😃 UZBMB (DTM) natijalari bilan Fan va texnologiyalar universitetiga imtihonsiz o‘qishga kiring!
Buning uchun qabul.usat.uz sahifasida onlayn ariza qoldirish kerak boʻladi.
Nega aynan USAT?
✅ Kontrakt 7,9 mln soʻmdan boshlanadi;
✅ Сhet tili malaka sertifikatiga ega bo‘lganlar kontrakt narxidan 15% dan 30% gacha chegirma bilan toʻlaydi;
✅ Talaba er-xotin va yaqin qarindoshlarning har biriga kontraktdan 10% chegirma;
✅ Grant oʻrinlari, stipendiya mavjud;
✅ Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalari;
✅18 ta bakalavr va 6 ta magistratura yo'nalishlari.
Endi USATda sifatli ta’lim yanada arzon.
🔔 Ariza topshirish: qabul.usat.uz
Murojaat uchun: +99878-888-38-88 | @usatuzb
📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)
Ta’lim reklamasi
“Tashabbusli byudjet”ning amaldagi tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament quyi palatasiga bergan axborotida ma’lum qildi.
✅ Jumladan:
➖ aholi soni kichik bo‘lgan mahallalarning g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla yoki tashkilotlarga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish;
➖ xodimlarni majburiy ovoz to‘plashga jalb etish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;
➖ xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish hisobiga g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Yangi loyiha!
Xon Saroy'ning Toshkent shahri Yashnobod tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan "Muhabbat shahri" loyihasidan xonadon xarid qilib 65 mln so'm boshlang'ich to'lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyiga 5.3 mln so'mdan to'lab boring
Loyiha hududida:
✨ Xavfsiz bolalar maydonchasi
✨ Eko-hudud
✨ Work out zona
✨ Avtoturargohlar
✨ Bog'cha va maktab
Bot orqali bogʻlanish
712007400
555017400
xonsaroy.uz | Reklama
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt miqdori oshirildi
Bu haqda universitet saytida ma’lum qilindi.
2024/2025-o‘quv yilida kontrakt summalari quyidagicha belgilangan:
● 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 mln 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 mln 642 ming so‘m;
● 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 mln 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 mln 814 ming so‘m;
● Magistratura uchun – 27 mln 216 ming so‘m.
Ma’lumot uchun, 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat uchun stipendiyasiz o‘qish narxi – 18 mln so‘m, magistratura uchun – 21 mln so‘m edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️KVOTA-2024
#abituriyent
📚 BAKALAVR:
➖ KUNDUZGI — 127 995 nafar;
➖ SIRTQI — 52 129 nafar;
➖ KECHKI — 9 158 nafar.
➖ MASOFAVIY — 5 610 nafar.
Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.
🎓 MAGISTRATURA — 17 500 nafar.
❇️ MAQSADLI QABUL:
➖ Sog‘liqni saqlash (1 086);
➖ Maktab ta’limi (421);
➖ Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 200 ta).
🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:
➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);
➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 898 ta);
➖Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 745 ta);
➖ Harbiylarning farzandlari uchun (2 439);
➖ IIO xodimlari farzandlari uchun (1 742);
➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (697).
ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:
➖ Davlat granti ulushi chegarasi;
➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Endi ilmga oid xushxabar bilan o‘rtoqlashsam.
Hozirgina Saudiya Arabistonida yakuniga yetgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
87 ta davlatdan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) quyidagi o‘quvchilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
🥇Rahimov Daler Rahmonovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - oltin medal (suratda chapdan uchinchi);
🥈Baxodirov Axror Mardonbekovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - kumush medal (suratda chapdan birinchi);
🥈Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy shahar 11-sonli maktabining 11-sinf o'quvchisi - kumush medal;
🥉Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o'quvchisi - bronza medal (suratda o‘ngdan birinchi).
Barcha sovrindor o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalari hamda ustozlarini tabriklaymiz.
❓G'oliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:
🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:
o'quvchiga — 500 baravar (170 mln so‘m);
ustoziga — 450 baravar (153 mln so‘m).
🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:
o'quvchiga — 300 baravar (102 mln so‘m);
ustoziga — 250 baravar (85 mln so‘m).
🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:
o'quvchiga — 200 baravar (68 mln so‘m);
ustoziga — 150 baravar (51 mln so‘m).
Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
‼️BU MUHIM:
#abituriyent
Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga qo‘llanadi.
Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent
✅ Jami: 697 ta qo‘shimcha kvota.
❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.
❓Bojxona organlari xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.
‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
👉 @xushnudbek 👈
“Ilm-u ziyo tibbiyot texnikumi”da hamshiralikni amaliyotda o'rganing!
Texnikumda siz hamshiralik, feldsherlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim olib, o‘qishni davlat tasarrufidagi diplom bilan yakunlaysiz.
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va talabalik uchun birinchi qadamni tashlang.
❗️Qabul soni cheklangan.
Batafsil ma'lumot uchun:
Tel: +998781139393
Manzil: Qarshi davlat universiteti ro’parasi
📄 Litsenziya (№ 325316, 23.04.2022-y.)
Telegram | Instagram | Facebook | Reklama
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent
✅ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN
Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta (o‘tgan yilgidan 95 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.
▪️Ta’lim shakllari kesimida:
➖ kunduzgi — 2 560 ta;
➖ sirtqi — 1 043 ta;
➖ kechki — 183 ta;
➖ masofaviy — 112 ta.
ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.
Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 44 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.
Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 44 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 156 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.
Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
1-avgustgacha TMC Institut kampusiga kelib hujjat topshirgan abituriyentlar uchun 10% chegirma e’lon qilindi!
Shu muddatgacha hujjat topshirib, qabul qilingan talabalar kontrakt summasidan 10% chegirma oladi. To‘lovni 100% biryo’la to‘lash shart emas. Bu sifatli ta’limni arzonroq narxda olish uchun ajoyib imkoniyat!
• 17 dan ortiq yo’nalishlar;
• Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli;
• Kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi;
• To’lovni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va TMC Institute talabasi bo‘ling!
Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
📍 Manzil
❤️ Onlayn murojaat
📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)
Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent
✅ XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 2000 ta davlat granti kvotasi)
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon – 183;
📍 Buxoro – 112;
📍 Jizzax – 81;
📍 Qashqadaryo – 193;
📍 Navoiy – 60;
📍 Namangan – 165;
📍 Samarqand – 227;
📍 Surxondaryo – 155;
📍 Sirdaryo – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona – 221;
📍 Xorazm – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.
O‘tgan yillardagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:
1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.
Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.
Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi.
‼️MASLAHAT: yo’nalish tanlashda e’tiborli bo’ling. Agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang.
Sohalar kesimidagi o’tgan yilgi o’tish ballari mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/20881
❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Batafsil va aniq misollar bu yerda:
/channel/xushnudbek/20045
Eng muhim maʼlumotlar:
✅ bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
✅ faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
✅ ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.
‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/20090
👉 @xushnudbek 👈
“Shunday qizim borligidan faxrlanaman”
Shavkat Mirziyoyev va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovaning telefon orqali suhbati.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Diyora Keldiyorova bilan muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun o’yin kuni!
🇺🇿O’zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdagi va o’zi umuman Parij-2024 Olimpiadasidagi oxirgi o’yinini o’tkazadi. Raqibimiz — 🇩🇴Dominikan Respublikasi.
Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.
Garchi ushbu o’yin biz uchun hech narsani hal qilmasa-da, lekin Olimpiya o’yinlaridagi tarixiy ilk g’alabamiz uchun ham yigitlar harakat qilishadi. Dominikanda esa guruhdan chiqish uchun imkoniyat mavjud. Buning uchun ularga faqat va faqat g'alaba kerak.
Temur Kapadze bugun asosiy tarkibga yoshi kattalardan hech kimni qo’shmabdi. Faqat yoshlarning o’zi o’ynaydi va asosan zaxiradagilarga imkon bergan.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent
✅ HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN
Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 745 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:
➡️ kunduzgi — 6 400 ta (davlat granti - 1 742 ta, to‘lov-kontrakt - 4 658);
➡️ sirtqi — 2 606 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ kechki — 458 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy — 281 ta (to‘lov-kontrakt).
❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uchun 51 ta kvota (14 ta grant, 37 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Sharqshunoslikni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k.
Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 51 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 249 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
‼️Ushbu imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent
✅ JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.
Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».
Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24770
Ammo 2022-yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Ya’ni bir abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham sirtqi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin.
Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.
Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.
Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.
Agar siz beshalasiga ham sirtqi yoki kechki kabi yo’nalishni tanlayotgan bo’lsangiz, unda ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Imtihon natijalarini @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot maxsus telegram boti orqali bilishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
UzBMB natijasi (DTM ball) bilan UBS talabasi bo‘ling!
👍Hurmatli abituriyentlar, “University of Business and Science”dan navbatdagi imkoniyat!
UzBMB natijangiz bilan UBS talabasi bo‘lib, sifatli ta’lim oling.
👉 Universitet haqida umumiy ma’lumot
👉 UBSga o‘qishni ko‘chirish
👉 Universitetning 300 ta ta’lim granti
👉 Yillik 3 mln so‘mlik stipendiya dasturi
👉 Bir semestrlik grant
👉 Kontrakt uchun vaucherlar
👉Oilaviy o‘qiydiganlarning kontraktidan 10% chegirma
👉 Til sertifikati uchun kontraktdan chegirma
UBSga qabul davom etmoqda. Hoziroq hujjat topshirib talaba bo‘ling: qabul.ubsu.uz
Murojaat uchun: +998781132626, +998907894242
Kunduzgi ta’lim kontrakti — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim kontrakti — 9 860 000 so‘m
📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)
Telegram | Instagram | Reklama
👍 Sportchilarimizning bugungi natijasi: Bahodirda g’alaba, Zaynab uyga qaytadi
#Parij2024
🥊 Boks
✅ Bahodir Jalolov (+92 kg) va Ruslan Abdullayev (63,5 kg) chorak finalga chiqdi;
🤺 Qilichbozlik
❌ bayroqdorimiz Zaynab Dayibekova birinchi bahsdayoq janubiy koreyalik raqibiga mag’lub bo’ldi va Olimpiadani tark etdi;
🥋 Dzyudo
❌ Murodjon Yoʻldoshev (-73 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg) nimchorak finalda mag’lub bo’ldi;
🏊♂️ Suzish
❌ Ilya Sibirsev 800 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashib, saralashdan o’ta olmadi;
🚣♀️ Akademik eshkak eshish
🔄Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev o’tish bosqichida 4-bo’lib marraga yetib keldi va 31-iyul kuni C finalida startga chiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent
Respublika bo‘yicha jami 1 ming 949 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
▪️Ta’lim shakllari kesimida:
➖ kunduzgi — 1 280 ta;
➖ sirtqi — 521 ta;
➖ kechki — 92 ta;
➖ masofaviy — 56 ta.
❓Ushbu kvota kimlar uchun taalluqli?
• Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar;
• SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari;
• 25 yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan).
❗️ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 46 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank ishi va h.k.
Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 100 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 46 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 54 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓Bu toifadagilarga ball qo‘shib beriladimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 742 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.
❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, TATUda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun 27 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 100 nafar xuddi shu toifadagi abituriyent TATUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, kimdir sun’iy intellekt va h.k.
Yo‘nalishidan qat’i nazar, mana shu 100 nafar IIO xodimlarining farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 27 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 73 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.
👉 @xushnudbek 👈
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.
‼️ESLATMA-2: ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim uchun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinchi yo‘nalishga kunduzgini tanlash kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yo‘nalishlarga istaganini tanlash mumkin.
❓Bu yerda faqat tashkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Mudofaa vazirligiga 775 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.
Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 775 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.
❓Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent
✅ Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi)
1200 ta davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlar 23 ta oliygohga taqsimlangan.
❓Bu qanday kvota?
Ushbu 1200 ta grant kvotasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliygohlar va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga eng yuqori ball bilan o’qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Boshqacha aytganda davlat xususiy universitetda o’qiyotgan 1200 talabaning kontraktlarini to’lab beradi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
Bunda kontrakt miqdorlari o‘rtacha yaxlitlangan holda 15% atrofida oshirilgan. Ma’lumot uchun, to‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgan edi.
Eslatma: moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
#perevod
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
🔹 Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
✅ Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Renessans ta’lim universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul va o‘qishni ko‘chirib o‘tkazish davom etmoqda
UZBMB (DTM) natijasi bilan 40 ga yaqin yoʻnalishlardan birini tanlang va RTU talabasi bo’ling.
Imkoniyatlar:
✅ 100 ga yaqin grant o‘rinlari;
✅ Davlat namunasidagi diplom;
✅ HEMIS – ta’limni tashkil etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
✅ Kontraktdan 25% chegirma (IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
✅ Oʻquv yili davomida kontraktni boʻlib toʻlash;
✅ Koreya, Xitoy, Malayziya singari mamlakatlarning xalqaro universitetlarida ta’limni davom ettirish dasturi;
✅Talaba bo'lgan er-xotin va yaqin qarindoshlarning har biriga kontrakt narxidan 10% chegirma;
✅ Eng kam toʻlov-kontrakt summasi 9 mln soʻmdan boshlanadi.
📋 Onlayn hujjat topshirish uchun
👉 www.renessans-edu.uz 👈
📄 Litsenziya (№150241; 18.11.2022)
📞 Murojaat uchun: 55-506-70-07, 55-506-80-08
📍Toshkent shahri Samarqand darvoza ko‘chasi Charxnovza 17.
Telegram | Instagram | Veb sayt
Ta’lim reklamasi
Dastlabki 3 ta suratda O’zbekiston dzyudo maktabining eng mashhur va afsonaviy pahlavon botirlari tasvirlangan: Armen Bagdasarov, Abdulla Tangriyev va Rishod Sobirov.
Lekin mana shu dunyoga mashhur sportchilar ham Olimpiada oltin medalini qo’lga kirita olmagan edi. Bagdasarov va Tangriyev 🥈kumush medal, Sobirov esa 3 marta 🥉bronza medali olgan.
Taqdirni qarangki, dzyudo bo’yicha tariximizdagi ilk 🥇oltin medalni kapalakdek Diyora Keldiyorova olishga muvaffaq bo’ldi.
Ha, bugun Diyora tarixning bir nechta sahifasiga o’z nomini yozib qo’ydi.
👉 @xushnudbek 👈