xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti arafasida ikki nafar marhum diniy ulamoni «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzoladi.

Bular:

— shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy);

— shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Vanihoyat, Hukumat qarori (263-son, 26.06.2023 y.) bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlari tasdiqlandi. Jumladan, maktab o‘qituvchilarining mehnat taʼtili 56 kun deb belgilandi.

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, yakshanba kuni ham taʼtilga qo‘shib hisoblanayotgani sababli maktab o‘qituvchilarining taʼtilini belgilashda muammo yuzaga kelayotgan edi. Aniqrog‘i ularning taʼtil kuni va puli kamayib qolgandi. Endilikda bunday muammo bo‘lmaydi, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Pavel Durov Telegram’da ham Stories paydo bo‘lishini ma’lum qildi

Rejalar:
▪️foydalanuvchilar Stories’larini kimlar koʻra olishini tanlashlari mumkin boʻladi;
▪️foto va videolarni bir vaqtning o'zida smartfonning ikkita kamerasidan — old va orqa tomondagidan olish mumkin;
▪️Stories’larni 6, 12, 24, 48 soat yoki doimiy muddatga joylash mumkin.

Hozirda Telegram Stories sinovining yakuniy bosqichi ketmoqda va iyul oyi boshida ishga tushirilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev:

“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirgan o‘g‘il-qizlarimizga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.

Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. 

Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TIFT UNIVERSITETIDAN 12 MILLIARD SO‘MLIK GRANT!

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti abituriyentlar uchun umumiy qiymati 12 milliard so‘mlik taʼlim grantini eʼlon qiladi!

❗️Grant yutish uchun nima qilish kerak?

1. Grant uchun talabgor abituriyent IELTS 5.0 yoki CEFR B2 sertifikatiga ega bo‘lish

2. Kirish imtihonlarida birinchi blokdan ozod bo‘lgani holda, ikkinchi blokdan 80% dan yuqori natija qayd etish (agar imtihon bloklarida ingliz tili fani yo‘q bo‘lsa, abituriyent umumiy ikkita blokdan 80% dan yuqori natija qayd etishi kerak)

3. Suhbatdan o‘tish.

📌 Grantning 10 foizi kam taʼminlangan oilalar farzandlari va iqtidorli fan-olimpiada g‘oliblariga tanlov asosida taqdim etiladi. Grant faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun amal qiladi.

Grant asosida poytaxt markazidagi universitetda o'qish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari

💻 Onlayn hujjat topshirish: qabul.tift.uz

☎️ Call-markaz: +998781132999, +998999932722

📍 Poytaxt qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 16-uy

👉 Viloyatlardagi qabul ofislari

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook | 📹 tiftuniversity">Youtube
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga Qurbon hayitining ilk kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa. Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga haqli.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Hayit munosabati bilan xodimlar necha kun dam olishi haqida batafsil bu yerda:
/channel/xushnudbek/19907


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi!

Terma jamoamiz Osiyo Kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi va turnirning yarim finaliga yo’l oldi.

Shuningdek, yigitlarimiz bu g’alaba ortidan Jahon chempionati yo’llanmasini ham qo’lga kiritdi.

⚽️Gollar: Ollabergan Karimov 79‘, Dilshod Abdullayev 83‘.

👏🏻Barakalla, yigitlar!

U-17 terma jamoamiz endi Osiyo kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi to’p suradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚘 O‘zbekistonda EXEED premium yo‘ltanlamaslari sotuvi boshlandi

24-iyun kuni Asaka Motors kompaniyasi EXEED brendiga mansub premium avtomobillar taqdimotini o‘tkazdi. Unda avtooilaning to‘liq hajmli VX yo‘ltanlamasi, o‘rtacha hajmli TXL modeli va ixcham LX modeli taqdim etildi.

EXEED avtomobillari zamonaviy dizayni bilan e’tiborni jalb qiladi, yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi, haydovchi va yo‘lovchilar qulayligi haqida qayg‘uradi, qiziqarli va texnologik yechimlar bilan quvontiradi.

💳 Narxlar:
LX luxury – 340 mln so‘mdan boshlab;
TXL premium – 516 mln so‘mdan boshlab;
VX premium – 654 mln so‘mdan boshlab.

Kompaniya zavodi Xitoy bilan iqtisodiy kelishuvlar asosida ochilgandi.

exeed.uz saytida test-drayvga yozilish va EXEED yo‘ltanlamaslari haqida batafsil axborot olish mumkin.

📞 Murojaat uchun: +99855 503 02 09
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent – Shahrisabz Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ko‘magida “Toshkent Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi.

Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ko‘magida Toshkent – Shahrisabz Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi, “Samarqand – Buxoro – Olot” yo‘li taʼmirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soliq tushunchasi butun dunyoda bor. Ish faoliyatini olib borayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yoki bo‘lmasa biror mol-mulkka ega bo‘lgan shaxs borki, albatta, soliq to‘lashi zarur. Davlat byudjeti ham aynan xalq to‘laydigan soliqlar asosida shakllantiriladi.

Soliqqa oid masalalarni esa soliqchilar muvofiqlashtiradi. Bu soha vakili bo‘lmaganlar ham uning qay darajada qiyinligini yaxshi biladi. Albatta, tizimda turli holatlar bo‘ladi, jumladan, salbiy holatlar ham.

Ayni ushbu soha vakillari uchun 5 qismdan iborat serial ishlandi. Unda sohadagi turli "sxema"lar to‘g‘risida gap borgan. Serial shu haftada "Milliy" telekanali orqali namoyish qilinishi kutilmoqda. Soha vakillarining ish faoliyati, tizimdagi turli qing‘irliklarni ochib beruvchi serialni ko‘rishni unutmang.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Minus olti. Qabul boshlanganiga 6 kun bo‘ldi, kvotalar haligacha eʼlon qilinmadi
#abituriyent

20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beshtagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yo‘nalishlarda faqat bitta tanlanadi).

Ammo haligacha quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:

1) davlat granti bo‘yicha tillar kesimida kvota;
2) to‘lov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar.

Aslida qonunchilikka ko‘ra, ushbu maʼlumotlar 20-iyungacha eʼlon qilinishi kerak edi. Olti kunga kechikmoqda.

Ko‘ramiz, joriy yildagi to‘laqonli kvotalar qachon eʼlon qilinar ekan…


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
2-iyul, yakshanba.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabida qabul jarayonlari davom etmoqda!

O‘quvchilar 8-9-10-11-sinflarga qabul qilinadi. Qabul joriy yilning 2-iyuligacha bo‘lib o‘tadi va darslar 3-iyuldan boshlanadi.

🏫 Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar chuqurlashtirilgan holda, o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi:
1. Biologiya;
2. Kimyo;
3. Ona tili va adabiyot;
4. O‘zbekiston tarixi;
5. Matematika.

📌 Shuningdek, Ibn Sino Education olimpiada zaxiralari sinfi, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmatini taqdim etadi.

⏳ Shoshiling, qabul soni cheklangan.

Manzil: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Uchariq MFY, Amir Temur ko‘chasi 63-A uy (geolokatsiya)
(Litsenziya 0275-son, 30.08.2021y)

📞 Telefon: +998948553366, +998911188136, +998916590793
Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Vagner” XHK Moskvaga yurishini to’xtatib, ortga qaytmoqda

Yevgeniy Prigojin tomonidan e’lon qilingan 1 daqiqalik audioxabarda shunday deyiladi:

““Vagner” XHKni tarqatib yubormoqchi bo‘lishdi. Biz 23-iyun kuni “Adolat marshi”ga chiqdik. Bir sutkada biz Moskvaga ostonasiga 200 kilometr masofa qolgungacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdik. Bu vaqt ichida jangchilarimizdan bir tomchi ham qon to‘kilgani yo‘q.

Endi rus qoni to'kilishi mumkin bo'lgan fursat yetib keldi. Shu sababli, qon to’kilish xavfi yuzaga kelgani uchun, barcha mas'uliyatni tushungan holda, biz kolonnamizni ortga buramiz hamda rejamiz bo‘yicha qarama-qarshi yo‘nalishda dala lagerlari tomon jo‘nab ketamiz”, — dedi Prigojin.

Avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Putin bilan kelishgan holda kun davomida Prigojin bilan muzokaralar olib borgani ma’lum qilindi. Belarus Prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prigojin tinchlik sulhiga rozi bo’lgan. Ammo rasmiy xabarda sulh shartlari ochiqlanmagan.

Ayrim nashrlar o’z manbalariga tayanib xabar berishicha, Lukashenko bergan taklifga ko’ra, Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinadi, Yevgeniy Prigojin va “Vagner” jangchilariga esa to’liq xavfsizlik kafolati beriladi hamda ular asosiy e’tiborini Afrikadagi loyihalarga qaratadi. Ammo hozircha bu xabarlar rasman tasdiqlanmadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🐦 Mukofot jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi President Tech Award tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda!

🐦 President Tech Award – bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi startap loyihalar tanlovi.

Asosiy yo‘nalish g‘oliblari 100, 50 va 30 ming dollarni qo‘lga kiritadi. Maxsus yo‘nalishni yutgan jamoa esa 100 ming dollar bilan rag‘batlantiriladi.

Vaqt juda oz qoldi! Tanlovga ariza topshirishga ulguring va eng yaxshi startap-loyiha yaratuvchisiga aylaning!

Ariza topshirish uchun: awards.gov.uz

Barcha savollar bo‘yicha: @PresidentTechAward
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalist hamda blogerlarni tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinka”dan xarid qilish yanada qulayroq

Kun davomida turli ishlar bilan band bo‘lib, maishiy masalalarga vaqt ajrata olmaslik – hozir ko‘pchilikning muammosi. “Korzinka Go” xizmati aynan mana shu talabga javob beradi.

Onlayn-supermarket keng assortimentdagi oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlarini taqdim etadi va ikki soat ichida tez yetkazib beradi. Ilovada kerakli mahsulotni tezda topish va xarita orqali yetkazuvchi harakatini kuzatish mumkin.

Hozircha bu xizmatdan Toshkent shahrida foydalanish mumkin, keyinchalik boshqa shaharlarda ham ochilishi kutilmoqda.

Darvoqe, “Korzinka Go”dan dastlabki uchta buyurtma bepul yetkazib beriladi. Oddiy yechimlar hayotimizni yengillashtirishi yoqimli.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uzum va Click birlashishi haqida

Tan olish kerak, O’zbekiston fintex bozorida ancha rivojlanib ketdi. Elektron to’lov tizimlari kundalik hayotimizga aylanib qoldi. Natijada bozor kattalashdi, katta bozor bor joyga yirik investorlar, ya’ni “katta o’yinchilar” ham kirib kelishi tabiiy.

Masalan, yaqindagina Gruziyaning TBC banki Payme to’lov tizimini to’liq sotib olgandi. Endi esa ularga raqobatchi sifatida Uzum hamda Click to’lov tizimi birlashayotgani haqida xabarlar chiqdi.

Katta kompaniyalarning birlashishi odatda uzoq jarayonlarni talab etadi, shunchaki bir kunda “biz birlashdik” deb e’lon qilish kifoya emas. Hali bir dunyo hujjatlar to'plamini ishlab chiqish kerak, investitsiyaviy va moliyaviy tekshiruvlar o’tkazishi kerak, barcha ikir-chikirlarini kelishib olish kerak va h.k. Shundan so’ng yana bir majburiy talab bo’ladi: barcha tegishli hujjatlarni Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga topshirish shart.

Rasmiy talablar o’z yo’liga, lekin birlashayotgan yirik kompaniyalar o'z mijozlari uchun kelgusi rejalari va o’zgarishlar haqida oldindan batafsil xabar berib turishlari maqsadga muvofiq, chunki iste’molchilar ularni nima kutayotganini bilishga haqli.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.

Shu bilan birga, o‘z hisobidan  kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. 

Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

Shuningdek, Prezident bir guruh soha xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Taqdirlaganlardan ayrimlari:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich - MTRK «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori
 
«Do‘stlik» ordeni bilan

Sadikov Xusanbori Mirganiyevich - «Mushtum» jurnali bosh rassomi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Kamilov Sardor Abduraximovich - «Milliy telekanal» bosh muharriri va prodyuseri
 
«Sog‘lom turmush» medali bilan

Fayziyev Davron Axmedjanovich - O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi boshlig‘i
 
«Shuhrat» medali bilan

Axmedov Ibroxim Raximovich - «Grand» radiostansiyasi bosh muharriri va boshlovchisi
Axmedov Qobuljon Xoliqovich - «Mening yurtim» telekanali bosh direktori
Davletova Nozimaxon Eldarovna - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Jo‘rayev Olim Ergashevich - Buxoro viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi
Ismailov Muzaffar Abdullayevich - «DaryoUz» veb-sayti rahbari
Nasirova Irodaxon Xusanovna - «Zo‘r TV» telekanalining prodyuseri va boshlovchisi
Rizayev Akbar Mansurovich - AOKA Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i
Urinbayeva Sevara Kuchkaraliyevna - Adliya vazirligining Axborot xizmati rahbari – jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

👏🏻Davlat mukofoti bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni chin dildan tabriklayman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣 Iqtisod va buxgalteriyaga ixtisoslashgan OTMda o‘qishni istaysizmi? U holda TMIIni tanlang!

❗️ Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida kirish imtihonlari 30-iyun kuni onlayn va oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Hoziroq hujjat topshiring va sifatli bilim egallab, kelajagingizga poydevor yarating.

📌 Institut haqida ko‘p uchraydigan savollarga javoblar ushbu havolada keltirilgan.

Murojaat uchun: +998712009005, @timeedubot

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 114-uy

(Litsenziya №043969-son, 19.10.2022y)

Sayt | Telegram | Instagram | Youtube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qurbonlik qilish shartlari haqida ayrim maʼlumotlar

Ertaga Arafa, indinga Qurbon Hayiti. Shu sababli ko‘pchilikka foydasi tegishi mumkin, degan ilinjda qurbonlik qilish shartlari haqidagi baʼzi maʼlumotlarni yetkazmoqchimiz.

Ushbu videoda yanada batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:

https://youtu.be/lyazA4JPKoY

Qurbonlik kimlarga vojib?

Aql-hushi joyida, balog‘atga yetgan, muqim (musofir bo‘lmagan), zakot yoki mulkida hojati asliyasidan ortiqcha 85 gr tilla (taxminan 36 mln so‘m) yoki 596 gr kumush qiymatiga teng narsasi bor kishilarga qurbonlik vojib bo‘ladi. Oila aʼzolaridan kimning zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lsa har birlari alohida qurbonlik qiladilar. “Bitta oiladan bitta qurbonlik kifoya” degan hukm yo‘q.

Qurbonlik qilish vaqti qachon?

• qurbonlik hayit namozi o‘qib bo‘lingandan keyin boshlanadi;
• hayitning uchinchi kuni quyosh botishi bilan tugaydi. 

Qaysi hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin?

Qurbonlik quyidagi hayvonlardan birini so‘yish bilan ado topadi: 🐏qo‘y, 🐐echki, 🐂qoramol va 🐫tuya.

Ushbu hayvonlardan boshqa hayvonlar (masalan, ot, xo‘roz) qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi.

Qurbonlikning qiymatini sadaqa qilish mumkinmi?

Qurbonlik talab etilgan jonliqlardan birini so‘yish orqali ado etiladi. Jonliqni so‘ymay, jonliqni yoki uning miqdoriga teng mablag‘ni berish qurbonlik hisoblanmaydi. Balki sadaqa hisoblanadi.

Qurbonlik go‘shti qanday taqsimlanadi?

Ulamolarimiz qurbonlikning go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini oila aʼzosi bilan yegani, ikkinchi qismini qarindosh-urug‘, quda-anda, tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shniga bergani, uchinchi qismini yetim-yesir, kambag‘al-muhtojlarga tarqatgani yaxshi, deyishgan. Lekin bu majburiy talab emas.

Qurbonlikdan maqsad uni so‘yishdir. Taqsimlash esa kishining ixtiyoridagi amal. Bu borada vaziyatga qarab ish tutishi ham mumkin. Masalan oilasi ko‘pchilikdan iborat bo‘lsa, hammasini o‘ziga olib qolishi, o‘ziga to‘q bo‘lsa, ko‘prog‘ini tarqatib yuborsa ham bo‘laveradi. Muhtojlarga ko‘prog‘ini tarqatishi afzalroq.

Qurbonlik go‘shtidan yoki terisini qassobga ish haqi qilib bersa bo‘ladimi?

Qurbonlikning go‘shtidan yoki terisidan yoki unga tegishli biror-bir aʼzosini qurbonlikni so‘ygan qassobga xizmat haqqi sifatida berish mumkin emas. Bunday qilinsa, qurbonlik hisobga o‘tmaydi.

Qurbonlik qiluvchi qassobning haqqini o‘z hisobidan berib bo‘lgandan keyin, qassobga ehson sifatida qurbonlikning go‘shti, yog‘i, terisi kabi narsalaridan bersa bo‘ladi.

Shuningdek, qurbonlik go‘shti va terisini sotib bo‘lmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Mudofaa vazirligi bayonoti:

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay boʻlib turgani, ammo vaziyat oʻzgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent

✅ JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman.

Ammo o’tgan yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.

Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇 Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyun kuni Toshkent metrosi tonggi soat 4 dan ish boshlaydi va doimiy jadval asosida kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

🚌 Shuningdek, bayram kuni Toshkent shahridagi 151 ta avtobus yo‘nalishlariga jami 1060 ta avtobus ishga chiqariladi. Ular soat 4:00 dan boshlaydi.

🕌 Bundan tashqari, Toshkentdagi hayit namozi o‘qiladigan 100 ga yaqin masjidlarga kelib ketishni ta’minlash uchun soat 03:00 dan soat 05:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 160 ta avtobus chiqariladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🌏 Japan Digital University 6-qabulga start berdi!

Hozirda barcha abituriyentlarni ushbu savollar qiynayotgan bo'lsa ajab emas:

⬅️Bu yil o'qishga kira olamanmi?
⬅️Olgan bilimim grantga yetadimi?

Havotirga ne hojat!

Matematika fanidan imtihon topshirib yuqori ball to'plang hamda Japan Digital University'dagi davlat yoki universitet grantini yutib olish imkoniyatini qo'lga kiriting!

(Litsenziya №0044 06.12.2021 y.)

👉 Hujjat topshirish

☎️ 71-200-05-95
📍 Lokatsiya

💬: @jdu_support

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎞 Shokir Xoliqovning “Yakshanba” filmi Shanxay xalqaro kinofestivalida e’tirof etildi.

Xoliqovning festival doirasida premyera qilingan “Yakshanba” filmi “Osiyoning yangi iqtidorlari” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va festival oltin kubogi bilan taqdirlandi.

Shanxay xalqaro kinofestivali (SIFF) A toifasida dunyoning eng nufuzli 10 ta festivallaridan biri, Osiyoning esa uchinchi raqamli yirik festivali bo’lib, 1993-yildan beri Shanxay shahrida o‘tkaziladi.

Amerikaning hollywoodreporter.com hamda variety.com nashrlarida ham Shokir Xoliqovning ushbu g‘alabasiga bag‘ishlab maqolalar e’lon qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yapon madaniyati haqida

🔘 @xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Vladimir Putin Yevgeniy Prigojinning isyonini “vatanga xiyonat” deb atadi

Rossiya prezidenti jonli efirda murojaat qildi va bu holatni “orqadan urilgan pichoq” deya baholadi. Lekin Putin o’z murojaatida Prigojin familiyasini biror marta tilga olmadi.

Biz esa o’z navbatida Rossiyada bo‘lib turgan yurtdoshlarimizga, O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilmoqchimiz. Iltimos, o‘zingizni ehtiyot qiling, imkon bo’lsa, ko‘chaga chiqmang va bu kabi voqealarga umuman aralashmang.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel