xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

UzBMB o‘zini jinnilikka solishni zo‘r eplayapti. Huquq sohasidagi vakolatli davlat organlari ham pozitsiyasini aytishi kerak
#abituriyent

Huquq faniga oid e’tirozlar bo‘yicha UzBMB naq 3 marta bayonot berdi. Uchalasida ham asosiy savolga javob yo‘q, faqat aravani quruq olib qochib, safsata to‘qishdan boshqasiga o‘tmayapti. Yoki ular e’tiroz nimadaligini tushunmayapti yoki tushunsa ham, atayin o‘zini tushunmaslikka olyapti.

Shaxsan mendagi asosiy e’tiroz: nima uchun testda kodekslarda keltirilgan turli huquqbuzarliklar uchun jazo qismidan savol bergansizlar? Sanksiya qismini hech kim hech qayerda so‘ramaydi.

4 yillik oliy ta’limdagi talabadan ham so‘ralmaydi, magistrdan ham so‘ralmaydi, doktorantdan ham so‘ralmaydi, sudyadan ham so‘ralmaydi, prokurordan ham so‘ralmaydi, tergovchidan ham so‘ralmaydi, advokatdan ham so‘ralmaydi, professoru akademikdan ham so‘ralmaydi.

Huquqning "h" harfini ham tushunmaydigan, istalgan matndan test tuzsa bo‘ladi, deb o‘ylaydigan uquvsizlargina buni testda savol qilib berishi mumkin, xolos.

Nega oliy ma’lumotli, butun boshli inson taqdirini hal qiladigan yuristlar bilishi shart bo‘lmagan narsani kechagina maktabni tugatgan o‘smirlardan so‘rayapsizlar?

Nima deyayotganimni tushunyapsizlarmi o‘zi?

Tuyaqushga o‘xshab qumning ichiga tiqib olgan boshingizni ko‘tarib, mundoq bir atrofga ham qaranglar. Agar gaplarimiz "yetib kelmayotgan" bo‘lsa, unda ana Oliy sud bilan, Bosh prokuratura bilan, Adliya yoki Ichki ishlar vazirligi bilan, Davlat xavfsizlik xizmati bilan bog‘lanib, ulardan so‘rab ko‘ringlar. Ular ham yangi xodimlarni ishga olayotganda, attestatsiyadan o‘tkazayotganda test qiladi, ularda ham bevosita o‘quv jarayoni bilan shug‘ullanadigan akademiya, universitet va oliy maktab bor, professional huquqshunos pedagoglar bor. Ulardan bir og‘iz telefon qilib so‘ranglar.

"Biz kechagina maktabni tugatgan o‘quvchilarga kodeksdagi falon qilmish uchun nima jazo beriladi, degan savolni berdik, testda sanksiya qismini so‘radik, shu to‘g‘rimi? 1-2 ta g‘alamis blogerlar o‘zicha e’tiroz bildiryapti" deb so‘rab ko‘ringlar. Keyin ularning javobini eshitinglar. Katta ehtimol bilan "aqldan ozib qolibsizlar, qaysi qo‘ling singir bunaqa test tuzdi" degan javobni eshitsangiz kerak.

UzBMB saytida e’lon qilingan huquq fanidan namunaviy test savollarini ko‘rib chiqdim. Bironta sanksiyaga oid savol yo‘q ekan. Konstitutsiyadan boshqa bironta begona qonundan ham savol yo‘q. Hammasi bir chiroyli, maktab o‘quvchisi darajasidagi savollar. Ammo joriy yilda testda tushgan savollar mutlaqo boshqa.

Xullas, o‘zingizni jinnilikka solib, bo‘lgan-bo‘lmagan bayonotlar bergandan ko‘ra, avval huquq sohasidagi vakolatli organlar bilan bog‘lanib, ulardan fikr olinglar. Bo‘lajak huquqshunoslarga kelgusida ular ish beruvchi bo‘ladiku, shuning uchun testning adekvat o‘tishi ularni ham qiziqtirishi kerak.

Agarda men aytgan tashkilotlar "maktab bitiruvchilari kodeksdagi sanksiyalarni yoddan bilishi kerak, bizga shunaqa o‘quvchilar kerak, chunki hamma xodimimiz sanksiyani yoddan bilishi shart" deb xulosa berishsa, unda barcha aytgan gaplarim uchun ochiq tarzda uzr so‘rayman.

So‘ranglar, oldin bir martagina so‘ranglar. Keyin gaplashamiz sizlar bilan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️“Tashkent Perfect University”da 2024-2025-o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha qabul boshlandi:

🔹Iqtisodiyot, Dasturiy injiniring
kunduzgi 16 mln so'm
sirtqi
11 mln so'm
kechki 14 mln so’m

🔹
Pedagogika va psixologiya
kunduzgi 14 mln so'm
sirtqi
10.5 mln so'm
kechki 13 mln so’m


🔹Boshlang'ich ta'lim, Turizm
kunduzgi 16 mln so'm
sirtqi
10.5 mln so'm

🔹
Tarix
kunduzgi 15 mln so'm
sirtqi
8 mln so'm
kechki
13 mln so’m


Eng muhimi, imtihondan yuqori ball olgan bilimli abituriyentlarga grant va stipendiyalar ham ajratiladi.

Hujjatlarni online topshirish
:
https://edu.tpu.uz

“Tashkent Perfect Univesity” — muvaffaqqiyat shu yerdan boshlanadi!

Litsenziya (№043951; 19.10.2022)

Murojaat uchun:

+998996381929
+998997651929
+998997241929
+998996371929
+998997211929

📍Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 220-uy.

perfectuniversity4471?si=1hvUQR7t5bATWlcI">YouTube | Instagram |Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bilim va malakalarni baholash agentligi natijasi bilan talaba bo’ling

2024-2025-o’quv yili uchun Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda

Hujjatlar shu yilning 25-iyuliga qadar onlayn shaklda yagona internet portal Admission.tiiu.uz orqali qabul qilinadi.

Imkoniyatlar:
3,6 mln soʻmgacha stipendiya;
grant uchun kvotalar ajratilgan;
bepul ingliz va arab til kurslari;
yotoqxona bilan ta’minlangan;
bepul wi-fi kovorking markazi;
10 dan ortiq yoʻnalishlar;
kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.

Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi.

UZBMB natijasi bilan topshirish👈🏻
O’qishni ko’chirish👈🏻

Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin

Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qorao‘zak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, G‘ozg‘on shahri hokimlarini ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir A.Aripovning taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisabatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇬🇺🇿 16-iyul kuni O‘zbekistondan Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh shahri Qorasuv hududiga insonparvarlik yordami yetkazildi. Delegatsiyaga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchilik qilgan.

13 ta avtomashinaga ortilgan jami 200 tonna yuk Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara postidan olib o‘tilgan. Insonparvarlik yordami tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechagi ilk natijalardan ayrim namunalar
#abituriyent

Yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarni ko‘rsam, doim xursand bo‘laman. Aslida yoshlarimiz orasida bilimlilari ham ko‘p. Faqat bilimi ko‘ngildagidek bo‘lmaganlar fonida ular juda ozdek va hattoki yo‘qdek ko‘rinadi. Biz bilimlilarni saqlab qolishimiz, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishga yordam berishimiz shart.

Ahmoqona savollar bilan ularning kelajagini sindirib, o‘qishdan ko‘ngli qolib ketadigan darajaga olib bormasligimiz kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UrDU dekani ijodiy imtihondan o‘tkazib beraman deb pul olganda ushlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi, 1986-y.t. shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Qarshi innovatsion ta’lim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni TATUning Qarshi filialiga mazkur oliy ta’lim muassasasidagi tanishlari orqali har birini 4 ming AQSh dollaridan, jami 12 ming AQSh dollari evaziga 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 11 ming 700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

Qamashi tumanida yashovchi, 1987-y.t. shaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Olmaliq shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Olmaliq shahrida yashovchi fuqarodan 3500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

Urganch davlat universitetining fakultet dekani Gurlan tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini mazkur oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda bo‘ladigan ijodiy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 2600 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

***

Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bo‘lim boshlig‘i Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kirishi uchun yo‘llanma olib berish va amaliy imtihonda ko‘maklashish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Har soniyada o’ta kuchli gaplar aytilgan son bo’ldi lekin. Ayniqsa, 12-soniyada aytilgan fikr dahshat chiqdi :)

Videoning to’lig’i bu yerda:
📹 https://youtu.be/iQxa_IPiyro


🔘 @xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent amaliy fanlar universiteti Polsha OTMlari bilan memorandum imzoladi

11–12-iyul kunlari Varshava shahrida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik masalalarini o‘z ichiga olgan akademik davra suhbati tashkil etildi.

Unda Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori professor Abdusalom Umarov Polshaning Lublin texnologiya universiteti, Varshava tabiiy fanlar universiteti hamda Gdansk universiteti kabi yetti universiteti bilan o‘zaro ta’lim, ilmiy-innovatsion sohalarda hamkorlikni qamrab olgan memorandum imzoladi.

📄 Litsenziya (№ 272335, 14.06.2022-y.)

Telegram | Instagram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Urganch aeroportidagi ta’mirlash davrida yo‘lovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi

Urganch xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 20-iyuldan 7-avgustga qadar yopiladi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yoʻnaltiriladi. Yoʻlovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmati taqdim etilyapti. Avtobuslar yoʻlovchilarni joʻnab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.

❗️Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yoʻlovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da yetib kelishlari lozim. Jadvalga koʻra, avtobuslar yoʻlovchilarni Urganch aeroportidan soat 23:30 da olib ketadi. Soat 02:30 da yoʻlovchilar Nukus aeroportiga yetkaziladi va u yerdan Moskvaga uchishadi.

Moskvadan qaytgan yoʻlovchilarni Nukusdan Urganchga yetkazish ham xuddi shunday tashkil etiladi.

Har bir alohida yoʻnalish boʻyicha toʻliq avtobuslar qatnovi jadvalini ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏢 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro IMC KREMS fakultetiga qabul davom etmoqda!

Bitiruvchilar uchun taqdim etiladigan diplomlar:

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti diplomi;
🔹IMC Krems amaliy fanlar universiteti diplomi.

TDIU'ning IMC Krems fakulteti haqida:

• 100%, 50%, 30% Grant o‘rinlari
• "Student exchange" dasturi orqali Yevropada o'qish
• Work & Travel dasturi
• xorijlik o‘qituvchilar
• Ingliz tilida ta'lim.

Ta'lim yo'nalishlari:
• Xalqaro biznes boshqaruvi
• Turizm va dam olish menejmenti

Hujjatlar 28-iyulgacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

Kirish imtihonlari 30-31-iyul kunlari bo'lib o'tadi.

Hujjat topshirish uchun havola

📞 Qabul bo'limi:
+998943670440
+998943870440
+998943970440

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.

Telegram | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Davlatimiz rahbari oliy ta’lim muassasalariga umumiy davlat buyurtmasini, ya’ni kvotalarni tasdiqlash, bunda mamlakatimiz rivoji va mehnat bozori talablariga e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Demak, kvotalar tez orada chiqib qolsa kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xo‘jaobod va Jalaquduqni bog‘lab turuvchi ko‘prik qulab tushgan

14-iyul kuni soat 15:15 da Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlarini bog‘lab turuvchi “Oqbo‘yra soy” ustiga qurilgan ko‘prik qulab tushgan.

Voqea joyiga Andijon viloyati FVB rahbariyati, tuman hokimlik vakillari va Andijon viloyati FVB qutqaruvchilari yetib borgan.

✅ Ko‘prik qulashi natijasida Xo‘jaobod tumani hududida tabiiy gazdan uzilib qolgan 2 ming 890 ta xonadonda ta’minot qayta tiklangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda “Oqbo‘yra soy” suv oqimi o‘z yo‘lida to‘siqsiz harakatlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Skuter va samokatlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

Buni nazarda tutuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan:

➖ avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga (huquqbuzarga emas) 48 soat ichida yuborilmasa, ishni ko‘rib chiqish tugatilishi;

➖ tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish nazarda tutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan 🇺🇿O‘zbekistonda bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qurilish inspeksiyasi Hukumat tarkibiga o‘tkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi.

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha to‘lov qilishga majburlayotgani bo‘yicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.

Prezident barcha hokim va soliqchilarni qat’iy ogohlantirdi: tadbirkorga ortiqcha to‘lov qildirgan mas’ullar jazolanadi.

Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bo‘lajak talabalarni rag‘batlantirish maqsadida 1,5 milliard so‘mlik grant va 8,4 million so’mlik stipendiya joriy etdi.

Siz universitetda:

🔹Universitet tomonidan ajratilgan 1,5 milliard so’mlik grant o’rniga ega bo’lishingiz mumkin

🔹 Universitetning faol talabalari safida bo’lsangiz 8 million 400 ming so’mgacha stipendiya olishingiz mumkin.

2024-2025-o‘quv yili uchun qabul quyidagi yo’nalishlarda davom etmoqda:

• 24 ta bakalavriat yo‘nalishi;
• 4 ta magistratura mutaxassisligi.

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida Boshlang‘ich ta’limdan tortib, Iqtisodiyot yo’nalishigacha mavjud!

Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Hujjat topshirish: https://bit.ly/IPU_qabul

Litsenziya (№194419; 16.08.2022)

Aloqa markazi: (78)113-19-19
Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimova k, 13-uy

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2024-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Amir Temur nomi ADOLATSIZLIK timsoli bo‘lishda davom etaveradi
#abituriyent

O‘tgan yili Temurbeklar maktabiga beriladigan adolatsiz imtiyozdan norozi bo‘lib, rosa ko‘p chiqishlar qilingandi. 189 ball olsa ham kontraktga tushib qolgan abituriyentlar misolida bu tizim noto‘g‘ri ekanligi ko‘p bora ta’kidlangandi.

Oradan bir yil o‘tdi. Yana o‘sha eski tos, eski hammom. Joriy yilda ham osmondan qo‘shimcha ballga ega chiqqan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqa bilimli yoshlarning oyog‘iga tushov bo‘lishda davom etadi.

Shu davlatning oddiy maktabida o‘qigan 800 ming o‘quvchi eng maksimal ball olsa ham, ya’ni bironta xato qilmasdan savollarning barchasiga to‘g‘ri javob bersa ham, lekin Temurbeklar maktabini bitirgan o‘quvchilardan pastda turaveradi. Chunki bu yoshlarning aybi, oddiy maktabda o‘qiganida. Bechoralar...

Baraka topgurlar, xo‘p, Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga imtiyoz bermoqchi ekansizlar, mayli, beringlar. 40 ta imtiyoz orasida shular ham imtiyoz olsa, ota go‘ri qozixona emas. Imtiyozistonga aylangan davlatda bunga chidasa bo‘ladi.

Ammo mana shu imtiyozni sal aql bilan, ozzzgina ijtimoiy adolatga qarab beringlar. Xohlasangiz, Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota joriy qilinglar, g‘ing degan nomard. Yoki xohlasangiz, xuddi Prezident maktabiga o‘xshab Temurbeklar maktabini bitirgan 100% hamma o‘quvchini kvotadan tashqari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinglar, bunisiga ham roziman hattoki.

Lekin iltimos, havodan ball qo‘shib beradigan imtiyozni yo‘qotinglar. Nahotki bu noto‘g‘riligini tushunish shunchalar qiyin bo‘lsa?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😃 Bugundan boshlab o’qishingizni Fan va texnologiyalar universitetiga ko’chirishingiz mumkin!

Taʼlim grantini yutib olish, stipendiya olish, kontraktni yil davomida boʻlib toʻlash va asosiysi – zamonaviy muhitda sifatli taʼlim olish. Bularning hammasi Fan va texnologiyalar universitetida mujassam.

Shu bilan birga:

🔹 12 ta ta’lim yo’nalishi va hamyonbop kontrakt narxlari;
🔹 Xalqaro universitetlar bilan memorandumlar va hamkorlik aloqalari;
🔹 O‘zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi;
🔹 Talabalar uchun birinchi kursdan amaliyot o‘tash imkoniyati;
🔹 Talaba bo’lgan yaqin qarindoshlar va er-xotinlarning har biriga kontrakt narxidan 10% chegirma.

🔔 Ariza topshirish: qabul.usat.uz

📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

Telegram
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi. Bayonot yolg‘on va safsatadan iborat

Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan:

1) qonun hujjatlaridan savol tuzishimiz mumkin — bu YOLG‘ON;

2) savollarimiz "chyotkiy", hech qanaqa muammosi yo‘q — bu SAFSATA.

Birinchi yolg‘onga kelsak, UzBMB saytida huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi.

Ushbu manbalarda mavjud bo‘lmagan birorta savol berishga UzBMBning haqqi yo‘q.

Pastda kichkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Ya’ni izohda savollar eng oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzishga haqqimiz bor, degani emas. Bu shunchaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qaraymiz degani.

Masalan, 3 yil oldin chiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tushgan. Demak, shunaqa payti darslikdagi eski ma’lumotdan savol tuzilmaydi, degani.

Ammo UzBMBdagi "aqllilar" o‘zicha bu izohni istalgan qonun hujjatidan savol tuza olamiz, deb o‘ylashibdi.

Lex.uz saytida 132 mingdan ortiq hujjat bor. Sal kallani ishlatsanglar bo‘lmaydimi? Qanaqa qilib, abituriyent 132 mingta hujjatni o‘qib chiqadi? Abituriyent Yer kodeksidan yoki Byudjet qonunidan savol tushishini qayerdan bilsin?

Xullas, UzBMBning bu ishi huquqiy asosga ega emas va bu qonun buzilishi, deb baholanishi kerak.

Ikkinchi safsataga kelsak, UzBMB savolda qaysidir qilmish uchun Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qanaqa jazo berilgani, ya’ni sanksiyasi so‘ralganini to‘g‘ri deb hisoblashini aytibdi.

Bo‘pti, kelishdik, bitta ish qilamiz. Agar Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Oliy sud raisi Baxtiyor Islamov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov JK va MJtKdagi hamma moddaning sanksiyasini yoddan bilsa, men shunchaki qoyil qolaman va adashibman deb uzr so‘rayman. Agar ular ham yoddan bilmasa, unda UzBMB xatosini tan oladi, kelishdikmi?

Bilaman, men aytgan ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu misolni shunchaki bironta sudya, prokuror yoki tergovchi kodekslardagi sanksiyalarni yodlamasligini tushuntirish uchun aytdim.

Sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmaydi, sanksiyalar sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham so‘ralmaydi. Umuman yuristlar orasida sanksiya yodlash degan amaliyot yo‘q, baraka topgurlar!

Qaysi "farzandi yo‘q" ekspert abituriyentlar uchun bunaqa savollarni tuzdi, qaysi "miyasi o‘tlagan" kottakon bunaqa savollarni tasdiqladi, hayronman.

Bu Yangi O‘zbekistonda yangicha muhit olib kirishni maqsad qilgan yangi davr test tizimi uchun sharmandalikdan boshqa narsa emas.

O‘zimiz yoshlarga shunaqa ahmoqona savollarni beramiz-da, keyin PISA kabi xalqaro imtihonlarda o‘quvchilarimizning fikrlashi eng oxirgi o‘rinlarda ekanidan hayron bo‘lamiz. Aslida mana shunaqa savollar tushayotgan test tizimi yoshlarimizni zombiga aylantirib, mantiqiy fikrlashini o‘ldiryapti.

Uyalinglarey... Yana o‘zini oqlashiga o‘lamanmi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇹🇭Tailand Qirolligi O’zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejimni joriy qildi

Yangi tartib 15-iyuldan kuchga kirdi. Unga ko’ra, 93 ta davlat, jumladan O’zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz rejim joriy etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Markaziy bank 11 ta bank, bitta mikromoliya tashkiloti va bitta lombardga jarima sanksiyasini qoʻlladi

Jarima sanksiyalari MB tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlar talablariga rioya qilinmaganligi hamda taqdim etilgan maʼlumotlarda noaniqliklarga yoʻl qoʻyilganligi va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun qoʻllanilgan.

Tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2024-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikkita yangi universitet tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish va xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

Yig’ilishda 2 ta universitet ochilishi haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan:

➖Hozir Surxondaryoda Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti bor. Ularni yiriklashtirish orqali Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Yangi universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi. Unga bilimi yuqori talabalar tanlov asosida olinib, amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi;

➖Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

Uning faoliyati 2024/25-o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda muhandislik, arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul davom etyapti!

Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

Yo‘nalishlar:

🏦 Iqtisodiyot:
• Bank ishi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va moliya
• Moliya
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Turizm va mehmondo‘stlik
• Xalqaro munosabatlar

👩🏻‍🏫 Pedagogika:
• Pedagogika
• Jismoniy madaniyat
• Tarix

👷🏻Arxitektura va qurilish:
• Arxitektura
• Kadastr

📖 Tillar va adabiyot:
• Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti
• Koreys filologiyasi

🖥 Kompyuter injiniringi (IT) va matematika:
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Matematika

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

Litsenziya (№216331, 03.11.2022)
Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel