xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Namanganda 101 yoshli sinfdoshlar ovoz berishdi

Suratdagi onaxonlar Donoxon momo va Mukarramxon momo 1922-yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilishgan. Maktabda bir sinfda taʼlim olishgan. Hozirda Bahriobod mahallasida yashashadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birga Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Baliqchi tumanida 97 yoshli otaxon saylovga 60 nafar oila aʼzolari bilan keldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova bugun Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 21-saylov uchastkasiga oilaviy tashrif buyurdi. Saylovlar jarayonida ishtirok etib, ovoz berdi.

🏫 Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezidentlik saylovida ovoz berish uchun navbatini kutib turgan yurtdoshlarimiz.

O’zbekiston elchixonasi. Moskva shahri. 09.07.2023-yil.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Saylovchilar prezidentlik saylovida ovoz berish uchun uzundan-uzun navbat hosil qilishgan

Video Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Qoraqalpoq MFYda olingan.

Manba: Vodiybozor

Saylovda qatnashish uchun ko’pchilik borishi biz uchun yangilik emas, lekin bir qatorda tartib bilan navbatga turishgani favqulodda quvonarli.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan bayroqdan foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar kengaytirildi.

Jumladan:

➖ bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;

➖ sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

➖ xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

Bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilandi. Xususan:

➖ bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;

➖ biror bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish;

➖ stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash yoki tasvirlash;

➖ kiyim-kechak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;

➖ bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro‘mol, ko‘rpa-to‘shak, ichki kiyim-kechakka, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;

➖ bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

✅ Institutda asosan iqtisodga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlar bo‘lib, uni bitirgach, siz:
▫️ Bank
▫️ Moliya
▫️ Soliq
▫️ Buxgalteriya
▫️ Davlat iqtisodiyoti va shu kabi sohalarda ishlashingiz mumkin.

Hoziroq hujjat topshiring va sifatli bilim egallab, kelajagingizga poydevor yarating.

📌 Institut haqida ko‘p uchraydigan savollarga javoblar ushbu havolada keltirilgan.

Hujjat topshirish uchun: @timeedubot

Aloqa markazi: +998712009005

(Litsenziya №043969-son, 19.10.2022y)

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Urush targ’ibotchisi va moliyachisi bo’lgan Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti qoldirildi

Joriy yilning 23-oktabr kuni rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning "Xalqlar do‘stligi" saroyida konsert dasturi belgilangan edi.

Madaniyat va turizm vazirligining ma’lum qilishicha, ayrim texnik sabablarga ko‘ra, konsert dasturi qoldirilgan. Muxlislar sotib olingan chiptalar pulini tegishli tartibda qaytarib olishlari mumkin.

Grigoriy Lepsning Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi konserti ham bekor qilingan.

Ta’kidlash joiz, ushbu konsert xuddi “Jara” festivali kabi jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo’lgan edi. Sababi Grigoriy Leps Ukraina bilan urushni to’liq qo’llab-quvatlaydi va hattoki uni moliyalashtiradi ham. Shu sababli bu kabi san’atkorlarni O’zbekistonda konsert berishidan faollar norozi bo’lishmoqda va ularni boykot qilishga chaqirmoqda.

Jumladan, bloger Nurbek Alimov bu haqda shunday yozadi:

“So‘nggi paytlarda juda ko‘plab Rossiyalik artistlar o‘zbekistonga tashrif buyurishyapti. Ularni boshqa ko‘plab davlatlar boykot qilayotganligi sababli O‘zbekiston birrov kelib soqqa qilib ketish maydoniga aylangan.

Men ushbu urushni qoralagan va hattoki neytral bo‘lgan artistlarning ham bizga kelishiga absolyutno qarshimasman. Shaxsan o‘zim Rossiyaning Splin va Bi-2 rok guruhlarining konsertlariga pul sarflab bordim.

Ammo, urushni ilohiylashtirayotgan, targ‘ib qilayotgan, urushga motivatsiya berayotgan artistlar bizning betaraf harbiy doktrinaga ega bo‘lgan davlatimizga kelib, tinchliksevar xalqimizning pulini olib ketishiga va bu pullardan urushni moliyalashtirishiga shu davlat fuqarosi sifatida qarshiman. Ushbu masaladagi mening fuqarolik pozitsiyam shunday”, — deb yozgan bloger.

P/S: mening ham pozitsiyam xuddi shunday bo’lgani uchun, sizlar bilan ulashib qo’ydim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Hududlarimizda qurilayotgan uylarning 25-30 foizi professor-o‘qituvchilarga imtiyozli shartlarda beriladi.

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siz matematikani oʻrganishga qiynalasizmi? Fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlarni-chi?

Aslida, ularni oʻzlashtirish siz oʻylaganchalik murakkab emas. 

“Asaxiy Books” matematika va boshqa tabiiy fanlarni qanday qilib oson oʻzlashtirish haqida AQShlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi” kitobini oʻzbek tilida chop etdi. 

Unutmang, sizning kelajagingiz bugun olayotgan taʼlimingizga va uning sifatiga bogʻliq. Kitobni oʻqib, oʻzingizning yangi aqliy imkoniyatlaringizni oching. 

Ushbu kitob Xalq banki homiyligida tarjima qilingan.

Kitob narxi: 45 000 soʻm 
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/6494308e86a84

Buyurtmalar butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beriladi.
Kitob reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev:

Kelgusi o‘quv yilidan:

— bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz;
— magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
— kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

☑️ Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut soliqlar va soliqqa tortish, buxgalteriya va audit, iqtisodiyot, oliy matematika, ma'lumotlar ilmi va axborot texnologiyalari bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilarni quyidagi lavozimlarga ishga taklif etadi:

🫥 professor;
🫥 dotsent;
🫥 katta o‘qituvchi;
🫥 o‘qituvchi (assistent).

☎️ Vakansiyalar bo‘yicha batafsil ma'lumot: 712301628
🚀 Rezyume jo‘natish uchun: @Fiskal_Pressa

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayevga sud hukmi o'qildi

Sobiq hokim Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Shuningdek, Shuhrat Abdullayev 2 yilga muayyan huquqdan, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Pedagogik faoliyatga oid ish staji qanday aniqlanadi?
#abituriyent

Sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish staji talab etiladi:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👨🏻‍💻 Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

🖥 Abituriyentlarning mazkur toifaga kirish yoki kirmasligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimi orqali aniqlanadi.

✅ Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda vazirlikning axborot tizimi orqali staj bor yoki yo’qligi avtomat tekshiriladi.

❗️ Agar abituriyent 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lsa-yu, lekin tizimda bu tasdiqlanmasa, unda o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga (maktabga) murojaat qilishi lozim.

❇️ Boshqa pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Senat raisi Tanzila Norboyeva (nabirasi Maryam bilan), Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov (nabirasi Mirolim bilan), muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazarov hazratlari prezidentlik saylovida ovoz berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soat 11:00 holatiga 6 mln 463 ming 874 nafar saylovchi (33,54%) ovoz berishda qatnashdi — MSK.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Ulug‘bek Inoyatov poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 299-umumiy o‘rta taʼlim maktabi hududida joylashgan 427-saylov uchastkasiga oilasi bilan birga tashrif buyurib, ovoz berdi.

🏫 Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayev Toshkent shahridagi 583-saylov uchastkasiga oilasi bilan birga tashrif buyurib, ovoz berdi. 
 
🏫 Manba


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Moskva shahridagi saylov uchastkasiga prezidentlik saylovida ovoz berish uchun erta tongdan juda ko’p yurtdoshlarimiz kelgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🗳 Bugun soat 8:00 dan boshlab prezidentlik saylovida ovoz berish boshlandi. Ovoz berish soat 20:00 ga qadar davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari ro’yxati
#abituriyent

📌 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, Bilimni baholash agentligi tomonidan 3 ta majburiy fan bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi.

