🥉Muzaffarbek To’raboyev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari bronza medali sohibi
Medallarimiz soni 2 ta bo’ldi. Bitta oltin, bitta bronza. Ikkalasi ham dzyudodan.
👉 @xushnudbek 👈
Muzaffarbek Diyora bo‘la olmadi. Yarim finalda mag‘lub bo‘ldi. Endi To‘raboyev bronza uchun tatamiga chiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
🏠 Toshkentda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlari tashkil etiladi
Bu haqda poytaxt hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova olib borgan yig‘ilishda muhokama qilingan.
Xuddi o‘tgan yili bo‘lgani kabi, joriy yilda ham Toshkent shahri bo‘yicha 29 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha 60 ta markaz (shtab) tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Markazlarda 200 nafardan ortiq ko‘ngilli lider yoshlardan iborat volontyor va tyutorlar talabalarni yotoqxona hamda ijara xonadonlariga joylashishiga ko‘mak beradi.
✅ Talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklanadi va talabalardan yotoqxonaga joylashish bo‘yicha yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali arizalar qabul qilinadi.
Xususiy xonadonlarga joylashtiriladigan talabalar bilan tuziladigan ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn tarzda hisobga qo‘yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
👍 Sportchilarimizning bugungi natijasi: erkaklar boksida birinchi yo’qotish
#Parij2024
🥋 Dzyudo
🥊 Boks
🚣♀️ Akademik eshkak eshish
‼️ Maktablardagi B2 sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yana bir yil muddat beriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatda maʼlum qilinishicha, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).
Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.
Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.
👉 @xushnudbek 👈
ALFRAGANUS universitetida bakalavriat yoʻnalishlari va magistraturaga qabul davom etmoqda
🎓 Magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari haqida batafsil bu yerda.
Yo’nalishlar bo’yicha kontrakt narxlari: Batafsil
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
Hujjat topshirish: http://qabul.alfraganusuniversity.uz/
O’qishni ko’chirish: http://transfer.alfraganusuniversity.uz/
Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter
📍 Manzil
Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt | Ta'lim reklamasi
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
🎯 UZBMB (DTM) natijangiz bilan Axborot texnologiyalari va menejment universitetining 20 dan ortiq bakalavr yoʻnalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisligi talabasi bo‘ling!
👩🎓Bakalavr yoʻnalishlari roʻyxati;
👨🏻🎓Magistratura mutaxassisliklari roʻyxati.
📍Manzil: Qarshi shahri
📨Onlayn hujjat topshirish
📲Telegram-bot orqali
📑Litsenziya (№325325 30.12.2022)
☎️Murojaat uchun: (55) 404-55-55
Telegram | Instagram | YouТube | Ta'lim reklamasi
🥊 Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (-71 kg) ham chorak finalga chiqdi.
🏹 Kamondozlarimiz Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova yakkalik bahslarda mag‘lub bo‘ldi.
Bugun sportchilarimizning boshqa chiqishlari yo‘q.
👉 @xushnudbek 👈
2 yil Oʻzbekistonda, 2 yil Janubiy Koreyada taʻlim dasturi
Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida Janubiy Koreyaning (FEU) Uzoq Sharq universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma diplom berish imkoniyati paydo boʻldi.
2024-yil 16-iyul kuni ikki universitet oʻrtasida “Kompyuter muhandisligida sunʻiy intellekt” yoʻnalishida qoʻshma diplom dasturi faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida shartnoma imzolandi.
Shartnomaga binoan 2024—2025-oʻquv yilidan mazkur qoʻshma dasturga talabalar qabul qilinadi. Ushbu 4 yillik bakalavr dasturi 2+2 rejimida ingliz tilida olib boriladi.
Litsenziya (№242954; 09.11.2022)
Hujjat topshirish va murojaatlar uchun:
❤️ @umft_support
☎️+998555208888
Batafsil ma'lumot uchun: /channel/umftuz/713
Ta’lim reklamasi
👍 Sportchilarimizning bugungi natijasi: Bobonov birinchi bahsdayoq yutqazdi
#Parij2024
🥊 Boks
🏹Kamondan otish
🥋 Dzyudo
🚣♀️
Akademik eshkak eshish
Endi UzBMB (DTM) natijasi bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi boʻlish mumkin!
Universitetda 2024-2025-oʻquv yili uchun qabul davom etmoqda.
Qolaversa, AIFUda 20 ta davlat va 150 ta universitet grantlaridan birining egasiga aylanish imkoniyati mavjud.
Bakalavriat yoʻnalishlari:
• Matematika
• Amaliy matematika
• Sunʼiy intellekt
• Dasturiy injiniring
• Logistika
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Bank ishi
• Menejment
• Tarix
• Psixologiya
• Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
• Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili, rus tili, o’zbek tili
• Tarjima nazariyasi va amaliyoti
• Maktabgacha ta‘lim
• Matematika
• Sunʼiy intellekt
• Iqtisodiyot
• Menejment
• Bank ishi
• Buxgalteriya hisobi
• Biznesni boshqarish (MBA)
• Tarix
• Psixologiya
• Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
• Lingvistika
Taʼlim reklamasi
Читать полностью…
❗️Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirib ketildi
Bu haqda Eronning Mehr agentligi xabar qildi.
Haniya Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashishi uchun Tehronga kelgandi.
👉 @xushnudbek 👈
Parijda futbolchilarimizga g’alaba nasib qilmadi. 1 ochko bilan guruhda oxirgi o’rinni egalladik.
Oxirgi turda Dominikan bilan 1:1 hisobida durang o’ynadik. Golni Alisher Odilov urdi.
Narigi o’yinda Misr Ispaniyani 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi va guruhda 1-o’rinni egalladi.
Shu bilan futbol bo’yicha olimpiya terma jamoamizning ilk tarixiy ishtiroki o’z nihoyasiga yetdi. Birinchisida razvedka qilib ketdik, keyingisida kuchliroq bo’lib qaytishga harakat qilamiz, nasib qilsa.
Barchasi uchun rahmat, yigitlar.
👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovi natijalari ham e'lon qilindi. Natijalarni litsey.uzbmb.uz sayti orqali tekshirish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 1-avgustdan metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning (3 750 so‘m) amal qilish muddati tugadi.
Endi metan “zapravkalar” erkin narx belgilay oladi.
👉 @xushnudbek 👈
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi bo‘ling!
2024/2025-o‘quv yili uchun universitet quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul e’lon qiladi.
• Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm (kunduzgi, sirtqi);
• Arxeologiya (kunduzgi);
• Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili (kunduzgi);
• Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili (kunduzgi);
• Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili (kunduzgi);
• Xalqaro munosabatlar (kunduzgi);
• Menejment (kunduzgi, sirtqi, masofaviy);
• Biznesni boshqarish (kunduzgi);
• Marketing (kunduzgi);
• Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi (kunduzgi);
• Turizm va mehmondo‘stlik (kunduzgi, sirtqi, masofaviy);
• Logistika (kunduzgi);
📞 “Call-markaz” telefon raqamlari:
66 240 67 70
66 240 86 06
66 240 86 16
66 240 67 86
📌 Universitet prezident qarori asosida tashkil etilgan davlat OTM hisoblanadi
Murojaatlar markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.
Telegram | Ta'lim reklamasi
🥋Muzaffarbek To’raboyev yarim finalda!
Dzyudochimiz chorak finalda niderlandiyalik Mixail Korreldan ustun keldi. Endi u yarim finalda ozarbayjonlik Zelim Kotsoyev bilan kuch sinashadi.
Olg’a, Muzaffarbek!
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Bugun, 1-avgust soat 11:00 dan 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi.
✅ My.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududdagi maktablarga bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha ariza topshirishingiz mumkin.
☝️ Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Hunarmandchilik va tadbirkorlikni ajratib turuvchi chegara qayerda?
Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik koʻrish doirasida kecha hunarmandchilik sohasidagi tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda qiziq holat kuzatilibdi.
Boʻkalik hunarmand auksionda maktab hududidan hunarmandchilik bilan shugʻullanish uchun joy yutib olgan va 6 nafar shogirdi bilan ish boshlagan. Ammo soliq xodimlari bilan tushunmovchilik kelib chiqqan.
Soliqchilar undan qonuniy ravishda roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat yuritishni talab qilyapti. Hunarmand esa oʻzining tadbirkor sifatida tasniflanishiga qarshi boʻlmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
“Tashabbusli byudjet” bo‘yicha senat qarori:
➖ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi;
➖So‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️5 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu davrda qarzdorlar uzilmaydi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi sabab 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust soat 22:00 gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi mumkin.
Shu bilan birga ayni muddatda qarzdor iste’molchilar ham avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 7-8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga borishi kutilmoqda. Bu haqda Oqo‘rda xabar bermoqda.
Shuningdek, davlatimiz rahbari 9-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahridagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
👍 Amirxon Sodiqov kamondan otish bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar uchun Olimpiadadagi ilk tarixiy bahsda g‘alaba qozondi va nimchorak finalga chiqdi.
👉 @xushnudbek 👈
Qahhorova Matluba Muhamedxonovna Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘mita raisining avvalgi o‘rinbosari Dilbar G‘ulomova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Nima uchun ayrim yo’nalishlarda sirtqi ta’lim chiqmayapti?
#abituriyent
✅ JAVOB: chunki 5 ta yo’nalishning sirtqisiga topshirish uchun 5 yillik pedagogik staj talab etiladi.
Bular:
➖ boshlang‘ich ta’lim;
➖ tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
➖ musiqa ta’limi;
➖ jismoniy madaniyat;
➖ texnologik ta’lim.
Ushbu yo’nalishlarning sirtqi shakliga 5 yillik pedagogik staji bo’lmaganlar topshira olmaydi. Staj faqat sirtqida talab etiladi, yuqoridagi 5 ta yo’nalishning kunduzgi, kechki va masofaviy shakliga istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.
Shuningdek, mana shu 5 ta yo’nalishdan boshqa yo’nalishlarning sirtqi shaklini istalgan abituriyent tanlay oladi, hech qanaqa staj talab etilmaydi.
Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi va UzBMB bazasida avtomatik o’zi chiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bo‘lajak talabalarni rag‘batlantirish uchun 1,5 mlrd so‘mlik grant va 8,4 mln so’mlik stipendiya joriy etdi.
Siz:
🔹Universitet ajratgan 1,5 mlrd so’mlik grant o’rniga ega bo’lishingiz;
🔹 Faol talabalar safida boʻlsangiz, 8 mln 400 ming soʻmgacha stipendiya olishingiz mumkin.
2024/2025-o‘quv yili uchun:
• 24 ta bakalavriat yoʻnalishi;
• 4 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha qabul davom etmoqda.
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida boshlang‘ich ta’limdan tortib, iqtisodiyot yoʻnalishigacha mavjud!
Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.
Hujjat topshirish: https://bit.ly/IPU_qabul
Litsenziya (№194419; 16.08.2022)
Aloqa markazi: (78)113-19-19
Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY, Islom Karimov koʻchasi, 13-uy
Ta’lim reklamasi
👍 Sportchilarimizning bugungi natijasi
#Parij2024
🥊 Boks
✅ Hasanboy Do’stmatov (51 kg) va Sitora Turdibekova (57 kg) chorak finalga chiqdi;
❌ Nigina O’ktamova (54 kg) nimchorak finalda mag’lub bo’ldi;
❓ Birozdan so’ng To’rabek Habibullayev (80 kg) ringga ko’tariladi;
🚣♀️ Akademik eshkak eshish
✅ Anna Prakaten saralash bosqichida 2-o’rinda keldi va 1-avgustda bo’ladigan yarim finalga chiqdi;
⚽️ Futbol
🟰 O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Dominikan Respublikasi bilan 1:1 hisobida durang o’ynab, guruhda oxirgi o’rin bilan ishtirokini yakunladi;
🥋 Dzyudo
❌ Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) dastlab chorak finalda, keyin bronza uchun o’tish o’yinida mag’lub bo’ldi.
👉 @xushnudbek 👈
❓ Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent
Ushbu postda ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma qanday hisoblanishini aniq misol bilan tushuntirmoqchiman.
Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, ya’ni bilim ham muhim.
Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi ta’limga davlat granti asosida jami 2 mingta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi, kechki va masofaviy ta’limda imtiyoz berilmaydi.
❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar "menga ball qo‘shib beradi", deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.
‼️BU MUHIM: 2 mingta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga da’vogarlik qila olishmaydi. Ya'ni tavsiyonama kuyadi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.
Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqilgan. 2024-yilgi kvota mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/24830
Hisoblash tartibi
Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand viloyatida yashaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun jami 227 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan. Demak, ushbu kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun ajratilgan, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin.
❓Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?
Buning tartibi quyidagicha, yuqoridagi rasmga qarang, tushuntiraman:
➖ tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;
➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;
➖ yuqoridagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);
➖ abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi;
➖ endi ularni olgan baliga qarab taxlab chiqamiz, xuddi 2-rasmdagi kabi;
➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);
➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin;
➖ qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, ya’ni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi.
Qissadan hissa shuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.
ℹ️ Faqat yana bir jihati bor:
Dastlabki yillarda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. 2022-yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratilmoqda:
1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;
Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.
Sohalar kesimida 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20881
‼️MASLAHAT: agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang. Chunki har yili texnika sohasida o’tish bali past bo’ladi (70 ball atrofida).
👉 @xushnudbek 👈