Qozog‘istonda kuchli o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda
Qurbonlari soni 14 kishiga yetgan. Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev yong’in bo’layotgan Abay viloyatiga borib, jabrlangan aholi bilan uchrashgan.
Voqealar fonida favqulodda vaziyatlar vaziri ishdan olingan.
12-iyun Qozog‘istonda milliy motam kuni deb e’lon qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul boshlanishiga 9 kun qoldi, kvotalar hali tasdiqlanmadi
#abituriyent
OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.
Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonovning aytishicha, joriy yilda 381 mingta kvota tasdiqlanishi, shundan 60 mingtasi davlat granti bo’lishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Manchester City finalda 1-0 hisobida Interni mag’lub etib, o’z tarixida ilk bor Yevropa chempionlar ligasi kubogini qo’lga kiritdi.
City muxlislarini tabriklaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Diplomni o’qib olish kerakmi yoki “sotib olish” kerakmi?
Hozir abituriyentlarni eng qiynayotgan savol — “Qaysi universitetni tanlasam, keyin afsuslanmayman?”
Bugungi qaror ertangi kelajakni hal qiladi, shuning uchun tavakkal qilishga shoshmaslik kerak!
Agar siz ham Universitet tanlashda adashmay desangiz ushbu Jonli efirni o'tkazib yubormang.
🎙 Spikerlar:
▫️ Husan Mamasaidov
▫️ Odilbek Mirzayev
🔗Jonli efir uchun havola: https://youtube.com/live/FeIX0FDH6Oc?feature=share
🥞 Eng faol kuzatuvchilar Odilbek Mirzayev bilan biznes nonushta qilish imkoniyatiga ham ega bo'lishi mumkin.Ta’limga oid reklama
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Aziz Abduhakimovni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma'qulladi.
Ma’lumot uchun: yaqinda Tabiat resurslari vazirligining nomi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb o’zgartirilgandi. Shu sababli Aziz Abduhakimov ham vazir sifatida yana bir marta qayta ma’qullandi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentning 3 ta tumanidagi quyidagi ko‘chalarda ta’mirlash ishlari sababli elektr ta’minoti soat 17:00 gacha to‘xtatildi:
Mirobod tumanining Moshtabib, Nukus, S.Baraka, A.Temur hamda Turkiston kochalarida;
Yashnobod tumanining Chashma, Ilg'or shox, Ohangrabo, «Mirishkor» MFYning Darxon, Ilg’or shox ko'chalarida;
Yunusobod tumanining Usta Shirin, A.Po'lat va Mirtemir ko'chalarida elektr toki bo‘lmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Hikaru Nakamura — “Norway Chess” chempioni, Nodirbek Abdusattorov 9-o’rin
Kecha nufuzli “Norway Chess-2023” turniri o’z yakuniga yetdi. Unda jonli strimlari bilan mashhur 🇺🇸Hikaru Nakamura chempion bo’ldi. U oxirgi partiyada butun turnir davomida peshqadamlik qilib kelgan 🇺🇸Fabiano Caruana ustidan g’alaba qozondi va g’oliblikni ilib ketdi.
Hamyurtimiz 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov esa turnirda biroz muvaffaqiyatsiz qatnashdi va 9-o’rinni egalladi. Lekin shunday bo’lsa-da, Nodirbek oxirgi 2 turda dunyo reytingi peshqadamlari bo’lgan Hikaru Nakamura hamda Magnus Karlsenni tay-brekda mag’lub eta oldi. Nakamura bilan bahsda Nodirbek yaqqol ustunlik qilgan bo’lsa, yuqoridagi videodan ko’rinadiki, Karlsen bilan bahsda Magnusning vaqti tugab qoldi.
“Norway chess-2023” turniri chempioniga 70 ming AQSh dollari mukofot beriladi. Nodirbek Abdusattorov esa 12 ming dollar oladigan bo’ldi.
👉 @xushnudbek 👈
Markaziy saylov komissiyasi 9-iyul kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovi byulleteni shaklini tasdiqladi.
👉 @xushnudbek 👈
“Chorvoq” turistik-rekreatsion zona Direksiyasi tomonidan Bo‘stonliq tumani, Yakkatut MFY hududidagi 3,9 gektar yer maydoni auksion savdolariga qo‘yildi.
