xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

“Suvchilar maktabi” tashkil etilmoqda

Maktabni tashkil etishdan maqsad qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishni o’tgatishdir. Bunda innovatsion texnologiyalar, rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi tajribalar orqali maktab a’zolari faoliyati takomillashtirib boriladi.

Prezident tashabbusi asosida tashkil etilayotgan maktabning tashkilotchilari etib “Agrobank”, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti belgilangan.

suvchimaktabi.uz saytida suvchilar maktabiga a’zo bo‘lish shartlari tushuntirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Tanlovda adashmang!

Oʻz kasbingizda muvaffaqiyatga erishish uchun chuqur bilim va toʻgʻri amaliyot zarur. Bu yoʻlda esa sizga Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) yordam beradi.

Universitetdagi taʼlim yoʻnalishlari:

🎓 Bakalavr (kunduzgi, kechki, sirtqi):
➖ Tarix
➖ Filologiya va tillarni oʻqitish
➖ Oʻzbek tili va adabiyoti
➖ (B.A.) Koreys tili
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Iqtisodiyot
➖ Turizm
➖ Matematika
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
➖ OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya
➖ Bank ishi va auditi
➖ Xalqaro munosabatlar
➖ Menejment
➖ Soliqlar va soliqqa tortish
➖ Geodeziya, kartografiya va kadastr
➖ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
➖ Arxitektura
➖ Jismoniy madaniyat

👨🏻‍🎓 Magistratura:
▪️ Iqtisodiyot
▪️ Xorijiy til va adabiyoti
▪️ Pedagogika va psixologiya

Litsenziya (03.11.2022-yil)

✔️ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish mumkin.

☎️ Call markaz: +998781132999, +998 999932722

📥 Hujjat topshirish: @tiftuzbot

📍Poytaxt qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 16-uy

👉 Viloyatlardagi qabul ofislari

Telegram kanal: @tiftuz_tg

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Ertaga hujjat topshirishning oxirgi kuni

Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

XushnudbekUz kanali jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish maqsadida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qiladi.

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun

📝 Qaysi yo’nalishlar uchun: jurnalistika sohasidagi barcha yo’nalishlar uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

👥 Necha kishiga beriladi: 25 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)

⏳Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:

https://imkon.uz/metsenat/122

Grant bo’yicha biror muammo yoki tushunmovchilik yuzaga kelsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Grantda g’olibni aniqlashda nimalarga e’tibor qaratiladi?

/channel/xushnudbek/19442


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga “So‘nggi qo‘ng‘iroq”. U qanday o‘tishi kerak?

Maktablarda 2022-2023-o‘quv yilini yakuniga bag'ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertaga - 25-may kuni bo‘lib o'tadi.

Vazirlik tavsiyalariga ko‘ra:

➖ "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

➖ unga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

➖ maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi (ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bundan mustasno);

❌ “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 O‘zbekiston 2:2 Yangi Zelandiya 🇳🇿

Gollar: Benjamin Uolles 23', Jey Herdman 41', Abbos Fayzullayev 51', Sherzod Esanov 93'.

To’liq ustunlikda o’tgan bahsda 90+3 daqiqada kiritilgan gol evaziga bir amallab durangga erishdik.

Hujum chizig’ida yaxshigina muammomiz bor ekan. Gol uradigan, vaziyatlardan foydalanadigan sof hujumchi kerak bizga. Keyin futbolchilarimiz ruhiyati bilan ham yaxshigina ishlash kerak. Boshida raqibni mensimay, bemalol yutamiz, istagancha gol uramiz degan xayolda bepisand o’ynashdi, natijada 2 ta hujumdayoq 2 ta gol o’tkazib yubordik.

Xayriyat, 2-taymda osmondan yerga tushib, o’zlarini o’nglab olishdi-yu, lekin bu g’alaba uchun kamlik qildi.

Guruhimizda Yangi Zelandiya 4 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. Lekin katta ehtimol bilan birozdan keyin Argentina g’alaba qozonsa, yaqqol peshqadam bo’lib oladi va muddatidan oldin play-off bosqichiga chiqadi.

Bizda guruhdan chiqish uchun hali imkon bor, buning uchun 3-turda Gvatemalani albatta yutishimiz kerak. Lekin shunda ham barchasi bizga bog’liq bo’lmaydi, kalkulyatorlarni olib, hisob-kitob qilishimiz kerak bo’ladi. Hech qisi yo’q, o’zbek muxlislari hisob-kitobga usta, doim shunaqa qilamiz, o’rganib ham ketdik bunga.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun U-20 Jahon chempionati doirasida 🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi 🇳🇿Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga chiqadi.

Uchrashuv soat 23:00 da “Uzreport TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Yigitlarimizga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IELTS yoʻqmi? Muammo emas!

Toshkentdagi TMC xalqaro institutiga ingliz tilidan kirish imtihoni 6-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

3-iyungacha
roʻyxatdan oʻtishga ulguring va 5 ta xalqaro fakultetlardan birida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiriting. Uni bitirgach, siz Buyuk Britaniyaning Nortgempton universiteti diplomiga ega boʻlasiz.

📝 Roʻyxatdan oʻtish:

🖥 Onlayn: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998 71 207 00 32

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2023-yil 1-iyundan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tugʻruqxonaning o’zidayoq tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma o‘rniga QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Ushbu ma’lumotnoma:

➖ gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;

➖ davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

❗️Agar guvohnomaning o’zi kerak bo’lib qolsa, unda fuqarolar istalgan vaqt murojaat qilishganda FHDYo bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 23-25-may kunlari Singapur prezidenti Halima Yoqub davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📞 "Smartfonga obuna" – muddatli to‘lovdan arzonroq!

Aloqa xizmatlarini va ijtimoiy tarmoqlarga cheksiz kirish imkonini o‘z ichiga oluvchi Samsung Galaxy A14 | A24 | A34 obunasini oyiga 262 000 so‘mdan boshlab rasmiylashtiring.

Aksiya faqat Ucell sotuv ofislarida amal qiladi. Shoshiling, tovarlar soni cheklangan!

Batafsil: www.ucell.uz/3h9c
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

✅ 2022-2023-o'quv yilida magistraturada tahsil olayotgan 12 ming 300 nafar xotin-qizlarga 68 mlrd 298 million so'mlik shartnoma to'lovlari to'lab berilgan.

Ma'lumot uchun: o'tgan yildan boshlab magistraturaga kontraktga o'qishga kiradigan BARCHA xotin-qizlarning kontrakti davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Batafsil ma'lumot bu yerda va mana bu yerda.


✅ 2022-2023-o'quv yilida 84 ming 640 nafar qizlarga 872 mlrd so'mdan ortiq miqdorda 7 yillik foizsiz kredit ajratilgan.

Foizsiz kredit olish tartibi mana bu yerda tushuntirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Abituriyentlar diqqatiga!

Qanday qilib oliygohlarga hujjat topshirishni o'ylab turibsizmi❓

Endi mentalaba.uz quyidagi oliygohlar bilan hamkorlik qilmoqda:

🎓 Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST)

🎓
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (WIUT)

🎓 Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti

🎓 Raqamli Iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA)

🎓 Toshkent shahridagi Amiti universiteti (Amity)

🎓 PDP University

🎓 IT Park University

va bundan boshqa 20 dan ortiq xalqaro, xususiy oliygohlarga Men talaba platformasi orqali hujjat topshirish imkoniyatingiz bor!

Bugunoq ro’yxatdan o’ting, profilingizni to’ldiring va oliy ta’limga birinchi qadamni biz bilan tashlang!

Sayt | Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar uchun joriy yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgacha bo’ladi

Bu aslida yangilik ham emas, amaldagi qonunchilik bo’yicha ayni shu muddatda qabul bo’lishi belgilangan. Lekin avvalgi yillarda kvotalar tasdiqlanmasdan qabul kechikib boshlangan paytlari ham bo’lgan. Balki rasmiylar “bu yil biz aniq muddatida ulguramiz, kechikmaymiz”, demoqchi bo’lgandir. Mayli, yaqinlashaversin-chi, ko’ramiz. Bunaqa va’dalarni oldin ham ko’p berishgan.

Yana bir qiziq jihat. Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) direktori Majit Karimov “joriy yilgi qabulda abituriyentlar uchun yangilik qilyapmiz, endilikda 5 tagacha yo’nalish tanlayotganda ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) ham turlicha tanlashiga ruxsat beriladi”, debdi.

Lekin bu yangilik 2022-yili joriy qilingandi. Ya’ni o’tgan yili ham abituriyentlar istasa 1-yo’nalishga kunduzgini, 2-yo’nalishga sirtqini, 3-yo’nalishga kechkini va h.k tanlashi mumkin bo’lgan edi.

Qiziq, nega bor yangilikni yana yangilik deb e’lon qilishyapti? Yoki men nimanidir tushunmay qoldimmi?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qo‘shni mamlakatning saytlaridan birida Ookla Speedtestga tayanib mobil operatoralar haqida qiziq maʼlumotlar ochiqlanibdi. Ushbu infografikada mintaqada bizning mobil operatorlarning internet tezligi bo‘yicha olgan o‘rinlari ham ko’rsatilgan (2022-yilning 4-choragi misol qilib keltirilgan).

15 ta operator ichida O‘zbekiston kompaniyalariga eʼtibor qarating.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇦🇷Argentina U20 2:1 🇺🇿O’zbekiston U20

Jahon chempionatining ilk bahsida afsuski mag’lub bo’ldik. Teng kurashlar ostida o’tgan o’yinda yigitlarimiz dastlab hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo keyin himoyamizda yo’l qo’yilgan xatolar natijasida mezbonlar 1-taymning o’zida 2 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi.

2-taymda esa hisob o’zgarmadi, Argentina asosan hisobni ushlab qolish uchun harakat qildi.

Umuman olganda terma jamoamiz yaxshi o’ynadi. Golga tortadigan xavfli vaziyatlar yaratishda raqiblaridan qolishgani yo’q. Statistika ham buni ko’rsatib turibdi.

Faqat oxirgi nuqtani qo’yishda biroz tajriba va omad yetishmadi. Argentina esa kichik imkoniyatlardan ham gol urib ketdi.

Boshlanishiga yomon emas. Umid qilamizki, keyingi 2 ta o’yinda ham terma jamoamiz muxlislarni g’alaba bilan xursand qiladi. Omad!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev va Singapur Prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Singapur sammiti yakunida “Ko‘ksaroy” qarorgohida archa daraxti ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida kamera oʻrnatilishi bilan bogʻliq ish ma'muriy sudda ko'rib chiqildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahri sudining 5-maydagi qaroriga koʻra, institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish)da koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida yaʼni, 4,5 mln soʻm jarima jazosi tayinlangan.

Institutning taʼlim texnologiyalari markazi ikki xodimi va boʻlim boshligʻi ham mazkur modda bo'yicha aybdor deb topilib, ularning har biriga BHMning 10 baravari miqdorida yaʼni, 3 mln soʻmdan jarima jazosi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📹 Davlat tashrifi bilan kelgan Singapur Prezidenti Halima Yaqub "Ko‘ksaroy" qarorgohida tantanali kutib olindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiyaning Moskva davlat lingvistika universiteti va Adigey davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturining 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

🎓 Lingvistika: Chet tillarini va madaniyatini o‘qitish nazariyasi va metodikasi (MDLU)
🎓 Kompyuter lingvistikasi (IT)
🎓 Rus tili xorijiy til sifatida.

Qanday afzalliklari bor?
• 4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati;
• bitirgandan so‘ng vazirlik va idoralarda, diplomatik sohalar, oliy ta’lim muassasalarida, maktab va kollejlarda faoliyat yurita olasiz.

Ushbu o‘quv dasturi:
▪️maktab va kollej bitiruvchilari;
▪️akademik litsey bitiruvchilari;
▪️va barcha abituriyentlar uchun.

📝 Batafsil ma’lumot:
Adigey davlat universiteti
Moskva davlat lingvistika universiteti

Murojaat uchun:
☎️ +99895-194-15-05
✉️ Telegram: @usgumya_sop
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Singapur Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-may kuni Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar kutib oldi.

🏫 Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Talabalar kontrakti uchun yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar;
▫️ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot bu yerda:
/channel/xushnudbek/17561
/channel/soliqnews/10602

Soliq qo’mitasi boshqarma boshlig’i bilan ushbu masalaga oid ovozli chatni eshitish uchun bu yerni bosing.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛬 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq sayyoh turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.

Eng ko'p quyidagi davlat fuqarolari tashrif buyurgan:

🇹🇯 Tojikiston – 623,8 ming nafar
🇰🇿 Qozogʻiston – 558,8 ming
🇰🇬 Qirgʻiz Respublikasi – 487,7 ming
🇷🇺 Rossiya – 207,7 ming
🇹🇷 Turkiya – 29,7 ming
🇹🇲 Turkmaniston – 14,2 ming
🇰🇷 Koreya Respublikasi – 9,2 ming
🇮🇳 Hindiston – 8,3 ming nafar
🇨🇳 Xitoy – 6,3 ming nafar
🇩🇪 Germaniya – 5,7 ming nafar


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Farzandingiz yozgi taʻtilni unumli oʻtkazsin desangiz...

Farzandingizning boʻsh vaqtini toʻgʻri tashkillashtirmoqchisiz, ammo bunga imkon yoʻqmi?

✅ Unda IT Lager loyihasi buning uchun ayni yechim.

Ushbu loyiha orqali farzandingiz:
– IT sohasi boʻyicha bilimlar;
– Kompyuter bilan ishlash koʻnikmasi;
– Interaktiv oʻyinlar va foydali maʼlumotlarga ega boʻladi.

📌 Eng asosiysi, 3 oy, haftasiga esa 5 kun intellektual rivojlanish bilan shugʻullanadi.

Farzandingiz taʼtilni sifatli oʻtkazishini istasangiz, oʻz ishining ustalariga murojaat qiling!

PDP Junior — Farzandingiz kelajagi uchun toʻgʻri tanlov!

Ro’yxatdan o’tish uchun 👉 HAVOLA

Telegram | Instagram | Youtube
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat organlari rahbarlari AKT bo'yicha oʻqitiladi

Hukumat qarori bilan 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga maʼsul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Qayd etilishicha, xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼul hisoblanadi. Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam boʻlmaydi, kursni tamomlagan xodimlar esa 2 oyda reyting baholashdan oʻtkaziladi.

2023-yil 1-avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📺 "Minbar" tok-shousi yopilmas ekan

“Mahalla” telekanalining maʼlum qilishicha, “Minbar” koʻrsatuvi odatdagi tartibda efirga ketmoqda.

Jumladan, koʻrsatuvning navbatdagi soni 22-may soat 20:50 da namoyish etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Milliy gvardiya xodimlari qo'shimcha vakolatlarga ega bo'ldi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Milliy gvardiya tuzilmalari xodimlariga quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish va sudga yuborish vakolatlari berildi:

➖ mayda bezorilik;

➖ sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish;

➖ voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;

➖ jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O’Genri. So‘nggi yaproq (hikoya)

Izoh:
Bugun jahon adabiyotining eng nodir durdona hikoyalaridan biri - O‘Genrining «So‘nggi yaproq» hikoyasini mutolaa uchun tanladik. To‘g‘ri, bu shunchalik mashhur hikoyaki, balki uni kanalimiz mushtariylari orasida minglab insonlar allaqachon o‘qigan bo‘lishi ham mumkin. Shunday bo‘lsa-da, uni yana bir bor takrorlash, o‘qimaganlar uchun esa, shu paytgacha qilgan “xatosi”ni to‘g‘rilashga imkon bermoqchimiz :)

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/o-genri-songgi-yaproq

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FVsxjci_Mcc

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yaqinda “Mahalla” telekanalining “Minbar” tok-shousiga chaqirishgandi. Mavzu: Tashabbusli byudjet

Menimcha, qiziq ko’rsatuv bo’ldi, mana bu yerdan to’lig’ini tomosha qilishingiz mumkin.

Jumladan, ko’rsatuv davomida xalqimizga murojaat qilib, Parlament va mahalliy kengashlarga bo’ladigan kelgusi saylovlarda faol bo’lishni, o’sha okrugdagi aholining manfaatlari uchun o’lib-tiriladigan, byudjet taqsimotida kerak bo’lsa hokimning yoqasidan olib talashadigan deputatlarni saylash kerakligini so’radim.

Chunki salkam butun xalqni oyoqqa turg’azgan Tashabbusli byudjet loyihasida ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan byudjetning atigi 8%i ajratilgan xolos. Qolgan 92% mablag’ni qayerga sarflashni yana hokimlar va amaldorlarning o’zi hal qilmoqda.

Shu sababli bizga xalq manfaatlarini himoya qiladigan “uyg’oq” deputatlar kerak. Keyingi saylovlarda qo’g’irchoq, “tepadan” ro’yxati tasdiqlangan deputatlar saylanmasligiga erisha olsakgina, hududlar obod bo’lishi uchun navbatdagi katta qadamni tashlagan bo’lar edik.

Aytgancha, Rasul Kusherbayevning yozishicha, ushbu ko’rsatuv efirga ketgach, “Minbar” tok-shousini yopishyapti ekan. Barcha syomkalari to’xtatilibdi. Aytgandim-a, shu xosiyatsiz tepalikka chiqmaylik deb 🙈

Kallasi katta senzurachi akalarimiz nimani gapirish mumkin yoki mumkinmasligining ro’yxatini ham berib qo’yishmabdi-da, shunda bizning kasrimizga bitta yaxshi ko’rsatuv yopilib ketmagan bo’larmidi…

Qaysi gapdan shunchalik qo’rqib ketishdi ekan, qiziq?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TTU - bu to'g'ri tanlov

Toshkent texnologiyalar universiteti (TTU)
kampusi keng va yorug' xonalarga ega 5 qavatli bino bo'lib, unda sifatli va qiziqarli ta'lim olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

O'quv xonalar, kutubxona, coworking va IT-хonalar — barchasida talabalar qulayligi uchun sokin skandinav usulidagi dizayn qo'llanilgan va ular hammasi zamonaviy jihozlangan.

Bizning talabamiz bo'ling va ajoyib karyera sari ilk qadam qo'ying.

Ariza topshirish: ttu.uz
Narxlar:
bu yerda

👉 Telegram-bot: @ttualoqabot
📞 +998 (71) 200-80-40

Telegram | Instagram | Manzil
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan vazirlik bayonoti


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel