xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

⚡️KVOTA-2024. MAQSADLI QABUL

✅ Maktab ta’limi sohasi uchun

2024-2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent

Jami: 9 ming 158 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent

Jami: 127 ming 995 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bakalavriat uchun o‘tish ballari qachon tasdiqlanadi?
#abituriyent

JAVOB: Hech qachon. O‘tish bali qaysidir hujjat asosida tasdiqlanmaydi. U ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan abituriyentlarning olgan ballari natijasida tabiiy shakllanadi.

Shu sababli o‘tish bali necha ball bo‘lishini hech kim oldindan bilmaydi. Beshta yo‘nalish tanlayotganda siz o‘tgan yilgi ballarga qarab mo‘ljal olishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin, lekin bu ham aniq emas, ball qaysidir yo‘nalishda ko‘tarilishi, qaysidadir tushishi mumkin.

Lekin baribir o‘tgan yilgi ballarga qarab ish tutish shunchaki quruq tavakkal qilishdan yaxshiroq.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi ochilish marosimida chiqish qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Paris2024

Birozdan so’ng, aniqrog’i soat 22:25 dan boshlab Parij-2024 Olimpiadasining ochilish marosimi boshlanadi.

Tashkilotchilar tadbir uchun ajoyib yechim tanlashgan. Tantanali ochilish marosimi tarixda ilk marta stadionda o’tkazilmaydi, balki Parij shahri markazidan o’tuvchi Sena daryosida tashkil etiladi.

Terma jamoalar esa kemalarda o’tishadi. 4 xil hajmdagi (kichik, o’rta, katta va o’ta katta) jami 85 ta kema ajratilgan. Kemalar uzunligi 5 metrdan 90 metrgacha bo’ladi.

🇺🇿O’zbekiston delegatsiyasi 55-raqamli kemada 🇳🇿Yangi Zelandiya, 🇴🇲Ummon, 🇺🇬Uganda va 🇵🇰Pokiston delegatsiyasi bilan birga o’tishadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan.

65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.

Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

Samarqand — 87 570
Qashqadaryo — 84 874
Fargʻona — 73 146
Andijon — 59 951
Surxondaryo — 57 199
Toshkent viloyati — 56 188
Qoraqalpogʻiston — 51 502
Namangan — 46 480
Jizzax — 43 232
Xorazm — 41 854
Toshkent shahri — 39 518
Buxoro — 38 084
Navoiy — 32 725
Sirdaryo — 25 028


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda

Endilikda UZBMB (DTM) natijasi bilan universitetga imtihonsiz asosda qabul qilinish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, universitet davlat litsenziyasi asosida bakalavriatda 10 ta hamda magistraturada 11 ta mutaxassislik boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatish huquqini qoʻlga kiritdi.

Universitetdagi ta'lim yo'nalishlari:

1.
Bakalavr;
2. Magistratura.

💻 Roʻyxatdan oʻtish: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahri Mirobod tumani Amir temur shoh koʻchasi 15-uy.

☎️ Batafsil maʼlumot uchun:
+998712029229

Litsenziya (№216331, 03.11.2022)

Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

25-iyul
kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;

3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hurmatli abituriyentlar, Tashkent Metropolitan University'da qabul boshlandi

TMU sizga nima taqdim etadi:

🔹Xalqaro standartlar asosidagi sifatli ta'lim;
🔹Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi;
🔹Xorijiy va mahalliy professor-o'qituvchilar;
🔹10%-100% lik grant o‘rinlari;
🔹Zamonaviy ta'lim muhiti.

Ta’lim yo’nalishlari:

🔹Law School:
Yurisprudensiya;
🔹School of Engineering: Kompyuter Injiniringi;
🔹Business School: Iqtisodiyot, Menejement, Marketing, Xalqaro Biznes, Buxgalteriya hisobi va Moliya;
🔹School of Arts & Humanities: Xorijiy til va adabiyoti( Ingliz tili), Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim.

📑 Litsenziya (№ 327586 24.07.2024)

💰Kontrakt narxi (bir semestr uchun): 7,500,000 ~12,500,000 UZS

Hujjat topshirish: t.me/tmunibot

📞 Qabul bo'limi: +998712000123

Manzil: Toshkent shahar, 41.3530275,69.2545044,17z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38ae8b7b6319561b:0x9901dee733440a1!2sTashkent+Metropolitan+University+-+TMU!8m2!3d41.3530235!4d69.2570793!16s%2Fg%2F11h0zgztgg!3m5!1s0x38ae8b7b6319561b:0x9901dee733440a1!8m2!3d41.3530235!4d69.2570793!16s%2Fg%2F11h0zgztgg?entry=ttu">Olmazor tumani, Usta Shirin 116

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Parlament saylovi 27-oktyabr kuni bo’ladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksida belgilangan muddatlardan kelib chiqib, bugundan, ya’ni 2024-yil 26-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasiga start berilib, Kalendar reja tasdiqlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlandi

Jami 12 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o’tkazildi.

Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.

Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo’nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan shifoxona 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatadi va 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo’ladi.

Shifoxonaga tegishli hududdagi bino va inshootlar Bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

2024-yil 1-sentyabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

👍 #Parij2024

🏹 Kamondan oʻq uzish

Tarixda ilk bor o’zbekistonlik sportchi Olimpiada bahslarida kamondan o’q uzish musobaqasida ishtirok etdi. Ziyodaxon Abdusattorova ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarining dastlabki saralash bosqichida 649 ochko bilan o‘z shaxsiy rekordini yangiladi va umumiy ro’yxatda 34-o’rinni egalladi.

Endi yurtdoshimiz 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada 🇨🇿chexiyalik Marie Xorachkova raqiblik qiladi.

Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida esa yana bir vakilimiz Amirxon Sodiqov bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da bahslarga kirishadi. Shu bilan, O‘zbekiston delegatsiyasining bugungi dasturlardan o‘rin olgan chiqishlari yakunlanadi.

Ertaga, 26-iyul kuni olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Til bilish sertifikatlari shart emas: Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida magistraturaga qabul davom etmoqda

Imtihonsiz “perevod” qilish imkoniyati mavjud.

Abituriyentlar bir vaqtning oʻzida davlat va xususiy universitetning magistratura mutaxassisligiga rasmiy platforma orqali 30-iyulga qadar hujjat topshirishi mumkin.

Bundan tashqari, maktab bitiruvchilari va abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi natijasi bilan talaba bo’lishi, shuningdek, talabalar oʻqishini imtihonsiz koʻchirishi mumkin!

Imkoniyatlar:
3,6 mln soʻmgacha stipendiya;
grant uchun kvotalar ajratilgan;
bepul ingliz va arab til kurslari;
yotoqxona bilan ta'minlangan;
bepul wi-fi kovorking markazi;
20 dan yaqin yoʻnalishlar;
kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.

Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi.

👉 Magistraturaga qabul;
👉 UZBMB natijasi bilan topshirish;
👉 O’qishni ko’chirish;

Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin

Telegram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent

Jami: 5 ming 610 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. SIRTQI.
#abituriyent

Jami: 52 ming 129 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
#abituriyent

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Mandat qachon?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Osiyo Xalqaro Universitetida 2024-2025 yil uchun qabul davom etmoqda.

📑 Universitetimizda quyidagi sohalarda 20 ta bakalavr yo‘nalishlari mavjud:

➖ Tibbiyot
➖ Texnika
➖ Pedagogika
➖ Iqtisodiyot
➖ Tillar

Shuningdek, 7 ta magistratura yo'nalishlari ham mavjud.

📩 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📂 Litsenziya (№249847, 10.11.2022-y.)

📞 Ma'lumotlar uchun:
+998553050009

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube

Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#Paris2024

O’zbekiston delegatsiyasi navbatini kutmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ Bu jami abituriyentning 46,9%iga to‘g‘ri keladi
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.

Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️ 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.

56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni ⬆️ 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.

O‘tgan yili 49,4% foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5% ga yaxshilandi.

2024-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.

🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,9%
⬆️ Toshkent viloyati — 4,9%
⬆️ Jizzax — 3.7%
⬆️ Buxoro — 3,5%
⬆️ Sirdaryo — 3,1%

O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, 27-iyul kuni Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ikkinchi bosqich test shaklida:

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

❗️
Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📋
Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

Imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️ Shunday qilib, barcha abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Endi hech kim bu ro’yxatga qo’shilib qolmaydi, chunki qo’shimcha test kunlari o’tkazilmaydi (agar Davlat qabul komissiyasi yopiq bayonnoma bilan kimlargadir ruxsat bermasa).

Ana, endi abituriyentlar uchun yo’nalish tanlash imkoniyatining ochilishini kutish kerak.

Ammo buning uchun eng avvalo kvotalar e’lon qilinishi kerak. Kvotalarni bilmasdan turib, yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Batafsil kvotalar esa haligacha tasdiqlanmadi.

20-iyuldagi Prezident farmoyishida Davlat qabul komissiyasi batafsil kvotalarni 1 hafta muddatda tasdiqlashi belgilangan edi. Ushbu muddat ertaga tugaydi.

Demak, agar ertaga — 27-iyul kuni Davlat qabul komissiyasi kvotalarni tasdiqlab, e’lon qilmasa, Prezident hujjatidagi topshiriqni ijro qilmagan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Profi University’da barcha talabalar endi 6 000 000 so’mgacha stipendiya oladi

2024-yilning 25-iyul sanasiga qadar 27012 nafar abituriyent “Profi University”ga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 4896 nafari imtihondan o‘tib, talabalikka tavsiya etildi.

Shuningdek, 5000 ga yaqin bo‘lajak talabalar orasidan yuqori natijani qayd etgan 1889 nafar abituriyentga yillik 6 000 000 so‘mlik stipendiya ham taqdim etiladi.

⚡️Universitetga qabul jarayonlari davom etmoqda!

Navbatdagi kirish imtihoni 1-avgust kuni oʻtkaziladi.

📍Manzil: Toshkent shahri Bektemir tumani Husayn Boyqaro ko‘chasi 117-uy.

Imtihon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://profiuniversity.uz/?ref=MklB

☎️ Batafsil ma'lumot: 78-777-11-11

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’n birinchi kun natijalari e’lon qilindi

24-iyul
kungi kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;

3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot || @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot || @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2024-2025 o'quv yili magistratura bosqichiga qabul boshlandi

UMFT universitetida magistratura mutaxassisliklari:

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar (70610101)
▪️40 ta o'rin: 3 ta grant, 37 ta kontrakt

Telekommunikatsiya injiniringi (70611001)
▪️20 ta o'rin: - 3 ta grant, 17 ta kontrakt

Raqamli iqtisodiyot (70310501)
▪️40 ta o'rin: 3 ta grant, 37 ta kontrakt

Ta'lim tili: o'zbek, rus.
Ta'lim shakli: kunduzgi.

Hujjat topshirish uchun: umft.uz

❕IELTS, CEFR til sertifikatlari talab etilmaydi.

Litsenziya (№242954; 09.11.2022)

☎️ +998555068888 | +998555208888
@umft_support
umft.uz

Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari qancha?

Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tahliliga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

Ayrim sohalarda kontrakt miqdori yillik xarajatlarning yarmini ham qoplamaydi.

Masalan, san’at yo‘nalishida o‘qiydigan talaba uchun kontrakt yiliga 7 mln 771 ming so‘m bo‘lsa, unga ketadigan xarajat miqdori 28 mln 759 ming so‘mni (27%) tashkil qiladi.

Shuningdek, sport faoliyati yo‘nalishida amaldagi kontrakt miqdori talabaga yil davomida sarflanadigan xarajatning 36,1 foizini qoplaydi.

Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yo‘nalishlar ro‘yxatida huquq (81,2%), jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar (81,2%), jahon siyosati (81,2%), iqtisod (75,6%) va axborot texnologiyalari (75,6%) yo‘nalishlari o‘rin olgan.

100% xarajati qoplanadigan yo‘nalish mavjud emas. Lekin, adashmasam, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt miqdori 18 mln so‘mdan baland edi, shu sababli mazkur oliygohda sarflanadigan xarajatga nisbatan ko‘proq kontrakt olinayotganini ko‘rish mumkin.

Yillik o‘qish xarajatlari nimalardan tashkil topgani haqida ham batafsil ma’lumot e’lon qilinsa, yanada yaxshi bo‘lar edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Markaziy bank 25-iyul kuni asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel