xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
2-iyul, yakshanba.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Energetika vazirligi Rossiyadan gaz sotib olish shartlarini qisman ochiqladi

Gaz oldi-sotdisi boʻyicha shartnoma “UzGastrade” AJ va “Gazprom eksport” MCHJ oʻrtasida 2 yil muddatga tuzilgan.

“Shartnoma toʻliq tijoriy shartlarda ishlab chiqilib, respublika isteʼmolchilarining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojini qisman qondirish hamda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlardan biridir”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Shartnoma doirasida joriy yil 1-oktyabrdan boshlab kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi moʻljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.

Tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, shuningdek, respublikamizdagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida shakllantirish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, kelishilgan.

“Yoʻl xaritasi”ga muvofiq, avval tabiiy gaz “Oʻrta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozogʻistondan tranzit bilan Rossiyaga yuborilganligi va endilikda gazning revers rejimida (teskari oqimda) Oʻzbekistonga yetkazilishini, shuningdek, respublikamiz hududida yangi gaz oʻlchash stansiyasi qurilishini hisobga olgan holda, belgilangan tadbirlarni joriy yilning sentyabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Jumladan, “yoʻl xaritasi” doirasida respublikamiz gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydash uskunasi yangilariga almashtiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydash uskunasida mukammal taʼmirlash hamda tiklash ishlari bajariladi. 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi va 56 kilometrlik gaz quvurlari taʼmirlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Grant kvotalari haqida tushuntirish
#abituriyent

Mazkur masalada vazirlik mas’ullari bilan bog’lanib, aniqlik kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan 43 ming 783 ta davlat granti kvotasi umumiy tanlov uchun mo’ljallangan. Bunga qo’shimcha ravishda imtiyozli toifalar uchun ajratilgan qo’shimcha grant kvotalari ham bor va bu umumiy kvotaga aralashmaydi.

Masalan:

➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun umumiy qabuldan 2% li kvota (taxminan 5 mingga yaqin grant);
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun qo’shimcha kvota (taxminan 2,5 ming grant);
➖ Xotin-qizlar uchun 2 mingta kvota;
➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun umumiy qabuldan 1% li kvota (taxminan 2 mingdan ortiq grant);
➖ Harbiylarning farzandlari uchun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta);
➖ IIO xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 5% li kvota (taxminan 1700 ta);
➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta).

Shu kabi imtiyozli qo’shimcha kvotalar bilan qo’shib hisoblaganda, joriy yilda davlat granti uchun jami 60 mingga yaqin kvota ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi. Vazir aytgan kvotalar qani?
#abituriyent

Ertaga, 20-iyun kuni, respublikamiz bo’ylab davlat OTMlariga qabul jarayonlari boshlanadi. Arizalar har doimgidek faqat onlayn usulda my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Qabulga 1 kun qolgan bo’lsa-da, hozircha faqat davlat granti asosidagi kvotalar ma’lum: bakalavriat uchun — 34 ming 860 ta, magistratura uchun — 8 ming 923 ta kvota tasdiqlangan. Lekin bu ham umumiy kvotalar bo’lib, hozircha tillar kesimidagi kvotalar e’lon qilinmadi.

Shuningdek, ertaga qabul boshlansa ham, lekin haligacha to’lov-kontrakt asosidagi kvotalar ham ma’lum emas. Joriy yildan boshlab kontrakt kvotalarini OTMlar o’zi tasdiqlab, 20-iyunga qadar Oliy ta’lim vazirligi saytida e’lon qilishi kerak edi.

Demak, bugun davlat granti va to’lov-kontrakt kvotalarini tillar kesimida e’lon qilishning oxirgi kuni. Kutamiz, kun davomida e’lon qilib qolinsa kerak.

Shuningdek, yana bir masala. Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov joriy yilda jami 381 mingta kvota tasdiqlanishi kutilayotgani, shundan 60 mingtasi davlat granti asosida bo’lishini ma’lum qilgandi. Lekin amalda davlat granti uchun 43 ming 783 ta, ya’ni vazir aytgandan 16,2 mingtaga kam kvota tasdiqlandi. Shunda “yuqoridagilar” vazirlik bergan taklifdan 16 mingta kvotani “qirqib” yuborganmi? Yoki avval-boshidan 60 ming grant haqida gap-so’z bo’lmaganmi? Kim bilsin…


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorijiy tillarni onlayn tarzda, bepul oʻrgatuvchi “Ibrat Farzandlari” loyihasi 13 ta til bo’yicha videodarslar berib bormoqda.

Yaqinda darslarni ko’rishlar soni deyarli 10 millionga yetgan. Xorijliklar uchun esa o’zbek tili o’rgatilmoqda.

Loyiha ustozlari o’z “shogirdlarini” koʻrish uchun butun Oʻzbekiston boʻylab Xorijiy tillar marafoniga start berishibdi. Yuqoridagi suratlarda Xorazmda o’tgan ana shunday marafondan lavhalar aks etgan. Dastlab, umumiy uchrashuv, undan keyin har bir til bo'yicha alohida auditoriyalarda ustozlar bilan high-leveldagi master klasslar oʻtkazilgan.

Keyingi manzil — Fargʻona ekan. Til o’rganayotgan yoki shunday rejasi bor yoshlar uchun mazkur marafon muhim imkoniyat!

Vodiydagi marafon ertaga, 20-iyun kuni soat 10:00da Farg‘ona politexnika institutida start oladi.

Loyiha kanali: @ibratfarzandlari

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tehronga keldi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Zarmed University 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini davom ettirmoqda!

Oliygoh talaba bo‘lish istagidagi abituriyentlarni quyidagi bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga taklif qiladi.

➖ Davolash ishi;
➖ Pedagogika;
➖ Psixologiya;
➖ Boshlangich ta’lim;
➖ Maktabgacha ta’lim;
➖ Filologiya (tillar bo‘yicha);
➖ Iqtisodiyot;
➖ Tarix;
➖ Sport faoliyati.

📃 Hujjatlaringizni onlayn tarzda qabul.zarmeduniver.com yoki universitet kampusi va joylardagi qabul ofislariga tashrif buyurgan holda topshirishingiz mumkin. Tez kunlarda Samarqand kampusida ham qabul boshlanadi.

📌 Zarmed University Rossiya va Turkiya OTMlari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, talabalar ZARMED klinikalar tarmog‘ida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega.

📍
Manzil: Buxoro shahri, Qayum Murtazoyev ko‘chasi, 13A uy.

☎️ Murojaat uchun: @zarmedunibot, +998557047070, +995655057070
(Litsenziya №034355, 06.08.2022y)

Telegram | Instagram | Facebook | turonzarmed/">YouTube | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. 


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekistonda yozni meva va sabzavotlarsiz tasavvur qilish qiyin, shuning uchun ham ularni har kuni iste'mol qilamiz. Korzinka aynan mana shu jihatlarni hisobga oldi va yozgi mevalar mavsumi uchun super narxlarni e’lon qildi!

Korzinka rastalari meva va sabzavotlar bilan to’lib-toshgan va ularni ayni damda chegirma narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Narxlar 2023-yilning 18-iyunigacha amal qiladi.


App | Telegram | Facebook | Insta | Web
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
#abituriyent

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

➖bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.

Ma'lumot uchun: ushbu kvotalar umumiy qabul parametrlari hisoblanadi. Davlat qabul komissiyasi ushbu kvotalarni tillar kesimida qayta taqsimlab chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Perfect University 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonini davom ettirmoqda!

Toshkent shahrida joylashgan Perfect University 6 ta bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha kadr tayyorlaydi. Bular:

➖ Tarix;
➖ Turizm;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Boshlang‘ich ta’lim;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Dasturiy injiniring.

Hujjatlaringizni oflayn yoki onlayn tarzda qabul.perfectuniversity.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, oliygohga o’qishni ko’chirish imkoniyati ham mavjud.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 41.3522904,69.3299524,18z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3522778!4d69.3300556">220-uy41.3522904,69.3299524,18z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3522778!4d69.3300556"> (lokatsiya)

☎️
Murojaat uchun: 55-500-02-50, @perfect_call_center
(Litsenziya №043951, 19.10.2022y)

Telegram | Instagram | Facebook | perfectuniversity4471">YouTube | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Yangi qaror narxga qanday taʼsir qiladi?

O‘zA yangi qaror narxga qanday taʼsir qilishiga oid hisob-kitoblarni eʼlon qildi.

1 000 sm kub hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi bozor narxi 10 ming AQSH dollari bo‘lgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy to‘lovlar mavjud:

1️⃣ Bojxona boji

Avval: 1 900 dollar (15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm).
Hozir: 0 dollar (0 foizga tushirildi).
Farq: 1 900 dollar

2️⃣ QQS (12%)

Avval: 1 428 dollar (bojxona boji qo‘shilgach hisoblangan)
Hozir: 1 200 dollar
Farq: 228 dollar

3️⃣ Utilizatsiya yig‘imi (bazaviy stavkaning 30 baravari)

Taxminan 846 dollar (9 mln 900 ming so‘m)

4️⃣ Bojxona yig‘imi (0,2%)

Taxminan 20 dollar

‼️ YAKUNIY NARX:

Avval: 14 ming 194 dollar (10 ming dollar mashina narxi + 4 194 dollar majburiy to'lov)
Hozir: 12 ming 066 dollar
🔄 Farq: 2 ming 128 dollar

Demak, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha, narxi 10 ming AQSH dollari bo‘lgan avtomobil uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar taxminan 2 ming 128 AQSH dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Xushxabar! Prezident 1.2 motorgacha bo‘lgan mashinalar uchun rastomojkani kamaytirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan yangi yengil avtotransport vositalari uchun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026-yil 1-yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:

1 000 sm kubgacha — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

1 000–1 200 sm kub — 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⛈️ Joriy yil 18-21-iyun kunlari respublika bo'ylab kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda.

Shu sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Iqtisodchi Shuhrat Kurbanov nega suvni ko’p isrof qilishimiz haqida fikr bildiribdi. Jumladan, u shunday deb yozmoqda:

“Ichimlik suvining kelajagi (aniqrog‘i, suvsiz kelajagimiz) mavzusida juda ko‘p xabarlar chiqdi.

Ammo hamma narsa har doim taqqoslaganda yaxshiroq ko‘rinadi. Hozir bizda bir kubometr sovuq suv qancha turadi?

1 m³ uchun 1 ming 400 so‘m.

Ko‘pchilik biladimi yoki yo‘qmi — 1 m³ suv 1 tonna suvga teng. Ya’ni bir tonna suv 1 ming 400 so‘m.

O’z navbatida, 1 litr baklajkadagi gazsiz suv 2 ming 990 so‘m turadi. Ya’ni chanqasak, do‘kondan 1 litr suvni 2 tonna suv narxida sotib olamiz.

Sug‘orish uchun har kvadrat metr uchun taxminan 5-10 litr ishlatiladi. Sug‘orish uchun maydon 100 kv. m. bo‘lsa, unga taxminan 1000 litr, ya’ni 1 tonnagacha suv sarflanadi. Demak, siz 100 kv.m. yerni sug’organingiz uchun 1 ming 400 so‘m to‘laysiz.

❓Va endi savol tug‘iladi – nima uchun suvdan oqilona foydalanilmayapti?

Post tugadi.

O’zimdan qo’shimcha: albatta, yuqoridagi savol o’ta ritorik. Avval ham aytganimizdek, bizda suv juda qadrsiz. Juda qadrsiz. Ham moddiy, ham ma’naviy tomondan. Lekin “suvni isrof qilmaylik” degan millionta ijtimoiy rolik tayyorlab, bog’chadan boshlab miyaga quyilsa ham, lekin 1 sotix yerni sug’orish narxi 1 ming 400 so’m bo’lsa, suv baribir isrof bo’laveradi. Quruq gap befoyda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2023-yil 28-iyun kuni nishonlanadi

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📢 Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Mentalaba.uz orqali 140 dan ortiq O‘zbekiston OTMlarining bakalavr va magistratura yo‘nalishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling. Xususiy va xalqaro universitetlarga mentalaba.uz saytining o‘zidayoq hujjat topshiring.

“Men talaba”ning telegram kanalida hamma ta’lim muassasalarining qabul jarayoni bo‘yicha yangiliklaridan xabardor bo‘lib borish mumkin.

Shuningdek, barcha hamkor universitetlar haqida ma’lumot olish uchun “Men talaba” telegram kanali yoki saytini kuzatib boring!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Qurbon Hayiti qachon va bayramda necha kun dam olinadi?

O’zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, bugun — 19-iyun kuni Zulhijja oyining 1-kuni kirib kelgan.

Qoidaga ko’ra, Qurbon Hayitining birinchi kuni Zulhijja oyining 10-kunida nishonlanadi. Demak, katta ehtimol bilan O’zbekistonda Arafa kuni 27-iyun (seshanba), Qurbon Hayitining birinchi kuni esa 28-iyun (chorshanba) sanasiga to’g’ri keladi. Bu haqda hozircha rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

🗓️ Dam olish kunlari qanday bo’ladi?

2023-yilgi dam olish kunlarini belgilash to’g’risidagi Prezident farmonida Qurbon Hayiti kuni 29-iyunga to’g’ri kelishi hisobga olingan holda dam olish kunlari belgilangan edi. Ya’ni 30-iyun, juma kuni barcha uchun, 1-iyul, shanba kuni 6 kunliklar uchun dam olish kuni sifatida ko’rsatilgan.

Endi oyning vaqtli ko’rinishi sababli Qurbon Hayiti 1 kun oldinroq, 28-iyunga to’g’ri kelayotgani sababli katta ehtimol bilan Prezident farmoniga ham o’zgarish kiritiladi. Ramazon Hayitida ham shunday bo’lgandi va yana qo’shimcha 1 kun barcha uchun dam olish sifatida berilgandi.

Agar o’tgan safargi an’ana davom ettirilsa, unda o’rtada ochiq qolib ketayotgan 29-iyun (payshanba) kuni barcha uchun dam olish kuni bo’lishi mumkin va o’zbekistonliklar quyidagi sanalarda ketma-ket 5 kun dam olishadi:

• 28-iyun, chorshanba;
• 29-iyun, payshanba;
• 30-iyun, juma;
• 1-iyul, shanba;
• 2-iyul, yakshanba.

Yuqorida aytganimdek, hozircha bu bo’yicha rasmiy xabarlar yo’q. Bo’lishi bilan sizlarga xabar qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ TMII 1,5 mlrd soʻmlik grant e’lon qildi

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti kunduzgi ta’lim shaklida oʻqish istagidagi abituriyentlar uchun 1,5 mlrd soʻmlik grant taqdim etmoqda. Mazkur grant institutda birinchi oʻquv yili uchun 100% gacha toʻlov shartnoma summasini qoplab beradi.

📥 Hujjatlar timeedu.uz/en/registration internet manzil orqali 28-iyunga qadar qabul qilinadi.

📲 Batafsil malumot uchun: +998712009005

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 114-uy

(Litsenziya 043969-son, 19.10.2022y)

Sayt |Telegram |Instagram |Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning tor doiradagi hamda kengaytirilgan tarkibdagi delegatsiyalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha, 17-iyun — Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni (World day to combat desertification and drought) edi.

Ushbu kun munosabati bilan Orol dengizining qurigan tubi bo’ylab marafon yuguruvchi Andrey Kulikov 42 km 195 m masofani bosib o'tdi. U ushbu masofa uchun 4 soat 9 daqiqa 53 soniya vaqt sarflagan.

