Sud-huquq sohasidagi rejalar:
➖ og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha hozir taraflar o‘rtasida yarashuv bo‘lsa ham, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi, odamlar tergov va sudda sarson bo‘lib yuradi. Shu bois, jabrlanuvchining iltimosiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan ham yarashish imkoniyati yaratiladi;
➖ odamlarni “qamoqqa olib tergov qilish” amaliyotini kamaytirish, buning o‘rniga garov ehtiyot chorasidan keng foydalanish imkoniyatini yaratish lozim;
➖ qamoqdagi shaxslardan olingan “aybni bo‘yniga olish” haqidagi ariza dalil sifatida qabul qilinmasligi shart;
➖ dunyo amaliyotidan kelib chiqib, jinoyat sodir qilgan shaxslarni ular kelgusida tuzalish yo‘liga o‘tishi uchun, muqobil jazo turlarini kengaytirish zarur;
➖ tadbirkorlar uchun jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Kelgusi yilda “Ochiq byudjet”ga beriladigan mablag‘ 3 karra oshirilib, 24 trillion so‘mga yetkaziladi — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan.
👉 @xushnudbek 👈
Pulingiz qayerga ketayotganini bilmoqchimisiz? 💸
• Barcha kartalaringizdan to‘lovlarni kuzatish;
• Izohlar qo'shish;
• Xarajatlar tarixini Excel fayliga yuklash;
• Filtrlar orqali kerakli cheklarni topish va boshqa koʻp funksiyalarni Payme’ning yangilangan monitoringi bilan amalga oshiring!
Xizmatdan qanday foydalanish va ulanish videoda ko’rsatilgan👆🏼
Ilovani yangilash uchun havola: Android | iOSReklama
Ikki yilda barcha qishloq va ovullar Internet bilan to‘liq qamrab olinib, uning tezligi 10 karra oshiriladi — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan.
👉 @xushnudbek 👈
Yoʻl-transport sohasidagi rejalar:
➖ aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi;
➖ Toshkent – Samarqand, Navoiy – Buxoro yoʻnalishlarida qoʻshimcha tezyurar temir yoʻllari quriladi;
➖ temir yoʻl sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;
➖ 6 ta yirik aeroport modernizatsiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi;
➖ 2030-yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sement-beton yoʻllar quriladi va jamoat transporti bilan toʻliq qamrab olinadi.
➖ Toshkent – Samarqand va Toshkent – Fargʻona vodiysi yoʻnalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yoʻllari quriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilishi mumkin
"Nogironlikni belgilash bo‘yicha hozirgi tibbiy modeldan ijtimoiy modelga o‘tiladi. Yaʼni, ishlash istagidagi nogiron shaxslar uchun zarur sharoitlarni yaratamiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
➖ Buning uchun, ular mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga bepul o‘qitiladi.
➖ Nogironligi bor oila aʼzosiga qarovchi ehtiyojmand insonlarga ish haqi to‘lash tizimi joriy qilinadi.
➖ Bu ishlarni muvofiqlashtirish uchun hozirgi 6 ta vazirlikda tarqoq bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etiladi. (Kambag‘allik, sog‘liqni saqlash, maktab taʼlimi, moliya, ichki ishlar, oliy taʼlim).
➖ Yangi Agentlik uchun kamida 10 foiz xodimlar nogironligi bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida ishga olinadi.
➖ Ijtimoiy himoyaga ajratiladigan barcha mablag‘lar Agentlik huzurida tashkil etiladigan alohida jamg‘arma orqali manzilli yo‘naltiriladi va uning xarajatlari ochiq-oshkora bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ayni daqiqalarda O‘zLiDeP Syezdi bo‘lib o‘tmoqda. Unda prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda. U BESHTA STRATEGIK MAQSADdan iborat.
Jumladan, birinchisi — har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish.
➖ Eng avvalo, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlimga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.
➖ Bog‘cha va maktablar filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq taʼminlanadi.
➖ Kelgusi 7 yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rni yaratish zarur. Shu maqsadda, “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni” dasturi amalga oshiriladi.
➖ Xususiy taʼlimga qo‘shimcha yengilliklar beriladi.
➖ Davlat-xususiy sheriklik asosida maktablar qurish keng joriy etiladi.
➖ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan to‘liq taʼminlanadi.
➖ Chekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yo‘lga qo‘yiladi.
➖ Kelgusi yetti yilda barcha maktablarga chet ellardan “til egalari” bo‘lgan o‘qituvchilar olib kelinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Farzand uchun eng toʻgʻri investitsiya uning taʼlim olishi uchun qilinganidir!
Oʻzbekistonda 10 yillik taʼlim berish tajribasiga ega hamda ayni vaqtda 30 ta filialida 15.000 nafar yoshlarga taʼlim berib kelayotgan Registon taʼlim loyihasining Toshkent shahridagi ilk xususiy maktabiga qabul boshlandi.
Maktabga 1-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
MAKTABDA OʻQISH HAQIDA:
https://rgnschool.uz/maktab-haqida
Farzandlaringizga yorqin kelajakni faqatgina unga berilgan sifatli taʼlim orqaligina kafolatlay olasiz. Va bu har bir ota-onaning farzand oldidagi burchidir.
Unutmang, millatning kelajagi maktab partalarida hal boʻladi!
Maktab haqida maʼlumot:
💬 @rgnschooladmin
📞 +998910022700
(Litsenziya 027145-son, 10.05.2022y)
Telegram | Instagram | Facebook | registan_school">YouTubeTa’lim reklamasi
Siyosiy partiyalar birin-ketin qurultoy o’tkazmoqda va unda o’z nomzodlarini tasdiqlayapti.
Bugun Xalq demokratik partiyasi qurultoyida Ulug‘bek Inoyatov nomzodi, “Adolat” SDP qurultoyida Robaxon Maxmudova nomzodi tasdiqlandi.
Erta-indin O‘zLiDeP va Ekopartiya ham qurultoyida nomzodini tasdiqlaydi.
Nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingach, saylovoldi tashviqotiga start beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Skuter SOVG’A qilamiz 🎁
Elmakondan Artel/ Avalon/ Shivaki va Samsung brendlari maishiy texnikasini xarid qiling va 34 ta elektro-skuterdan birining g'olibi bo'ling! 🛵
Aksiya 16-iyungacha amal qiladi.
Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
📍Bizning 👉🏻manzillarimiz
☎️ Batafsil ma’lumot 71 203 12 03Reklama
📹 O‘zbek yigiti Ukrainadagi urushda vafot etdi
Rossiyaga ishlash uchun ketgan yurtdoshimiz Sh.Tojiboyev taksichilik qilayotgan paytda mashinasidan geroin moddasi topilgani uchun ozodlikdan mahrum qilinadi. Onasining aytishicha, unga tuhmat qilishgan.
U jazoni o‘tayotgan bir vaqtda Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi harbiy nizolarda ishtirok etish uchun safarbar etilgan. Ko‘p o‘tmay Sh.Tojiboyev urushda vafot etadi va uning jasadi tobutda O‘zbekistonga keltiriladi. U dron hujumlari natijasida vafot etgan, tanasining yarmi yo’q bo’lib ketgan.
Bu haqda marhumning onasi so'zlab bergan.
P/S: yaqinda xuddi shu masala bo’yicha qiziqib ko’rgan edim. O’zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Rossiyaga o’qishga yuborilgan harbiy-kursantlardan biri xuddi shunaqa narkotik tashish ayblovi bilan qamalib qolgan ekan. Onaizor “o’g’limga tuhmat qilishgan, mayli, hech bo’lmasa O’zbekistonga qaytarishsin” deb bormagan eshigi qolmabdi. Mendan ham yordam berishni iltimos qildi.
Ming afsuski, norasmiy xabarlarga ko’ra, Rossiyada 20 mingdan ortiq O’zbekiston fuqarolari turli sabablar bilan qamoqda. Rossiya Hukumati bilan mahbuslarni almashish to’g’risida bitim yo’q, shu sababli mahbuslarni O’zbekistonga olib kelishda o’ziga xos muammolar bor ekan.
Ammo Rossiya tomoni videoda ko’rsatilgan Sh.Tojiboyev singari yigitlarimizni urushning o’chog’iga o’limga yubormoqda. Bu naqadar jirkanchlik. Mahbuslarning ojizligidan, qiyin holatidan foydalanib, ularga go’yoki ozodlik va’da qilib, o’lim putyovkasi beryapti. Jin ursin senlarni.
Rossiyadagi o’zbek mahbuslarni, ayniqsa kuchga to’lgan yoshlarni bir imkonini qilib yurtimizga qaytarish kerak. Yo’qsa, ularning ko’pchiligi ahmoqona urushda kimlarningdir qabih maqsadlari yo’lida o’lib ketishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Jalg‘as Alimg‘ozi. Bir kam dunyo (hikoya)
Izoh: Bir kam dunyo deb bejiz aytishmaydi. Doim kimgadir nimadir yetishmaydi, hammaning o'z dardu tashvishi bor. Ushbu holat qariyalar uyida yashaydigan Tursun ota hamda ota-onasidan xafa bo'lgan bolakay Botir haqidagi qisqa hikoyada ham aks etgan.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/bir-kam-dunyo" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/bir-kam-dunyo
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/NqilF5icHGQ
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
95% byulletenlar sanab chiqilgandan keyingi vaziyat:
🟠Erdo‘g‘an - 52,34%
🔴Qilichdoro‘g‘li - 47,66%
👉 @xushnudbek 👈
🕋 O’zbekistonliklar uchun Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi
✈️ 4–19-iyun kunlari O’zbekistonning 10 ta aeroportidan har kuni 4 tadan reys Saudiya Arabistoniga uchadi.
👉 @xushnudbek 👈
📌 Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti oʻqish uchun 1 mlrd 377 mln soʻmlik grant eʼlon qiladi
Matematika va ingliz tili fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadada maktablar, akademik litsey, kollej va texnikumlarning bitiruvchi bosqich oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Sovrin jamgʻarmasi taqsimoti:
🥇 1-oʻrin (10 nafar) – IIIUga grant asosida qabul
🥈 2-oʻrin (6 nafar) – 50% chegirma (4 yil uchun)
🥉 3-oʻrin (4 nafar) – 25% chegirma (4 yil uchun)
🏅 Faol ishtirokchi (180 nafar) – 10% chegirma (4 yil uchun)
📌 Olimpiada 2 bosqichdan iborat:
• 1-bosqich — 3-iyunda maxsus platforma orqali onlayn tarzda;
• 2-bosqich — 10-iyun kuni Univesitet bosh oʻquv binosida oflayn tarzda tashkil etiladi.
Olimpiadada ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlar 30-mayga qadar (30-may kuni 23:59 gacha) @IIIU_robot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtishlari zarur.
Shoshiling! Sinov uchun roʻyxatdan oʻtish muddati tugashiga oz fursat qoldi.
📤 Roʻyxatdan oʻtish uchun: t.me/IIIU_robot
(Litsenziya 038678-son, 13.09.2022y)Ta’lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev: Hozir tumanda bir sudya tergovda huquqni cheklashga sanksiyani ham o‘zi berayapti, ham o‘zi jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarayapti. Albatta, bu yerda xolislik, adolat buziladi.
Shuning uchun, bundan buyon tergovda huquqni cheklashga sanksiya berishni alohida sudyalar amalga oshirishi, o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun tunda U-20 Jahon chempionatining nimchorak finalida 🇺🇿 Oʻzbekiston terma jamoasi 🇮🇱Isroilga qarshi maydonga chiqadi.
Uchrashuv soat 02:00 da “Uzreport TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Yigitlarimizga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
UCHINCHI MAQSAD – suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish.
«Bugungi kunda 70 foiz yerlar eski usulda sugʻorilmoqda, 60 foiz kanallar betonlanmagan. Shu sababli yiliga 16 milliard metr kub suv yoʻqotilmoqda. Bunday sugʻorish tizimi “yerga nisbatan ham, suvga nisbatan ham vahshiylik”, desak, xato boʻlmaydi. Buni odamlar ongiga, madaniyatimizga singdirishimiz shart. Isrofgarchilik Xudogayam, bandasigayam xush kelmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
2030-yilga qadar ekin maydonlarini toʻliq suv tejaydigan texnologiyalarga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada ragʻbatlantiriladi. Bunga kelgusi yildan 10 foizli kredit ajratiladi, oʻz hisobidan joriy qilganlarga esa, xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
2024-yildan boshlab, yangi uy-joy sotib olgan aholiga, qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi qaytarib beriladi. Natijada, uy-joy xaridi aholiga arzonroq tushadi va qurilishdagi hisob-kitoblar shaffof bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan.
👉 @xushnudbek 👈
IKKINCHI STRATEGIK MAQSAD — odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash.
2030-yilga borib quyidagi natijalarga erishish reja qilinmoqda:
✅ iqtisodiyotimizni 2 barobar oshirib, 160 milliard dollarga yetkazish;
✅ aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshirish.
Buning natijasida, Oʻzbekiston “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga, albatta kiradi.
Tariximizda ilk bor alyuminiy, litiy, poʻlat, grafit ishlab chiqarish boshlanadi.
🚗 Xususan, 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo boʻladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkaziladi (hozir 350 ming).
Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.
👉 @xushnudbek 👈
Tibbiyotga oid rejalar
Yurtimizda oʻrtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga yetkazish boʻyicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Bunda quyidagilar rejalashtirilmoqda:
➖ 120 ming nafar onkologiya, 350 ming nafar diabet, 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish;
➖ “Gepatit С” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yoʻlga qoʻyish;
➖ “tuberkulyoz” bilan kasallanish darajasini yuz ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish (2016-yilda 43 nafar bo'lgan).
➖ Kelgusi yildan birlamchi boʻgʻin orqali eng koʻp uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi.
➖ Onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida, mamlakatimizda ilk bor oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi. Bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun toʻliq davlat hisobidan qoplanadi.
➖ Sogʻliqni saqlash tizimi toʻliq raqamlashtiriladi va tibbiy sugʻurta tizimi joriy qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda ijod maktablariga hujjatlar iyun oyida onlayn qabul qilinadi;
imtihonlar iyul-avgust oylarida katta sig‘imli 58 ta yopiq pavilyonlarda bo‘ladi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari har doimgidek Cambridge Assesment Admissions Testing tashkiloti (Buyuk Britaniya) tomonidan tuzilgan nazorat materiallari asosida ushbu tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda 14 ta Prezident maktablariga 5-sinfdan, 169 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internetlarga 5,7-sinfdan (yangi ochilganlariga 5-11-sinfdan), 9 ta ijod maktabiga esa 7-sinfdan o‘quvchilar saralab olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
♟️🇺🇿Nodirbek Abdusattorov nufuzli Norway Chess-2023 turnirining blits-saralashida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
Dunyoning TOP-10 dagi eng kuchli shaxmatchilari, jumladan 🇳🇴Magnus Karlsen, 🇺🇸Hikaru Nakamura, 🇫🇷Alirizo Firuzja, 🇳🇱Anish Giri, 🇺🇸Fabiano Karuana, 🇺🇸Uesli So va yana boshqa kuchli grossmeysterlar qatnashayotgan yirik turnir bugundan start oladi.
Kecha asosiy turnirdagi o’rinlar va juftliklarni aniqlab olish maqsadida blits-saralash turniri o’tkazildi. Ushbu turnirda 18 yoshli o’zbek grossmeysteri 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Bu degani Nodirbek asosiy turnir davomida 1-raqam ostida qatnashadi va oq donalarda ko’proq o’ynaydi.
Shuningdek, Abdusattorov blits reytingini 2700 dan oshirib oldi. Shunday qilib Nodirbek klassik, rapid va blits yo’nalishlarning barchasida 2700+ reytingga ega bo’ldi. Qoyil! Barakalla! Xudo xohlasa, tez orada barchasida 2800+ ga ham chiqish nasib qilsin.
Nodirbekka bugun start oladigan asosiy klassik turnirda ham omadlar tilab qolamiz va chempionlik nasib qilsin, deb duodamiz.
U bugun oq donalarda Anish Giri bilan kuch sinashadi.
👉 @xushnudbek 👈
IELTS sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Zomin tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.M. fuqaro Y.Q. ga tanishlari yordamida “IELTS” yoki "CEFR" sertifikatlaridan birini olib berish evaziga 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Ushbu videodagi holat 2019-yil oktyabr oyida bo’lgan. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen (hozir ham shu lavozimda) parlament deputatlari oldida byudjetdagi kutilmagan xarajat bo’yicha hisobot beryapti va deputatlardan shu ortiqcha chiqimga rozilik so’rayapti.
Bosh vazirning Daniya sirklaridagi so'nggi to'rtta filni sotib olish haqidagi hikoyasi kulgiga sabab bo'lgan (samimiy kulgu).
Gap shundaki, Daniyada 2017-yili sirklarda yovvoyi hayvonlar, jumladan, fillardan foydalanish taqiqlangan edi. Shundan so’ng, hukumat sirkdagi hayvonlarni o’zi sotib olib, ularga g’amxo’rlik qiladigan bo’ldi.
So'nggi to'rtta fil uchun byudjetdan 11 million Daniya kronasi (1,6 million yevro) to'langan. Biroq, kutilmagan holat yuzaga kelgan - Rambolin laqabli fil ko'p yillar davomida Ali laqabli tuya bilan do'st bo'lib kelgan.
“Bizga Rambolin va Alini ajratmaslik juda muhimligini aytishdi. Shuning uchun uni ham sotib olishga majbur bo‘ldik”, — deyapti bosh vazir deputatlarga. Va bu ikki do’st hikoyasini ayta turib, beixtiyor kulib yubordi. Uning ortidan butun parlament kulmoqda.
Yakunda deputatlar tuyani ham sotib olishga rozilik beribdi.
Bizning parlamentda shunaqa holatni tasavvur qilish mumkinmi? Yo’q, albatta! Daniyada bitta tuya uchun deputatlardan rozilik so’ralyapti, bizda esa yuz milliardlab pullar “tuya” qilinadi, lekin hech kim xalq vakillaridan ruxsat so’ramaydi. Deputatlar ham buni talab qilmaydi.
Xullas, qanaqadir parallel olamda yashayotgandekmiz.
Ma’lumot uchun: Daniya dunyodagi eng korrupsiyadan holi davlatlar reytingida 1-o’rinda, aholisi eng baxtiyor davlatlar reytingida 2-o’rinda, yashash sharoiti eng yaxshi davlatlar reytingida 6-o’rinda turadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Oʻqishga qabul!
Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabida joriy yilning 29, 30, 31-may kunlari qabul boʻlib oʻtadi va 1-iyundan darslar boshlanadi.
Bizda darslar: oʻzbek va rus tilida
7-8-9-10-11-sinflarga qabul qilinadi. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida guvohnoma (attestat) beriladi.
⚡️ Xususiy maktabda quyidagilar chuqurlashtirilib oʻqitiladi (asosan shifokorlik yoʻnalishiga tayyorlanadi):
1. Biologiya;
2. Kimyo;
3. Ona tili va adabiyot;
4. Oʻzbekiston tarixi;
5. Matematika.
- Olimpiada zaxiralari sinfi ochiladi.
- Haftalik imtihonlar va kunlik nazoratlar oʻtkaziladi.
- Repetitorlik kurslarimiz ham bor va bu uchun qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
✅ Yotoqxona xizmati mavjud.
☎️ +998996563366
☎️ +998911188136
☎️ +998948553366
Talab qilinadigan hujjat: oʻquvchi ota-onasining pasporti
⏳ Shoshiling, qabul soni cheklangan.
📍 Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uchariq MFY, Amir Temur koʻchasi 63-A uy (Geolokatsiya)
(Litsenziya 0275-son, 30.08.2021y)
Telegram | Taʼlim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy qutladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Turkiyada prezidentlik saylovining 2-turi bo‘lib o‘tdi. Hozirda ovozlar sanab chiqilmoqda. 55% byulletenlar sanab chiqilgandan keyingi vaziyat:
🟠Erdo‘g‘an - 55,8%
🔴Qilichdoro‘g‘li - 44,2%
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston U20 terma jamoasi nimchorak finalda 🇮🇱Isroil bilan o‘ynaydigan bo'ldi.
“C” guruhining 3-turida qit’adoshlarimiz 🇯🇵Yaponiya terma jamoasi Isroildan alamli mag’lubiyatga uchradi. Yaponlar 1:0 hisobida oldinda borishayotgandi, boz ustiga Isroil 68-daqiqada 1 kishi kam bo’lib qoldi. Yaponiyaga durang ham bemalol yetardi. Ammo 10 kishi bo’lib o’ynayotgan Isroil 76 hamda 90+2-daqiqalarda 2 ta gol urib, g’alabani ilib ketdi. Yaponlar esa turnirni tark etishga juda yaqin.
O’zbekiston-Isroil bahsi 30-maydan 31-mayga (seshanbadan chorshanbaga) o’tar kechasi tungi soat 02:00 da bo‘lib o‘tadi.
Xudo xohlasa, yigitlarimiz ushbu bahsda g’alaba qozonsa, chorak finalda 🇧🇷Braziliyaga qarshi to’p surishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlarda biometrik pasport yoki ID-karta boʻlishi kerak
Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun abituriyentlar pasport yoki ID-karta hamda attestat ma’lumotlarini elektron dasturga kiritishi talab etiladi.
❌ Bu hujjatlarsiz elektron ariza topshirib boʻlmaydi.
Arizani biometrik (yashil) pasport bilan ham kiritish mumkin, ikki hujjatdan biri — biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak.
❗️O'tgan yillarda bitirgan va ayni damda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas. ID-karta bo‘lishi kerakligi haqidagi talab faqat hali pasport olmagan o‘quvchilarga tegishli. Chunki hozir biometrik pasport berilmayapti.
Avvalroq vazirlik maktablarning 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarini tezroq ID-karta olishga chaqirgandi.
👉 @xushnudbek 👈