Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Jumladan, ulardan ayrimlari:
Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li - Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, “Zakovat” intellektual klubi bilimdoni;
Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi - Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Urikguli» ekologik blogi asoschisi;
Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi;
Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - «Yuksalish» nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi;
Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor
📋 To‘liq ro‘yxat bu yerda:
https://uza.uz/posts/611357
Shuningdek, bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. To‘liq ro‘yxat bu yerda:
https://uza.uz/posts/611361
👉 @xushnudbek 👈
📚 Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabida qabul davom etmoqda!
30-iyun qabul kuni, 1- iyuldan esa darslar boshlanadi. O‘quvchilar 7-11-sinflarga qabul qilinadi.
🏫 Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar, o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi:
1. Biologiya;
2. Kimyo;
3. Ona tili
4. Tarix;
5. Matematika.
📌 Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.
📞Murojaat uchun: +998948553366, +998944443366, +998916590793.
📍Manzil
Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366
ibnsinoeducation3090">YouTube | Instagram | Reklama
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi BYD zavodidan chiqqan dastlabki elektromobilda o‘z imzosini qoldirdi
Davlat rahbari Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” qoʻshma korxonasini borib ko‘rdi.
Umumiy qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichida zavodda yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning uchinchi bosqichida 500 ming donagacha avtomobil ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Bugungi kunda korxonada 1200 kishi ishlaydi. Barcha uch bosqich joriy etilgach, ish oʻrinlari 10 mingtaga yetadi.
Hozirda bu yerda Chazor va Song Plus Champion modellari ishlab chiqarilmoqda. Davlat rahbari zavodda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha axborot bilan tanishdi hamda xitoylik sheriklar bilan suhbatlashdi.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️JCh-2026 3-bosqich saralash taqvimi
ℹ️ ESLATMA: ushbu bosqichda guruhda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar JCHga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. 3 va 4-o‘rinni olgan jamoalar saralashni yana davom ettiradi.
1-tur
2024-yil 5-sentyabr
🇺🇿O‘zbekiston — 🇰🇵KXDR
2-tur
2024-yil 10-sentyabr
🇰🇬Qirg‘iziston — 🇺🇿O‘zbekiston
3-tur
2024-yil 10-oktyabr
🇺🇿O‘zbekiston — 🇮🇷Eron
4-tur
2024-yil 15-oktyabr
🇺🇿O‘zbekiston — 🇦🇪BAA
5-tur
2024-yil 14-noyabr
🇶🇦Qatar — 🇺🇿O‘zbekiston
6-tur
2024-yil 19-noyabr
🇰🇵KXDR — 🇺🇿O‘zbekiston
7-tur
2025-yil 20-mart
🇺🇿O‘zbekiston — 🇰🇬Qirg‘iziston
8-tur
2025-yil 25-mart
🇮🇷Eron — 🇺🇿O‘zbekiston
9-tur
2025-yil 5-iyun
🇦🇪BAA — 🇺🇿O‘zbekiston
10-tur
2025-yil 10-iyun
🇺🇿O‘zbekiston — 🇶🇦Qatar
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivalining tantanali ochilishida ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
Renessans ta’lim universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
➖Universitetda talabgir sohalar bo‘yicha 40 ga yaqin yo‘nalishlardan birini tanlab, kunduzgi, kechki, sirtqi va ikkinchi mutaxassislik ta’lim shakllarida tahsil olishingiz mumkin.
➖RTU’da HEMIS tizimi joriy qilingan bo‘lib, davlat namunasidagi diplomni o‘z talabalariga taqdim etadi. Hozirgi kunga kelib, universitetda 10 mingdan ortiq talabalar bilim va koʻnikmalarga ega bo'lib kelmoqda.
➖Eʼtiborlisi, xalqaro hamkorlik aloqalari, xususan, Koreya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarning oliygohlari bilan talabalar alamashinuvi dasturi yo‘lga qo‘yilgan.
📋 Onlayn ariza va imtihon topshirish www.renessans-edu.uz 👈 sayti orqali boʻlib oʻtadi.
Reklama
Читать полностью…
❗️2024-yilning 5 oyi davomida 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan
Ushbu hodisalar natijasida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan.
O‘tgan 2023-yilda esa bolalar bilan bog‘liq 1 ming 794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 ming 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan.
Umumiy hisobda o‘tgan yil davomida sodir etilgan 9 ming 839 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 ming 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 ming 282 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda
#abituriyent
Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.
✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Buranov Sherbek Erkinovich Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati edi.
***
Narpayning avvalgi hokimi Raxmanov Sherzod Shuxratovich esa Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024
“C” guruhida 🏴Angliya terma jamoasi 🇸🇮Sloveniya bilan nursiz durang oʻynab, guruh peshqadamligini saqlab qoldi. 🇩🇰Daniya ham 🇷🇸Serbiya bilan 0:0 o'ynadi.
Natijada Daniya va Sloveniyada bir xil ochko va hattoki bir xil toʻplar nisbati yuzaga keldi. Oʻzaro oʻyinda ham ikki jamoa durang oʻynagan edi. Bunday vaziyatda reglamentga koʻra, intizomga qaraladi. Sariq kartochkalar soni kamligi hisobiga Daniya 2-oʻringa koʻtarildi, Sloveniya 3-oʻrinda qoldi. Lekin ikkalasi ham pley-offga yoʻl oldi.
“D” guruhida 🇫🇷Fransiya soʻnggi turda 🇵🇱Polshani yenga olmay, ikkinchi oʻringa tushib qolgan boʻlsa, guruh autsayderi sifatida qaralgan 🇦🇹Avstriya qiziqarli kechgan bahsda 🇳🇱Niderlandiyani magʻlub etib, birinchi oʻrin bilan keyingi bosqichga chiqdi.
Shu tariqa, chorak finaldayoq 🇪🇸Ispaniya 🇩🇪Germaniya bilan, 🇵🇹Portugaliya esa 🇫🇷Fransiya bilan toʻqnash kelish ehtimoli paydo boʻldi. Mana shu 4 ta jamoadan ikkitasi yarim finalga ham chiqa olmasligi aniq.
🇪🇺 25-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasi:
🇳🇱 Niderlandiya 2:3 🇦🇹 Avstriya (D guruhi)
Gollar: Malen 5’ (avtogol), Gakpo 46’, Shmid 59’, Depay 75’, Zabitser 80’.
🇫🇷 Fransiya 1:1 🇵🇱 Polsha (D)
Gollar: Mbappe 56’ (penalti), Levandovskiy 79’ (penalti).
23:59 🏴 Angliya 0:0 🇸🇮 Sloveniya (C)
23:59 🇩🇰 Daniya 0:0 🇷🇸 Serbiya (C)
➖➖➖➖➖➖➖
Bugungi uchrashuvlar:
21:00 🇺🇦 Ukraina — 🇧🇪 Belgiya (E)
21:00 🇸🇰 Slovakiya — 🇷🇴 Ruminiya (E)
00:00 🇬🇪 Gruziya — 🇵🇹 Portugaliya (F)
00:00 🇨🇿 Chexiya — 🇹🇷 Turkiya (F)
“E” guruhida soʻnggi tur oldidan barcha jamoalarda uchtadan ochko bor.
“F” guruhida esa 🇵🇹Portugaliya muddatidan avval 1-oʻrinni kafolatlagan. Qolgan 3 ta jamoada nimchorak finalga chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Bugungi oʻyinlar bilan Yevropa chempionatining guruh bahslariga yakun yasaladi. Pley-off oʻyinlari 29-iyundan start oladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bir guruh jurnalistlar davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.
• «Mehnat shuhrati» ordeni bilan
• «Do‘stlik» ordeni bilan
• II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
• «Sog‘lom turmush» medali bilan
•
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
•
«Shuhrat» medali bilan
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni ertaga amalga oshirsa ham bo'ladi
#abituriyent
Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati ertaga, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilandi.
Ertadan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Hujjat topshirish esa birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 23:59 da yakunlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar soni 850 mingdan oshdi (soat 18:00 holatiga).
Shundan:
joriy yil bitiruvchilari — 403 ming 751 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 446 ming 373 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar — 407 ming 948 nafar;
👩🏻🔧 ayollar — 442 ming 176 nafar.
‼️ESLATMA: ro’yxatdan o’tish bugun soat 23:59 da tugaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Fan va texnologiyalar universitetida qabul jarayonlari boshlandi! Hozirdan talaba boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!
Taʼlim grantini yutib olish, stipendiya olish, kontraktni yil davomida boʻlib toʻlash va asosiysi – zamonaviy muhitda sifatli taʼlim olish. Bularning hammasi Fan va texnologiyalar universitetida mujassam.
Shoshiling, joylar soni cheklangan!
👉🏻 12 ta taʼlim yoʻnalishi;
👉🏻 kontrakt 12,6 mln soʻmdan boshlanadi.
🔔 Onlayn hujjat topshirish: qabul.usat.uz
📲 Bogʻlanish uchun telefon: 78-888-38-88 yoki @usat_admins
Universitet telegram kanali: @usatuzb
📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)Reklama
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida KPMG akademiyasi tashkil etiladi
Bu haqida 20-iyun kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytildi. Bunda, KPMG konsultantlari malaka oshirish kurslarini tashkil qilib, talabalarga ACCA va CFA yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berishadi.
Uchrashuvda tomonlar, shuningdek, LMS tizimini tashkil etish hamda KPMG faoliyatiga doir laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.Reklama
❗️1-sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oy 100 foizgacha ustama to‘lanadi
Bu 22-iyun kuni qabul qilingan Prezident farmonida ko‘zda tutilgan. Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrgacha:
🔹 ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
🔷 Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:
➖ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;
➖o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
2025-yili Samarqandda BMTning Davlat xizmatlari forumi o‘tkaziladi
Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumida UNDESA rahbari – BMT bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua tomonidan ushbu xalqaro tadbir kelasi yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Mazkur forum davlat boshqaruvi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim global tadbir hisoblanadi.
Forumda AKT vaziri Sherzod Shermatov ham nutq so’zlab, barchani O’zbekistonga taklif qildi.
👉 @xushnudbek 👈
iBookuz “Fikrlaydigan millat” loyihasini eʼlon qiladi!
📌 Loyiha maqsadi saviyali adabiyotlarni keng koʻlamda targʻib qilish va kitobxonlarni ragʻbatlantirishdan iborat.
Tanlov shartlari:
1. 2 oy ichida uchta kitobni o‘qib, ular asosida tuzilgan testlarni yeching;
2. Testdan eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar ishtirokchidan biriga aylaning va finalga yo‘l oling;
3. Final bosqichida uchta kitobdan biri asosida videotaqriz tayyorlang va g‘olib bo‘ling.
Sovrinlar:
✈️ 1-o‘ringa: Turkiyaga 2 kishilik sayohat paketi;
💻 2-o‘ringa: noutbuk;
📱 3-o‘ringa: smartfon va 🎁 boshqa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar
📄 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish ushbu bot orqali amalga oshiriladi:
@fikrlaydiganmillat_bot
🚛 Barcha kitoblarni 176.000 so‘mga BEPUL yetkazib berish xizmati bilan xarid qilishingiz mumkin!
📥 Buyurtma uchun:
Admin | @iBook_Uzbekistan
Call orqali | +998971891199
@ibook_uz Reklama
O’zbekiston “A” guruhida!
2026-yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’a biz uchun birmuncha omadli keldi desak ham bo’ladi. Xudo xohlasa, bu guruhdan to’g’ridan-to’g’ri JChga chiqamiz!
“A” guruhi
1. 🇮🇷Eron
2. 🇶🇦Qatar
3. 🇺🇿O’zbekiston
4. 🇦🇪BAA
5. 🇰🇬Qirg’iziston
6. 🇰🇵KXDR
“B” guruhi
1. 🇰🇷Janubiy Koreya
2. 🇮🇶Iroq
3. 🇯🇴Iordaniya
4. 🇴🇲O’mon
5. 🇵🇸Falastin
6. 🇰🇼Kuvayt
“C” guruhi
1. 🇯🇵Yaponiya
2. 🇦🇺Avstraliya
3. 🇸🇦Saudiya Arabistoni
4. 🇧🇭Bahrayn
5. 🇨🇳Xitoy
6. 🇮🇩Indoneziya
👉 @xushnudbek 👈
#Euro2024
“E” guruhida kamdan-kam uchraydigan holat roʻy berdi. Soʻnggi turda oʻtkazilgan ikkala oʻyinda ham durang natija qayd etilib, barcha jamoalar bir xil – 4 tadan ochko jamgʻardi. Turnir reglamentida belgilangan qoʻshimcha koʻrsatkichlar hisobigagina 🇧🇪Ruminiya 1-oʻrin, 🇧🇪Belgiya 2-oʻrin hamda 🇸🇰Slovakiya 3-oʻrin bilan pley-offga yoʻl oldi. 🇺🇦Ukraina esa qolgan jamoalar bilan bir xil ochko jamgʻargan boʻlsa ham, to’plar nisbati evaziga guruhda qolib ketdi.
“F” guruhida muddatidan avval nimchorak final masalasini hal qilgan 🇵🇹Portugaliya ikkinchi tarkib bilan o’ynab, 🇬🇪Gruziyaga 2:0 hisobida mag’lub bo’ldi. 🇹🇷Turkiya esa 🇨🇿Chexiyaga qarshi dramatik kechgan bahsda 2:1 hisobida g’alaba qozonib, 2-oʻrin bilan keyingi bosqichga chiqdi. Oʻz tarixida ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan 🇬🇪Gruziya ham dastlabki mavsumning oʻzida guruhdan chiqdi.
🇪🇺 26-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:
🇺🇦 Ukraina 0:0 🇧🇪 Belgiya (E guruhi)
🇸🇰 Slovakiya 1:1 🇷🇴 Ruminiya (E)
Gollar: Duda 24’, Marin 37’ (penalti)
🇬🇪 Gruziya 2:0 🇵🇹 Portugaliya (F)
Gollar: Kvaratsxeliya 2’, Mikautadze 57’ (penalti)
🇨🇿 Chexiya 1:2 🇹🇷 Turkiya (F)
Gollar: Chalxanogʻlu 51’, Souchek 66’, Tosun 90’.
➖➖➖➖➖➖➖
Nimchorak final juftliklari:
29-iyun, shanba
21:00 🇨🇭 Shveytsariya — 🇮🇹 Italiya
23:59 🇩🇪 Germaniya — 🇩🇰 Daniya
30-iyun, yakshanba
21:00 🏴 Angliya — 🇸🇰 Slovakiya
23:59 🇪🇸 Ispaniya — 🇬🇪 Gruziya
1-iyul, dushanba
21:00 🇫🇷 Fransiya — 🇧🇪 Belgiya
23:59 🇵🇹 Portugaliya — 🇸🇮 Sloveniya
2-iyul, seshanba
21:00 🇷🇴 Ruminiya — 🇳🇱 Niderlandiya
23:59 🇦🇹 Avstriya — 🇹🇷 Turkiya
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Osiyoda JCH-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlanadi.
18 ta jamoa 3 ta guruhga bo‘linadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada 3-savatdan o‘rin oladi.
Savatlar tarkibi:
1-savat: Yaponiya, Eron, J.Koreya;
2-savat: Avstraliya, Qatar, Iroq;
3-savat: S.Arabistoni, O‘ZBEKISTON, Iordaniya;
4-savat: BAA, O‘mon, Bahrayn;
5-savat: Xitoy, Falastin, Qirg‘iziston;
6-savat: KXDR, Indoneziya, Kuvayt.
❗️VIKTORINA: sizningcha, O’zbekiston raqiblari qaysi jamoalar bo’ladi? Beshala raqibimizni ham birinchi bo’lib, to’g’ri topgan ishtirokchiga sovg’a bor.
Taxminlaringizni bu yerga yozishingiz mumkin:
/channel/xushnudbekuz/1649
ESLATMA: ushbu bosqichda guruhda dastlabki 2 ta o‘rinni egallagan jamoalar JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 3 va 4-o‘rinni olgan jamoalar esa saralashni yana davom ettiradi.
👉 @xushnudbek 👈
Kibersport bilan shug’ullanish uchun qulay imkoniyat.
Bizning universitetda kompyuter o’yinlariga alohida e’tibor beriladi. Hozirgi kunda CS2 jamoasi musobaqalarda qatnashib kelmoqda.
Boshqa ommaviy kibersport o’yinlarida ko’nikmalarga ega bo’lgan talabalarni jamoaga taklif qilamiz. Universitetning o’zida shug'ullanib, musobaqalarga tayyorlanish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan.
2024-2025-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda.
👉Ro’yxatdan o’tish uchun umft.uz/reception
💻 UMFT — kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor.
📄 Litsenziya (№056206; 09.11.2022)
Manzil
☎️ +998555068888 | +998555208888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin | Reklama
‼️ESLATMA: abituriyentlar bugun to‘lovlarni amalga oshirishi shart
#abituriyent
Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.
Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Ma’lumotlarga ko’ra, ko’pchilik abituriyentlar to’lovlarni amalga oshirmagan. Bu esa testga kiradiganlar sonini yanada kamaytiradi.
👉 @xushnudbek 👈
TIFT universitetida 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda
Rivojlanish, muvaffaqiyatga erishish, karyera qilish uchun o‘z sohasining bilimlarini yaxshi o‘rganish va o‘zlashtirish muhim.
TIFT universiteti Sizga zamonaviy va sifatli ta'lim, malakali professor-o‘qituvchilardan bilim olish, shuningdek, ajoyib ta’lim muhitini taklif etadi.
Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot
📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahri Mirobod tumani Amir temur shoh ko‘chasi 15-uy.
☎️ Batafsil ma’lumot uchun:
+998712029229
Litsenziya (№216331, 03.11.2022)
TIFT — Orzularga yetaklaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | tiftuniversity">Youtube | Ta’lim reklamasi
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent
Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan:
joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar;
👩🏻🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar.
Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi.
Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):
2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
2024-yil — 894 ming 279 nafar.
👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlar diqqatiga! Jamg’arma miqdori 1,5 milliard so’mlik GRANT eʼlon qilindi
Qarshi shahar Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti abituriyentlar uchun 1,5 milliard so’m qiymatli grant e’lon qildi.
🏅Tanlov imtihon shaklida bo’lib o’tadi, g’oliblar ballar kesimida aniqlanadi hamda Iqtisodiyot va pedagogika Universitetida tahsil olish uchun grant bilan taqdirlanadi.
Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.
Ro’yxatdan o’tish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
• Biometrik passport/ID karta
• Attestat yoki kollej/litsey diplomi
🔗 Hujjat topshirish
Yo’nalishlar
Batafsil ma’lumot
📄 Litsenziya (№194419; 16.08.2022)
📞Murojaat uchun: +998781131919
Instagram | Telegram | Website | Reklama
Qo‘shimcha eslatma!
#abituriyent
Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar ham my.uzbmb.uz sayti orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yildan OTM va professional ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Oldingidek kollej/texnikum uchun alohida ro‘yxatdan o‘tilmaydi. Kirish imtihonlari ham bir marta o‘tkaziladi va unda to‘plagan bali bilan xohlasa OTMga, xohlasa kollej/texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin.
Ya’ni hujjat topshirish ham, imtihon ham bitta bo’ladi.
Test natijalari chiqqach, dastlab OTMga kirmoqchi bo’lganlar beshta yo’nalish tanlaydi. Mandat natijasiga ko’ra, bironta oliygohga kira olmasa, undan keyin xohlaganlar o’sha imtihonda to’plagan bali bilan kollej/texnikumni tanlaydi.
Bir o’q bilan ikki quyonni urish, deb aytsa ham bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
❗️ Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi harakatlar sodir etgan shaxslar mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topiladi.
✅ Bunday shaxslar O‘zbekistondan deportatsiya qilinadi va besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi uchun yaratilgan motivatsion videoklip tizeri taqdim etildi
Tarixda birinchi bor Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Uzbekistan's Club» tashabbusi bilan «Men Oʻzbekistonliknman – qonimda gʻalaba» shiori ostida jamoa madhiyasi uchun motivatsion videorolik suratga olinib, uning tizeri namoyish qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent
Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.
Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.
Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.
❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?
Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.
Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.
Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.
Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.
Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.
‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.
Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.
ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/24148
👉 @xushnudbek 👈