xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Bankdan 189 mlrd so‘mni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan kiberjinoyatchilar qo‘lga olindi

Bir guruh shaxslar bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd. so‘m mablag‘ni xaker jalb qilgan holda o‘g‘irlashni, keyin esa offshor hududlar orqali chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga o‘tkazishni reja qilishadi.

Ular 189 mlrd. so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️“Tashkent Perfect University”da 2024-2025-o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha qabul boshlandi:

🔹Iqtisodiyot, Dasturiy injiniring
kunduzgi 16 mln so'm
sirtqi
11 mln so'm
kechki 14 mln so’m

🔹
Pedagogika va psixologiya
kunduzgi 14 mln so'm
sirtqi
10.5 mln so'm
kechki 13 mln so’m


🔹Boshlang'ich ta'lim, Turizm
kunduzgi 16 mln so'm
sirtqi
10.5 mln so'm

🔹
Tarix
kunduzgi 15 mln so'm
sirtqi
8 mln so'm
kechki
13 mln so’m


Eng muhimi, imtihondan yuqori ball olgan bilimli abituriyentlarga grant va stipendiyalar ham ajratiladi.

Hujjatlarni online topshirish
:
https://edu.tpu.uz

“Tashkent Perfect Univesity” — muvaffaqqiyat shu yerdan boshlanadi!

Litsenziya (№043951; 19.10.2022)

Murojaat uchun:

+998996381929
+998997651929
+998997241929
+998996371929
+998997211929

📍Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 220-uy.

perfectuniversity4471?si=1hvUQR7t5bATWlcI">YouTube | Instagram |Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️15-iyuldan ayrim poyezdlar, jumladan “Afrosiyob” ham Janubiy vokzaldan yuradi

Joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf” hamda "Toshkent — Andijon — Toshkent", "Toshkent — Volgograd — Toshkent", "Dushanbe — Toshkent — Dushanbe" yo'lovchi poyezdlari Janubiy vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2024-2025 o'quv yili magistratura bosqichiga qabul boshlandi

UMFT universitetida magistratura mutaxassisliklari:

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar (70610101)
▪️40 ta o'rin: 3 ta grant, 37 ta kontrakt

Telekommunikatsiya injiniringi (70611001)
▪️20 ta o'rin: - 3 ta grant, 17 ta kontrakt

Raqamli iqtisodiyot (70310501)
▪️40 ta o'rin: 3 ta grant, 37 ta kontrakt

Ta'lim tili: o'zbek, rus.
Ta'lim shakli: kunduzgi.

Hujjat topshirish uchun: umft.uz

❕IELTS, CEFR til sertifikatlari talab etilmaydi.

Litsenziya (№242954; 09.11.2022)

☎️ +998555068888 | +998555208888
@umft_support
umft.uz

Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Energetika vazirligi: yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt·soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas

Vazirlikning bayonotida aytilishicha, joriy yilning iyun oyida, ya’ni o‘tgan oyda 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan. Bundan ko‘rinadiki, iste’molchilarning 71 foizi belgilangan limit doirasidan chiqmagan.

"Shu bois, yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt·soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas", — deyiladi vazirlik xabarida.


22 foiz iste’molchi 201 kVt·soatdan 1000 kVtgacha iste’mol qilgan va 900 so‘mdan haq to‘lagan. Bunda elektr energiyasi iste’moli 201 kVt·soatdan 300 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar salmog‘i 11 foizni tashkil etgan.

Qolgan 7 foiz aholi 1001 – 10 000 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilib, 1 ming 350 so‘mdan to‘lovlarni amalga oshirgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Magistratura uchun kvotalar qachon e’lon qilinadi?
#abituriyent

Magistratura uchun qabul boshlanganiga 9 kun bo‘ldi. Bugungacha 7 ming 300 dan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. Lekin haligacha kvotalar ma’lum emas. Shuning uchun ham haligacha tizimda birorta ariza qabul qilinmay turibdi.

Bakalavriatda tarixda ilk marta kvotalarni e’lon qilmasdan, qabulni yakunladik. Hademay kvotasiz testlarni ham boshlasak kerak. Bu holatga "Joriy yilda faqat fan tanlandi" deb bahona ham qildik, mayli.