Yugurush jarayoni tadbir tashkilotchisi bo’lgan Ekologiya vazirligining YouTube sahifasida jonli efirda namoyish etildi.

Ma’lumot uchun: cho'llanish - bu inson omillari va iqlim o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan dunyoning barcha mintaqalarida davom etayotgan yerlarning tanazzulga uchrashi jarayoni.

O‘zbekiston BMTning cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasini 1995-yil 31-avgustda ratifikatsiya qilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿Shahram G‘iyosov WBA Eliminator (daʼvogarlar) bahsi doirasida 12 raund davom etgan jangda yengilmas raqibi Xarold Kalderon ustidan ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.

G‘iyosov g‘alabali seriyani 14 taga yetkazdi va WBA kamari uchun daʼvogarlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Kalderon uchun esa 27 g‘alabadan so‘ng birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tavba, "odam"larga nima bo‘lyapti? Odam so'zi qo'shtirnoq ichida...

Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘iga jahl qilib, undan o‘ch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u ushbu oshxona pichog‘i bilan tanasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib o‘ziga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓Magistratura uchun grant kvotasi
#abituriyent

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvotalar tasdiqlandi.

Bunda 84 ta OTM uchun grant asosida jami 8 ming 923 ta kvota ajratilgan.

ESLATMA: magistraturaga kontraktga kirgan BARCHA xotin-qizlarning shartnoma to'lovlari davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

BAKALAVR uchun davlat granti kvotasi bu yerda:
/channel/xushnudbek/19882

Ma'lumot uchun: ushbu kvotalar umumiy qabul parametrlari hisoblanadi. Davlat qabul komissiyasi ushbu kvotalarni tillar kesimida qayta taqsimlab chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul boshlanishiga 3 kun qoldi, kvotalar hali e’lon qilinmadi
#abituriyent

OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar e’lon qilingani yo‘q.

Menga qiziq tomoni, joriy yilda ilk marta kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi e’lon qiladi, Prezident tasdiqlamaydi. Prezident qarori bilan faqat davlat byudjeti doirasidagi kvotalar tasdiqlanadi.

Unda nega shu paytgacha hech bo’lmasa kontrakt kvotalari ochiqlanmayapti? Yoki har doimgidek bu ham chala mustaqillik ko’rinishidagi tartibmi? Ya’ni qog’ozda OTMlar mustaqil o’zi e’lon qiladi, amalda esa toki yuqoridan ruxsat berilmaguncha birortasi kvotani o’zi tasdiqlay olmaydi.

Qachon oliy ta’limga haqiqiy mustaqillik kirib keladi? Qachon bemalolroq ishlash boshlanadi?

Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, bugun soat 04:02 da O'zbekiston hududida zilzila sodir bo'ldi.

Episentr: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani.

O’zbekiston hududida sezilish kuchi:

Sariosiyo tumanida 4 ball;
Denov tumanida 2-3 ball;
Shahrisabz tumanida 2 ball;
Oltinsoy tumanida 2 ball;
Uzun tumanida 2 ball;
Kitob tumanida 2 ball.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ko‘pchilik 1.2 motorli (dvigatel hajmi 1 200 sm kub) mashinalarga qaysilar kiradi, deb qiziqmoqda. Internetdan shu toifaga kiruvchi ayrim mashina markalarini yig‘dik.

Peugeot 208 1.2 L
Chevrolet Tracker 1.2 turbo
Chevrolet Onix
Toyota Corolla 1.2 Turbo
Renault Clio 1.2 turbo
Citroen C3 1.2


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.

Bu haqida tegishli hujjatlarni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzolagan.

Bitim shartlari, jumladan sotib olinadigan gaz miqdori va narxi ochiqlanmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yozning katta aksiyasida ishtirok etib, har kuni 15 million so‘m yoki ikkita bosh sovrinlardan biri — BYD SONG PLUS elektromobilini yutish imkoniyatiga ega bo'ling.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul boshlanishiga 4 kun qoldi, kvotalar hali e’lon qilinmadi
#abituriyent

OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.

Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel