❗️ Markaziy bank sinov tariqasida Korzinka tarmog‘i kassalari orqali bank kartalaridagi mablag‘ni naqdlashtirishga ruxsat beribdi.
❓ Bu nima degani?
Ya’ni onlayn kassa qo‘yilgan savdo shohobchalari yaqin kelajakda bemalol xuddi bankomatga o‘xshab, fuqarolarga kartasidan naqd pul yechib beradi.
Ushbu jarayonning barcha texnik va tashkiliy tomonlarini puxta o‘rganish maqsadida Korzinka do‘konlarida eksperiment o‘tkaziladi.
Ayrim ma’lumotlar:
• pul naqdlashtirishda 1% komissiya mavjud;
• pul naqdlashtirish uchun Korzinka’dan albatta nimadir xarid qilish majburiyati yo‘q;
• ayni vaqtda maksimal 300 ming so‘mlik limit bor.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ Bugun ilk o’yin!
Vanihoyat intiqib kutilgan kunlar keldi. Bugun tunda futbol bo’yicha U-20 Jahon chempionatiga start beriladi.
🇺🇿O’zbekiston milliy terma jamoasi ilk o’yinda mezbonlar 🇦🇷Argentinaga qarshi maydonga chiqadi.
O’yin tungi soat 02:00 da boshlanadi. UzReport telekanali translyatsiya huquqini sotib olgan.
Yigitlarimizga chin dildan omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chatning to’liq audiosi.
Suhbatdoshimiz Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov bo’ldi.
👉 @xushnudbek 👈
Ta’limga oid korrupsiya holatlari
• Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi tanishlari orqali bir fuqaroning qarindoshini Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, so‘ngra O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
• Pastdarg‘om tumanidagi maktabning ingliz tili o‘qituvchisi tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy OTM talabasi ekanligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSh dollari hamda uning qarindoshiga ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat olib berish uchun 1 ming 200 AQSh dollari, jami 7 ming 200 dollar olgan vaqtida ushlangan.
• Guliston shahrida yashovchi, 1997 yilda tug’ilgan shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming 100 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ining 4 ming 600 dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisiga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, ushbu shaxs ham 200 dollari olgan vaqtida ushlandi.
🤦🏻♂️ Haligacha falon ming dollar evaziga o’qishga kiradiganlar qoldimi-yey? O’qiyman desa shuncha imkoniyat, bilim olaman desa shuncha sharoit, talaba bo’laman desa shuncha xususiy universitetlar bor paytda yana pora evaziga o’qishga kirmoqchi bo’ladiganlarning miyasi qurtlagan.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ Finallar:
Yevropa chempionlar ligasi
🏴 Manchester City — 🇮🇹 Inter
10-iyun soat 23:59, Istanbul
Yevropa ligasi
🇪🇸 Sevilla — 🇮🇹 Roma
31-may soat 23:59, Budapesht
Konferensiyalar ligasi
🇮🇹 Fiorentina — ⚒ West Ham
7-iyun soat 23:59, Praga
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan XXR o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.
Yetakchilar huzurida 41 ta hujjatlar imzolandi, jumladan:
– O‘zbekiston Hukumati bilan XXR Hukumati o‘rtasida o‘rta ta’lim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim;
– O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi AOKA bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
– Toshkent shahri va Sichuan muzofoti, Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlari va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim.
Iqtisodiy kelishuvlar:
🚗 “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
🚙 “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
– elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida;
– “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizasiya qilish to‘g‘risida;
– “O‘zbektelekom” AKning telekommunikasiya infratuzilmasini yanada kengaytirish to‘g‘risida;
– “O‘zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” hamda “Xitoy taraqqiyot davlat banki” o‘rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risida;
Tarmoq memorandumlar:
– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti hamda Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasida;
– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti hamda Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti o‘rtasida;
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti o‘rtasida.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi TMC xalqaro instituti 2023/2024-oʻquv yili uchun talabalar qabulini eʼlon qildi
TMC kelajakda top-menejer lavozimini egallash va mehnat bozorida yuqori maoshli mutaxassis boʻlishni maqsad qilganlar uchun xalqaro va mahalliy dasturlar asosida tahsil olishni taklif qiladi.
