibdi.

Bundan tashqari, oʻz kuchi bilan biznesini 0 dan boshlagan oʻzbekistonlik tadbirkorlarning muvaffaqiyat va qiyinchiliklari haqidagi materiallari orqali ularning hayot yoʻli ochib berilmoqda. Bu esa biznes olamiga endi qadam qoʻyayotgan yoshlar uchun tajriba maydoni vazifasini bajaradi.

Darvoqe, saytda xorijda ta'lim olish boʻyicha maqolalar hamda grant dasturlari ham berib boriladi.

Nashrning Telegram-kanalini kuzatib borishni tavsiya qilaman: @spotuz_uz

Hamkorlik asosida

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan 9 ming dona plastik idishlarga qadoqlangan 18 tonna anor sharbati tekshirilganda, 48 dona sharbat tarkibida “Metamfetamin” nomli sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanibdi.

Ular alohida “M” harfi tushirilgan idishlar ichida bo‘lgan va umumiy og‘irligi 103 kgni tashkil qilgan.

Odatda kristallsimon ko‘rinishda bo‘ladigan mazkur moddani qonunbuzarlar keyinchalik laboratoriya yoki oddiy uy sharoitida sharbat tarkibidan ajratib olishni rejalashtirishgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Agrobank tomonidan tashkil etilgan UDEA oliygohi endi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik qiladi

Аlohida taʼkidlash joiz, Markaziy Osiyoda faqat UDEA (Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti) talabalarga Koventri universiteti dasturi asosidagi taʼlimni taklif etmoqda.

Maʼlumot uchun, 2023-yil sentyabr oyida UDEAda Koventri universiteti dasturlari boʼyicha quyidagi yoʼnalishlar yoʼlga qoʼyiladi:

● biznes uchun axborot texnologiyalari (bakalavr darajasi);
● buxgalteriya hisobi va moliya (bakalavr darajasi);
● xalqaro moliya va bank ishi (bakalavr darajasi);
● ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida oʼqitish (bakalavr darajasi).

Bitiruvchilar Koventri universiteti diplomiga ega boʼlishadi. Yaxshi natijalarni qoʼlga kiritgan talabalar esa Koventri universiteti yoki u bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼygan boshqa nufuzli universitetlarning birida talabalar almashinuvi dasturlarida qatnashishi mumkin.

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Avtomobilingizni 5 million soʻmgacha foyda bilan yangisiga almashtiring!

olamavto
'da atigi 1 soat ichida Trade-In dasturi boʻyicha eski avtomobilingizni yangisiga almashtirish imkoniyati bor! Barcha modellar mavjud!

Shoshiling, avtomobillar soni cheklangan!

📍 Manzil: Elbek koʻchasi, 61/3
☎️ Telefon: +998 71 202 13 12
📲 Qisqa raqam: 1312

Sayt | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇰🇬 Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali oʻtishlari mumkin

Qirgʻizistonning Jogorku Keneshi ikki davlat hukumatlari oʻrtasida shu yil 27-yanvarda imzolagan Kelishuvni tasdiqladi.

Oʻzbekiston tomoni Qirgʻiziston bilan chegarani ID-karta orqali kesib oʻtish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni 27-aprel kuni qabul qilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

HUMANSDA ARZON MOBIL INTERNET

Qancha kerak bo'lsa, shuncha:
12 000 so'm evaziga 4 GB


💛 Humansdan foydalanishni qanday boshlash kerak? Havolaga o‘ting va O‘zbekistonning istalgan burchagiga bepul yetkazib berishni rasmiylashtiring.

Savollaringiz bormi?
☎️ 1234 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Birozdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev muhim mavzu bo‘yicha chiqish qilishi kutilyapti — KunUz manbasi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga barcha xodimlar uchun ish kuni

8-may (dushanba) barcha uchun ish kuni bo’ladi. Ushbu kunda qo’shimcha dam olish belgilanmagan.

9-may (seshanba) — Xotira va qadrlash kuni, ya’ni dam olinadigan bayram kuni bo’lgani sababli ertaga qisqartirilgan ish kuni bo’ladi. Xodimlar ertaga 1 soat vaqtli ketishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇸 Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab 2024-yil uchun "Green card" lotereyasi natijalarini bilish mumkin.

Natijalar tasdiq raqamini kiritgan holda quyidagi havola orqali tekshiriladi:

https://dvprogram.state.gov/


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktabni bitirib qaysi o’qishga topshiray deb yuribsizmi?

Toshkent amaliy fanlar universitetida
abituriyentlardan arizalarni (onlayn va bepul) qabul qilish boshlandi.

Xohlagan kasbingizni tanlab, orzuyingizdagi karyera sari birinchi qadam qo'yishning vaqti keldi.

Universitetimizga o'qishga kiring, kelajagingizni birgalikda quramiz!😊

Hoziroq ariza topshiring.

➡️ @utasunibot
📲 +99871 200 05 40

Telegram | Instagram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Test sinovida qaysi nechta savol bo’lishi va qaysi fanga necha ball berilishi tasdiqlandi
#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldagidek o’zgarishsiz qoldirildi).

Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63 ball
✔️60 ta savol uchun jami 156 ball.

🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

❗️Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Janni Infantinoni qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Infantino davlatimiz rahbariga 24 raqami tushirilgan futbolka sovg’a qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Joriy yilda maktab bahosi o‘qishga kirishda qo‘shiladimi? So‘nggi yillarning eng katta xato qarori haqida ikki og‘iz
#abituriyent

✅ JAVOB: Ha, amaldagi qonunchilik bo‘yicha 2023 yildan boshlab bitiruvchilarning shahodatnomadagi o‘rtacha bahosi testda olgan baliga qo‘shiladi.

Yaʼni maktab, litsey va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi. Shunda o‘rtacha ko‘rsatkich 3, 4 yoki 5 baho chiqadi. Va mana shu baho test(ijodiy imtihon)da abituriyent to‘plagan ballga qo‘shiladi. Masalan, abituriyent 130 ball olsa, maktabda o‘rtacha 4 bahoga o‘qigan bo‘lsa, jami 134 ball bo‘ladi. 5 ga o‘qigan bo‘lsa, 135 ball bo‘ladi.

Bu tartib joriy yilgi kirish imtihonlaridan boshlanishi kerak.

O‘rtacha baho elektron bazaning o‘zida bo‘ladi, joriy yilgi bitiruvchilar onlayn hujjat topshirayotganda "Sizning o‘rtacha bahongiz mana bunaqa" degan yozuv chiqadi, abituriyent uni tasdiqlashi kerak. Agar mabodo xatolik bo‘lsa, unda bu xatoni to‘g‘rilatish uchun abituriyent test sinovlaridan oldin bir dunyo byurokratiya bilan kurashishga majbur bo‘ladi. Ayni yoz oylarida, taʼlim tizimida hamma mehnat taʼtilida bo‘lgan paytda kamida u eshikka borib, bu eshikka borib sarson bo‘lishi kafolatlanadi.

O‘zi umuman ushbu qaror so‘nggi yillarda kirish imtihonlariga oid qabul qilingan eng yomon va eng noto‘g‘ri qaror bo‘ldi, deyish mumkin. Sababi uzoqni o‘ylanmasdan chiqarilgan qarorning muammoli tomonlari ko‘p va haligacha bu muammolarga adolatli yechim topilgani yo‘q.

Masalan, birgina o‘tgan yilda tugatgan abituriyentlarni masalasini olaylik. Misol uchun, 2006-yilda o‘qishni tugatgan kimdir hujjat topshirdi. Uning o‘rtacha bahosi tabiiyki hech qanaqa elektron bazada yo‘q. Maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini topish, ularning har birini qo‘shib chiqib, o‘rtachasini chiqarish esa bu fantastika!

Agar avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlarga ball qo‘shilmasdan, faqat yangi bitirganlarga ball qo‘shilsa, bu qip-qizil A-DO-LAT-SIZ-LIK! Hukumat o‘zi eplolmagan ish uchun (yaʼni barchaning bahosini elektronlashtirolmaganligidandirda) qaysidir abituriyentga qo‘shimcha ball berib, qaysidir abituriyentning haqqiga xiyonat qilayotgan bo‘ladi.

Bu muammolarning bittasi xolos. Xullas, qani, ko‘ramiz, qabulda bu adolatsizlikni qanday hal qilishar ekan? Lekin haliyam bo‘lsa, xatoni to‘g‘rilash uchun vaqt bor.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bog’chadagi shilqimlik

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining 15 yoshli o‘g‘li onasi mudiralik qiladigan bog‘cha hududiga kirib, 5-6 yoshli tarbiyalanuvchi qiz bolalarga shilqimlik va uyatsiz harakatlar qilgan. Ayrim qizlar bu paytda uxlayotgan bo’lgani aytilmoqda.

Holat jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi (g‘ayritabiiy usulda nomusga tegishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mudira esa ishdan olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oʻzbekiston matbuot erkinligi reytingida 4 pog’ona pastlab, 137-oʻrinda qayd etildi

“Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) tashkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur tashkilot 180 ta mamlakatni oʻz ichiga olgan 2023-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi. Oʻzbekiston joriy yilda reytingda 4 pogʻona pastlab, 137-oʻrinni olgan.

Umumiy reyting ko’rsatkichida O’zbekiston o’tgan yilga qaraganda 0,01 ball kam to’plagan. Ya’ni o’tgan yili 45,74 ball edi, joriy yil 45,73 ballga baholangan. O’tgan yili reytingda bizdan pastda bo’lgan 🇸🇬Singapur, 🇷🇼Ruanda, 🇵🇭Filippin, 🇱🇰Shri-Lanka va 🇩🇿Jazoir kabi davlatlarining bali yuqorilagani hisobiga O’zbekiston 4 o’rin pastga tushgan.

Qoʻshnilarimizda ham o’rinlarda pasayish kuzatilgan. Jumladan, 🇰🇬Qirgʻiziston naq🔻50 o’rin pastlab (15 reyting bali), 122-oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, 🇰🇿Qozogʻiston 12 o’rin pastlab(3 reyting bali), 134-o’rinni egallagan (ikkalasi ham bizdan yuqorida).

Bizdan keyingi pogʻonalardan 🇦🇫Afgʻoniston (152), 🇹🇯Tojikiston (153) va 🇹🇲Turkmaniston (176) joy egallagan.

Tashkilotning Oʻzbekistonga bagʻishlangan sahifasida bir qator xulosalar, jumladan kamchiliklar sanab o’tilgan. Xususan, OAV va ko’plab blogerlar davlat nazoratida ekanligi, 30 mln yoshlar borligi hisobiga ijtimoiy tarmoqlardagi faollik keskin o’sayotgani, shu sabab Odnoklassniki, Facebook, Telegram kabi tarmoqlarda OAVda yoritilmaydigan korrupsion holatlar muhokama qilinayotgani ta’kidlangan.

Oʻzbekistonning soʻnggi 10 yildagi oʻrinlari:

2014 — 166-oʻrin
2015 — 166-oʻrin
2016 — 166-oʻrin
2017 — 169-oʻrin
2018 — 165-oʻrin
2019 — 160-oʻrin
2020 — 156-oʻrin
2021 — 157-oʻrin
2022 — 133-oʻrin✅
2023 — 137-oʻrin

2023-yilgi matbuot erkinligi reytingida kuchli oʻntalikka Norvegiya, Irlandiya, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Litva, Estoniya, Portugaliya va Sharqiy Timor joylashgan.

Eng oxirgi oʻrinlarni Bahrayn, Kuba, Myanma, Eritreya, Suriya, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Xitoy va Shimoliy Koreya egallagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Markaziy bank hukumatning bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalaridan xabardor bo‘lib turishga intilishini qo‘llab-quvvatlamaydi

Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 4-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz o‘zimizning fikrimizni matbuot orqali yetkazmaganimizni Markaziy bank o‘z fikrini bildirmagan deb baholamaslik kerak. Biz bu farmon chiqqanidan keyin o‘zimizning salbiy munosabatimizni Soliq qo‘mitasiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yetkazganmiz.

Bizning qarashlarimiz OAVda muhokama qilinganidan ko‘ra qat’iyroq. Va biz buni yetkazganmiz. Buning asosiy tub maqsadi nima ekani haqida haligacha ma’lumot olganimiz yo‘q. Bu narsa 1-maydan qo‘llanilmaydi. Eng asosiysi, bank qonunchiligidagi daxlsizlik normalari bo‘yicha tamoyillar to‘liq bajarilmaydigan bo‘lsa, buni amalda qo‘llash bo‘yicha nizomlar va boshqa qarashlar Markaziy bank tomonidan ma’qullanmaydi. Chunki bu narsa Markaziy bank bilan kelishilgan nizom yoki ko‘rsatmadan so‘ng amalga oshishi kerak”, – dedi Nurmurodov.

Regulyator rahbariga ko‘ra, banklardan ma’lumot so‘rash uchun ma’lum bir tartib, nizom bo‘lishi kerak, bu nizom Markaziy bank bilan kelishilmasdan banklarga yetkazilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muhamedjonov Timur Rasulovich «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u «O‘zkimyoimpeks» korxonasi direktori lavozimida ishlab kelgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇹🇷🇺🇿 5-6-may kunlari Turkiyaning yetakchi plastik jarrohi Murat Kagan va plastik jarroh-trixolog Haluk Xatipoglu “Nano Medical Clinic”da maslahat berishadi!

1️⃣ Haluk Xatipoglu – soch koʻchirib oʻtkazish boʻyicha 10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan mutaxassis. Shifokor muntazam ravishda xorijda malaka oshiradi.

2️⃣ Murat Kagan – tibbiyot fanlari doktori. Plastik jarroh abdominoplastika, rinoplastika va septorinoplastika, toʻliq tanani tuzatish boʻyicha ixtisoslashgan. U 17 yildan beri plastik jarrohlik bilan shugʻullanadi va Turkiyaning eng yaxshi taʼlim muassasalaridan birida taʼlim olib, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi sanaladi.

Yuqori malakali mutaxassis qabuliga onlayn yoziling yoki telefon orqali murojjat qiling. Joylar soni cheklangan❗️

📞 55 500 05 50
📞 99 467 80 00
📞 78 113 08 88

📍Toshkent shahri, Talabalar koʻchasi, 52

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siemens Oʻzbekistonda issiqlik, shamol va quyosh elektr stansiyalari quradi

Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ma'lum qildi.

Unga koʻra, kompaniya bu yil Surxondaryoda yangi IES qurish ishlarini boshlaydi va u 2026-yilda ishga tushadi.

Shuningdek, Siemens Navoiyda tashkil etilayotgan kimyo klasteri doirasida IES qurishi hamda 1000 MW gacha quvvatdagi shamol va quyosh energetika stansiyalari barpo qilishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Berlin shahridagi Belvyu saroyida Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari bilan umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan savdo shartnomalari va investitsiya-texnologiya bitimlari imzolangani alohida qayd etildi.

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganish bo‘yicha kompleks dasturni tayyorlash, shu jumladan mamlakatimiz hududlarida Gyote Instituti faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel