Parij-2024 musobaqalari to’liq yakunlandi. AQSh va Xitoy 40 tadan oltin medal olishdi.
O’zbekiston rasman 13-o’rinda yakunladi. Bungacha hech qachon kuchli 20 talikka ham kirmaganmiz. Eng yaxshi natijamiz Rio-2016 da bo’lgan edi, o’shanda 21-o’rinni olgan edik.
O’zbekiston delegatsiyasining yozgi Olimpiadalarda ko‘rsatgan natijasi va umumjamoa reytingida egallagan o‘rni:
Atlanta-1996: 1 kumush, 1 bronza (jami 2 ta) — 58-o‘rin;
Sidney-2000: 1 oltin, 1 kumush, 2 bronza (4 ta) — 43-o‘rin;
Afina-2004: 2 oltin, 1 kumush, 2 bronza (5 ta) — 34-o‘rin;
Pekin-2008: 1 kumush, 3 bronza (4 ta) — 62-o‘rin;
London-2012: 3 bronza (3 ta) — 75-o‘rin;
Rio-2016: 4 oltin, 2 kumush, 7 bronza (13 ta) — 21-o‘rin;
Tokio-2020: 3 oltin, 2 bronza (5 ta) — 32-o‘rin;
Parij-2024: 8 oltin, 2 kumush, 3 bronza (13 ta) — 13-o‘rin.
👉 @xushnudbek 👈
Men uchun Parij Olimpiadasining eng katta yutug‘i — bu Markaziy Osiyo xalqlarining bir-biri bilan mislsiz darajada yaqinlashgani, bir-birini doim qo‘llab-quvvatlab, do‘stona munosabatlarimiz har doimgidan ham mustahkamlangani bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar, postlar, videolarni ko‘rsangiz, 🇺🇿o‘zbek, 🇰🇿qozoq, 🇰🇬qirg‘iz, 🇹🇯tojik, 🇹🇲turkman, shuningdek 🇦🇫Afg‘onistondagi o‘zbeklar, 🇦🇿ozarbayjonlar, 🇹🇷turklar va boshqa turkiy xalqlar qay darajada bir-biriga samimiy muxlislik qilganini ko‘rasiz. Bejizga sportni do‘stlik va tinchlik elchisi deyishmas ekan.
Ochig‘i shunaqa videolarni ko‘rsam va izohlarni o‘qisam, quvonganimdan hayajonlanib, etlarim jimirlab ketadi, negadir.
Olimpiada o‘tadi, ketadi, olingan medallar ham oddiy statistikaga aylanadi, ammo do‘stlik abadiy qoladi. Do‘stlik va totuvlik har qancha oltin medaldan qadrliroq.
Turkiy xalqlar birdamligi abadiy bo‘lsin, do‘stligimizga ko‘z tegmasin, birligimizni ko‘ra olmaydigan dushmanlarning yuzini teskari qilsin!
👉 @xushnudbek 👈
❓Svetlana Osipovadan g‘alaba tortib olindimi?
(tekshirilgan va qayta ishlangan variant)
Gap shundaki, hamyurtimiz Svetlana Osipova Olimpiada finalida mezbon fransiyalik sportchi bilan bahslashdi. 2-raund so‘nggida Svetlana 3 ochko oldi, ammo hakamlar chellenjdan so‘ng, uning raqibiga ham 3 ochko berishdi. Ammo sekinlashtirilgan kadrdan ko‘rish mumkinki, fransuz taekvondochisi zarba bergan paytda tablodagi vaqt tugab bo‘lgan edi.
Bugun tunda shu masalaga oid savolga ChatGPT bergan javobni e’lon qilgan edim. Sun’iy idrok taekvondoda vaqt hakamning ishorasi bilan tugaydi, degan javobni bergan edi.
O‘sha paytda Bahodirning finalini tomosha qilayotganimiz uchun ushbu ma’lumotni qayta tekshirmasdan kanalga chiqargandim. Lekin bu xato ekan.
Jahon taekvondo xalqaro federatsiyasining rasmiy saytida e’lon qilingan 2024-yil 14-iyundagi taekvondo qoidalarining 10-bo‘lim 4.5-bandiga ko‘ra, bo‘limlarda vaqt hakamning "Keu-man" (stop) buyrug‘idan so‘ng to‘xtaydi. Ammo garchi hakam to‘xtash buyrug‘ini hali bermagan bo‘lsa ham, lekin tabloda vaqt tugagan bo‘lsa, unda vaqt tugagan hisoblanadi hamda shundan keyin berilgan zarbalar hisobga olinmaydi. Ya’ni jang tugagani tablodagi vaqtga qarab belgilanadi.
Tablodagi vaqt tugagach, faqatgina jarima ballari berish mumkin xolos.
ChatGPT javobda xato qilibdi. Buni o‘zi ham tan olib, kechirim so‘radi (oxirgi skrinshotga qarang). Men esa yuqorida aytganimdek, boshqa finallarni ko‘rib turganim uchun bu ma’lumotni qayta tekshirmabman, uzr so‘rayman.
Rasmiy Nizomlardan xulosa qilsak, hakamlar Svetlana Osipovadan fransiyalik mezbon sportchi foydasiga g‘alabani yulib olishgan ko‘rinadi. Afsus, endi alam qilib qoldi...
Svetlana Osipova biz uchun chempion! Barakalla!
👉 @xushnudbek 👈
Qahramonlarimiz!
Hammasi Diyoradan boshlandi, barakali qiz ekan, baraka topsin :)
👉 @xushnudbek 👈
O’zbekiston delegatsiyasi 13-o’rinda!
8🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇
2🥈🥈
3🥉🥉🥉
Osiyoda 4-o’rin (Xitoy, Yaponiya va Koreyadan so’ng);
MDH, turkiy davlatlar, shuningdek, musulmon davlatlar (aksariyat aholisi islomga e’tiqod qiluvchi) orasida 1-o’rin.
Medallar jamg’arish bo’yicha tarixiy rekord! Oh, qanday ajoyib-a?!
👉 @xushnudbek 👈
🥇🥇🥇🥇🥇
Boksda beshta oltin! Mutloq ustunlik! Bunaqasi bo’lmagan! Boksda hech kim yaqinimizga ham yo’lay olmadi!
👉 @xushnudbek 👈
🥇Abdumalik Xalokov sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!
Barakalla, Abdumalik! Barakalla, chempion!
👉 @xushnudbek 👈
🥇Razambek Jamolov sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi hamda Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarildi!
Barakalla, Razambek!
Parijda 6 marta madhiyamiz yangradi va Xudo xohlasa, bu hali oxirgisi emas.
👉 @xushnudbek 👈
Afsuski, Nikita Rafalovich bronza uchun o’tish turnirida mag’lub bo’ldi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
Hech qisi yo’q, bizni oldinda 3 ta final kutib turibdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiadasida chiqishlarini to‘liq yakunladi.
Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 🥇8 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.
Peshqadamlik uchun qattiq kurash ketyapti. Hozircha 🇨🇳Xitoyda 40 ta oltin medal bor. Uni ta’qib qilayotgan 🇺🇸AQSH esa 38 ta oltin jamg‘argan. Lekin AQSHda hali imkoniyat bor. Hozirda eng so‘nggi musobaqalar o‘tkazilmoqda va AQSHlik sportchilar trek velopoygasida hamda ayollar o‘rtasida basketbol musobaqasi finalida qatnashadi. Agar ikkalasida ham oltin olishsa, unda oltinlar soni bo‘yicha Xitoy va AQSHda bir xil ko‘rsatkich — 40 tadan oltin bo‘ladi. Kumushlar soni ko‘pligi bo‘yicha esa AQSH peshqadamga aylanib oladi.
👉 @xushnudbek 👈
📣Abituriyentlar diqqatiga!
Oliy Taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetiga grant asosida kadrlar tayyorlash uchun qoʻshimcha 90 ta grant oʻrni ajratildi.
Universitet quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti Royal Agricultural University tomonidan beriladigan diplom;
🔰Ingliz, oʻzbek/rus tillaridagi oʻquv dasturlari;
🔰“Work and Travel” va “Exchange Program” dasturlaridan foydalanish imkoniyati;
🔰Bakalavr, magistratura va Phd dasturlari;
🔰Chet ellik professorlar va ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar.
🔗Hujjatlarni topshirish
Batafsil ma’lumot uchun:
☎️ 99 981 09 19
☎️ 90 810 03 92
📌 @iau_2022
🌏 www.iau.uz
📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori (07.05.2022-y)Taʼlim reklamasi
🏃🏻♀️Olimpiya o’yinlarida medal olgan o’zbek ayollari:
🥇 Lina Cheryazova (qishki; fristayl, Lillihammer-1994);
🥇 Diyora Keldiyorova (yozgi; dzyudo, Parij-2024);
🥈 Svetlana Osipova (yozgi; taekvondo, Parij-2024);
🥉 Yekaterina Hilko (yozgi; trampolindan sakrash, Pekin-2008).
❗️Lekin Parij Olimpiadasi qizlarimiz uchun yangi tarixiy sahifani ochib berdi, deyishimiz mumkin. Ular sportda ham nimalarga qodirligini isbotlashdi, nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyodagi muxlislarning qalbini egallashdi. O’z yo’nalishida manaman degan sportchilarni ham mag’lub etishdi. Agar qizlarga ishonch bildirilsa, imkon berilsa, istalgan sohada muvaffaqiyat qozona olishi mumkinligini ko’rsatishdi.
Xudo xohlasa, endi buyog’iga qizlarimizdan yanada ko’p medallar kutamiz! Barchangizga rahmat!
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, Olimpiadaning so‘nggi kunida oxirgi sportchimiz og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborova musobaqaga kirishadi.
Bahslar soat 14:30 dan boshlanadi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki to‘liq yakunlanadi.
Tursunoyga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
❓Svetalana Osipovadan g‘alabani tortib olishdimi?
‼️Tahrirlandi (10:50, 11.08.2024): ushbu postda noto‘g‘ri ma’lumot berilgan, batafsil javobni mana bu yerdan o‘qishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/25105
Svetlana Osipovaning janggi bo‘yicha bahsli vaziyat rosa muhokama qilinmoqda. Unda fransiyalik mezbonning oxirgi zarbasi vaqt tugagandan keyin berilganini ko‘pchilik yozdi.
Ushbu holatni tekshirish maqsadida ChatGPTga shu haqida savol berib ko‘rdim va nima uchun hakamlar ushbu zarbaga ochko berganini hamda nima uchun bizning murabbiyimiz chellenj talab qilmaganini tushundim.
Sun’iy idrokning aytishicha, rasmiy qoidalarga ko‘ra, taekvondoda raund vaqti tablodagi vaqtga qarab emas, hakamning "vaqt tugadi" buyrug‘idan so‘ng tugaydi. Toki hakam bunday buyruq bermaguncha taekvondochilar harakatni davom ettirishi kerak ekan.
Svetlana Osipovaning raqibi esa hakam ishorasidan avval zarba bergan, shu sababli bu inobatga olingan. Ya’ni ushbu vaziyatda qoidalar buzilmagan, adolatsizlik qilinmagan.
Shunchaki Osipovaga birozgina omad yetishmagan xolos. Lekin baribir Svetlana tarixiy natijani ko‘rsatdi, undan cheksiz minnatdormiz va barakalla deymiz!
👉 @xushnudbek 👈
Bahodir Jalolov havaskor boks bilan xayrlashdi!
Endi u faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
Barchasi uchun rahmat, Bahodir! Professional boksda ham o’zbek xalqini ko’p marta xursand qilasan, deb ishonamiz!
👉 @xushnudbek 👈
🥇Bahodir Jalolov — ikki karra Olimpiada chempioni!
Sakkizinchi oltin medal muborak bo’lsin! Uraaa!!!
Tarixiy rekordli Olimpiada uchun barchangizga rahmat!
👉 @xushnudbek 👈
Bahodir “Big Uzbek” Jalolovning final bahsi boshlanmoqda!
Olg’a, Bahodir! Sakkizinchi oltin medalni kutib qolamiz sendan!
👉 @xushnudbek 👈
🥈Svetlana Osipova — kumush medali sohibi!
Osipova Olimpiadada kumush medal olgan ilk o’zbek ayol sportchisi bo’ldi!
Barakalla, Svetlana! Ming rahmat!
👉 @xushnudbek 👈
🥇 Abdumalik Xalokov — Olimpiada chempioni!
Yettinchi oltin medal muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar! Uraa!!!
Abdumalik, ota-onang va ustozlaringa ming rahmat!
👉 @xushnudbek 👈
Abdumalik Xalokovning final bahsi boshlanmoqda!
Uning raqibi qirg’izistonlik Munarbek Seitbek o’g’li bo’ladi.
Ushbu qirg’iz bokschisiga o’zbekistonlik Akmal Xasanov finalgacha sekundantlik qilgani bilan mashhur bo’ldi. Lekin finalda Akmal Xasanov ishlamasligini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan bog‘liq vaziyatni aniqlashtirdim.
The Guardian nashrida aytilgan voqea rost. Haqiqatdan To’lqin Qilichevda yurak xuruji kuzatilgan. Unga shu atrofda bo’lgan britaniyalik shifokorlar birlamchi tezkor tibbiy xizmat ko’rsatgan.
Hozirda To‘lqin Qilichevning ahvoli ancha yaxshi. Xudo xohlasa, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q deyishdi.
Alloh komil shifo bersin, deb haqlariga duodamiz.
👉 @xushnudbek 👈