Sharmandalik haqida qisqacha misol.
Yana o’yinlar boshlanyaptimi, nima balo?
👉 @xushnudbek 👈
❗️Tuzatish: xorijdan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.
Yuqoridagi postda xorijiy oliygohlarning yurtimizdagi filiallari nazarda tutilgan edi.
Ya’ni yurtimizdagi xususiy/nodavlat oliygohlar hamda xorijiy OTMlarning O’zbekistondagi filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishiga o’qishni bir martalik “super-kontrakt” to’lab, imtihonsiz ko’chirish mumkin.
Lekin xorijdagi oliygohlardan bunday imkoniyat yo’q. Xorijdagilar faqat mos va turdosh yo’nalishga hamda test orqali o’qishini ko’chiradi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Imtihonsiz "perevod" qilsa bo‘ladimi?
#perevod
Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida aytilgan. Buni ko‘rgan minglab talabalarning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, halovati yo‘qoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga o‘qishimni ko‘chira olsam?” deya shirin orzularga berilishdi.
Lekin bu yerda siz bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta masala bor:
1️⃣ Birinchidan, videodagi gaplar yangilik emas, ushbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, ya’ni 2 yildan buyon amalda.
2️⃣ Ikkinchidan, xususiy oliygohlardan hamda yurtimizdagi xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bir martalik "super-kontrakt" to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin. Ya’ni bu yo‘nalishga qarab 50 mln so‘mdan 250 mln so‘mgacha bo‘ladi.
O‘tgan yilgi "super-kontrakt" narxlari bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116
❗️Tuzatish: lekin xorijdan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.
3️⃣ Uchinchidan, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan o‘qishni boshlaydi. Chunki o‘quv rejasidagi fanlardagi farqlar soni ko‘p bo‘ladi.
Masalan, 1-kursni xususiy oliygohda o‘qib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uchun pul topgan taqdirda ham, davlat universitetiga borganda 1-kursni yana qaytadan o‘qiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boshqacha aytganda 1 yil yo‘qotadi. Agar yuqori kurs bo‘lsa, unda 2-3 yil yo‘qotishi ham mumkin.
O‘zi umuman o‘qishni ko‘chirayotganda shunga alohida e’tibor bering. Agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bo‘lsa, unda siz bitta kurs pastga tushishingiz mumkin.
Xullas, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishni xohlayotganlar mana shu jihatlarni inobatga olishi kerak. Agar bu shunchalar oson ish bo‘lganda, 2 yildan buyon hamma shunaqa qilgan bo‘lar edi.
Xorijdan esa umuman noturdosh yo’nalishga o’qishni ko’chirish taqiqlangan.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.
✅ Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.
O‘qish muddati 2 yil.
Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “Uz Mal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Manzil
👉 Batafsil ma'lumot
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta’lim reklamasi
🇪🇸Ispaniya — chempion!
Euro-2024 turniri finalida Ispaniya Angliya ustidan 2:1 hisobida g’alaba qozondi va 12 yillik tanaffusdan so’ng yana Yevropa chempioni degan nomga ega chiqdi.
Shunday qilib, Ispaniya 4 karra Yevropa chempioni bo’lgan ilk jamoaga aylandi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari ertaga kechki payt e’lon qilinadi.
Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.
Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
#25 QAYSI VAZIRLIKLARNI YOPISH KERAK? — Lolazor podcast
📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro
Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik.
Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.
📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro
Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida magistraturaga qabul boshlandi
AIFU magistratura mutaxassisliklari orqali kasbiy rivojlanish va ilmiy darajaning oʻsishi kabi koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin.
Magistratura mutaxassisliklari:
- xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
- tarix;
- psixologiya;
- matematika.
📥 Hujjat topshirish uchun:
Veb-sayt orqali: qabul.aifu.uz
Telegram bot orqali: Bot
📞Murojaat uchun:
+998785552121 | @aifu_admin
Litsenziya (055982-son, 28.12.2022y)Taʼlim reklamasi
Ertaga, soat 12:00 da “Lolazor” podkastining navbatdagi sonida iqtisodchi, nufuzli New York University professori Behzod Hoshimov bilan suhbatimiz e’lon qilinadi.
Qiziq va ochiqcha suhbat bo‘lgan, ko‘rish tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent
3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;
➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;
➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Oriental universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda!
2021-yilda tashkil etilgan Oriental universitetida yangi oʻquv yili uchun 4-yilgi qabul boshlangan!
Universitet qanday imkoniyatlarni bera oladi?
▫️50 ga yaqin yo’nalish va sifatli ta’lim;
▫️10 mln soʻmdan boshlanuvchi kontrakt va 5 mln soʻmgacha stipendiya;
▫️bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish;
▫️qulay yotoqxona;
▫️yuqori daromadli sohalar va zamonaviy kasblarni o’rganish.
Oriental bilan oʻz kelajagingiz yoʻnalishini tanlang!
Murojaat uchun:
☎️ +998781137686
📲 Onlayn hujjat topshirish
📄 Litsenziya (№ 247427, 25.05.2021-y.)
Telegram | Instagram | Facebook | Ta’lim reklamasi
Madrimov – Krouford jangi promo-roligi e’lon qilindi
Promo-rolik shiori: "Everything or nothing" — hammasi yoki hech narsa!
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi 🇺🇿Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, WBC va WBA kamarlari egasi, yengilmas Terens Krouford (40-0, 31 KO) bilan jang qiladi.
Jang 3-avgust kuni AQShning Los-Anjelos shahridagi BMO stadionida bo‘lib o‘tadi.
Butun boks dunyosining e’tibori qaratilgan ushbu juda katta bahsda hamyurtimizga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Buxoro shahrida joylashgan, zamonaviy taʻlim tizimiga ega Osiyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda!
Universitetda talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Iqtidorli va faol talabalar uchun stipendiya va ragʻbatlantirishlar, turar joy, turli amaliyot dasturlari shular jumlasidandir.
OXU'da 20 ta bakalavr taʻlim yoʻnalishlari uchun kunduzgi, kechki va sirtqi taʻlim shakllari boʻyicha bepul ariza topshiring.
Magistratura ham mavjud.
Kirish imtihonlari uchun ariza qoldiring: qabul.oxu.uz
📂 Litsenziya (№249847, 10.11.2022)
📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun: +998553050009
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube | Ta'lim reklamasi
⚡️Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi
Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Dushanbadan boshlab yangilangan Qo‘qon aeroportidan Toshkentga har kuni, Samarqand, Buxoro va voha shaharlariga esa har hafta aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.
👉 @xushnudbek 👈
UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yo’qlar” yana savol tuzyaptimi?
#abituriyent
Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilishdi. Masalan, davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlar (bayroq qachon ko'tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to'g'risidagi qonun va hk.
Albatta, qo'limda aniq fakt bo'lmagani uchun bu borada biror fikr aytishdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani ma'qul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq ko'rsatilishi va bunga qat'iy rioya qilinishi shart. Hamma qonunni yoddan bilishning iloji yo'q, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy ma'lumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berishmoqchi bo‘lsa, o‘sha qonunlar ro‘yxatini ham alohida e’lon qilish kerak.
Lekin men boshqa masalaga e'tibor qaratmoqchiman. Kecha testga kirgan abituriyentlarning aytishicha, Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tushgan emish. Ya'ni sanksiya qismini so'rashibdi.
Agar bu gap rost bo'lsa, agar testda bir donagina bo'lsa ham shunaqa savol tushgan bo'lsa, unda bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bunaqa savol tuzgan ekspertni butun umr "qora ro'yxat"ga tiqib, hech qachon testlarga yaqinlashtirmaydigan qilish kerak.
Rahmatli ustozimiz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, bunaqa savollarga “farzandi yo'q odam tuzgan savol” deb ta’rif berish mumkin.
Biz Yuridik institutda o'qib yurgan paytlarimizda ustozlarimiz sanksiya qismini yodlashni taqiqlagan edi. Sababi qonunlar tez o'zgaradi, buni yodlash befoyda. Undan ko’ra, mazmunini tushinish kerak. Boz ustiga yurist doim qaror chiqarishdan oldin, kodeksni qayta ochib, yana bir marta o'qib, keyin xulosa qilishi kerak, faqat xotirasiga ishonish aksincha chalg'itadi. Uchinchidan, sanksiyalarga qat'iy amal qilinmaydi, sudya vaziyatdan kelib chiqib, umuman o’sha modda sanksiyasida ko'rsatilmagan yengil jazoni ham berishi mumkin.
Qaysi kalla bilan kecha maktabni tugatgan o'quvchilarga JK yoki MJtK sanksiyasidan savol berishgan, hayronman. Sanksiyalarni hatto sudya, prokuror va tergovchilar ham yoddan bilmaydi-ku.
Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi? Savollarni atayin qiyin qilib, mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bilan yoshlar kelajagini sindirmoqchimizmi yana?
Vaziyatga albatta izoh berilishi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi TMC Xalqaro Institutida qabul davom etmoqda
Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakliga hujjat topshiring. To’lov-kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi.
Iqtisodiyot fakulteti
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Buxgalteriya hisoboti va audit
• Logistika
• Transport logistikasi
Axborot texnologiyalari fakulteti
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
Pedagogika fakulteti
• Filologiya va tillarni o’qitish
• Psixologiya
• Pedagogika
• Boshlang’ich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
International programs BSc:
• Business & Management
• International accounting
• International logistics & Trade finance
• Computer science
• Tourism and hospitality management
🖥 tmci.uz/apply
☎️ +998 71 207 00 32
📄 Litsenziya (№156361; 21.07.2022)
Telegram | Instagram | LinkedIn | Ta’lim reklamasi
“Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi
my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.
transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
“Perevod” haqida batafsil tushuntirish bu yerda:
/channel/xushnudbek/24264
2024-yilgi o’tish bali bu yerda:
/channel/xushnudbek/24554
👉 @xushnudbek 👈
Copa America-2024 turnirida esa ketma-ket ikkinchi marta 🇦🇷Argentina chempion bo’ldi.
Messi sardorligidagi jamoa finalda Kolumbiya ustidan qo’shimcha daqiqalarda Martinez tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g’alaba qozondi.
“Oltin to’p”ni yana Messiga berish uchun sabab topildi 😄
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Keyt Shopen. O‘kinch (hikoya)
Izoh: Mamzele Aureliya hammaga oʻxshamagan ayol. U turmush qurish, farzandli boʻlish haqida hech ham oʻylab koʻrmagan. Yolgʻiz, ammo bunga afsus qilmaydi. Xoʻsh, unda Aureliyani nima qiynadi? Oʻzi erkakshoda boʻlsa ham, juda nozik koʻngil ayolning kechinmalari bilan hikoya davomida tanishasiz.
📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/keyt-shopen-okinch" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/keyt-shopen-okinch
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/fhkaHSgrHUo
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Trampga sog‘liq tiladi
O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.
Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Donald Trampga suiqasd uyushtirildi
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan uchrashuv o‘tkazayotgan vaqtida unga qarata o‘q uzilgan. Tramp qulog‘idan yarador bo‘lgan, hozirda ahvoli yaxshi.
OAV ushbu suiqasdni Tomas Metyu Kruks ismli shaxs sodir etgani haqida yozmoqda. U xavfsizlik xizmati tomonidan voqea joyida otib o‘ldirilgan.
Shuningdek, 1 nafar miting qatnashchisi ham halok bo‘lgan.
Mazkur suiqasd AQShdagi saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, aniqrog‘i bu voqea Trampning reytingini oshirib yubordi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertadan test sinovlari boshlanadi
#abituriyent
Bir necha yuz ming abituriyent orziqib kutgan kun keldi. Ertaga, 14-iyulda test sinovlariga start beriladi.
Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.
1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da boshlanadi.
🏃➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.
📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:
1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi.
Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Testlar o’tadigan binolar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/24546
Barchaga omad tilayman!
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda bitta xonadonda yashovchi ko‘p oilalarning har biriga elektr energiyasi bo‘yicha alohida hisobraqam ochish rejalashtirilmoqda
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bitta xonadonda to‘rttagacha istiqomat qilayotgan oilalar ham mavjud.
«O‘zbekistonda bitta kadastrga, ya’ni bir xonadonga bitta hisobraqam beriladi. Bugungi kunda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor. Bunday xonadonda istiqomat qiladigan oilalar bir oyda hech qanaqasiga 200 kWh elektr energiyasi ishlata olmaydi, kamida 800 kWh elektr ishlatadi. Biz bu [masala] bo‘yicha ham o‘z takliflarimizni berganmiz, buning ham yechimini topishimiz kerak, hal qilinmasa bo‘lmaydi», — dedi Alvar G‘aybullayev.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
#perevod
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.
Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.
Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:
1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.
ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev “Vodil” va “Oq-qiya” chegara o‘tkazish punktlariga xalqaro maqom berish yuzasidan 🇰🇬Qirg‘iziston bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Agar bu masala hal bo‘lsa, xorijiy turistlar qariyb 20 yil yopiq bo‘lgan Shohimardon va Yordon anklav qishloqlariga O‘sh orqali aylanib kelishiga hojat qolmas edi va tadbirkorlar ushbu 2 ta qishloqqa 100 million dollar investitsiya kiritishga tayyor.
🚂Shuningdek, yig‘ilishda transport vazirligiga “Toshkent – Andijon” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi Quvada ham to‘xtab o‘tishini tashkil qilish topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazorat kuchaytiriladi
Bu haqda Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra:
🔹O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi tashqi auditdan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi;
🔹2025-yildan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
🔹strategik va axborot texnologiyalari auditi turlari joriy etiladi;
🔹 2025-yildan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi;
🔹 2025-yil 1-yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
📚 Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabida qabul davom etmoqda!
14-iyul qabul kuni, 15- iyuldan esa darslar boshlanadi. O‘quvchilar 7-11-sinflarga qabul qilinadi.
🏫 Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar, o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi:
1. Biologiya;
2. Kimyo;
3. Ona tili
4. Tarix;
5. Matematika.
📌 Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.
📑 Litsenziya (№0275, 30.08.2021)
📞Murojaat uchun: +998948553366, +998944443366, +998916590793.
📍Manzil
Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366
ibnsinoeducation3090">YouTube | Instagram | Reklama
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro’yxati e’lon qilindi
UzBMB saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2024
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
👉 @xushnudbek 👈