xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Taʼlim granti bo‘yicha ayrim tushuntirishlar:

➖ grant g‘olibi bo‘lish uchun ariza topshirish bosqichining oxirida yoziladigan esse juda muhim. Yaʼni siz o‘zingiz haqingizda, nima uchun bu grantga hujjat topshirganingiz, nima uchun bunga o‘zingizni munosib deb hisoblashingiz, kelajakdagi rejalaringiz va shu kabi fikr-mulohazalaringizni yozishingiz kerak bo‘ladi. G‘oliblarni saralashda komissiya aʼzolari albatta shu essedagi fikrlarni inobatga olishadi. Esse erkin shaklda yoziladi, biror shabloni yo‘q;

➖ grant faqat bakalavrlar uchun, magistrlarga taalluqli emas. Shuningdek, faqat kontraktda o‘qiyotganlar uchun, grantda tahsil olayotganlarga ham taalluqli emas. Qaysi bosqichda o‘qiyotganining ham ahamiyati yo‘q;

➖ agar bitiruvchi bosqich talabasi grant g‘olibi bo‘lsa va u barcha kontrakt to‘lovlarini allaqachon to‘lab bo‘lgan bo‘lsa, unda grant summasi talabaning o‘ziga, shaxsiy rivojlanishi uchun taqdim etiladi;

➖ davlat yoki nodavlat oliygohda o‘qishining ahamiyati yo‘q, istalganiga berilaveradi. Faqat o‘qiyotgan yo‘nalishi jurnalistika sohasiga oid bo‘lishi kerak;

➖ agar ariza topshirishda biror texnik muammo paydo bo‘lsa, unda bu haqda mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Barcha abituriyentlar va maktab bitiruvchilari diqqatiga!

Oʻz kelajagingiz yoʻlida keyingi qadamni qoʻyishga tayyormisiz❓

Mentalaba.uz nufuzli taʼlim muassasalariga hujjat topshirishning oson va qulay usulini taqdim etadi hamda orzularingizga erishishingizga yordam beradi.

Ariza topshirishning murakkab tartibi haqida unuting. Mentalaba.uz sayti orqali oʻnlab oliygohlarga bir zumda hujjat topshiring va muvaffaqiyatli talabalar qatoriga qoʻshiling!

Nimani kutyapsiz? 🤔 Hoziroq ariza topshiring va yorqin kelajagingiz sari yoʻl oching!

Taʼlim boʻyicha qaynoq yangiliklar bilan Men talaba telegram kanalida tanishib borish mumkin.

Sayt | Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

Bu yil ilk marta Bosh milliy mukofot uchun yengil avtomobil berildi. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti ushbu sovringa ega chiqdi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni, ustozlar va hamkasblarimni chin dildan tabriklayman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qanday o‘tishi kerak?

Vazirlik umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi.

✅ Unga ko‘ra:

➖ "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

➖ unga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

➖ maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi (ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bundan mustasno);

❌ “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚽️ Yevropa chempionlar ligasida kim yutishi allaqachon aniq bo’libdiku 😆

Bugun yarim finalning javob o’yinlari boshlanadi, ko’ramiz, ushbu tuxumlar qay darajada natijani to’g’ri topishgan.

16-may. Inter - Milan (birinchi o’yin 2:0)

17-may. Manchester Siti — Real Madrid (birinchi o’yin 1:1)


🔘@xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

XushnudbekUz kanali jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish maqsadida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qiladi.

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun

📝 Qaysi yo’nalishlar uchun: jurnalistika sohasidagi barcha yo’nalishlar uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

👥 Necha kishiga beriladi: 25 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)

⏳Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:

https://imkon.uz/metsenat/122

Grant bo’yicha biror muammo yoki tushunmovchilik yuzaga kelsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qurilish forumi-2023👷🏻

Agar siz qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, 16-may kuni Texnonikol, Fakro va Robert Bosch kompaniyalari tomonidan o‘tkazilayotgan qurilish forumiga Sizni taklif etamiz.

Forum dasturida:
- Texnonikol ishlab chiqaruvchisi mahsulotlari ko‘rgazmasi va Shinglas yupqa cherepitsasi, Hauberk suvga bardoshli tashqi plitkalar tizimi, bitumli aylana shaklidagi mahsulotlari montaj tajribasi;
- Professional elektr uskunalar ko‘rgazmasi, o‘lchov texnikalari va tom yopish hamda tashqi ishlar uchun BOSCH Professional uskunalari;
- FAKRO mansard oynalarini tayyor tomga o‘rnatish va sinovdan o‘tkazish;
- Qatnashchilarga o‘quv markazi sertifikatlari🎁.

Shuningdek, tushlikka sizni mazali o‘zbek milliy taomlari kutmoqda.

Manzil: Toshkent shahar, Muqimiy ko‘chasi, 88-uy, «Guten Pub» (veranda).
Vaqti: 09:30 ⏰

Tashkilotchilar bilan bog‘lanish uchun:
+99890-329-90-89

Ro‘yxatdan o'ting va qurilish sohasining oldi texnologiyalari bilan tanishing!

Uchrashguncha 🙌
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2023-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 495 ming 251 nafar xotin-qizlarning masalalari hal etildi

Joriy yilning 10-may holatiga “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 1 mln 680 nafar xotin-qizlardan 495 ming 251 nafariga (49,5%) tegishli ko’mak berildi.

Jumladan, 225 ming 114 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlangan. 20 ming 219 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun kreditlar ajratilgan.

Yana 93 ming 966 nafar boquvchisini yoʻqotgan ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordamlar koʻrsatilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Test sinovlari uchun nechta savol tayyorlandi?

Test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 ming 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 ming 400 ta test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Abituriyentlar diqqatiga!

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti hujjatlar qabulini boshladi. Hujjatlarni ushbu havola orqali topshiring.

Siz oʻrta taʼlimni bitirganlik haqidagi hujjatlarni olguningizga qadar oʻzingiz tahsil olayotgan muassasaning (maktab, kollej yoki litsey) bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi maʼlumotnomani tizimga yuklashingiz mumkin.

MUHANDISLIK:
⁃ Geologiya va geomuhandislik;
⁃ Konchilik ishi;
⁃ Kimyo muhandisligi;
⁃ Neft va gaz muhandisligi;
⁃ Axborot texnologiyalari.

TADBIRKORLIK:
⁃ Tadbirkorlik va menejment;
⁃ Xalqaro logistika (AQSh oliy taʼlimi dasturi asosida).

XITOY ENERGETIKA INSTITUTI:
⁃Issiqlik energetikasi (Xitoy oliy taʼlim dasturi asosida).

KOREYA TEXNOLOGIYASI VA MADANIYATI KOLLEJI:
⁃ Yashil texnologiyalar (qayta tiklanadigan energiya manbalari);
⁃ Dizayn;
⁃ Raqamli iqtisodiyot.

Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

☎️ +99855 705-50-05
+99897 575-48-29

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ovozlarning 97,95%i sanab chiqilgandan keyingi natijalar:

Erdo’g’an — 49,34%
Qilichdoro’g’li — 44,99%


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekistondagi saylov uchastkasida ham Turkiya fuqarolari ovoz bergan. Hozircha 1 ta saylov qutisi ichidagi 177 ta ovoz sanab chiqilgan.

O’zbekistondagi ovozlarning 89 tasi (50,57%) Erdo’g’anga, 80 tasi (45,45%) Qilichdoro’g’liga berilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Boks bo’yicha jahon chempionatida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida medallar soni bo’yicha ham, sifati bo’yicha ham 🏆 1-o’rinni egalladi:

🥇5 ta oltin
🥈2 ta kumush
🥉2 ta bronza

Jami: 9 ta medal.

2-o’rinni 🇰🇿Qozog’iston egalladi. Qo’shnilarimiz hisobida 🥇4 ta oltin va 🥈1 ta kumush medal bor.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oxirgi vakilimiz finali. Yana O’zbekiston-Qozog’iston bahsi.

🇺🇿Saidjamshid Jafarov 🇰🇿Aslanbek Shimbergenovga qarshi.

Hamyurtimizga omad tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uchinchi final.

Ruslan Abdullayev mo’g’ulistonlik Chinzorig Batarsuxga qarshi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalq orasida “Shukrullo domla” deb tanilgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berilib, tuman bosh imomi vazifasidan ozod etildi.

Bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi imomlik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan chiqishlari sabab bo‘lgan. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli ijodkor, jamoat arbobi Oydin Hojiyevaning 81 yoshida vafot etgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jizzaxda prokuratura xodimi va hokimlik yuriskonsulti ushlandi

Viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori yakka tartibdagi tadbirkorning imtiyozli kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilishida o‘zining hissasi borligini iddao qilib, "xizmati" evaziga 1300 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Jizzax viloyatidagi tuman hokimliklaridan birining yuriskonsulti fermer xo‘jalikda yuzaga kelgan muammoni tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 3 ming dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro IMC Krems (Avstriya) fakultetiga navbatdagi qabul boshlandi!

Endilikda siz 2 ta universitet talabasi bo'lish va 2 ta diplomni qo'lga kiritish imkoniyatiga egasiz!

Fakultetning afzal tomonlari:
➖ Work & Travel;
➖ "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish;
➖ TDIU va IMC universitetlarining xalqaro diplomlari;
➖ Xalqaro ish tajribasi;
➖ 40-60% xorijlik o‘qituvchilar;
➖ Grant o‘rinlari.

Yo'nalishlar:
✅ Xalqaro biznesni boshqarish
✅ Turizm va dam olish menejmenti.

📆 Hujjatlar 1-iyungacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

✍️ Kirish imtihonlari 3-iyun kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi.

👉Hujjat topshirish uchun havola

☎️ Murojaat uchun:
+998909691011 | Qabul bo'limi 1
+998909990989
| Qabul bo'limi 2
+998900169099
I Qabul bo'limi 3

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.

Telegram | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 30 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Alis Munro. Yuz (hikoya)

Izoh:
Bugun e’tiboringizga kanadalik zamondosh yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori - Alis ( Elis) Munroning «Yuz» hikoyasini taqdim etamiz. Hikoyaning boshlanish qismiyoq sizni o‘ziga jalb etmay qo‘ymaydi. Asarda umumjahoniy g‘oya - insonparvarlik g‘oyasi aks etgan bo‘lib, siz ham undan ibratli xulosa chiqarasiz, degan umiddamiz.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/alis-munro-yuz" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/alis-munro-yuz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/_hB5c9zMb4c

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyada ovozlar 100 foiz hisoblab bo‘linganidan keyingi rasmiy natijalar:

🟠Erdo‘g‘an - 49,50%
🔴Qilichdoro‘g‘li - 44,89%
🟢Og‘an - 5,17%
🔵Inje - 0,44%

Qonunga ko’ra, qaysidir nomzod 50%dan ko’p ovoz olganda g’olib bo’lar edi. Ammo hech kim yarmidan ko’p ovoz ololmasa, unda qo’shimcha 2-tur bo’ladi.

Endi 28-may kuni Erdo’g’an hamda Qilichdoro’g’li 2-turda kurashadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning fojiali o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga oshirildi

Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j”, “z”, “o” bandlari, 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “v” bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 134-moddasi (qabrni tahqirlash), 137-moddasi (odam o‘g‘rilash) 3-qismi “b” bandi va 226-moddasi (maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan A. T. (1993-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining ish yurituviga kelib tushdi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Izoh: qonunga ko’ra, jinsiy jinoyatlarga oid sud ishlari yopiq sud majlisida ko’riladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Saylovdagi shaffoflik haqida

Turkiya saylovining menga eng yoqqan joyi, saylovoldi targ’ibotlar ham emas, ko’ppartiyaviylik ham emas, haqiqiy muxolifat ham emas, rekord darajadagi saylovda ishtirok ham emas. Eng yoqqan joyi ovozlarni sanash va sanalgan ovozlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish jarayoni bo’ldi.

Birinchidan, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va siyosiy partiya vakillari shu darajada faol bo’lishdiki, har bir saylov uchastkasidagi har bir quti ochilishi va undagi byulletenlarni sanab chiqish jarayonining ustida turishdi. Birorta qing’irlik yoki ma’muriy kuch bilan ovozlarni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslikka maksimal kurashishdi. Demak, shunaqa qilsa bo’lar ekan.

Ikkinchidan, Turkiya markaziy saylov komissiyasi ovozlar sonini onlayn e’lon qilib bordi. E’lon qilganda ham barchasi ochiq, oshkora va shaffof e’lon qilindi. MSK ma'lumotlari asosida, bir nechta (faqat bitta emas) mustaqil platformalarda kim nechta ovoz olgani, hozirgacha nechta quti ochilgani, nechta byulleten sanalganiyu, nechtasi yaroqsiz bo’lgani, hududlar va hatto xorijdagi davlatlar kesimida ovozlar nisbati haqida istalgan ma’lumotni olish mumkin bo’ldi. Masalan, shulardan bittasi: secim.aa.com.tr

Ammo hozircha bizda shu narsaga o’tilmayapti. Bizdagi amaliyotga ko’ra, faqat yakuniy natija e’lon qilinadi xolos, ya'ni necha kishi ovoz berdi, natijalar qanaqa bo’ldi, shu bilan tamom. Lekin hududlar kesimida haligacha birorta saylov natijasi e’lon qilinganini ko’rmadim. Masalan, Oltiariq yoki Boysun tumanida natija qanaqa bo’lgan, Qozog’istondagi o’zbek fuqarolari qanaqa ovoz bergan kabi savollarga javob yo’q. Natijalarni onlayn e’lon qilish, maxsus platformalar haqda-ku gap-so’z bo’lishi mumkin emas.

Balki 2 oydan kamroq vaqt ichida qanaqadir platforma yaratishga ulgurilmas, lekin hech bo’lmasa kelgusi parlament saylovlarida bizda ham shunaqa ochiq va shaffof qilinsa yaxshi bo'lardi.

Ovozlarni sanalgan zahoti hududlar kesimida ochiq e’lon qilish amaliyoti turli o’yinlar, natijalarni soxtalashtirish kabi holatlarga deyarli to’liq chek qo’yadi. Faqat bunaqa ochiq jarayonlarda, oldindan ro’yxati tasdiqlangan ayrim “deputatlar” o’tolmay qolishi ham mumkin, shunisi ham bor.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Nihoyat 3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o’tkazilishi kutilmoqda

Vazirlik bergan ma’lumotga ko’ra, 2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Bu degani joriy yilda test sinovlari yana yopiq pavilyonlarda o’tkazilishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-2022-yillarda 3 yil ketma-ket test sinovlari ochiq joylarda, jumladan stadion va xiyobonlarda o’tkazilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekistondagi saylov uchastkasidagi byulletenlar 100% sanab chiqildi. Jami 1772 nafar Turkiya fuqarolari ovoz bergan.

O’zbekistondagi ovozlarning 929 tasi (52,6%) Erdo’g’anga, 722 tasi (40,88%) Qilichdoro’g’liga berilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ovozlarning 71,91%i sanab chiqilgandan keyingi natijalar:

Erdo’g’an — 50,97%
Qilichdoro’g’li — 43,22%


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyada o’tgan prezidentlik saylovida berilgan ovozlar hisoblab chiqilmoqda.

Hozirgacha qariyb 26% ovoz sanab chiqilgan.

Amaldagi prezident Erdo’g’an 54,27%, uning asosiy raqibi Qilichdoro’g’li esa hozircha 39,75% ovoz olgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥈Finaldagi ikkinchi mag’lubiyat va ikkinchi kumush medal.

Afsuski ozgina yetmadi. Lekin jang yondi🔥 Ikkala bokschiga ham rahmat.

Qozog’istonlik Aslanbek Shimbergenovni oltin medal bilan tabriklaymiz. Saidjamshid Jafarov jamoamiz hisobiga 2-kumush, umumiy hisobda 9-medalni yozib qo’ydi.

Shunday qilib O’zbekiston bokschilari turnirda ishtirokini yakunladi.

🥇5 ta oltin
🥈2 ta kumush
🥉2 ta bronza

P/S: hakam qo’l ko’tarishda adashib ketdi :)


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥇Ruslan Abdullayev — jahon chempioni. Zo’r!

O’zbekiston hisobida 5 ta oltin medal bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥇Abdumalik Xalokov — jahon chempioni. Barakalla!

O’zbekiston hisobida 4 ta oltin medal bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel