⚡️ Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichidan o‘tgan talabgorlar uchun ikkinchi bosqich imtihonlari 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
❗️ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
✅ Talabgorlar ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Prezident maktablarining 1-bosqichdagi test natijalari e’lon qilindi
Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali aniqlash mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/
👉 @xushnudbek 👈
Parij-2024 olimpiadasi ochilish marosimiga 4 kun qoldi
Lekin ochilish marosimigacha futbol bo‘yicha olimpiya terma jamoamiz ilk o‘yinini o‘tkazadi. 24-iyul kuni guruhdagi ilk o‘yin Ispaniya bilan bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 o‘yinlariga 90 nafar O‘zbekiston sportchilari 19 ta sport turi bo‘yicha 75 ta litsenziyani qo‘lga kiritgan.
Litsenziya qo‘lga kiritilgan sport turlari quyidagilar: boks, yunon-rum kurashi, erkin kurash, ayollar kurashi, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, baydarka va kanoyeda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, qilichbozlik, taekvondo, zamonaviy beshkurash, velosport, futbol, kamondan o‘q otish, suzish, suvga sakrash.
Sportchilarimizga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslariga taklif qiladi
Quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
➖ Chet tili (ingliz, nemis tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlash:
- 4 oylik (mutaxassisliklar uchun 576 soat);
- 8 oylik (nomutaxassisliklar uchun 1152 soat).
➖ Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat)
➖ Sharq tillari (arab, xitoy va koreys tillari) yo‘nalishi bo‘yicha:
- kasbiy va pedagogik qayta tayyorlov 4 oylik (mutaxassisliklar uchun 576 soat)
- 8 oylik (nomutaxassisliklar uchun 1152 soat).
Ushbu kurslarni tugatgandan soʻng ta’lim tizimida uzluksiz dars berish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
➖ Gid-tarjimonlar qayta tayyorlash 5 oylik (630 soat).
Gid-tarjimonlar kurslarni tugatgandan soʻng davlat namunasidagi sertifikat, beydjik beriladi hamda gid-tarjimon davlat reestriga kiritiladi.
➖ Avia-bort kuzatuvchi (styuardessa) 1 oylik (144 soat).
Darslar boshlanish sanasi 2024-yil 24-iyul.
Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning:
@Jahon_tillari_malaka_oshirish
☎️ +99890 336 56 01
📍 Manzil: Toshkent sh., Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li, G9A mavzesi, 21-uy. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona. Ta'lim reklamasi
Bo‘stonliqda baxtsiz hodisa sabab ikki kishi halok bo‘lgan
20-iyul kuni soat 14:30 larda “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasida 19 yoshli yigit skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.
Oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqarolar olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga test sinovlari 25-26-iyul kunlari bo’ladi
#abituriyent
2024-2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 25-iyul kuni ikkinchi smenada (faqat Toshkent shahrida) va 26-iyul kuni ikki smenada (barcha hududlarda) bo‘lib o‘tadi. Bunda:
1️⃣-smena — 09:00 da;
2️⃣-smena — 15:00 da boshlanadi.
📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov aholiga murojaat bilan chiqdi
YHXX boshlig‘i haydovchilar va piyodalarda yo‘l harakati qoidalarini hurmat qilish va ularga so‘zsiz rioya etish madaniyatini yuksaltirish, aholida ularni buzmaslik immunitetini shakllantirish, avariyalarning asl omillarini ilmiy jihatdan o‘rganish va kompleks bartaraf etish, ta’lim muassasalari oldi, hodisalar o‘choqlari va piyodalar o‘tish joylarida ishonchli xavfsiz tizimini yaratish, shuningdek, «ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi murosasiz kurashish» kerakligini alohida ta’kidladi.
Ishqilib, bu murojaat shunchaki "tepadan tushgan topshiriq"ni yopish uchun nomiga aytilgan bo‘lmasin-da. Amalda ham biror tayinli ish ko‘raylik.
👉 @xushnudbek 👈
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bo‘lajak talabalarni rag‘batlantirish maqsadida 1,5 milliard so‘mlik grant va 8,4 million so’mlik stipendiya joriy etdi.
Siz universitetda:
🔹Universitet tomonidan ajratilgan 1,5 milliard so’mlik grant o’rniga ega bo’lishingiz mumkin
🔹 Universitetning faol talabalari safida bo’lsangiz 8 million 400 ming so’mgacha stipendiya olishingiz mumkin.
2024-2025-o‘quv yili uchun qabul quyidagi yo’nalishlarda davom etmoqda:
• 24 ta bakalavriat yo‘nalishi;
• 4 ta magistratura mutaxassisligi.
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida Boshlang‘ich ta’limdan tortib, Iqtisodiyot yo’nalishigacha mavjud!
Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.
Hujjat topshirish: https://bit.ly/IPU_qabul
Litsenziya (№194419; 16.08.2022)
Aloqa markazi: (78)113-19-19
Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov k, 13-uy
Ta’lim reklamasi
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Mario Benedetti. Ehtimol tuzatib bo‘lmas (hikoya)
Izoh: Radiodan “Aviakompaniya 914–reysni majburan 24 soatga kechiktirdi” deb e’lon qilishdi. Serxio Rivera alamidan hatto yerni bir tepdi. Ularning bunaqa qilig‘ini u yaxshi biladi, turgan gapki, bunday vaziyatdan keyin deyarli yod bo‘lib ketgan bahonalar aytiladi: yaxshisi ko‘tarilgandan keyin havoda biron tuzatib bo‘lmas texnik nosozlikka ro‘para kelgandan ko‘ra reysni qoldirgan ma’qulroq degan tushunchalarga borilganining sabablari aytib o‘tiladi. Barchasi shundan so‘ng boshlangandi...
📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/mario-benedetti-ehtimol-tuzatib-bolmas" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/mario-benedetti-ehtimol-tuzatib-bolmas
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/dp7qLwcn7sM
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi, ular endi boshqalarga xalaqit bermaydi
#abituriyent
Prezident imzolagan farmoyishga binoan, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.
❓Bu nima degani?
Endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.
Eng muhimi, endi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi. Nihoyat bizni eshitishdi, rahmat.
👉 @xushnudbek 👈
#26 HOKIMIYAT SHAYTONIY XUSUSIYATGA EGA — Lolazor podcast
📹 https://youtu.be/bmkSy0C-LtE
Ushbu sonda biz siyosatshunoslik fani haqida, respublika va despotik davlatlarning farqi, hokimiyatning shaytoniy xususiyatga egaligi, saylov huquqi berilmagan erkinlikning xavfi, Amerikadagi saylovlar, siyosiy institutlarning qanchalik muhimligi, mustaqil va xolis sud tizimini yaratish, liberalizm, parlamentarizm, huquqshunoslik fanidan tushgan test savollari bilan bog‘liq muammolar, tarjima qilinayotgan kitoblar va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.
Mehmonimiz — siyosatshunos, “Fikrat” tahlilchisi Hamid Sodiq.
📹 https://youtu.be/bmkSy0C-LtE
Dam olish kunida yoqimli mutolaa tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, soat 12:00 da “Lolazor”ning navbatdagi sonida siyosatshunos Hamid Sodiq bilan suhbatimizni tomosha qiling.
Davlat va hokimiyat asoslari haqida qiziq ilmiy ma’ruza tinglaganday bo’lasiz, Xudo xohlasa.
📹 YouTube sahifamiz manzili
👉 @xushnudbek 👈
Magistratura uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi
#abituriyent
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
👉 @xushnudbek 👈
Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi
19-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈
📚 Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabida qabul davom etmoqda!
31-iyul qabul kuni, 1-avgustdan esa darslar boshlanadi. O‘quvchilar 7-11-sinflarga qabul qilinadi.
🏫 Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar, o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi:
1. Biologiya;
2. Kimyo;
3. Ona tili
4. Tarix;
5. Matematika.
📌 Shuningdek, haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.
📑 Litsenziya (№0275, 30.08.2021)
📞Murojaat uchun: +998948553366, +998944443366, +998916590793.
📍Manzil
Onlayn murojaat: @IBN_SINO_3366
ibnsinoeducation3090">YouTube | Instagram | Reklama
🇺🇿🇰🇷 Koreya ilmiy-tadqiqot kimyo texnologiya instituti (KRICT) magistratura va doktorlik yoʻnalishlarida grantni qo’lga kiriting
KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli Korean Research Institute of Chemical Technology (Koreya ilmiy-tadqiqot kimyo texnologiya instituti) oliygohida kimyo sohasida magistratura (2 ta oʻrin) doktorlik (PhD, 5 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida taʼlim olish uchun tanlov eʼlon qildi.
Barcha xarajatlar hamkor tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida oʻz faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi.
📑Hujjatlar 2024-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.
📞Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun
(+998) 93 560-62-66; (+998) 97 136-35-32
🌐Hujjatlarni onlayn yuborish uchun: havola
📨 Elektron manzil: empark@krict.re.kr
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Reklama
Sakkizinchi kun natijalari e’lon qilindi
21-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.
“Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi Harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari esa 27-iyul kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 15:00 da boshlanadi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga 1 soat oldin kelishi kerak. Yonida albatta shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bo'lishi shart.
Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan harbiy-akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24239
Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/19940
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).
Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
150ta grant taqdim etiladi!
👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida quyidagi yo’nalishlar uchun qabul davom etmoqda:
Bakalavriat yo’nalishlari:
- Matematika
- Amaliy matematika
- Sun'iy intelekt
- Dasturiy injiniring
- Logistika
- Iqtisodiyot
- Buxgalteriya hisobi
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Bank ishi
- Menejment
- Tarix
- Psixologiya
- Xorijiy til va adabiyoti: (Ingliz tili)
- Filologiya va tillarni o‘qitish: (Xitoy tili)
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Maktabgacha ta‘lim
Magistratura mutaxassisliklari:
- Matematika
- Sun'iy intellekt
- Iqtisodiyot
- Menejment
- Bank ishi
- Buxgalteriya hisobi
- Biznes boshqaruv (MBA)
- Tarix
- Psixologiya
- Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)
- Lingvistika
Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev Sirdaryoda chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga va uning ota-onasiga minnatdorlik bildiribdi.
2011-yilda tug‘ilgan ushbu bolakay Guliston shahridagi do‘kondan mahsulot xarid qilganda QR-chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, uning yuziga urgan.
Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi)ga nisbatan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudiga yuborilgan.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 65-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi
🥈Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥈To’lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥉Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi.
ℹ️ Ma'lumot uchun: o’zbekistonlik o’quvchilar IMOda 1997-yildan boshlab ishtirok etadi va hozircha biror marta 🥇oltin medal olmaganmiz.
❓G'oliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:
🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:
o'quvchiga — 500 baravar (170 mln so‘m);
ustoziga — 450 baravar (153 mln so‘m).
🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:
o'quvchiga — 300 baravar (102 mln so‘m);
ustoziga — 250 baravar (85 mln so‘m).
🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:
o'quvchiga — 200 baravar (68 mln so‘m);
ustoziga — 150 baravar (51 mln so‘m).
Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Jo Bayden noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda vitse-prezident Kamala Harris Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Jo Bayden AQSh prezidenti saylovi poygasidan chiqishini e’lon qildi. U prezidentlikka nomzodini qo‘ymaydi.
Endi Demokratlar partiyasi Bayden o‘rniga yangi nomzod ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi
20-iyul kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
👉 @xushnudbek 👈
❗️Magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o'quv yili uchun Zamonaviy fizika va Sanoat boshqaruvi — innovatsiya va biznesni rivojlantirish magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda.
Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligida siz kvant algoritmlari, matematik modellash va kvant simulyatsiyalarini mukammal o‘rganasiz.
Sanoat boshqaruvi — innovatsiya va biznesni rivojlantirish mutaxassisligi ikki diplomli dastur bo'lib, ikkinchi semestrdan Germaniyaning Mitvayda universitetida o'qishni davom ettirishingiz mumkin.
Reklama
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent
Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:
1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;
2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;
3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.
Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.
❓Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.
❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.
❓Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?
Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Keling aniq misolda ko‘ramiz.
Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.
Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.
‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Bosh vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA TASDIQLANDI
#abituriyent
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Imtihonsiz "perevod" qilsa bo‘ladimi?
#perevod
Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida aytilgan. Buni ko‘rgan minglab talabalarning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, halovati yo‘qoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga o‘qishimni ko‘chira olsam?” deya shirin orzularga berilishdi.
Lekin bu yerda siz bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta masala bor:
1️⃣ Birinchidan, videodagi gaplar yangilik emas, ushbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, ya’ni 2 yildan buyon amalda.
2️⃣ Ikkinchidan, xususiy oliygohlardan hamda yurtimizdagi xorijiy OTM filiallaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga bir martalik "super-kontrakt" to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin. Ya’ni bu yo‘nalishga qarab 50 mln so‘mdan 250 mln so‘mgacha bo‘ladi.
O‘tgan yilgi "super-kontrakt" narxlari bu yerda:
/channel/xushnudbek/21116
❗️Lekin xorijdagi oliygohlardan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod
Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/24554
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/20258
‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/24554
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579
2023-yilgi turdosh yo’nalishlar:
t.me/xushnudbek/20258
2023-yilgi super-kontrakt narxlari:
t.me/xushnudbek/21116
4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga.
☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
👉 @xushnudbek 👈