Tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikllar, elektromobillar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda
17-iyul kuni hukumatning “Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, davlat raqamlarini berishda ba’zi o‘zgarishlar kiritilmoqda. XIE tipidagi raqam (yashil fonda hudud kodi bilan ikki qatorli belgi) ilgari mototsikllar, skuterlar va elektr skuterlar uchun chiqarilgan bo‘lsa, endi u elektromototsikllar uchun beriladi.
🚫 Shuningdek, “Individual harakatlanish vositalarini boshqarish taqiqlangan” hamda “Skuter va mopedlar harakatlanishi taqiqlangan” shaklidagi yangi yo‘l belgilari joriy etilmoqda.
🛴 Skuterda harakatlanayotgan haydovchi hamda yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.
✔️ Bundan tashqari, individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslar harakat davomida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 10 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi, turar joy dahalaridan chiqish vaqtida boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi, qat’iy ravishda harakat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarish kerakligi belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi
Bu haqda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi.
2024/2025-o‘quv yilidan universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi. Bunda, yirik ishlab chiqarish korxonalari Ilg‘or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
✅ 2025/2026-o‘quv yilidan universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.
⚡️ Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdilar.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Testga kelmaganlar yoki kechikib kelganlar uchun qo’shimcha test o’tkazilmaydi
#abituriyent
Ayrim abituriyentlar turli sabablar (oilaviy, betobligi va hk) bilan yoki sababsiz test sinovlariga kela olmayapti.
Shuningdek, testga kechikib kelayotgan abituriyentlar ham yetarlicha. Kechikib kelganlar testga kiritilmayapti.
Bundan tashqari ayrim abituriyentlar testga o’z vaqtida kelsa ham, lekin yonida tegishli hujjati yo’qligi sababli testga kiritilmayapti.
❓Shu kabi holatlarda boshqa kuni testga kirsak bo’ladimi, deya so’rashmoqda.
✅ JAVOB: Yo’q, boshqa kuni testga kirishga ruxsat berilmaydi. Qanday sabablarga ko’ra, testga kelmaganidan qat’i nazar (masalan, betob bo’lgan bo’lsa ham).
Pandemiya davridagina koronavirusga chalingan yoki karantinga olingan abituriyentlarga keyinchalik qo’shimcha kunlar tashkil qilingan edi. Ammo hozir bunaqa tartib yo’q.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlarini so‘ragan.
📍Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning aniq manzili, joylashuvini quyidagi sahifadan bilib olishingiz mumkin:
https://uzbmb.uz/page/test_2024
👉 @xushnudbek 👈
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Mustaqilllikning 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida nishonlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi
#abituriyent
🔀 respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
⏺️ turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.
👉 @xushnudbek 👈
19-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va yana 36 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
👉 @xushnudbek 👈
⁉️ 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Profi University’da o‘qishni xohlaysizmi?
O‘qishga kirish uchun nima qilish kerak?
Bugun Timur Alixonov bilan birga Profi University’ga onlayn hujjat topshirishdan boshlab imtihon yakunlanganigacha bo‘lgan jarayonni birgalikda ko‘rib chiqamiz.
✅ Onlayn ravishda ro‘yxatdan o‘ting, imtihonda qatnashing va talaba bo‘ling.
Navbatdagi kirish imtihoni 1-avgustda o'tkaziladi.
📍Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy
Imtihon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://profiuniversity.uz/?ref=MklB
☎️ Batafsil ma'lumot: 78-777-11-11
Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)
Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Ta’lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.
Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:
- Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;
- Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma;
- Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- 2024-2026-yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
👉 @xushnudbek 👈
UzBMB natijasi (DTM ball) bilan UBS talabasi bo‘ling!
👍 Hurmatli abituriyentlar, “University of Business and Science” siz uchun navbatdagi imkoniyatni taklif qiladi!
UzBMB natijangiz bilan UBSda imtihonsiz talaba bo‘ling va sifatli ta’lim beradigan universitetda o‘qing.
👉 Universitet haqida umumiy ma’lumot
👉 UBSga o‘qishni ko‘chirish (perevod)
👉 Universitetning 300 ta ta’lim granti
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya dasturi
👉 Talabalar uchun bir semesterlik grant
👉 Kontrakt uchun 1, 2, 3 mln so‘mlik vaucher
👉 Til sertifikati uchun kontraktdan chegirma
Hozirda UBSning 20 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlarida qabul davom etmoqda:
ubsu.uz/educations/bachelordirections
Hoziroq hujjat topshiring va talaba bo‘ling.
qabul.ubsu.uz
+998781132626, +998907894242
Kunduzgi ta’lim kontrakti — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta'lim kontrakti — 9 860 000 so‘m
📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)
Telegram | Instagram | Reklama
Qo'lga tushgan advokatlar
➖ Farg‘ona shahridagi advokatlik firmalarida ishlovchi 2 nafar advokat, 6 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum jazosini sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazoga o‘zgartirib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.
➖ Toshkent shahridagi advokatlik firmasining muqaddam bir necha marotaba sudlangan advokati to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida aniqlangan 12 mlrd so‘m miqdoridagi zararning 6 mlrd so‘mini prokuratura va ichki ishlar organlaridagi tanishlari yordamida jabrlanuvchi foydasiga undirib berish evaziga 100 ming dollar talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 50 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, advokatning ushbu ishga aloqador bo‘lgan hamkasbi va muqaddam prokuratura organlarida ishlagan tanishi ham 50 ming dollardan 30 ming dollarini olgan vaqtlarida ushlangan.
➖ Samarqand shahridagi advokatlik firmasining avval sudlangan advokati Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaroning turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohini bekor qilishda sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
👉 @xushnudbek 👈
🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Oliy martabali mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.
👉 @xushnudbek 👈
🚆 23-avgust kunidan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari 778/777-sonli “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
● 778-sonli “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi
Toshkent 6:59 — Buxoro 11:05
● 777-sonli “Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi
Buxoro 16:12 — Toshkent 20:20
⠀
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 🇮🇷Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qilib, uni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Nurimbetov Rahmatilla Ibragimovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U 2023-yil 29-dekabridan buyon ushbu lavozimda edi.
***
Haydarov Ilhom O‘tkirovich esa tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar uzoq yillar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbari edi. Shuningdek, u 2006-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekistonning Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan.
👉 @xushnudbek 👈
🚀 DTM natijangiz bilan Buxoro shahrida joylashgan Osiyo xalqaro universitetida talaba bo’ling!
🏛️ Sizni orzularingiz sari yetaklaydigan maskanni izlayapsizmi? Osiyo xalqaro universiteti – bu siz uchun har tomonlama to'g'ri manzil!
Universitet o’z talabalari uchun ko’plab universitetlarda mavjud bo’lmagan imkoniyatlarni taklif qila oladi. Jumladan:
• Grantlar, rektor stipendiyasi va rag’batlantirishlar
• Talabalar uchun zamonaviy kampus va talabalar turar-joy
• Davlat namunasidagi yurtimizda 100% tan olinadigan diplom
• Amaliyot dasturlari
Ta'lim reklamasi
Читать полностью…
Beshinchi kun natijalari e’lon qilindi
18-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈
UMFT universitetida stipendiya beriladimi?
Shu va shu kabi aktual savollarga videodan javob oling.
Imtihonlarga ro’yxatdan o’tish uchun umft.uz.
Litsenziya (№242954; 09.11.2022)
☎️ +998555068888 | +998555208888
@umft_support
umft.uz
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin | Ta’lim reklamasi
"Microsoft" ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmadi — Uzbekistan Airports
“Ayni damda barcha aerodromlarda uchish va qo‘nish jarayonlari odatdagidek davom etmoqda. Aviakompaniyalar yoʻlovchilarni roʻyxatga olishda dasturiy nosozliklarga duch kelgan taqdirda, "Uzbekistan Airports" aviatashuvchilarga oʻzining muqobil roʻyxatga olish tizimini taklif qilishga tayyor”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
📱Ucell'dan manfaatli shartlarda smartfon!
Samsung A seriyasidagi istalgan smartfonni Ucell SIM-kartasi bilan xarid qilishda “Katta Doimiy” tarif rejalarida 3 oy aloqa xizmatlariga ega bo‘ling.
O‘zingizga mos smartfon toping va yorqin taassurotlar olamini kashf eting!
Aksiya 16-iyuldan Ucell sotuv ofislarida faqat yangi ulanishda amal qiladi.Reklama
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenni ushbu lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda mutlaqo yangi sahifa ochadigan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tez orada imzolash tarafdori ekani qayd etildi.
“Yaqin kelajakda Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mintaqaviy aloqalarimizni manfaatli loyihalar va dasturlar bilan boyitish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘lishiga aminman", — deyiladi Prezidentimiz maktubida.
Vodiy viloyatlarida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 16-18 iyul kunlari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha Hamkorlikdagi Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev videokonfrensaloqa orqali hamda Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimlari bevosita joyidan ishtirok etgan.
👉 @xushnudbek 👈
To’rtinchi kun natijalari e’lon qilindi
17-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈
❗️ O‘zbekistonda olti oyda 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan
Ular quyidagi turlardagi jinoyatlarni sodir etgan:
➖ o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish;
➖ pora oldi-berdisi, unda vositachilik qilish;
➖ firibgarlik;
➖ mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
➖ mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
➖ mansab soxtakorligi;
➖ mansabga sovuqqonlik bilan qarash.
✅ Ushbu jinoyatlar ortidan 1,4 trln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov o‘rtasida dastlab tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, davlat rahbarlari muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.
Muzokaralar davomida Davlatlararo kengash tuzishga qaror qilindi.
Shuningdek, poytaxtlarda savdo uylari tashkil etiladi, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini tezkor tashish bo‘yicha "yashil yo‘lak" ishga tushiriladi.
Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish etib belgilandi. Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha bitimni tez fursatda imzolash va loyihaning amaliy bosqichini boshlash muhimligi qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈
🎓
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi London universitetiga qabul davom etmoqda!
Nima uchun University of London’ni tanlashingiz kerak?!
🔹Grant asosida o‘qish imkoni;
🔹Bir vaqtning o’zida 2 ta diplomga ega bo’lish;
🔹LSEning Nobel mukofoti sovrindorlari tomonidan ma'ruzalar;
🔹Student exchange, Work & travel, Summer school dasturlari;
🔹Xorijda amaliyot o'tash imkoni;
🔹Buyuk Britaniya hamda qo'shma ta'lim dasturlariga o'qishni ko'chirish imkoni.
Hujjat topshirish uchun havola
Hujjatlarni Telegram BOT orqali topshirish
🌐 www.lse.tsue.uz
Murojaat uchun:
☎️ +998900379099
☎️ +998901379099
📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi 49.
Ta’lim reklamasi
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘zgardi
— polkovnik Saidov Olim Choriqulovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;
— IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Ibragimov Sherzod Shokirovich tayinlandi.
U bunga qadar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
👉 @xushnudbek 👈
Renessans ta’lim universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul va o‘qishni ko‘chirib o‘tkazish davom etmoqda.
RTU’da 40 ga yaqin yo‘nalishlarda kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha tahsil olishingiz mumkin.
Imkoniyatlar:
✅ 100 ga yaqin grant o‘rinlari;
✅ Davlat namunasidagi diplom;
✅ HEMIS – ta’limni tashkil etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
✅ Kontraktdan 25 % chegirma (agar, IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa). Shuningdek, kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash;
✅ Koreya, Xitoy, Malayziya kabi mamlakatlardagi xalqaro universitetlarda ta’limni davom ettirish dasturi;
✅ UZBMB- bilim va malakalarni baholash agentligi natijasi bilan talaba bo’lish.
📋 Onlayn hujjat topshirish uchun:
www.renessans-edu.uz
Eslatma: Hujjat topshirish mutlaqo bepul.
📄 Litsenziya (№150241; 18.11.2022)
📞 Murojaat uchun: 55-506-70-07, 55-506-80-08
📍Toshkent shahri Samarqand darvoza ko‘chasi Charxnovza 17.
Telegram | Instagram | Veb sayt | Ta’lim reklamasi
Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi
Prezident qaroriga ko‘ra, universitet muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydi.
Universitet faoliyati 2024/2025-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.
Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi
16-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