✅ Bunda majburiy fanlardan test sinovi abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan hududda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududda bo‘lib o‘tadi.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar qo‘shimcha yo‘nalish tanlay olmaydi. Ular FAQAT BITTA ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

​​​​Imkoniyati cheklangan shaxslar yangi agentlikka ishga taklif qilinmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vacancy.argos.uz platformasi orqali Agentlikning markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlovning 1-bosqichini e’lon qildi.

Nogironligi bo'lgan shaxslar ushbu bo'sh ish o'rinlariga ariza berishlari mumkin.

Nomzodlarga alohida talablar:
Nogironligi boʼlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan nogironlik toʼgʼrisidagi maʼlumotnomaning kasb va mehnat tavsiyalari yoziladigan qismida koʼrsatilgan tavsiya asosida tanlovda ishtirok etadi.

Vakant lavozimlar bilan tanishish:

Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi

▫ Ijtimoiy toʼlovlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

▫ Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi

Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Moliya tahlil va rejalashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

▫ Raqamli texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Nomzodlarning vakant lavozim uchun belgilangan malaka talablariga mosligini oʼrganib chiqish natijalari nomzodning vacancy.argos.uz portaldagi shaxsiy kabinetlariga xabar beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🙋 Abituriyentlar, shu yerdamisiz? Bizda qabul davom etmoqda!

❓Oʻzingiz uchun qulay tilda, hamyonbop narxlarda sifatli taʼlim olmoqchimisiz?

💡 ISFT institutida bularning barchasiga erishishingiz mumkin.

Institutda siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

👉 Xalqaro yo'nalishlar
👉 Gumanitar yo'nalishlar
👉 Moliyaviy-iqtisodiy yo'nalishlar
👉 Axborot texnologiyalari yo'nalishlari

🎓 Institutda eng yaxshi talabalar uchun 300 ta grant o‘rinlari ajratilgan.

💸 Kontrakt to‘lovini 4 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.

✅ Bizning jamoamizga qo‘shilish uchun hujjat topshiring, ariza qoldiring va batafsil maslahat oling.
Biz haqimizda sayt va @ISFTsupportbot orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

☎️ Telefon: +998-55-506-37-37
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni kunlarda bo’lib o’tayotgan Toshkentdagi xalqaro darajadagi yirik tadbirda spiker sifatida ishtirok etayotgan Jahon banki transport sho‘basining moliya mutaxassisi Konstantino Navvaro Garsiya O‘zbekiston bilan muloqotni kuchaytirish haqida ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda transport sohasiga qaratilayotgan e’tibordan xursand bo‘ldim.
O‘zbekiston bilan o‘zaro muloqotni kuchaytirishni va uning ochiqligini ta’minlashni taklif qilaman, - degan Garsiya.

Tadbirlarning muhim voqealari bilan quyidagi sayt orqali tanishib borishingiz mumkin:
https://eventhalltashkent.com


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi va ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Eng muhimi, bunda ularning ish haqi kamaytirilmaydi — Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yo‘nalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

6-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 209 ming 387 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 107 ming 027 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 102 ming 360 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Navoiy innovatsiyalar universitetiga yangi o'quv yili uchun qabul boshlandi

Hujjatlar onlayn tarzda niuedu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

📚Yoʻnalishlar:

• Turizm;
• Biologiya;
• Boshlang‘ich ta'lim;
• Maktabgacha ta’lim;
• Pedagogika va psixologiya;
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
• Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili);
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha);
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
• Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha);
• Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili);
• Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili);
• Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
• Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha);

(Litsenziya №047758, 15.09.2022-y.)

☎️ Murojaat uchun:
+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | Web-sayt
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov:

“Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chatlar hisobotga “ekildi” deb qo‘shib yozilgan;

➖ sug‘orib bo‘lmaydigan joylarga 7,3 million tup nihol o‘tqazilgan;

➖ ekilgan 1,8 million tup ko‘chatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli masʼullar belgilanmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel