Ulug’bek Rashitov ishtirokidagi yarim final soat 19:24 da, G’ulomjon Abdullayev ishtirokidagi yarim final soat 21:15 dan boshlanishi rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozga ega abituriyentlarning 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi:
https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2023
Shuningdek, mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari ham joylashtirildi.
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2023
Bundan tashqari my.uzbmb.uz sayti orqali umumiy qabul parametrlari doirasida so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
https://my.uzbmb.uz/university/1
👉 @xushnudbek 👈
👍🤼♂️ Sport kurashlarining erkin kurash yo‘nalishidagi bellashuvlarda hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim finaldagi raqib AQSh vakili Spenser Richard Li bo‘ladi.
G‘ulomjonga omad tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining "Oltin Qiron" ordeni bilan taqdirlandi.
Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Qasim-Jo‘mart To‘qayev tantanali ravishda topshirdi.
"Oltin Qiron" oliy ordeni bilan davlat arboblari Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Ostona shahridagi Oqoʻrda qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
📣 Osiyo xalqaro universitetida bakalavr va magistratura yoʻnalishlariga qabul davom etmoqda
Endi siz UZBMB (DTM) ballingiz orqali Osiyo xalqaro universiteti talabasi boʻlishingiz mumkin.
Sifatli taʼlim atmosferasi va zamonaviy shart-sharoitlarga ega Osiyo xalqaro universitetining 27 ta yoʻnalishidan birida taʼlim olish imkoniyatidan unumli foydalaning!
▪️Bakalavr
▪️Magistratura
▪️Ordinatura
▪️Doktorantura
Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022)
📥 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
📞 Biz bilan bogʻlanish: +998553050009
📍 Manzil
🌐 www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">Youtube | Ta'lim reklamasi
🇺🇿🇰🇿Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi.
👉 @xushnudbek 👈
26-30-avgust kunlari Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi
Festivalda dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlaridan 300 nafardan ziyod vakil qatnashishi kutilmoqda.
✅ Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
● “Gran-pri” — 10 000 AQSh dollari;
● I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSh dollari;
● II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSh dollari;
● III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSh dollari.
Maʼlumot uchun festival oxirgi marta 2019-yilda o‘tkazilgan va ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
👉 @xushnudbek 👈
Bilim va malakalarni baholash agentligi natijasi bilan talaba bo’ling
2024—2025-o’quv yili uchun Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda
Hujjatlar 25-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal Admission.tiiu.uz orqali qabul qilinadi.
Imkoniyatlar:
• 3,6 mln soʻmgacha stipendiya;
• grant uchun kvotalar ajratilgan;
• bepul ingliz va arab til kurslari;
• yotoqxona bilan ta’minlangan;
• bepul wi-fi kovorking markazi;
• 10 dan ortiq yoʻnalishlar;
• kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin.
Taʼlim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi.
UZBMB natijasi bilan topshirish👈🏻
O’qishni ko’chirish👈🏻
Murojaat uchun:
+998781131717 | @TIIUadmin
Telegram | Ta’lim reklamasi
❓Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
💠 JAVOB: Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:
✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
✅ 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
📋 Asos: Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ 🥊 Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev ham finalda!
Shunday qilib, finalga chiqqan bokschilarimiz soni 3 nafar bo’ldi.
Yana 2 ta yarim final qoldi.
👉 @xushnudbek 👈
Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:
🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;
🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.
❗️Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.
🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:
🔸Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;
🔸10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;
🔸tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.
🗞 To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.
✔️ Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).
👉 @xushnudbek 👈
Raqobatni rivojlantirish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqildi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tgan yig’ilishda ma’lum qilingan. Konsepsiyaga koʻra:
— tadbirkorlik subyektlarining bozorlarga erkin kirishini qiyinlashtiruvchi normativ-huquqiy moddalar va ortiqcha talablar bekor qilinadi;
— ruxsat beruvchi jarayonlar va litsenziyalar javobgarlikni majburiy sug‘urtalash bilan almashtiriladi;
— tabiiy monopoliya sohalarida mustaqil bozor regulyatorlari joriy etiladi;
— raqobatni cheklovchi individual xususiyatli davlat yordami, jumladan, eksklyuziv huquq, imtiyoz, preferensiya va yengilliklar bekor qilinadi;
— raqobatga qarshi kelishuv va xatti-harakatlar, til biriktirish holatlari haqida ma’lumot bergan shaxslarni oshkor qilmaslik va mukofotlash tizimi joriy etiladi;
— energetika, neft-gaz, suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, temiryo‘l va aeroport xizmatlari kabi qator sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqichma-bosqich tugatish choralari ko‘riladi.
👉 @xushnudbek 👈
🛫 Mustaqillik bayrami munosabati bilan "Uzbekistan Airways" tomonidan 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflariga 30% chegirma taqdim etilmoqda.
Chegirmali aviachiptalarni 6-avgustdan 3-sentabrgacha xarid qilish mumkin.
Yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 30% lik chegirma amal qilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
👍 Ulug’bek Rashitov yarim finalda!!!
Tokio-2020 chempioni bo’lgan hamyurtimiz chorak finalda xitoylik jahon chempionini mag’lub etdi va yarim finalga yo’l oldi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistondagi ilk eko-universitetga qabul davom etmoqda
“Green University” O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot siyosatini yuritish uchun salohiyatli kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
“Green University” xalqaro standart va xorijiy ilg‘or tajriba, xususan “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat yuritadi.
Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
➖Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xonalarda taʼlim olish;
➖Keng kutubxona va sport zalidan foydalanish;
➖Xorijiy davlatlardan kelgan professor-oʻqituvchilardan bilim olish.
Hozirda bakalavriat va magistratura uchun qabul davom etmoqda. Bundan tashqari, o‘qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.
Ariza jo‘natish va mezonlar bilan tanishib chiqish.
🌍 Batafsil: https://greenuniversity.uz
📞 Aloqa uchun: +99855 512 00 77
📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-174-sonli qarori (31.05.2023-y)Reklama
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jo‘mart To‘qayev o‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarini tantanali ravishda ochdi.
Olmaota shahrida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining filiali ochilgan bo‘lsa, Chirchiq shahrida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universitetining filiali o‘z ishini boshladi.
“Bugungi kunda Qozog‘istonda 6 ming nafar o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda. O‘z navbatida Qozog‘istonlik yoshlar ham O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qimoqda”, — dedi Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda.
👍Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida talabalar uchun qanday qulayliklar mavjud?
— Grant asosida oʻqish:
• 20 ta davlat granti;
• 150 ta universitet granti.
— Kontraktni yil davomida boʻlib toʻlash
— Universitet talabalari uchun TEKIN kurslar:
• dasturlash kurslari;
• logistika kurslari;
• dizaynerlik kurslari;
• xorijiy til kurslari.
AIFUdagi barcha yoʻnalishlar
❗️Universitetda bakalavriat(kunduzgi, sirtqi) , magistratura, ikkinchi mutaxassislik va oʻqishni koʻchirish uchun qabul davom etmoqda!
📥 Hujjat topshirish uchun:
Veb-sayt: qabul.aifu.uz
Telegram bot: Bot
📞Murojaat uchun:
78-555-21-21 | @aifu_admin
📄Litsenziya (№325310, 28.12.2022-y)
📍ManzilTaʼlim reklamasi
⚡️ Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi
Qabul 7-avgustdan 25-avgustgacha davom etadi.
🔹 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.
🔸 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.
✔️ Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.
📝 Talab etiladigan hujjatlar:
➖ oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➖ oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
➖ 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.
✅ Maʼlumot uchun, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (1-ijodiy imtihon va 2-test sinovlari) asosida, har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bahodir Jalolov ham finalga chiqdi. Shunday qilib, finalga chiqqan bokschilarimiz soni 4 nafarga yetdi.
Endi yarim finalda bitta Abdumalik Xalokov jangi qoldi.
👉 @xushnudbek 👈
🏥 Tibbiyot oliygohlarida o‘qishni istasangiz, BUXORO viloyatidagi “Nodirbek Ismoilov o‘quv markazi”da tayyorlaning!
Markazda yangi o‘quv yili uchun 7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilari va abituriyentlar uchun qabul BOSHLANDI!
O‘quv markazi TIBBIYOT OLIYGOHLARIGA yo‘naltirilgan:
● Asosiy fanlar (6 kun)
KIMYO | BIOLOGIYA
● Majburiy fanlar
ONA TILI | MATEMATIKA | TARIX
📌 Kimyo va biologiya fanlaridan MILLIY SERTIFIKAT imtihonlariga tayyorlovchi maxsus guruhlar mavjud!
📌 uzoqdan keladigan abituriyentlar uchun yotoqxona (3 mahal issiq ovqati bilan) mavjud
📌o‘quvchilar bilim darajasiga mos guruhlarda o‘qitiladi.
📚Darslar ”Buxoro to‘plam” , kimyo va biologiya fanlaridan "MILLIY SERTIFIKAT namunaviy test topshiriqlari" kitoblari muallifi Nodirbek Ismoilov tomonidan o‘tiladi.
📆 Barcha guruhlar uchun darslar 15-avgustdan boshlanadi.
📈O‘quvchilar natijalari bilan tanishish uchun: @Ismoilov_ziyo
📍 Manzil: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani (mo‘ljal: 20-maktab)
📞 Murojaat uchun: +998888669960, +998973070303, +998973086336
🧑🏻💻@mironshoh_xudoyberdiyev
Telegram | Ismoilov_ziyo">YouTube | Instagram | Taʼlim reklamasi
Yunon-rum kurashida qatnashayotgan hamyurtlarimiz Rustam Assakalov (97 kg) hamda Aram Vardanyan (77 kg) 🥉bronza medali uchun kurashadi.
Bahslar kechki dasturlarda soat 21:15 dan boshlanadi.
Sportchilarimizga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Nurali Joʻrayev Navoiy viloyatining Gʻozgʻon shahri hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi edi.
➖
Elyorbek Asronqulov Farg‘ona viloyati Furqat tumani hokim etib tayinlandi.
U bunga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i edi.
➖
Kamiljan Aytbayev Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.
➖
Ahror Mansurov Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi.
➖
Sardorbek Ergashev Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi edi.
👉 @xushnudbek 👈
📢 Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida hujjatlar qabuli davom etmoqda!
Filial Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. Unda talabalarning 40 foizi davlat granti asosida oʻqish imkoniyatiga ega. Universitetga davlat byudjeti asosida kirib, mutlaqo bepul taʼlim olish uchun imkoniyat mavjud!
Taʼlim reklamasi
Читать полностью…
Qonunga ko‘ra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:
🔹Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m);
🔹Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m);
🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming so‘m);
🔹boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming so‘m);
🔹qolgan hollarda bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi.
✅ Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi
Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:
➖2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
➖bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
➖kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
➖davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
➖hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
✅ Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;
• yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
• yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
• muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;
• bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);
• har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).
📌Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
Ookla® O‘zbekistondagi eng yaxshi internetga ega mobil operatorni ma’lum qildi
Kompaniya O‘zbekistondagi eng tezkor internetni aniqlash uchun Speedtest ilovasida o‘tkazila boshlangan 500 mingdan ortiq test natijalarini solishtirdi. Natijalar Ucell’ning ushbu reytingda yetakchi ekanini tasdiqlagan.
O‘rtacha yuklab olish tezligi 43,91 Mbit/s, yuklash tezligi 13,32 Mbit/s ni tashkil etdi, bu esa kompaniyaga 70,30 ball to‘plash imkonini berdi.
Shuningdek, Ucell ko‘rsatgan natija eng tezkor mobil internetga ega umumjahon reytingida O‘zbekistonning 107-o‘rindan 77-o‘ringa ko’tarilishiga xizmat qilgan.
Ookla® tomonidan 2024-yilning 1-2-choragi uchun Speedtest Intelligence® ma’lumotlari tahlili asosida.Reklama
Kuchli do’l Uzbekistan Airways samolyotini shikastladi
Ushbu hodisa 3-avgust kuni Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY9684 aviaqatnovini amalga oshirgan Airbus A320 havo kemasi bilan sodir bo’lgan.
Aviakompaniya xabariga ko’ra, bir soatlik parvozdan so‘ng Rossiya va Qozog‘iston chegarasi bo‘ylab 11 ming metr balandlikda parvoz qilayotganda bu balandlik uchun anomal bo’lgan meteorologik hodisaga (do‘l) duch kelgan.
Natijada parvoz kemasining oldi oynalari shikastlangan. Ekipaj belgilangan protseduralarni amalga oshiriganidan so‘ng, parvozni davom ettirishga qaror qilgan va Toshkentga qo‘nish jadvalga muvofiq amalga oshirilgan.
Parvozdan keyingi tekshiruvda shuningdek, meteolokator burun konusining (kok) shikastlanishi aniqlangan.
Havo kemasi bortida 174 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda havo kemasining shikastlangan qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda havo kemasi muntazam ravishda parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
👉 @xushnudbek 👈