Cho‘lponota shahrida Shavkat Mirziyoyev Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashdi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahriga yetib keldi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿 Davlat bayrog‘iga oid qoidalar o’zgarishi mumkin
E’lon qilingan qonun loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
➖ davlat bayrog‘idan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va o‘zga ommaviy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotiraviy sanalarni bayram qilishda hamda boshqa hollarda foydalanilishga ruxsat berish;
➖ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylari va binolarda, yashash yoki ish joylarida hamda ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanishga ruxsat berish;
➖ bayroq tasviridan ustki kiyimni bezatish uchun foydalanishga ruxsat berish.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 18 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Knut Hamsun. Ishq gadolari (hikoya)
Izoh: Ofitsiant qiz xo‘randalardan biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ammo u yigitning ko‘ngli boshqa ayolda. Ayol esa yigitni butunlay inkor etadi. Ushbu javobsiz sevgi uchburchagida kim ko‘proq qurbon?
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/knut-hamsun-ishq-gadolari" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/knut-hamsun-ishq-gadolari
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
❗️Hurmatli abituriyent, bugungi qaroringiz ertangizni hal qiladi!
Hozirgi kunda IT sohasi rivojlanib borayotgani hech kimga sir emas, lekin ko'plab yoshlarimiz bu sohada o'qish uchun chet elga ketishga harakat qilishyapti.
Balki, ular Buyuk Britaniyaning ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan PDP University haqida eshitishmagandir.
Agar siz PDP University'ga topshirmasangiz nimalarni yo'qotishingiz mumkin:
– 11-sinfni bitirmasdan turib universitetga kirish;
– Imtihondan muvaffaqiyatli o'tganingiz uchun 10 mln so'mlik vaucher;
– O'zbekistonda turib Buyuk Britaniya ta'limini o'qish;
– 3-kursdan boshlab ishlay olish;
– 4-kursdan so'ng 2ta mahalliy va xalqaro diplomga ega bo'lish.
Yuqorida aytib o'tilgan barcha imkoniyatlarni qo'ldan boy bermaslik uchun hoziroq PDP University kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'ting!
Imtihonda qatnashish uchun havola: https://bit.ly/3opsFE6
(Litsenziya 029302-son, 07.06.2022y.)
📞 | +998787777747
Telegram | Taʼlim reklamasi
🕋 Joriy yilda 15 ming o‘zbekistonlik Haj ziyoratini amalga oshiradi (o'tgan yili 12 ming edi). Haj safarining 1 kishi uchun bahosi 68 mln 760 ming so‘m etib belgilangan — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
👉 @xushnudbek 👈
Maktabni bitirib qaysi o’qishga topshiray deb yuribsizmi?
Toshkent amaliy fanlar universitetida abituriyentlardan arizalarni (onlayn va bepul) qabul qilish boshlandi.
Xohlagan kasbingizni tanlab, orzuyingizdagi karyera sari birinchi qadam qo'yishning vaqti keldi.
Universitetimizga o'qishga kiring, kelajagingizni birgalikda quramiz!😊
Hoziroq ariza topshiring.
➡️ @utasunibot
📲 +99871 200 05 40
Telegram | InstagramTa’lim reklamasi
Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 31-may kuni Shimoliy Koreya tomonidan tashuvchi kosmik raketa uchirilganidan xavotir bildiradi. Ushbu holat Koreya yarim orolidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi.
BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq ommaviy qirg‘in qurollarining barcha turlarini sinovdan o‘tkazishdan bosh tortilishi tarafdorimiz.
O‘zbekiston tomoni bundan keyin ham umumiy farovonlik va taraqqiyot yo‘lida Koreya yarim orolida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faol qadamlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi - TIV.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti yangi o‘quv yili uchun qabul davom etayotganini ma’lum qiladi.
Buyuk Britaniyaning Bangor, Sanderlend va Tissayd universitetlari bilan hamkorlikda ushbu oliygohlarning bakalavr va magistratura ta’lim dasturlari asosida ta’lim beriladigan ushbu nufuzli oliygohda quyidagi yo’nalishlarda tahsil olish mumkin:
Bakalavr
👨🎓Bangor universiteti (Bangor University) yo’nalishlari:
Bank ishi va moliya
Sanoat menejmenti
Turizm va mehmondorchilikda xalqaro biznes
Turizm va mehmondorchilikda: boshqaruvda yetakchilik
Biznes va iqtisodiyot
Moliya, sarmoya va risk menejmenti
Biznesda kompyuter axborot tizimlari
👨🎓Sanderlend universiteti (University of Sunderland) yo’nalishlari:
Buxgalteriya ishi va moliya
Biznes va moliya menejmenti
Biznes va marketing menejmenti
Biznes va menejment
Moda mahsuloti va uning targ‘iboti
👨🎓Tissayd universiteti (Teesside University) yo’nalishlari:
Xalqaro biznes
Kadrlar boshqaruvi
Loyiha boshqaruvi
🎓Bundan tashqari, Sanderlend universiteti tomonidan quyidagi Magistratura yo'nalishlari taqdim etiladi:
Moliya
Marketing
Kadrlar boshqaruvi
Mehmonxona boshqaruvi
Shuningdek, boshqa oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun ushbu HAVOLAni bosing.
Institutga onlayn hujjat topshirish uchun HAVOLA orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
👆Qabul avgust oyigacha davom etadi.
Murojaat uchun telefon:
☎️+998712717702
Telegram | Facebook | Instagram | LinkedInTa’lim reklamasi
Openbudget haqida
Openbudget bo’yicha ko’p e’tirozlardan biri, maktab va shifoxonalarni tizimdan chiqarish haqida bo’ladi. Lekin bu noto’g’ri. Odatda mahalladagilar "biz raqobat qila olmayapmiz", deyishadi.
Maktab va shifoxonalar ham albatta qolishi kerak. Agar ular haqiqatdan muammo yoki adolatsizlik yaratayotgan bo'lsa (hali bu fakt emas, shunchaki taxmin), unda ijtimoiy obyektlarni alohida mavsum (1-mavsum, aprel-may), mahalla infratuzilmasini esa alohida mavsum (2-mavsum, avgust-sentyabr) sifatida bo'lish variantini o'ylab ko'rish kerak.
Shuningdek, «1 kishi 1 ovoz» prinsipi bo'yicha yuzlab sim-karta sotib olganlarga qarshi kurashish uchun UzIMEI tizimidan foydalanish haqidagi takliflarimiz ham hozircha inobatga olinmayapti. 3 oydan keyin bo'ladigan 2-mavsumda ham yana o'sha falon pulga minglab sim-kartalar zaxirasini taxlab qo'yganlar osongina g'olib bo'lib ketaveradi.
O'zi ilgari Moliya vazirligida jamoatchilik faollari va mutaxassislardan iborat maxsus fokus guruhi bo'lardi, tizimni takomillashtirish bo'yicha mas'ullar bilan doimiy birga ishlanardi, muloqot bor edi. Iqtisodiyot va moliya vazirliklari birlashgandan keyin bunaqa fokus guruh ham yo'qolib ketdi. Vazirlik bilan muloqot uzildi.
Buyoqda esa Shavkat Mirziyoyev "Tashabbusli byudjet" uchun ajratiladigan mablag'ni 3 barobar oshirib, 24 trln so'mga yetkazish haqida gapirmoqda. Bu degani "Open budget"ga talab yanada oshadi, faollik ortadi. Tizim-chi, bunga tayyormi?
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi
Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19 ming 729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda.
Shundan 12 ming 905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6 ming 823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.
Manba 🏫
👉 @xushnudbek 👈
10-iyundan 30-iyunga qadar 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda 9 ta ijod maktablariga ham ariza.piima.uz sayti orqali onlayn hujjat qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfga, shuningdek ijod maktablariga ham 7-sinfga o'quvchilar qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
❗️ Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim.
Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O’zbekiston U20 terma jamoasi nimchorak finalda 🇮🇱Isroildan alamli mag’lub bo’ldi.
Teng kurashlar ostida o’tgan o’yinning so’nggi daqiqalarida yigitlarimiz charchab qolishdimi yoki ruhan durangga rozi bo’lib, qo’shimcha daqiqalarga kuchni asramoqchi bo’lishdimi, bilmadim-u, lekin ustunlikni to’liq raqiblariga topshirishdi. Natijada 90+7 daqiqada Isroil terma jamoasi standart vaziyatdan gol urib ketdi.
Foydalanilmagan ko’plab vaziyatlar uvoli tutdi, desak ham bo’ladi.
Shunday qilib, yigitlarimiz Jahon chempionatidagi ishtirokini shu yerda yakunladi.
Barchasi uchun rahmat, yigitlar. Jahon chempionati katta tajriba maktabi bo’ladi va kelgusida bu yanada o’sishingizga yordam beradi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
#abituriyent
Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.
📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.
❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim.
Bu haqda batafsil bu yerda: /channel/xushnudbek/19446
Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi.
🏫 Manba
👉 @xushnudbek 👈
Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?
#abituriyent
Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi:
15-25% birinchi darajali savol (oson);
50-70% ikkinchi darajali savol (o‘rtacha):
15-25% uchinchi darajali savol (qiyin).
Misol uchun, mutaxassislik fanidan 30 ta savol berilsa, shundan:
5-8 ta oson;
15-21 ta o‘rtacha;
5-8 ta qiyin savollar bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
🎓 Talabalar uchun qulay yechimlar!
xazna ilovasi — talabalar uchun qulay yechimlar va to'lov usullarini taqdim etadi:
✅ Onlayn kontrakt to'lovlari:
O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida ta'lim oluvchi barcha talabalar kontrakt to'lovini xazna ilovasi bilan onlayn amalga oshirishlari mumkin.
✅ Xalqaro imtihonlar (IELTS) xarajatlarini onlayn qoplash:
Agar siz xalqaro imtihonlardan yuqori ballni qo'lga kiritsangiz davlat qaroriga asoslangan holda imtihon xarajatini xazna ilovasi yordamida onlayn qaytarib olishingiz mumkin.
✅ 5 million so'mgacha bepul o'tkazmalar:
O'tkazmalarni hech qanday komissiyasiz amalga oshirishingizda xazna ilovasi sizga yordam beradi.
📚 Talabalar uchun ajoyib imkoniyatlarni o'zida jamlovchi xazna ilovasini hoziroq yuklab oling!
📲 Play market orqali yuklab olish
🏬 APP Store orqali yuklab olish
🌐 Instagram I 🌐 Telegram I 🌐 FacebookReklama
Mansurbek Polvonzoda Olloyorov Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi
#abituriyent
Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena ertalabki soat 7:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa kechki 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.
3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani uchun endi bunaqa vaqtli va bunaqa kech imtihon o‘tkazish shart emas. Shu sababli xuddi 2018-2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena ertalabki soat 8:00 dan, 2-smena soat 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun ertaga, 2-iyun kuni amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iz Respublikasi) bo‘ladi.
Tadbirda mintaqamiz davlatlarining rahbarlari va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈
📹 Qizlarga shilqimlik qilib, "prank" video olganlar 5 sutkaga qamaldi
Yosh yigit metroda notanish qizga shilqimlik qilib, bu harakatlarni uning sherigi videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Ichki ishlar organlari tomonidan yigitlarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma ko‘rib chiqish uchun sud yuborildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining bugun, 1-iyundagi qaroriga ko‘ra ikki yigit (ikkisi ham OTM talabasi) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, har biri 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Bu borada Firuz Allayev fikriga qo’shilaman. Bu voqea bir hisobdan yaxshilikka bo‘ldi. Shu orqali minglab, hatto yuz minglab odamlar jamoat transportida qizlarga bunaqa shilqimlik qilish xatoligi haqida tushundi. Ko‘pchilik bunaqa narsalar shunchaki yigitchilik, “krutoylik”, prikol emasligini, aksincha hatto qonun buzilishi ekanligini angladi. Bunaqa voqelar jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinishi, uyaltirilishi umumiy axloqqa ta’sir qilishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿Nodirbek Abdusattorov (2732) o’ta nufuzli Norway Chess-2023 turnirida peshqadamlar qatorida.
2-turdan keyin 18 yoshli o’zbek grossmeysteri 2-3-o’rinlarni band etib turibdi. Birinchi turda asosiy bahsda 🇳🇱Anish Giri (2772) bilan durang o’ynab, tezkor Armageddon bahsida mag’lub bo’lgan Nodirbek, 2-turda mezbon grossmeyster 🇳🇴Aryan Tari (2646) ustidan asosiy klassik partiyada g’alaba qozondi.
Bugun Nodirbek oq donalarda yana bir yosh geniy, Jahon reytingida 2-o’rinda turgan 19 yoshli Alirizo Firuzja (2786) bilan kuch sinashadi. Nodirbekka omad tilaymiz!
🇳🇴Magnus Karlsen (2853) hozircha 8-o’rinda, lekin bu aldamchi tasavvur. Magnus yakunda yetakchilar qatorida bo’lsa, hayron qolmayman.
P/S: shaxmat yurtimizda keskin ommalashgach, turli tashkilotlar grossmeysterlarimiz bilan individual homiylik shartnomalari tuzishni boshladi. Masalan, xalqaro maydonlarda Nodirbek “Aloqabank” nomi tushirilgan libosda qatnashyapti. Xorijda mashhur insonlar bilan bunaqa shartnomalar oddiy hol, nihoyat bizga ham yetib keldi.
👉 @xushnudbek 👈
“Sevilya” — Yevropa ligasining 7 karra chempioni!
Ispaniya jamoasi Joze Mourinyo murabbiyligi ostidagi “Roma”ni penaltilar seriyasida mag’lub etdi. Mourinyo 6-marta finalga chiqib, ilk marta mag’lub bo’ldi.
“Sevilya” esa 7-marta finalga chiqib, barchasida g’olib bo’ldi. Qoyil!
“Sevilya” qaysi yili kimlarni mag’lub etgan:
🏆 2006 (Middlesbro)
🏆 2007 (Espanyol)
🏆 2014 (Benfika)
🏆 2015 (Dnipro)
🏆 2016 (Liverpul)
🏆 2020 (Inter)
🏆 2023 (Roma)
👉 @xushnudbek 👈
Tamaki mahsulotlarining kontrabandasi oddiy holga aylangan
Buni quyidagi ikkita misolda ko‘rishimiz mumkin.
Anhor.uz nashri muxbiri Namangan viloyatidagi "Sardoba" bozorida, Soliq idorasining shundoqqina ro‘parasida kontrafakt tamaki mahsulotlari erkin tarzda sotilayotganini aniqlagan.
Surishtiruvni davom ettirgan nashr muxbiri xuddi shunday holatga Toshkent shahridagi "Qo‘yliq" bozori hududida ham duch kelgan.
“Mahsulot zo‘r, narxi arzon, sifatiga javob beraman…”, – deydi sotuvchi yigit muxbirga. Muxbirning ushbu jarayonlarni tasvirga olayotganini sezib qolgan kontrabandachilar “Bu yerdan yo‘qol va hech qachon ko‘rinma" deya tahdid qilib, quvib solishgan.
Hududni kontrabanda tarmog‘i sirlarini saqlovchi, o‘zining tajovuzkorligi bilan nom qozongan odamlar qo‘riqlaydi. Ularning orasida ayollar ham bor, deb yozadi nashr.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha noqonuniy tamaki mahsulotlari miqdori 2022-yil dekabr oyida 21 foizni tashkil etgan bo‘lsa, aprel oyiga kelib ushbu ko‘rsatkich 22,5 foizni tashkil etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🛒 Korzinka Biznesdan 8 000 000 so‘m va undan ortiq xaridlarni amalga oshirib, bepul yetkazib berish xizmatidan foydalaning!
👉 Aksiya sharti:
✅ Xaridingizni tasdiqlovchi chek bilan Infomarkazga murojaat qilsangiz kifoya! Sotib olgan tovarlaringizning umumiy og‘irligi 700 kgdan oshmasligi kerak.
🚛 Yetkazib berish xizmati Toshkent shahri bo‘ylab amalga oshiriladi.
Batafsil: /channel/+nFfM3tpZpo9iYTIy
🤝 Korzinka Biznes — manfaatli hamkorlik!Reklama
⚡️Oliy ma’lumotli bog'cha tarbiyachilarning oyligi oshiriladi
Prezidentning tegishli farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) bilan 2023-yil 1-sentyabrdan:
➖ umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlariga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
➖ tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi.
✅ Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan:
➖ davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi;
➖ davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi;
➖ maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
✅ 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar davom etmoqda!
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
Hujjatlar online va offline qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
(Litsenziya 0033-son, 8.09.2021y)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, mo‘ljal: "Uz Mal-oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Carrefour supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
❗️ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:
➖ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (980 ming so‘m)ning 0,527 baravaridan (516 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;
➖ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
➖ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
➖ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi.
❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.
#abituriyent
👉 @xushnudbek 👈
Yashil energetika qazib olinadigan yoqilg‘i sanoatiga qaraganda ko‘proq ish o’rni bilan ta’minlaydi.
Taxminlarga ko‘ra, 2030-yilga borib sof energiya sohasida – elektromobillar ishlab chiqarish, quyosh, shamol va atom energetikasi kabi sohalarda yana 14 millionga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
🌿 “Sof Energiya” yashil energiya olami haqida yanada foydali ma’lumotlarni berib boradi.
Telegram | Reklama