Mazkur yer maydonini auksion savdolarida sotib olgan xaridordan 1,5 mln dollardan kam bo‘lmagan miqdorida investitsiya kiritgan holda 3 yulduzdan kam bo‘lmagan, 3 qavatli, 100 o‘rinli zamonaviy mehmonxona majmuasi, 10 tagacha mehmon uylari qurish, iqlimga mos manzarali daraxtlardan doimiy yashil hudud (saylgoh) barpo etish, shuningdek 30 ta ish o‘rni yaratish talab etiladi.
Yer maydoninig boshlang‘ich narxi 2 mlrd 970 mln so‘m etib belgilangan. “E-auksion” platformasida ushbu lot uchun dastlabki o‘yin 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Turistik rekreatsion zona uchun savdoga qo‘yilgan barcha lotlar ro‘yxati bu yerda bor.
👉 @xushnudbek 👈
❓Bu yil texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilinadimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko'ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kirish uchun quyidagi barcha shartlarga mos kelishi kerak:
1️⃣ texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
2️⃣ bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
3️⃣ birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.
Texnikum bitiruvchilari uchun o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati mana bu yerda bor.
👉 @xushnudbek 👈
Yozning katta aksiyasida ishtirok etib, har kuni 15 million so‘m yoki ikkita bosh sovrinlardan biri — BYD SONG PLUS elektromobilini yutish imkoniyatiga ega bo'ling. Reklama
Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanidagi 171-umumta’lim maktabi hududida 26-tup gledichiya daraxti noqonuniy ravishda kesilgani oqibatida o‘simlik dunyosiga 312 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Genrik Senkevich. Yanko musiqachi (hikoya)
Izoh: Qashshoq ona nimjon va ko’rimsiz bolani dunyoga keltiradi. Unga Yan deb ism qo’yishadi. Hech kim uni yashab ketishiga ishonmas, hatto “kelgan joyiga qaytib ketishini” istashardi. Ammo Yan amallab 10 yoshga to’ladi. Uning qorni hech to’ymas, ortiqcha so’z aytmas, boshi egik, doim turtki va tepki yerdi. Ammo albinos bu bolaning hech kim tushunmagan nodir iqtidori va noyob orzusi bor edi. Yan orzusiga yetarmikin? Uning iqtidorini odamlar yuzaga chiqaramikin?
Hikoyaning so’nggigacha shu umid bilan o’qiysiz…
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/genrik-senkevich-yanko-musiqachi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/genrik-senkevich-yanko-musiqachi
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.
✅ Qarorga ko‘ra:
➖ Universitet davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etiladi;
➖ Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Universitetning ta’sischisi hisoblanadi;
➖ 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab vazir stipendiyasi ta’sis etiladi;
➖ Universitet mustaqil ravishda shtat jadvalini tasdiqlaydi, bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qish tartibini belgilaydi;
➖ ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
➖ o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi;
➖ har yili Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 25 ta hamda magistratura
va doktorantura (PhD) mutaxassisliklari bo‘yicha kamida 20 ta grant o‘rinlari ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Ta’mirlash ishlari tufayli bugun, 8-iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi quyidagi manzillarda soat 16:00dan 18:00gacha elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:
Uchtepa tumanining “Sharq yulduzi” mahallasi Durbek, Durbek 4-tor hamda Lochin ko‘chalari hududida;
Shayxontohur tumanining Bog‘ ko‘cha, Shayxontohur, Labzak, S.Xo‘jayev, Arxitektorlar va X.Asomov ko‘chalari hududida;
Mirzo Ulug‘bek tumanining Parkent, Oltintepa va Bo‘z mahallalari hududlarida.
👉 @xushnudbek 👈
Tergovga jalb qilingan shaxs 22-may kuni Chilonzor IIB binosidan qochish maqsadida 4-qavatdan pastga sakrab vafot etgani aytilgandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
👉 @xushnudbek 👈
21-asrda xotirjamlikni yo‘qotish judayam oson. Telefoningizda pul tugab qolsa yoki megabaytlar oz qolsa ichki xotirjamlikni “yoqish” ancha qiyin bo‘lib qoladi.
Mobiuz mobil operatori shunday holatlar bo‘lmasligi uchun “Xotirjam” tarif rejalarini chiqardi. Ularda ijtimoiy tarmoqlar va qo‘ng‘iroqlar cheksiz!
Hozirgacha 4 ta tarif e’lon qilindi, ularning narxi 25 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha. Tarifga qarab Telegram’dan tortib, YouTube va Zoom’largacha cheksiz internet hamda qo‘shimcha MB va SMS’lar taqdim etilmoqda. Qo‘ng‘iroqlar hammasida bepul.
BatafsilReklama
Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi 8-iyun kuni maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangan.
Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.
Aniqlanishicha, kelishmovchilik o‘quvchilarning o‘qituvchiga qilgan behurmatligi oqibatida yuzaga kelgan.
Ayni paytda holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov vaziyatga munosabat bildirib, o‘qituvchini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanishini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
🚴♂️ Shunaqasi ham bo‘lib turadi...
9-iyun kuni Olmaliq shahar To‘maris ko‘chasi bo‘ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan 14 yoshli bola boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga o‘rnatilgan beton elektr tayanchiga uriladi va bolaning boshi ustundagi teshikka kirib qoladi.
Bola FVV qutqaruvchilari yordamida chiqarib olingan, hozirda uning ahvoli yaxshi.
👉 @xushnudbek 👈
🏛 Qo‘qon universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi!
Hujjatlar 30-iyulga qadar onlayn va universitet qabul komissiyasida oflayn tarzda qabul qilinadi.
Bakalavriat ta'lim yo’nalishlari:
🔹 Maktabgacha ta’lim;
🔹 Boshlang‘ich ta’lim;
🔹 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) - o‘zbek guruhi;
🔹 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) - rus guruhi;
🔹 Iqtisodiyot - o‘zbek guruhi;
🔹 Iqtisodiyot - rus guruhi;
🔹 Psixologiya;
🔹 Moliya;
🔹 Menejment;
🔹 Kompyuter injiniringi;
🔹 Mehmonxona va turizmni boshqarish.
🌐 qabul.kokanduni.uz
Sirtqi-masofaviy ta’lim yo’nalishlari:
🔹 Boshlang‘ich ta’lim;
🔹 Maktabgacha ta’lim;
🔹 Iqtisodiyot;
🔹 Moliya;
🔹 Psixologiya.
🌐 qabul.kokanduni.uz
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo’nalishlari:
🔹 Iqtisodiyot;
🔹 Psixologiya.
🌐 ikkinchitalim.kokanduni.uz
☎️ Murojaat uchun: +99873 545-55-55, +99873 545-44-44
Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy.
(Litsenziya 0030-son, VM-683)
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Taʼlim reklamasi
❗️Qabul boshlanishiga 10 kun qoldi, kvotalar hali tasdiqlanmadi
#abituriyent
OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.
Kecha oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov joriy yilda 381 mingta kvota tasdiqlanishi, shundan 60 mingtasi davlat granti bo’lishi kutilayotganini aytgan edi.
Maʼlumot uchun: joriy yildan boshlab Prezident qarori asosida faqat byudjet kvotalari tasdiqlanadi. Kontrakt kvotalari esa moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlarida esa tegishli bo’ysunuvdagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
◽️ University of business and science universitetida 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
Namangan shahrida joylashgan University of business and science yangi bo‘lishiga qaramay, har taraflama rivojlanib borayotgan oliygohlardan biri. Oliygohda 14 ta bakalavr yo’nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha tahsil olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, oliygohga o’qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.
📩 Hujjatlaringizni qabul ofislarida yoki onlayn tarzda qabul.ubsu.uz sayti orqali topshiring.
Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa ko‘chasi, 111-uy
(Litsenziya №041778, 05.10.2022 y.)
Telefon: +998781132626, +998907894242
Universitet telegram kanali: @ubsuzbekistan Ta'lim reklamasi
Yangi o‘quv yilida 381 ming kvota tasdiqlanishi mumkin, shundan 60 ming kvota davlat grantlariga ajratiladi.
#abituriyent
Qoidaga ko‘ra, OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. 11 kun vaqt qolgan bo'lsa, hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q, lekin bu bo'yicha ishlar ketmoqda.
Maʼlumot uchun: joriy yildan boshlab Prezident qarori asosida faqat byudjet kvotalari tasdiqlanadi. Kontrakt kvotalari esa moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlarida esa tegishli bo’ysunuvdagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Farmatsevtika texnik universitetiga qabul davom etmoqda
Universitet hozirda 3 yoʻnalishdagi oliy taʼlim dasturlariga abituriyentlarni qabul qilmoqda:
➖ Farmatsevtika fanlari umumtaʼlim kursi (Foundation in Certificate Pharmaceutical Science);
➖ Biologik fanlar umumtaʼlim kursi (Foundation Certificate in Biosciences);
➖ Tabiiy fanlar umumtaʼlim kursi (International Foundation year in Sciences).
Abituriyentlarga uchun qoʻyilgan talablar:
• o‘rta ta’lim maktabi shahodatnomasi, litsey yoki kollej diplomlari;
• IELTS 5.5 va undan yuqori yoki unga xalqaro ekvivalent sertifikatga ega boʻlish.
Umumta’lim bosqichidan so‘ng talabalar biokimyo (BSc Biochemistry), biotibbiyot (BSc Biomedical Science) yoki farmatsevtika (MSci Pharmacy) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr bosqichida ta’limni davom ettiradilar.
📝 Arizalar 15-sentabrga qadar pharmatechuni.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun: +998 99-950-80-80, +998 95-833-81-81, t.me/ptuuz_botTa’lim reklamasi
‼️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi
#abituriyent
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.
Shunda 2023-yil magistraturaga faqat bir marta — yozda qabul bo‘ladi.
"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani va yangi tizim bo’lgani uchun istisno tarzda bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi, qishki qabul bo’lmaydi", — dedi Ibrohim Abdurahmonov.
👉 @xushnudbek 👈
Kecha Shavkat Mirziyoyev Rim shahridagi Kiji saroyida 🇮🇹Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar almashildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 🇺🇳BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
So‘ngra Shavkat Mirziyoyev Milan shahriga keldi, bugungi tadbirlar ushbu shaharda bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Kelajagingizni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bilan o‘zgartiring!
✔️ Zamonaviy universitet;
✔️ Keng imkoniyatlar;
✔️ Sifatli ta’lim uyg‘unligi.
Universitetda yuqori malakali va ilmiy darajaga ega akademiklar va professor-o‘qituvchilardan ta‘lim olish imkoniyati mavjud. Ayni paytda bakalavriat (kunduzgi, kechki va sirtqi) va magistratura yo‘nalishlarida o‘qish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.
👉 Yo‘nalish va mutaxassisliklar bilan tanishing
📈 Oliygoh 2023-2024-o‘quv yilida talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida shartnoma to‘lov miqdorini o‘zgartirmadi. Shuningdek, shartnoma to‘lovini 4 ga bo‘lib amalga oshirishingiz mumkin.
💵 Kontrakt narxlari bilan tanishing
💻 Onlayn hujjat topshirish uchun: aifu.uz/Admission
☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | AIFU_offical">Youtube | Ta’lim reklamasi
Rim shahridagi Kvirinal saroyida Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
👉 @xushnudbek 👈
📣 UMFT universitetida 2023-2024-o'quv yili uchun bakalavriat yo'nalishlariga qabul boshlandi
UMFT universitetida quyidagi bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olib, davlat universitetlari namunasidagi diplom olasiz. Shuningdek, o'qishni bitirib, xalqaro sertifikatlar (Microsoft, CISCO, Huawei, ACCA) olish imkoniyatini ham qo'lga kiritasiz.
💻 Dasturiy injiniring
📡 Infokommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya)
💳 Raqamli iqtisodiyot
💰 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
👩🏫 Pedagogika va psixologiya
🟢 Ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
🟢 Kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklllari mavjud.
Hech qanday FIRMA TO'LOVISIZ, universitet veb-sayti orqali 👉hujjatlaringizni topshirishing.👈
☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun : @umft_support
🌐 Veb-sayt: umft.uz
📷 Instagram 🎬umftuz">YouTube 🔵 Facebook 🚀 TelegramTa’lim reklamasi
Toshkentdagi “Qo‘qon” podstansiyasida yong‘in sodir bo‘lgani natijasida Mirobod va Yakkasaroy tumanlari elektr ta’minotida uzilish kuzatilayotgan edi.
Ushbu nosozlik sabab bir necha nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzildi. Buning natijasida Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod tumanlaridagi ayrim aholi massivlarida suv chiqmayapti (ro’yxat bu yerda).
Shuningdek, ta’mirlash ishlari tufayli bugun, 8-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00ga qadar vaqtincha oʻchirildi (ro’yxat bu yerda).
👉 @xushnudbek 👈