Ammo magistratura-chi? U yerda qabul tizimi o‘zgargani yo‘q-ku. Qanaqa qilib kvotani bilmasdan hujjat topshirish mumkin? Nahotki bu haqda o‘ylamaysizlar?

Bunaqasi avval bo‘lmagandi. Kechikish bo‘yicha yangi darajaga chiqildi. Yildan yilga ahvol yaxshilanish o‘rniga, faqat orqaga ketyapti. Keyingi yillar qanaqa bo‘larkin, odam o‘ylasa qo‘rqib ketadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📣 Hurmatli Abituriyentlar!
Prezident qarori asosida Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida grantlar asosida qabul davom etmoqda!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ingliz, o‘zbek va rus tillarida kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tahsil oling:

▪️Agroiqtisodiyot;
▪️Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi;
▪️Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi;
▪️Agrologistika.

🇬🇧 Universitet bitiruvchilari Buyuk Britaniya diplomini qo‘lga kiritish bilan birga chet elda o‘qish va malaka oshirish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.

Hujjatlaringizni https://admission.iau.uz/auth/check-user platformasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:

99 981 09 19
95 780 00 28
90 810 03 92
🌏 www.iau.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Akademik litseylarga qabul tugashiga 2 kun qoldi

Bugun, 8-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 40 ming 749 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma: hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey
hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga eda hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Mening bog‘im” loyihasida g‘oliblar aniqlandi

2024-yil 23-iyundan 7-iyulga qadar davom etgan jarayonda 53 mingtadan ortiq ovoz berildi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 215 ta loyiha g‘olib deb topildi. G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

G‘oliblar ro‘yxati
bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Video jamiyatning ogʻriqli nuqtalari haqida

Kelajakda oʻz kasbining ustasi boʻlishingiz, bugun tanlagan universitetingizga bogʻliq.

Qarshi xalqaro universitetida:

— Sifatli taʼlim;
— grant va stipendiya;
— 15 xil yoʻnalish;
— soft skills’ga qaratilgan 16 ta toʻgarak;
— zamonaviy kampus.

Batafsil: kiu.uz/qabul" rel="nofollow">https://teletype.in/@kiu.uz/qabul

📑 Litsenziya (№033616, 29.07.2022)

Hoziroq bog’laning:
☎️ +998-55-500-99-44

Telegram
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati:
/channel/xushnudbek/20258

2023-yilgi super-kontrakt narxlari:
/channel/xushnudbek/21116

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar diqqatiga! Jamg’arma miqdori 1,5 milliard so’mlik GRANT eʼlon qilindi

Qarshi shahar Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti abituriyentlar uchun 1,5 milliard so’m qiymatli grant e’lon qildi.

🏅Tanlov imtihon shaklida bo’lib o’tadi, g’oliblar ballar kesimida aniqlanadi hamda Iqtisodiyot va pedagogika Universitetida tahsil olish uchun grant bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Ro’yxatdan o’tish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
• Biometrik passport/ID karta
• Attestat yoki kollej/litsey diplomi

🔗 Hujjat topshirish

Yo’nalishlar

Batafsil ma’lumot

📄 Litsenziya (№194419; 16.08.2022)

📞Murojaat uchun: +998781131919

Instagram | Telegram | Website | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari:

farzandlarimizga e’tibor bermasak, bizni dunyoi oxiratda qiyinchilik kutmoqda, chunki bola-chaqa bizga omonat berilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#24 TA’LIMDAGI KORRUPSIYANI YO‘QOTISH UCHUN HAMMA BIR-BIRINI SOTISHI KERAKMI? — Lolazor podkast

📹 https://youtu.be/nkfD9_oxy3c

Ushbu sonda biz qabul haqidagi yangiliklar, kvota kabi muhim yangiliklarning nega kech e’lon qilinishi, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat granti berishning yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi, akademik mobillik, kadrlar muammosi, xususiy universitetlarga litsenziya berilmayotgani va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik.

Bu galgi mehmonimiz – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov.

📹 https://youtu.be/nkfD9_oxy3c


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Euro2024

🇪🇸Ispaniya terma jamoasi dastlabki yarim finalda 🇫🇷Fransiya ustidan g’alaba qozondi va finalga yo’l oldi. Garchi fransuzlar birinchi bo’lib hisobni ochgan bo’lsa-da, lekin ispanlar Yamalning super goli va Olmoning goli evaziga kambekni amalga oshirishdi.

🇪🇸Ispaniya 2:1 🇫🇷Fransiya
Gollar: Kolo Muani 9’, Yamal 21’, Olmo 25’

🇪🇺 Bugungi yarim final bahsi:

23:59 🇳🇱Niderlandiya — 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya

➖➖➖➖➖

Shuningdek, parallel o’tayotgan Copa America-2024 turnirida ham dastlabki finalchi nomi ma’lum bo’ldi. Messi sardorligidagi 🇦🇷Argentina terma jamoasi 🇨🇦Kanada ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Gollarga Alvarez va Messi mualliflik qildi.

Ikkinchi yarim finalda 🇺🇾Urugvay hamda 🇨🇴Kolumbiya kuch sinashadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shin Agrippina Vasilevna Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha ta’lim agentligi direktori edi. 2-iyuldagi Prezident farmoni bilan mazkur agentlik tugatilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛣 2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistondagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar raqami o‘zgaradi

Bu Hukumatning 4-iyulda qabul qilingan qarorida nazarda turilgan.

🔸 Unga ko‘ra, davlat ahamiyatidagi 4R bilan boshlanuvchi avtomobil yo‘llari endilikda tartib bo‘yicha D001 bilan boshlanadi.

🔸 Mahalliy yo‘llarga esa hududning avtomobil raqamlaridan kelib chiqib raqam berilgan. Masalan: Buxoro — 80V001, Samarqand — 30V001 shaklida.

🔸 Mamlakatdagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining raqami eski holicha qolgan.

Qarordagi ro‘yxat bilan 1800 tadan oshiq yo‘lning raqami almashtirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jarimalar miqdorini qayta ko’rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi tomonidan ma’muriy choralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi o‘rganildi.

Bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketdi.

Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 mln so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda.

Ma’lumot uchun: Qozog‘istonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uchun o‘rnatilgan jarima 468 ming so‘mni, Rossiyada – 60 ming so‘mni, Belarusda – 138 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ta’kidlash joizki, fuqarolarning sog’lig’i va hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirish uchun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi.

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita daxldor bo‘lgan YTHlar uchun belgilangan jarimalarni qayta ko‘rib chiqish va og‘irlashtirish zarur (piyodalar yo‘laklarida transport vositalarida harakatlanish (170 ming so‘m), piyodalar yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi (113 ming so‘m).

Ma’lumot uchun: Germaniyada piyodani o‘tkazib yubormaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 1,1 mln so‘m, Buyuk Britaniyada – 1,6 mln so‘m, Fransiyada – 1,85 mln so‘m, BAAda – 1,7 mln so‘mni tashkil etadi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator mamlakatlarda (Belarus, Latviya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Italiya) ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” instituti joriy qilingan. “Ogohlantirish” jismoniy va yuridik shaxslarning sog’lig’i, hayoti va mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan huquqbuzarliklar uchun qo’llaniladi.

Shu munosabat bilan Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

1) joriy ma’muriy jarimalar miqdorini ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligini tekshirish;
2) fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish;
3) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarining korrupsiyaga qarshi kompleks ekspertizasini o‘tkazish;
4) Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” institutini kiritish.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bilim berishni va odamlarga yordam berishni istaysizmi?✨

Toshkent amaliy fanlar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Universitetimizga har yili yuzlab bo‘lajak o‘qituvchi va psixologlar hujjat topshiradi. Biz insonlar bilan o‘zaro munosabatlarning barcha jihatlarini o‘rgatamiz va o‘z salohiyatini ochish uchun keng imkoniyatlar beramiz.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712000540 | @utasunibot

📄 Litsenziya (№ 272335, 14.06.2022-y.)

Telegram | Instagram
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hokimlarning mahalliy kengashlarga raislik vakolati bekor qilinadi

Deputatlar tomonidan muhokama qilinayotgan qonun loyihasiga koʻra, mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari toʻgʻrisidagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, qonun loyihasi bilan:

➖hokimlarning ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik hokimiyatini boshqarish vakolati bekor qilinmoqda;

➖ hokimlarga mahalliy kengashlar sessiyasiga masala kiritish, zarur hollarda mahalliy kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida taklif kiritish, mahalliy kengashning qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi bir qator yangi vakolatlar berilmoqda;

➖ mahalliy kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi va u oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;

➖ hokimlarning mahalliy kengash deputatlari orasidan tayinlanishi va tasdiqlanishi haqidagi talab bekor qilinadi, ular deputat etib saylanishi mumkin.

➖ mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi zarur. Unda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

➖ mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manba maqomini beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi!

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yandex Toshkentda o‘z ofisini ochmoqchi

Yandex Uzbekistan kompaniyasi mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda ekan.

Aytilishicha, ofis ochilganidan keyin Yandex yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlarini yo’lga qo’ymoqchi. Bunda yuqori sinf o‘quvchilari uchun yangi Dasturlash maktablarini ochish rejalashtirilgan.

👩‍💻Yandex, shuningdek, qizlarni IT-tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha Technovation Girls dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqchi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eshitdingizmi? Boshlandi!

Hozirdan talaba boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Taʼlim grantini yutib olish, stipendiya olish, kontraktni yil davomida boʻlib toʻlash va asosiysi – zamonaviy muhitda sifatli taʼlim olish. Bularning hammasi Fan va texnologiyalar universitetida mujassam.

✅ Tanlovda adashmang!

👉🏻 12 ta ta'lim yo'nalishi
👉🏻 kontrakt 12,6 mln so'mdan boshlanadi

🔔 Ariza topshirish: qabul.usat.uz

Universitet telegram kanali: @usatuzb

📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Texnikum bitiruvchilari OTMlarga 2-kursdan qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish 5-iyuldan my.edu.uz portali orqali amalga oshirilmoqda.

Qabul 25-iyulga qadar davom etadi.

✅ Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.

❌ Eslatma, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Ekologik stiker” berish muddati 2025-yil 1-martiga uzaytirildi

Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimini joriy qilish muddati uzaytiriladi.

Tizim 2024-yil 1-iyunidan ishlashi kerak edi. Endi, hujjatga ko‘ra, bu kelgusi yilning 1-martidan hayotga tatbiq etiladi.

Boshqacha aytganda, transport vositalariga ekologik stikerlar berish 2025-yilning 1 martidan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Raqobat qo‘mitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Qo‘mita tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.


Shu sababli korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

“Ushbu aniqlangan omillar qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita ta’sir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 18 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Dumli odamlar (hikoya)

Izoh
: Xorijdan kelgan sayyohlarni odatda nimalar qiziqtiradi? Qadimiy binolar, osori-atiqalar, mahalliy xalq hayoti, milliy taomlar, urf-odatlar va hokazo. Lekin bu galgisi boshqacha, bu safar turist dumli odamlarni izlab kelgan. Qiziq, topa olarmikin?

📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/abdulla-qahhor-dumli-odamlar" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-dumli-odamlar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/E-R5FWxAVRM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul tushayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga ko’ra, bu texnik nosozlik ekan. Hisobga pul tashlansa, iste’molchi hisobida 2 barobar ko’p ko’rinyapti, lekin billing tizimida to’g’ri ko’rinyapti.

Xatolik tez orada bartaraf etilar ekan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔥 Korzinka “Eng arzon narx”dagi mahsulotlar saylanmasini eʼlon qildi!

Korzinka supermarketlar tarmogʻi hamyurtlarimizga qulaylik yaratish maqsadida eng arzon narxli barcha sifatli mahsulotlarni bir joyga — “Eng arzon narx” saylanmasiga jamlab qo‘ydi.

Ushbu toifadagi barcha mahsulotlar bilan Korzinka saytidagi “Eng arzon narx” boʻlimida tanishsangiz boʻladi. Xaridni esa Toshkent shahri va viloyatidagi Korzinka supermarketlarida amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Narxlar e’lon chiqqan paytda amalda boʻladi. Mahsulotlar soni chegaralangan.

App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel