❓Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifatida imtihonga kirib ko’rsa bo’ladimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, bo’ladi.
Ma’lumki, 15-iyuldan boshlab o’qishni ko’chirish, jumladan xorijiy OTMlardan perevod qilish bo’yicha arizalar qabul qilish boshlanadi. Bunda xorijdan perevod qilayotganlar ham pul to’lab, testga kiradi va yetarli o’tish balini to’plasa, O’zbekistonga o’qishini ko’chirishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, xorijda o’qiyotganlar oddiy abituriyent sifatida davlat OTMlariga 5 tagacha yo’nalish tanlab, hujjat topshirishlari ham mumkin. Boshqacha aytganda, ular 2 marta omadlarini sinab ko’rsa bo’ladi. Agar ikkalasi ham ijobiy natija bo’lib qolsa, unda istaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-kursdan yangi kirgan joyida o’qiydi, xohlasa o’qishini ko’chirgan joyda ruxsat berilgan kursdan tahsil olishni boshlaydi.
Bunga hech qanday cheklov yo’q.
💰To’lovni ikkalasiga alohida qiladi, chunki 2 ta testga kiradi.
Yuqoridagi xuddi shu tartib O’zbekistondagi nodavlat OTMlarda o’qiyotgan talabalar uchun ham bir xil. Ular ham o’zlarini ikki marta sinab ko’rsa bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
❔ Ham o‘qib, ham ishlamoqchimisiz? Unda UBS!
Ko‘pchilik xodimlar oliy ma’lumotli bo‘lmagani uchungina yuqori lavozimda ishlashda muammolarga duch keladi. Ammo buning ham yo‘li bor!
“University of Business and science” da sirtqi ta’lim shaklida ham tahsil olish mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlari:
✔️ Buxgalteriya hisobi va moliya
✔️ Axborot tizimlari va texnologiyalari
✔️ Boshlang‘ich ta’lim
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Maktabgacha ta’lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Tarix
✔️ Soliqlar va soliqqa tortish
✔️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
✔️ Bank ishi va auditi
✔️ Menejment
✔️ Turizm
Ko‘p o‘ylab o‘tirmay, ham o‘qib, ham ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
➡️ Hujjat topshirishda to‘lov qilishingizga hojat yo‘q!
📩 Hujjatlaringizni qabul ofislarida yoki onlayn tarzda
(Qabul.ubsu.uz) topshirishingiz mumkin
Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa ko‘chasi, 111-uy
(Litsenziya №041778, 05.10.2022 y.)
Telefon: +998781132626, +998907894242
Universitet telegram kanali: @ubsuzbekistan Ta'lim reklamasi
“Pul qani, itdan tarqagan?”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanovga tegishli ekani aytilgan audio tarqaldi. Unda soliq tushumlarini bajarmagan mahalla raislari kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilinganini eshitish mumkin. Audio katta ehtimol bilan 31-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yozib olingan.
Mazkur audioyozuv Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent
✅ JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.
Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».
Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman.
Ammo o’tgan yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.
Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.
Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.
👉 @xushnudbek 👈
🔴 Alfraganus universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
Oliygohning 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (jumladan, 5 ta tibbiyot sohasiga oid) bo‘yicha kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllaridan birida o‘zbek yoki rus tilida, shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olish uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
✔️ Malakali professor-o‘qituvchilardan, zarur texnologiyalar bilan jihozlangan, shinam auditoriyalarda tahsil olish imkoniyati!
Shuningdek, davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan o’qishni ko’chirish mumkin.
📃 Hujjat topshirish:
➖ Onlayn hujjat topshirish platformasi
➖ O‘qishni ko‘chirish platformasi
Katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun Alfraganusni tanlang!
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi, 2a uy (lokatsiya).
Murojaat uchun: @Alfraganus_callcenter, +99878 122 75 57
(Litsenziya №034974, 12.08.2022y)
Sayt | Telegram | Taʼlim reklamasi
❓Nega hujjat topshirish chog’ida Diplomatiya universiteti ro’yxatda chiqmayapti?
#abituriyent
✅ JAVOB: Chunki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida testdan oldingi birlamchi imtihon ham bo‘ladi. Yaʼni birlamchi imtihondan o‘ta olmaganlar, testga kiritilmaydi.
Shu sababli hozircha my.uzbmb.uz saytidan JIDUni tanlash imkoni yo‘q.
Unda qayerdan hujjat topshirsak bo‘ladi?
JIDUda o’qish niyatida bo’lgan abituriyentlar https://admission.uwed.uz manzilida onlayn ariza to‘ldirishadi.
Arizalar 2023-yil 5-iyulgacha qabul qilinadi.
❗️JIDU dastlabki imtihonidan o‘ta olmagan abituriyentlar bemalol keyinchalik boshqa 5 ta yo‘nalishni tanlashlari mumkin bo‘ladi.
Dastlabki imtihon 1-iyuldan 6-iyulgacha bo‘lgan muddatlarda abituriyentlarning xohishiga ko‘ra, onlayn yoki offlayn shaklda o‘tkaziladi.
JIDU yo‘nalishlari va test o‘tadigan mutaxassislik fanlar majmuasi ro‘yxati:
1) Xalqaro munosabatlar
Tarix (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
2) Siyosatshunoslik
Tarix (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
3) Xalqaro iqtisodiyot va menejment
Matematika (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
4) Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)
Huquqshunoslik (3,1 ball)
Chet tili (2,1 ball)
👉 @xushnudbek 👈
❓Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti?
#abituriyent
Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda.
Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti.
❓Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi?
Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat bittagina chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, masalan IELTS sertifikati qo’lda kiritiladi.
Agar sizda xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 15-iyulga qadar Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.
Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, yo’nalishlarni tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang.
Agar siz tavsiyanoma olish uchun ariza yuborgan bo’lsangiz-u, lekin haligacha javobi chiqmagan bo’lsa, ya’ni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bo’lsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qo’mitasiga murojaat qiling.
👉 @xushnudbek 👈
Hayit namozi vaqtlari
28-iyun kuni Qurbon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:15 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovut inobatga olib o‘qiladi.
🌙 Qurbon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:
1. Andijon — 05:10
2. Buxoro — 05:40
3. Jizzax — 05:30
4. Navoiy — 05:40
5. Namangan — 05:10
6. Samarqand — 05:35
7. Sirdaryo — 05:25
8. Surxondaryo — 05:40
9. Toshkent viloyati — 05:20
10. Toshkent shahri — 05:15
11. Farg‘ona — 05:10
12. Xorazm — 05:50
13. Qashqadaryo — 05:40
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50
👉 @xushnudbek 👈
🗓 O‘zbekiston prezidentligiga saylovda muddatidan oldin ovoz berish 28-iyundan boshlanib, 5-iyulda yakunlanadi — MSK.
👉 @xushnudbek 👈
❓“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Parolni tiklash kerak.
Ko’pchilik abituriyentlar o’tgan yili DTM saytida ro’yxatdan o’tgan telefon raqami bilan yana bir marotaba ro’yxatdan o’tishga urunishmoqda. Natijada ularga “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan!!!” degan ogohlantirish chiqmoqda (1-rasm).
Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Eng avvalo shuni bilingki, agar telefon raqam tizimda bor bo’lsa, unda siz qayta ro’yxatdan o’tishingiz shart emas. Ko’pchilik hattoki boshqa yangi telefon raqam qidirishga ham tushib ketadi, bu ham shart emas.
Sizga “Tizimga kirish” yoki “Parolni tiklash” funksiyalari yordam beradi.
1-variant: o’tgan yilgi parolingizni yoddan bilsangiz, unda “Tizimga kirish” degan joydan telefon raqamingiz orqali qayta tizimga kiring.
2-variant: agar o’tgan yilgi parolni eslay olmasangiz, unda bu ham vahimali emas. Shunchaki, quyidagi amallarni bajaring:
a) “Parolni tiklash” sahifasiga kiring. Telefon raqamingizni va so’ralgan matematik amalni kiritib, “Parolni tiklash” tugmasini bosing (2-rasm);
b) 5100 raqamidan telefoningizga kelgan 6 ta simvolli parolni kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing (3-rasm).
c) yangi parol qo’ying va “Kirish” tugmasini bosing (4-rasm).
Bo’ldi, qarabsizki, siz o’z telefon raqamingiz bilan tizimga kirdingiz. Faqat yangi qo’ygan parolingizni yodda saqlang, u keyinchalik ham tizimga kirishda kerak bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
O'qishni zerikarli deb kim aytdi?
Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari nafaqat o'zaro, balki o'qituvchilar bilan ham do'st. Bu yerdagi ahillik muhiti muvaffaqiyatli ta'limning yana bir siridir 💛
Siz ham shunday muhitda ta’lim olishni xohlaysizmi? Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga kiring 🎓
➡️ @utasunibot
📲 +99871 200 05 40
Telegram | InstagramTa’lim reklamasi
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda my.gov.uz portalida qabul boshlandi, deb berilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Qabul hali boshlangani yo‘q.
Yagona portalga kirganingiz bilan hech narsa qilolmaysiz baribir. Qabul boshlansa eng avvalo Bilimlarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida boshlanadi.
Shunchaki, erta tongdan MyGovUz Telegram kanali "bizda qabul boshlandi" deb eʼlon berib yubordi va birozdan keyin bu xabarini o‘chirishdi. Hozirda kanalda bunaqa xabar yo‘q.
Menimcha, Yagona portal mutaxassislari 20-iyun kirishi bilan qabul boshlanib ketadi, deb o‘ylashganu, bu xabarni kanalda chiqishini oldindan rejalashtirib qo‘yishgan. Keyin qarashsa, hali qabul boshlanmagan ekan, sekingina xabarni o‘chirishgan. Juda optimist ekan o‘sha mutaxassislar, bizda hamma narsani o‘z vaqtida bo‘ladi, deb o‘ylashibdi ))
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertaga maktablarning 1-sinfiga ham qabul boshlanadi
Joriy yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
2️⃣ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);
2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).
📲 Yuqoridagi ro’yxatda nomi zikr etilgan 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Ota-onalar 20-iyun soat 12-00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
📝 Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullarining ma’lum qilishicha, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari ham elektron tizimiga kiritilgan va Bilimlarni baholash agentligi bazasi bilan integratsiya qilingan.
Demak, joriy yilda akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablarini tugatgan bitiruvchilar ham my.uzbmb.uz sayti orqali o’qishga hujjat topshirayotganida diplom ma’lumotlarini qo’lda kiritishlari shart bo’lmaydi, ma’lumotlar o’zi avtomatik chiqadi.
Eslatib o’taman: joriy yilgi bitiruvchilar testga kirishda to’lovdan ozod etiladi. Avvalgi yilda bitirganlar testga kirishi uchun 165 ming so’m to’lov qilishi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Ayni daqiqalarda Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyati hududlariga chang bo’roni bostirib keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda chang bo’roni yurtimizning boshqa hududlarida, jumladan vodiy viloyatlarida ham kuzatilayotgani xabar berilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent
Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:
1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;
2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi;
3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar
Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;
4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.
Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.
Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;
5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.
Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test baliga qo’shish ortga surilishi kutilmoqda
#abituriyent
Bu haqda bugun bo’lib o’tgan matbuot anjumanida mas’ullar ma’lum qilishgan.
Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat joriy yilgi bitiruvchilarning 6 yillik maktab baholari elektron bazada mavjud, ammo ancha yil avval, masalan, 15 yil oldin bitirgan abituriyent uchun bunday ma’lumot mavjud emas. Shu sababli kimgadir ball qo’shiladi, kimgadir yo’q. Bu esa o’z navbatida adolatsizlikni keltirib chiqaradi.
Shunga ko’ra, hozirda ushbu tartibni qayta ko’rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda va katta ehtimol bilan bu keyinroqqa qoldiriladi.
Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va agar ushbu tartib joriy yildan amalga kiritilsa, so’nggi yillardagi ta’limga oid eng katta xato qaror bo’lishini aytgandim. Xayriyatki, ta’limga mas’ullar ham shunday fikrda ekan, sal ko’ngil xotirjam bo’ldi.
Qiziq, agar bu tartibga hamma qarshi bo’lsa, unda Vazirlar Mahkamasiga kim kiritgan? Qarorni kim yozgan, kim tahlil qilgan, bu tartib to’g’riligiga kim ishontirgan? Yoki har doimgidek, qarorni qabul qilguvchilar boshqa-yu, uni endi qanaqa ijro qilamiz, deb boshini qashib o’tirganlar boshqami? Xullas, qiziq vaziyat.
Mayli, asosiysi nima bo’lsa ham, joriy yilda bu adolatsizlikka haqiqatdan yo’l qo’yilmasa bo’ldi. Muhimi shu.
👉 @xushnudbek 👈
❓Bo'lajak kasbni qanday tanlash kerak?
Kasb tanlash – hayotingizdagi eng muhim tanlovlardan biridir. Bu tanlovda bir necha tavsiyamiz bor:
📌 O’z istaklaringizni aniqlab, xarakteringizni yaxshilab tushunib oling;
📌 Istiqbolli kasblar bilan yaxshilab tanishib chiqing;
📌 Atrofingizdagi tajribali odamlar bilan albatta maslahatlashing.
Muvaffaqiyatli karyera sari birinchi qadamni biz bilan qo’ying.
Savollar uchun: @ttualoqabot
📞 +998(71)200-80-40
Telegram | InstagramTa’lim reklamasi
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
“Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.
Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi” — Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensatsiya qilib beriladi
Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xususiy taʼlimni rivojlantirishga oid rejalar haqida maʼlumot berdi.
“Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensatsiya qilib beriladi.
Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi.
Xususiy maktablarda muallimlar uchun talablar davlat maktablari bilan bir xil bo‘ladi. Shu orqali, maktablarda o‘quvchilar soni 35 nafardan ko‘p bo‘lgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor).
Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming o‘quvchi o‘rnini 2030-yilga qadar kamida 400 mingtaga yetkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, – dedi nomzod.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
#abituriyent
2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.
✅ Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin (1-rasm).
👨🏻💻 Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega (2 va 3-rasm).
📆 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.
❗️Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.
ESLATMA: mazkur muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin. Hujjat qabul qilish yakunlangandan keyin yo’nalishni o’zgartirib yoki biror ma’lumot qo’shib bo’lmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘tgan yili ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar telefon raqamini almashtirgan bo‘lsa, ular nima qiladi?
#abituriyent
Telefon raqamini o‘zgartirgan ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘ta olishmayotganini aytishmoqda. Ularga yuqoridagi suratdagi kabi ogohlantirish chiqayotgan ekan.
Agar eski telefon raqami hozir faol holda bo‘lmasa yoki allaqachon boshqa odam ishlatayotgan bo‘lsa, unda abituriyentlar nima qilishi kerak?
Ushbu masalani Bilimlarni baholash agentligi masʼullari bilan muhokama qildik. Hozirda bunday toifadagi abituriyentlar uchun oson va qulay yechim o‘ylanmoqda. Aniq bo‘lishi bilan xabar beriladi.
Telefon raqamini almashtirgan va eski telefonini tiklash imkoni yo’q abituriyentlar biroz kutib turishsa, muammo yechimi eʼlon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
AKFA BUILD brendi xaridorlar uchun qurilish jarayonida har tomonlama qulaylik beradigan mahsulotlarni taqdim etishda davom etmoqda
📌 Navbatdagi mahsulot kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan ruhlangan po'latdan yasalgan yengil metall kontruksiyalardir.
✅ Savdo pavilyonlari, ishlab chiqarish korxonalari, omborlar va boshqa ko'plab obyektlarda ushbu po'lat profillardan foydalanish mumkin.
AKFA BUILD – binolar uchun zamonaviy yechimni taklif qilamiz.
Murojaat uchun ⬇️
📞 95-323-33-33
📞 95-325-55-55
Instagram | Telegram | Website | YouTube | Facebook | Reklama
❓Testga kirish uchun qancha to‘lov qilinadi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 165 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘laydi.
Test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 165 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.
Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
❗️ESLATMA: to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi. Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 20-iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lanishi shart.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish kunning ikkinchi yarmida boshlanadi
Bu haqda hozirgina Bilimlarni baholash agentligi xabar qildi.
Ayni vaqtda 2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanayotgan ekan.
👉 @xushnudbek 👈
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o'rnatish uchun joylar sotilmoqda
"E-auksion" platformasida 200 ga yaqin zaryadlash stansiyalarini o'rnatish joylari savdoda turibdi;
➖ Qoraqalpog'iston Respublikasida 41 ta;
➖ Buxoroda 12 ta;
➖ Jizzaxda 19 ta;
➖ Navoiyda 4 ta;
➖ Namanganda 2 ta;
➖ Samarqandda 27 ta;
➖ Surxondaryoda 23 ta;
➖ Sirdaryoda 2 ta;
➖ Toshkentda 13 ta;
➖ Farg'onada 33 ta;
➖ Xorazmda 19 ta.
Ko'chma savdo joylari auksion savdolari orqali sotiladi.
Barcha joylarni ko'rish
👉 @xushnudbek 👈
❗️Maktab bitiruvchilari hujjat topshirishda shahodatnoma kiritishi shart emas
#abituriyent
Maktab bitiruvchilari bir qator elektron qulayliklardan foydalanishlari mumkin.
Eng avvalo ular maktab shahodatnomasini olish uchun maktabga borishi, qachon berilarkin deb kutishi shart emas. Shunchaki e-shahodatnoma.uz sayti orqali 20-iyun, ya’ni ertadan boshlab shahodatnomani onlayn yuklab olish mumkin. Elektron yuklab olingan shahodatnoma rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuchga ega bo’ladi.
Ikkinchidan, bitiruvchi abituriyentlar hujjat topshirayotgan payti maktab shahodatnomasi ma’lumotlarini kiritishi shart emas.
Shahodatnomalar bazasi OTMlarga hujjat topshiriladigan my.uzbmb.uz saytiga integratsiya qilingan. Ya’ni bitiruvchilar o’qishga hujjat topshirish jarayonida pasport ma’lumotlarini kiritsa kifoya, shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda o’zi chiqib keladi.
e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:
➖ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
➖ Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
➖ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.
Ma’lumot uchun: joriy yilda umumta’lim maktablarini 390 mingdan oshiq bitiruvchilar tamomlaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 2023/2024-o'quv yili uchun mo’ljallangan qabul davom etmoqda
📚Institut rasmiy litsenziyaga ega, talabalarga davlat tomonidan tasdiqlangan bakalavr diplomi beriladi.
🏢 Talabalar institutda kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllaridan birida, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim olishlari mumkin:
• Xalqaro munosabatlar;
• Menejment;
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz, rus, arab, o'zbek tili filologiyasi)
⚡️Agarda siz yuqoridagi yo’nalishlardan birida sifatli ta'lim olib, kelajakda kerakli kadr bo'lishni istasangiz, sizni institutimizga taklif qilamiz!
📌 Eslatib o'tamiz, navbatdagi imtihon 25-iyun kuni onlayn tarzda bo’lib o’tadi. Imtihon topshirish esa mutlaqo bepul. Quyidagi havola orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Hujjat topshirish uchun havola: https://is.gd/OUO2vP
Telegram kanal: @isfi_uz
Rasmiy vebsayt: www.isfi.uz
📞: 78 113-13-73 | Ta’lim reklamasi