📚 Xalqaro dasturlar BSc (Hons):
• Business & Management
• International Accounting
• International Logistics & Trade Finance
• Computer Science
• Tourism and Hospitality Management
🇬🇧 Xalqaro yoʻnalishlarda taʼlim ingliz tilida olib boriladi, bitiruvchilarga Buyuk Britaniyaning Northampton universiteti diplomi beriladi.
🇺🇿 Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
Roʻyxatdan oʻting va sifatli taʼlim olish imkoniyatini qoʻlga kiriting.
🖥 Ro’yxatdan o’tish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998 71 207 00 32
📧 Pochta: admission@tmci.uzTa’lim reklamasi
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)
O‘tkir Hoshimov. Nega? Nega-a-a?! (hikoya)
Izoh: Bugun biz tanlagan hikoya urushning jirkanch basharasini taʼsirli qilib ko‘rsatib beradi. Sovet davridagi ahmoqona afg‘on urushi natijasida halok bo‘lgan yuzlab hamyurtlarimizning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi.
Hikoyani o‘qir ekansiz, tinchlik uchun yana bir bor shukrona keltirasiz (garchi bugun odamlarni shukr qilishga chaqirish biroz salbiy holatdek tuyulayotganda bo‘lsada).
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/utkir-hoshimov-nega" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/utkir-hoshimov-nega
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/LnlNanQ2slE
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Sian shahridagi “Shensi” qarorgohida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi.
👉 @xushnudbek 👈
Yaponiya maktablari haqida (2-qism)
• Siz, albatta, maktab uchun randoser (maxsus ryukzag) sotib olishingiz kerak, bu 6 yil davomida foydalaniladigan professional maktab sumkasi, narxi har xil, lekin qimmat. Bizga taxminan ming dollarga tushgan (1-rasm).
• Yaponiyada odatda hamma 1-sinfga 6 yoshida boradi;
• Maktablarda keksa yoshdagi koʻngilli-volontyorlar ishlashadi. Ular yaxshi politsiyachi vazifasini bajarishadi;
• Ular maktabni qoʻriqlaydi, bolalar xavfsizligini nazorat qilishadi, velosipedlarida patrullik qiladi, tartibni taʼminlaydi (izoh: Janubiy Koreyada ham shunaqaligini mana bu yerda aytgandik);
• Maktablarda xavfsizlik maqsadida o’quvchilarga hushtak va maxsus ovozli moslamalar beriladi. Mabodo, kimdir ko’chada tegajogʻlik qilmoqchi boʻlsa yoki boshqa xavfli vaziyat tug’ilsa, oʻquvchi moslamani ishga tushiradi, undan qattiq signal chiqadi, shunda patrullar yoki atrofdagi boshqa odamlar buni eshitib, bolani qutqarishga shoshiladi (2-video);
• "Menga yoqadigan joyi, Yaponiyada ota-onalarning [WhatsApp yoki Telegramda] umumiy chat-guruhi yo'q🤪", - deydi muallif.
• O'quvchilarni ertalab maktabga olib borish ota-onalarning zimmasida, lekin darsdan keyin ularni uyigacha kuzatib qo'yishni maktab ma'muriyati tartib bilan tashkil qiladi. Ota-onalar esa uyida kutib oladi. O'quvchilar darsdan keyin taxminan 10 kishilik guruhlarga bo'lingan holda uyiga qaytishadi. Yo'l-yo'lakay uyi yaqinlarni qoldirib, keyingilarga o'tib ketishadi;
• Darsdan uyga qaytishda qatʼiy qoidalar mavjud va bu barcha bolalarning qulog'iga quyiladi:
Yoʻlda doʻkonga kirmaslik, doʻstlarining uyiga bormaslik, begonalar bilan gaplashmaslik, yoʻlda ovqatlanmaslik yoki biror narsa sotib olmaslik, hech qayerga to'xtamasdan to'g'ri uyga borish shart.
• Agar, Xudo koʻrsatmasin, bola darsdan uyga qaytmasa, bunga maktab javobgar bo'ladi. Bunday vaziyatlarda hamma oyoqqa turadi: koʻngillilar, oʻqituvchilar, politsiyachilar va h.k.
• Bu yerda maktab taʼtillari juda qisqa. Yozgi taʼtil atigi 28 kun davom etadi, tamom.
👉 @xushnudbek 👈
ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘zining 4 ta yangi filialini ishga tushirdi
ISHONCH do‘konlar tarmog‘i 4 ta yangi filiallari Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Samarqand viloyati Narpay va Nurobod tumanlarida hamda Surxondaryo viloyatida ilk filial Denov tumanida barcha uchun o‘z eshiklarini ochdi.
7000 dan ziyod mahsulot turlari, mijozlar uchun maxsus ishlab chiqilgan qulayliklar, doimiy tarzda o‘tkaziladigan chegirmali takliflar va aksiyalar — bularning hammasi mijozlarga yuqori malakali xizmat ko‘rsatish va aholining yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Ayni paytda ham barcha filiallarda ISHONCHLI MIJOZ aksiyasi davom etmoqda. Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun 2 mln so‘m va undan yuqori xaridlar qiling va 6 ta Cobalt va 450 ta maishiy texnikalardan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
ISHONCH do‘konlariga tashrif buyuring va qulay shartlarda yoqimli xaridlar qiling!
@ishonch_chatbot
📞 +998735152222
Telegram | Facebook | Instagram | YoutubeReklama
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 18-19-may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi boshlandi.
Unda Shavkat Mirziyoyev nutq so'zlamoqda.
Jonli efirni mana bu havoladan ko'rish mumkin:
https://www.youtube.com/live/9LE_rAdmvJk?feature=share
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Shavkat Mirziyoyev dastlab Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
👉 @xushnudbek 👈
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti yangi o'quv mavsumi uchun 200 ta grant o’rinlarini taqdim etadi!
Yoʻnalishlar:
✅ Agroiqtisodiyot
✅ Agrologistika
✅ Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi
✅ Barqaror-aqlli qishloq xo'jaligi
Nega aynan Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti?
— Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti diplomi;
— Qishloq xo’jaligi sohasida ilg’or bilimli va malakali mutaxassislarga talab yuqoriligi;
— Bir yil davomida chet elda o’qib kelish imkoniyati;
— O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori bilan universitetning tashkil etilganligi;
— 200 GRANT o'rinlari!
📞Hoziroq murojat qiling!
+998999810919
+998993159860
@iau_2022
Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | Taʼlim reklamasi
Farobiy IT Academy Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park bilan hamkorlikda qiymati 750 mln so'mlik grant e’lon qiladi!
Ushbu tanlovda 12-25 yoshdagi yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.
Imtihon natijalariga ko‘ra saralab olingan 400 nafar iqtidorli o‘quvchi chegirma bilan o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi:
☑️ 100 kishi — 100% (chegirma)
☑️ 100 kishi — 60%
☑️ 100 kishi — 50%
☑️ 100 kishi — 40%
G‘olib bo'lgan yigit-qizlar quyidagi kurslarda taʼlim olishlari mumkin:
📍 Python tilida dasturlash;
📍 Qurilmalar va robotlarni dasturlash;
📍 3D, 2D animatsiya | 3D modeling;
📍 Videolarni to‘g‘ri suratga olish, montaj qilish va YouTube’ga yuklash;
📍 Web dasturlash.
Kursni muvaffaqiyatli bitirgan o'quvchilar vazirlikning esdalik sovg'alari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
👉 Grant yutib olish uchun roʻyxatdan oʻtish
Eslatma: Grantni qoʻlga kiritish uchun 31-may soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
➡️ Batafsil maʼlumot: +998 77 777 30 30Ta’lim reklamasi
❗️Kontent-meykerlik orqali qanday qilib $1000 daromadga chiqish mumkin?
2023-yilda zamonaviy kasblar ichida eng daromadli kasb deya eʼtirof etilayotgan kontent-meykerlik va mobilografiya haqida bilasizmi?
❓Bu oʻzi qanday kasb va haqiqatan ham oyiga $1000 daromadga chiqish mumkinmi?
Hozirgi kunda mobilograf va kontent-meykerlar biznes uchun eng kerakli kadrlar boʻlib, ular oʻz smartfonlari orqali sifatli video, fotokontentlar yaratishadi va shu orqali katta daromad topishadi.
❗️Bu sohani oʻrganish qiyin, bunga koʻp vaqt va pul ketadi, deb oʻylashga shoshilmang. Siz uchun zoʻr maslahat bor.
Taniqli kontent-meyker, “KASB Workshop Studio” asoschisi AKMAL ABDULLAYEV oʻz telegram kanalida 3 kunlik bepul intensiv kurs tashkil etmoqda. Ushbu marafon davomida kontent-meykerlik orqali oyiga $1000 daromad topish haqida qimmatli bilimlarga ega boʻlasiz.
Hoziroq kanalga obuna boʻling va 3 kunlik bepul marafonda qatnashing 👇
Intensiv kursga ro’yxatdan o’tish⚡️
Reklama
Ta’lim uchun qilingan to‘lovlarga daromad solig‘i imtiyozi berilishiga bag‘ishlangan ovozli chat boshlanadi.
Ulanish uchun:
/channel/xushnudbek?livestream
🌏 Japan Digital University 5-qabulga start bermoqda.
Xo'sh, bo'lajak talabalar qanday imkoniyatlarga ega bo'lishadi?
✔️Davlat granti asosida tahsil olish;
✔️Universitet grantini yutib olish;
✔️Kontrakt asosida tavsiya etilganlar uchun alohida kvotalar;
✅Bir paytning o'zida 3 ta diplom sohibiga aylanish.
❗️ Japan Digital University - iste'dodlarni kashf qiladigan oliy ta'lim maskani!
(Litsenziya №0044 06.12.2021 y.)
HUJJAT topshirish👈
📞:+998712000595
Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTubeTa'lim reklamasi
Prezident saylovini o‘tkazish uchun 174 mlrd 130 mln so‘m ajratiladi
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu miqdor 2021-yilgi prezidentlik saylovlari uchun ajratilganidan 41 foizga kam (2021-yildagi saylovga 300 mlrd so‘m sarflangan).
Xarajatlarning qariyb 82 foizi okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etishga sarflanadi. Asosiy mablag‘ okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga kompensasiya to‘lovlari sifatida beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
🎙Bugun ovozli chat!
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
❓12% qaytarib olish uchun faqat davlat ishida ishlash kerakmi?
❓ Ota-onam pensioner, qaytarib olsam bo’ladimi?
❓ Ta’lim krediti olganman, lekin menga qaytarilmayaptiku.
❓ Kontraktga naqd to’laganmiz, kvitansiyani yo’qotib qo’yganman, nima qilsam bo’ladi?
❓Bitirganimga 3 yil bo’ldi, o’sha payti bilmagandim, endi kechikdimmi, qaytara olmaymanmi?
Shu va shu kabi boshqa ko’plab savollarga bugun, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chatda javob olishingiz mumkin.
Ovozli chatni tinglash uchun:
/channel/xushnudbek?livestream
Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili"ga start berildi
Sian shahridagi Tan sulolasi bog‘ida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy tarixi va madaniyatini aks ettirgan sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi. Shu bilan O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bo‘lgan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi.
👉 @xushnudbek 👈
Sobiq energetika vaziri Sultonov Alisher Saidabbasovich Prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangani rasman e’lon qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
📲 PROTestim — oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish uchun maxsus ilova
Oliy taʼlim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun PROTestim ilovasi ishlab chiqilibdi. Mobil ilovada umumtaʼlim fanlari boʻyicha 5 000 dan ortiq test savollari variantlari mavjud ekan. Aytishlaricha, ushbu test savollari variantlari har oy yangilangan holda taqdim etib boriladi. Test topshiriqlari Davlat taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda, maktablarda oʻqitilayotgan oʻquv adabiyotlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
Oʻzim ham ushbu ilova orqali tarix fanidan test topshirib koʻrdim. Lekin "yiqildim" :) Tarixdan bilimlarimiz ancha esdan chiqib qolibdi, afsuski.
Darvoqe, video suratga olinayotgan vaqtda ilovadagi test topshirish narxlari qimmatroq edi. Loyiha mualliflari ilova foydalanuvchilariga qulaylik yaratish uchun narxlarni arzonlashtirishibdi. Bundan buyon testlarni quyidagi narxlar boʻyicha topshirishingiz mumkin:
Komplekt test — 15 000 so‘m;
Mutaxassislik fanlari — 10 000 so‘m;
Majburiy fanlar — 5000 so‘m.
❗️Barcha abituriyent va ota-onalarga farzandlarining tayyorgarligini koʻrishlari uchun ushbu ilova orqali test topshiriqlarini bajarib, imtihonga qay darajada tayyorliklarini tekshirib koʻrishlarini tavsiya etaman.
Ilovadan qanday foydalanish toʻgʻrisida videoni koʻrish uchun:
📲 https://youtu.be/IbLyp7Vl8KMTa'lim reklamasi
Yaponiya maktablari haqida (1-qism)
Maktablar mavzusini davom ettiramiz. Asli qirg'izistonlik bo'lgan Twitter foydalanuvchisi yapon maktablari haqida qiziq ma'lumotlarni ulashgan. Uning farzandi hozir boshlang'ich sinfda o'qirkan, ma'lumotlar ham shunga taalluqli.
•Yaponiyada maktab taʼlimi 12 yil davom etadi. 6 yil boshlangʻich, 3 yil oʻrta va 3 yil yuqori sinf.
• Yaponiyada maktablar bepul. Ammo ovqat uchun 8000 yen atrofida toʻlanadi, bu oyiga taxminan 50 dollar.
• Ovqat menyusi nutritsiolog va tibbiyot vakillari tomonidan tuziladi, maʼqullangandan soʻng ularni barcha ota-onalarga elektron pochta orqali joʻnatishadi va agar baʼzi bolalarda maʼlum yegulikka allergiya boʻlsa, ularni roʻyxatdan olib tashlashadi hamda boshqa oziq-ovqatlar bilan almashtiriladi. Har oy uchun tushlik jadvali bor (1-rasm).
• Darslarda bolalarga darhol yozish va oʻqish oʻrgatilmaydi, ularga avval ruchkani qanday ushlash va toʻgʻri oʻtirish oʻrgatiladi (2-rasm). Shuningdek, ko'proq tarbiya va etikaga e'tibor qaratiladi.
• Maktab formasi yoʻq, hamma xohlaganicha kiyinadi. O'quvchilarga kitob, qalpoq, sumka uchun gʻilof berishadi.
Sariq rang – xavfsizlik uchun, bola yoʻldan oʻtayotganda hamma koʻra olishi uchun (3-rasm).
• Darslar ertalab 8:15 dan boshlanadi va 17:00 gacha davom etadi.
• Yo'llarda har burchakda nazoratchilar turadi. Ota-onalar oyda bir marta jadval asosida bolalarni mashina urib ketmasligi, mashinalar qoidani buzmasligini nazorat qilish uchun qo'lida bayroq bilan koʻcha bo'ylab navbatchilik qilishadi (4-rasm).
• «Maktabimiz shu paytgacha birorta bola yoʻqolib qolmagani, jarohatlanmagani yoki yoʻl-transport hodisasiga uchramagani bilan faxrlana oladi».
• Forma yoʻq, lekin maktab binosiga kirayotganda oʻquvchilar oyoq kiyimi yechilib, shippakka almashtiriladi (5-rasm).
• Bolalar sinfini oʻzlari tozalaydi, oʻqituvchi polni yuvadi, bolalar esa chang artib, chiqindi tashlab kelishadi, 1-sinfdanoq gullarni sugʻorishadi.
• Oʻqituvchilarning barchasi ayollar (6-rasm).
(davomi bor)
👉 @xushnudbek 👈
🎙Diqqat, ovozli chat!
Ko‘pchilikka maʼlumki, oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlar, xususiy maktab va bog‘chalarda o‘qish uchun qilingan to‘lovlardan daromad solig‘i olinmaydi. Jaydari tilda aytganda, kontrakt va oylik to‘lovlardan 12% qaytarib beriladi.
Ammo ushbu tartib bo‘yicha aholida ko‘plab savollar va tushunmovchiliklar bo‘lishi tabiiy. Kimdir bu pulni qanday qaytarib olishni bilmaydi, kimlargadir esa soliq organlari rad javobi bergan, ammo nimaga bunday bo‘lganini yaxshi tushuntirishmagan.
Shu sababli ertaga, 19-may — juma kuni soat 18:30 da @xushnudbek Telegram kanalida Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ovozli chat tashkil etyapmiz. Bunda daromad solig‘idan ozod bo‘lish va maʼlum miqdordagi pulni qaytarib olish tartibi to‘g‘risida batafsil maʼlumot beriladi.
Savollaringiz bo‘lsa, mana bu post tagiga izoh ko‘rinishida yozib qoldirishingiz mumkin:
/channel/xushnudbekuz/882
Ovozli chat spikeri: Soliq qo‘mitasining Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ismailov.
O‘tkazib yubormang, foydali maʼlumotlar olishingiz kafolatlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Maktablardagi to‘garaklar uchun ajoyib sovg‘a! Nafaqat maktablar, barcha intellektual o‘yin ixlosmandlari uchun desa ham bo‘ladi
Mendan juda ko‘p so‘rashadi, "Biz “Zakovat” kabi intellektual o‘yinlarga juda qiziqamiz, maktabimizda (yoki litseyimizda, universitetimizda, ishxonamizda) shunaqa o‘yinlar o‘ynamoqchimiz, turnirlar qilmoqchimiz, lekin savollarda qiynalyapmiz, qayerdan savol topsak bo‘ladi?", deb.
Haqiqatdan intellektual o‘yinlar uchun asosiy muammo — bu yaxshi savollar topishda!
✅ Azaliy muammoning innovatsion yechimi
Endi bu haqda bosh qotirishingiz shart emas. “Bilimdon” o‘yini mana shunday muammoga yechim beradi.
“Bilimdon” qutisi ichida 500 ta saralangan savol-javob bor. Bundan tashqari telefoningizga “Bilimdon” ilovasini (Android yoki iOS) yuklab olsangiz, unda hozircha 1311 ta savol bor. Tez orada savollar sonini 2 mingtaga chiqarishmoqchi ekan. Va har doim elektron savollar bazasi yangi savollar bilan to‘ldirib borilarkan. Ilovadan to‘laqonli foydalanish uchun “Bilimdon” qutisi ichidagi promo-kodni kiritish kerak.
Yana eng qizig‘i, sizga mobil ilova orqali “Zakovat” teleko‘rsatuvi boshlovchisi Abdurasul Abdullayevning shaxsan o‘zlari video-savol berishi mumkin. O‘zingizni xuddi “Zakovat”dagidek his qilasiz.
ℹ️ “Bilimdon” o‘yini narxi 299 ming so‘m. Bu degani bitta savol taxminan 230 so‘mdan to‘g‘ri kelyapti. Agar 5-6 kishi birgalashib olinsa, "suv tekinga" tushadi.
ASaxiy internet do‘konidan buyurtma bersangiz, butun O‘zbekiston bo‘ylab eshigingiz tagigacha yetkazib berisharkan.
♻️ Xarid qilish uchun: https://asaxiy.uz/uz/product/bilimdon
Ilovani yuklab olish uchun: Android | iOS
Savollarni ko‘rdim, qiyinlik darajasi o‘rtacha ekan, o‘ta qiyin ham emas, o‘ta oson ham emas. Bemalol maktablardagi to‘garaklarda, litsey-kollej, institut va korxonalarda, shuningdek, shunchaki oila davrasida ham o‘ynasa bo‘ladi.
🎁 Ayniqsa farzandingiz uchun ajoyib sovg‘a!Shaxsiy tavsiya
Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 ming 42 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
✔️Shundan:
➡️ Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 ming 310 ta;
➡️ Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 ming 732 ta.
Kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha kvota yuqoridagi faylda ko’rsatilgan.
💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish
Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.
📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
/channel/xushnudbek/14477
Tasavvur hosil qilish uchun o‘tgan yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/14934
❗️ESLATMA: o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.
‼️ESLATMA-2: O‘tgan yili tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.
ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
My.gov.uz yagona portalida yoshlar uchun bir qator davlat xizmatlari zamonaviy va qulay usulda taqdim etilmoqda. Deylik, siz chet tilini yaxshi bilasiz, portal orqali til bilish darajangizga mos ravishda imtiyozlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bundan tashqari, “Million dasturchi” loyihasi sertifikati egalariga kompyuter sotib olish uchun foizsiz kredit uchun ariza yuborish ham mumkin, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga esa repetitorlarga sarflagan pullarining bir qismi qoplab beriladi. Yana boshqa ko‘plab imtiyozlar bor. Asosiysi, ularning barchasidan ortiqcha byurokratiya va ovoragarchiliklarsiz, onlayn foydalanish mumkin.
Portal haqidagi mana bu videorolikda barchasi yana ham batafsilroq tushuntirilgan:
📹 https://youtu.be/U4A2enrdFm0