xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

#Euro2024

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya 🇨🇭Shveytsariyaga qarshi oʻyinda birinchi boʻlib gol oʻtkazib yuborgan boʻlsa-da, oʻyin yakunida hisobni tenglashtirib, penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl oldi.

Turkiya prezidenti Erdo’g’an bevosita stadiondan kuzatgan 🇹🇷Turkiya va 🇳🇱Niderlandiya oʻrtasidagi bahs esa kunning birinchi chorak final oʻyinidan farqli oʻlaroq keskin kurashlar ostida oʻtdi. Turkiya birinchi boʻlib hisobni ochdi. Ammo Niderlandiya ajoyib kambekni amalga oshirib, gʻalabani ilib ketdi va keyingi bosqichga chiqdi.

🇪🇺 6-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya 1:1🇨🇭Shveytsariya
(Penaltilar seriyasi: 5:3)

Gollar: Emboli 75’, Saka 80’.

🇳🇱Niderlandiya 2:1 🇹🇷Turkiya

Gollar: Akaydin 35’, De Vrey 70’, Gakpo 76’.

➖➖➖➖➖➖➖

Yarim final juftliklari:

9-iyul
23:59 🇪🇸Ispaniya — 🇫🇷Fransiya

10-iyul
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, soat 12:00 da “Lolazor” podkastida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin.

Unda qabul jarayonlari, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat grantining yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi kabi mavzularda suhbat qildik.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mamlakatimizda professional kadrlar muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Oʻz ishining ustalari, haqiqiy mohirlari hamma sohada yetishmayotgani sezilib turibdi.

Butun dunyoda jamiyat va mamlakat taqdiri undagi mohirlar, haqiqiy professionallar, oʻz ishining ustalariga bogʻliq.

Mohir va buyuk insonlarning buyukligi nimada? Ular qanday qilib barcha tomonidan tan olingan mahoratga erishgan? Inson oʻzidagi isteʼdodlarni qanday rivojlantirsa butun jamiyatga naf keltiradigan ijodkor, olim, shifokor, sanʼatkor, tadbirkor yoki hunarmandga aylanadi?

“Asaxiy Books” nashriyoti Robert Grinning “Mahorat” kitobini o’zbek tilida chop etdi. Kitobda biror sohada chinakam professionalga aylanish uchun qanday koʻnikmalar zarurligi tushuntiriladi.

Ushbu kitobning mutolaasi insonlarni oʻz ishining ustasi, haqiqiy professional boʻlishga undaydi va ular uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Kitob bugundan Asaxiy internet-do’koni va Asaxiy’ning kitob doʻkonlari orqali sotuvda: asaxiy.uz/u/Xushnudbek

Kitob reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni 🇮🇷Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida  mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni damda xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Unda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Biznes-ombudsman, Soliq qo’mitasi rahbarlari ishtirok etyapti.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2 ming 591 ta xususiy bogʻchada 166 ming 257 nafar tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda. Xususiy bogʻchalar soni 2017-yilga nisbatan 13,3 baravarga oʻsdi.

Shuningdek, 488 ta xususiy maktabda 82 ming 889 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Xususiy maktablar 7 yil ichida 16,2 baravarga koʻpaygan.

Bundan tashqari, mamlakatimizda 1 ming 755 ta oʻquv markazi faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuv YouTube orqali tog‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Euro2024

🇪🇸 Ispaniya 🇩🇪 Germaniyaga qarshi kechgan ogʻir oʻyinda qoʻshimcha vaqtlarda gʻalabani ilib ketdi va yarim finalga yoʻl oldi. 🇫🇷 Fransiya esa penaltilar seriyasida 🇵🇹 Portugaliyani magʻlub etdi.

🇪🇺 5-iyul kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari:

🇪🇸 Ispaniya 2:1 🇩🇪 Germaniya

Gollar: Dani Olmo 51’, Florian Virts 89’, Mikel Merino 119’.

🇫🇷 Fransiya 0:0 (p.s. 5:3) 🇵🇹 Portugaliya

➖➖➖➖➖➖➖

Bugun boʻlib oʻtadigan oʻyinlar:

21:00 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliya — 🇨🇭Shveytsariya
23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🇹🇷Turkiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TIFT Universitetida yangi o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Universitet o‘qituvchilari kasbga fidoyilik bilan yondashadi va kelajakdagi liderlar hamda raqobatda ustun kadrlarni tayyorlaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️
Batafsil ma’lumot uchun
+998712029229

Litsenziya (№216331, 03.11.2022)

Telegram |Instagram | Facebook | tiftuniversity">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yana bir bolajon mashina tagida qolib o‘ldi: ko‘z yoshlarning og‘irligi yo‘q

Navoiydagi voqeani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qigan/ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. 8 yoshli qizaloq piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotganda tezlikda o‘zaro poygalashgan 2 ta mashina urib yuboribdi, bittasi ustidan bosib ketganga ham o‘xshadi. Dilingizni xira qilmaslik uchun videosini joylab o‘tirmayman.

Afsuski, bunaqa holatlarni keskin kamaytira olmayapmiz, chunki buni chin dildan xohlab, harakat qiladigan mardlar topilmayapti.

Yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashga oid jiddiy choralar ko‘rish paytida shu soha tepasidagi mas’ullar ham, Hukumat vakillari ham ijtimoiy tarmoqdagi “avtoterrorist”larning oh-vohidan xavotir oladi va qo‘rqqanidan ular bilan hisoblashadi.

Aslida esa Hukumat shahar ichida 170 tezlikda yuradigan “avtoterrorist”lar bilan emas, aksincha qoidabuzarlar tufayli farzandini, ota-onasini va boshqa jigarlarini yo‘qotgan fuqarolar bilan hisoblashishi kerak edi. Ularning dardini eshitishi va boshqa qaytarilmasligi uchun keskin choralar ko‘rishi shart edi.

Afsuski bizda unday emas. Ming afsus.

O‘zi tinimsiz radarga tushib, keyin videoda “voy-dod, oyligim kam, endi bu jarimani qanday to‘layman” deb yig‘laydigan ahmoqlar, qancha ko‘p qoida buzganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘z-ko‘z qilib, maqtanadigan mashhur kaltafahm san’atkor va blogerlar, qonunlarga qanchalik tupurib qo‘yganini ko‘rsatishga urinadigan kattakonlarning betayin arzandalari O‘zbekistonda tarozi pallasini ko‘proq bosib yubormoqda. Ularning toshi og‘ir, bolasini yo‘qotganlarning ko‘z yoshlari esa yengil kelmoqda.

Afsus, ming afsus…


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Raqobat qo‘mitasi elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi

Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi.

Iste’molchilar yuqoridagi kabi muammoli holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2024-2025-o‘quv yili uchun Profi University’ga qabul davom etmoqda!

• Eng aktual yo‘nalishlar;
• Sifatli va qulay ta’lim;
• Davlat granti va universitet stipendiyasi;
• Xalqaro ta’lim.

Bu imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting. Profi University’ga kirish uchun so‘nggi imtihonlardan navbatdagisi 10-iyul kuni o‘tkaziladi.

O'tgan imtihondagi natijalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

📌 Ro’yxatdan o’tish uchun: https://profiuniversity.uz/?ref=MklB
☎️Murojaat uchun: 78-777-11-11 yoki @profiqabul

📍Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

@profiuniversity
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nataniel Hotorn. Soyabon ostida (hikoya)

Izoh
: Uzoq vaqt adashgan qismatim kaftida aldangan yosh boladek giryon aylanaman, har devorga bosh urib oʼzimni topib olgim, soʼqqabosh va darveshona hayotimga tezroq xotima yasagim keladi. Yo Tangrim, noshukrlik qilmay, oʼzing kechir! Shubha yoʼqki, menga oʼxshash daydilar yer yuzida anchagina boʼlsa kerak, axir odamlar bir-birlariga benihoya oʼxshaydilarku!

📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/nataniel-hotorn-soyabon-ostida" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/nataniel-hotorn-soyabon-ostida

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/Lr87-sowLXA

💬Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇰🇬 O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati aholisi uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi.

3-iyul kuni O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjarbek Zuparov boshchiligidagi delegatsiya hamrohligida yuk mashinalaridagi mahsulotlar qo‘shni mamlakatga yetkazib berilgan.

Mahsulotlar orasida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Ostona shahrida ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Davlat rahbari sammit ishtirokchilarini qutlar ekan, Qozog‘istonning ShHTga raisligi natijalarini yuqori baholadi, shuningdek, Belarusni tashkilotga a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Abituriyentlar diqqatiga

1️⃣PDP University asoschisi Odilbek Mirzayev va bir qator muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan birgalikda “Kelajagingizni belgilaydigan Universitet tanlash” mavzusida ta’lim marafoni tashkil qilinadi.

Ushbu marafonda siz:

hayotingizni va ta’limingizni qanday rejalashni;
• universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini;
• qanday qilib GRANT asosida talaba bo’lish mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin.

📆Ta’lim marafoni 10-11-12-iyul kunlari bo’lib o’tadi.

Quyidagi havola orqali mazkur marafonga qo’shilish mumkin 👉 https://bit.ly/3W7fLsk

Litsenziya (029302-son, 07.06.2022y.)

Batafsil | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

Bu haqdagi tegishli qonun Prezident tomonidan imzolangan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ bo‘ladi. Litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming so‘m) etib belgilandi.

Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) etib belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun soat 12:00 da. “Lolazor”da.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

DXX: Prokuratura va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi

Toshkent shahar prokuraturasining ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi katta prokurori hamda uning vositachisi bo‘lgan, Toshkent shahridagi sug‘urta markazi rahbari protsessual tartibda ushlangan. Ular 150 ming AQSh dollari evaziga qayta ekspertiza tayinlatish bo‘yicha tergovchining qarorini chiqartirish, ekspertiza xulosasini pul beruvchi shaxsning foydasiga ijobiy hal qilib berishga oid ishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Boshqa bir holatda Surxondaryo viloyati prokuraturasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori o‘tkazilgan tezkor tadbirda talab qilgan 28 ming AQSh dollaridan 10 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yong‘inga qarshi profilaktikasi katta inspektori boshqa hamkasbi orqali ishni hal qilishni aytib, 12 ming AQSh dollari talab qilib, avvalroq 3 ming dollar oladi.

Tezkor tadbirda, u 2900 dollarni o‘zining hamkasbiga bergan vaqtida ushlandi.

Hozirda katta inspektorga nisbatan JK 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🙈🙉🙊

Xususiy ta’limga oid uchrashuvda shuncha kattakon yig‘ilgan ekan, unda 1 yarim yildan buyon xususiy universitetlarga litsenziya berish og‘zaki topshiriq bilan noqonuniy to‘xtatib qo‘yilganiga oid masalani ham ko‘rib chiqishsa yomon bo‘lmasdi.

Sun’iy o‘rnatilgan moratoriy sabab qancha tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani, universitet uchun bino qurib, uni jihozlab, xodimlarni ishga olib, millionlab dollar sarflab, lekin 1 yarim yildan buyon noqonuniy topshiriq tufayli sarson bo‘lib yurgani kimnidir qiziqtiradimi o‘zi?

Biznes ombudsman tirikmi? Prokuratura ishlayaptimi? Savdo-sanoat palatasiga qiziqmi bu? Shuncha tadbirkorlik subyekti ochilmasdan, boy berilayotgan soliqlar Soliq qo‘mitasini o‘ylantirmasa kerak-a?

Yoki hamma ko‘r, hamma kar, hamma soqovmi? Tepadan buyruq tushgan, o‘shanchun o‘raga sichqon tushdi guldur-gupmi buyog‘i?

Qoyiley sizlarga, janob mas’ullar. Shunchaki qoyil.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

ALFRAGANUS universitetida bakalavriat yoʻnalishlari va magistraturaga qabul davom etmoqda

🎓 Magistratura mutaxassisliklari:

➖ Kompyuter injiniringi
➖ Dasturiy injiniring
➖ Sun’iy intellekt
➖ Lingvistika
➖ Sport faoliyati
➖ Turizm
➖ Iqtisodiyot
➖ O‘zbek tili va adabiyoti
➖ Falsafa
➖ Pedagogika

📚 Bakalavriat yo‘nalishlari (tibbiyot)

▫️ Davolash ishi
▫️ Pediatriya ishi
▫️ Stomatologiya
▫️ Farmatsiya
▫️ Sanoat farmatsiyasi

❇️ Shuningdek:
- Iqtisodiyot
- Turizm
- Pedagogika
- Ijtimoiy fanlar
- Filologiya
- Raqamli texnologiya
- Jismoniy tarbiya va sport

👉Batafsil

📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)

Hujjat topshirish:👇

▪️
Hujjat topshirish: http://qabul.alfraganusuniversity.uz/

▪️ O’qishni ko’chirish: http://transfer.alfraganusuniversity.uz/

▪️ Qabul boti: @AfuQabulBot

☎️ +99878 122 75 57
📞 @Alfraganus_callcenter

📍 Manzil

Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar soni 90 mingga kamaydi. 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berildi
#abituriyent

❌ Joriy yilda jami 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Lekin taxminan 90 ming abituriyent to’lovlarni amalga oshirmagan. Shu sababli ularga testga kirishga ruxsat berilmadi.

✅ Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 ming 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar edi).

📍Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 ming 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 ming 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 ming 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Senatda chang bosib yotgan kerakli, ammo xato qonun haqida

Eng qizig‘i, biz bor narsani ham eplab oxiriga yetkaza olmaymiz. Butun boshli Konstitutsiyaga qarshi ish qilayotgan bo‘lsak ham, tomoshabin bo‘lib turaveramiz.

Masalan, o‘tgan yili haydovchilar uchun jarima ballari tizimini joriy etishga oid qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi. Aslida bu tizim 2022-yil 1-dekabrda ishga tushishi kerak edi, bu haqda Prezident qarorida aytilgandi. Lekin 1 yarim yildan buyon qaror talabini bajarishmayapti. 2023-yil noyabr oyiga kelib, bu haqdagi qonun Parlamentda ko‘rib chiqilishni boshladi.

Ming afsuski, mana shu yaxshi qonunni ham boshiga yetishdi. Eng avvalo ayrim mansabdorlar qonunning ichiga umuman mazmunan mos kelmaydigan Konstitutsiyaga zid bitta moddani qo‘shib yuborishgan. Ya’ni organ xodimini video va fototasvirga olib, Internetga joylash mumkin emas, degan qoidani tiqishgan. Vaholanki, bu qoida Konstitutsiyadagi axborot olish va tarqatish hamda so‘z erkinligiga zid. Ichki ishlar vazirligi qilganmi buni yoki boshqa tashkilotning buyurtmasi bo‘lganmi, ma’lum qilinmadi.

Eng qizig‘i ushbu qonun uchun namuna olindi deb aytilgan Fransiyadagi qonunni Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bekor qilish haqida qaror chiqargan, chunki bu fransuzlarda ham Konstitutsiyaga zid deb topilgan.

Ming afsuski, Parlamentimizdagi deputatlar ushbu yaxshi maqsaddagi qonunni mana shu rasvo moddasi bilan birga qo‘shib qabul qilishdi. Bu haqiqiy sharmandalik bo‘ldi. Birorta deputat savol ham bermagan, ichiga kirib o‘rganmagan bo‘lsa ham kerak.

Va bu qonun Senatga kelganda, xayriyatki, to‘xtab qoldi. Senatorlarda vijdon uyg‘onib ketdimi yoki jamoatchilik bosimidan keyin to‘xtatish haqida topshiriq bo‘ldimi, Xudo biladi. Ham quvonarli, ham qayg‘uli xabar shuki, mazkur qonun haligacha Senatda turibdi.

Quvonarlisi — organ xodimini tasvirga olib tarqatish mumkinmasligi haqidagi ahmoqona modda kuchga kirib ketmadi. Hali umid bor, demak, tushunadigan va aqlli insonlar bu qonunni o‘tkazdirmay turishibdi.

Qayg‘ulisi — to‘xtab qolgan qonun tufayli suv va havodek kerak bo‘lgan jarima ballari tizimi ham kuchga kirmayapti. Qonunni rad qilib, orqaga qaytarish uchun senatorlarda jur’at va kuch yetishmayapti. Mana shu joyiga kelganda qo‘rqoqlik qilishmoqda. Va eng qizig‘i, bu jur’atsizlik Konstitutsiyaga zid kelmoqda. Sababi Konstitutsiya bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senat tomonidan 60 kun ichida yoki ma’qullanishi, yoki rad etilishi kerak edi. Bu muddat fevral oyining boshidayoq tugab bo‘lgan. Oradan 5 oy vaqt o‘tdi, lekin haligacha yangilik yo‘q.

Konstitutsiyaning buzilayotganini hamma ko‘rib turibdi, lekin hech kim indamayapti.

Ochig‘i men bu qonun bo‘yicha ko‘p ham bosim qilishni xohlamayotgan edim, chunki bizda shunaqa bosim bo‘lsa, "tezda tasdiqlavoraylik" deb qolishlari mumkin va haligi ahmoqona modda ham kuchga kirib ketishi hech gap emas.

Lekin ko‘p kuta olmaymiz ham. Har kuni yo‘llarimizda bolalar o‘lyapti axir.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida qabul davom etmoqda!

👍 AIFUda ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilardan zamonaviy jihozlangan oʻquv xonalarida bilim olish, barcha qulayliklarga ega talabalar turar joylari hamda taʼlim grantlariga ega boʻlish kabi koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlasiz.

Bakalavriat yoʻnalishlari:
- xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (kunduzgi);
- tarix (kunduzgi va sirtqi);
- iqtisodiyot (kunduzgi va sirtqi);
- psixologiya (kunduzgi va sirtqi).

Magistratura mutaxassisliklari:
- xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
- tarix;
- psixologiya;
- matematika.


📥 Onlayn ariza topshirish:
qabul.aifu.uz
Telegram-Bot

📞 Qoʻshimcha maʼlumot:
+998785552121

📑 Litsenziya

🚀 Telegram | 🌐 Veb-sayt |Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Adliya katta maslahatchisi Ibroximov Baxtiyor Toyirjonovich Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5-6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyatsiyasi boʻyicha ish qoʻzgʻatildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha sun’iy oshishiga sabab bo‘lgan.

Hozirda “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Oʻzbegim Development” bilan orzular sari yana bir qadam!✨

Muddatli toʻlov 24 oyga boshlangʻich toʻlovsiz.

🏠Xususiyatlari:
• Uy devorlari – gazoblok;
• Xonalar boʻlingan;
• Shift balandligi – 3,20 metr.
• Qavatlar soni – 14

Majmuani topshirish muddati - 2025-yilning 1-choragi.

📞 Telefon: +998955110009
+998900090009

🖥 Onlayn murojaat: Oʻzbegim Development

🌐 Rasmiy sayt | Instagram

📍Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 67-uy.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xo‘jayev Ma’rufxon Maqsudovich “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

U bunga qadar Andijon viloyati prokurori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Tashabbusli byudjet”da ovoz berish vaqti 10 kunga kamaytirildi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 6-iyuldan start oladi. 2-mavsumda muddatlar va bosqichlar bilan bog’liq ayrim o’zgarishlar kiritilgan.

Jumladan, ko’plab takliflarni inobatga olib, endilikda ovoz berish muddati 10 kun etib belgilangan. Avval bu muddat 20 kun edi.

Shuningdek, joriy mavsumdan boshlab tashabbuslarni targ’ibot qilish uchun alohida 1 haftalik muddat berilmoqda. Avvallari tashabbuslar moderatsiyadan o’tgach, ertasi kuniyoq ovoz berish boshlanib ketar edi. Endilikda moderatsiyadan so’ng targ’ibot uchun 1 hafta beriladi va bu davrda ovoz berish imkoni bo’lmaydi.

2024-yil 2-mavsumi muddatlari quyidagicha:

1️⃣Loyihalar kiritish: 6–26-iyul;
2️⃣Loyihalarni saralash: 26-iyul–15-avgust;
3️⃣Targ‘ibot qilish: 15–22-avgust;
4️⃣Ovoz berish: 22-avgust–1-sentabr.

✅ Ushbu mavsum uchun jami 2 trln so‘mdan ortiq mablag’ yo‘naltiriladi!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi. Endi bog‘chalar bilan kim shug‘ullanadi?

Prezidentning tegishli farmoni (PF-98-son, 02.07.2024-y.) bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Agentlik tugatildi, degan xabarni xuddiki "bog‘chalar yopildi, endi bog‘chalar bilan hech kim ishlamaydi" deb tushunmoqda ayrimlar.

Yo‘q, bu noto‘g‘ri tasavvur. Bu yerda hech qanaqa afsuslanadigan yoki vahima qiladigan narsa yo‘q.

Agentlik shunchaki davlat organi sifatida tugatilyapti, lekin uning vazifalari va xodimlari vazirlik tasarrufiga o‘tyapti. Bog‘chalar bilan shug‘ullanish oldingidek davom etaveradi. O‘zi shundoq ham Bog‘cha agentligi vazirlik huzurida edi, endi katta ehtimol bilan vazirlikdagi boshqarma shaklida bo‘ladi. Boz ustiga, vazirlikning nomi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, nomida ham bog‘cha bor.

Bir paytlar yodingizda bo‘lsa, Davlat xizmatlari agentligi (DXA) bo‘lardi, o‘sha agentlik ham tugatilib, Adliya vazirligidagi boshqarma bo‘lgandi. Intellektual mulk agentligi bilan ham xuddi shunaqa qilishgan, tugatilib, boshqarmaga aylangan. Lekin bu degani bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari ham yopib yuborildi, ular bilan hech kim shug‘ullanmayapti, degani emas-ku. Bir maromda ishlab turibdi, Xudoga shukr. Bog‘chalar bilan ham shunaqa bo‘ladi, degan umiddamiz.

Boshqacha aytganda Agentlikning tugatilishi uning direktori, o‘rinbosarlari, ularning kotibalariyu yordamchilari, ularning xizmat mashinalari tugatilyapti, degani xolos.

Ilgari ta’limga oid 3 ta vazirlik bor edi: bog‘cha, maktab va oliy ta’lim. Doim mana shu vazirliklar o‘rnida yagona Ta’lim vazirligi tuzib, uchalasini ham tugatish, ya’ni ularni ixchamroq qilish haqida gapirib kelganmiz. Hozir shu vazirliklardan 2 ta qoldi. Menga qolsa, shu ikkalasini ham birlashtirib yuborgan bo‘lardim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel